bdu_yoshlar_ittifoqi | Неотсортированное

Telegram-канал bdu_yoshlar_ittifoqi - BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

3725

BuxDU Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkilotining rasmiy kanali. Matbuot kotibi: @Bekzod_bioximik Murojaat boti: @YoshlarIttifoqigaMurojaat_bot Facebook: @BDU_Yoshlar_ittifoqi You tube: @buxduyoshlarittifoqi Instagram: @buxdu_yoshlar_ittifoqi

Подписаться на канал

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#koordinator_faoliyatidan

✨ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti Xorijiy tillar fakulteti koordinatori Y. Mustaqimov tomonidan fakultet tyutori Rahmonova Lola Tolibovna bilan hamkorlikda talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning ahvolini o'rganish hamda ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida bir qator loyihalar tashkil etildi.

✅ Bizni kuzatishda davom eting!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yangiliklari

🎗Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlar uchun ushbu hafta davomida qanday loyihalar tayyorlanmoqda?

📌 Batafsil infografikada👆

📲 BuxDU Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va do‘stlarga ham ulashing:

Telegram | buxduyoshlarittifoqi">YouTube | Instagram l Facebook

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yangiliklari

⚡️ Rektor va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

@buxdu_uz

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_rektori

⚡️ Buxoro davlat universiteti rektoriga biriktirilgan 18 nafar yoshlar bilan uchrashuv va muloqotlar davom etmoqda...

📌Joriy yilning 27-aprel kuni universitet rektori o'ziga biriktirilgan G'ijduvon tumanidagi "Bobur" hamda "Beshtuvo" mahalla fuqarolar yig'inida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashdi.

✍️ Uchrashuv davomida avvalo yoshlarni kasb-hunar, fan, chet tillariga o'qitish, bandligini ta'minlash bilan bog'liq asosiy muammolari o'rganildi hamda vatanparvarlik va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga doir tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha kelishib olindi.

🔥Shuningdek, yoshlarning muammosi va takliflari eshitildi. Universitet rektori tomonidan ushbu yoshlarning o'zlarini o'qish va ishlarini davom ettirishlari bilan bog'liq ijobiy takliflar berilib, kitoblar sovg'a qilindi.

@buxdu_uz
@buxdu_rektori

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yangiliklari

🎧 Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "BuxDU Party" konsert dasturining navbatdagi soni bo'lib o'tdi.


#party #yoshlar_kechasi #ttj_hayoti

Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_Fizika_matematika
#5_tashabbus_forumi

   
Buxoro  davlat  universiteti Fizika-matematika  fakultetida Besh tashabbus doirasida jarayonlari so’ngi forum kuni bo’lib o’tdi.


Bizni kuzatishda davom eting

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

6-2 uzb 23 guruh talabasi
Aminova Sevinch

Tyutor: Oripova.Sh.N

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Muhammad_Yusuf
#tavalludining_70yilligi

🎗Agronomiya va biotexnologiya fakultetida bo'lib o'tgan "Tug'ilmagan qo'shiqlarim sizdan uzur..." nomli tadbirdan lavhalar

Afsusdan egildi boshlar ham,
Sog`inib uyildi qoshlar ham.
Firoqdan dengizdir yoshlar ham,
Unutmoq osonmas sizlarni.

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

💧 “Ayol va siyosat”

“Siyosatga marhamat”
loyihasi doirasida deputat ayollardan navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi.

✓Ushbu darslarda Buxoro viloyatida mavjud boʻlgan Oliy taʼlim muassasalaridan vakillar ishtirok etishdi. Jumladan, Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti aʼzolari ham oʻz faolliklarini koʻrsatishdi.

Bizni kuzatishda davom eting

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

Buxoro davlat universiteti Agronomiya va biotexnologiya fakultetida 26-aprel Muhammad Yusuf tavalludiga bag'ishlab "Aytilmagan qo'shiqlarim sizdan uzur..." nomli bayram tadbiri bo'lib o'tdi.


Tadbirda talabalar tomonidan kuy-qo'shiqlar,sahna ko'rinishlari va raqslar ijro etildi.

Umrning har kuni bayrammas, to'ymas,
O'char oqshomi bor oldinda chiroq.
Ko'ylagingga qarab jannatga qo'ymas,
Ajrim bo'lar bir kun savob-u gunoh.
Cho'yan doshqozonga shayton o't qalar,
Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar...


Bizni kuzatishda davom eting...
@BDU_YOSHLAR_ITTIFOQI
@BuxDU_agro_uz

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#Muhammad_Yusuf
#tavalludining_70yilligi

Men dunyoni nima qildim,
O‘zing yorug‘ jahonim,
O‘zim xoqon, O‘zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg‘izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim…
Muhammad Yusuf

26-aprel O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

Shoirning o‘lmas satrlari, qo‘shiqqa aylanib qalblarga kirgan she’rlari, uning boladek beg’ubor qalbidan yangragan ovozi va dunyolarga sig‘may qog‘ozlardan joy olgan inja ijod mahsullarini hech bir o‘zbek unutmaydi!

Bizni kuzatishda davom eting...

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yangiliklari

✨Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi hamda Ekolog jamoat birlashmasi Buxoro viloyati koordinatorlari N.Amonov, N.No'monovalar tashabbusi bilan ekologiya va atrof muhitga qiziquvchi talaba-yoshlarga  "Plogging: yoshlar o‘rtasida zamonaviy ekologik madaniyatni yuksaltirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

🍃 Seminar-trening bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

♻️ Treningdan soʻng ishtirokchilar bilan birgalikda Buxoro shahri Yoshlar bog’ida plogging marafoni oʻtkazildi.

🌿 Yakunda barcha ishtirokchilar faol ishtiroki uchun sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

🌳Tabiat, atrof-muhit muhofazasi barchamiz uchun burchdir.

#Plogging #eko_faol_yoshlar

Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#qopqon
#koordinator_faoliyatidan
#besh_tashabbus_loyihalari

🎭 Ana'anaviy tarzda bo'lib o'tayotgan "QOPQON" o'yinining navbatdagi soni Sport faoliyati va pedagogikasi fakultetida bo'lib o'tdi!

✨ Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti Besh tashabbus loyihalari koordinatori Firdavs Jo'rayev va Sport faoliyati va pedagogikasi fakulteti koordinatori Lazizbek Jamilov hamkorligida fakultet talabalari o'rtasida o'yinning navbatdagi soni tashkil etildi.


✅ O'yin ajoyib voqealarga boy bo'ldi va talabalarda katta ta'surot qoldirdi!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#Kino_time

🏛Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tomonidan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida bugun 25-aprel sanasi soat 16:30 da "KINO TIME" loyihasi galdagi soni BuxDU bosh bino faollar zalida bo'lib o'tadi.


✅ Galdagi sonimiz o'zgacha hamda sovg'alarga boy bo'lishi bilan avvalgi sonlarimizdan ajralib turadi!

✍️Siz qanday kino namoyishi etilishini xohlaysiz izohlarda qoldiring...

Bizni kuzatishda davom eting...
@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#koordinator_faoliyatidan
#besh_tashabbus_loyihalari

🎊 Xabar berganimizdek, Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti Besh tashabbus loyihalari koordinatori F. Jo'rayev tomonidan yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tqazish maqsadida sportning stol tennis turi bo'yicha universitet ochiq chempionati tashkil etildi.


👑 Qizg'in va murosasiz kechgan bahslarda:

1-o'rin: Zaripov Komil (Iqtisodiyot fakulteti)
2-o'rin: Jo'rayev Asadbek (Axborot texnologiyalari fakulteti)
talabalari faxrli o'rinlarni qo'lga kiritishdi.

