#Koordinator_faoliyati
#Tarixga_sayohat
🔰Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti yoshlar ittifoqi koordinatori hamda Fakultet tyutorlari tashabbusi bilan Yoshlar haftaligi doirasida "#Qatag'on_qurbonlari" muzeyiga tashrif buyirildi.
🏛 Tashrif davomida talabalar Buxoroning qadimiy tarixi bilan yaqindan tanishib, tarixiy ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
📲 BuxDU Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va do‘stlarga ham ulashing:
Telegram | buxduyoshlarittifoqi">YouTube | Instagram l Facebook
#Koordinator_faoliyati
#Muzeyga_tashrif
🔰Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti yoshlar ittifoqi koordinatori Fatilloyev Farrux tashabbusi bilan Yoshlar haftaligi doirasida #Vatan_boylab_sayohat tashkil etildi.
🏛 Tashrif davomida talabalar Buxoroning qadimiy tarixiy obidalari bo'ylab sayohat qilib, tarixiy ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
📲 BuxDU Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va do‘stlarga ham ulashing:
Telegram | buxduyoshlarittifoqi">YouTube | Instagram l Facebook
🌱Eko volontyorlar hamda atrof-muhitni asrab-avaylashda befarq boʻlmagan tashabbuskorlar diqqatiga!
✅ Respublikamizda ilk marotaba EKONUR eko volontyorlar harakati tomonidan oʻtkazilayotgan "Eko marafon" onlayn loyihasining 4-mavsumiga start berildi.
♻️ Loyiha ishtirokchilari:
✓Ikki kun davomida guruhlarga boʻlingan holda jamoaviy ishlash;
✓Ekotrenerlardan master klass darslarini o'tash va ekologik koʻnikmalarini oshirish;
✓Loyiha doirasidagi "Eko-Fakt" , "Eko-Zakovat" , "Eko-Texnika", dasturlarida ishtirok etish;
✓" Hayvonlarga mehr ulashish" , "Daraxtlarni qadrlash" amaliy aksiyalari orqali atrof-muhitni asrashda oʻz hissasini qoʻshish;
✓Agar faol boʻlishsa hamkorlarimiz tomonidan tasdiqlangan maxsus sertifikatga ega boʻlish imkoniyatlarini qoʻlga kiritadilar.
🔰 Roʻyxatdan oʻtish manzili↩️
@ekoqabul
🌏Ishtirok etish mutlaqo bepul
🧮Qabul kvotasi: 80 ta
📆Oʻtkazilish sanasi: 21-22-yanvar
‼️Roʻyxatdan oʻtish 18-yanvar 20:00ga qadar davom etadi.
💚Tabiatni biz bilan birga seving💚
🇺🇿Manzilimiz: @ekonuruz
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi boshlang'ich tashkiloti koordinatorlarining tabrigi
⚡️BuxDU yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti koordinatorlarining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan BAYRAM TABRIGI
📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo'ling va do'stlarga ham ulashing:
Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#Yoshlar_yetakchisi_tabrigi
🇺🇿 BuxDU yoshlar yetakchisi Feruz Karimov Raimovichning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan BAYRAM TABRIGI
📲 BuxDU Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va do‘stlarga ham ulashing:
Telegram | buxduyoshlarittifoqi">YouTube | Instagram l Facebook
#koordinator_faoliyati
#Iqtisodiyot_va_turizm_fakulteti
#Vatanparvarlik_oyligi
#BuxDu_yoshlar_ittifoqi
🔰Buxoro davlat universiteti
Iqtisodiyot va turizm fakulteti yoshlar ittifoqi koordinatori Fatilloyev Farrux hamda Fakultet tyutori Azimova Maxfuza hamkorligida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan fakultet faol talaba-yoshlar bilan Motamsaro ona haykaliga tashrif buyurishdi.
🎗 Vatan urushi qatnashchilari, bobolari xotirasi yodga olinib,.....
@BDU_yoshlar_ittifoqi
🇺🇿VATAN TAYANCHLARI
🔹14 yanvar "VATAN HIMOYACHILARI" kuni munosabati bilan Buxoro viloyati hokimligi tomonidan soha mutaxassislari uchun bayram dasturi tashkil etildi.
📌Bayram dasturi davomida samarali faoliyati davomida namuna bo‘lib kelayotgan harbiy xizmatchilar viloyat hokimligi tomonidan munosib taqdirlandi.
🔋Quvonarlisi shundaki taqdirlaganlar orasida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi Harbiy qismlardagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘limi boshlig'i mayor Y.Karimov ham borligidir.
👏Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin!
📲BUXORO YOSHLARI
📣 🇺🇿Buxoro davlat tibbiyot instituti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan yoshlar uchun maqsadga erishish hamda ijtimoiy tarmoqlari SMM+mobilagrafiya tushunchasi haqida seminar bo’lib o’tadi.
🍔Seminarda:
➡️MAQSAD YOZIB-MAQSADGA
ERISHISH SIRLARI
➡️MUVAFFAQIYATGA ERISHISH
➡️BLOGGERLIK HAQIDA
➡️SMM+ MOBILAGRAFIYA
🏆2 kishiga SMM+ Mobilagrafiya darsligi bepul beriladi
2️⃣0️⃣-yanvar 12:00 da Buxoro sh, Buxoro davlat tibbiyot instituting 1-qavat faollar zalida bo’lib o’tadi.
💻 🤳Shu sohaga qiziquvchi barcha talabalar va Buxoro viloyati yoshlarini mazkur o‘quv seminarga taklif qilamiz
📝Taklifnoma olish uchun👇
@DrZarinabonu_Farkhodovna
@buxoroyoshlari_yi
#BuxDU #Vatanparvar_yoshlar_oliygohi
Bugun futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz Qatar maydonlarida boshlangan Osiyo kubogidagi B guruhi 1-turda ilk o‘yinini o‘tkazadi. Qit’amizning to‘rt yillikdagi eng nufuzli musobaqasida jamoamiz yurtimiz sharafini himoya qilishga kirishadi.
Uzbekistan's Club jamoatchilik faollari bilan birgalikda milliy jamoamizga bo‘lgan mehr-muhabbati va qo‘llovini mashhur “O‘zbekistonlik” qo‘shig‘iga ishlangan maxsus videoklip orqali izhor etishga qaror qildi. Bu qo‘shiq barchamizni birlashtiradi. U g‘alaba haqida!
O’yin 13-yanvar soat 22:30 sa “Jassim bin Hamad” stadionida bo’lib o’tadi. O’yinni “Sport” TV telekanalida jonli tomosha qilishingiz mumkin.
Olg‘a, O‘zbekiston! Biz sen bilan!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#Bilasizmi
✔️Texnikumlarni aʼlo va yaxshi baholarga tamomlagan bitiruvchilar oliy taʼlimga suhbat asosida 2-bosqichdan qabul qilinadi.
✅ 2022-yil 11-yanvar kuni Hukumatning 17-sonli qaroriga ko‘ra.
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OʻZ SOHASIGA MOS bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlarisiz, suhbat orqali OTMlarning 2-bosqichidan oʻqishini davom ettirish uchun qabul qilish tartibi belgilangan.
Bitiruvchi suhbatga tavsiya etilishi uchun texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari “5 (a’lo)” va “4 (yaxshi)”, biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) “5 (a’lo)” bo‘lishi talab etiladi.
❗️Oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Asos: https://lex.uz/docs/-5818575
@buxoroyoshlari_yi
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#ishtirokchi_10
Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi Ilyosova Sabohat.
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#ishtirokchi_8
Filologiya fakulteti 6-1 rus 21 talabasi Ro'ziyeva Samiya
@BDU_yoshlar_ittifoqi
❗️Кўриш қобилиятини жиддий зарарловчи 3 та омил
Айниқса, ёш болалар, ўсмир ёшдаги фарзандларни кечаси телефон, компьютер ўйнашларидан сақланг. Бу ҳолат бора-бора кўрликка олиб боради!
👉 @BDU_yoshlar_ittifoqi
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#Talant_shou
Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti talabasi Raxmonov Ozodbek
@BDU_yoshlar_ittifoqi
"Teknofest 2024" tanloviga arizalar qabuli boshlandi!
2018-yildan beri 🇹🇷 Turkiya Respublikasida o'tkazilayotgan "Teknofest Aviatsiya, Koinot va Texnologiya Festivali" texnologiya sohasidagi eng yirik musobaqalardan biridir.
Bu yilgi festivalda 46 ta asosiy va 117 ta quyi kategoriyada musobaqalar bo‘lib o‘tadi. Simsiz aloqa, blokcheyn, havo mudofaasi, moliyaviy texnologiyalar shular jumlasidan.
🏫 Maktab va o‘rta maxsus ta'lim, magistratura va bakalavr yo‘nalishidagi bitiruvchi yoshlar tanlovda qatnashishi mumkin.
Batafsil ma'lumot va ariza topshirish uchun 👇
https://mth.tc/TEKNOFEST2024
Arizalar 2024-yil 20-fevraligacha qabul qilinadi.
Bizning sahifalarimiz:
@buxoroyoshlari_yi
#Koordinator_faoliyati
#Tanlov
🥳 Qizlarjonuuuv 🗣
📌 Sizlar uchun ajoyib imkoniyat, 16-yanvar kuni qo'li gul, pazanda qizlarimiz mahoratlarini ko'rsatish imkoniga ega.
💫 "BuxDU Pazanda qizi" nomli tanlovimizga taklif qilib qolamiz!
⚡️Buxoro davlat universitetida tahsil olayotgan qizlarni 16-yanvar 16:00 da TTJ binosi 1-qavatda kutib qolamiz, shartlar juda oddiy, yutuqlar esa ajoyib!
✨Tanlov sharti: Qizlar tomonidan "Sho'rva" taomini tayyorlashlari kerak bo'ladi. Tayyorlangan taomlar hakamlar hay'ati tomonidan munosib tarzda baholanadi!
💐 G'olib bo'lgan uch nafar ishtirokchi diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi!
📝 Murojaat uchun koordinatorlar:
@Journal1st
@Fiz_mat_koordinator
Biz sizni kutib qolamiz!
📲 BuxDU Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va do‘stlarga ham ulashing:
Telegram | buxduyoshlarittifoqi">YouTube | Instagram l Facebook
#dayjest 08-13.01.2024
#BUXDU_YOSHLAR_ITTIFOQI
⚡️#Hafta_yangiliklari
1. 📌 "Ekolog" jamoat birlashmasi Oliy Majlis Jamoat fondining "Plogging: yoshlar o‘rtasida zamonaviy ekologik madaniyatni yuksaltirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish" loyihasi doirasida Jizzax shahrida 2 kunlik treningni o‘tkazildi.
2. 📌 Buxoro davlat universitetiga Janubiy Koreyaning Daekyeung universiteti Global aloqalar bo'limi dekani, professor Janob Kim Won tashrif buyurdi.
3.📌 BuxDU talabalarni 2024-yilning ilk kunlaridan munosib kutib olish hamda o‘quv jarayoni boshlanishi munosabati bilan TTJ da milliy taomimiz bo‘lgan palov tayyorlandi va talabalarga tarqatildi.
4. 📌 Talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida #Buxoro_davlat_universiteti talabalar turar joyida ''BUXDU PARTY'' konsert dasturining navbatdagi soni bo'lib o'tdi.
5. 📌 Tadbirkorlik va innovatsion loyihalari koordintori tomonidan videorolik taqdim etildi.
6. 📌 Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti koordinatori tashabbusi hamda tyutorlar bilan hamkorlikda San'atshunoslik fakultetida tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirokida "Zakovat" intellektual o'yinining Dekan kubogi qishki mavsum III turi o'tkazildi.
7. 📌 Fizika-matematika fakultetida tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirokida "Zakovat" intellektual o'yinining Dekan kubogi qishki mavsum III turi o'tkazildi.
8. 📌 Fizika- matematika fakulteti Yoshlar ittifoqi koordinatori hamda Fakultet tyutorlari tomonidan tashkil qilingan "Harbiy qismga sayohat" nomli loyiha amalga oshirildi.
9. 📌 Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori Sh.Hasanovning "Biz yoshlar berilgan ishonchni albatta oqlaymiz!" nomli maqolasi e'lon qilindi.
10. 📌 Filologiya fakultetida tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirokida talabalar turar joyida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.
Iqtisodiyot va turizm fakultetida tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirokida "Zakovat" intellektual o'yinining Dekan kubogi qishki mavsum III turi o'tkazildi.
11. 📌
2024-yil – “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi jamiyatimizdagi har bir fuqaro, ayniqsa, Buxoro davlat universiteti TALABA-YOSHLARI tomonidan ko‘tarinki kayfiyatda qabul qilindi.
12. 📌
Harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida "Kim vatanga sodiq bo'lsa, mendirman o'sha" shiori ostida bilimga chanqoq, zukko talaba-yoshlar uchun tashkil etilgan "Zukko kitobxon" intellektual o'yinining qishki mavsum 1-turi bo'lib o'tdi.
13. 📌
14. 📌 Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti jamoasi hamda Buxoro shahar IIH markazi assistenti Z. Rasulova hamkorligida Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi Raxima Muinova xonadoniga tashrif buyurishdi.
15. 📌 Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat Kengashi hamda BuxDPI Harbiy ta'lim fakulteti hamkorligida "VATANPARVAR" harbiy sport musobaqasi tashkil etildi.
16. 📌 Tabiiy fanlar fakultetida "Vatanparvarlik - oliy fazilat" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi.
17. 📌 Tarix va yuridik fakultetida tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirokida "Zakovat" intellektual o'yinining Dekan kubogi qishki mavsum III turi o'tkazildi.
18. 📌 Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan talabalarning iqtidor va qobiliyatlarini kashf etishga bagʻishlangan "TALANT SHOU" mega tanlovining qishki mavsumiga start berildi.
19. 📌 BuxDU Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi F.Karimovning "Yoshlar - kelajagimiz bunyodkorlaridir!" nomli maqolasi e'lon qilindi.
20. 📌 Iqtisodiyot va turizm fakulteti yoshlar ittifoqi koordinatori Fatilloyev Farrux hamda Fakultet tyutori Azimova Maxfuza hamkorligida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan fakultet faol talaba-yoshlar bilan Motamsaro ona haykaliga tashrif buyurishdi.
22. 📌 BuxDU yoshlar yetakchisi Feruz Karimov Raimovichning 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan BAYRAM TABRIGI
23. 📌 "Kino time": "Vatan ostonasi" filmi namoyish etildi.
📲 BuxDU Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va do‘stlarga ham ulashing:
Telegram | buxduyoshlarittifoqi">YouTube | Instagram l Facebook
🔹14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni!
🇺🇿 Ushbu sana munosabati bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi askar va serjantlarni, ofitser va generallarni, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari hamda qadrli vatandoshlarimizni chin dildan samimiy qutlaydi!
🎉 Sizlarga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt, sharafli va masʼuliyatli faoliyatingizda zafarlar tilaymiz!
📲@buxoroyoshlari_yi
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#ishtirokchi_11
Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi Xamroyeva Shaxrizoda
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#BuxDU #Vatanparvar_yoshlar_oliygohi
VATANPARVARLIK OLIY TUYG'U
yohud dilda, fikrda, ishda birmiz!
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yurtimizdagi barcha vatan himoyachilarini chin yurakdan tabriklaymiz.
🎙Amonov Azizbek Amonjonovich,
BuxDU Yoshlar masalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori
📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo'ling va do'stlarga ham ulashing:
Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#Rektor_tabrigi
⚡️BuxDU rektori Obidjon Xamidovning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan BAYRAM TABRIGI
🇺🇿Batafsil
@buxdu_uz
@buxdurektori
#Yurtim_posboni_tinchlik_timsoli
YURTIM O‘G‘LONI
Qo‘lida yarog‘i yarashgan o‘g‘lon,
Qalbida botirlik tug‘yoni jo‘shar,
Sinovlar kelganda hatto izma-iz,
O‘zbekning duosi matonat qo‘shar.
Shahid ketganlarga bo‘lsin xotira,
Duchorlar bo‘lgan u ming bir baloga,
Abadiy yashaydi qalbi biz bilan,
Tanlari mudomdir endi xudoga.
Arziydi zarhal-la o‘yib yozmoqqa,
Alpomish siymosi, ular ismini,
Vaholanki, baland qaddi - shamshodin,
Shamshiri bezagan mardlar jismini.
Moziylar sasidan taralgan uchqun,
Qadim tarixlarni so‘zlayveradi,
Shabiston yulduzi uchgandan buyon,
Ne sabab ich-etin bo‘zlayveradi.
Xalqimiz tirgagi jasur posbonlar,
Mohirlik bobida misli Temurdek,
Yoxud, o‘zga yerda berolgan bardosh,
Ayriliq sog‘inchi go‘yo Boburdek.
Qalqoni, sarhadi bo‘ling o‘zbekning,
Yovlar yo‘lolmasin aslo yerida,
Manguberdi, Kubro bo‘ling hattoki,
Abad yangrayverar shoir she‘rida.
Dilnura JO'RAYEVA,
BuxDU Filologiya fakulteti 6-2 uzb 22-guruh talabasi
#Munosabat
Yoshlar - kelajagimiz bunyodkorlaridir!
🇺🇿Shu kecha-kunduzda jamiyatimizning har bir sohasi rivoji uchun Yangi O‘zbekistonni yaratishdek buyuk maqsadimiz sari bugun Yurtboshimiz tinim bilmay mehnat qilib, islohotlarni amalga oshirmoqdalar. Ayniqsa, Prezidentimiz tomonlaridan 2024-yil “ Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi biz yoshlarga katta ishonch bilan birga, yuqori mas’uliyat yuklaydi.
📌 Batafsil...
🎙Karimov Feruz Raimovich,
BuxDU Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi
📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo'ling va do'stlarga ham ulashing:
Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#Yoshlar_ittifoqi
#Talant_shou
Haqiqiy iqtidorlarni kashf qiladigan shou..
🟣Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan talabalarning iqtidor va qobiliyatlarini kashf etishga bagʻishlangan "TALANT SHOU" mega tanlovining qishki mavsumiga start berildi.
🟢Tanlovda ishtirokchilar xonandalik hamda aktyorlik mahorati bo'yicha o'z iste'dodlarini namoyon qilishdi.
📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo'ling va do'stlarga ham ulashing:
Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#Yurtim_posboni_tinchlik_timsoli
Yurt o‘g‘lonlari
Qo‘yib bersang qarog‘ida asragaydir,
Yurt oldida o‘z o‘g‘lonlik burchi uchun,
Sarhadlarni qo‘riqlashar mardonavor,
Tinchlik uchun, tinchlik uchun, tinchlik uchun...
Yuragida jo‘sh uradi misilsiz kuch,
Safda turib bosilganda qadamlari.
Yurt ko‘zgusi, iftixori ular axir,
Tayanch bo‘lib kelmoqdalar har birlari...
Xotirjammiz, osoyishta tun-kunimiz,
Shukronalar aytavergay har bir zabon.
Xalqingni baxtiga doim bor bo‘lgin,
Ona Vatan oldida tiz cho‘kkan o‘g‘lon...
Aziz Vatandoshim bugungi bayramingiz bilan sizni chin dildan tabriklayman. Hamisha sog‘- salomat bo‘ling. Yurt duosi sizni asrasin.
Sevinch AMINOVA,
Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti 6-2 UZB 23 guruh talabasi
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#ishtirokchi_9
Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabasi Saidova Mexrangiz
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#Talant_shou
Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti talabasi Umida Doʻstmurodovna.
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#Talant_shou
🎤Karimova Durdona,
Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi
Bizni kuzatishda davom eting...
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#Talant_shou
⚡️Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan talabalarning iqtidor va qobiliyatlarini kashf etishga bagʻishlangan "TALANT SHOU" mega tanlovining qishki mavsumi 1-turi bo'lib o'tmoqda
🥳 Tanlovda ishtirokchilar qo‘shiqchilik san'ati, aktyorlik mahorati hamda xoreografiya yo'nalishlari bo'yicha o'z iste'dodlarini namoyon etmoqda
Bizni kuzatishda davom eting...
@BDU_yoshlar_ittifoqi