📚Kitob oʻqish uchun 10 sabab!
Kitob oʻqishni kundalik odatga aylantirsangiz, sizni ajoyib oʻzgarishlar kutadi!
🔹Miya faol tarzda ishlashni boshlaydi;
🔹Dunyoqarash kengayadi;
🔹Fantaziya rivojlanadi;
🔹Lugʻat boyligi va savodxonlik darajasi oshadi;
🔹Kitob stressdan xalos etadi;
🔹Intellektni rivojlantiradi;
🔹Xotirani mustahkamlaydi;
🔹Altsgeymer kasalligining oldini oladi;
🔹Ijodiy fikrlash qobiliyatini oshiradi;
🔹Uyqu sifatini yaxshilaydi.
@BDU_yoshlar_ittifoqi
📌 O'qishni ko'chirish jarayonlari yakunlanishiga 2 kun qoldi
15-iyul kunidan o'qishni ko'chirish jarayonlari boshlangan bo'lib, 5-avgust kuniga qadar davom etadi.
✅ Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:
👉 transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.
Kanalga obuna bo’ling⤵️
/channel/OTM_Minbari
Diyora Keldiyorova sharafiga
Mashaqqatli bo‘lgan mehnat kun kelib,
Dunyo minbaridan egallagay joy.
O‘zbek bayrog‘i-la ko‘ksini kerib,
Ot o‘rnini, albat, egallaydi toy.
O‘n sakkiz ming olam tan olgan zamin,
Farang-u Chinni ham qoldirolgan lol,
Bu kun yana bir bor bo‘ldik-da amin,
Raqiblar qaddini qilganida dol.
Millionlab oʻzbekning orzusi ro‘yo
Diyora dunyoni etdi serhayrat.
Tinch dengizdan qalqqan po‘rtana go‘yo
Bo‘y cho‘zdi olamga shijoat, g‘ayrat.
Orzusi osmonga tole to‘kisdir,
Harakat va mehnat uning maslagi,
G‘alaba, zafarlar yo‘lchi yulduzdir,
Baxtli davom etar o‘zbek ertagi…
Maftuna Rahmatova
/channel/BDU_yoshlar_ittifoqi
#e’lon
⚡️Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi!
Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.
Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679
❗️Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.
Bizni kuzating
#10_savol
Bu roman insonning tabiat bilan uyg‘unlikda ma’naviy tiklanishi haqida. Asar 28 yoshli, yorklik dengizchining boshidan kechirgan qiziqarli sarguzashtlari haqida hikoya qiladi.
Savol: 1719-yil aprelida ingliz yozuvchisi tomonidan nashr etilgan asarni yozib bering?
#9_savol
Amerika hindulari yevropaliklar tashrif buyurganga qadar undan bexabar bo‘lishgan, uning o‘rniga esa garmdoridan foydalanishgan. Papuaslar dengiz suvida ivitilgan yog‘och bo‘laklarini yoqib, kulini uning o‘rnida ishlatishgan.
Savol: U nima ekanligini yozib bering?
#8_savol
Osiyo qit’asidagi ushbu davlat gerbida xurmo daraxti va vertikal tarzdagi ikkita qilich tasviri joylashgan. Ikki qilich 1926-yilda birlashtirilgan Hijoz Shohligi va Najd Sultonligining qaramliklarini anglatadi.
Savol: Gap qaysi davlat gerbi haqida borayotganligini yozib bering?
#7_savol
“Reallikka ko‘chgan afsonalar” nomli maqolada Buqa ko‘rinishidagi Minotavrning uyida aynan ushbu italyan avtobrendi mahsulotini koʻrish mumkin.
Savol: Qaysi?
#6_savol
O‘rta asrlarda Fransiyada bu so‘z “uzun shamshir” ma’nosini bergan. Hazilga ko‘ra, Rossiyada bu so‘z “yelvizak”ni anglatar ekan.
Savol: Chexovda ham shu nomdagi asar borligini eslagan holda, bu so‘zni yozib bering?
#5_savol
Ushbu inshoot joylashagan davlatda avtomobil tutunidan havoning ifloslanishi yuqori darajada bo‘lganligi sababli mashinangizni inshootdan kamida 500 metr uzoqda qoldirishingiz so‘raladi. Bundan tashqari inshoot ustidan samolyot va vertolyotlarning uchishi ham taqiqlangan.
Savol: Bizga gap Osiyodagi qaysi inshoot haqida borayotganini yozib bering?
#4_savol
Zahiriddin Muhammad Bobur 1519-yilda Afg‘onistonda ekanligida o‘g‘il farzandli bo‘lganini eshitib, unga bir ism beradi. Bu ism keyinchalik ijobat bo‘lib, Bobur Mirzo o‘zi ko‘zlagan maqsadga yetadi.
Savol: Boburning bu o‘g‘li qanday ism olgan?
#3_savol
Uni eksport uchun yuborishayotganida xom bo‘ladi, sababi pishgani yuborilsa, manzilga yetmay aynib qolishi mumkin. 2010-yilda chiqqan bir multfilmda esa multqahramonlar bir guruhi o‘zlariga o‘xshab ketadigan U ni talashishlariga guvoh bo‘lishimiz mumkin.
Savol: U nima?
#2_savol
Tibbiyotda “bu holat”ning vujudga kelishiga dorilardan notoʻgʻri foydalanish, surunkali va irsiy kasalliklar, gormonal o‘zgarishlar, psixo-emotsional beqarorlik, doimiy stress va boshqa koʻpgina omillar sabab boʻlishi aytiladi. Bir oʻzbek filmida uka akasida “bu holat” kuzatilishi sababini soʻraganida, otasi akasining armiyada ekanligi bilan izohlaydi.
Savol: Siz bizga “bu holat”ni aniq toping?
Javob yozish uchun 2 daqiqa vaqt!
Javoblarni guruhga yo'llaymiz.
Birinchi topilgan tog'ri javob kanalda e'lon qilinadi!
Guruhimiz 👉 @BuxDU_talabalar_fikri
Диёра Келдиёровага берилган совғалар экани айтилмоқда!!!
Президентдан:
1) TOHOE машинаси
2) 200.000$
Тошкент шахар хокими:
3) Ташкент ситидан 3хонали квартира
4) 100.000$
Хоразм вилоят хокими:
5) Урганч ситидан квартира Урганч шахар хокими:
6) MALIBU 2 машинаси
👉 @BUXORO_BUGUN - энг сўнгги хабарлар каналига аъзо бўлинг!
#Eslatma
📌 2024/2025-o’quv yili uchun 4-sentyabr kunidan o’quv mashg’ulotlari boshlanadi!
P/S: Insayd: Oz qoldi…😎
@OTM_Minbari
1️⃣1️⃣1️⃣
✅Erkaklar oʻrtasida Oʻzbekiston milliy chempionatining 3-tur bahslari Toshkent shahridagi JAR sport majmuasida boʻlib oʻtmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada BuxDU jamoasi ham munosib ishtirok etmoqda.
BuxDU voleybol jamoasi 3-tur bahslarini 3:1 hisobida IIVning Semurg' jamoasi ustidan gʻalaba bilan boshladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
◼️Javob◼️
Tuz
Qabul: NaCl, Osh tuzi.
Izoh: Hindular ovqatga maza berish uchun tuz o‘rniga qalampirdan foydalanishgan. Papuaslar esa dengiz tuzini shimga yog‘och kulini tuz o‘rnida ishlatishgan.
◼️Javob◼️
Lamborgini
Izoh: Lamborghini logotipida ham buqa tasvirini ko‘rish mumkin.
◼️Javob◼️
Banan.
Minionlar multfilmida Minionlar banan talashishgan sahna yodingizda bo‘lsa kerak.
◼️Javob◼️
Sochlarning sekin oʻsishi
Izoh: Sabablarning barchasi sochning sekin oʻsishiga olib keladi. Film esa "Abdullajon”.
#1_savol
Bugungi kunda deyarli hammaning xonadonida bor bo‘lgan bu buyum xitoyliklar nazaricha kelajakni bashorat qiladi.
Savol: Qaysi buyum haqida gap ketyapti?