#qulaylik
📌 Kontraktingizni banklarda navbatda turmasdan to'lang
📱Buning uchun PayMe to'lov tizimida "To'lovlar" sahifasiga kiring.
1. "Ta'lim" bo'limidan
"Оплата за ВУЗы"ni tanlang.
2. JSHSHIR raqami hamda
to'lov summasini kiriting va to'lovni amalga oshiring.
Bunda "Tafsilotlar" tugmasini bosish orqali shartnoma bo‘yicha oxirgi to'lov summasini va qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin.
PayMe mobil ilovasi orqali talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to‘lov qilishlari mumkin.
✅ Shuningdek shartnoma to'lovini
🔸my.gov.uz portali orqali hamda
🔸Zoomrad mobil ilovasi orqali ham komissiyasiz (0%) onlayn to'lash imkoniyati mavjud
Kanalga obuna bo’ling⤵️
/channel/OTM_Minbari
#Tanishtiruv_haftaligi
⚡️"Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz" shiori ostida o'tkazilayotgan "Tanishtiruv haftaligi" loyihasi davom etmoqda...
📌 Bugungi targ'ibot jarayonlari universitetning Jurnalistika yo'nalishi talabalari bilan bo'lib o'tdi.
➡️ Suhbat davomida universitet Axborot xizmati bo'limi mutaxassisi B.Bafoyev tomonidan talabalarga media volontyorlar safiga qo'shilish hamda universitetda amalga oshirilayotgan tadbir, tanlov, loyiha va press-turlar haqida ma'lumotlar berib o'tildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#futzal
#koordinator_faoliyati
🏆 Joriy yilning 14-sentabr kuni futzal bo'yicha jahon chempionatiga start berildi. Futzal musobaqasida Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti koordinatorlari ham faol ishtirok etishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#Leader_month #Tanishtiruv_haftaligi
⚡️"Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz" shiori ostida o'tkazilayotgan "Tanishtiruv haftaligi" loyihasi davom etmoqda...
📌Bugungi targ'ibot jarayonlari universitetning Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabalari bilan bo'lib o'tdi.
➡️ Suhbat davomida universitet yoshlar yetakchisi F.Karimov hamda Marketing va karyera bo'limi bosh mutaxassisi O. Sharipov tomonidan talabalarga boshlang'ich tashkilot safiga qo'shilish hamda ijtimoiy faol, lider yoshlar uchun qanday imkoniyatlar mavjudligi borasida tushunchalar berib o'tildi.
😮 "Tanishtiruv haftaligi" loyihasi boshqa fakultetlar talabalari bilan ham davom etadi...
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
⭐️Yangi o'quv yili boshlanganligi munosabati bilan Buxoro davlat universiteti talabalar turar joyida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan "Zakovat" intellektual o'yinining ilk soni o'tkazildi.
Natijalar esa quyidagicha qayd etildi:
🥇 Narshaxiy jamoasi;
🥈 Diplomatlar jamoasi;
🥉 Silent jamoasi.
⚙️ Qiziqarli savol-javoblarga boy bo'lgan bilimlar bellashuvida barcha jamoalar oʻz faolliklarini namoyon etishdi.
#buxduyoshlari #talabaminbari #yoshlarittifoqi
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU #Qalqon
📌 Ikki karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Sherzod Namozov Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Buxoro viloyati miqyosida o'tkazilgan ushbu tadbir jarayonlarni tashkil etish va bjshqarishda BuxDU Yoshlar ittifoqi tarkibida tashkil etilgan "Qalqon" jamoasi faol ishtirok etishdi.
@BuxDU1prorektori
#Leader_month #Tanishtiruv_haftaligi
⚡️"Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz" shiori ostida o'tkazilayotgan "Leader_month" (tanishtiruv haftaligi) davom etmoqda...
📌 Bugungi targ'ibot jarayonlari universitetning Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan bo'lib o'tdi.
➡️ Suhbat davomida universitet yoshlar ittifoqi koordinatorlari hamda Marketing va karyera bo'limi bosh mutaxassisi O. Sharipov tomonidan talabalarga boshlang'ich tashkilot safiga qo'shilish hamda ijtimoiy faol, lider yoshlar uchun qanday imkoniyatlar mavjudligi borasida tushunchalar berib o'tildi.
😮 Tanishtiruv haftaligi boshqa fakultetlar talabalari bilan ham davom etadi...Читать полностью…
‼️ TANLOV
Respublikamizdagi barcha oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar o'rtasida o'tkazilayotgan "ENG FAOL YIL TALABASI" tanlovini e'lon qilamiz.
📣Tanlovda quyidagi nominatsiyalar bo'yicha nomzodlar qabul qilinadi:
🔻Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi
🔻Yilning eng targ'ibotchi talabasi
🔻Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi
🔻Yilning eng faol sportchi talabasi
🔻Yilning eng faol iqtidorli talabasi
🔻Yilning eng faol ijodkor talabasi
🔻Yilning eng faol tadbirkor talabasi" (xotin-qizlar uchun)
Tanlovning universitet bosqichi 2- turda o'tkaziladi:
1. Fakultet bosqichi - 20-25-oktabr (fakultetning yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlari qabul qiladi)
2. Universitet bosqichi - 6-10-noyabr (Axmedova N)
https://telegra.ph/Eng-faol-yil-talabasi-tanlovining-NIZOMI-09-13-2
📍Tanlovga oid savollar uchun BuxDU Klub va to'garaklar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi sektori bosh mutaxassisi Axmedova Nodiraga murojaat qilishingiz mumkin
📞 +998 88 080 39 08
#Tanishtiruv_haftaligi
#Leader_month
"Law Official" sahifasi
Endilikda kanalimizda siz quyidagi bilimlarga ega bo'lasiz!
Ya'ni:
✅kunlik quiz testlar;
📝huquqiy yangiliklar;
📚Yangi qonunchilik asosida qonunlarni òrganish (lex.uz sayti) +kodeks
🖍huquqiy kònikmalarni shakllantirish;
📒legal english;
Shuningdek,sizlar ham kanal faoliyati bòyicha òz taklif va tashabbuslaringizni kanal kommentariyasida qoldirishingiz mumkin.
Hurmat ila " Law Official" jamoasi!
📮@LawOfficiall
#Reklama_time
#Tanishtiruv_haftaligi
#Leader_month
Javob: Hurmat ko‘rsatgan.
Tansoqchi ochiq derazada chekayotgan bo'lgan, Botirni kelayotganini ko'rgach tansoqchi sigaretini uloqtirib o'zini tutib oladi(boshliq uchun tavoze). Buni sezgan snayperchi o'sha derazaga nishonni to‘g‘irlab Botirni o'tishini kutadi va nishonni bexato uradi.
Snayper binodan turib boshqa bino ichidagi mo'ljaldagi Botirni yurib kelayotgan vaqtda ochiq derazada otib o'ldirdi. Botir derazaga kelguniga qadar snayperchi nishonni kuzatmagan, sababi devor ortida ko'rmagan. Snayperchiga o'ldirishi uchun esa Botirning bino tansoqchilardan birining bir harakati yordam beradi. Tansoqchi nima qilgan.
Javob
/channel/BuxDU_talabalar_fikri
TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT
✔️Kredit miqdori: 1-kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorigacha ajratiladi.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).
✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga.
✔️Foizi: 🧑🏻🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 13,5% — 2024-yil 10-sentyabr holatiga);
👩🎓qizlar uchun - foizsiz (0%);
✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).
✔️Kimlarga beriladi:
✅ faqat kunduzgi taʼlim shakliga
✅ bakalavr (shu jumladan ikkinchi mutaxassislik) yoki magistrga
✅ to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan
✅ yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.
✔️Quyidagilarga berilmaydi:
❌ super-kontrakt uchun;
❌ sirtqi;
❌ kechki;
❌ masofaviy;
❌ maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi.
✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy
✅ oliy;
✅ o‘rta maxsus;
✅ professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari
✅ yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi.
❌ Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi.
❌ HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi.
✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas).
✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin.
✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) ariza;
b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
d) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
e) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa);
f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.
✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi.
✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli.
✔️Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, quyidagi 2 usul orqali onlayn ariza yuborish ham mumkin:
1) https://talim-krediti.mf.uz sayti;
2) Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/oz/service/677).
Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin.
Kanalga obuna bo’ling⤵️
/channel/OTM_Minbari
Texnik nosozlik boʻldi
Xabaringiz bor, aynan bizning kanalda har bir oʻquv yilidan doimiy ravishda ovozli chatlar oʻtkaziladi.
Aynan qanaqa mavzu qiziq.
Hamma fikrini qoldirishi mumkin.
Qaysi kun sizga maʼqul!Читать полностью…
🔹 "Insta Challenge" davom etmoqda...
⭐️ Yulduzli kechada boʻlishni xohlaysizmi?
✅ Bugun, 13:30 dan boshlab Buxoroi sharifning «Labi hovuz» ansamblining old qismidan Oʻzbek sanʼati vakili Shohruhxon hamda "Comedy.uz" loyihasi muallifi Mirshakar Fayzullayev bilan birga oʻtadigan yulduzli kechaga taklif qilamiz!
Shuningdek, 15-sentyabr
19:00 da Buxoro shahrining Shahriston maydonida (Ark qalasining orqa tomonida) konsert dasturi boʻlib oʻtadi.
📌 Konsertga kirish bepul
#BuxDU_yangiliklari
🎧 Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida maxsus "BuxDU Party" konsert dasturi bo'lib o'tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Tanishtiruv_haftaligi
#Leader_month
➖ Buxoro davlat universitetiga qabul qilingan 1-bosqich talabalarining ta'lim muassasasi hayotiga tezroq moslashuviga ko'mak berish, universitetda yoshlar uchun yaratilgan loyiha va tanlovlar, imtiyozlar bilan ularni yaqindan tanishtirish maqsadida "Bir bo'lsak-yagona xalqmiz, birlshsak-vatanmiz" shiori ostida "Leader month" loyihasi
🟩🟩🟩
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi ta’lim muassasalari pedagog xodimlari va talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!
🗣Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
🔹1) Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi;
🔹2) Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra;
🔹3) Eng yaxshi tyutor;
🔹4) Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi;
⚡️Talabalar uchun:
🔹5) Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar 18-sentyabrga qadar Klub va to'garaklar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi sektoriga ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin.
Murojat uchun: N.Axmedova(tel: 88.080-39-08)
📌 Batafsil tanlov nizomi