🔹Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida "Psixologik va sotsiologik xizmat ko‘rsatish" ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini raqamlashtirish masalasi muhokama qilindi
——————
🔹Бухоро вилояти Ички ишлар бошқармаси бошлиғи полковник Миржамол Миралимов бошчилигида "Психологик ва социологик хизмат кўрсатиш" илмий-тадқиқот маркази фаолиятини рақамлаштириш масаласи муҳокама қилинди
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#Kino_time
🏛Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi tomonidan siz aziz talabalar uchun!
Choranba kuni, 21-fevral sanasi soat 16:00 da asosiy bino faollar zalida bo'lib o'tadi.
✅ Birgalikda madaniy hordiq olamiz
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#koordinator_faoliyati
Bugun Buxoro davlat universiteti Sport faoliyati va pedagogika fakulteti koordinatori L.Jamilov tashabbusi bilan talaba-yoshlar oʻrtasida sportning shaxmat-shashka sport turi bo’yicha musoboqa tashkil qilindi.
Musoboqada g’olib bo’lgan talabalar munosib taqdirlandi.
#Talabalar_teatr_studiyasi
⚡️Ayni vaqtda Buxoro viloyati musiqali drama va komediya teatrida “Talabalar teatr studiyasi” tanlovining 2-bosqichi bo’lib o’tmoqda.
Buxoro davlat universiteti jamoasi sahnaga chiqish arafasida...
Unda ishtirok etayotgan Buxoro davlat universiteti jamoasiga omad va zafarlar tilaymiz!
👀Bizni kuzatishda davom eting:
🌱Eko volontyorlar hamda atrof-muhitni asrab-avaylashda befarq boʻlmagan tashabbuskorlar diqqatiga!
✅ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi koordinatori tomonidan "Eco-trening"
♻️ Loyiha ishtirokchilari:
✓Kun davomida guruhlarga boʻlingan holda jamoaviy ishlash;
✓Ekotrenerlardan master klass darslarini o'tash va ekologik koʻnikmalarini oshirish;
✓Eco muammolar haqida suhbatlashamiz!
✓Agar faol boʻlishsa Kengashimiz tomonidan tasdiqlangan maxsus sertifikatga ega boʻlish imkoniyatlarini qoʻlga kiritadilar.
🌏Ishtirok etish mutlaqo bepul
📆Oʻtkazilish sanasi: 20-fevral
Murojaat uchun:@narg1za2811
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#BuxDU_yangiliklari
⚡️O‘zbekiston yoshlar ittifoqi rahbariyati yoshlar bilan ochiq muloqot qildi
🇺🇿 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi boshlang'ich tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish bo'lim boshlig'i Quvondiq Hakimov va Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi rahbariyati Oliy va professional ta'lim muassasalaridagi yoshlar yetakchilari bilan ushrashdi.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yangiliklari
🎗Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlar uchun ushbu hafta davomida qanday loyihalar tayyorlanmoqda?
📌 Batafsil infografikada👆
👀Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
Buxoro davlat universiteti talabalar turar-joyida istiqomat qiladigan talaba-qizlar uchun uchun yaratilgan shart-sharoitlar boʻyicha soʻrovnoma tashkil etildi.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_bugun
Qisqacha tayyorlangan video lavha o'zingiz baho bering.
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#BuxDU
Yoshlar bilan ishlashda muammolar...
🔰BuxDU yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy sohaga mas’ullar: departament va bo‘lim boshlig‘i, sektor mas’ullari, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar ishtirokida “Bugun talaba-yoshlar bilan ishlashdagi dolzarb masalalar”ga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
👨💻 Kun tartibidagi: 2023/2024-o‘quv yilida talabalarni o‘zlashtirish natijalari va yuzaga kelayotgan muammolar hamda kiyinish, muomala, darslarni (sababli, sababsiz) qoldirish (davomat), darsdan bo‘sh vaqtini maqsadli tashkil etish, ishlaydigan (rasmiy va norasmiy) talabalarni faoliyatini o‘rganish kabi qator masalalar tahliliy va tanqidiy muhokama qilindi. Shuningdek, turar joylari – TTJ, ijara va hostellarda yashovchi talabalar bilan manzilli ishlab, har bir dekanatning bu borada rektor oldi qilingan ishlar yuzasidan taqdimotlari ko‘rilishidan ogohlantirildi.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
⚡️Zakovat intellektual o'yinining navbatdagi soni ham bahs va munozalarga boy bo'ldi.
✅ O'yin Buxoro davlat universitetining har sohada faol, zukko hamda tashabbuskor talabalaridan tashkil topgan ahil jamoalarni o'z safiga chorladi. Natijalar qanday bo'lishidan qat'iy nazar talabalar o'yinni ko'tarinki ruh va yaxshi kayfiyatda o'tkazishdi.
🎤 O'yinda Buxoro davlat universiteti "Zakovat" koordinatori Anvar Ne'matov tomonidan savollar o'qib eshittirildi.
Savol №8.
Uni kuz fasli va fevral oyida ohakka soz tuproq qo‘shib oqlash tavsiya etiladi. Oq rang quyosh nurining tanaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushish darajasini pasaytiradi. Buning natijasida u kechroq uyg‘onadi. Diqqat savol: Uni yozib bering
Javob: Bodom.
🔹 Buxoro davlat unversitetida O‘zbekistn yoshlar ittifoqi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va oliy ta’lim muassasalariga to‘lov – kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq ishlar Buxoro viloyatida start berildi.
⚜Viloyatdagi oliy ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o'tab, Qo'mondonlik tavsiyanomasiga asosan Buxoro viloyatidagi oliy ta'lim muassasalariga to'lov shartnomasi asosida qabul qilingan talabalarga va “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolariga O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan beriladigan 35%li imkoniyat taqdim qilishdagi o'zgarishlar haqida o’quv-seminar tashkillashtirildi.
📲Bizning sahifamiz:
@buxoroyoshlari_yi
#koordinator_faoliyatidan
#5tashabbus_loyihalari
📚 Talaba-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda Prezidentimizning 5 muhim tashabbusi ijrosini ta'minlash, sportga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida
🎟Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan 5 tashabbus loyihalari doirasida hamda "Sport faoliyati va pedagogikasi" fakulteti koordinatorlari tashabbusi bilan BuxDU miqyosida "Soccerball" mini-futbol start oldi.
Ilk bahsda Tabiiy fanlar fakulteti va Sport faoliyati va pedagogikasi fakultetlari jamoalari bahs olib bordi.
Qiziqarli tarzda bo'lib o'tgan ilk uchrashuvda Sport faoliyati va pedagogikasi fakulteti Tabiiy fanlar fakulteti jamoasi ustidan 7:6 hisobida g'alabaga erishdi
"UCH AVLOD UCHRASHUVI"
🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi, Mudofaa vizirligi xuzuridagi jamoatchilik kengashi faxriylari va Respublika ma’naviyat va ma'rifat markazi Buxoro shahar bo'linmasi bilan hamkorlikda Buxoro davlat universitetida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari Qalqon jamoatchilik guruhi a’zolari va talaba yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi.
🔰Tadbir davomida O‘zbekiton yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari va O‘zbekiston sport ustasi, Islom Karimov nomdagi davlat stipendya sohibi tomonidan yoshlarga Tinchlikning naqadar ulugʻ neʼmat ekanligi, Bu kungi kunda yoshlar uchun yaratilgan imkonyatlar va yoshlarning sport sohasidagi o‘rinlari va “Vatanparvarlik” atalmish oliy tuygʻu, haqida atroflicha tushunchalar berildi.
✅ Uchrashuvda qahramonlarimiz tomonidan talaba yoshlarga qarata aytilgan tarbiyaviy o‘gitlar va hayotiy tajribalar yoshlarga motivatsiya bag‘ishladi.
📲Bizning sahifamiz:
@buxoroyoshlari_yi
#BuxDU_yangiliklari #Talabalar_teatr_studiyasi
🎬Buxoro davlat universitetining Fitrat talabalar teatr jamoasi atoqli yozuvchi Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romani asosida sahnalashtirilgan, Qirg`iziston Xalq yozuvchisi Sultan Rayev qalamiga mansub, Abdug`ani Abdug`afurov tomonidan tarjima qilingan "Ovsar" dramasini namoyishi to'liq formatda tomosha qiling👆
👀Bizni kuzatishda davom eting:
#NEWS
Buxoro davlat universitetida "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi
📹 Videoni YouTube'da ko'rish
@buxdu_uz
#BuxDU_yangiliklari #Talabalar_teatr_studiyasi
Buxoro davlat universitetining "Fitrat" talabalar teatr jamoasiga omad tilaymiz!
BuxDU hamisha birinchi!
BuxDU hamisha oldinda!
BuxDU betakror!
👀Bizni kuzatishda davom eting:
#Diqqat_tanlov
#Koordinator_faoliyati
🍀Agronomiya va biotexnologiya fakultetining go'zal va iqtidorli talaba-qizlari uchun maxsus tanlov "BALLI QIZLARJON" endi fakultetimizda.
