# Angren shahar
# 41-maktab
# 9- may Xotira va Qadrlash kuni
🎗 Angren shahar 41-umumiy o'rta ta'lim maktabining 2-"D"sinf o'quvchilari " 9- may Xotira va Qadrlash" kuni munosabati bilan "Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi " nomli tadbir o'tkazdi.
🎖🎖🎖🎖🎖🎖🎖🎖🎖🎖🎖🎖🎖🎖🎖🎖🎖🎖🎖🎖
🇺🇿 Bir necha yillar davomida IIB da faoliyat ko'rsatgan fidoyi hodimlarini xotirladilar.
💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐
🎗 O'quvchilar o'zlarining yod olgan she'r , qo'shiq va iliq so'zlarini aytdilar.
👮♂️ Harbiy xizmatdan kelgan sobiq o'quvchilarimiz Jo'lanov Asliddin bilan davra suhbati o'tkazildi.
🎗Tadbir o'quvchilarda juda katta taassurot qoldirdi.
👩🏫 Sinf rahbari: Xusanova G.J
Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11-"T" sinfida ChQBT fanidan "Suyak singanda birinchi tibbiy yordam ko'rsatish" mavzusidagi amaliy mashg'ulotda o'quvchilar qo'rquv hissini yengib, jabrlanganga yordam berish bo'yicha amaliy ko'nikmalar olishdi.
Читать полностью…3-4-may kunlari Baxmal tumanida "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida MMIBDO'lar uchun o'quv seminari bo'lib o'tdi.
Seminarda Baxmal tumani ixtisoslashtirilgan maktabi VRYoTBDO'-HChT rahbari Sh.Suyarov "O'quvchi-yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyat va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashda "Vatan tayanchi" harakatining o'rni" mavzusida ma'ruza qildi. Otryad a'zolari o'zlarining faoliyatlari va yutuqlari haqida seminar qatnashchilariga so'zlab berishdi.
# Angren_shahar
# 41_maktab
# Tarbiyaviy sinf soati
🌼 Mavzu: "Xotira muqaddas"
🇺🇿 Angren shahar 41-umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi M.T.Ismailova 3-"B"sinf o'quvchilari tomonidan 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Xotira muqaddas" mavzusida tarbiyaviy sinf soati o'tkazildi.
🍀Darsda buyuk ajdodlarimiz , ma'rifatparvar shoirlarimiz va 2-jahon urushida vatanimiz ozodligi yo'lida qahramonlarcha halok bo'lgan ota-bobolarimizni xotirlash va keksalarni e'zozlab, ularga g'amxo'rlik qilish kerakligi haqida aytib o'tildi. O'quvchilar o'zlari yod olgan she'rlarini aytib , raqs ijro etishdi. Chizgan rasmlari namoyish etildi.
🌼 Darsga kelgan ustozlar o'zlarining iliq fikrlarini aytishdi. Dars juda mazmunli o'tdi.
🍀 Sinf rahbari: Ismailova M.T.
Ёшларни ватанпарварлик руҳида тайёрлаш, жисмоний чиниқтириш ва ҳарбий хизматга тайёргалик кўришга кўмаклашиш мақсадида шаҳар Мактабгача ва мактаб таълими бўлими, Ёшлар ишлари шаҳар бўлими, Ҳарбий гарнизон ҳамкорликда турли тадбирлар ташкил этмоқда.
Бугун Ангрен умумқўшин тоғ полигонида ўқув амалий машғулотлар ташкил этилди.
Унда шаҳардаги мавжуд умумтаълим мактаблари, касб-ҳунар мактаблари ўқувчилари ҳамда “Ватан таянчи” отряди аъзолари дала ўқув машқулотларида қатнашдилар.
Ўқувчиларга ҳарбий хизматчилар автоматни йиғиш ва отиш бўйича зарур кўникмалар бердилар.
#Angren_shahar
#30_maktab
🇺🇿Angren shahar MMTBga qarashli 30 - umumiy o'rta ta'lim maktabida o'quvchi yoshlarni vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish maqsadida tadbir o'tkazildi.
●Angren shahar 30-maktabning CHQBT rahbar : Mamatraimov N.K.
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
🟢Bekobod tumanidagi 1-sonli IDUMda Milliy Gvardiya sinfi tashkil etildi. Bu haqida "Nurafshon" telekanali dasturlarida keng yoritildi.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
Президент Шавкат Мирзиёевнинг футбол бўйича Ўзбекистон ёшлар терма жамоасига табриги
—
Поздравление Президента Шавката Мирзиёева молодежной сборной команде Узбекистана по футболу
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Олимпия терма жамоаси дарвозабони Абдувоҳид Нематов хонадонида U23 кубоги ярим финал ўйини доирасида Ўзбекистон - Индонезия учрашуви махалладошлари хаяжон билан кузатишмоқда.
Эслатма: Абдувоҳид Нематов Шароф Рашидов тумани Учтепа МФЙда истиқомат қилади.
Бизга қўшилинг👇
@Baxmalliklar365
Assalomu alaykum hamkasblar. Ushbu ma'lumot asosan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga taalluqli.
Xabaringiz bor, 2024-yil 1-aprelda Prezidentning PF-55 farmoni e'lon qilindi. Undagi bizga tegishli bandlar yuqorida keltirilgan. Ko'pchilik hamkasblarimiz "Turon yo'lbarslari" musobaqasini o'tkazish kerak ekan, o'tkazdingizmi, qanday o'tkaziladi, o'tkazdik, degan savol va xabarlar yubormoqda.
Hurmatli hamkasblar, Prezident farmoni bajarilushi kerak. Lekin, farmon asosida keyingi hujjatlar ishlab chiqilishi kerakku. Musobaqa yoki tanlov nizomi , jalb qilinadigan tashkilotlar, rag'batlantirish tartibi, kerakli hujjat va ashyolar va h.k. Bundan tashqari bu musobaqa hali maktablarning rasmiy musobaqa va tanlovlar ro'yxatiga ham kiritilgani yo'q.
Shuning uchun hamma o'zboshimchalik qilmasligini taklif qilaman. Tashabbus boshqa, o'zboshimchalik boshqa.
P.s. kimning xabari bor, CHQBTdan darsliklar chiqarmikan?
ИЗҲОРИ ДИЛ
Кўҳна толбешикдан
Бошланган олам.
Сенга иддаолар
Қилмай севаман.
Бир куни синглим, деб,
Бир куни онам —
Ватан,
Кимлигингни
Билмай севаман!
Тўзғийди тўнингдан
Тортган тўралар.
Кеча тузингни еб
Сотган тўралар.
Энди пушаймонда,
Туйник мўралар —
Мен сенинг
Ёнингдан
Жилмай севаман.
Менга еринг суюк,
Осмонинг суюк.
Боқсам, тенг
Тўрттала
Томонинг суюк.
Товонимга кирган
Тиконинг суюк —
Кафтдан
Зирапчанг ҳам
Юлмай севаман.
Чўксанг,
Тур, синглим деб,
Сочинг силайман.
Сўксанг,
Опам дейман,
Умринг тилайман.
Сендан ранжимайман,
Гина қилмайман —
Хоҳ хўмрай,
Хоҳ жилмай,
Бирдай севаман.
Ватан —
Юрагимнинг
Олампаноҳи,
Бу дунё
Букри бир
Жийдангнинг шохи!.
Кўзим ёши билан
Суғориб гоҳи
Кўксимда ўстирган
Гулдай севаман.
Бу ёруғ жаҳонда
Йўғу боримсан,
Тилимнинг остида
Новвот-заримсан.
Сен менинг ягона
Пайғамбаримсан,
Мен Билол,
Мен Ҳабаш —
Қулдай севаман!
© Муҳаммад Юсуф
/channel/Adabiyot_olami
Bugun Baxmal tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 10-"B" sinfida ChQBT fanidan amaliy mashg'ulot kirish qismida 1966-yil 26-aprelda Toshkentda bo'lgan zilzila haqida ma'lumot berildi. So'ngra zilzilada to'g'ri harakatlanish, evakuatsiya va jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatish usullari o'rganildi.
Читать полностью…~ 26 а п р е л ~
М У Ҳ А М М А Д Ю С У Ф
т у ғ и л г а н к у н
Шоирнинг 50 йиллиги муносабати билан хотирлаб ёзган ушбу шеъримни 70 йиллиги нишонланаётган кунларда сиз мухлисларга яна ҳавола этмоқдаман.
Шоиримизнинг охиратлари обод бўлсин!
МУҲАММАД ЮСУФ
Булбуллар йиғлади,
гуллар йиғлади,
Дуога очилган қўллар йиғлади.
Ўзбегим ёш тўккан
йўллар йиғлади,
Халқимни йиғлатган
Муҳаммад Юсуф,
Қалбимни йиғлатган
Муҳаммад Юсуф !
Қабр ҳам бир уйдир -
мангуга кетмас,
Тилла тош қўйсанг ҳам
меҳрга етмас,
Андижонга эмас,
тупроққа эмас,
Юракка кўмилган
Муҳаммад Юсуф,
Меҳрга чўмилган
Муҳаммад Юсуф !
Ватан деган бўлсак,
тилда айтдик биз,
Элим деган бўлсак,
тилда айтдик биз,
Бир шеърга зор бўлиб
китоб титдик биз,
Юракдан куйлаган
Муҳаммад Юсуф,
Дард билан сўйлаган
Муҳаммад Юсуф !
Қуёш элга боқса,
суйиб кетдингиз,
Қаро булутлардан
тўйиб кетдингиз,
Ўзбегим дардида
Куйиб кетдингиз,
Куйиб-куйиб кетган
Муҳаммад Юсуф,
Тўйиб-тўйиб кетган
Муҳаммад Юсуф !
Озод бўлса ҳамки
гарчи қафасдан,
Дардини ичига ютиб айтмасдан,
Эл-ку яшайверар
бир сўз демасдан,
Элига тил бўлган
Муҳаммад Юсуф,
Дардига дил бўлган
Муҳаммад Юсуф !
Сиз тоғсиз, шеърбозлар
қизариб ботсин,
Ўтмас қаламини
синдириб отсин,
Агар шоир бўлса,
элни уйғотсин,
Элимни уйғотган
Муҳаммад Юсуф,
Элим деб куйлатган
Муҳаммад Юсуф !
Шеър нима?!
Англади сизни севган эл,
Сиз учун арзимас
аслида бу шеър,
Мен шоир бўлдимми?!
Айтсин қаро ер:
Шоир бўлиб ётган
Муҳаммад Юсуф,
Нурга тўлиб ётган
Муҳаммад Юсуф !
Ғафуржон ТОЖИБОЕВ
2004 йил, март.
9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Baxmal tumanida harbiy xizmatchilar, chegara xizmat otlari, xizmat itlari va jangovar texnikalar paradi xotira xiyobonidagi "Motamsaro ona" poyiga gul qo'yish marosimi bilan va maxsus operatsiyalar bataliyoni harbiy xizmatchilarining ko'rgazmali chiqishi bilan ulanib ketdi. Bu tadbirda Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabi "Vatan tayanchi" otryadi a'zolari ham faol ishtirok etishdi.
Читать полностью…🇺🇿#OʻZBEKISTONDA_9_MAY_XOTIRA_VA_QADRLASH_KUNI
🎗 Qumqo‘rg‘on tumani 25-maktabning "Vatan tayanchi" a'zolari 9-may umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani "Munchoqtepa" mahallasi fuqarosi murabbiy hamda ustoz 2-jahon urush qatnashchisi 102 yoshga kirgan MUSAYEV XAYIT bobo holidan xabar oldilar.
⚡️Tadbir davomida qahramonimiz hovlisida obodonlashtirish ishlari olib borildi. Shundan so'ng urush davrlarida fashistlar ustidan qozonilgan g‘alaba tog'risida xotiralar esga olindi.
🇺🇿Navoiy shahridagi 13-umumiy o‘rta ta'lim maktabida Navoiy garnizonidagi harbiy xizmatchilar, faxriylar hamda o‘quvchi yoshlar ishtirokida "Milliy armiyamiz yoshlar nigohida" shiori ostida vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.
🔰Festival doirasida harbiy orkestr ishtirokida konsert dasturlari hamda harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi sahnasi va faxriy qorovulning saf chiqishlari namoyish etilib, yig‘ilganlarga hushkayfiyat ulashdi.
#Slayd
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
🇺🇿“VATAN FIDOYI FARZANDLARINI UNUTMAYDI” shiori ostida tayyorlagan taqdimot.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot ishlarida foydalanish uchun tavsiya etiladi.
TARG‘IBOT MATERIALLARIGA KIRISH UCHUN QUYIDAGI HAVOLAGA O‘TING
👉/channel/targibotmaterial
9-may "Xotira va qadrlash" kuni arafasida Baxmal tumani ixtisoslashtirilgan maktabi "Vatan tayanchi" otryadi rahbar va a'zolarining bir guruhi yurtimizning tarixiy diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdilar. Jumladan Iskandar Zulqarnayn qo'shinlari bilan janglar bo'lgan qadimiy "Aymoq" qabristoni, Oqtosh tog'i bag'ridagi Qizilsuv bo'ylari va Toshkentdagi "Shoirlar bog'i" shular jumlasidandir.
Читать полностью…⚡️Harbiy xizmatchi o‘zi taxsil olgan maktabda.
🇺🇿Surxandaryo viloyati Boysun tumani Kofrun mahallasi 32-umumta'lim maktabida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri bo'lib o'tdi.
