bdu_yoshlar_ittifoqi | Неотсортированное

Telegram-канал bdu_yoshlar_ittifoqi - BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

3726

BuxDU Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkilotining rasmiy kanali. Matbuot kotibi: @Bekzod_bioximik Murojaat boti: @YoshlarIttifoqigaMurojaat_bot Facebook: @BDU_Yoshlar_ittifoqi You tube: @buxduyoshlarittifoqi Instagram: @buxdu_yoshlar_ittifoqi

Подписаться на канал

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

Diyora Keldiyorova sharafiga

Mashaqqatli bo‘lgan mehnat kun kelib,
Dunyo minbaridan egallagay joy.
O‘zbek bayrog‘i-la ko‘ksini kerib,
Ot o‘rnini, albat, egallaydi toy.

O‘n sakkiz ming olam tan olgan zamin,
Farang-u Chinni ham qoldirolgan lol,
Bu kun yana bir bor bo‘ldik-da amin,
Raqiblar qaddini qilganida dol.

Millionlab oʻzbekning orzusi ro‘yo
Diyora dunyoni etdi serhayrat.
Tinch dengizdan qalqqan po‘rtana go‘yo
Bo‘y cho‘zdi olamga shijoat, g‘ayrat.

Orzusi osmonga tole to‘kisdir,
Harakat va mehnat uning maslagi,
G‘alaba, zafarlar yo‘lchi yulduzdir,
Baxtli davom etar o‘zbek ertagi…

Maftuna Rahmatova

/channel/BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#e’lon

⚡️Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi!


Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679

❗️Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#10_savol

Bu roman insonning tabiat bilan uyg‘unlikda ma’naviy tiklanishi haqida. Asar 28 yoshli, yorklik dengizchining boshidan kechirgan qiziqarli sarguzashtlari haqida hikoya qiladi.

Savol: 1719-yil aprelida ingliz yozuvchisi tomonidan nashr etilgan asarni yozib bering?

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#9_savol

Amerika hindulari yevropaliklar tashrif buyurganga qadar undan bexabar bo‘lishgan, uning o‘rniga esa garmdoridan foydalanishgan. Papuaslar dengiz suvida ivitilgan yog‘och bo‘laklarini yoqib, kulini uning o‘rnida ishlatishgan.

Savol: U nima ekanligini yozib bering?

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#8_savol

Osiyo qit’asidagi ushbu davlat gerbida xurmo daraxti va vertikal tarzdagi ikkita qilich tasviri joylashgan. Ikki qilich 1926-yilda birlashtirilgan Hijoz Shohligi va Najd Sultonligining qaramliklarini anglatadi.

Savol: Gap qaysi davlat gerbi haqida borayotganligini yozib bering?

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#7_savol

“Reallikka ko‘chgan afsonalar” nomli maqolada Buqa ko‘rinishidagi Minotavrning uyida aynan ushbu italyan avtobrendi mahsulotini koʻrish mumkin.

Savol: Qaysi?

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#6_savol

O‘rta asrlarda Fransiyada bu so‘z “uzun shamshir” ma’nosini bergan. Hazilga ko‘ra, Rossiyada bu so‘z “yelvizak”ni anglatar ekan.

Savol: Chexovda ham shu nomdagi asar borligini eslagan holda, bu so‘zni yozib bering?

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#5_savol

Ushbu inshoot joylashagan davlatda avtomobil tutunidan havoning ifloslanishi yuqori darajada bo‘lganligi sababli mashinangizni inshootdan kamida 500 metr uzoqda qoldirishingiz so‘raladi. Bundan tashqari inshoot ustidan samolyot va vertolyotlarning uchishi ham taqiqlangan.

Savol: Bizga gap Osiyodagi qaysi inshoot haqida borayotganini yozib bering?

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#4_savol

Zahiriddin Muhammad Bobur 1519-yilda Afg‘onistonda ekanligida o‘g‘il farzandli bo‘lganini eshitib, unga bir ism beradi. Bu ism keyinchalik ijobat bo‘lib, Bobur Mirzo o‘zi ko‘zlagan maqsadga yetadi.

Savol: Boburning bu o‘g‘li qanday ism olgan?

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#3_savol

Uni eksport uchun yuborishayotganida xom bo‘ladi, sababi pishgani yuborilsa, manzilga yetmay aynib qolishi mumkin. 2010-yilda chiqqan bir multfilmda esa multqahramonlar bir guruhi o‘zlariga o‘xshab ketadigan U ni talashishlariga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Savol: U nima?

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#2_savol

Tibbiyotda “bu holat”ning vujudga kelishiga dorilardan notoʻgʻri foydalanish, surunkali va irsiy kasalliklar, gormonal o‘zgarishlar, psixo-emotsional beqarorlik, doimiy stress va boshqa koʻpgina omillar sabab boʻlishi aytiladi. Bir oʻzbek filmida uka akasida “bu holat” kuzatilishi sababini soʻraganida, otasi akasining armiyada ekanligi bilan izohlaydi.


Savol: Siz bizga “bu holat”ni aniq toping?

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

Javob yozish uchun 2 daqiqa vaqt!

Javoblarni guruhga yo'llaymiz.
Birinchi topilgan tog'ri javob kanalda e'lon qilinadi!

Guruhimiz 👉 @BuxDU_talabalar_fikri

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

22:00 da start beramiz🤗

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

Qoʻllarizni duoga ochganda, shu konditsionerni, xullas sovutgichlarni ixtiro qilgan odamni duo qilish esdan chiqib qolmasin.😢

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Ezgulik

     "Ezgulik" gazetasining 2024-yil 12-sonida Buxoro davlat universiteti Yoshlar yetakchisi Feruz Karimovning “O'ZBEKISTON - YOSHLAR MAMLAKATI” nomli maqolasi nashr etildi.

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

1️⃣1️⃣1️⃣

Erkaklar oʻrtasida Oʻzbekiston milliy chempionatining 3-tur bahslari Toshkent shahridagi JAR sport majmuasida boʻlib oʻtmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada BuxDU jamoasi ham munosib ishtirok etmoqda.

BuxDU voleybol jamoasi 3-tur bahslarini 3:1 hisobida IIVning Semurg' jamoasi ustidan gʻalaba bilan boshladi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

◼️Javob◼️

“Robinzon Kruzo”

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

◼️Javob◼️

Tuz

Qabul: NaCl, Osh tuzi.

Izoh: Hindular ovqatga maza berish uchun tuz o‘rniga qalampirdan foydalanishgan. Papuaslar esa dengiz tuzini shimga yog‘och kulini tuz o‘rnida ishlatishgan.

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

◼️Javob◼️

Saudiya Arabistoni

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

◼️Javob◼️

Lamborgini

Izoh: Lamborghini logotipida ham buqa tasvirini ko‘rish mumkin.

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

◼️Javob◼️

Duel

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

◼️Javob◼️

Toj-Maxal

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

◼️Javob◼️

Hindol.

Izoh: Hindistonni olishni niyat qilgan

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

◼️Javob◼️

Banan.

Minionlar multfilmida Minionlar banan talashishgan sahna yodingizda bo‘lsa kerak.

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

◼️Javob◼️

Sochlarning sekin oʻsishi

Izoh: Sabablarning barchasi sochning sekin oʻsishiga olib keladi. Film esa "Abdullajon”.

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

◼️Javob◼️

Ko‘zgu

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#1_savol

Bugungi kunda deyarli hammaning xonadonida bor bo‘lgan bu buyum xitoyliklar nazaricha kelajakni bashorat qiladi.

Savol: Qaysi buyum haqida gap ketyapti?

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

Onlayn Zakovat oʻynaymizmi? 😄

Rozilar qoʻlini koʻtarsin 😁🙋‍♂

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

📺📺 #Buxoronoma

"Buxoronoma" gazetasining 2024-yil 55-sonida Buxoro davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Azizbek Amonovning “BIR BO‘LSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ!” yoxud yangi O‘zbekiston – totuvlik va do‘stlik diyori!” nomli maqolalarini o‘qishingiz mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

Савол:

Мен ҳозир талабаман. Хомиладорман. Яқинда фарзандли бўлишим керак. Мен ўқиш жойимдан хомиладорлик ва туғруқ таътилига қандай тартибда чиқсам бўлади?

Жавоб:

Ҳозирги холатда сизга олийгоҳ томонидан академик таътил берилади. Академик таътил тўғрисида тушунтириб ўтамиз:

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 3 июндаги 344-сонли Қарорининг 1-иловаси 1-бандида олий таълим муассасалари талабаларига академик таътил қандай ҳолларда берилиши белгиланган.
Улар:
ҳарбий хизматни ўташ учун;
саломатлигини тиклаш учун;
ҳомиладорлик ва туғиш учун;
болаларни парвариш қилиш учун;

оиласининг бетоб аъзосини (отаси, онаси ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар, турмуш ўртоғи, фарзанди) парвариш қилиш учун.


Академик таътил олиш учун талаба (соғлиғи ҳолатига кўра талаба шахсан мурожаат этиш имкониятига эга бўлмаса, унинг ота-онаси ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар ёки турмуш ўртоғи) томонидан олий таълим муассасаси ректори (директори) номига ариза билан мурожаат қилиши керак бўлади.

Аризага қуйидаги ҳужжатлар илова қилинади:
ҳарбий хизматни ўташ учун — тегишли туман (шаҳар) мудофаа ишлари органларининг талабани ҳарбий хизматга чақириш ҳақидаги чақирув қоғози;
саломатлигини тиклаш, ҳомиладорлик ва туғиш, шунингдек, болаларни парвариш қилиш учун — талаба доимий тиббий назоратда турган тиббиёт муассасаси хулосаси;
оиласининг бетоб аъзосини парвариш қилиш учун — оиласининг бетоб аъзоси доимий тиббий назоратда турган тиббиёт муассасаси хулосаси.


Ҳомиладорлик ва туғиш, шунингдек, болаларни парвариш қилиш учун академик таътилда бўлган талабалар камида кейинги ўқув йилининг талаба томонидан тўлиқ ўзлаштирилмаган семестри бошланиши муддатига ўқишга қайтиши мумкин.

Демак сиз ҳозирда, аризангизга юқорида кўрсатилган тегишли ҳужжатни илова қилган холда олийгоҳ раҳбарига ариза билан мурожаат қилишингиз мумкин. Ва сиз белгиланган ҳомиладорлик ва туғиш, шунингдек, болаларни парвариш қилиш таътиллари муддатига қадар академик таътилга чиқариласиз.
Шуни ҳам билиб қўйиш керак, талабага академик таътил берилиши уни олий таълим муассасасидан четлаштириш деб ҳисобланмайди.
Талабаларга академик таътил даврида стипендиялар тўланмайди.

Экспертимиз: Эъзозабону Мамаризаева

Telegram🚀I Instagram 📷 I yuristkadr">Youtube 🎬

Читать полностью…
Подписаться на канал