#mafiya
Breaking news!
🎭 "MAFIYA" o'yinining navbatdagi soni!
O'yinimiz BuxDU 7-TTJda yashovchi talabalar o'rtasida bo'lib o'tadi!
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#talaba_qizlar
Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan "Lider qizlar" klubida sizlarni kutib qolamiz!
Aziz, qizlarjon ushbu klub sizga
✓"Mohir qoʻllar" toʻgaragiga ishtirok etishga
✓Ilmiy izlanishlar borishingiz uchun imkon yaratadi.
Xullas, qizlarjon imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Oddiy xabar deb qabul qilmang.
❄️Aссалому алайкум. Душанба тонги муборак бўлсин.
🤲Соғ–саломат уйғотган Роббимизга хамдлар бўлсин!
❄️Аллоҳим тонгингизни нурафшон,
❄️Кўнглингизни хотиржам,
❄️Чеҳрангизни нурли қилсин.
❄️Танангизни саломатлик,
❄️Юзингизни эсa табассум безаб турсин!!
❄️Бахт,омад, муваффақият, меҳр-муҳаббат ҳамиша ҳамрохингиз бўлсин!!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#dayjest 12-17.02.2024
11. 📌
Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan "Mafiya" o'yinining ilk o'yini Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yo'nalish va fakultet koordinatorlari o'rtasida bo'lib o'tdi.#BuxDU #Marifatparvarlik_oyi
#Yangi_loyiha #chellenj
BuxDU "Men bitirgan maktab" loyihasini boshladi!
Buxoro davlat universiteti rektori "Yangi O‘zbekiston - maktab ostonasidan boshlanadi" bosh g‘oyasi ostida universitet tashabbusi bilan amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan "Men bitirgan maktab" loyihasi doirasida G‘ijduvon tumanidagi 1-sonli maktabga tashrif buyurdi.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
🇺🇿 Muddatli harbiy xizmatni (armiya) o’tab, tavsiyanomani(ligota) qo’lga kiritgan, bakalavr yo’nalishiga kontrakt asosida o’qishga kirgan talabalarni 35% kontrakt toʻlovini Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan toʻlab beriladi ✔️
📍Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo'lsangiz Oliy ta’lim muassasangiz Boshlang'ich tashkiloti Yoshlar yetakchisiga murojaat qiling!
✉️Kontrakt to‘lovining 35% qismining to‘lovi bo‘yicha imtiyozni qo‘lga kiritish masalalari yuzasidan oliy ta'lim Yoshlar ittifoqi Kengashi a‘zosi, "Harbiy vatanparvarlik loyihalar" yo‘nalishi koordinatoriga murojaat qiling.
📲Bizning sahifamiz:
@buxoroyoshlari_yi
#Tadbirkor_va_yoshlar
⚡️Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlarni bandligini ta'minlash va ularni kasb hunarga qiziqtirish maqsadida "Koworking" xonasida "Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi.
👉Ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan tadbirkor Sarvinoz Akramova o'z bilim ko'nikmalarini talabalar bilan o'rtoqlashdi. Talabalar o'zlarini qiziqtirirgan savollarga javob olishdi.
#mafiya
🎉 Xabar berganimizdek, Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan "Mafiya" o'yinining ilk o'yini Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yo'nalish va fakultet koordinatorlari o'rtasida bo'lib o'tdi.
Qiziqarli tarzda bo'lib o'tgan ilk uchrashuv, keyingi haftalardan bosqichma bosqich fakultetlar miqyosida bo'lib o'tadi.
#Marifatparvarlik_oyligi #Orasta_qizlar
⚡️BuxDUda "Marifatparvarlik oyligi" doirasida tadbirlar davom etmoqda...
🏢 Bugun Buxoro davlat universiteti Sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan har sohada faol, pazanda, she'riyatga qiziquvchi qizlar o'rtasida "Orasta qizlarjon" tanlovi o'tkazildi.
#LIVE
#online
⚡️⚡️ “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi”
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida barkamol inson bo‘lib tarbiyalanishiga shaxsiy namuna sifatida hissa qo‘shishdan iborat "Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” loyihasi doirasida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov tashabbusi asosida G'ijduvon tumanidagi 1-son umumta`lim maktabida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o'tdi. Kuy-qo'shiqlar, sahna ko'rinishlari, she'rlar bilan yuqori kayfiyatda o'tkazilgan tadbir mehmonlar va mezbonlarda chuqur taassurot qoldirdi.
👀Bizni kuzatishda davom eting: