#BuxDU_Yoshlar_ittifoqi
⚡️ Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti yoshlar ittifoqi koordinatori tomonidan fakultetda tahsil olayotgan talaba-yoshlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yinining "Dekan kubogi" oʻtkazildi.
🏆O'yin yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
🥇1-o'rin "Renessans" jamoasi;
🥈2-o'rin "ECV" jamoasi;
🥉3-o'rin "Placebo" jamoasi;
😊 Jamoalarga keyingi tur o'yinlarida omad tilab qolamiz!
#zakovat #koordinator_faoliyati #intellekt #dekan_kubogi
Bizni kuzatishda davom eting...Читать полностью…
@BDU_yoshlar_ittifoqi
YAXSHIDAN BOG' QOLAR...
🌱Bugun Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan Talabalar turar joyida "YASHIL MAKON" umummilliy loyihasi doirasida "Yoshlar bog'i" tashkil etildi.
🌳Ushbu bog'ni tashkil qilishda universitetning tashabbuskor, faol yoshlar ittifoqi koordinatorlari, volontyor talabalari universitetning TTJ hududiga jami 50 tupdan ortiq mevali ko'chat ekishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_Yoshlar_ittifoqi
#Zakovat
#live
Ayni damda Buxoro viloyati Yoshlar markazida Ekologik partiya bilan hamkorlikda "Ekotafakkur" shiori ostida barcha Oliy taʼlim talabalari oʻrtasida "Zakovat intellektual" o'yini bo'lib o'tmoqda.
#Koordinator_faoliyati
#futbol_musobaqasi
Agronomiya va biotexnologiyafakultetida "Dekan kubogi" Futbol o'yining final bosqichi bo'lib o'tdi.Bunda jamoalar quyidagicha natijalarni qayd etdilar.
🥇 "AgroBiot" jamoasi
🥈 "Everest" jamoasi
🥉"Uztozlar" jamoasi
Agronomiya va biotexnologiya fakulteti "Dekan kubogi" 🏆 sohiblari "AgroBiot" jamoasidir.
✨Ushbu jamoa a'zolarini qutlab qolamiz va kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaymiz.
@BDU_yoshlar_ittifoqi
E'LON!
🔹 NIMA?🔹
🔹 QACHON VA QAYERDA DEYSIZMI?🔹
📲 RO'YXATDAN O'TISH VA SAVOLLAR UCHUN:
⚡️Muborak Ramazon oyida mehr-saxovat amallari yana bir bor namoyon bo‘lmoqda
🔥Buxoro davlat universiteti faol talaba-yoshlari tashabbusi bilan Muborak Ramazon oyida hadyalar ulashildi.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
🎗Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlar uchun ushbu hafta davomida qanday loyihalar tayyorlanmoqda?
📌 Batafsil infografikada👆
📲 BuxDU Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va do‘stlarga ham ulashing:
Telegram | buxduyoshlarittifoqi">YouTube | Instagram l Facebook
🖥Buxoro davlat universitetida "Kibersport" musobaqasining bahorgi mavsumiga start berildi.
🕐Universitet bosqichi fakultetlararo saralash bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan kibersportchilar va jamoalar o'rtasida 2024-yil 12-mart kuni soat 16:30 da o'tkaziladi.
❗️Musobaqa jamoa tarzida Counter Strike 1.6 o'yinidan o'tkaziladi.
✅Jamoalar oflayn tartibda bellashishadi. Jamoada 5 nafar (1 nafar zaxira) kibersportchi bo'ladi. Saralash bosqichlarida jamoalar 3 ta kartada o'ynaydi.
🏢 Manzil: Buxoro shahar 5-mkr, Poligon kiberarenasida bo'lib o'tadi.
🎁 Musobaqa g'oliblari yoshlar ittifoqi tomonidan esdalik sovg'alar va "ITTIFOQ KUBOGI" bilan taqdirlanadi.
✅ Musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar @Shahboz_Hasanov profili orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#Tayinlov
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Yoshlar ittifoqi koordinatori Yusufbek Mustaqimov.
Fakultet rahbariyati va talabalari tomonidan bir ovoz bilan saylangan nomzodimizni tabriklab, keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#Tayinlov
Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Yoshlar ittifoqi koordinatori Boboyeva Marjona.
Fakultet rahbariyati va talabalari tomonidan bir ovoz bilan saylangan nomzodimizni tabriklab, keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#Tabriklaymiz
Tabiiy fanlar fakulteti talabasi "ILM-FAN QANOTI" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi🎖
Joriy yilning 3-fevral sanasida Toshkent shahar YOSHLAR IJOD SAROYI da "ILM-FAN QANOTI" xalqaro tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Taqdirlash marosimida professorlar, fan doktorlari, o'qituvchilar, doktorantlar, magistrlar, talabalar, mashhur san'atkorlar va ommaviy axborot vositasi xodimlari ishtirok etdi.
Mazkur taqdirlash marosimida Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi "Ijodkor yoshlar klubi" loyihasi muallifi Yoʻldoshev Alijon "ILM-FAN QANOTI " ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
Universitet jamoasi talaba hamda uning yaqinlari, ustozlarini ushbu tanlovda qo'lga kiritgan yutug'i bilan tabriklab, o'qish va ishlarida muvaffaqiyat tilab qoladi.
@BDU_yoshlar_ittifoqi
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Рамазон ойини муносиб тарзда ўтказиш тўғрисида"ги қарори
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Talabalar_ijodidan
⚡️Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Bekzod Bafoyev hamda San'atshunoslik fakulteti talabasi Ramazonova Anora ijrosidagi ajoyib tarona tinglab, baho beramiz do'stlar!
✍ Komentariyani yondiramiz!
Qani ketdik🤳
Bekzod & Anoradan siz uchun maxsus "Sənlə hər şey başqadı" musiqasi.
⚡️Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va qadrli universitetimizda tahsil olayotgan talaba-qizlar! Hayotingiz nurlarga to‘lsin, osmoningiz musaffo bo‘lsin, ko‘zlaringizda aslo nam bo‘lmasin! Baxtli lahzalar aslo Sizni tark etmasin! Bir umrga quvnoq, mexribon, navqiron bo‘lib qolishingizda tilakdoshman!
Hurmat bilan Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi Feruz Karimov
@BDU_yoshlar_Ittifoqi
#Talabalar_tashabbusi
Buxoro davlat universiteti huzurida Tabiiy fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi Yoʻldoshev Alijon loyihasi asosida universitetning iqtidorli, isteʼdodli yoshlaridan shakllantirilgan "Ijodkor yoshlar klubi"ning ijodiy jamoasi tomonidan "8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabatiga bagʻishlangan bayram tadbiri faollar zalida yuqori kayfiyat va koʻtarinki shukuhda boʻlib oʻtdi. Tadbirda "Ijodkor yoshlar klubi" jamoasi tomonidan tayyorlangan turli sahna koʻrinishlari, bahoriy kuy qoʻshiqlar va goʻzal ayollarni madh etuvchi sheʼrlar tomoshabinlarga a'lo va bahoriy kayfiyat ulashib iliq taassurotlar bilan qarshi olindi hamda tadbir davomida tabiiy fanlar fakulteti yoshlar masalalari boʻyicha dekan oʻrinbosari M.Ergasheva Oʻzbekistonimizning barcha ayollarini goʻzal, dilbar qizlarini bayram bilan muborakbod etib klub doirasida oʻtkazilgan tanlov gʻoliblari va tadbir ishtirokchilarini diplom va tashakkurnomalar bilan munosib taqdirladilar.
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#BuxDU_Yoshlar_ittifoqi
🖥Buxoro davlat universitetida "Kibersport" musobaqasining bahorgi mavsumining navbatdagi soni boʻlib oʻtdi.
#BuxDU_Yoshlar_ittifoqi
⚡️ Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti yoshlar ittifoqi koordinatori tomonidan fakultetda tahsil olayotgan talaba-yoshlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yinining "Dekan kubogi" oʻtkazildi.
🏆O'yin yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
🥇1-o'rin "1-1PM-22" jamoasi;
🥈2-o'rin "Yuksalish" jamoasi;
🥉3-o'rin "Liderlar" jamoasi;
😊 Jamoalarga keyingi tur o'yinlarida omad tilab qolamiz!
#zakovat #koordinator_faoliyati #intellekt #dekan_kubogi
Bizni kuzatishda davom eting...Читать полностью…
@BDU_yoshlar_ittifoqi
📢📢DIQQAT! DIQQAT!
#Dekan_kubogi
🍀Agronomiya va biotexnologiya fakultetining bilimdon talabalari uchun ajoyib yangilik🔥
🧠 Fakultetda "Zakovat klubi" doirasida mavsum o'yinlariga start berilgan.
ESLATMA!
"Zakovat" intelektual o'yinlari haftaning har juma kuni bo'lib o'tadi, o'z jamoangizni yig'ing hamda 2 kunlik bepul sayohatga yo'llanma oling.
✅ Ro'yxatdan o'tish uchun: @manizha_rakhmadova7981 ga murojaat qilishingiz mumkin.
@BDU_yoshlar_ittifoqi
🔥GOOOO
💥Intiluvchan va qiziqqon talaba yoshlarimiz uchun ajoyib eʼlon.
✨Siz oʻz biznesingizni yoʻlga qoʻymoqchi boʻlsangiz
✨Loyihalar ustida ishlash va ularni yaratishga qiziqsangiz
✨ Grand loyihalarda ishtirok etish maqsadida boʻlsangiz.
✨Eng muhimi siz ijtimoiy faol talaba boʻlsangiz
Sizni oʻz oilamizda kutib qolamiz.
⚡"Business club"imizning eshiklari siz uchun doimo ochiq.
Roʻyxatdan oʻtish uchun:
@narg1za2811
Shoshiling 🏃
📅14.03.2024y
🕧14-30 da
📍Kovorking markazida
Sizlarni kutib qolamiz.
"Ijodkor yoshlar klubi" aʼzosi Mahmudjon Shukurov ijrosida "Toʻyi boʻlyapti" taronasi jonli ijroda. Tinglang va baho bering😍
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#Koordinator_faoliyati
🤚Ertaga “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumiga start beriladi. Ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!
Joriy yilning, 10-mart sanasidan boshlab mahalla yoshlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumiga start berilmoqda.
Eng muhimi, ilk bor ushbu olimpiada doirasidagi har bir loyihalar o‘z sohasining eng kuchli va malakali mutaxassislari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi:
▪️Madaniyat va san’at yo‘nalishida Sharifjon Abdullayev (Konsta);
▫️Sport yo‘nalishida Asalya Saparbayeva (Littos);
▪️IT yo‘nalishida Hasan Karimov (Kibersport bo‘yicha Osiyo chempioni);
▫️Kitobxonlik va intellektual yo‘nalishida Javlon Jovliyev (“Qo‘rqma” kitobi muallifi);
▪️Kasblar tanlovi yo‘nalishida Taxmina Turdaliyeva (Arxitektor);
▫️Paralimpiyada yo‘nalishida Asila Mirzayorova (Paralimpiya chempioni).
👉5tashabbus.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting va loyihalarda ishtirok eting!
Bizni kuzating
#Tayinlov
Buxoro davlat universiteti Sanʼatshunoslik fakulteti Yoshlar ittifoqi koordinatori Barotboyev Ahmad.
Fakultet rahbariyati va talabalari tomonidan bir ovoz bilan saylangan nomzodimizni tabriklab, keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#Tabriklaymiz
Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi "Ijodkor yoshlar klubi" loyihasi muallifi Qozogʻiston Respublikasi "Qoʻsh qanot" fondi qoshidagi xalqaro shoir va yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Yoʻldoshev Alijon "Rossiya federatsiyasi ta'lim va tarbiya akademiyasi"ning "Ta'limdagi xizmatlari uchun" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#8_mart
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#Xorijiy_tillar_fakulteti
🌸 Bahor - yangilanish va yosharish faslining ilk kunlarida fakultetimiz faol talabalari ishtirokida ayollarga bo‘lgan hurmat va ehtiromni namoyon qilish maqsadida "Ayol borki olam munavvar" shiori ostida ma'naviy-ko‘ngilochar tadbir o‘tkazildi
✅ Tadbirda 2-bosqich (filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili) talabalari o‘zlarining raqs va sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etib haqiqiy bayramona shukuh yarata olishdi va milliy liboslarda o‘tkazilgan tadbir tomoshabinlar maqtoviga sazovor bo‘ldi
🖇 Tadbirni o‘tkazishda boshchilik qilgan fakultetimiz tyutori H.R.Zikriyayev va fan o‘qituvchisi Sh.M.Farmonovalarga minnatdorchilik bildiramiz
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti kordinatori Mustaqimov Yusufbek boshchiligidagi jamoamiz barcha ayol-qizlarimizni bayram munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etadi 💐
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#BuxDU_yangiliklari
⚡️Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan talabalarning iqtidor va qobiliyatlarini kashf etishga bag'ishlangan "TALANT SHOU" mega tanlovi ishtirokchilari "8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati "Ayol borki olam munavvar" deb nomlangan konsert dasturini taqdim etishdi.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
#koordinator_faoliyati
⚡️Sport faoliyati va pedagogika fakulteti koordinatori Jamilov Lazizbek tomonidan "8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan tabrik she'ri.
🌹Bayramingiz muborak boʻlsin aziz ayollar...
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#BuxDU #Milliy_qadriyatlar_oyligi
🏛Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan "8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati tashkil etilgan "BUXDU PARTY" kechki ko'ngilochar konsert dasturining "Ayol borki olam munavvar" deb nomlangan bayram soni bo'lib o'tdi.
👀Bizni kuzatishda davom eting: