bdu_yoshlar_ittifoqi | Неотсортированное

Telegram-канал bdu_yoshlar_ittifoqi - BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

3727

BuxDU Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkilotining rasmiy kanali. Matbuot kotibi: @Bekzod_bioximik Murojaat boti: @YoshlarIttifoqigaMurojaat_bot Facebook: @BDU_Yoshlar_ittifoqi You tube: @buxduyoshlarittifoqi Instagram: @buxdu_yoshlar_ittifoqi

Подписаться на канал

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#️⃣🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

🤍Karaoke kechasi,ovoz va kayfiyatni birlashtirishga tayyormisiz?

📆 Sana: 19.02.2025
Boshlanish vaqti: 20:00 da
📍 Manzil: BuxDU talabalar turar joyi

🔥Sevgan qo‘shiqlaringizni jonli ijro qiling!

😎 Telegram 😎 Facebook

😎Instagram 😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Konsert

Qadrli Buxoroliklar va shahrimiz mehmonlari!

27-FEVRAL
Soat 14:00 da va 18:00 da

Buxoro shahar Yoshlar markazi konsert zalida IMRON ning "SENDAN ZO‘RI YO‘Q" deb nomlangan yangi katta konsert dasturiga taklif etamiz.

CHIPTALAR SAROY KASSALARIDA SOTILMOQDA.

Murojaat uchun telefonlar:

+998915441101

+998933451101

𝐌𝐮𝐫𝐨𝐣𝐚𝐚𝐭 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧    

1️⃣ ADMIN:@AQ_company

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#koordinator_faoliyati

Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti yoshlar ittifoqi koordinatori G.To'rayeva tomonidan 2024-2025 oʻquv yili uchun “Dekan kubogi” sport musobaqasi davom etmoqda. Bugungi musobaqa sportning futbol
turi boʻyicha boʻlib oʻtdi.

🔥Qizgʻin va shiddatli kechgan musobaqada 4 ta jamoa ishtirok etdi.

Sport- sog’lik garovi.

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

🔤🔤🔤🔤😴🔤🌹🔤

⚡️🙋‍♂️ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi tomonidan talabalar oʻrtasida munozara madaniyatini rivojlantirish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida "Munozara" intellektual oʻyiniga qiziquvchilar uchun seminar-trening tashkil etiladi.

Ushbu seminar-trening davomida ishtirokchilar "Munozara" oʻyinining asosiy qoidalari, bahs yuritish strategiyalari hamda mantiqiy fikrlash tamoyillari bilan tanishadilar.

⚡️ Tadbir barcha qiziquvchilar uchun ochiq bo‘lib, unda ishtirok etish intellektual salohiyatni oshirish va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.

🔥 Munozara sanʼatini o‘rganish va bahs madaniyatini rivojlantirishni istagan barcha talabalarni mazkur seminar-treningga taklif qilamiz!

📆 20.02.2025-y 13:30 da Bandlik markazida

Murojaat uchun: 👉 @Azizbek_Mamarozikov

😎 Telegram 😎 Facebook

😎Instagram  😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

Zakovatga ishtirok eting - pul mukofotlariga ega bo'ling!

🎓BuxDUning bilimga chanqoq, zukko, intiluvchan talaba-yoshlari qanisizlar! Buxoro davlat universitetida "Zakovat klubi" doirasida mavsumiy  o'yinlarimiz  davom etadi.


😀 Turnirda ishtirok etish uchun fakultetingizdan 6 kishilik jamoa tuzing va ro'yxatdan o'ting👇

✔️ Ro'yxatdan o'tish uchun: @jayrona2910 ga murojaat qilishingiz mumkin.

‼️Turnir nizomi, o'yin vaqti, savollar tartibi va boshqa qoidalari BuxDU_Zakovat_klubi kanalida yoritib boriladi.


💥G'olib jamoalar universitet rahbariyati tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

😎 Telegram 😎 Facebook

😎Instagram  😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#koordinator_faoliyatidan
#besh_tashabbus_loyihalari

🎊 Xabar berganimizdek, Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti Tarix va yuridik fakulteti kordinatori G.To'rayeva tomonidan yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tqazish maqsadida sportning stol tennis turi bo'yicha fakultet ochiq chempionati tashkil etildi.

✅ Bizni kuzatishda davom eting!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#️⃣🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

☄️ "Munozara" intellektual oʻyini

☄️ 🙋‍♂️ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan Iqtisodiyot va turizm fakultetida "Munozara" intellektual oʻyinining targʻibot aksiyasi tashkil etildi. Mazkur tadbir talabalar orasida fikrlash madaniyatini rivojlantirish, mantiqiy tahlil qilish ko‘nikmalarini oshirish hamda erkin va asosli fikr bildirish madaniyatini shakllantirish maqsadida oʻtkazildi.


⚡️ Tadbir davomida ishtirokchilarga "Munozara" oʻyinining qoidalari, bahs-munozara olib borish usullari va fikrlar xilma-xilligini hurmat qilish tamoyillari haqida batafsil tushuntirish berildi.

⚡️ Shuningdek, talabalar oʻzaro mashg‘ulot o‘tkazib, oʻyin formatini amaliyotda sinab koʻrishdi.

⚡️ Targʻibot aksiyasi davomida talabalar "Munozara" oʻyinining nafaqat bilim va mantiqiy fikrlashni oshirishga, balki jamoaviy ishlash, liderlik qobiliyatini rivojlantirish va dolzarb mavzularga yangicha qarash shakllantirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.


😎 Telegram 😎 Facebook

😎Instagram  😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#GrantVaStipendiya #Ozarbayjon

🙋 Nailekhanim Foundation: Ayol-qizlarning magistratura yoki PhD bosqichini Ozarbayjonda oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

🎓 Grant Bokudagi Hazar universitetining magistratura yoki PhD bosqichida oʻqish uchun beriladi.

🔎 Oʻqish ingliz tilida, biroq ariza topshirishda til sertifikati (IELTS va hk) talab etilmaydi.

📌 Grant imkoniyatlari:
➡️ Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
➡️ Yotoqxona toʻlovi toʻliq qoplanadi
➡️ 1 yil davomida oylik stipendiya
➡️ Ozarbayjonga borish va kelish xarajati qoplanadi.

🖋 Arizalar 2025-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

➡️ Batafsil

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 yoshlarittifoqi/">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

Zakovatga ishtirok eting - pul mukofotlariga ega bo'ling!

🎓BuxDUning bilimga chanqoq, zukko, intiluvchan talaba-yoshlari qanisizlar! Buxoro davlat universitetida "Zakovat klubi" doirasida mavsumiy  o'yinlarimiz  davom etadi.


😀 Turnirda ishtirok etish uchun fakultetingizdan 6 kishilik jamoa tuzing va ro'yxatdan o'ting👇

✔️ Ro'yxatdan o'tish uchun: @jayrona2910 ga murojaat qilishingiz mumkin.

‼️Turnir nizomi, o'yin vaqti, savollar tartibi va boshqa qoidalari BuxDU_Zakovat_klubi kanalida yoritib boriladi.


💥G'olib jamoalar universitet rahbariyati tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

😎 Telegram 😎 Facebook

😎Instagram  😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#BuxDU_Party

🔥 Siz aziz talaba-yoshlarga yuqori kayfiyat bag‘ishlash maqsadida...

⚡️😀 Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan tashkil etiladigan "BuxDU party" kechki ko'ngilochar konsert dasturida sizlarni kutib qolamiz!

‼️Konsert dasturimiz orqali sizga tabassum ulashamiz.


📍Manzil: TTJ
Soat: 19:00
🗓Sana: 17.02.2025

😎 Telegram 😎 Facebook

😎Instagram  😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#milliylik_shukuhi
#yoshlar_ittifoqi

📸 "Milliy libosda tarix izidan" – fotohikoya tanlovi! 🎭

🧐 Tasavvur qiling… Siz milliy libosda qadimiy shaharning tor ko‘chalari bilan yurib ketyapsiz. Devorlarda asrlarning nafasi, har bir toshda tarixning izlari bor. Go‘yo ajdodlar bilan yonma-yon yurgandek his qilasiz o'zingizni…


Endi shu sehrli manzarani suratga muhrlash va o‘z hikoyangizni yaratish vaqti keldi!


✨ Qanday qatnashish mumkin? ✨

📷 Milliy libos kiyib tarixiy joylardan birida suratga tushing – ammo oddiy rasm emas, haqiqiy hikoya aks etsin!
📝 Suratga mos ilova (suratni qisqagina tasvirlang) yozing – bu joy va libos siz uchun nimani anglatadi?
📩 Suratingizni bizga yuboring!

🏆 Eng kreativ fotohikoyalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi!

📅 Oxirgi muddat: 25.02.2025
📨 Jo‘natish uchun:
@jurnalist2107

Bu shunchaki tanlov emas – bu vaqt bilan sayohat, milliy ruhingizni uyg‘otish imkoniyati!

Tarix bilan yuzma-yuz kelishga tayyormisiz?

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#YozgiMaktablar #Turkiya

🙋 ICYF International Young Volunteers Camp 2025 — Turkiyada xarajatlari qoplanadigan Xalqaro yosh volontyorlar oromgohi

📌 Talablar;
➡️ 18 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlat fuqarolari yoki barcha musulmonlar qatnashishi mumkin;
➡️ Ingliz tilini bilish lozim (sertifikat so'ralmaydi);
➡️ Nomzodlar tabiiy ofatlar va gumanitar falokatlar sabab yuzaga kelgan mahalliy va global muammolarini tushunishi lozim.

📌 Foydali tomonlari;
➡️ Dasturda bepul ishtirok etish;
➡️ Bepul turarjoy va oziq-ovqat + ichki transport xarajatlari qoplanadi;
➡️ Dasturda to'liq qatnashgan ishtirokchilarga sertifikat beriladi.

Oxirgi muddat —10.03.2025

➡️ Batafsil

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 yoshlarittifoqi/">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

☄️ Yoshlar - kelajak bunyodkorlari!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq va jonli muloqoti har birimizni ruhlantirib, kelajakka bo‘lgan ishonchimizni yanada mustahkamladi.


💥 Feruz Karimov,
Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi


➡️ Batafsil

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

📣 ❗️❗️❗️❗️❗️

🇺🇿 Buxoro davlat universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkilotining “ Book Club” jamoasi tomonidan “Birga kitob oʻqiymiz!” loyihasining ilk soni tashkil qilinmoqda!

📚 Loyiha doirasida Fyodor Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” asari tanlandi va kitobni mutolaa qilish uchun 10 kun vaqt belgilandi.

🤝 Loyihamizda siz klubimiz aʼzolari bilan berilgan asar yuzasidan muhokama, savol-javoblar qilishingiz mumkin va bu orqali kitobdan olgan bilimlaringizni sinovdan o‘tkazasiz.

🎮 Shuningdek, siz qiziqarli mashgʻulotlar va oʻyinlarda ham ishtirok etishingiz mumkin.


‼️ Yorqin lahzalarga boy boʻlgan loyihani oʻtkazib yuborishni istamasangiz, albatta, loyihamizda faol ishtirok eting!

💬 Roʻyxatdan oʻtish uchun @k1tob_uqiymiz ga murojaat qilishingiz mumkin

😎 Telegram 😎 Facebook

😎Instagram  😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#sumalak_sayli

⚡️Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakultetida Sumalak sayli bo’lib o’tdi.

Barchani jam qilgan ushbu sayl ko'tarinki ruhda o'tdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

☄️🙋‍♂️ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi koordinatorlari Nargiza Nuʼmonova hamda Guliraʼno Nuraliyeva hamkorligida talaba yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish va ular orasidan bilimli yoshlarini saralash maqsadida tashkil etilayotgan "Geradot izdoshlari" loyihasi talabalar orasida targʻibot ishlari olib borildi. Loyiha shartlari tushuntirildi.

💥 Tarixsiz kelajak yoʻq

🔥 Ushbu loyiha talbalarda qiziqish uygʻotdi. Ular targʻibot davomida oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berishdi.

😎 Telegram 😎 Facebook

😎Instagram  😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti koordinatorlari Buxoro shahridagi "24-sonli Nurli maskan" ixtisoslashtirilgan maktab internatida bo'lishdi.

Tashif davomida o'quvchilar tomonidan turli xil she'rlar, monologlar hamda sahna asarlari namoyish etildi. Tadbir yakunida o'quvchilar BuxDU Yoshlar ittifoqi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.


⚡️ Kimgadir ozroq baxt ulashgan boʻlsak, biz bundan xursandmiz hurmat bilan BuxDU yoshlar ittifoqi jamoasi!

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

Bugun 19-fevral 2025-yil, chorshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌎 Xalqaro kitlar va dengiz hayvonlari kuni.
🌏 Plagiatni bartaraf etish kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇦🇲 Armaniston - Kitob sovg‘a qilish kuni.
🇺🇸 AQSh - Arab otlari kuni.
🇧🇬 Bolgariya - Vasil Levski kuni.
🇮🇸 Islandiya - Xotin-qizlar kuni.
🇨🇺 Kuba - Xalqaro kuba sigarasi festivali.
🇱🇺 Luyksemburg - Karnaval kuni.
🇲🇽 Meksika - Armiya kuni.
🇳🇵 Nepal - Demokratiya kuni.
🇳🇱 Niderlandiya - Karnaval kuni.
🇰🇬 Qirg‘iziston - Moliya xodimlari kuni.
🇷🇺 Rossiya - Ornitologlar kuni.
🇹🇲 Turkmaniston - Bayroq kuni.

👉 VOQEALAR:

- 197 - Lugdun jangi boshlandi, unda uzurpator Klodiy Albin Rim imperatori Septimiy Sever qo'shinlari tomonidan mag'lubiyatga uchradi.
-1600 - Peruda Uaynaputina vulqoni yuzaga keldi.
- 1726 - Yekaterina I ning farmoniga ko‘ra Yuqori Maxfiy kengash tuzildi.
- 1800 - Napoleon I Bonapart o'zini Fransiyaning birinchi konsuli deb e'lon qildi.
- 1855 - Fransuz matematigi va astronomi Urben Leverye birinchi ob-havo xaritasini tuzdi.
- 1878 - Tomas Edison fonografni patentladi.
- 1899  - Sankt-Peterburg politexnika instituti tashkil etildi. 
- 1905 - Mukden jangi boshlandi.
- 1915 - Dardanel operatsiyasi boshlandi.
- 1918 - Turkiston Muxtoriyati qizil armiya va dashnoq armanlari tomonidan ag‘darib tashlandi.
- 1938 - Dunyoda birinchi suzib yuruvchi “Severniy polyus-1” qutb stansiyasi o‘z faoliyatini yakunladi.
- 1954 - Qrim Rossiyadan Ukrainaga oʻtdi.
- 1955 - Moskva - Berlin muntazam temir yo'l aloqasi yo‘lga qo‘yildi.
- 1957 - SSSR va Seylon (1972 yildan - Shri-Lanka) o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi.
- 1959 - Turkiya, Gretsiya va Buyuk Britaniya o’rtasida mustaqill Kipr Respublikasiga asos solgan London bitimi imzolandi.
- 1986 - SSSR tomonidan Mir orbital stantsiyasining ilk moduli kosmosga uchirildi.
- 1992 - O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
- 1992 - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Harbiy va maxsus unvonlarni berish tartibi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
- 2003 - Islom inqilobi gvardiyasining Il-76MD samolyoti Kerman (Eron) yaqinida qulab tushdi. 275 kishi halok bo'ldi.
- 2008 - Su-35BM ko‘pmaqsadli qiruvchi samolyotining birinchi parvozi.
- 2008 - Kuba rahbari Fidel Kastro katta siyosatdan ketishini e'lon qildi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1473 - Nikolay Kopernik (1543) - polyak astronomi, matematik va mexanik, geliosentrik nazariya asoschisi.
- 1859 - Svante Arrenius (1927) - shved olimi, fizik-kimyoning asoschilaridan biri. Nobel mukofoti sohibi (1903).
- 1874 - Nikifor Begichev (1927) - rus dengizchisi, qutb tadqiqotchisi.
- 1914 - Karim Ahmedov - kimyogar olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1968).
- 1924 - Devid Bronshteyn (2006) - sovet shaxmatchisi, grossmeyster.
- 1936 - Axbor Imomxoʻjaev (2022) - Oʻzbekistonlik sport sharhlovchisi, futbol hakami va pedagog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi.
- 1940 - Saparmurat Niyozov (2006) - Turkmaniston prezidenti (1991-2006).
Kun tarixi kanalidan olindi
- 1952 - Mixail An (1979) - futbolchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1976).
-1953 - Cristina Kirchner - Argentina prezidenti (2007-2015).
- 1957 - Ray Uinston - ingliz aktyori.
- 1960 - Shahzoda Endryu - britan shahzodasi, York gersogi.
- 1962 - Dilorom Toshmuhamedova - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Oila“ markazi direktori (2018-yildan), Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri (2007-2015).
- 1964 - Jennifer Dudna - amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibasi (2008).
- 1977 - Janluka Dzambratto - italyan futbolchisi, jahon chempioni (2006).
- 1979 - Vitaliy Grachev (Vitas) - odatiy bo'lmagan tembr bilan mashhur rossiyalik qo‘shiqchi, bastakor.
- 1980 - Ma Li - xitoylik stol tennischisi, uch karra Olimpiya chempioni.
- 2004 - Milli Bobbi Braun - britaniyalik va amerikalik aktrisa, model.

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#YoshlarTadbirkorligi #PrezidentQarori

🙋 Yoshlar tadbirkorligi rivojlantiriladi

🖋 “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-62-son, 14.02.2025 y.) qabul qilindi

📌 Qarorga ko‘ra, 2025–2027 yillarda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yoshlar biznesi” dasturi amalga oshiriladi:

➡️ dastur doirasida 350 mingta yoshni qamrab olinadi, shu jumladan, 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar uchun kamida 100 mingta qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi;

➡️ yosh tadbirkorlarga kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi, ularning faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida AT “Aloqabank” tayanch “yoshlar banki” etib belgilanadi;

➡️ zamonaviy tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish uchun yoshlarning startap va investisiya loyihalariga imtiyozli moliyaviy mablag‘lar ajratiladi;

➡️ iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi, shu jumladan, raqamli texnologiyalar tatbiq etilgan innovasion loyihalar hamda ijtimoiy tadbirkorlik yo‘nalishidagi qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etiladi.


📊 “Biznesga birinchi qadam” loyihasiga muvofiq 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan ijtimoiy soliq to‘lagan o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga onlayn shaklda imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 100 mln so‘mgacha imtiyozli mikroqarz sifatida ajratiladi.


🔎 “Yoshlar uchun ish o‘rinlari” loyihasi asosida YATT sifatida faoliyat yurituvchi yosh fuqarolarga, shuningdek, ta’sischilari yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi kichik tadbirkorlarning kamida 20 ta ish o‘rni yaratishni nazarda tutuvchi loyihalariga imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 5 mlrd so‘mgacha mablag‘lar ajratiladi.


🆔 “Innovasion yoshlar” loyihasi bo‘yicha venchur jamg‘armalari orqali yoshlar qo‘llab-quvvatlanadi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 yoshlarittifoqi/">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Prezident_bilan_uchrashuvdan_so’ng

☄️📚BIZGA BILDIRILGAN ISHONCH - NAFAQAT SHARAF, BALKI ULKAN MAS’ULIYAT HAMDIR

Uchrashuvda ta’kidlab o’tilgan muhim jihatlardan biri shuki - har bir yosh o’z hayoti hamda faoliyatiga mas’uldir.
Davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o’z ustida ishlash, tashabbuslar ko’rsatish, jamiyat ravnaqiga o’z hissasini qo’shish har birimizning burchimizdir. Shu bois men ham ushbu uchrashuvdan ilhomlangan holda o’z oldimga ulkan maqsadlarni belgiladim.

jalolovo1993/yoshlar-bilan-uchrashuv-ilhom-masuliyat-va-yangi-maqsadlar-1891821bebbb">Batafsil

Buxoro davlat universiteti Yoshlar Ittifoqi Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti koordinatori Tolibjon Qurbonboyev

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

"BuxDU Party" – talabalar uchun unutilmas kecha! 🎉

📢 Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan talabalar uchun "BuxDU Party" nomli ko‘ngilochar konsert dasturi tashkil etildi!

Ushbu tadbir talabalar uchun qiziqarli va mazmunli dam olish imkoniyatini yaratdi. Kecha davomida jonli ijrolar, qiziqarli sahna chiqishlari va jo‘shqin raqslar namoyish etildi. 🎶💃🕺

Talabalar o‘z iste’dodlarini namoyon qilib, unutilmas taassurotlarga ega bo‘lishdi.

Bunday tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda talabalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.

#BuxDU #buxduparty #talabalarhayoti #kōngilochardastur

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

⚡️ Faol ko'ngilli talaba-yoshlar bilan birgalikda "MEHR ULASHAMIZ" nomli loyihamizga taklif qilamiz!

⚡️ Bizda manzilimiz imkoniyati cheklangan yoshlar uyida konsert dasturini tashkil qilmoqdamiz!
Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi jamoasi ustoz murabbiylar hamda ko'ngilli talaba-yoshlarni bugun soat 13:00 ga Bandlik markazini old qismida kutib qolamiz.


⚡️ Ro'yxatdan o'tish hamda savollar uchun: 👉 @buxdu_yi_mehr_ulashamiz gruhiga yozishingiz mumkin

😎 Telegram 😎 Facebook

😎Instagram  😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

Bugun 18-fevral haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏Butunjahon kitlar kuni.
🌏Batareya kuni.
🌏Pluton sayyorasi kuni.

#muhim_voqealar
🔹1911 – Hindistonda tarixda birinchi aviapochta parvozi amalga oshirildi.
🔹1923 – “Mushtum”ning 1-soni 3 ming nusxada chop etilgan.
🔹1929 – “Oskar” mukofoti birinchi sohiblariga topshirildi.
🔹1930 – Klayd Tombo Quyosh sistemasidagi 9-sayyora – Plutonni kashf qildi.
🔹1979 – Sahroi Kabirda qor yogʻdi.
🔹1992 – Oʻzbekiston va Birlashgan Qirollik oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
🔹1995 – Toshkentda Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining birinchi taʼsis syezdi boʻlib oʻtdi. Partiyaning Nizom va dasturi tasdiqlandi.

#tavalludlar
🔹1201 – Nasir ad-Din Tusiy – fors matematigi va astronomi.
🔹1898 – Enzo Ferrari – italiyalik konstruktor, avtomobil kompaniyasining asoschisi.
🔹1932 – Toni Morrison – amerikalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi.
🔹1940 – Husan Amirqulov – O‘zbekiston xalq artisti, Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti laureati.

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

Biz sizni kutmoqdamiz!

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#koordinator_faoliyatidan
#bir_asar_muhokamasi

💥Buxoro davlat universiteti  Xorijiy tillar fakulteti Yoshlar ittifoqi koordinatori S. Karimova tashabbusi bilan Abu Ali ibn Sino nomidayi viloyat Axborot-resurs markazida kitobxon yoshlar oʻrtasida Oybekning "Qutlug' qon" asari muhokamasi bo'lib o'tdi. Talabalar kitobdagi asosiy gʻoyani bir soʻz orqali tushuntirish boʻyicha ham bahslashishdi.

Kitobxonlar yigʻilgan davra, munozaraga boy boʻlib oʻtdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

😎 Telegram 😎 Facebook

😎Instagram  😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

☄️🙋‍♂️ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlar uchun ushbu hafta davomida qanday loyihalar tayyorlanmoqda?

☄️ Batafsil infografikada 👇

😎 Telegram 😎 Facebook

😎Instagram  😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#️⃣🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

☄️🙋‍♂️ BuxDU Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan oʻtgan hafta davomida tashkil etilgan qaynoq loyihalarning qisqacha tavsiloti

➡️  "Ingliz tilini birga oʻrganamiz" 👉 Batafsil

➡️ "Talabalar forumi–2025" 1-kun 👉 Batafsil

➡️ Eco avlod camp 👉 Batafsil

➡️ Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan "Zukko kitobxon" intellektual oʻyinining ilk soni boʻlib oʻtdi 👉 Batafsil

➡️ "Mehr ulashamiz" loyihasi 👉 Batafsil

➡️ "Talabalar forumi –2025" 2-kun 👉 Batafsil

➡️ "Street workout" 👉 Batafsil

➡️ "Zakovat" intellektual oʻyini "Dekan kubogi" 👉 Batafsil

➡️ "Zahiriddin Muhammad Bobur" 542-yilligi 👉 Batafsil

➡️ "Munozara" targʻibot aksiyasi 👉 Batafsil

➡️ "Sumalak" sayli 👉 Batafsil

➡️ "Zakovat" intellektual oʻyinining navbatdagi soni 👉 Batafsil

➡️ "Yoshlar kelajak bunyodkorlari" 👉 Batafsil

😎 Telegram 😎 Facebook

😎Instagram  😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

📣 "Beg'ubor yoshlik bitiklari" antologiyasining 2-mavsumi start oldi! 📖

⚡️Hurmatli ijodkorlar va adabiyot ixlosmandlari!

"Mushoira" klubi yosh qalam ahli uchun yana bir katta imkoniyat eshigini ochmoqda. Sizni "Beg'ubor yoshlik bitiklari" antologiyasining 2- mavsumida ishtirok etishga chorlaymiz!
Agar sizda she’riyatga, nasrga bo‘lgan muhabbat bor bo‘lsa, o‘z ijod namunalaringizni kengroq auditoriyaga taqdim etib, kitob shaklida ko'rishni istasangiz, bu loyiha aynan siz uchun!

📝 Qanday asarlar qabul qilinadi?
😀 She’rlar
😀 Hikoyalar

🌟 Yosh qalamkashlarning beg‘ubor tuyg‘ulari, hayotga, yoshlikka bo‘lgan mehr-muhabbati ushbu to‘plam sahifalarida mujassam bo‘ladi.

✉️ Ijodiy ishlaringizni: (@firdavs_juraev_00 ) yuboring!

Keling, yoshlik izlarini adabiyotda qoldiraylik!

😎 Telegram 😎 Facebook

😎Instagram  😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yangiliklari

⚡️"Zakovat" intellektual o'yinining navbatdagi soni ham bahs va munozalarga boy bo'ldi.


🇺🇿 Ushbu o'yinda universitetimizning har sohada faol, zukko hamda tashabbuskor talabalaridan tashkil topgan ahil jamoalarni o'z safiga chorladi. Natijalar qanday bo'lishidan qat'iy nazar talabalar o'yinni ko'tarinki ruh va yaxshi kayfiyatda o'tkazishdi.


🏆Ushbu o'yinda "TRIPLE S" jamoasi peshqadamlikni qoʻlga kiritdi.

Kun savoli:
Rasmda siz Navaratna deb nomlanuvchi to‘qqiz marvaridli taqinchoqni ko‘rib turubsiz. Navaratna uzuk, bilaguzuk shaklida ham tayyorlanib undagi toshlar munajjimlar ko‘rsatmalari asosida ma’lum tartib bilan joylashtiriladi.
Savol: Navaratnadagi toshlar nimaning ramzi hisoblanishini yozib bering.

Javob: Quyosh sistemasi


Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

⚡️ Buxoro davlat universitetida "Munozara" intellektual o‘yini targ‘iboti davom etmoqda

⚡️🙋‍♂️ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan "Munozara" intellektual o‘yinini ommalashtirish va talabalar o‘rtasida tanqidiy fikrlash hamda jamoaviy muhokama madaniyatini rivojlantirish maqsadida targ‘ibot aksiyalari o‘tkazilmoqda.


Shu doirada navbatdagi targ‘ibot tadbiri Xorijiy tillar fakultetida bo‘lib o‘tdi. "Munozara" o‘yinining mazmun-mohiyati, qoidalari hamda uni o‘tkazish tartibi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.

⚡️Targ’ibot davomida ishtirokchilarga munozara olib borish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi, bahs-munozaralar orqali intellektual rivojlanish va jamoaviy ishlash muhimligi tushuntirildi.
Bunday targ‘ibot tadbirlari universitetning boshqa fakultetlarida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular orqali yoshlarning ilmiy va intellektual salohiyatini oshirish, analitik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsad qilingan.


Bizni kuzatishda davom eting:

😎 Telegram 😎 Facebook

😎Instagram  😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…
Подписаться на канал