#live
⚡Ayni daqiqalarda, Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan "Talant shou"mega tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tmoqda!
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
🟦🟦🟦
☄️📚✅ “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi bo’lib oʻtdi.
Tadbirni universitet rektori O.X.Xamidov kirish so’zi bilan ochib berdi. U nutqi davomida soha xodimlarining universitetga tashrifidan mamnun ekanligini ta’kidladi. "Talabalarimiz uchun amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish maqsadida alohida sud zali, “Yuridik klinika”, “Yuridik maslahat xonalari”, dars va treninglar o‘tish uchun maxsus xonalar tashkil etildi. Albatta, Ulug’bek Aslonovich o‘tgan o‘quv yilida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida o‘tkazilgan “Prokuror va yoshlar” uchrashuvda siz yoshlarga juda katta motivatsiya berdingiz”-dedi Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov.
Buxoro viloyati prokurori Ulug`bek Hamdamov soʻzga chiqib, bugungi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, jumladan, “Jasorat” maktabi, “Tengdosh tengdoshga koʻmakchi” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar, yurtboshimiz tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “Uch avlod uchrashuvi” haqida batafsil gapirib o'tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDUda Yoshlar-huquqiy sayli boshlandi.
Ayni damda Buxoro davlat universitetida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi ostida “YOSHLAR HUQUQ SAYLI” tadbirlari doirasida mehnat yarmarkasi, viloyat boshqarmalari, tashkilot va muassasalari ko‘rgazmalari bo`lib o`tmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
#koordinator_faoliyati
➖ Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti koordinatori tomonidan "Dekan kubogi" "Zakovat" intellektual oʻyini o'tkazildi.
Natijalar quyidagicha qayd qilindi:
🥇 “GEOMISSIYA” jamoasi
🥈 “NEW STAR” jamoasi
🥉 “COSMOS” jamoasi
Bilimlilarni «Zakovat»da aniqlaymiz
Bizni kuzatishda davom eting:
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💙💙💙
☄️✅Buxoro davlat universiteti talaba-yoshlarini bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish hamda ularning iqtidorini rivojlantirish maqsadida "Isteʼdod" nomli tanlovga start beramiz.
🎼Tanlovda quyidagi cholg'u-asboblari bilan ishtirok etish mumkin:
☑️ Qashqar rubob;
☑️ Afg'on rubob;
☑️ Dutorlar oilasi;
☑️ Kamonlilar oilasi hamda (urma zarbli) cholg'ular.
🏆G'oliblar BuxDU Yoshlar ittifoqi tomonidan diplomlar va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.
➡️Murojaat uchun: @Baratbaef
@BDU_yoshlar_ittifoqi
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💙💙💙
#️⃣🔤🔤🔤
#️⃣🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
☄️✅ BuxDUda fakultetlararo "Quvnoqlar va zukkolar" ko'rik-tanlovi "Rektor kubogi" bahslariga start berildi!
🔥Ko'rik-tanlovda:
✅Har bir fakultetdan bittadan jamoa ishtirok etadi.
🎁 G'olib jamoalar pul mukofotlari hamda ko'chma "Rektor kubogi" bilan taqdirlanadi!
❌ Fakultet jamoasiga qo'shilish uchun Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari yoki fakultet yoshlar yetakchisiga murojaat qilishingiz mumkin.
✅ mohichehraqahhorova512/USi2ViDHqQt">Tanlov nizomi
✅ mohichehraqahhorova512/rdJJ6ClvqgY">Roʻyxatdan o'tish anketasi
📆O'tkazilish vaqti: ko'rik-tanlovning saralash bosqichi joriy yilning 28-29-noyabr kunlari soat 14:00 da BuxDU faollar zalida bo'lib o'tadi.
@BDU_yoshlar_ittifoqi
🟦🟦🟦
☄️📚✅ BuxDU yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan "BuxDU PUBG Tournament" kibersportning PUBG Mobile turniri muvaffaqiyatli o'tkazildi!
☄️Tadbir davomida ishtirokchilar o'z mahoratlarini namoyon etdilar, kuchli raqobat va qiziqarli janglar bo'lib o'tdi. Har bir jamoa o'z strategiyalarini qo'llab, g'alaba qozonish uchun kurashdi.
🔥O'yin yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
1- o'yin: 👇
🥇 1-o'rin: V.I.P jamoasi;
🥈 2-o'rin Forever jamoasi;
🥉 3- o'rin Crazy jamoasi.
2- o'yin👇
🥇 1-o'rin: "Old esports" jamoasi;
🥈 2-o'rin: "Okalar" jamoasi;
🥉 3-o'rin: "10 Team stim" jamoasi.
🔥 Yangiliklar va kelgusi turnirlar haqida ma'lumot olish uchun bizni kuzatib boring!
Bizni kuzatishda davom eting:
#zakovat_kuzgi_mavsum
❇️ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan «Rektor kubogi» «Zakovat» intellektual o'yinining kuzgi mavsumining 5-tur oʻyini boʻlib oʻtdi.
👆🏻Yuqoridagi jadvalda 5-turda bo'lib o'tgan o'yin natijasi bilan tanishishingiz mumkin.
💎 Eslatib oʻtamiz o'yin har haftaning chorshanba kuni boʼlib oʻtadi.
➖ Barcha jamoalarga navbatdagi o’yinda omad tilab qolamiz!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
4️⃣4️⃣4️⃣
😗✅"BuxDU PUBG TOURNAMENT" KIBERSPORTNING PUBG mobile turnirining navbatdagi soni boʻlib oʻtadi
😗 Bugun oʻyin 29.10.2024 yil soat 14:00 TTJ da start beriladi
📹Oʻyinni Youtube orqali tomosha qilishingiz mumkin:👇
https://www.youtube.com/live/rsK8DEp3DUI?si=IkqmkfI17-_uuBVB ⚡️
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#Karaoke_party
🔥Kuzgi mavsumi kunlarida BuxDU Yoshlar ittifoqidan yoshlar uchun maroqli dam olish imkoniyati
🎼 Siz aziz talaba-yoshlarni Yoshlar ittifoqi tomonidan maxsus tashkil etilayotgan "Karaoke party” ga taklif qilamiz!
🏢 Manzil: BuxDU talabalar turar joy hovlisi
🗓 Sana: 28.10.2024
⏰ Vaqti: 19:30
Bizni kuzatishda davom eting:
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#Interesting_week
☄️ BuxDU Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan oʻtgan hafta davomida tashkil etilgan qaynoq loyihalarning qisqacha mazmuni
➖ «Oʻzbek tiliga davlat tili» maqomi berilganligi munosabati bilan Filologiya fakulteti rahbariyati tomonidan yoʻllangan bayram tabrigi 👉 Batafsil
➖«Oʻzbek tiliga davlat tili» maqomi berilganligi munosabati bilan Yoshlar ittifoqi tomonidan yoʻllangan bayram tabrigi 👉Batafsil
➖ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi qoshida tashkil etilgan «Yosh jurnalistlar» klubi doirasida "Oʻzbek tiliga davlat tili" maqomi berilgan kun munosabati bilan tayyorlangan videorolik
👉 Batafsil
➖ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan "Oʻzbek tiliga davlat tili" maqomi berilgan kun munosabati bilan tadbir tashkil etildi
👉 Batafsil
➖ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan "BuxDu party" koʻngilochar dasturining navbatdagi soni boʻlib oʻtdi 👉 Batafsil
➖ "BuxDU PUBG TOURNAMENT" KIBERSPORTNING PUBG mobile turniri boʻlib oʻtdi 👉 Batafsil
➖ «Zakovat» intellektual oʻyinining 4-turi boʻlib oʻtdi
👉 Batafsil
➖ "Kibersport" musobaqalari boʻlib oʻtdi 👉 Batafsil
➖ Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan "Boshpanasiz hayvonlarga gʻamxoʻrlik" qilish aksiyasi tashkil etildi 👉 Batafsil
➖ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan "Zukko kitobxon" intellektual oʻyinining ilk soni bo'lib o'tdi 👉 Batafsil
@BDU_yoshlar_ittifoqi
🟦🟦🟦
☄️📚✅ «Yoshlar huquqiy sayli» doirasida «Zakovat» intellektual oʻyini o'tkazildi.
Buxoro davlat universitetida “Mamlakat kelajagi—qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g'oyasi ostida «Yoshlar huquqiy» sayli doirasida Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan talaba yoshlar hamda Buxoro viloyati yuridik texnikumida tahsil olayotgan talabalar o'rtasida huquqiy bilimlarni mustahkamlashga bag'ishlangan «Zakovat» intellektual oʻyini boʻlib o'tdi.
O'yinda turli jamoalar qatnashib, o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi va huquqiy savollar, qiziqarli topshiriqlarni bajardilar.
Natijalar quyidagicha qayd etildi.
🥇«Renessans» jamoasi
🥈 «Diplomat» jamoasi
🥉«Monsterra» jamoasi
➖ Tadbir barcha ishtirokchilar uchun nafaqat intellektual o‘sish, balki do‘stlik va jamoaviy birlikni kuchaytirishga hissa qo'shdi.
Intellektual o‘yin va sport musobaqasi yakunida g‘olib va sovrindorlar Buxoro viloyati Adliya boshqarmasining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi bo’lib oʻtdi.
Ushbu tadbirda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura kadrlar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Oybek Sultonov, Buxoro viloyati prokurori Ulug`bek Hamdamov, viloyat prokuraturasi mutasaddi xodimlari, faxriy ustozlar, Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidov, universitet professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv Davlat Madhiyasi bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#live
✅ Ayni damda Buxoro davlat universitetida “Mamlakat kelajagi—qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g’oyasi ostida “ Yoshlar huquq-huquqiy sayli” doirasida Huquqiy zakovat intellektual o’yini bo’lib o’tmoqda.
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#live
🔥Ayni daqiqalarda, Buxoro davlat universitetida "Yoshlar huquq sayli" nomidagi tadbir boshlanish arafasida!
⚡Sayl mobaynida Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan "Zakovat" intellektual oʻyini ham tashkil etiladi. Ushbu tadbirda barcha talabalarni chorlab qolamiz.
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#BuxDU #Diqqat
BuxDUda Yoshlar-huquqiy sayli
Erta, 31-oktabr kuni Buxoro davlat universitetida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi ostida “YOSHLAR HUQUQ SAYLI” tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
Sayl doirasida tadbirlar (31.10.2024-yil soat 09:00-13:00):
- Mehnat yarmarkasi;
- Viloyat boshqarmalari, tashkilot va muassasalari ko‘rgazmasi;
- "Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!" mavzusida davra suhbati;
- “Yoshlar huquq savodxoni” shiori ostida zakovat intellektual o'yini;
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Buxoro davlat universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumini tantanali almashuv marosimi;
- “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi.
@buxdu_uz
#live
⚡Ayni daqiqalarda, Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan talabalar turar joyida "Zakovat" intellektual oʻyinining navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tmoqda!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#️⃣🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️
📣 ✅Buxoro davlat universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan Karyera va marketing bo'limi bilan hamkorlikda "QOPQON" o'yinining navbatdagi soni tashkil etildi!
#yoshlar_ittifoqi
#zakovat
Bugun Buxoro davlat universiteti "Rektor kubogi" "Zakovat" intellektual oʻyinining navbatdagi soni boʻlib oʻtadi.
O’yinda barcha jamoalarga omad tilaymiz:
Manzil:Talabalar turar joyi
Soat:18:00 da
Murojaat uchun:@Jayrona2910
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#live
⚡Ayni daqiqalarda, Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan talabalar turar joyida kibersportning PUBG mobile turi bo'yicha musobaqaning navbatdagi tur o'yinlariga start berildi.
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#️⃣🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🎤✅ BuxDU yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan ajoyib "Karaoke time" loyihasi o'tkazildi
🎶 Tadbir davomida talabalar o'z ijodlarini namoyish etish, yangi do'stlar orttirish va musiqadan bahramand bo'lish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
☄️ Bunday tadbirlar yoshlar orasida do'stlikni mustahkamlash va ijodkorlikni rag'batlantirish uchun juda muhim. BuxDU yoshlar ittifoqi doimo yoshlarimizni qo'llab-quvvatlashga tayyor!
#BuxDU #Yoshlarittifoqi #Karaoketime #Dõstlik #Ijod
@BDU_yoshlar_ittifoqi
☀️ Assalomu alaykum! Seshanba tongi muborak boʻlsin, azizlar!
🌼 Tongda uygʻonishning oʻzi bir moʻjiza! Bugungi kuningiz ana shunday mo‘jizalarga boy bo‘lsin!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#talabaga_yengillik
Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:
➖bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
➖PF–213-son (31.08.2022-y.) Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
➖o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.
Bunda:
🔠qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;
🔠tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.
Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Bizni kuzating
🎗Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlar uchun ushbu hafta davomida qanday loyihalar tayyorlanmoqda?
📌 Batafsil infografikada👆
@BDU_yoshlar_ittifoqi
4️⃣4️⃣4️⃣
✅"BuxDU mening nigohimda – ijodingiz va kashfiyotlaringizga zamin!
⚡️✅ Buxoro davlat universiteti talabalari uchun ajoyib imkoniyat! 🎬 O‘z nigohingiz orqali universitetimizning betakror lahzalarini video orqali yoritib bering va g‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiriting!
Yo'nalishlar
👉 Eng yaxshi video
👉 Eng yaxshi she'r
👉 Eng yaxshi maqola
✅ Tanlov shartlari:👇
1. Mavzu: BuxDU – mening nigohimda.
2. Davomiylik: 1 daqiqa.
3. Yaratilish formati: Erkin (kreativ yondashuv qo‘llab-quvvatlanadi!)
⏰ Oxirgi muddat: 12.11.2024
Ijodiy ishlar ushbu kanalda yoritib boriladi
O‘z imkoniyatlaringizni namoyish eting va universitet hayotining yorqin daqiqalarini keng ommaga taqdim eting!
📥Ishlarni qabul qilish manzili: @jurnalist2107
💐 G‘oliblar "17-noyabr Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan tashkillashtiriladigan tadbirda tantanali ravishda taqdirlanadi.🔥
@BDU_yoshlar_ittifoqi