✅ Bizni kuzatishda davom eting!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yoshlar_ittifoqi

YOSHLAR-MAMLAKAT  TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI  


🔹 Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi, Marketing va Karyera boʻlimi hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Buxoro viloyati Kengash hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston - 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan  davra suhbati bo’lib o’tdi.

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

DIQQAT!!!
Talabalar va professor-o'qituvchilar o'rtasida oliy ta'lim muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash bo'yicha talabalar va professor o'qituvchilar o'rtasida so'rovnoma boshlandi!

Ushbu so'rovnoma barcha davlat oliy ta'lim muassasalarining talabalari va professor-o'qituvchilari uchun bo'lib,
survey.hemis.uz sayti orqali HEMIS platformasidagi login-parolini kiritishi bilan so'rovnomada o'z fikrini bildirishlari so'raladi.

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#dayjest 15-27.04.2024


#BUXDU_YOSHLAR_ITTIFOQI

⚡️#Hafta_yangiliklari

1. 📌 Sport faoliyati va pedagogika fakultetida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.

2. 📌 Agronomiya va biotexnologiya fakulteti koordinatori M.Raxmadova tashabbusi bilan "Zukko kitobxon" ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi.

3.📌 Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti hamda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Buxoro viloyat kengashi hamkorligida "Bexato yoz" loyihasi o'tkazildi.

4. 📌 "Temuriylar hayotidan" nomli onlayn tanlov g'oliblari taqdirlandi.

5. 📌 BuxDU jamoasi haftaning har juma kuni bo'lib o'tadigan "Ziyorat velomarafoni" ning navbatdagi manzili tomon yo'l olishdi.

6. 📌 Buxoro davlat universitetida "Lider qizlar" klubi o'z faoliyatini boshladi...

7. 📌 Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida Besh tashabbus doirasida jarayonlar davom etmoqda.

8. 📌 Bilimga chanqoq, zukko  talaba-yoshlar uchun tashkil etilgan "Zukko kitobxon" intellektual o'yini qizgʻin davom etmoqda.

9. 📌 Besh tashabbus loyihalari koordinatori F.Jo'rayev tomonidan yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tqazish maqsadida sportning stol tennis turi bo'yicha universitet ochiq chempionati tashkil etildi.

10. 📌 REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI.

11. 📌 Axborot texnologiyalari fakulteti 1-1DIK-21 gurihi 3-bosqich talabasi Umirov Jahongirning darsdan tashqari bo'sh vaqtidagi faoliyati bilan tanishib chiqildi.

12. 📌 Ana'anaviy tarzda bo'lib o'tayotgan "QOPQON" o'yinining navbatdagi soni Sport faoliyati va pedagogikasi fakultetida bo'lib o'tdi.

13. 📌 N.Amonov, N.No'monovalar tashabbusi bilan ekologiya va atrof muhitga qiziquvchi talaba-yoshlarga  "Plogging: yoshlar o‘rtasida zamonaviy ekologik madaniyatni yuksaltirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

14. 📌 Axborot texnologiyalari fakulteti kordinatori J.Sevinova tomonidan yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida sportning shaxmat va shashka turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

15. 📌 "Siyosatga marhamat" loyihasi doirasida deputat ayollardan navbatdagi mahorat darsi bo'lib o'tdi.

16. 📌 El suygan shoir Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag’ishlab BuxDU yoshlar ittifoqi jamoasi tomonidan chellenj tashkil etildi.

17. 📌 Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida Besh tashabbus doirasida jarayonlari so'ngi forum kuni bo'lib o'tdi.

18. 📌 Bizning jamoa qizlarga sovundan gul tayyorlash yoʻnalishida o'z mahoratlarini ulashishmoqda.

19. 📌 Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "BuxDU Party" konsert dasturining navbatdagi soni bo'lib o'tdi.

20. 📌 Xorijiy tillar fakultetida "Munozara" intellektual turnirining fakultet bosqichi o'tkazildi.

21. 📌 Buxoro davlat universiteti rektoriga biriktirilgan 18 nafar yoshlar bilan uchrashuv va muloqotlar davom etmoqda...

📲 BuxDU Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va do‘stlarga ham ulashing:

Telegram | buxduyoshlarittifoqi">YouTube | Instagram l Facebook

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#Munozara_fakultet_bosqichi

⚡️ Buxoro davlat universitetining Karyera markazida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetida mantiqiy va mustaqil fikrlaydigan, qat'iy hayotiy pozitsiyaga ega bo'lgan, mohirona munozara olib boradigan talaba-yoshlari o'rtasida "Munozara" intellektual turnirining fakultet bosqichi  o'tkazildi.


📌 Unda ishtirok etgan "Genius girls" jamoasi keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi:

✨ Gʻolib jamoaga keyingi bosqichda omad tilab qolamiz!

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yoshlar_ittifoqi

Har sohadan bir shingil deganlaridek endi bizning jamoa yangi yoʻnalishda.

⚡️Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi jamoasining iste'dodli qizlari tomonidan universitetimizda tahsil olayotgan talaba-qizlarni turli hunarlarga jalb qilish maqsadida "Lider qizlar" nomli klub faoliyatini yoʻlga qo'yishgan. Ushbu klubda qizlar turli xil yoʻnalishlarni oʻrganishlari mumkin.


📌 Bugun, bizning jamoa qizlarga sovundan gul tayyorlash yoʻnalishida o'z mahoratlarini ulashishmoqda.

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

🇺🇿 "Tozalik o'yinlari"ning bir qismiga aylaning!

Ko'pchilik qatnashishni istagan loyihaga endi buxorolik faollar ham qatnashishi mumkin. Shartlar esa juda oson:

O'zingizga 3 kishidan iborat jamoa tuzing. Ro'yxatdan o'qish uchun @nargiza_karimovna29 profiliga yozing.

➡️Ishtirok etish uchun:

1. Koordinator ro‘yxatdan o‘tishi (3 kishilik jamoasi bilan);✔️
2. Termos yoki krujkaga ega bo‘lish;✔️
3. Qulay kiyim-kechakda bo‘lish;✔️
4. Bosh kiyimga ega bo‘lish;✔️
5. 2 kg ijobiy kayfiyatni o‘zi bilan olib kelishi kerak✔️

Ro'yxatdan o'tishning oxirgi muddati: 27-aprel, 23:59

🇺🇿 Manba

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Audioshèr
#obunachilarimizdan

Kapalaklar odamlardan mehribon...🦋😔

✍Muhammad Yusuf
🎙Nilufar Halimova
BuxDU, Xorijiy tillar fakulteti talabasi


📌 26-aprel - Muhammad Yusuf tavallud topgan kun...

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yoshlar_ittifoqi

26-aprel O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

⚡️El suygan shoir tavalludining 70 yilligiga bag’ishlab Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi jamoasi tomonidan tayyorlangan chellenj.

Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig‘latgan dostonlaring bor, O‘tmishingni o‘ylab og‘riydi jonim,
Ko‘ksing to‘la shahid o‘g‘lonlaring bor.

                       ✍Muhammad Yusuf she’ri


#Muhammad_Yusuf #chellenj #kun_tarixi

Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Muhammad_Yusuf
#tavalludining_70yilligi

Гарчи зуғум қилганларни ёқтирмадим,
Шеър ёздиму бўлак ишни қотирмадим.
Тилим туриб ўз тилимда гапирмадим,
Бир эсласам эзилади бағри-дилим,
Она тилим, кечир мени, она тилим.

Buyuk shoir Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag'ishlab Agronomiya va biotexnologiya fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan chellenj.


@BDU_YOSHLAR_ITTIFOQI

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Forum #oliytaʼlim #prorektor

Buxoroda oliy taʼlim muassasalari oʻquv ishlari bo‘yicha prorektorlarining I respublika forumi o‘tkazilmoqda


Ilk bora tashkil etilayotgan ushbu anjumanga Buxoro davlat universiteti mezbonlik qilmoqda. Oliy taʼlimni rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan forumda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tizim tashkilotlari mas’ullari hamda respublika oliy taʼlim muassasalaridan tashrif buyurgan 100 nafardan ortiq oʻquv ishlari bo‘yicha prorektorlar ishtirok etmoqda.

___
В Бухаре проходит I республиканский форум проректоров вузов по учебной работе

Конференцию, которая проходит впервые, проводит Бухарский государственный университет. В форуме, посвященном приоритетным задачам развития высшего образования, принимают участие руководство Министерства высшего образования, науки и инноваций, подведомственных организаций, а также более 100 проректоров по учебной работе вузов республики.

Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#koordinator_faoliyatidan
#buxdu_uz

🎊 Xabar berganimizdek, Axborot texnologiyalari fakulteti kordinatori Sevinova.J  tomonidan yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tqazish maqsadida sportning shaxmat va shashka turi bo'yicha universitet ochiq chempionati tashkil etildi.


👑 Qizg'in va murosasiz kechgan bahslarda:

1-o'rin: Mustaqimov Yusuf (Xorijiy tillar fakulteti)
2-o'rin: Fatullayev Sanjar (Axborot texnologiyalari fakulteti)
talabalari faxrli o'rinlarni qo'lga kiritishdi.

✅ Bizni kuzatishda davom eting!

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_Party

Siz aziz talaba-yoshlarga yuqori kayfiyat bag‘ishlash maqsadida...

⚡️Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan tashkil etiladigan "BuxDU party" kechki ko'ngilochar konsert dasturida sizlarni kutib qolamiz!


Konsert dasturida:

✍️  Qiziqarli viktorina va o'yinlar;
🎤 Xushovoz, talantli yoshlarimiz ishtirokida kuy-qo'shiqlar.

🏢 Manzil: BuxDU talabalar turar joyi hovlisi
⏰ Soat: 19:30
📆 Sana: 25.04.2024

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Talabalar_hayoti
#koordinator_faoliyati
#BuxDU_axborot_texnologiyalari

⚡️Buxoro Davlat Universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti  1-1DIK-21 gurihi 3-bosqich talabasi Umirov Jahongirning darsdan tashqari bo'sh vaqtidagi faoliyati bilan tanishib chiqildi.


📠Umirov Jahongir Buxoro viloyatidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi axborot resurslari markazida texnolog vazifasida ishlab kelmoqda.

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yangiliklari

⚡️REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI

🧑‍💻 Bugun Buxoro davlat universitetida iqtidorli talabalar, Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari, akademik guruh vakillari, oltin fond a’zolari va stipendiyalar sovrindorlari ishtirokida "Rektor va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar takliflari va murojaatlari tinglandi.

O‘quv va amaliyot jarayonlari, yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni ommalashtirish, bugungi kunda tadbirkorlikning ilg‘or sohasiga aylangan tarmoqlar bo‘yicha yangi kurslarni yo‘lga qo‘yish va talabalar o‘rtasida hunarmandchilikni o‘qitishga qaratilgan kurslar uchun moddiy-texnik baza yaratib berish singari mavzular uchrashuv muhokamasi markazida bo‘ldi.

Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

📣 Diqqat bellashuv !!! 📣

Buxoro davlat universiteti talaba-yoshlar oʻrtasida "Antikorrupsiya bilimdoni" mavzusida bellashuv oʻtkaziladi‼️

🔴
Bellashuv Nizomi:

🕙 Bellashuvda ishtirok etmoqchi boʻlgan jamoalar 30.04.2024 kuni soat 16:00ga qadar
Ariza topshirishlari so'raladi.

————————
📲
Bo'lim rasmiy sahifalariga obuna bo'ling va do'stlarga ham ulashing:

📱Telegram | 🎞YouTube | 🌍 Web-sayt |

Читать полностью…
Подписаться на канал