Туман ХТБнинг прокуратура талабномасига ва ВМ 348-сон қарори асосида мактабларни текшириш бўйича буйруғи. Адлия тасдиқлаган.
Читать полностью…⚡️Педагог ходимларнинг ойлик маошлари оширилди
Мактабгача ва мактаб таълими тизимидаги ходимларнинг меҳнатига ҳақ тўлаш бўйича базавий тариф ставкалари миқдорлари билан юқоридаги рўйхатда тўлиқ танишиб чиқишингиз мумкин
📩 Юристга савол юбориш
☎️ Қўнғироқ орқали юрист билан ҳозироқ онлайн боғланиш
Каналимизга уланинг
👇👇
👉 @Yurist_Xizmati
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi targ'ibot guruhi Jomboy tumani Holvoyi QFYdagi 16- umum o'rta ta'lim maktabida "Har bir yoshning qalbi va ongi uchun kurashamiz" shiori ostida festival tashkil etildi.
🔰Tadbirda faxriy qorovul va qo‘l jangi chiqishlari hamda harbiy orkestr jamoasi ijrosida Vatanni madh etuvchi kuy-qoshiqlar tamoshabinlarga ko'tarinki ruh baxsh etildi.
#ибрат
Раҳматли отамиз Норматов Бошбек иккинчи Жаҳон уруши қатнашчиси бўлганлар. Бола эдим. Отамиз одамни титратиб юборадиган бир воқеани онамизга гапириб берганлари ҳамон эсимда.
— Вязьма йўналишидаги бир чоғроқ шаҳарчани душмандан озод қилдик, — дея гап бошлади отамиз. — Қаҳратон қиш. Икки қаватли ёғоч уйлар, кўча тўла ўликлар... Бир уйнинг иккинчи қаватига чиқсам, латта-путталар уюми ёнида бир аёл ўлиб ётибди. Битта ҳам душман йўқ — қочиб кетишган шекилли. Энди ўгирилиб кетмоқчи эдим, ўлик ёнидаги латта уюми қимирлагандай бўлди. Очиб кўрсам, ё қудратингдан, тирик чақалоқ ўлик онасини эмиб ётибди!.. Деразага югуриб бориб, пастдаги ҳамширани чақирдим. Зудлик билан ҳамшираю врачлар етиб келишди. Ҳайратланарли жойи шундаки, мурда совуқда қотиб қолган бўлса ҳам чақалоқ эмаётган кўкрак юмшоқ ва иссиқ эди, иккинчиси қотиб ётибди! Ҳарбий врачлар ҳам ҳайратда: одам ўлгандан кейин узоғи билан йигирма дақиқадан сўнг организмдаги барча аъзолар ўз фаолиятини тўхтатиши керак-ку!.. Врачларнинг айтишича, бу аёлнинг жони узилганига ўн кун, бўлмаганда бир ҳафта бўлган экан!.. Ҳамширалар тезда гўдакнинг таглигини алмаштиришди, қайтадан йўргаклаб, шинелга ўрашди. Орадан кўп ҳам вақт ўтгани йўқ, бир пайт қарасак, ҳозиргина чақалоқ эмиб турган қайноқ ва юмшоқ кўкрак ҳам иккинчисига ўхшаб совуқда қотиб ётибди. Худди жигаргўшасининг ишончли қўлларга тушганидан хотиржам бўлгандай... Биров гапириб берганида икки дунёда ҳам ишонмасдим, ўз кўзим билан кўрдим ахир... — деб отамиз ҳикоясини тугатдилар.
Нима бу? Бу не синоат, не мўъжизаки, она ўлганидан кейин ҳам юрагининг бир парчасига уммон қадар меҳр, осмон қадар муҳаббат соғинса! Табиат қонунларига бўйсинмайдиган, тиббиёт қонунларини тан олмайдиган ОНА МЕҲРИ олдида бутун борлиқ таъзимда
© Шароф Бошбеков
Бахмалда таваллуд топган.
АЁЛ
Йигитлар мактубин битганда қондан,
Келинлар фироқдан чекканда ёҳу,
Унинг ҳам паноҳи қайтмади жангдан,
Ўн тўққиз ёшида бева қолди у.
Севгидан етиму умрдан ярим,
Қуриган кўксида ёлғиз беланчак.
Абадий фироқни, ҳайҳот, дўстларим,
Абадий висол деб билди келинчак.
Қақраган лабларда оловли нафас,
Кечалар кечмишин айлади кўмир.
Паришон сочлари ёр кўкси эмас,
Муздайин болишда қолди бир умр.
Йиллар ҳам ўтдилар, ҳамон у ёлғиз,
Мунғайиб термулар ботгувчи кунга.
Эй номарда табиат, борми сенда ҳис,
Қайтадан бахт берсанг бўлмасми унга?!
Наҳот ишқ қисмати бунча бераҳим,
Бунчалар буюксан вафо шеваси.
Сенгадир ҳурматим, сенга шарафим,
Қаҳрамон жангчининг содиқ беваси.
Сиз-чи эй, садоқат сатридан нолиб,
Надомат комида қолганлар, айтинг.
Ўзини минг битта бозордан олиб,
Минг битта бозорга солганлар, айтинг.
Шу чўлпон кўзларнинг буюк ҳурмати,
Шу ақиқ лабларнинг рост сўзи дея,
Сўйланг-чи, вафонинг надир қиммати,
Сиз ҳам кутганмисиз бирор сония?!
Баъзида тирноқлар безаги учун
Саҳардан шомгача қилурсиз тоқат.
Бироқ ёрингизни кутгали нечун
Топилмас тирноқча сабру қаноат.
Назокат пайтимас, яқинроқ келинг,
Буюк зот қошида айлангиз салом.
Шу содиқ бевага саждалар қилинг,
Шу содиқ бевага айланг эҳтиром.
Ҳатто зеб-зийнатни юлқиб зиёда,
Ҳайкал ҳам қўйингиз бамисли хаёл.
Шундайлар булмаса агар дунёда,
Бу қадар муҳтарам бўлмасди аёл.
Абдулла ОРИПОВ
1965
#Angren_shahar
#41_maktab
#9-may
🇺🇿Angren shahar 41-umumiy o'rta ta'lim maktabining 3-"E" sinfida bugun 9-may " Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan tarbiyaviy mashg'ulot bo'lib o'tdi.
✅Darsda bu dunyodan o'tib ketgan ota-onalarimiz, qarindoshlarimizni hotirlash, ularning qabrlarini ziyorat qilib, haqlariga Qur'on tilovati qilish haqida aytib o'tildi.
✅Mashg'ulotda ChQBT ustozi Yadgarov Husniddin qatnashib 2-jahon urushi qatnashchilarining xalqimiz ozodligi yo'lida qurbon bo'lganlar haqida so'zlab berdi.
✅So'ng o'quvchilarning chizib kelgan rasmlari bo'yicha tanlov o'tkazildi.
🔰Sinf rahbari: Sulaymanova G
#Qashqadaryo_viloyati
#Chiroqchi_tumani
🇺🇿Mudofaa vazirligiga qarashli Qashqadaryo viloyatida joylashgan harbiy qismlar tashabbusi bilan Chiroqchi tumanidagi 19-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maktab internatidagi tarbiyalanuvchi bolajonlar uchun xayriya tadbiri bo'lib o'tdi.
🔰 Unda faxriy qorovulning ko'rgazmali chiqishlari va harbiylar tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar barchaga birdek manzur bo'ldi.
🇺🇿Jizzax garnizoni harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan "9-may — Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan bobokalonlarimizning koʻrsatgan jasorati va matonati haqida kelajak avlodga yetkazish maqsadida Jizzax shahrida joylashgan "Baxt" nomli MTT tarbiyalanuvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi.
Читать полностью…#Angren_shahar
#41_maktab
#9_may
🇺🇿Angren shahar 41 - umumta'lim maktabining 3-"E" sinf o'quvchi yoshlar hamda " Temurbeklar MG" harbiy-sport to'garak a'zolari bilan hamkorlikda 9-may " Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan mahoratli sinf rahbari Sulaymanova Gulzoda ustoz hamkorligida tadbir o'tkazildi.
🔰Tadbir davomida o'quvchilar tomonidan kuy-qo'shiq, she'rlar, slaydalar, videoroliglar orqali o'quvchi-yoshlarimizga vatanimiz sarxadlarini ta'minlashda jasoratlarcha halok bo'lgan vatandoshlarimiz haqida batavsil tushunchalar berilib o'tildi.
🔰Tadbirning ikkinchi qismida Dukent qo'rg'onida joylashlashgan Mudofaa taassarufidagi o'quv markazi hovlisida tashkil etilgan xotira maydoniga tashrif uyushtirildi.
🔰Angren shahar MIB tashkil etilgan " Vatan aziz- jasorat mangu " shon-sharaf burchagida tashkil etilgan Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida bo'lgan mudhish voqeada qaxramonlarcha halok bo'lgan harbiy xizmatchilar xotirasi yod etib ular haqida batavsil ma'lumotlar berilib o'tildi.
Angren shahar 21-umumta'lim maktabi 5-"V" sinf o‘quvchilarining 9-may "Xotira va qadrlash" kuniga atab o‘tkazilayotgan tanlov uchun tayyorlagan videoro‘ligi.
