bbcuzbek | Неотсортированное

Telegram-канал bbcuzbek - BBC News O’zbek

7491

O'zbekiston, mintaqa va dunyo xabarlari

Подписаться на канал

BBC News O’zbek

Исроиллик сионист Фаластинлик чўпонни нега ҳимоя қилмоқда? https://www.youtube.com/watch?v=1q6NqmGZV-A

Читать полностью…

BBC News O’zbek

​​#BBCUzbek
Yangilanmoqda: Ukraina Kursk viloyatida “insonparvarlik yo‘lagi” tashkil etmoqchi – Video

Ukraina rasmiylari Rossiya hududini bosib olishni maqsad qilmaganliklarini, Ukraina hududiga hujum uyushtirayotgan harbiy samolyotlar aerodromlari, artilleriya nuqtalarini yo'q qilish, shu bilan o'z mamlakati va odamlari xavfsizligini ta'minlashni xohlayotganliklarini aytmoqdalar.

https://www.bbc.com/uzbek/world-69217355

Читать полностью…

BBC News O’zbek

​​#BBCUzbek

Ўзбекистон ва дунё: Марказий Осиё қандай бирлашмоқчи? - BBC News O'zbek


https://youtu.be/uR6Z_F1lgM8

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Курск: Украина олға бормоқда - Yangiliklar Ukraina Rossiya BBC News O'zbek

https://www.youtube.com/watch?v=VoQ2xpTXmIM

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Bugunimizni bashorat qilgan ixtiro - "Robotlar"ni kim oʻylab topgan edi?

https://www.bbc.com/uzbek/world-69268596

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Иккинчи ҳафта: Украина Курскда ичкарилаб бораётганини айтмоқда

Сешанба куни президент Володимир Зеленский украин аскарлари "оғир ва шиддатли жангларга қарамай" Курскда "ичкарилаб бораётгани" ҳақида гапирган.

Украинанинг бу даъвоси Россия Курскдаги "вазият барқарорлашган"ини иддао қилган бир вақтда чиққан.

https://www.bbc.com/uzbek/world-69217355

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Зеленский: "Россиянинг салкам минг квадрат километр ерини эгалладик" - BBC News O'zbek

https://www.youtube.com/watch?v=SyxDkbjxgKQ

Читать полностью…

BBC News O’zbek

​​#BBCUzbek
Ўзбекистон бош вазири: Олимпиадада эркаклар аёлларнинг кийимини кийиб чиқди

Ўзбекистон Бош вазири Абдулла Арипов айтишича, ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж-2024 ёзги олимпиадасида янада кўп медалларни қўлга киритмаганига "эркак болаларнинг аёлларнинг кийимини кийиб чиққани" сабаб бўлган.

https://www.bbc.com/uzbek/world-69263994

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Parij-Toshkent🇺🇿💪: 8 ta🥇, 2 ta 🥈 va 3 ta🥉 - XXIII Parij Yozgi Olimpiadasida o’zining tarixidagi eng zo’r natijasini qayd etgan O’zbekiston Olimpiya terma jamoasi ortga qaytdi. Jamoa a’zolari shu soatlarda Toshkent xalqaro aeroportida katta tantanalar bilan kutib olindi. Ularni minglab sport muxlislari qarshi olganliklari aytildi. O’zbekiston Parijda erishgan tarixiy natijasini bilan butun musulmon olami, turkiy dunyo va MDH da birinchi bo’lgan. Osiyoda eng kuchli to’rttalikka kirgan, dunyoda eng zo’r natija qayd etib, 200 dan ortiq ishtirokchi davlat orasidan 13-o’rinni egallagan, yuqori o’ntalikka kirishiga oz qolgan. Parijda O’zbekistonning rekord sondagi - ja’mi 90 nafar sportchisi namoyon etgandi. #bbcuzbek #uzbekistan #olimiada #olympics #yangiliklar #boks #uzbekboxers #paris #parij

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Шўролар давридан омон чиққан маданий мерос - Bilim, BBC News O'zbek. https://www.youtube.com/watch?v=8xc5d36TvN4

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Боксдаги гендер жанжали ҳал бўлдими? Бу ҳақида фан нима дейди? https://www.bbc.com/uzbek/world-69263994

