bdu_yoshlar_ittifoqi | Неотсортированное

Telegram-канал bdu_yoshlar_ittifoqi - BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

3434

BuxDU Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkilotining rasmiy kanali. Matbuot kotibi: @Bekzod_bioximik Murojaat boti: @YoshlarIttifoqigaMurojaat_bot Facebook: @BDU_Yoshlar_ittifoqi You tube: @buxduyoshlarittifoqi Instagram: @buxdu_yoshlar_ittifoqi

Подписаться на канал

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

❗️❗️❗️❗️❗️

💐 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan eng kreativ va ta’sirli tanlovni e’lon qilamiz! Ayollarni ilhomlantiradigan, ularning go‘zalligi va mehribonligini madh etadigan ijodiy asar yaratishga tayyormisiz?



🎭 Tanlov yo‘nalishlari:
🖋 "Kalom sehrgarlar" – Yurakdan chiqib, ayollar qalbini larzaga soluvchi she’r yozing!
📰 "Haqiqat va ilhom" – Jamiyatimizda ayollarning o‘rni, qiyinchiliklari va yutuqlari haqida maqola tayyorlang!
🎬 "Kadr ortidagi mehr" – Original va kreativ videorolik tayyorlab, o‘z tabrigingizni namoyish qiling!


🏆 G‘oliblar esdalik sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlanadi!

Muddati: 7-mart
✉️ Ishlarni topshirish uchun: @jurnalist2107

📖 Bu kun nafaqat ayollarni tabriklash, balki ularning qadrini yana bir bor his qilish uchun ajoyib imkoniyat! Shunday ekan, ijodingizni ishga soling va qalblarga yetib boradigan asarlar yarating!

😀 Do‘stlaringizni ham taklif qiling!

😎 Telegram 😎 Facebook

😎Instagram  😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#YoshlarIttifoqi #MilliyFashionShow

🙋 Moda muxlislari uchun bahoriy tuhfa!

📍 7-mart kuni soat 16:00da Yoshlar ijod saroyida “Milliy Fashion Show” modalar namoyishi bo’lib o’tadi.

🔎 O’zingizni yangi modaning bir qismiga aylantiring! Keling va unutilmas tadbirning yorqin mehmoniga aylaning!

👋 Ishtirok etish mutlaqo bepul!

➡️ Yandex Xarita
➡️ Google Xarita

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 yoshlarittifoqi/">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💙💙💙

⚡️🎭 Hurmatli QVZga qiziqadigan yoshlar, Buxoro davlat universiteti jamoasi QVZ Premier ligasining 2025-yilgi mavsumi uchun tayyorgarlikni boshladi.

☄️ BuxDU QVZ jamoasi iqtidorli, qiziquvchan, quvnoq va zukko talabalarni o'z oilasiga qabul qiladi.

✔️ Jamoamiz safiga qo'shilish istagida bo'lgan talaba-yoshlar uchun kasting e'lon qilamiz.

☄️ Kulguga ishqi yuksak talaba-yoshlarni tezroq aloqaga chiqishingizni so’rab qolamiz.

✔️Roʻyxatdan oʻtish uchun:👉 @iamjuraevjasur

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Рекорд

⚡️Март ойида Ўзбекистонликлар 13 кун дам олади! 🎉

Март ойида учта катта байрам муносабати билан рекорд даражада кўп дам олиш кунлари кузатилади

❗Яқинларга юбориб қўямиз, Рамазон ойида уйда бўларканмиз кўп кун!

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

☄️🙋‍♂️ BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI YOSHLAR ITTIFOQI KENGASHINING NAVBATDAGI YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI

Kengash yig'ilishida universitet yoshlar yetakchisi F.Karimov, yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti Kengashi a'zolari, fakultet koordinatorlari ishtirok etishdi.

📺 Yig'ilishda talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha qilinadigan ishlar samaradorligini oshirish, Besh muhim tashabbus bo'yicha tanlovlar, tadbirlar hamda sport musobaqalarini muntazam o'tkazish, talabalar turar-joyida istiqomat qiladigan talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bo'yicha so'rovnoma tashkil etish, Yoshlar ittifoqi Kengash a'zolari hamda fakultet koordinatorlari tomonidan ularning ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi kabi masalalar muhokama qilindi.

‼️ Yig'ilish so‘ngida F.Karimov "Bizning asosiy maqsadimiz - universitetda talaba-yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratib berishga ko‘maklashish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har tomonlama barkamol shaxslar bo‘lib yetishiga munosib hissa qo‘shishdan iborat" ekanligini Yoshlar Kengashi a'zolariga yana bir bor ta'kidlab o'tdi.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

📌 Ish haftasi tugab, dam olish kunlari boshlanishini kutuvchilar bor.

Qish tugab, bahor boshlanishini kutuvchilar bor.

11 oy tugab, yana 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 boshlanishini kutuvchilar bor.

Bugun o’ziga xos “xet-trik” kuni. Uchtasi birda.

Ramazon muborak! Bahor muborak!

✈️Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️


✔️Buxoro davlat universiteti talabalari bilan
Talaba travel" loyihasi doirasidagi navbatdagi sayohat
"Toshkent" shahrida bo'ladi.


📆SAYOHATIMIZ AYNAN BUGUN AMALGA OSHADI

📝Roʻyxatdan oʻtish uchun😀@BuxDu_yi_sayohat

📞+998933768877

😎 Telegram 😎 Facebook

😎Instagram  😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

🔤🔤🌷🔤🔤🌼🔤🔤

⚡️🙋‍♂️ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan o‘zbek adabiyotining yirik vakilasi, iste’dodli shoir va jamoat arbobi Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab “Zukko kitobxon” intellektual o‘yinining navbatdagi soni bo’lib o’tdi.

📖 Ushbu intellektual o’yin kitobxonlikni targ‘ib qilish, talabalar orasida intellektual salohiyatni oshirish hamda Zulfiya ijodini yanada chuqurroq o‘rganishga xizmat qilish maqsadida o‘tkazildi.

Unda turli fakultetlardan bilimdon talabalar ishtirok etib, o‘zaro fikr almashdi va adabiyotga oid qiziqarli savollarga javob berishdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Bahor_keldi_seni_sõroqlab
#Yoshlar_ittifoqi


Buxoro Davlat Universiteti
6-3 Uzb-22-guruh talabasi
Axtamova Oygul.

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Bahor_keldi_seni_sõroqlab
#Yoshlar_ittifoqi

Zulfiya Isroilova xotirasiga bagʻishlangan videorolik

Tayyorlovchi:
Filologiya fakulteti 6-5 UZB-23 talabasi Ròzimurodova Muhabbat

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Bahor_keldi_seni_sõroqlab
#Yoshlar_ittifoqi

Zulfiya Isroilovaning ijodi

Buxoro Davlat Universiteti
6-3 Uzb-22-guruh talabasi
Axtamova Oygul.

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Bahor_keldi_seni_sõroqlab
#Yoshlar_ittifoqi

UMRIMNING BAHORI

Bir bahor boʻlaman qalblarga otash,
Xotiralar eslansa, yurak boʻlar gʻash.
Hayot kitobimda koʻrdim koʻp jafo,
Bu dunyo kimgadir qilganmi vafo?

Nelarni koʻrmadi, bu aziz boshim,
Tunlari ingranib oqqanda yoshim.
Oʻylar edim endi, yetmas bardoshim,
Ammo meni qoʻllar, Alloh, quyoshim.

Yomon xabar kelsa, oqmay qolar qon,
Ne qilishin bilmas, hattoki, bu jon.
Muammolar bir yon, ayriliq bir yon,
Meni tashlab ketdi Hamid Olimjon.

Bir ovoz yangrardi yodimda hamon,
Boʻynimdan uzildi tizilgan marjon.
Azizim, bu dardlar ezadi yomon,
Sogʻinchdan yigʻlar Hulkar va Omon.

Tunlari ayovsiz qiynardi hijron,
Hayot sinov berar, chorasiz inson.
Nola qilar edim har soat, har on,
Hech kimga bu dardni berma, Xudojon.

Yuzim kular, qalbim yigʻlardi pinhon,
Sheʻrlarim dardimga malhamdir hamon.
Oʻtgan umrimga achinmay bu zamon,
Yaqinlar qilmasin mendan deb gumon.

Nokaslar qalbimga sanchdilar tikon,
Gap-soʻzlar vujudim tilkalar chunon.
Tabassum oʻrnida men kuldim xandon,
Faqat soʻzlaringdan topardim darmon.

Tushlarimga kirsang, Hamid Olimjon,
Qalbimni tark etar qish va qahraton.
Har bir soʻzlaringdan yashnardi bu jon,
Uygʻonsam, yonimda Hulkar va Omon.

Qalbim oʻyib yozardim, yetarmi nolam?
Charxpalakdek tinmay aylanar olam,
Nasihatim tingla, iltimos, bolam.
Men va otangdan qolar shu qalam.

Sogʻinchmi? Hijronmi? Ayladi giryon,
Seni izlab, kezib boqardim har yon.
Kelib, soʻzlarimni tinglagin bir on,
Umrimning bahori eding, Olimjon.

Oʻgʻiloy Tuyboyeva.
BuxDU Filologiya fakulteti, 2-bosqich talabasi


@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Bahor_keldi_seni_sõroqlab
#Yoshlar_ittifoqi

Zulfiyaga

Azizim, lobarim deya bizlarni,
Kulib turgan sizga qaro ko'zlarni,
Qanot boylab ishqga marjon so'zlarni,
Sabrdan qalblarga saboq berdingiz.

Ko'ngilga saqlasak ajib shukrona,
Xayollar ketmasa aslo har yona,
Katta hayot bizga buyuk darsxona,
Unutmaylik ishq azal yagona.

Muhabbat Muhammaddan meros erur,
Muhammadsiz muhabbat yo'qqa tengdir,
Ollohimga taqdir uchun ming bor shukr,
Muhabbati bergan neʼmatiga.

Oʻzbegimning Zulfiyasi nomingiz,
Vafo erur hamisha hamrohingiz,
Davomchingiz bo'lay deydi har bir qiz,
Gulg'unchaday yashnar istiqlolimda.

Sog'inchlarda yakka kuygan shoiram,
Mushtiparim, munisginam dilporam,
Ulug'larning yodi bilan xotiram,
Bahor boʻlib mudom yashaysan manda.

Nizomova Kamola


@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#koordinator_faoliyatidan

💥Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Yoshlar ittifoqi koordinatori S.Karimova tomonidan talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ`ib qilish maqsadida "Sog'lom tanda sog'lom aql" shiori ostida sport mashg'ulotlari tashkil etildi.

💫Loyiha davomida talabalar bilan birgalikda bir qator umumrivojlantiruvchi mashqlar o’tqazildi!

😎 Telegram 😎 Facebook

😎Instagram  😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

⚡️Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan talabalar uchun ajoyib bayram – "BuxDU Party" konsert dasturi tashkil etildi.

➡️Tadbir davomida talabalar san'at va madaniyatga bo'lgan mehrini namoyish etib, o'z iste'dodlarini ko'rsatishdi. Jonli ijro, raqs va turli chiqishlar barchaga unutilmas taassurot qoldirdi.

🎯Ushbu tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarni birlashtirish, ularning ijodiy qobilyatlarini qo'llab-quvvatlash va universitetning madaniy hayotida faol ishtirokini ta'minlashdir.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

🇺🇿BuxDU Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan oʻtgan hafta davomida tashkil etilgan qaynoq loyihalarning qisqacha tafsiloti

➡️"Talaba forum" loyihasi➡️Batafsil

➡️"Shaxmat va shashka"➡️Batafsil

➡️Targʻibot aksiyasi➡️ Batafsil

➡️"Dekan va yoshlar"uchrashuvi➡️ Batafsil

➡️Kiyinish madaniyati➡️Batafsil

➡️"Kayfiyat ulashamiz"➡️Batafsil

➡️"Zakovat"intelektual oʻyini➡️Batafsil

➡️"NET+"loyihasi➡️Batafsil

➡️"Dekan kubogi"➡️Batafsil

➡️"BuxDu Party"➡️Batafsil

➡️"Sogʻ tanda sogʻlom aql" loyihasi➡️Batafsil

➡️"Speaking Club" loyihasi➡️Batafsil

➡️"Bahor ketarmish"chellenj➡️Batafsil

➡️"Zukko kitobxon" loyihasi➡️Batafsil

➡️Zulfiyaxonim tavalludi munosabati bilan chellenj➡️Batafsil

😎 Telegram 😎 Facebook

😎Instagram  😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#️⃣🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

☄️🙋‍♂️ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan talabalarning tarixiy va zamonaviy maskanlar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan “Talaba travel” loyihasining navbatdagi manzili Toshkent shahri bo‘ldi.

💥 Sayohatning ilk manzili O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti nomi bilan ataluvchi "Islom Karimov" muzeyi "Magic City", hamda "SEOUL MUN" bo‘ldi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

Bugun Xotin-qizlar o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasining respublika bosqichi bo'lib oʻtmoqda.

Jamoalarimizga omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram buxoro_zakovat?_t=8gyYUi11kcK&_r=1">|TikTok

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#live

Talaba travel Toshkent shahriga yo’l oldi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

☄️Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Yoshlar ittifoqi koordinatori  S.Karimova tashabbusi bilan Zulfiyaxonim tavalludining 110-yilligi munosabati bilan tayyorlagan chellenji

😎 Telegram 😎 Facebook
😎Instagram  😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

🇺🇿Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti Yoshlar ittifoqi koordinatori N.Amonov tashabbusi bilan Zulfiyaxonim tavalludining 110-yilligi munosabati bilan tayyorlagan chellenji

😎 Telegram 😎 Facebook

😎Instagram  😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#YoshlarIttifoqi #Ramazon

🙋 Aziz yurtdoshlar!

🇺🇿 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi sizni muborak Ramazon oyi bilan samimiy tabriklaydi! Ushbu fayzli oy barchamizga tinchlik, sog‘lik-salomatlik va baxt olib kelsin. Dilingizdagi barcha ezgu niyatlaringiz ijobat bo‘lsin!

👋 Ramazon – sabr, mehr-muruvvat va ezgulik ayyomi. Shu ulug‘ kunlarda qalblarimiz yaxshilik bilan to‘lsin, oilalarimiz fayz-baraka va sog‘lik bilan charog‘on bo‘lsin!

🏠 Xonadonlaringizga fayz, yurtingizga tinchlik, qalbingizga esa xotirjamlik tilaymiz!

🎉 Ramazon oyi muborak bo‘lsin!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 yoshlarittifoqi/">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

🔤🔤🔤🔤🌹 🔤🔤🪷🔤🔤

🇺🇿Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan ajoyib chellenj

Kelarmish bahor – bu faqat yangi fasl emas, balki qalbimizni tozalash, yangi boshlanishlarga tayyor bo'lish va hayotga yangi qarashni anglatadi. Endi har bir kunni quvonch bilan kutib olish va go'zallikni qadrlash vaqti keldi. 🌼


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Bahor_keldi_seni_sõroqlab
#Yoshlar_ittifoqi

To'rayeva Shahruza
Fizika-Matematika va Axborot texnologiyalar fakulteti

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Bahor_keldi_seni_sõroqlab
#Yoshlar_ittifoqi

Zulfiya ijodidan "Bahor keldi seni soʻroqlab"

✨Oʻgʻiloy Tuyboyeva
Filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Bahor_keldi_seni_sõroqlab
#Yoshlar_ittifoqi

San'atshunoslik va pedagogika fakulteti 12_1mad21 guruh talabasi Samandarova Madina G'ayratovna

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Bahor_keldi_seni_sõroqlab
#Yoshlar_ittifoqi

Shaftolizorlar (Bahordan kuzga)

Sen oʻzgarding, bunda men ham oʻzgardim,
Bahorni zabt etdi bemahal qorlar.
Gʻunchalar toʻkildi, soʻldi betinim,
Faqat oʻzgarmadi shaftolizorlar.

Bir eski avtobus: bir yoʻlki ulkan
Qadrdon yoʻldir bu - bezabon, beun.
Boraman chor yonga termulib oʻychan,
Nigohim qadalgan joylar noma'lum.

Bekor va'dalashdik, bekor ahdlashdik,
Arosatda qoldi muhabbat - nochor.
Balki xato qildik, balki adashdik,
Bizlarni avradi oʻylar beozor.

Istaklar oʻzgardi, hislar oʻzgardi,
Oʻzgardi biz qolmoq istagan dunyo.
Bu koʻhna zaminning ne ekan dardi -
Yam-yashil bogʻlarni qoplagan tillo?

Yoʻlimni bogʻlaydi barglar - sargʻaygan,
Hislarim yoʻliga tortibon parda.
Men boqib oynadan najot izlayman,
Yuzdagi yoshimni ohista arta.

Hatto, daraxtlardan hislar toʻkilgan,
Bu bogʻlar huvillab qolgan sevgisiz.
Sobit, oʻzgarmagan, vafoli "maskan" -
Biror joy bormikan kuz bosmagan iz?

Avtobus yurmoqda.
Koʻrindi birdan
Shafaqqa ulanib ketgan bir dala.
Qup-quruq, oʻlik bu olam ichinda
Bir makon turibdi ishqdek lovullab.

Esingdami, birga etardik sayr,
Pushtiga burkangan edi gulzorlar.
Tuygʻular toʻkildi, soʻldi birma-bir,
Faqat oʻzgarmabdi shaftolizorlar...


Juraqulova Sevinch
Tarix va yuridik fakulteti 3-kurs talabasi

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

⚡️🇺🇿Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Yoshlar ittifoqi koordinatori Sevarabonu Karimova tashabbusi bilan “Speaking Club” loyihasi tashkil etildi.

‼️Bu loyiha orqali biz ingliz tilini o'rganayotgan va o'z til ko'nikmalarini rivojlantirishni istagan barcha ishtirokchilarni birlashtirdik
Sizni ham Speaking Club ga qo'shilishga chaqiramiz! 🎯Agar ingliz tilida o'z fikrlaringizni erkin ifoda etish va yangi bilimlar olishni xohlasangiz, bu loyiha aynan sis uchun.


😎 Telegram 😎 Facebook

😎Instagram  😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#koordinator_faoliyatidan

Xorijiy tillar fakultetida Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti fakultet koordinatorlarining navbatdagi kengashi bo'lib o'tdi!
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi Sevarabonu Karimova hamda fakultet koordinatorlari bilan navbatdagi fakultet kengashi tashkil etildi.

🔥Kengash davomida koordinatorlar hafta davomida fakultetda tashkil etiladigan loyihalar bo'yicha kelishib olishdi.

😎 Telegram 😎 Facebook

😎Instagram  😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#koordinator_faoliyati

☄️Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti hamda Tarix va yuridik fakultetlarida talaba-yoshlar o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yinining “Dekan kubogi” musobaqalari bo’lib o’tdi.

✔️Natijalar quyidagicha qayd etildi:

🥇”Akatsuki” jamoasi
🥈”Yosh tarixchilar” jamoasi
🥉”Everest” jamoasi


‼️
Zakovat — bu insonning bilimga, tushunishga, va tafakkurga bo'lgan kuchli qobiliyatidir. U, ayniqsa, murakkab vaziyatlarni tezda tahlil qilish va aqlni ishlatish orqali muammolarni hal qilishda o'zini namoyon qiladi.


😎 Telegram 😎 Facebook

😎Instagram  😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…
Подписаться на канал