(Sinf rahbari Adjibekirova N. R)
Ўзбекистонда яшаётган Иккинчи жаҳон уруши ва фронт орти қатнашчилари сони:
▪️Қарақалпоғистон Республикаси — 3 нафар;
▪️Андижон вилояти — 6 нафар;
▪️Бухоро вилояти — 7 нафар;
▪️Жиззах вилояти — 6 нафар;
▪️Қашқадарё вилояти — 10 нафар;
▪️Навоий вилояти — 9 нафар;
▪️Наманган вилояти — 3 нафар;
▪️Самарқанд вилояти — 10 нафар;
▪️Сирдарё вилояти — 3 нафар;
▪️Сурхондарё вилояти — 8 нафар;
▪️Тошкент вилояти — 26 нафар;
▪️Фарғона вилояти — 19 нафар;
▪️Хоразм вилояти — 5 нафар;
▪️Тошкент шаҳри — 55 нафар.
"Vatanparvarlar" harbiy-sport musobaqasining mutlaq g‘oliblari aniqlandi
📌Batafsil: https://mudofaa.uz/27608/
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter
Baxmal tumani IM "Vatan tayanchi" otryadi a'zolarining bir guruhi Jizzax shahar Olmachi qo'rg'onida joylashgan harbiy qismga tashrif buyurishdi. Ular askar va serjantlarning o'qishi hamda xizmati uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
Читать полностью…“Vatanaparvarlar” harbiy-sport musobaqalarining respublika bosqichiga start berildi
Читать полностью…#9_may
#Xotira_va_qadrlash
“Xotira-muqaddas, Xotira-sharaf”
⚡️Ikkinchi jahon urushi maydonlarida, shuningdek, mashaqqatli mehnat frontida mardlik va jasorat ko‘rsatgan barcha yurtdoshlarimizga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning nomlarini abadiylashtirish, o‘zbek xalqining buyuk G‘alabaga qo‘shgan hissasini keng miqyosda yoritish hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalsh maqsadida 9-May “XOTIRA VA QADRLASH” kuni munosabati bilan Baxmal tumani Ixtisoslashtirilgan maktabida tadbir tashkil etildi.
👉Bizning sahifalarimizni kuzatib boring:
🌐Telegram | Facebook | Instagram
🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari o‘quvchilari o‘rtasida STEM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, science hamda informatika va axborot texnologiyalari) fanlari bo‘yicha olimpiadaning hududiy (viloyat) bosqichi bo'lib o'tdi.
✅Ushbu bosqichida Baxmal tuman Ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari faol ishtirok etib, yuqori natijalarni egallagan hamda Respublika bosqichiga qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritgan o'quvchilarimiz ro'yhati bilan tanishing.
♻️O'quvchilarimizga Respublika bosqichida omad va zafarlar tilab qolamiz!
👉Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifamiz
Telegram | Facebook | Instagram
📹 Deputatlar: O'qituvchilarga imtiyozni yaxshirog'ini berish kerak →
👤 #Ўқитувчи muallimlar">→
@youtubabot: 📹240p
Inson — aziz, xotira — muqaddas
Ayriliq, qayg’u-alam, judolik urush yillarida hech bir xonadonni chetlab o’tmagan. Unda minglab yurtdoshlarimiz halok bo’lgan, bedarak yo’qolgan, yana qancha insonlar mayib-majruh bo’lib qaytgan. Mana shunday sinovli davrda o‘zbek xalqi bag‘rikengligi, metin irodasi va jasorati bilan butun dunyo xalqlarini lol qoldirgan.
9-may — Xotira va qadrlash kuni. Shu munosabat bilan yurt farovonligi yo‘lida jon fido qilganlarni, jasorat ko‘rsatganlarni xotirlar ekanmiz, inson uchun eng buyuk ne’mat tinchlik-osoyishtalik ekaniga amin bo‘lamiz. Zero, tinchligini yo’qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo’la olmaydi.
Shu munosabat bilan har bir xonadonda mana shu oliy ne'mat hukm surishini tilab qolamiz. Bugungi tinch va osuda kunlarimiz uchun jonini fido qilgan ajdodlarimiz, Vatanimiz sarhadlarini himoya qilishda mardlarcha halok bo‘lgan o‘g‘lonlarimiz ruhi shod bo‘lsin, tinchlik va osoyishtalik hech bir xonadonni tark etmasin.
🇺🇿Angren shahar 41 - umumta'lim maktabining 3-"E" sinf o'quvchilari bilan hamkorlikda 9- may " Xotira va qadrlash kuni " munosabati bilan o'tkazilan tadbirdan lavhalar.
🔰Sinf rahbari: G. Sulaymanova
🇺🇿Qoraqalpog'iston Respublikasi Qo'ng'irot tumanida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Qo'ng'irot tumani Nuroniylari va o'quvchi- yoshlari bilan "uch avlod uchrashuvi" o'tkazildi.
✅ Tadbir davomida sahna chiqishlari va kuy qo'shiqlar ijro etildi. Shuningdek Yoshi ulug' Nuroniylarimiz hamda o'quvchi - yoshlarimizga harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirib o'tildi.
🇺🇿 Jizzax garnizonidagi SCHR batalyoni harbiy xizmatchilari tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va yoshlar masalalari bo‘yicha idoralar aro hamkorlikni ta’minlash “Milliy armiyamiz yoshlar nigohida” shiori ostida Sharof Rashidov tumanidagi 10-umum ta'lim maktab o'quvchilari bilan davra suhbati o'tkazildi.
Читать полностью…#Farg'ona_viloyati
#Oltiariq
#9_may
🇺🇿Farg'ona viloyati Oltiariq tumanidagi Oltiariq shaharchasi Usmonobod ko'chasida yashovchi Ulug' Vatan urushi qatnashchisi 1926-yilda tug'ilgan K. Marupov hamda Oqbo'yra mahallasida yashovchi 1925-yilda tug'ilgan T. SHokirovlarni 9-may xotira va qadrlash kuni bilan tabriklagani Farg'ona viloyati Xokimi X.Bozorov , ShHO QK Qo'mondoni general-mayor O.A.Saidov, viloyat MIB boshlig'i A.Rashidov,viloyat prokuraturasidan,ma'naviyat bo'limi boshlig'i A.Xonkeldiyev, Oltiariq tuman xokimi Sh.Turdiyev, Oltiariq tuman MIB boshlig'i D.Mirzaxmedov, tuman IIB boshlig'i M.Qunduzovlar kelayotgan bayram bilan tabriklashdi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qimmatbaho sovg'alarini taqdim etishdi hamda nuroniy otaxonlarni duolarini olishdi.
OʻZBEKISTONDA 9-MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI !
🎗 Umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani Munchoqtepa mahallasi fuqarosi 2-jahon urushi urush qatnashchisi Musayev Xayit boboga shaxsan viloyat xokimi Ulugʻbek Berdiqobilovich Qosimov tomonidan prezidentimiz tabrigini oʻqib eshittirib muhtaram prezidentimiz qarorlari bilan 18 million soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti, esdalik sovg'alari topshirildi. Shundan so'ng bir piyola choy ustida urush davrlarida fashistlar ustidan qozonilgan g‘alaba tog'risida xotiralar esga olindi.
Tadbir davomida 25-maktabning "VATAN TAYANCHI" harbiy-vatanparvarlik bo‘yicha to‘garak a'zolari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
#Infografika
⚡️6-may holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilarining soni
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter
Õzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining kubogi uchun umumiy õrta ta'lim maktablari õquvchilarining "VATAN TAYANCHI" otryad a'zolari õquvchi-yoshlar õrtasida õtkazilgan "VATANPARVARLAR" harbiy-sport musobaqasining Respublika bosqichida Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 193-IDUMning "TEMURBEKLAR" jamoasi Respublikada faxrli II-õrinni egalladi.
Aziz õquvchilar! Maktabimiz sizdek mard, jasur hamda bilimli yoshlari bilan faxrlanadi. Yutuqlaringiz bardavom bõlsin.
Таълим ва фан ходимлари касаба уюшмаси Ангрен шаҳар кенгаши томонидан 2023 йил 6 май куни "Хотира ва қадрлаш куни" байрами муносабати билан "Мирзакарим ота" чойхонасида байрам тадбири ташкил этилди. Тадбирда 100 нафар 2-жаҳон уруши меҳнат фронти фахрийлари, концлагер тутқунлари, тармоқ тизимида кўп йил фаолият юритган педагог-ўқтувчилар, байналминалчи жангчилар иштирок этишди. Байрам тадбири давомида иштирокчилар Ангрен шаҳар "Шанс" рақс жамоаси ҳамда истеъдодли хонанда Умид Жумаев томонидан чиқишларидан баҳраманд бўлишди. Тадбирда меҳнат фахрийлари Ш.Уринбаев, Қ.Юсупов, Қ.Насибалиев, М.Муталова, Р.Маринчук, Таълим ва фан ходимлари касаба уюшмаси Республика Кенгаши масъул ташкилотчиси Р.Ю.Газиева,Мактабгача ва мактаб таълими бўлими бошлиғи С.Нуриддинов, Таълим ва фан ходимлари касаба уюшмаси Ангрен шаҳар кенгаши раиси Б.Юлдашев сўзга чиқиб фахрийларга эзгу тилаклар билдирдилар. Барча фахрийларга касаба уюшмаси кенгаши томонидан эсдалик совғалар тақдим этилди.
Читать полностью…Chirchiqda “Vatan tayanchi” harakati a’zolariga ko‘krak nishonlari topshirildi
📌Batafsil: https://mudofaa.uz/27477/
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter