beminnat_chqbt | Неотсортированное

Telegram-канал beminnat_chqbt - 🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

2050

O‘z.Res. XTV va MV HChT bo‘yicha OAV matbuot kanali. Respublikadagi barcha harbiy-vatanparvarlik bo‘yicha VRYOTBDO‘-HChTR lariga yordam berish. Barcha turdagi tadbirlar va ish hujjatlari bo‘yicha beminnat yordam. Fikringizni qoldiring 👇 👉@beminnatCHQBT

Подписаться на канал

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

#Angren_shahar
#41_maktab
#Keksalar_xaftaligi

Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko'rsatish xalqimizga xos ezgu fazilat

🇺🇿 Angren shahar 41- umumta'lim maktabining " Yosh Gvardiyachilar" sinfi o'quvchilari " KEKSALARNI O'GITI- YOSHLARGA NAMUNA" shiori ostida 1931- yilda tug'ilgan Xijnikov Anatoliy Mixaylovich(yolg'iz) xonadoniga tashrif buyurishdi.

🔰Suhbat davomida A.Mixaylovich o'quvchi yoshlar bilan suhbat qilarkan u o'zining hayoti mobaynida kechirganlarini gapirib , sizlar bolajonlarim hozirgi kunda  yaxshi o'qishlaringiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan bundan oqilona foydalaning va qadriga yetinglar deb o'z fikrini aytib o'tdi.

🔰O'quvchilarimiz darov hovlidagi chiqindilardan tozalab , supurib uy anjomlarini tartibga qo'yishda o'z insoniylik burchlarini bajarishga tushishdi.

🔰Tadbir davomida A.Mixaylovichning o'z shaxsiy kutubxonasidagi kitoblar javonchasidan juda ham ko'plab kitoblar borlIgi haqida yoshlarga tushunchalar berib o'tdi.O'quvchilarda tadbir yaxshi taassurotlar qoldirdi.

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

ПЕНСЯГА ЧИКМАСЛИКНИ ОКИБАТИ.

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

Mutolaa uchun «VATANPARVAR» gazetasining 2024-yil 4-oktabr 40-sonini to‘lig‘icha elektron holda havola etamiz.

Ushbu elektron gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi.

Shuningdek, @mv_vatanparvar_uz Telegram kanali orqali ham tahririyat tomonidan tayyorlangan materiallar bilan tanishib borishingiz mumkin.

📌O‘qish uchun https://online.anyflip.com/dwalh/ljjf/mobile/index.html

➡️ Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter | TV

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

⚪️ Yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Ona-Vatanga muhabbat, ona-yurt oldidagi farzandlik burchini yuksak mas’uliyat bilan bajarish, ularda Qurolli Kuchlarimizga bo‘lgan ijobiy fikrlarni yanada kengaytirish maqsadida Milliy gvardiya Jizzax viloyat boshqarmasida harbiy prokuratura, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo'yicha tayyorlash markazi hamkorligida "Xavfsizliging Qalqoniman Ona-Vatan" shiori ostida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi.

🟢Unda chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo'yicha tayyorlash markazi chaqiriluvchilari, Oliy ta’lim muassasalarining "Qalqon" jamoasi a'zolari, IIV akademik litsey o'quvchilari va "Vatan tayanchi" bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati otryadi a’zolari hamda yoshlar ishtirok etishdi.Yoshlarning vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida turli xil musobaqalar o'tkazildi.

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

MEN HAM HARBIY BO'LAMAN

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

#Angren_shahar
#41_maktab
📚MEN_HAM_HARBIY_BO'LAMAN
kitobining taqdimoti

•Armiya faqat qurol va aslaha bilan emas, ona vatan uchun jonini ayamaydigan harbiylar bilan qudratlidir.
•Shavkat Mirziyoyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti,Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni

🇺🇿Angren shahar 41-umumta'lim maktabida navbatdagi " Men ham harbiy bo'laman!" kitob taqdimoti 10-11-sinflar, "Vatan tayanchi" a'zolari hamda " Yosh Gvardiyachilar" harbiy vatanparvarlik sinfi o'quvchilari bilan CHQBT fani o'qituvchisi X.Yadgrov tomonidan slaydlar,videoroliglar orqali o'tkazildi.

📖Ushbu kitob matonatli harbiylar hayotiga,bu yo'lga kirish orzusidagi yoshlarga bag'ishlangani bilan ahamiyatli.Aynan ushbu kitob vatanparvarlik,yurtga sadoqat bilan xizmat qilish,o'z taqdirini yurt taqdiri bilan uzviy bog'lash kabi ezgu g'oyalarga asoslangani bilan ahamiyatlidir.

📙"Vatan tayanchi" a'zosi N.Abduqayumova kitob o'quvchilarda vatanparvarlik tuyg'ularini yuksaltirib,harbiy sohaga hurmat va qiziqish hisini oshirishini aytib o'tdi.

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

Ўқитувчи ва мураббийларга эҳтиром кўрсатилди.

Каналга уланиш👇
/channel/Milliygvardiya_Surxondaryo

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

#TADBIR_DAVOMIDA

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining hay'at a'zolari musobaqa shartlarini baholagunga qadar ustozlarni tabbriklash uchun tayyorlagan vatanparvarlik bo‘yicha badiiy raqs va qo‘shiqlaridan lavhalar.

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

Шарафли касб эгалари эътироф этилди

Миллий гвардия ташаббуси билан Термиз шаҳрида 1 октябрь – “Ўқитувчи ва мураббийлар куни” муносабати билан тантанали тадбир бўлиб ўтди.

Тадбирда Миллий гвардия қўмондони ўринбосари полковник С.Мамаюсупов иштирок этиб, барча маориф соҳаси фахрийларини, кўплаб шогирдлар тарбиялаб келаётган фидойи ўқитувчилар ва малакали мураббийларни байрам билан самимий муборакбод этиб, эзгу тилакларини йўллади.

Тадбир давомида, бир гуруҳ ўқитувчи ва мураббийлар ҳамда мактабгача ва мактаб таълими бошқармасининг фидойи ходимларининг намунали хизматлари эътироф этилиб, уларга Миллий гвардия қўмондонининг "Маънавият аълочиси" кўкрак нишони, фахрий ёрлиқ, ташаккурномалар ҳамда эсдалик совғалари тантанали равишда топширилди.

Каналга уланиш👇
/channel/Milliygvardiya_Surxondaryo

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

#Sõragan_edingiz

Pedagoglarga aynan qancha miqdorda mukofot puli to‘lanishi kerak?

Savol

“1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘qituvchilarga necha so‘m miqdorda mukofot puli to‘lashimiz kerak?

Ayrim maktablarda hali o‘qituvchilar maoshi oshmadi deb 525 ming so‘m, ba’zilarida esa 577 ming 500 so‘m mukofot puli berish to‘g‘risida buyruq chiqarildi. Qay biri to‘g‘ri?

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/863

Telegram I Facebook I xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

“Шу борада, бир фикрни барчамиз чуқур тушуниб олишимиз керак. Ватанпарварлик тарбияси – бу фақат ҳарбий ёки таълим соҳаси ходимларининг иши эмас. Бу – бутун жамиятнинг иши.

Бу ишга бутун жамоатчиликни фаол жалб этмас эканмиз, кутилган натижага эришиш қийин бўлади.

Албатта, ёшларимиз яхши шифокор, истеъдодли олим, моҳир IT билимдони, зўр тадбиркор бўлиши мумкин.

Лекин, улар чинакам ватанпарвар инсонлар бўлиб вояга етмаса, ўзингиз айтинг, халқимиз, Ватанимизнинг тақдири ва келажаги учун эртага ким масъул бўлади?

Шу боис, маҳалла, нуронийлар, хотин-қизлар, ёшлар ташкилотлари бу масалада ўз фаолият дастурига эга бўлиши зарур.

Ёшларимиз онгига барчамиз биргаликда “Мен ҳақиқий ватанпарвар бўламан” деган ғояни чуқур сингдиришимиз керак”,

- деди Президент.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

Президент юртимиздаги барча ота-оналар, устоз ва мураббийларга мурожаат қилди:

“Бизнинг дунёдаги энг азиз ва мўътабар хазинамиз – бу умримиз гули ва меваси бўлган фарзанд ва набираларимиздир.

Ҳеч шубҳасиз, барчамиз уларнинг келажакда бахтли ва саодатли инсонлар бўлиб яшашини истаймиз. Лекин бунга эришиш осон эмас.

Айниқса, бугунги таҳликали даврда эзгу мақсадларга етиш учун инсонга ҳушёрлик ва огоҳлик, қатъий ирода, юксак билим ва кенг дунёқараш, замонавий касб-ҳунарлар ҳар қачонгидан ҳам зарур.

Таълим ва тарбия – бутун жамиятнинг муқаддас ишидир! Барчамиздан доимо ҳамжиҳатлик, фаоллик ва фидойиликни талаб этадиган ҳаёт-мамот масаласидир.

Эзгулик, билим ва маърифатни қурол қилиб, жаҳолат ва ёвузлик йўлини тўсайлик!

Фарзандларимизнинг бахти, ёруғ келажаги учун, жонажон Ватанимиз истиқболи учун мустаҳкам пойдевор яратайлик!


Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

Endi CHQBT o'qituvchilari zaxiradagi harbiy xizmatchilar orasidan tayinlanadi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan muloqotda chaqiriqqa tayyorlash fani o‘qituvchilari Mudofaa vaziri tomonidan zaxiradagi harbiy xizmatchilar tarkibi orasidan tayinlanishi belgilandi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/873

Telegram I Facebook I xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

Ustoz murabbiylar kuni munosabati bilan Qurolli kuchlar oliy bosh qo'mondoni davlat raxbari Shavkat Mirziyoyev Miromonovich yig'ilishda Toshkent viloyati, Toshkent tumani 9-maktab Vatan tayanchi rahbariga KAPITAN unvonini berdi hamda Mudofaa vaziri Qurbonov Bahodir Nizamovichning 20 sonli buyrugiga binoan Saidmuradov Shuxrat Alisherovichga navbatdagi KAPITAN unvoni taqdim etildi. Hamda O'zbekiston Respublikasi prezidentning tegishli farmoniga binoan SHUXRAT medali bilan taqdirlandi.

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

❤️💖 Ширингина Армоним♥️💖 /channel/shirinimarmonim

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

Icki xizmat nizomida faqat forma kiyib yurish huquqiga ega pensionerlarga kiysin degan. Buning huquqi bormi yoʻqmi, buyrugʻini bilish kerak, boʻlmasa javob beradi.

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

🔰 Toshkent viloyati Ohangaron tuman Nurabod shaharchasida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi  bilan hamkorlikda  harbiy qismga biriktirilgan umumta'lim maktablarida “MEN HAM HARBIY BO‘LAMAN” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

#Angren_shahar
#41_maktab
#Keksalar_xaftaligi

" Keksalari e'zozlangan yurtning kelajagi porloq bo'ladi "

🇺🇿Mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan keksa avlod vakillarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash, shuningdek yosh avlodni xalqimizning ko'p asrlik a'nanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirishga qaratilgan keng ko'llamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

♻️ Shu bois Angren shahar MMTBga qarashli 41-umumta'lim maktabida o'quvchi yoshlar hamda " Vatan tayanchi" harakati a'zolari bilan " KEKSALARNI O'GITI - YOSHLARGA NAMUNA " shiori ostida
" Avlodlar uchrashuvi " o'tkazildi.

🔰Tadbirda Obod MFY raisi Xusniddin Eshmurtov, " Nuroniylar " kengashi raisi M.Hakimov, mahalla faoli A.To'ychiyev,X.Safarov, MMIBDO' G.Xudoyberdiyeva, VRYTBDO'-HChT rahbari X.Yadgarovlar ishtirokida o'tkazildi.

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

https://youtu.be/_qZqR9VLvqU?si=SUBnBcDsx1-yaY9W

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

♻️"MEN HAM HARBIY BO'LAMAN !"
kitob taqdimoti tadbiri davomida o'quvchi yoshlarga kitob bo'yicha ma'lumotlar, videoroliglar, Vatanni madx etuvchi she'rlar, 9-"A" sinf o'quvchisi D.Axmedova tomonidan " Men ham harbiy bo'laman" mavzusida rasmlar chizildi.
🟡Tadbir qiziqarli va mazmunli o'tib, o'quvchilar tomonidan berilgan savollariga batavsil javob berildi.
🟡O'quvchilar ushbu kitobni albatta o'qishlari haqida o'z fikrlarini va qiziqishlarini aytib o'tdi.

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

Минг афсус

1. "Камерадан дарсимни кузатишяпти" - деб эмас, "Аллоҳ ҳар доим дарсимни кузатиб турибди" - деб дарс ўтганимда эди, на кузатувчилардан, на текширувчилардан қўрқардим

2. "Тенгдошларимдан қолиб кетмай" - деб эмас, "одамларга манфаатим тегсин" - деб дарс берганимда эди — иккисига ҳам эришардим

3. "Раҳбарларга яхши кўринай" - деб эмас, "Аллоҳга яхши кўринай" - деб ишлаганимда эди, ҳам Аллоҳга ёқардим, ҳам бошлиқларга

4. "Ота-онаси устимдан ёзиб юбормасин" - деб эмас, "Сабр қилиш — Пайғамбарлар йўли" - деб ўзимни бақиришдан тийганимда эди, ҳам ҳеч ким гапирмасди, ҳам чексиз савобга эга бўлардим.

5. "Кеч келсам ойлигим кесилади" - деб эмас, "Ишхонани ҳаққига хиёнат қилмай" - деб ишга вақтида келганимда эди, ҳам ойлигим кесилмасди, ҳам савобни тагида қолардим.

6. "Текширувчи келса шарманда бўламан" - деб эмас, "Аллоҳ ишини мукаммал қилувчиларни севади" - деб дарсга тайёрланганимда эди — ҳам текширувчиларга, ҳам Аллоҳга ёқардим

7. "Ижарачилар гапирмасин" - деб эмас, "Аллоҳ гўзалликни ва покликни севади" - деб синфхонамни йиғиштирганимда эди, ҳам ҳеч ким гапирмасди, ҳам савобга қолардим

Мусулмон устозга афсусланиш ярашмайди.

Аммо, ўйлаб қарасам, кўплаб ибодатларни ниятимиз сабабли — оддий бир кунлик машғулотга айлантириб қўйяпмиз..

Ниятни тўғирлаб олиш кераклигини биламиз, фақат эсдан чиқиб қоладида..

Қиссадан ҳисса:

Ниятларинга бир қараб қўй!

Яхши ният билан ушбу постни яқинларинга улашиб қўйишни ҳам унутманг!

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

#ТADBIR_YAKUNIDA

🇺🇿 Qumqo‘rg‘on tumani Milliy gvardiya QX xodimlari "Yosh gvardiyachilar" sinf o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida o‘zlarining xizmat qurollari, jixoz va anjomlari bilan yaqindan tanishtirishdi.

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

#QUMQORGON_TUMANI_25_MAKTABNING_USTOZ_VA_MURABBIYLAR_BAYRAMI

🇺🇿 Vatanparvarlikka ixtisoslashtirilgan "Yosh gvardiyachilar" 7-sinfining ustozlarini tabriklash maqsadida tayyorlagan harbiy-sport musobaqalari, saf elementlarini bajarish, ko‘rgazmali saf tayyorgarligi, qo‘l jangi, merganlik va harbiy estafatalaridan lavhalar.

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

Ассалому алайкум ҳурматли устозлар байрамларингиз муборак ва бардавом бўлсин!!!

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

Сўнг юртимизнинг турли ҳудудларида фаолият юритаётган мактаб ўқитувчилари ва директорлари ўз фикр-мулоҳазалари билан ўртоқлашдилар, таклиф ва ташаббусларини айтдилар.

Юртимиз мактаб таълими тизимида бўлаётган ижобий ўзгаришлар, ўқитувчилик касби нуфузи ва мақомини янада юксалтириш, устоз ва мураббийларнинг меҳнатини муносиб рағбатлантириш бўйича қилинаётган кенг кўламли ишлар учун давлатимиз раҳбарига миннатдорлик билдирдилар.

Президент педагоглар илгари сурган ташаббусларни чуқур ўрганиб, амалиётга татбиқ этиш юзасидан тегишли мутасаддиларга топшириқлар берди.

“Яна бир бор такрорлайман: нажот – таълимда, нажот – тарбияда, нажот – билимда. Ҳаммамиз кўриб турибмиз: бугунги шиддатли замон олдимизга қандай оғир ва мураккаб вазифаларни қўймоқда.

Уларни ҳал этиш ва эзгу мақсадларимизга етиш учун халқимиз, аввало, ёшларимизни илм-фан ва тараққиёт ютуқлари билан қуроллантиришимиз шарт.

Бу йўлда мен биринчи навбатда сизларга ишонаман, сизларнинг катта билим ва тажрибангиз, педагогик маҳоратингизга, ноёб инсоний фазилатларингизга таянаман”,

- деди Президент сўзининг якунида.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

Ёшлар қалбида ватанпарварлик туйғусини кучайтиришда спортчи мураббийларимиз ва ҳарбийларимиз ҳам фаол бўлишлари зарурлиги таъкидланди.

Бугун замоннинг ўзи ҳар биримиздан она юрт ҳимоячиси, ватанпарвар бўлишни талаб этмоқда.

Бунда айниқса мард ва жасур сержант ва офицерлар, ҳарбий чақириққа тайёрлаш фани ўқитувчилари ўрнак бўлишлари керак.

Ҳозир мактабларда қарийб 10 минг нафар ана шундай ўқитувчилар фаолият кўрсатмоқда. Афсуски, уларнинг аксариятида ҳарбий соҳадаги замонавий билим ва кўникмалар, улар учун иш шароити талаб даражасида эмаслиги қайд этилди.

Энди мана шу ўқитувчилар Мудофаа вазири томонидан захирадаги ҳарбий хизматчилар таркиби орасидан тайинланиши белгиланди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

“Янгиланган Конституциямизда дунёдаги мўътабар шахс – ўқитувчи мақомини алоҳида мустаҳкамлаш, бу касбни жамиятдаги энг обрўли ишга айлантириш менинг неча йиллик орзуим, керак бўлса, армоним эди.

Чунки ўзим ҳам кўп йиллар шу соҳада ишлаганман. Ўқитувчи меҳнати қанчалик оғир ва машаққатли эканини яхши биламан.

Афсуски, ана шундай шарафли ва олижаноб касб эгаларига биз яқин ўтмишда етарлича ҳурмат ва эътибор қарата олмадик.

Сир эмас, қайси соҳага қўшимча ишчи кучи керак бўлса, биринчи навбатда ўқитувчи-педагоглар жалб этиладиган бўлиб қолган эди.

Биз мамлакатимизда янги ислоҳотларни бошлаган биринчи кунлардан эътиборан ана шу оғриқли масалани ҳал этишга – ўқитувчиларни, болалар ва аёлларни мажбурий меҳнатдан халос қилишга киришдик.

Қатъий ирода ва интилиш билан бу нохуш ҳолатлар бугун тарихга айланди.

Мана, бу йил “Педагогнинг мақоми тўғрисида”ги қонунни қабул қилдик. Конституциямизда белгиланган қоида энди ана шу қонун асосида ишлай бошлайди.

Кимки ўқитувчига босим ўтказиб, унинг касб фаолиятига дахли бўлмаган ишларга, турли мажлисларга жалб этмоқчи бўлса, ана шу қонун асосида жавобгарликка тортилади”,

- деди Президентимиз.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

Jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari tarkibini yangilash topshirig'i berildi

Prezident maktablardagi 33 ming nafar jismoniy tarbiya o‘qituvchisining kasbiy va jismoniy mahorati yetarli emasligini aytdi. Shu sababli, endi bu o‘qituvchilar tarkibini tubdan yangilab, faol va chempion sportchilar orasidan tanlov asosida to‘ldirilishi aytildi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/872

Telegram I Facebook I xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

Ўқитувчилар кунига атаб дунё бўйича энг зўр видеоролик

Устозлар учун байрам ролиги☝️


👉 @Qoraxabar - ТВда кўрсатилмайдиган, газеталар айтмайдиган махфий хабарлар канали!

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

🇺🇿Qarshi shahrida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismga biriktirilgan Shahrisabz tuman MMTBga qarashli 69-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida tashkil etilgan "Vatanparvarlik sinfi" oʻquvchi-yoshlarga tantanali ravishda topshirildi. Tadbir davomida ustozlarning sharafli kasblarida omadlar tilab, estalik sovgʻalar topshirildi.
    

Читать полностью…
Подписаться на канал