Tahlilnoma | Prezident 4 nafar vazir oldiga qanday vazifalarni qo‘ydi?
#10nov #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Mutolaa uchun «VATANPARVAR» gazetasining 2024-yil 8-noyabr 45-sonini to‘lig‘icha elektron holda havola etamiz.
Ushbu elektron gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi.
Shuningdek, @mv_vatanparvar_uz telegraBm kanali orqali ham tahririyat tomonidan tayyorlangan materiallar bilan tanishib borishingiz mumkin.
📌O‘qish uchun: https://online.anyflip.com/dwalh/rdgy/mobile/index.html
↘️ Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter | TV
Intervyu 24 | Bahrom Zulfiqorov - Mudofaa vazirligi huzuridagi «Vatan tayanchi» bolalar va o`smirlar harbiy vatanparvarlik harakati rahbari, polkovnik
#8nov #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда мусиқа, жисмоний тарбия ва ҳарбий ватанпарварлик фанлари сифатини ошириш бўйича тақдимот билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о повышении качества преподавания музыки, физической культуры и военно-патриотического воспитания в школах.
#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Таълим муассасалари ўқув дастурига ўқотар қуроллар тактик-техник тавсифлари амалий машғулотлари киритилади
“Ўқ отиш спорт турларини янада ривожлантириш ва оммалаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги президент қарори қабул қилинди.
Реакция!(👍🏼👎🏼)
TELEGRAM | INSTAGRAM | sara_xabarlar_rasmiy?si=uFZ0ZvMCH9kNmdGE">YOUTUBE
Қошинг қора, кўзларинг қора,
Юлдузисан қайси осмоннинг?
Эслолмасанг ўзим эслатай,
Боласисан Ўзбекистоннинг!
Қачон келдинг бу ерга ўзи?
Не мақсадда дайдиб юрибсан?
Анчагина улғайибсан-ку,
Қорайибсан, озиб-тўзибсан!
Жилғаларсиз дарё қурийди,
Дарёйингни қўйма қуритиб…
Юр, барини эслаймиз бирга,
Айлантирай қўлингдан тутиб.
Ёдингдами бешигинг, ўғлим,
Ундан ҳали ҳидинг кетмаган.
Маҳаллангнинг йўлига қара,
Босиб ўтган изинг кетмаган.
Ана, онанг тандир ёнида
Ёпаяпти сен учун кулча.
Этагидан ажрамасдинг-ку,
Соғинтирдинг сен уни бунча?
Аканг билан учирган варрак
Боқ, осмондан тушолмаяпти.
Опанг сени соғиниб, йиғлаб,
Тишлаганин ютолмаяпти!
Охирги бор қачон эшитдинг,
Тўйлардаги ёр ёрни, ўйла!
Бор, хаёлан дўстларинг билан,
Ўртага туш, қулоч ёз, ўйна.
Ҳайит байрамини соғиниб,
Оқиздинг-ку кўзинг ёшини,
Сенга асраб чарчади янганг,
Арафанинг ширин ошини.
Қара, ўша таниш чойхона,
Чойлашиб гашт қилар кексалар.
Кўрдинг, отанг кулолмаяпти –
Йўлга қарар, сени ахтарар.
Амманг, холанг, амакинг, тоғанг,
Тарқатяпти сумалакларни.
Наҳот соғинмадинг, жон болам,
Наврўздаги камалакларни?
Қара, бувинг қадди букилиб,
Ушоқдайин бўлиб қарибди.
Бир кўришга улгурмикансан?
Хасталаниб, ётиб қолибди.
Болам, дейсан тилингда минг бор,
Қўлингда даст кўтаролмайсан.
Кечирса ҳам бир кун аёлинг,
Сен ўзингни кечиролмайсан.
Мусофирнинг қабри бўлмайди,
Мусофирнинг қадри бўлмайди!
Мусофирнинг мусофирликдан
Ўтадиган дарди бўлмайди.
Тиш қайрама, ёмон дема ҳеч,
Сени катта қилган Ватанни!
Ким дейдилар эшигин бузиб,
Бешигини тепган одамни?
Яшолмайди новда илдизсиз,
Томиринг сув ичган ерга бор!
Отанг қурган йўлларни яшнат,
Уй олдига яна бир уй сол.
Яхшилик қил, юртингни яшнат,
Қўлдан берма шундай имконни,
Сен ҳеч кимдан кам эмассан, бил,
Боласисан Ўзбекистонни.
© Рислиғой Хотамова
http://t.me/Adabiyot_olami
Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "ChQBT" fanidan 1-BSB (bob boʻyicha summativ baholash) sinovlari 10- va 11-sinflarda uyushqoqlik bilan oʻtdi. Oʻquvchilsr chorak davomida olgan bilimlari boʻyicha amaliy koʻnikmalarni egallashdi.
Читать полностью…Давлатимиз раҳбари Навоийдаги мактабда яратилган шароитлар ва ўқув-тарбия жараёни билан танишди
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabi otaligʻidagi 8-umumtaʼlim maktabida 31-oktabrda 1-ChSB imtihon sinovlarini oʻtkazishda tashkiliy va nazorat jarayonlarida maktabimizning bir guruh oʻqituvchilari , jumladan ChQBT rahbari qatnashdi.
Читать полностью…#Baxmal_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab
#CHSB
Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 30-oktabr kuni 1-chorak yakuni yuzasidan CHSB (chorak bo'yicha summativ baholash) sinov imtihoni bo'lib o'tdi. Shu jumladan "Vatan tayanchi" otryadi aʼzolari ham chorak davomida olgan bilimlarini sinab k
oʻrdilar. Imtihon gibrid (aralash) tarzida olindi, yaʼni, shaffoflikni yuqori darajada taʼminlash maqsadida bir xonada har xil sinf oʻquvchilari topshirishdi. Bundan tashqari, 10-11-sinflar oʻquvchilari CHQBT fanidan 1-BSB sinovlarini topshirishmoqda.
📲Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish:
🌐Telegram | Facebook | Instagram| milliykaraoke3941?si=ShSHQ1iYPimdPMP0">Youtube
"План"
Отанинг плани кенжатойини,
Катта олим қилиб ўстириш эди.
Бугун маст ҳайдовчи дастидан уни,
Плансиз, тупроққа топшириб келди.
Автобус бекатсиз манзилга тўхтаб,
Қизчага "ҳув ана уйинг", дейишди.
Катталар бешавқат жаллодга ўхшаб
Унинг ҳаётига нуқта қўйишди.
Пойгага зўр берган икки янги бой,
Хаёлда маррада биринчи бўлиш.
Қизча, пиёдалар йўли ҳойнаҳой,
Қизнинг планида йўқ эди ўлиш!
(давоми видеода👆)
🎙📝 Зойир Йўлдошев
YHXX
@generalissimo_marshal
Фарғона давлат университети академик лицейининг ёшлар масалалари ва маънавий-маърифий ишлар бўйича директор ўринбосари Каримов Элёр Мунажиддинович (камина чапдан биринчи).
Читать полностью…Saylovga bormaslik - bu siyosiy loqaydlikning boshlanishi. Bu jamiyat o‘z davlatining siyosiy rejalari va qarashlariga bee‘tibor ekanligini anglatadi. Asta sekinlik bilan ayni shu e‘tiborsizlik sababidan turli yot g‘oyalarga tayanib chiqariladigan qarorlar paydo bo‘la boshlaydi. Ular ommalashtiriladi va "normal holat"ga aylantiriladi.
Nega?
Chunki jamiyatning hech narsa bilan ishi yo‘q. Ular huddi ustida tajriba o‘tkazilayotgan sichqonlarga o‘xshab qolgandirlar.
Saylovga borish ba‘zi o‘rinli sabablarga ko‘ra mantiqsizdek ko‘rinishi mumkin. To‘g‘ri nomzodlarning aksariyati nima uchun deputat bo‘lishga urinayotgani haqida o‘ylab ham ko‘rishmagan. Lekin bu jamiyat ham ular kabi o‘ylamaydigan, ongsiz mavjudot bo‘lishi kerak degani emas.
Taassufki, bizninig odamlar o‘zlarining siyosiy irodasini ochiq aytishga urinib ham ko‘rishmayapti.
Loqaydlikdan saqlaning, bu juda yuqumli kasallikdir.
⚡️A’lochi “Vatan tayanchi” otryadiga a’zo o'quvchilar harbiy yoki harbiylashtirilgan OTMlarga imtiyoz bilan kirishi mumkin
Prezidentining 2024-yil 25-oktyabrdagi PQ–369-son qaroriga asosan:
➖ maktablarda chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fani o’qituvchisi rahbarligida sinflar sonidan kelib chiqib, tarkibi 20 nafar 10–11-sinflar oʻquvchilaridan iborat bo’lgan “Vatan tayanchi” otryadlari tuziladi va ularning faoliyati “Vatan tayanchi” harakati tomonidan muvofiqlashtirib boriladi;
➖ “Vatan tayanchi” harakatining faoliyatida faol ishtirok etgan hamda maktablarni a’lo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar a’zosiga Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tanlab olish tartibiga muvofiq Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning oliy harbiy ta’lim muassasalari hamda oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o’qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi;
➖“Vatan tayanchi” harakatining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning oliy harbiy ta’lim muassasalari hamda oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yo’nalishlariga o’qishga kirishda test sinovlari yoki yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga ko’ra to’plagan ballarining 5 foiz miqdorida qo’shimcha ball shaklida imtiyozga ega bo’ladilar.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Bugun Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabi "Vatan tayanchi" otryadi Vasiylik kengashining 10-11-sinf oʻquvchilari bilan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Vasiylik kengashi raisi tuman MIB boshligʻining oʻrinbosari Gʻ.Achilov yoshlarga "Vatan tayanchi" otryadi vazifasi, ularning aʼzolariga qoʻyilgan talab va masʼuliyatlar haqida soʻzladi. Maktab "Vatan tayanchi" otryadi rahbari Sh.Suyarov oʻz soʻzida harbiy vatanparvarlik tuygʻusnii faqatgina otryad aʼzolari emas, balki barcha yigit-qizlar chuqur his qilishi, aʼzolar esa avangard boʻlishi haqida aytdi va ishlarni yanada samarali olib borish maqsadida ularni sinflarga biriktirish haqidagi buyruqni yetkazdi.
Читать полностью…"O‘qituvchilar orasida dastro‘molga javoblarni yozib kirayotganlari ham bor" — vazirlik mas’uli
Ma’lumki, ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab pedagog kadrlar uchun attestatsiya test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimining aytishicha, afsuski, o‘qituvchilar orasida test sinoviga turli xil qurilmalar, shpargalkalar va hattoki dastro‘molga javoblarni yozib kirayotganlari ham uchramoqda.
Vazirlik vakili xalqtaliminfo.uz bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda test sinovi vaqtida o‘qituvchilar yonidan topilgan qurilmalar va turli xil ma’lumotlar yozilgan dastro‘molni ko‘rsatdi.
▶️ To'liq video — https://youtu.be/nbjK-3_pk5I
Telegram I Facebook I xalqtaliminfo">YouTube
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi hamkorligida Urganch shahar 15-son maktabda namunali tarzda tashkil qilingan Chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik xonasida seminar boʻlib oʻtdi.
Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Xamro Bektemirov, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik B.Tashev, tuman va shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshliqlari hamda CHQBT rahbarlari ishtirok qildilar.
Seminar davomida Chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik xonasini tayyorlash boʻyicha tavsiyalar berilib, kelusida har bir tuman va shaharda shu kabi namunali tayanch xonalarni tashkil qilishga kelishib olindi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Bugun Baxmal tumani ixtisoslashtirilgan maktabida mini futbol boʻyicha Prezident taʼlim muassasalari agentligiga qarashli Jizzax viloyatidagi taʼlim muassasalari jamoalari oʻryasida oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻhmoqda. Musobaqada ChQBT rahbarlari ham faol istirok etishmoqda. Barchaga omad!
Читать полностью…Мактабларда сабоқлар сифатини ошириш бўйича қатор чора-тадбирлар таклиф этилмоқда
Хусусан, мусиқа маданияти фани ўқитувчиларининг билим даражаси ва касбий маҳорати баҳоланиб, малака ошириш тизими йўлга қўйилади. Бу йўналиш ўқитувчиларга тоифа беришнинг янги тартиби ишлаб чиқилади.
Мактабларда “Иқтидор” ҳаваскорлар бадиий жамоалари ташкил этилади. Олий таълим муассасаларининг мусиқа ва санъат йўналиши битирувчиларига мактабларда ишлашга рухсат берилади.
Жисмоний тарбия фани ўқитувчиларининг билим даражаси ва касбий маҳоратини аниқлаш бўйича миллий баҳолаш тизими йўлга қўйилади.
Келгуси ўқув йилидан бошлаб, босқичма-босқич мактаб спорт клублари ташкил этилади. Бу йўналишда ҳам ўқитувчиларга тоифа беришнинг янги тартиби, мактабларнинг спорт бўйича рейтинг тизими ишлаб чиқилади.
❗️ Энди чақириққача бошланғич тайёргарлик ўқитувчиси штати Мудофаа вазирлигига ўтади. Энди бу вазифага Қуролли Кучлар захирасидаги ҳарбийлар ишга қабул қилинади.
Ҳар бир туман ва шаҳарда биттадан мактаб негизида “Жасорат мактаби” фаолияти йўлга қўйилади.
Telegram | Instagram | Facebook
Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда мусиқа, жисмоний тарбия ва ҳарбий ватанпарварлик фанлари сифатини ошириш бўйича тақдимот билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о повышении качества преподавания музыки, физической культуры и военно-патриотического воспитания в школах.
#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев Навбаҳор туманидаги политехникум фаолияти билан танишди
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Мирзиёев навоийлик ўқувчилар билан учрашди
Батафсил 👇👇👇
https://qalampir.uz/n/109139
Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
#Angren_shahar
#4_IDUM
#Targ'ibot
Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat qudrati, yuksak g'urur va sadoqat timsolidir !
🇺🇿Angren shahar MMTBga qarashli umumta'lim maktabi o'quvchi yoshlari bilan 4-IDUMda 9-10-11-sinf o'quvchilari bilan " Ofitserlik sharafli kasb " mavzusida O'zbekiston Respublikasi Oliy harbiy ta'lim muassasalari hamda DXX" Temurbeklar maktabi " harbiy akademik litseylari yuzasidan targ'ibot va tashviqot ishlari olib borildi.
🟨Tadbirda 9227 harbiy qismdan I.Elmurodov, Angren shahar MMTB TTTITBM M.Usmanova,CHQBT rahbarlari hamda o'quvchilar ishtirok etishdi.
🟫Tadbir qiziqarli va mazmunli bo'lib,unda harbiy ta'lim muassasalari bo'yicha ma'lumotlar videoroliglar orqali 9227 harbiy qism chegara qo'shinlaridan I.Elmurodov, 4-IDUMdan F.Mamajonov,21-maktab CHQBT rahbari A.Zaxurovlar tomonidan batavsil tushunchalar berib o'tdi. O'quvchilar tomonidan berilgan savollarga batavsil javob berilib, harbiy ta'lim muassasalar bo'yicha targ'ibot bukletlari tarqatilib, hohlovchilardan arizalar olindi
DIYOR YANGILIKLARI | MAKTABLARNING MODDIY - TEXNIK BAZASI YAXSHILANMOQDA
28.10.2024-YIL
#samarqandmtrk
Telegram | Facebook | Youtube |Admin
Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bugungi umumiy saflanishida fan olimpiadasida va sport tadbirlarida yutuqlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar eʼtirof etildi. Ular orasida fizika fanidan tuman bosqichida faxrli uchinchi oʻrinni egallab viloyat bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan "Vatan tayanchi" otryadi aʼzosi 10-A sinfi oʻquvchisi Mustafoqulov Quvonch ham bor.
Читать полностью…Ҳарбийлар учун "собиқ" тушунчаси бўлмайди
Ҳақиқий ҳарбий бирор куни ишидан бўшар, пенсияга ёки истеъфога чиқар, лекин у ҳеч қачон собиқ бўлмайди. Қаерда бўлмасин, қатъий тартиб-интизом ва ҳарбийча қоидалар ҳаёт тарзига айланади.
Ҳарбий либосни кўрганида шундай ўзгача шукуҳ туядики, буни тушуниш учун умрингизни ҳарбийликка бағишланган бўлишингиз керак.
Ҳарбийлик шунчаки касб эмас, балки, бутун умр бағишланадиган соҳадир. Шундай экан, одам ҳарбийликдан чиқиши мумкин, лекин ҳаёт тарзи ҳарбийликка узвий боғлиқ бўлиб қолаверади.
2020 й.
✅ Telegram | 🌐 Instagram | 📹 VafoMumin">Youtube
Бугун юртимизда Ички ишлар органлари ходимлари куни нишонланмоқда.
Шу муносабат билан ташкил этилган тантанали тадбирда Президентимиз Шавкат Мирзиёевнинг тизим ходимлари ва фахрийларига байрам табригини ўқиб эшиттирдим.
Табрикда уларнинг халқимиз осойишталигини таъминлаш, тинчлик ва барқарорликни мустаҳкамлаш, жиноятчиликка қарши курашиш, ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш борасидаги катта хизматлари миннатдорлик билан эътироф этилди.
Ички ишлар органлари фаолиятини такомиллаштириш, уларни эл-юрт манфаатлари йўлида хизмат қиладиган халқчил ва профессионал тизимга айлантириш бўйича қилинган ишлар ва келгусидаги устувор вазифалар қайд қилинди.
Давлатимиз раҳбарининг қутловида ички ишлар тизимидаги ўзгаришларнинг амалий натижасини халқимиз ўз кундалик ҳаётида доимо сезиши, ҳис этиши шартлиги таъкидланиб, тизим ходимларига эзгу тилаклар билдирилган.
—
Сегодня в нашей стране отмечается День сотрудников органов внутренних дел.
На организованном в связи с этим торжественном мероприятии я зачитал праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева сотрудникам и ветеранам системы.
В поздравлении с благодарностью отмечены их огромные заслуги в укреплении мира и стабильности, спокойствия в стране, борьбе с преступностью и предупреждении правонарушений.
Подчеркнуты усилия, направленные на совершенствование деятельности органов внутренних дел, их превращение в подлинно народную профессиональную структуру, служащую интересам своей страны и народа, а также приоритетные задачи на перспективу.
В поздравительном послании главы государства отмечено, что наш народ в своей повседневной жизни обязательно должен ощутить практические результаты реформ в системе внутренних дел, и выражены наилучшие пожелания сотрудникам системы.
Facebook|Instagram|X