♻️32-umumta'lim maktabi sobiq bitiruvchisi O'zbekiston Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi podpolkovnigi Dusanov Nurali Shermatovich ham ishtirok etib, yoshlarga Vatan himoyachisi bo'lish uchun zarur bo'lgan xislatlar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🔘Tadbir yosh avlod, o'rta avlod va keksa avlod vakillarining qizg'in munorazalariga boy bo'ldi. Ayniqsa yosh avlod vakillari bo'lmish maktab o'quvchilarining podpolkovnik Nurali Dusanov bilan qizg'in savol-javoblaridan, yoshlarning harbiylik kasbiga bo'lgan qiziqishi katta ekanligi ayon bo'ldi.
📚 Tadbir so'nggida Nurali Dusanov o'zi tahsil olgan maktabga turli badiiy va ilmiy kitoblar sovg'a qildi.
🇺🇿Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida Shirin shahrida joylashgan harbiy qismda Boyovut tumanidagi 22-maktab o'quvchilari bilan "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi.
🔰 Bunda o'quvchi yoshlar dastlab harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan hamda harbiy qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishdi.
✅Shundan so‘ng harbiy qism hududidagi kichik dala o‘quv maydoni va sport mayonchalariga sayohat qilishdi.
Baxmal tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-"a" sinfida ChQBT fanidan "Qon ketishda birinchi tibbiy yordam ko'rsatish" mavzusidagi amaliy mashg'ulot katta qiziqish bilan o'tdi.
Читать полностью…#ГОООООЛ
🏆 Осиё Кубоги У-23 | 1/2-финал
🇮🇩 Индонезия 0:2 ЎЗБЕКИСТОН 🇺🇿
Автогол 86'
/channel/+IZG-2o7ESO9lOGYy
🥳Ғалаба муборак❗️ Финал муборак ❗️ WELCOME TO PARIJ🇺🇿🇺🇿
Ўзбекистон футбол U23 терма жамоаси Индонезияни мағлуб этиб ўз тарихида илк бор Олимпиада йўлланмасини қўлга киритган ҳолда Осиё кубоги финалига ҳам йўл олди. Олға йигитлар💪
🇺🇿Олға Ўзбекистон🥳👇
Батафсил👇🏻
👉🏻 @Sara_Xabarlar ⚡️-ТВда кўрсатилмайдиган энг тезкор сара хабарлар каналига аъзо бўлинг!
Vatanga qasamyod — eng oliy sharaf
▪️Qurolli Kuchlari akademiyasiga qarashli Chirchiq o'quv bazasida askarlar Vatanga qasamyod qildi
➡️ Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter | TV
#Angren_shahar
#41_maktab
🇺🇿Bugun 1-"A"sinfida Xotira va qadrlash kuni oldidan " Bobom xotiralari" mavzusida ochiq sinf soati o'tkazildi.Sinf soatiga maktab ma'muriyati taklif etildi.Bunda o'quvchilar tinchlikning qadriga yetish va musaffo osmonimiz,baxtli bolaligimiz uchun ,shu kunlarimizga sababchi bo'lgan qahramon ota-bobolarimiz oldida ta'zimda ekanligi,tiriklarning qadriga yetib o'tganlarni xotirlash har birimizning burchimiz ekanligini ta'kidlab o'tishdi.
⛳️Sinfga tashrif buyurgan ChQBT ustozi Yadgorov Husniddin Bahriddinovich,Mustaqil yurtimiz farzandlari qanday bo'lmog'i kerakligini o'quvchilarning o'qish savodxonligi,husnixatlari,savollarga berilgan to'g'ri va aniq javoblari orqali sinab ko'rdilar.
📖Bolajonlar buyuk ajdodlarimiz bo'lgan Amir Temur,Mirzo Ulug'bek,Abu Rayhon Beruniy,Abu Ali Ibn Sino,Alisher Navoiy,Zahiriddin Muhammad Bobur bobolarimiz haqida to'lib -toshib so'zlashdi.
🟥Sinf soati juda chiroyli tashkil etildi va mazmunga boy bo'ldi.
Ustoz siz bilan faxrlanamiz
Yasha, chegarada turgandek ogoh,
Lola, lolajonim, lolaqizg'aldoq.
Baxmal tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-"A" sinf "Vatan tayanchi" otryadi a'zolaridan shoir Muhammad Yusufning 70 yilligiga bag'ishlanadi.
Сурхондарё вилояти ҳокими ўқувчи - қизлар билан самимий, ҳазилга суҳбат қурди.
Сурхондарё вилояти ҳокими Улуғбек Бердиқобилович Қосимов Сариосиё туманидаги 18 - сонли умумий ўрта таълим мактабининг спортчи ўқувчи - қизлари билан суҳбат қуриб, уларга қарата - Ўғил болалар гап отмаяптими? 4 - 5 та йигитни бир сакраб, йиқитиб ташлайди, баракалла деб улар билан кўришди.
📩@QUMQORGONEWS