bdu_yoshlar_ittifoqi | Неотсортированное

Telegram-канал bdu_yoshlar_ittifoqi - BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

3725

BuxDU Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkilotining rasmiy kanali. Matbuot kotibi: @Bekzod_bioximik Murojaat boti: @YoshlarIttifoqigaMurojaat_bot Facebook: @BDU_Yoshlar_ittifoqi You tube: @buxduyoshlarittifoqi Instagram: @buxdu_yoshlar_ittifoqi

Подписаться на канал

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#33_ishtirokchi

Assalomu alaykum, aziz ustozlar! Ilmga chanqoq talaba yoshlar, ezugulik nurlarin sochib shiddat-la kirib kelayotgan yangilanish va mehr-oqibat bayrami bo'lgan yangi yil bilan chin qalbimdan tabriklayman.

2025-yil barcha xonadonlarga cheksiz baxt, sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik, tuganmas quvonch, omad-u boyliklar ila kirib, yuraklarga bir umrlik unutilmas xotiralar, qalblarimizni esa iliqliklarga to'ldirsin.

Bu yil qalbi ilm ziyosi ila ravshanlanayotgan tolibi ilmlarimizga yangidan-yangi yutuqlar, imkoniyatlar, g'oyalar, izlanishlar-u, cheksiz muvaffaqiyatlar hamda yutuqlar yor bo'lsin!


Sharopova Shahlo
Filologiya fakulteti o'zbek tili yo'nalishi 6-2 Uzb 23 guruh talabasi

Bizni kuzatishda davom eting!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#31_ishtirokchi

Assalomu aleykum  aziz vatandoshlarimiz mana 2024 yil ham oxirlab qoldi,🥹
2025 yil esa eshik qoqib kirib kelmoqda🥰...  
                                                                                       Kirib  kelayotgan yangi yil  munosabati bilan barchangizni  muborakbod etaman.😊 Yangi 2025-yil barcha xonadonlarga omad va ulkan zafarlar olib kelsin.😀Ushalmagan ezgu niyatlaringiz, maqsad hamda orzularingiz  kelgusi yilda ushalishini tilab qolaman.🎉Yangi yil barchamiz uchun muvaffaqiyatli, omadli va barokatli yillardan biri boʻlsin.🤩 Agar oʻzingiz yoqtirmagan yomon hislatlaringiz boʻlsa uni eski yilda qoldirib, yangi yilda yaxshi hislat egasi boʻlishingizga tilakdoshman.😜 Oila aʼzolarimiz bilan oʻtkazgan har bir damalarimiz sermazmun boʻlsin.😍Yangi yilda ota-onamizni haj va umra safarlariga olib borish nasib etsin.😇

Shu fursatdan foydalanib oʻz oila aʼzolarimni ham kirib kelayotgan yangi 2025-yil bilan tabriklayman.😘 Sogʻlik , baxt  va yaxshi kayfiyat yil davomida hamrohingiz boʻlsin.☺️ Mendek yaqinlaringiz baxtiga doim sogʻ-salomat boʻling.🥰Yangi yil omadli  yillarimizdan biri boʻlsin.🤗


🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉YANGI YIL BARCHAMIZGA MUBORAK 🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉BOʻLSIN🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁


Azamatova Aziza
Fizika Matematika va axborot texnologiyalar fakulteti 2- kurs talabasi

Bizni kuzatishda davom eting!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#29_ishtirokchi

Янги йил билан☃️⛄🎄🎄!

Ushbu yangi yil sizga baxt🎉, sevgi❤️ va hayotda yangi yutuqlar olib kelsin! Har bir yangi kun, yangi imkoniyatlar va yangi boshlanishlar bilan to'la bo'lsin. Yil davomida orzularingiz amalga oshsin🎁, sog'lig'ingiz mustahkam bo'lsin va har doim o'z yaqinlaringizni quvontirish uchun vaqt toping.

Oila va do'stlaringiz bilan birga, qiziqarli lahzalar va yodda qolarli xotiralar yil davomida xamroxingiz bòlsin.Yangi yil- inoyat, tinchlik va farovonligini olib kelsin!

🕊️ 🕊️

Yil davomida yorqin va mehrga to'la kunlar sizni tark etmasin!

Yuldasheva Nazokat
Tarix va yuridik fakulteti 5-1 falsafa 23-gurux

Bizni kuzatishda davom eting!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

🎄 Yangi yil karnavaliga taklif!

⚡️⚡️ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan "Yangi yil karnavali" da sizni sehirli oqshom, Qorbobo, qorqiz hamda unutilmas xotiralar kutmoqda!

⚡️ Do‘stlar bilan bayramona atmosferada yangi yilni kutib oling

🤍 Yangi yilni yorqin va unutilmas kayfiyatda kutib olishni xohlasangiz biz bilan birga bo‘ling!

💥 An’anaviy yangi yil karnavalida sizni kutib qolamiz!

🔥Biz bilan birga sessiyani 😉 unuting!

📆 Sana: 18.12.2024
Vaqt: 19:00 da
🗺 Manzil: Buxoro davlat universiteti

📱 Telegram 📱 Facebook

📱 Instagram  📱 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#27_ishtirokchi

Ҳурматан ба шумо ва ҳамаи дӯстону наздикон табрикоти самимиамро ба муносибати фаро расидани соли нав мерасонам !

Соли нав барои ҳар яки мо як фурсати нави ҳаёт аст, ки бо омадани он мо умед ва орзуҳои навро ба эҳсос меорем.
Мехоҳам, ки соли нав ба ҳамаи шумо бахт, саломатӣ ва рӯзгори пурборро биёрад.Ҳар рӯзатон шод, хурсанд ва пур аз муҳаббат бошад.Ҳамеша рӯи худро ба фардо, ки беҳтар аст,нигаред.


Бо дил ва ҷон тасаввур кунем, ки соли нав барои мо ба вусъат ва рӯшноии тамоми саъю талошҳоям ояд.
Соли нав пур аз ризқу рӯзӣ, хотироти ширин ва дастовардҳои бузург бошад!

Некмуродова Зилола
Бо арзи беҳтарин орзуҳо, аз гурӯҳи 6-1 тоҷ 22

Bizni kuzatishda davom eting!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

💜🤍💜🤍💜🤍🤍⚪️

🤍 Karaoke kechasi,ovoz va kayfiyatni birlashtirishga tayyormisiz?

📆 Sana: 16.12.2024
Boshlanish vaqti: 19:00 da
🗺 Manzil: BuxDU talabalar turar joyi

🔥 Sevgan qo‘shiqlaringizni jonli ijro qiling!

📱 Telegram 📱 Facebook

📱 Instagram 📱 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#25_ishtirokchi

Mana, 2024-yil ham yakunlanishiga qisqa fursat qoldi...
Bu yil men uchun eng unutilmas yil bo'ldi desam yolg'on gapirmagan bo'laman. 2024-yil davomida doimo meni qo'llab-quvvatlagan, yordam qo'lini ayamagan insonlar- ota-onamga bayram tabrigini yo'llamoqchiman 🥳
DADAJONIM VA ONAJONIM!! Yangi yil hayotingizda eng yaxshi yil bo'lib kelsin. Sizlar uchun omadning barcha eshiklari ochilsin. 2024-yilda ushalmay qolgan orzularning barchasi 2025-yilda ijobat bo'lsin. Umringiz uzoq bo'lsin ❤️ Sizlarni juda yaxshi kóraman

Aziz kursdoshlarim! Sizlarni ham kelayotgan bayram bilan chin qalbimdan qutlayman. Sizlar men uchun 2024-yilda berilgan eng yaxshi sovg'asizlar. 😊 2025-yilda omad eshigingizni qoqsin. Baxt sizni ko'rgani kelsin. Bayramni oila davrasida kutib olish nasib etsin deya tilak bildirib qolaman

Hasanova Zarina
Buxoro Davlat Universiteti Xorijiy tillar fakulteti
11-5 ing-24 guruh talabasi


Bizni kuzatishda davom eting!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#23_ishtirokchi

Yangi yil bayrami – bu yangilanish, umid va baxtning ramzi. Har birimiz uchun bu davr yangi maqsadlar belgilash, o'zimizni yangilash va yaqinlarimiz bilan mehr-muhabbatni baham ko'rish imkoniyatidir.

Yangi yil arafasida qalam olgan har bir inson, tabriklar yozib, o'zining eng yaqin insonlariga iliq tilaklar yetkazishga intiladi. Yangi yil sizga sog'liq, baxt va muvaffaqiyat olib kelsin! Har bir kuningiz shodlik va quvonch bilan o'tsin. Yangi yilda barcha orzularingiz ro'yobga chiqsin!

Yil yangi, umid yangi! O'zimizni yangilab, yaqinlarimizga mehr bilan quchoq ochaylik. Bayramingiz muborak bo'lsin!

Adizova Zebo
Xorijiy tillar fakulteti 3-bosqich talabasi

Bizni kuzatishda davom eting!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

🟦🟦🟦 🟦🟦

☄️📚Buxoro davlat universiteti va “BCT textile” korxonasi hamkorligida faqatgina BuxDU talabalari uchun “BCT textile” korxonasi "B-jeans" brendi ostidagi kiyim-kechaklar sotuvida aksiya tashkil qilinadi. Har bir sotib olingan mahsulotning ikkinchisi bepul beriladi yoki 50 foiz narxlarda sotiladi.

Aksiyadagi kiyimlar “BCT textile” korxonasining tayyorlov xonasidan to‘g‘ri BuxDU talabalariga sotuv uchun olib kelinmoqda.
Ta`kidlab o'tamiz, BuxDU talabasi bo‘lishi va talabalik guvohnomada kelishi shart.

Sotuv 17-dekabr kuni soat 14:00dan BuxDU TTJ 4-binosi qarshisidagi foyeda tashkil qilinadi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#20_ishtirokchi

Hurmatli yuristlar va huquq himoyachilari!

Yangi yil — faqat yangi imkoniyatlar emas, balki yuridik haqiqatlarni yanada chiroyli qutlash vaqti!

Bu yil sizga:
Qonuniy kuchga ega bo'lgan salomatlik
Oqilona shartnoma kabi mustahkam do'stlik
Sud majlislaridagi yutuq kabi g'oliblik
Ishonchli shartnoma kabi mustahkam munosabatlar
Va albatta, "protsessual" sabr va iroda tilab qolamiz!

Shuni unutmang: Yangi yil — yangi "huquqiy norma"lar yaratiladigan davr. Katta orzularingizni "yuridik haqiqat"ga aylantirishni unutmaslik kerak. Har qanday muammo bo‘lsa, uning yechimiga biz odatdagidek "dastlabki tergov"dan o‘tamiz!

Yangi yilda hech qanday huquqiy "muddati o'tgan ishlar" qolmasin! Sizning orzularingiz qonun oldida ham, hayot oldida ham ustuvor bo'lsin!

Yangi yil muborak!
Jinoyat kodeksi emas, baxt kodeksi sizni boshqarsin! Huquqdan qudrat, baxtdan tinchlik toping!

Saburbayev O'tkirbek
Yurisprudensiya 5-6-guruh

Bizni kuzatishda davom eting!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#19_ishtirokchi

Assalomu alaykum, aziz do'stlar va yaqinlar!

Mana, 2025-yil bizga bag‘rini ochib, yangi umidlar va yangi imkoniyatlar bilan eshik qoqmoqda. O‘tib borayotgan yilning har bir lahzasi bizga saboqlar, muvaffaqiyatlar va aziz xotiralar ulashdi. Endi esa navbat – orzu va rejalarimizni ro‘yobga chiqarish yiliga keldi.

2025-yil hayotingizda quvonch, baraka va iliqlik yili bo‘lsin. Har tongingiz yangi g‘oyalar va ilhom bilan boshlansin, har kechangiz esa chin ma'nodagi baxtga to‘lsin. Sizni qiyinchiliklar emas, ilhomlantiruvchi sinovlar qarshi olsin.
Yangi yil – bu quvonch bilan yangi yo‘llarni tanlash, yurakdagi ezgu maqsadlarni amalga oshirish imkoniyati. Keling, bu yilni o‘zimiz uchun, yaqinlarimiz uchun va dunyo uchun yaxshilik qilish yiliga aylantiraylik.
Sizga quyoshdek nurli kunlar, yulduzdek yorqin kechalar, dengizdek cheksiz sevgi va tog‘dek mustahkam salomatlik tilayman! 2025-yilda qalbingizni ko‘zlaringizdan o‘qiy olishsa – unda faqat baxt va mehr ko‘rishsin!

Yangi yil muborak!
2025-yil sizning yilingiz bo‘lsin!

Tavakkalov Umrbek
Tarix va Yuridik fakulteti Yurisprudensiya yo'nalishi
5-1 YURS-23 guruh talabasi

Bizni kuzatishda davom eting!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

🔣🔠🅰️🔠🔠🔠🔠🔠

🔥⚡️ BuxDU Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan oʻtgan hafta davomida tashkil etilgan qaynoq loyihalarning qisqacha tavsiloti

☄️ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi raisi boshlangʻich tashkiloti tomonidan Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi 👉 Batafsil

☄️ Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan "Mehr ulashamiz loyihasi 👉 Batafsil

☄️ Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" loyihasi boʻlib oʻtdi
👉 Batafsil

☄️ Oʻzbekiston Respublikasi davo madhiyasi qabul qilingan kun 👉 Batafsil

☄️ Filologiya fakultetida Yangi yil shukuhi 👉 Batafsil

☄️ "Oila va ishda ayol" kishining oʻrni 👉 Batafsil

☄️ Tarix va yuridik fakultetida "Zakovat" intellektual oʻyini boʻlib o'tdi 👉 Batafsil

☄️ "Mehr ulashib" loyihasi Filologiya fakultetida 👉 Batafsil

☄️ Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan «Zakovat» intellektual oʻyinining navbatdagi soni 👉 Batafsil

☄️ Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan «Zukko kitobxon» intellektual oʻyinining navbatdagi soni boʻlib oʻtdi 
👉 Batafsil

🌐 Telegram 🌐 Facebook

🌐 Instagram 🌐 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#17_ishtirokchi

Ezgu niyatlar, yorqin umidlar va begʻubor orzular ila kirib kelayotgan Yangi yilga qadam qoʻyayotgan har biringizni chin dildan tabriklayman! Yangi yil har bir yurakda quvonch uygʻotsin, har bir oilaga baxt va tinchlik keltirsin.
Yil davomida sizni asrab-avaylagan orzularingiz endi yangi kuch va ilhom bilan roʻyobga chiqsin. Kundan kunga sizning hayotingiz yuksalsin, saodat, quvonch va muvaffaqiyatlarning yorqin nurlari qalbingizni yoritib tursin.

Yangi yilingiz muborak boʻlsin!🎄

Qurbonova Kamola
Filologiya va tillarni oʻqitish oʻzbek tili
6-1 UZB kechki 24 -guruh talabasi

Bizni kuzatishda davom eting!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#16_ishtirokchi

Assalomu aleykum🦋
17 yildan beri men uchun eng omadli yil bo'lib kelgan 2024-yilga rahmat aytaman🥹meni maqsadlarim ichidan anchaginasi amalga oshdi, avvalo sertifikat oldim o'zim xoxlagan darajada, grant asosida o'zim xoxlagan Universitetga o'qishga kirdim🥹Shuncha qiyinchiliklarim ortda qoldi☺️
2025-yil bundan ham ko'p omad va zafarlar olib keladi men albatta bunga ishonaman😇kirib kelayotgan yangi yil hammaga muborak bo'lsin🥳

RAHMONOVA MASHHURA
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti 11-5ing 24 talabasi


Bizni kuzatishda davom eting!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#14_ishtirokchi

"Yangi 2025-yil hammamiz uchun baxt, sog‘lik va baraka olib kelsin! Har birimiz uchun ushbu yil yorqin imkoniyatlar eshigini ochib, orzularimizga yetishish yo‘lida katta muvaffaqiyatlar keltirsin.

Yaqinlaringiz bilan har kunni quvonch va mehr bilan o‘tkazishingizni, qalbingizda tinchlik va hotirjamlik hukm surishini chin dildan tilayman. Har bir niyat va maqsadlaringizga erishishda kuch-quvvat va qat’iyat sizning doimiy hamrohingiz bo‘lsin.

2025-yilda hayotingizni yoritadigan unutilmas damlar ko‘p bo‘lishini, ishlaringizda omad, oilangizda esa tinchlik va baxt bo‘lishini so‘rayman. Bu yil hammamiz uchun yangi marralar, yangi ilhom va ulkan yutuqlar olib kelsin!

Yangi yil muborak, barcha ezgu tilaklaringiz ro‘yobga chiqsin!"

Olima Sayfullayeva

Bizni kuzatishda davom eting!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#32_ishtirokchi

HAMMA QATORI "YANGI YIL SIZGA BAXT OLIB KELSIN" DEMAYMAN!!!

Sababi:
Inson oʻzi baxtli boʻlishga harakat qilmas, intilmas ekan, hech qanday yillar unga baxt berolmaydi. Aslida, yangi yil deb ataydiganimiz - bu ,shunchaki, kalendardagi yangi bir sahifa xolos. Biz - insonlarning oʻzlari "eski" yilni tezroq ortda qoldirish uchun yangi yilni intiqib kutamiz. Oʻylaymizki, yangi yil umuman boshqacha keladi. Yoʻq, aslo!
Yangi yil ham "eski yil" kabi oʻsha 24soatdan iborat sutkalar, oʻsha oylar, oʻsha fasllar, oʻsha hafta kunlari ila keladi.
Yangi yilda bizga berilishi mumkin boʻlgan eng ajoyib voqelik esa bu - IMKONIYAT! "Eski yil" dagi xatolarimizdan toʻgʻri xulosa chiqarib, keladigan kunlarimizda ularni takrorlamaslik imkoniyati;
Oʻzimizning ichki holatimizni anglab, isloh qilish imkoniyati;
Yangi orzu-umidlarimizni amalga oshishi uchun koʻproq va yana koʻproq harakat qilib qolish imkoniyati!

[ Shu sababli muhimi yangi vaqt emas, balki, biz erishishimiz mumkin boʻlgan yangicha turmush tarzidir!!! ]

Bu imkoniyatlardan kelayotgan oʻsha-oʻsha 24soatli sutkalar, yanvardan boshlab, dekabrgacha davom etadigan oʻsha-oʻsha oylari mavjud boʻlgan 2025-yilda foydalanish uchun har biringizga Xudodan kuch va sabr, ishtiyoq va matonat berishini soʻrayman. Oʻzingiz harakat qilayotganchalik baxtga erishishingizni tilayman. Dunyo shovqin-suronlari orasidan oʻzingizni topishingiz uchun berilgan yana bir yilni mazmunli oʻtishini (oʻzimga istagan kabi) har biringizga tilayman!

"Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot" yilida nafaqat atrof-muhitni, balki qalbingizdagi samimiy va insoniy tuygʻularni ham asrab qolishingizga, atrofgagina emas, koʻngillarga ham yashillik urugʻini sepishingizga tilakdoshman.


Ahmadova Mohinur
Filologiya fakulteti 6-3UZB24 guruh talabasi

Bizni kuzatishda davom eting!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#30_ishtirokchi

Mana 2024-yil ham oʻtib boryapti.Kirib ketayotgan 2025-yil barchamizga xayrli va barakotli kelsin.Hech birimizni ota onamiz qarimasin, Allohim jonlarini erta olib qoʻymasin, yaqinlarimizni, doʻstlarimizni oʻz panohida asrasin.Hech kimga farzand dogʻini koʻrsatmasin,barcha kasal, bedavo dardga chalingan bolajonlarimiz tuzalib, sogʻayib ketishsin,ota onasini qariyalar uyiga tashab ketayotgan hamda shunday niyati boʻlgan farzandlarga Allohim iymon- insof, mehr -oqibat bersin.Hech birimizning ota onamiz koʻz yosh toʻkmasin, nochor qolmasin.Mehribonlik uyi, muruffat uyi tarbiyalanuvchilari kirib kelayotgan yilda oilali boʻlishsin barchalari.2025-yilda hamma mehribonlik uylari, qariyalar uylari, kasalxonalar boʻshab qolsin,yoʻqolayotgan mehr -muhabbat,oqibat,qadr qimmat yana qaytib kelsin.Oʻqishlarimizga ,ishlarimizga unum barakat qoʻshilsin,Ota onamiz barchamizdan faxrlanishlarini tilab qolaman

JO'RAYEVA MADINA

Bizni kuzatishda davom eting!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

Ayni daqiqalarda talabalar turar joyida ''Karaoke time'' koʻngil ochar dasturi boshlandi.

🎤 Siz ham oʻzingiz yoqtirgan taronani kuylash imkoniyatiga egasiz.

Bizni kuzatishda davom eting...

📱 Telegram 📱 Facebook

📱 Instagram  📱 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#28_ishtirokchi

Mana 2024-yil ham oxirlab bormoqda. Bu yilda ushalmagan eng ezgu orzu niyatlarimizga kelayotgan yilda erishib yuraylik💫. 2025-yilni ham biz mo'jizalar bilan qarshi olish istagidamiz🤩. 2025-yil ham o'z mo'jizalarini barchamizni hayotimizga olib kirsin🎇. Kelayotgan 2025-yil barchangizni qalbingizni samimiylik va bir olam quvonch tark etmasin🎉. Yangi 2025-yil barchamizga yangi imkoniyatlar va yaxshi yangiliklarni olib kelsin🎆. Ushbu yil siz shu qadar baxtli bo'lingki baxtdan qochib omadga qoqiling🎀. Eng asosiysi har bir kuningiz baxtli lahzalarga limmo-lim bo'lsin🪄. Yana bir bor kirib kelayotgan 2025-yil muborak boʻlsin❄️.

Umrimizning o'tibti yana bir yili☺️
O'ynaylik, kulaylik yangi yil kuni🎄
Yilda bir marta bo'lar axir bu damlar ☃️
Yangi yil muborak aziz talabalar 🌟


Shavkatova Shahinabonu
Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti amaliy matematika yo'nalishi
1-3 PM 24-guruhi

Bizni kuzatishda davom!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#26_ishtirokchi

Yangi yil – yangi imkoniyatlar☺️, yangi umidlar😉, yangi baxtlarga qadam qo'yish demak😇.
Har bir kuningizda g'am-g'ussangizni unutib🥰, quvonch☺️ va xursandchilikda😘 yashashingizni tilayman🥳.
Yangi yil🎄 sizga hayotingizdagi eng go'zal lahzalarni✨️, o'zgacha yutuqlarni🏆 va eng ulkan orzularni😇 ro'yobga chiqarishni olib kelsin. O'zini sevgan💞, baxtli😍, kuchli✊️ va orzu qilgan inson bo'lib yashang😘.
Yangi yil❄️ barcha xohishlaringizni amalga oshirishi va eng yorqin orzularingizga🌟 erishishingizni tilayman🤲.
Hayotingizning har oni rang-barang o'tishi tilakdoshiman🤗.



Qalbingiz yashnasin Misoli yaproq
🥰
Tuganmas Baxt shodlik hamishai hamrox
😍
Nurlarga bezalsin har bir o’tar chog’
😘
Sizga yangi kunda yangicha tilak,
💖
Qadrdonim yangi yil bo’lsin muborak.🎄🎄🎊🎊🎊🎊

Kirib kelayotgan 2025-yil barchaga baxt va omad olib kelsin!!!

Turdiyeva Mohinur
1-ATTM-23-guruh talabasi

Bizni kuzatishda davom eting!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

🤍 Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlar uchun ushbu hafta davomida qanday loyihalar tayyorlanmoqda?

⚡️Batafsil infografikada 👇

📱 Telegram 📱 Facebook

📱 Instagram 📱 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#24_ishtirokchi

Mana 2024-yilning oxirgi haftalari, kunlari, daqiqalari...
Kelgusi yilda sizlarga hayotingizning eng omadli, unumli, sermazmun yili bòlishini tilab qolaman. Kasbiy muvafaqqiyatlar sizni yil bòyi tatk etmasin. Xonadoningizda bitmas-tuganmas baxt-saodat quvonch tashrif buyursin. Oilangizda har doim tinchlik-xotirjamlik, òzaro mehr-oqibat tuyģulari hukmron bòlsin!

Barcha kelgusi ishlaringizda har qanday tòsiqlarni mardonavor yengib òtib, ezgu maqsadlar sari dadil qadam bilan borishingizni va omad kaliti hamisha chòntagingizni tark etmasligini tilab qolaman!
Charchaganda mehr chashmasidan, omad buloģidan suv ichib hayot yòllarida xushnud davom eting.


2025-yilda qadringiz nondek aziz, qalbingiz qordek nafis bòlsin✨


Umarova Maftuna
Xorijiy tillar fakulteti
11-5TNI-24 guruh talabasi

Bizni kuzatishda davom eting!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#22_ishtirokchi

Sevgili Arkadaşlarım,
2025’i karşılama heyecanını birlikte yaşıyoruz. Bu yılın herkese sağlık, mutluluk, huzur ve başarı getirmesini temenni ediyorum. Neredeyse geride bıraktığımız yıldan aldığımız dersler ve kazandığımız deneyimlerle dolu ve daha umutlu bir duruş sergiliyoruz.
Yolculuğumuz boyunca yepyeni başlangıçlar, yeni fırsatlar ve yeni hatıralar biriktirmek suretiyle bir yolculuğumuz var. Aşk ve dostlukla dolu bir sene geçirelim. Herkesin kalbinden bir arzu da hatıra kalsın, asla peşini bırakmasın.
Yinelim: Hedef çizerseniz, hayal ettiğiniz şeye ulaşacağınızı asla unutmamanız için her türlü yardımda madalayacağınızı düşünüyorum. Sadece huzurla ve sevgiyle dolu olan bir 2025 yılı bizlerin olsun.
Yeni yılınız kutlu olsun! Beraberliğimizin her bir günü bir önceki günden daha iyi geçsin.
Yürekten,
Umutları 2025’ten olan dostunuz.

Isxakova Aleksandra
Xorijiy tillar fakulteti 11-8 ING-24

Bizni kuzatishda davom eting!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#21_ishtirokchi

Yangi yil tabrigi
Kimga armon bo'ldi, kimgadir ertak
Yana kim soniya kutmay berdi jon?
Ammo...biz tirikmiz, shukrkim beshak
So'nggi nafasgacha qolur hayajon....

Yana bir yilni kuzatib, yangi yilni qarshi olayapmiz. 2025-yil barchamiz uchun yangi imkoniyatlar, yorqin xotiralar va katta yutuqlar yili bo‘lsin! Ushbu yil hayotingizga baxt va quvonch olib kelsin. Oilangiz tinch, farzandlaringiz sog‘lom, ishlaringiz esa barakali bo‘lsin.

Yuragingizda doimo ishonch va muhabbat yashasin. Yangi yil siz kutgan barcha orzularingizni ro‘yobga chiqarib, ko‘nglingizni xotirjamlik bilan to‘ldirsin. Har bir tongingiz shodlikka, har bir kuningiz quvonchga burkansin!

Yangi yilda barcha orzularingiz amalga oshsin! Yaxshilikda, sog‘likda, tinchlikda ko‘rishaylik!

Xayriyeva Nargiza Ixtiyor qizi
BuxDU adabiyotshunoslik yo'nalishi 2-bosqich magistranti
G'ijduvon tumani 25-maktab ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi


Bizni kuzatishda davom eting!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

🟦🟦🟦

☄️📚Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi

Bugun, 16-dekabr Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#18_ishtirokchi

Yangi yil bilan chin yurakdan tabriklayman!

Yangi yil – bu yangi imkoniyatlar, orzular va umidlar fasli. O‘tgan yilda qilgan barcha mehnatlaringiz, harakatlaringiz va sabringiz kelayotgan yilda albatta o‘z mevasini bersin. Yangi yil har bir kuningizni baxt, sog‘lik va farovonlik bilan to‘ldirsin. Siz sevgan insonlaringiz yoningizda bo‘lsin, qalbingiz esa tinchlik va muhabbat bilan yursin.

Har bir tong siz uchun yaxshi xabar va quvonch olib kelsin. Hayotingizda yangi eshiklar ochilib, muvaffaqiyat va omad hamroh bo‘lsin. Orzularingiz osmon kabi yuksak, yuringizdagi umidlaringiz esa yulduzlar kabi porlasin. Bu yil siz uchun esda qolarli va baxtiyor lahzalarga boy bo‘lsin.

Yangi yil quvonch, omad va baxt keltirsin!


G'aybulloyeva Marjonabonu
Xorijiy tillar fakulteti 11-5 TNI-24 guruhi talabasi

Bizni kuzatishda davom eting!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

🔣🔠🔠🅰️🔠🔠🔠

🔥🙋‍♂️ Buxoro davlat universiteti talabalari bilan “Talaba travel" loyihasi doirasidagi navbatdagi sayohat Toshkent shahriga bo'ladi.

☄️ Barcha ko'ngilli talaba yoshlarni sayohatga taklif qilib qolamiz!

‼️ Shoshiling joylar soni kam qolgan.

📆 Sayohat 20.12.2024 sana kuni amalga oshiriladi!

☄️ Biz bilan ushbu gruhda bog'laning:
👉 @BuxDu_yi_sayohat


🌐 Telegram 🌐 Facebook

🌐 Instagram  🌐 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#yangi_yiling_muborak_Oʻzbegim

Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti
1-1ATTM-23  Gulboyeva Ruxshona

Eng yaxshi videorolik yoʻnalishida


Siz ham bemalol ijod namunalaringizni yoʻllashingiz mumkin👉@amrullayevna_24

📱 Telegram 📱 Facebook

📱
Instagram  📱 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#15_ishtirokchi

Onajonimga yangi yil tabrigi!

Aziz va mehribon onajonim! Sizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabriklayman! Mening bu dunyodagi eng katta baxtim – bu Siz kabi mehribon, sabrli va fidoyi onaning farzandi ekanligimdir.

Meni mana shu yoshga yetkazguningizcha chekkan mashaqqatlaringizni hech bir so‘z bilan ifodalay olmayman. Menga bergan oq sutingiz, o‘zingizni ayamasdan qilgan mehnatlaringiz va mehringiz – bularning hammasi hayotimning eng katta boyligi. Kasal bo‘lganimda tuni bilan bedor bo‘lib, mening sog‘ayishim uchun qilgan duolaringizni ham, har bir tashvishimni yuragingizga yaqin olganingizni ham unutmayman.

Yangi yilda Yaratgandan tilagim – Sizga sog‘lik, umrga baraka, qalbingizga cheksiz xotirjamlik va hayotingizga quvonch ulashsin! Doimo kulib turing, onajon, chunki Sizning bir tabassumingiz butun olamni yoritadi. Siz mening nurim, kuchim va ilhomimsiz.

Yangi yil Sizga hamisha yaxshi kunlar, shirin damlar olib kelsin! Meni tarbiyalab, hayotda orzu qilishni va unga intilishni o‘rgatganingiz uchun cheksiz minnatdorman.Har doim Sizni faxrlantirish uchun harakat qilaman.

Sizni juda ham yaxshi kõraman, Onajon! Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Beshimova Maftuna
Fizika Matematika va Axborot texnologiyalar fakulteti
1-1 Fiz 24

Bizni kuzatishda davom eting!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#13_ishtirokchi

Assalom u aleykum yaqinlarim, jonajon kursdoshlarim, ilm dargohimizning fidoyi, jonkuyar ustozlari, qadri osmon qadrdonlarim!
Tobora shahdam qadamlar bilan yaqinlashib kelayotgan Yangi yil muborak bòlsin.☃️🎇
Bilasizmi , bu hayotda hech bir narsa besabab bòlmaydi.Siz- u bizning hayotimizda ròy bergan har holatning bir hikmati bor aslida.Bekorga kuyunishlar, taqdir sinovlarini òylab jonni siqishlar kerak emas.Shunchaki har bir kunni qadriga yetib, yaqinlarni e'zozlab, Alloh bergan ne'matlarga , tan soģligiga , yurt tinchligiga , suyana oladigan qadrdonlarimiz borligiga shukrona aytib yashashimiz kerak.
Shunday ekan , umrning har lahzasidan unumli foydalanib , quvonch- zavqqa tòlib, gòzal yashaylik.Chunki hayot bizdan olgan narsalarini hadeganda qaytarib beravermaydi.
Yaqinlarim, dòst- u qadrdonlarim!
Kirib kelayotgan yangi yilda barchangizga mustahkam soģlik, bitmas- tuganmas hayrli boylik, eng gòzal , sermazmun kunlar, orombaxsh hayot, òqish va ishlaringizda zafarlar, omad va hayru barokat tilab qolaman!!!☺️Doim bu hayotda orzu va maqsadlar bilan yashang.Gòzal kelajakni bunyod qilish uchun siz u bizdan ancha mashaqqat , uyqusiz tunlar, izlanishlar, sabr va chidam talab etiladi. Ertaning gòzal bòlishi bugun qilayotgan harakatlarimizga boģliq emasmi?Shunday ekan yangi yilda barchangizga harakatlardan tòxtamaslikni va Allohning qadariga rozi bòlib , chiroyli umr kechirishlikni, " inson" degan qutluģ nomga doģ tushirmaslikni, odamiylikni, saxovat va yaxshilikda ildam bòlishni, birdamlikni tilab qolaman.
Barchamiz òz kasbimizdan faxr topib, zavq-u shavqqa tòlib tashaylik. Yurtimizning tinchligiga kòz tegmasin.
2025- yilingiz qutluģ bòlsin azizlarim!!!❄️🎇☃️

Hamroqulova Rushana
Filologiya fakulteti
6-5 - uzb 22- guruh 3- bosqich talabasi

Bizni kuzatishda davom eting!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…
Подписаться на канал