BuxDU Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkilotining rasmiy kanali. Matbuot kotibi: @Bekzod_bioximik Murojaat boti: @YoshlarIttifoqigaMurojaat_bot Facebook: @BDU_Yoshlar_ittifoqi You tube: @buxduyoshlarittifoqi Instagram: @buxdu_yoshlar_ittifoqi
#YoshlarTadbirkorligi #PrezidentQarori
🙋 Yoshlar tadbirkorligi rivojlantiriladi
🖋 “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-62-son, 14.02.2025 y.) qabul qilindi
📌 Qarorga ko‘ra, 2025–2027 yillarda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yoshlar biznesi” dasturi amalga oshiriladi:
➡️ dastur doirasida 350 mingta yoshni qamrab olinadi, shu jumladan, 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar uchun kamida 100 mingta qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi;
➡️ yosh tadbirkorlarga kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi, ularning faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida AT “Aloqabank” tayanch “yoshlar banki” etib belgilanadi;
➡️ zamonaviy tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish uchun yoshlarning startap va investisiya loyihalariga imtiyozli moliyaviy mablag‘lar ajratiladi;
➡️ iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi, shu jumladan, raqamli texnologiyalar tatbiq etilgan innovasion loyihalar hamda ijtimoiy tadbirkorlik yo‘nalishidagi qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etiladi.
📊 “Biznesga birinchi qadam” loyihasiga muvofiq 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan ijtimoiy soliq to‘lagan o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga onlayn shaklda imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 100 mln so‘mgacha imtiyozli mikroqarz sifatida ajratiladi.
🔎 “Yoshlar uchun ish o‘rinlari” loyihasi asosida YATT sifatida faoliyat yurituvchi yosh fuqarolarga, shuningdek, ta’sischilari yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi kichik tadbirkorlarning kamida 20 ta ish o‘rni yaratishni nazarda tutuvchi loyihalariga imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 5 mlrd so‘mgacha mablag‘lar ajratiladi.
#Prezident_bilan_uchrashuvdan_so’ng
☄️📚✅BIZGA BILDIRILGAN ISHONCH - NAFAQAT SHARAF, BALKI ULKAN MAS’ULIYAT HAMDIR
Uchrashuvda ta’kidlab o’tilgan muhim jihatlardan biri shuki - har bir yosh o’z hayoti hamda faoliyatiga mas’uldir.
Davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o’z ustida ishlash, tashabbuslar ko’rsatish, jamiyat ravnaqiga o’z hissasini qo’shish har birimizning burchimizdir. Shu bois men ham ushbu uchrashuvdan ilhomlangan holda o’z oldimga ulkan maqsadlarni belgiladim.
Bizni kuzatishda davom eting:
"BuxDU Party" – talabalar uchun unutilmas kecha! 🎉
📢 Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan talabalar uchun "BuxDU Party" nomli ko‘ngilochar konsert dasturi tashkil etildi!
Ushbu tadbir talabalar uchun qiziqarli va mazmunli dam olish imkoniyatini yaratdi. Kecha davomida jonli ijrolar, qiziqarli sahna chiqishlari va jo‘shqin raqslar namoyish etildi. 🎶💃🕺
Talabalar o‘z iste’dodlarini namoyon qilib, unutilmas taassurotlarga ega bo‘lishdi.
Bunday tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda talabalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.
#BuxDU #buxduparty #talabalarhayoti #kōngilochardastur
⚡️ Faol ko'ngilli talaba-yoshlar bilan birgalikda "MEHR ULASHAMIZ" nomli loyihamizga taklif qilamiz!
⚡️ Bizda manzilimiz imkoniyati cheklangan yoshlar uyida konsert dasturini tashkil qilmoqdamiz!
Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi jamoasi ustoz murabbiylar hamda ko'ngilli talaba-yoshlarni bugun soat 13:00 ga Bandlik markazini old qismida kutib qolamiz.
Bugun 18-fevral haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏Butunjahon kitlar kuni.
🌏Batareya kuni.
🌏Pluton sayyorasi kuni.
#muhim_voqealar
🔹1911 – Hindistonda tarixda birinchi aviapochta parvozi amalga oshirildi.
🔹1923 – “Mushtum”ning 1-soni 3 ming nusxada chop etilgan.
🔹1929 – “Oskar” mukofoti birinchi sohiblariga topshirildi.
🔹1930 – Klayd Tombo Quyosh sistemasidagi 9-sayyora – Plutonni kashf qildi.
🔹1979 – Sahroi Kabirda qor yogʻdi.
🔹1992 – Oʻzbekiston va Birlashgan Qirollik oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
🔹1995 – Toshkentda Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining birinchi taʼsis syezdi boʻlib oʻtdi. Partiyaning Nizom va dasturi tasdiqlandi.
#tavalludlar
🔹1201 – Nasir ad-Din Tusiy – fors matematigi va astronomi.
🔹1898 – Enzo Ferrari – italiyalik konstruktor, avtomobil kompaniyasining asoschisi.
🔹1932 – Toni Morrison – amerikalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi.
🔹1940 – Husan Amirqulov – O‘zbekiston xalq artisti, Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti laureati.
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#koordinator_faoliyatidan
#bir_asar_muhokamasi
💥Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Yoshlar ittifoqi koordinatori S. Karimova tashabbusi bilan Abu Ali ibn Sino nomidayi viloyat Axborot-resurs markazida kitobxon yoshlar oʻrtasida Oybekning "Qutlug' qon" asari muhokamasi bo'lib o'tdi. Talabalar kitobdagi asosiy gʻoyani bir soʻz orqali tushuntirish boʻyicha ham bahslashishdi.
✅ Kitobxonlar yigʻilgan davra, munozaraga boy boʻlib oʻtdi.
Bizni kuzatishda davom eting!
☄️🙋♂️ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlar uchun ushbu hafta davomida qanday loyihalar tayyorlanmoqda?
☄️ Batafsil infografikada 👇
😎 Telegram 😎 Facebook
😎Instagram 😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube
#️⃣🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
☄️🙋♂️ BuxDU Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan oʻtgan hafta davomida tashkil etilgan qaynoq loyihalarning qisqacha tavsiloti
➡️ "Ingliz tilini birga oʻrganamiz" 👉 Batafsil
➡️ "Talabalar forumi–2025" 1-kun 👉 Batafsil
➡️ Eco avlod camp 👉 Batafsil
➡️ Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan "Zukko kitobxon" intellektual oʻyinining ilk soni boʻlib oʻtdi 👉 Batafsil
➡️ "Mehr ulashamiz" loyihasi 👉 Batafsil
➡️ "Talabalar forumi –2025" 2-kun 👉 Batafsil
➡️ "Street workout" 👉 Batafsil
➡️ "Zakovat" intellektual oʻyini "Dekan kubogi" 👉 Batafsil
➡️ "Zahiriddin Muhammad Bobur" 542-yilligi 👉 Batafsil
➡️ "Munozara" targʻibot aksiyasi 👉 Batafsil
➡️ "Sumalak" sayli 👉 Batafsil
➡️ "Zakovat" intellektual oʻyinining navbatdagi soni 👉 Batafsil
➡️ "Yoshlar kelajak bunyodkorlari" 👉 Batafsil
😎 Telegram 😎 Facebook
😎Instagram 😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥
📣 "Beg'ubor yoshlik bitiklari" antologiyasining 2-mavsumi start oldi! 📖✨
⚡️Hurmatli ijodkorlar va adabiyot ixlosmandlari!
"Mushoira" klubi yosh qalam ahli uchun yana bir katta imkoniyat eshigini ochmoqda. Sizni "Beg'ubor yoshlik bitiklari" antologiyasining 2- mavsumida ishtirok etishga chorlaymiz!
Agar sizda she’riyatga, nasrga bo‘lgan muhabbat bor bo‘lsa, o‘z ijod namunalaringizni kengroq auditoriyaga taqdim etib, kitob shaklida ko'rishni istasangiz, bu loyiha aynan siz uchun!
📝 Qanday asarlar qabul qilinadi?
😀 She’rlar
😀 Hikoyalar
🌟 Yosh qalamkashlarning beg‘ubor tuyg‘ulari, hayotga, yoshlikka bo‘lgan mehr-muhabbati ushbu to‘plam sahifalarida mujassam bo‘ladi.
✉️ Ijodiy ishlaringizni: (@firdavs_juraev_00 ) yuboring!
Keling, yoshlik izlarini adabiyotda qoldiraylik!
😎 Telegram 😎 Facebook
😎Instagram 😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube
#BuxDU_yangiliklari
⚡️"Zakovat" intellektual o'yinining navbatdagi soni ham bahs va munozalarga boy bo'ldi.
🇺🇿 Ushbu o'yinda universitetimizning har sohada faol, zukko hamda tashabbuskor talabalaridan tashkil topgan ahil jamoalarni o'z safiga chorladi. Natijalar qanday bo'lishidan qat'iy nazar talabalar o'yinni ko'tarinki ruh va yaxshi kayfiyatda o'tkazishdi.
Kun savoli:
Rasmda siz Navaratna deb nomlanuvchi to‘qqiz marvaridli taqinchoqni ko‘rib turubsiz. Navaratna uzuk, bilaguzuk shaklida ham tayyorlanib undagi toshlar munajjimlar ko‘rsatmalari asosida ma’lum tartib bilan joylashtiriladi.
Savol: Navaratnadagi toshlar nimaning ramzi hisoblanishini yozib bering.
Javob: Quyosh sistemasi
Bizni kuzatishda davom eting:
⚡️ Buxoro davlat universitetida "Munozara" intellektual o‘yini targ‘iboti davom etmoqda
⚡️🙋♂️ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan "Munozara" intellektual o‘yinini ommalashtirish va talabalar o‘rtasida tanqidiy fikrlash hamda jamoaviy muhokama madaniyatini rivojlantirish maqsadida targ‘ibot aksiyalari o‘tkazilmoqda.
⚡️Targ’ibot davomida ishtirokchilarga munozara olib borish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi, bahs-munozaralar orqali intellektual rivojlanish va jamoaviy ishlash muhimligi tushuntirildi.
Bunday targ‘ibot tadbirlari universitetning boshqa fakultetlarida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular orqali yoshlarning ilmiy va intellektual salohiyatini oshirish, analitik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsad qilingan.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Bobur_day
#Yoshlar_ittifoqi
📌 Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludning 542 yilligi munosabati bilan bayt chellenjiga start berildi.
⚡️ Chellenjni davom ettirish uchun universitetimizda tahsil olayotgan barcha talabalarni chorlab qolamiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
#️⃣🔠🔠🔠🔠🔠 🔢➖🔠🔠🔠
✅🇺🇿 Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti bilan tashkil etilgan "TALABA FORUM" loyihasining uchinchi kuni qiziqarli tarzda boʻlib oʻtdi
☄️Forum doirasida talaba-yoshlarning vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida quyidagi loyihalar oʻtkazildi:
➖Munozara
➖Kitobxonlikni targʻib qiluvchi taqdimot himoyasi
‼️Barcha jamoalarga omad tilaymiz
Bizni kuzatishda davom eting:
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️
Zakovatga ishtirok eting - pul mukofotlariga ega bo'ling!
🎓BuxDUning bilimga chanqoq, zukko, intiluvchan talaba-yoshlari qanisizlar! Buxoro davlat universitetida "Zakovat klubi" doirasida mavsumiy o'yinlarimiz davom etadi.
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️
Zakovatga ishtirok eting - pul mukofotlariga ega bo'ling!
🎓BuxDUning bilimga chanqoq, zukko, intiluvchan talaba-yoshlari qanisizlar! Buxoro davlat universitetida "Zakovat klubi" doirasida mavsumiy o'yinlarimiz davom etadi.
#koordinator_faoliyatidan
#besh_tashabbus_loyihalari
🎊 Xabar berganimizdek, Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti Tarix va yuridik fakulteti kordinatori G.To'rayeva tomonidan yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tqazish maqsadida sportning stol tennis turi bo'yicha fakultet ochiq chempionati tashkil etildi.
✅ Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#️⃣🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠
☄️ "Munozara" intellektual oʻyini
☄️ 🙋♂️ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan Iqtisodiyot va turizm fakultetida "Munozara" intellektual oʻyinining targʻibot aksiyasi tashkil etildi. Mazkur tadbir talabalar orasida fikrlash madaniyatini rivojlantirish, mantiqiy tahlil qilish ko‘nikmalarini oshirish hamda erkin va asosli fikr bildirish madaniyatini shakllantirish maqsadida oʻtkazildi.
⚡️ Targʻibot aksiyasi davomida talabalar "Munozara" oʻyinining nafaqat bilim va mantiqiy fikrlashni oshirishga, balki jamoaviy ishlash, liderlik qobiliyatini rivojlantirish va dolzarb mavzularga yangicha qarash shakllantirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.
#GrantVaStipendiya #Ozarbayjon
🙋 Nailekhanim Foundation: Ayol-qizlarning magistratura yoki PhD bosqichini Ozarbayjonda oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!
🎓 Grant Bokudagi Hazar universitetining magistratura yoki PhD bosqichida oʻqish uchun beriladi.
🔎 Oʻqish ingliz tilida, biroq ariza topshirishda til sertifikati (IELTS va hk) talab etilmaydi.
📌 Grant imkoniyatlari:
➡️ Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
➡️ Yotoqxona toʻlovi toʻliq qoplanadi
➡️ 1 yil davomida oylik stipendiya
➡️ Ozarbayjonga borish va kelish xarajati qoplanadi.
🖋 Arizalar 2025-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.
➡️ Batafsil
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 yoshlarittifoqi/">You tube
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️
Zakovatga ishtirok eting - pul mukofotlariga ega bo'ling!
🎓BuxDUning bilimga chanqoq, zukko, intiluvchan talaba-yoshlari qanisizlar! Buxoro davlat universitetida "Zakovat klubi" doirasida mavsumiy o'yinlarimiz davom etadi.
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#BuxDU_Party
🔥 Siz aziz talaba-yoshlarga yuqori kayfiyat bag‘ishlash maqsadida...
⚡️😀 Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan tashkil etiladigan "BuxDU party" kechki ko'ngilochar konsert dasturida sizlarni kutib qolamiz!
‼️Konsert dasturimiz orqali sizga tabassum ulashamiz.
#milliylik_shukuhi
#yoshlar_ittifoqi
📸 "Milliy libosda tarix izidan" – fotohikoya tanlovi! 🎭
🧐 Tasavvur qiling… Siz milliy libosda qadimiy shaharning tor ko‘chalari bilan yurib ketyapsiz. Devorlarda asrlarning nafasi, har bir toshda tarixning izlari bor. Go‘yo ajdodlar bilan yonma-yon yurgandek his qilasiz o'zingizni…
Endi shu sehrli manzarani suratga muhrlash va o‘z hikoyangizni yaratish vaqti keldi!
✨ Qanday qatnashish mumkin? ✨
📷 Milliy libos kiyib tarixiy joylardan birida suratga tushing – ammo oddiy rasm emas, haqiqiy hikoya aks etsin!
📝 Suratga mos ilova (suratni qisqagina tasvirlang) yozing – bu joy va libos siz uchun nimani anglatadi?📩 Suratingizni bizga yuboring!
Tarix bilan yuzma-yuz kelishga tayyormisiz?Читать полностью…
#YozgiMaktablar #Turkiya
🙋 ICYF International Young Volunteers Camp 2025 — Turkiyada xarajatlari qoplanadigan Xalqaro yosh volontyorlar oromgohi
📌 Talablar;
➡️ 18 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlat fuqarolari yoki barcha musulmonlar qatnashishi mumkin;
➡️ Ingliz tilini bilish lozim (sertifikat so'ralmaydi);
➡️ Nomzodlar tabiiy ofatlar va gumanitar falokatlar sabab yuzaga kelgan mahalliy va global muammolarini tushunishi lozim.
📌 Foydali tomonlari;
➡️ Dasturda bepul ishtirok etish;
➡️ Bepul turarjoy va oziq-ovqat + ichki transport xarajatlari qoplanadi;
➡️ Dasturda to'liq qatnashgan ishtirokchilarga sertifikat beriladi.
⏲ Oxirgi muddat —10.03.2025
➡️ Batafsil
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 yoshlarittifoqi/">You tube
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
☄️ Yoshlar - kelajak bunyodkorlari!
✅ Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq va jonli muloqoti har birimizni ruhlantirib, kelajakka bo‘lgan ishonchimizni yanada mustahkamladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
📣 ❗️❗️❗️❗️❗️
✅🇺🇿 Buxoro davlat universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkilotining “ Book Club” jamoasi tomonidan “Birga kitob oʻqiymiz!” loyihasining ilk soni tashkil qilinmoqda!
📚 Loyiha doirasida Fyodor Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” asari tanlandi va kitobni mutolaa qilish uchun 10 kun vaqt belgilandi.
🤝 Loyihamizda siz klubimiz aʼzolari bilan berilgan asar yuzasidan muhokama, savol-javoblar qilishingiz mumkin va bu orqali kitobdan olgan bilimlaringizni sinovdan o‘tkazasiz.
🎮 Shuningdek, siz qiziqarli mashgʻulotlar va oʻyinlarda ham ishtirok etishingiz mumkin.
#sumalak_sayli
⚡️Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakultetida Sumalak sayli bo’lib o’tdi.
Barchani jam qilgan ushbu sayl ko'tarinki ruhda o'tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Bobur_day
#Yoshlar_ittifoqi
📌 Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan bayt chellenji davom ettirilmoqda.
⚡️ Chellenjni davom ettirish uchun universitetimizda tahsil olayotgan barcha talabalarni chorlab qolamiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
#bobur_day
☄️Bugun shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda tavallud topgan. Uning o'zbek adabiyotshunosligiga, tilshunosligiga qo'shga hissasi beqiyosdir. Ayniqsa, "Boburnoma" ensiklopedik asari orqali ko'plab sohalar rivojini asoslagan.
Bizni kuzatishda davom eting:
⛔️⛔️⛔️
☄️ Ayni daqiqalarda ''Zakovat'' intellektual oʻyinining navbatdagi soni boʻlib oʻtmoqda
#Zakovat
#dekan_kubogi
☄️🙋♂️ Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Yoshlar ittifoqi koordinatori Sevarabonu Karimova, fakultet tyutorlari va kafedra o'qituvchilari tomonidan "Dekan kubogi" "Zakovat" intellektual o'yinining navbatdagi turi bo'lib o'tdi.
🤵♂️ Ushbu turdagi natijalar quyidagicha qayd etildi:👇
🥇-o'rin "Ladies" jamoasi
🥈-o'rin "Star" jamoasi
🥉-o'rin "Unique" jamoasi
⚡ Jamoalarga keyingi tur o'yinlarida omad tilab qolamiz!
🔥 Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi