beminnat_chqbt | Неотсортированное

Telegram-канал beminnat_chqbt - 🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

2050

O‘z.Res. XTV va MV HChT bo‘yicha OAV matbuot kanali. Respublikadagi barcha harbiy-vatanparvarlik bo‘yicha VRYOTBDO‘-HChTR lariga yordam berish. Barcha turdagi tadbirlar va ish hujjatlari bo‘yicha beminnat yordam. Fikringizni qoldiring 👇 👉@beminnatCHQBT

Подписаться на канал

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

CHQBT rahbarlari har uch yilda oliygohlarda malaka oshiradi

2024-yil 15-yanvardan boshlab Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari (CHQBT rahbari) Toshkent davlat pedagogika instituti, Farg'ona davlat universiteti hamda Buxoro davlat pedagogika institutida malaka oshirishadi.

Shu sababli, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 28-dekabrdagi 577-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan rahbar va pedagog xodimlarning 2024-yil uchun malaka oshirish kursi o'qitish rejasida CHQBT rahbarlari kiritilmagan.

Belgilangan tartibga ko'ra ChQBT fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash oliy ta’lim muassasalarining “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlovchi harbiy ta’lim fakultetlarida tashkil etiladi.

ChQBT fani o‘qituvchilari har uch yilda kamida bir marta malaka oshirish kurslariga jalb etiladi. Ilgari malaka oshirishdan o‘tmagan va ishga yangi qabul qilingan ChQBT fani o‘qituvchilariga yoki birinchi bor ishga kirgan ChQBT fani o‘qituvchilari kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng malaka oshirishga jalb etiladi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-son qarorida qayd etilgan.

👉/channel/xalqtaliminfo

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

#Mahallada_duv_duv_gap
#Toshkent_viloyati
#Angren_shahar

🔰 Angren shahar 41-umumi oʻrta ta’lim maktabida "Obod", "Navbahor",   mahallalarida
"YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O'ZBEKISTON UCHUN!" shiori ostida "MAHALLADA DUV-DUV GAP" maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri bo’lib o'tdi.

♻️ Tadbirda Angren shahar hokimi oʻrinbosari S M Anorboyev hamda RMMM Angren shahar bo'linmasi rahbari A.Yusupov, mahaladagi ziyolilar, nuroniylar, xotin-qizlar ishtirok etdi.

👨‍🎓Tadbirda so'zga chiqqanlar yurtimiz taraqqiyoti yo'lida olib borilayotgan islohotlar, yoshlarimizga qaratilayotgan e'tibor, xotin-qizlarimizning jamiyatdagi o'rni va aholining turli qatlamlariga yaratilib berilayotgan imkoniyatlar hamda unga nisbatan shukronalik hissi haqida gapirib o'tdilar.

✅ Tadbir mobaynida turli xil qiziqarli viktorina o'yinlari tashkil etildi. Tadbir so'ngida g'olib bo'lgan va faol ishtirok etgan fuqarolarga estalik sovg'alar topshirildi.

✍️ Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Angren shahar bo'linmasi.

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

Stvol osti granatomyoti maketi.
Girlyanda (zar) uchirish moslamasidan yasalgan. Ko'p marotaba foydalanishga yaroqli. O'quv avtomatining stvol ostiga montaj qilinadi. GP-25 stvol osti granatomyotidan farqi tepki bilanmas, burab, prujina mexanizmi yordamida ishga tushadi. O'quvchilarning bu qurol haqidagi tasavvurini boyitish hamda kashfiyotchilikka motivatsiya berish uchun mo'ljallangan.
Bu asosda o'quv minomyoti ham yasash mumkin.

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

БЕШАРИҚЛИК ЎҚИТУВЧИЛАР: УСТАМА ҲУЖЖАТЛАРИ БОШИНГИЗДАН ҚОЛСИН!
Фарғона Устамасидан дод!
Қуйидагиларни ёзишдан мақсад озгина бўлса ҳам таскин топишдир.
Ўқитувчи мақоми деймиз-у, амалга келганда эса ҳеч нарса йўқ.
Ўқитувчига берилаётган маош намунча мутасаддиларнинг кўзига кўп кўринмаса, ўша озгинагина ойликни бермай қўяқолинглар.
Устоз бечора юрагини ҳовучлайдиган бўлиб қолди. Нимайимиш, 3 йиллик "Устама ҳужжатлари" текшириляптимиш.
КРУ дегани энди текшириб тугатган эди, энди навбат Департаментга. Ундан кўра устама бериб нима қиласиз. Ўқитувчи бечора индамай юрганди, сизлардан устама сўраганмиди?
Айниқса, Методбирлашма  деган "мансабни" бўйнига илиб, бир дунё ҳужжатни қўлтиқлаб, йиллаб ушбу берилган топшириқни сидқидилдан бажариб.
10% устама чиқди - бало чиқди. Бир йил 10% устама олган "Методбирлашма раҳбари" мана 3 йилдирки, юрак қўлтиқлаб яшаяпти. Шу олган пулини қайтариб берса, қутиладими бечора?
Нимайимиш, бир дунё ҳужжатнинг ичида "Баҳолаш мезони" йўқ эмиш. Ўқитувчи бечора шуни солмабди папкага, ёки шунча ҳужжатнинг ичидан устамага яраша қоғоз йўқ эмиш. Ҳаммаси бир тийинга қимматмиш. Маълумот бўлса расм йўқ эмиш, расм бўлса яна бошқаси. Устоз бечора сураткаш ҳам бўлишимиз керак, чунки бирор тадбир қиласанми, давра суҳбатими, расм бўлмаса бир тийин.
Бечора ҳужжат мана 3 йилдирки, қопда ҳали у эшикка, ҳали бу эшикка бориб келяпти. Бечора ҳужжатни ҳужжатлиги қолмабди, текширувчилар эшигида туравериб. Қоғозбозлик йўқ дейди, лекин ҳаммаёқ қоғозбозлик. Расм зўр бўлса, қоғоз зўр бўлса, сен энг зўр ўқитувчисан. Қоғозинг йўқми? Сен ҳеч кимсан.
Ўша Департамент, КРУдагиларни ҳам устоз ўқитмаганмиди? Намунча, устозга шунча озор берса. Мактаб раҳбарлари бечоралар ўзидан кичик ёшдаги "мансабдорларни" сизлаб, папалаб ҳужжатни қопга солиб навбат кутиб, қачон бизнинг мактабни ҳужжатини текширар экан, қачон бир дунё камчилик топар экан деб ўтиришибди.
Наҳот, битта ҳам ташкилот бўлмаса, "устознинг олган маоши ҳалол", "бўлди, энди ўз ҳолига қўяйлик, бемалол ишласин" дейдиган мард борми?
Бўлса, шу ташкилотни бизнинг ёқларга жўнатиб юборинглар, чунки текширувчилардан “дод, дод, дод!!!". Чарчадик.
Юқори мансабдорлар, сизлардан илтимос, ўқитувчига "Устама " берманг. Шунча ғовга керак эмас устозга.
Устозларга тинчлик керак. Камтарона ойлиги етади.
Майли, қимматбаҳо кийим киймасин, қиммат машина минмасин, қаср уйда яшамасин, шу ўқитувчи. Сизлардан "устама" сўраганмидик, тинчгина юргандик, қуруқ ойликни олиб. Ҳужжатларимизни тинч қўйинглар, бечоралар титилиб кетибди. Шунча қилган меҳнатим-у, сарф-ҳаражатим, эсиз. Мансабдорлар эшигида туравериб тўкилибди, бечора. Устама-ю мукофотларни олишга сизлар муносибсизлар, ўқитувчига нима кераги бор буларни. Ўқитувчига 2-3 млн ойлик етади. Чет элга бориб саёҳат қилармиди. Сизлардан илтимос, олинг, олинг, олинг устамангизни! Бизга асаббузарлик керак эмас. Ундан кўра мукофотни жойига қўйинглар, ҳеч бўлмаса, "бечора ўқитувчи" 1 йилда бииииир марта мукофот олсин.
Мен шу пайтгача устоз бўлганимдан фахрланар эдим, энди эса афсусдаман. Ундан кўра бозорда савдо қилган яхшимикан деб ўйлаб қолдим, чунки "текширувчилар" дан чарчадим. Олган ойлигимиз миннатдан бошқа нарса эмас бўлиб қолди. Маошни бир муштлаб беряпсизлар. "УСТОЗ" хўрланган юрт бўлиб қолдик. Маошни кўп бериб юбордиларинг, шекилли. Олинглар, сизлар тўйинглар. Устозни тинч қўйинглар. Мақомимизни ўзимизнинг ҳисобдан оширадиган бўлсаларинг, оширмай қўяверинглар. Бизга "мақом" керак эмас". “Энидан уриб бўйига, бўйидан уриб энига"  қўшишларингдан чарчадик.
Яна ва яна айтаман, олинг, олинг, олинг устамангизни!
Бешариқ устозларидан

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

#Angren_shahar
#41_maktab
#14_yanvar

Vatan himoyachilariga o'quvchilardan

🇺🇿Toshkent viloyati Angren shahar MMTBga qarashli 41-umumiy o'rta ta'lim maktabining 2-"D" sinf o'quvchisi Ashrapova Nargizaxonning " 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni
" ga bag'ishlab chizgan rasmi va yod olgan she'ri.

🔘Sinf rahbari: Xusanova Gulchexra .

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

#Angren_shahar
#41_maktab

Vatan himoyachilariga o'quvchilardan

🇺🇿Angren shahar MMTBga qarashli 41-umumiy o'rta ta'lim maktabining
2 -"B " sinf oʻquvchisi Abdugʻafforova Parizodaning 14-yanvar " Vatan himoyachilar kuni "ga bag'ishlab tayyorlagan videoroligi.

🟢Sinf rahbari: D.A. Axmadaliyeva

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

#Angren_shahar
#41_maktab

🇺🇿Angren shahar MMTBga qarashli 41-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 1-"A"sinf oʻquvchisi Mirxoliqova Sabrinabonuning Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab tayyorlagan video roligi.

🔸Sinf rahbari:Yuldasheva Firuza Ibragimovna

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

#Angren_shahar
#41_matab

MEN HAM HARBIY BO'LAMAN

🇺🇿Angren shahar 41-maktabning 1-A sinf o'quvchisi Muhammadsobirov Mustafoning "Vatan ximoyachilar kuni" bayramiga tayyorlagan video rolikgi.

🔘Sinf rahbari: Yuldasheva F.I.

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

⚡️Pedagoglarga malaka toifalari berishning yangi tartibi haqidagi asosiy yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 692-son qarori bilan tasdiqlangan pedagoglarga malaka toifalari berish bo‘yicha asosiy yangiliklar:

👉
Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish tartibi bekor qilinmagan

👉Attestatsiyaga quyidagi usullar bilan ariza topshirish mumkin

👉Attestatsiya uchun maktabdan 20 ballik maʼlumotnoma berish amaliyoti bekor qilindi

👉Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi

👉Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikati olgan pedagoglarga bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq toʻlanadi

👉Pedagoglariga malaka toifalari berishning yangi tartibi (qaror matni)

👉25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lganlarga pedagoglarga malaka toifasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

🇺🇿Termiz shahridagi 26-umumta'lim maktabida jamoat tashkilotlari va Termiz garnizonidagi harbiy xizmatchilar ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Mahallada duv-duv gap" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.

🔰Tadbirda viloyat xokimligi, viloyat Adliya boshqarmasi, Termiz harbiy prokurorining katta yordamchisi adliya mayori G‘.Raxmonov, Termiz shahridagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, Mudofaa vazirligi Faxriylar ishlari bo'yicha viloyat kengashi raisi T.O'rinov, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Surxondaryo viloyat mintaqaviy bo‘limi mas’ul mutaxassisi H.Xodjayeva va a’zolari; Surxondaryo viloyati “ Xurayda ” abadiy badiiy jurnali bosh muxarriri, shoir publitst N.Ergashov, Termiz shahar Adliya bo'limii boshlig'i A.Jabborov, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Kengashi Surxondaryo viloyat raisi J.Sherdanaqulov va Sh.Omonov hamda Termiz Davlat universiteti talabalari ishtirok etdi.

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

🇺🇿Samarqand garnizonidagi harbiy qism targ'ibot guruhi tomonidan "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda aholi o'rtasida milliy armiyamizga g'urur va iftixor tuyg'ularini yanada oshirish maqsadida Samarqand shaxrida joylashgan 45-maktab togarak qatnashuvchi yoshlar bilan  "Halq va armiya bir tanu bir jondir " shiori ostida davra suxbati tashkil etildi.

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

🇺🇿Angren shahar 41-maktabning 9-"B"sinf o'quvchisi Axmedov Amirxonning O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 32 yilligi , hamda " VATANPARVARLIK OYLIGI" munosabati bilan " Men Jaloliddin Manguberdi va Amir Temur kabi buyuk sarkardalar avlodiman " nomli tayyorlagan video taqdimoti.
Sinf rahbari: D.Saidmurotova

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

❗️Мактабгача ва мактаб таълими тизимидаги ходимлар учун яхши янгилик.

2030 йил 1 январга қадар мактабгача ва мактаб таълими тизимидаги муассаса ва ташкилотларнинг (вазирлик марказий аппарати ва унинг ҳудудий бўлинмаларидан ташқари) бюджетдан ташқари маблағлари ҳисобидан амалга ошириладиган иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловларга ижтимоий солиқ ставкаси 1 фоиз миқдорида белгиланади.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 29 декабрдаги ПФ-221-сонли фармонининг иловаси 6-банди.

Мазкур Фармон 2023 йил 29 декабрдан кучга кириб бўлган.

Демак, давлат мактаблари ва боғчаларига хизмат кўрсатувчи бухгалтерлар бу янгиликдан ҳозироқ хабардор бўлишлари керак. Уларга юбориб қўямиз.

👉@yuristkadr

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

Oylik maoshlar kechikishi mumkinmi?

Iqtisodiyot va moliya vazirligining xabar berishicha, oylik maoshlarni hisoblash uchun mo'ljallangan “UzASBO” axborot tizimida nosozliklar yuzaga kelgan.

“UzASBO-2” tizimiga oʻtish munosabati bilan tizimda ayrim muammo va uzilishlar kuzatilmoqda. Ushbu nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan hozirda texnik ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.

Shuningdek, tizim faoliyatiga oid qoʻshimcha savollaringiz yuzasidan ushbu raqam orqali murojaat qilishingiz mumkin: 71 202 07 12 (1-1) – deyiladi vazirlik bergan rasmiy bayonotda.


Shundan so'ng vazirlik “UzASBO” axborot tizimidagi muammolar bartaraf etilganligi haqida ma'lumot bermagan. Umuman olganda, UzASBO bilan bog‘liq nosozliklar tez-tez uchrab turadi.

Masalan, o'tgan yili dekabr oyida uzilishlar kuzatilgan. Shuningdek, 2022-yil iyun oyida O‘zbekistonda o‘qituvchilarga mehnat ta’tili to‘lovi ham mazkur tizimda kuzatilayotgan nosozliklar sabab kechikkan edi.

👉/channel/xalqtaliminfo

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

Мирзиёев мудофаани кучайтириш бўйича топшириқ берди

Батафсил 👇👇👇

https://qalampir.uz/n/95381

Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

#Angren_shahar
#25_maktab
#1_"A"_sinf
#Vatan_himoyachilari_kuni

MARDLAR QO'RIQLAYDI VATANNI !

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 32 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Angren shahar MMTBga qarashli 25-umumiy o'rta ta'lim maktabining 1- "A" sinf o'quvchisi Talibjanova Shirinaning tabrigi.

🟣Sinf rahbari:Kambarova Nasiba Artikovna

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 28-dekabrdagi 577-sonli buyrug'i

Maktab va maktabgacha ta’lim tizimidagi ta’lim tashkilotlari rahbar, mutaxassis va pedagog kadrlarining 2024-yil uchun malaka oshirish kurslarida o‘qitish rejalarini tasdiqlash haqida.

👉@talim_hujjatlar

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

Qishki ta'til kunlarida ham Baxmal tumani ixtisoslashtirilgan maktabida vatanparvarlik oyligi maroqli o'tkazishmoqda. Jumladan, 6-"B" sinf o'quvchilari "Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik" sinfiga tashrif buyurib, o'quv jihozlari va harbiy o'quv yurtlari haqida qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Ayniqsa, avtomatdan va stvol osti granatamyoti maketidan otish mashqlari katta taassurot qoldirdi.

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

Буюк қисматлардан яралган жоним,
Бобурий имконим ,Темурий қоним,
Турк атамдан мерос қадим маконим,
Отажоним,Туркистоним,Туроним.

Улуғ Тангритоғдан оққан армоним,
Осиё қалбида жўш урган қоним,
Салжуқий суроним,Усмоний шоним,
Энажоним,Туркистоним,Туроним...

Сен Буюк.Хун,Боту Хун ҳамда Авар,
Олтин Ўрда,Кўктурку,Ғазна,Ҳазар.
Қорахоний,Хоразмий-дилда қадар,
Оқ хун,Уйғур,Хуну Европа қадар.

Ҳожиб,Сино,Қошғарийдир сарватинг,
Улуғбегу Навоийдир шавкатинг.
Ал Хоразмий ,Берунийлар давлатинг,
Танда жоним,Туркистоним,Туроним.

Буюк Темур орзусидир бу Ватан,
Чўлпон,Фитрат,Қодирий-бахшида тан.
Сен ватанлар ичра суюк Ватан,
Жону таним,Туркистоним,Туроним.

Авар, ёқут, қорачойдир -ёроним,
Қозоқ,қирғиз,ўзбек, туркман-виждоним,
Тотор,нўғай, чечен,озар-бир ёним,
Санда жоним,Туркистоним,Туроним.

Уйғур, бошқирд, чекес,қорақалпоғим,
Кўкўғизим,тува,қумиқ,қалмоғим.
Олтой,домоқ,хакас,долган -хуш чоғим,
Балқар,кундур,чуваш,дунган,чироғим.

Шор,қабардин,адигейим,бовурим,
Тракия,тангу ,лезгин , томирим.
Қузай қибрис,қрим келди довуринг,
Ён,эй жоним,Туркистоним,Туроним.

Бағрингдаги тошу гиёҳ тупроқмиз,
Қуёшингда нур симирган япроқмиз.
Қаддинг кўтар,ғанимлардан кўпроқмиз,
Отар тонгим,Туркистоним,Туроним.

Қутлуғ ўтмиш келажакка боқажак,
Қутли юртда иқбол мангу балқажак.
Оққан дарё яна қайта оқажак,
Жон,эй жоним,Туристоним,Туроним.

Сенсан муқаддас Китобим,Каломим,
Сенсиз нурга тўлмас,ё раб иймоним.
Сен-ла саодатга эшдир. ҳар оним,
Сўнг маконим,Туркистоним,Туроним.

Амиримсан,хоқонимсан,султоним,
Ёв ўқига бардош берган ултоним,
Сенга фидо бўлсин Ватан,бул таним,
Тон,эй жоним,Туркистоним,Туроним.

НУРАЛИ ҚОБУЛ

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

«Жонажон Ўзбекистоним мангу бўл омон!» #шеър

Таърифинг тилларда, дилларда достон,
Энг гўзал, энг буюк, юрт Ўзбекистон,
Сенга фидо бўлсин кўксимдаги жон,
Жонажон Ўзбекистон, мангу бўл омон.

Бир лаҳза айрилсам бағрим бўлар қон,
Тутарман байроғинг бош узра осмон,
Сен буюк Темурга бўлгансан макон,
Жонажон Ўзбекистон мангу бўл омон.

Ватан деб жонидан суйганлар айтсин,
Юрт ҳиссин қалбида туйганлар айтсин,
Васлингга етолмай куйганлар айтсин,
Жонажон Ўзбекистон мангу бўл омон.

Бир ёғи боғ,бўстон, чаман, гулзорсан,
Бир ёғи, кўкларга туташган қорсан,
Аллоҳнинг назари тушган диёрсан,
Жонажон Ўзбекистон, мангу бўл омон.

Навоий байти бор япроқларингда,
Бобурлар оҳи бор титроқларингда,
Буҳорийлар ётатар тупроқларингда,
Жонажон Ўзбекистон мангу бўл омон.

Мевангдан келади жаннатлар таъми,
Мусаффо ҳаволар кўнгил малҳами,
Ҳеч қачон ўчмасин истиқлол шами,
Жонажон Ўзбекистон мангу бўл омон.

Бағрингда яшнаймиз базимлар қилиб,
Тарифинг куйлаймиз назмлар қилиб,
Яшаймиз то абад таъзимлар қилиб,
Жонажон Ўзбекистон мангу бўл омон.
муаллиф: Хуршид Карим

Канал «Таълим/Образование» 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEMi1YD6YbW4-DONaw

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

#Angren_shahriga
#Tashrif

🇺🇿 Ohangaron tumani Nurobod qo‘rg‘onidagi harbiy qism muddatli harbiy xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tashkil topganligining 32 yilligi munosabati bilan Angren shahrida joylashgan Angren shahar tarixi muzeyiga tashrif buyurishdi.

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

#Angren_shahar
#41_maktab

🇺🇿Angren shahar 41-umumiy o'rta ta'lim maktabi 1-"A"sinf o'quvchisi Normatov Asadbekning 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab tayyorlagan videorolegi

🔹Sinf rahbari: Yuldasheva F. I.

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

#Angren_shahar
#41_maktab

Vatan himoyachilari kuniga o'quvchilarning onlayn tabrigi

🇺🇿Angren shahar 41-umumiy o'rta ta'lim maktabi 1-"A" sinf o'quvchisi Eshtemirov Muhammadjonning 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab chizgan rasmi va videoroligi.

🔰Sinf rahbari: Yuldasheva F.I.

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

Мудофаа вазирлиги «Ватан таянчи» ҳаракати раҳбари, полковник Баҳром Зулфиқоров билан суҳбат.

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

#Vatanparvarlik_oyligi

⭕️2023-yilning 28-dekabridan 2024-yilning 6-yanvarigacha Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida "Vatanparvarlik oyligi" doirasida o‘tkazilgan tadbirlar

👉Birinchi 10 kun

🔸Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir !

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

Mutolaa uchun «VATANPARVAR» gazetasining 2024-yil 5-yanvar 1-sonini to‘lig‘icha elektron holda havola etamiz.

Ushbu elektron gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi.

Shuningdek, @mv_vatanparvar_uz telegraBm kanali orqali ham tahririyat tomonidan tayyorlangan materiallar bilan tanishib borishingiz mumkin.

📌O‘qish uchun havola: https://online.anyflip.com/dwalh/vcoo/mobile/index.html

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

🇺🇿Navoiy garnizonidagi harbiy qism  targ'ibot guruhi tomonidan "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda aholi o'rtasida milliy armiyamizga g'urur va iftixor tuyg'ularini yanada oshirish maqsadida Navoiy shahar 9-maktab qo‘shimcha dars mashg‘ulotlariga qatnashuvchi yoshlari bilan  "Xalq va armiya bir tanu- bir jondir " shiori ostida  "Armiya- jasorat matonat va bilim maskani" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

Pedagog xodimlarning oylik maoshi kechikishiga yana boshqa sabab borligi ma'lum bo'ldi

Biroz avval oylik maoshlarni to'lab berish kechikishi mumkinligi, bunga esa “UzASBO” axborot tizimida olib borilayotgan texnik ishlar sabab bo'layotgani haqida xabar bergandik.

Biz oylik maoshlarni o'z vaqtida to'lab berish uchun qanday ishlar olib borilayotganligini o'rganish maqsadida O‘zbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bilan muzokara o'tkazdik.

Ma'lum bo'lishicha, oylik maoshlar kechikishiga 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7 foizga oshirilishi munosabati bilan bir nechta vazirliklar bilan imzolanishi kerak bo'lgan qo'shma qarorning hozirgi kunda ham imzolanmaganligi sabab bo'lgan.

Hujjatni imzolash bo'yicha O‘zbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan dekabr oyi mobaynida Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mas’ul xodimi bilan muzokara olib borilgan.

Ushbu qo'shma qaror loyihasi yuzasidan Bandlik vazirligi fikr-mulohazalarini rasmiy xat orqali bayon qilgan. Ta’lim vazirliklari esa o‘z vaqtida hujjatni qayta ishlab chiqishgan va qo'shma qaror loyihasini Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga qayta kiritishgan.

Bandlik vazirligi tezroq ushbu hujjatni imzolashi, maktabgacha va maktab ta'limi tizimi xodimlari oshirilgan ish haqlarini olishlariga va pedagog xodimlarning mehnat huquqlari buzilishi oldi olinishiga xizmat qiladi – deya ta’kidlaydi O‘zbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh mutaxassisi L.Turikova.


❕Demak, hozir oylik maoshlarning kechikishiga ikkita sabab mavjud:

Birinchisi, “UzASBO” axborot tizimida kuzatilayotgan nosozliklar;

Ikkinchisi, bir nechta vazirliklar tomonidan pedagog xodimlarning lavozim maoshlari miqdorlarini tasdiqlash to'g'risidagi yangi qo'shma qarorning hali ham imzolanmaganligi.

Hujjat tezroq imzolansa, maktabgacha va maktab ta'limi, madaniyat va sport muassasalari pedagog va rаhbаr xodimlarining bazaviy tarif stavkalari hamda tumаn (shahar) maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlari xodimlarining maoshlari o'z vaqtida to'lab berilishiga erishiladi.

👉/channel/xalqtaliminfo

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

Baxmal tumani ixtisoslashtirilgan maktabi "Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik" sinf xonasi vatanparvarlik oyligi davomida yoshlarga harbiy jihozlar va o'q otar qurollar, jang taktikasi hamda harbiy ta'lim muassasalari haqida ma'lumotlar berish uchun shay.

Читать полностью…

🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

Вот так нужно получать звание полковника! ⭐️⭐️⭐️

канал ВОЕННЫЙ ПЕНСИОНЕР🎄
подпишись☃️☃️☃️

Читать полностью…
Подписаться на канал