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Қийноқлар ва қонун: Ички ишлар Президент Мирзиёев даврида ўзгардими? - Видео https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-69256101

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Париж-2024: Ўзбекистон медалларининг сони ва сифати бўйича МДҲ ва мусулмон дунёсидаги барчани ортда қолдирди, биринчи бўлди, дунёда ўзининг энг зўр натижасини қайд этди:

https://www.bbc.com/uzbek/world-69196932

Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Parij-2024🇺🇿💪: Svetlana Osipova O‘zbekiston tarixiga kirdi

U shu daqiqalarda o‘zining final bahsini o‘tkazdi, O‘yinlarning kumush medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston hisobiga ikkinchi kumush, jamisini qo‘shib hisoblaganda esa, o‘n ikkinchi medalini keltirdi.

Bu o‘zbekistonlik taekvondochilar Parij Yozgi Olimpiadasida qo‘lga kiritgan ikkinchi medal bo‘ladi.

Svetlanadan avval Ulug‘bek Rashitov bu galgi O‘yinlarning ham oltin medalini olishga muvaffaq bo‘lgan, ikki karra Olimpiada chempioniga aylangandi.

Ammo Svetlana o‘zining bu yutug‘i bilan bir Yozgi Olimpiada O‘yinlarining sovrindoriga aylangan ilk o‘zbekistonlik ayol taekvondochi sifatida tarixga kirdi.

Bugun yana o‘zbekistonlik so’nggi bokschi ham Parij Yozgi Olimpiadasining oltin medali uchun o’zining yakuniy jangini o’tkazadi. #bbcuzbek #uzbekistan #olimiada #olympics #yangiliklar #taekwondo #medal

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Parij-2024🥇🇺🇿💪: O‘zbekiston hisobida oltinchi oltin medal

Jamoaga navbatdagi oltinini erkin kurashchisi keltirdi.

Shu daqiqalarda Razambek Jamalov -74 kg vazn toifasida Olimpiada O‘yinlarining chempioniga aylandi.

Final bahsida yaponiyalik raqibini ham mag‘lub etdi.

O‘zbekiston erkin kurashda Yozgi Olimpiada O‘yinlarining oltin medalini so‘nggi bor 2004 yilda Afinada qo‘lga kiritgan.

Ramazbek 20 yilda deganda afsonaviy erkin kurashchi Artur Taymazovning yutug‘ini takrorladi.

Bu Parijda o‘zbekistonlik erkin kurashchilar qo‘lga kiritgan ikkinchi medaldir.

Bundan avval G‘ulomjon Abdullayev 57 kg vazn toifasida Parij Yozgi Olimpiadasining sovrindoriga aylangan, bronza medaliga ega chiqqan.

Razambekniki bilan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi hisobidagi jami medallarning soni o’ntaga yetdi.

O‘zbekiston medallarining ham soni va ham sifati jihatidan allaqachon dunyoda yuqori yigirmatalikka kirgan, qolgan barcha postsovet davlatlarini ortda qoldirib ketgan.

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Путин жим: Одамлар хавотирда.
Украина кучлари кириб борган Россия ҳудудлари борасида нималар маълум? https://www.youtube.com/watch?v=6VgcfX-mSpM

Читать полностью…

BBC News O’zbek

#BBCUzbek
Ўзбекча бор товоғим, кел товоғим ҳам сайёрамизни асраш учун муҳимми?


Байрамлар ва инсонлар бир-бирларига совғалар берадиган бошқа тадбирлар жуда кўп исрофгарчиликларга сабаб бўлади, лекин шу керакми бизга?

https://www.bbc.com/uzbek/world-69271066

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Курск: Украина олға бормоқда - Yangiliklar Ukraina Rossiya BBC News O'zbek

https://www.youtube.com/watch?v=VoQ2xpTXmIM

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Украина телевидениеси ишғол этилган Россия шаҳридан илк репортажни эфирга узатди.

Украина Суджа шаҳрини тўлиқ назоратга олганини айтмоқда.

https://www.bbc.com/uzbek/world-69217355

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Afg‘oniston: Tolibon qudratga qaytishining uch yilligini bayram qilishni boshladi. O‘z vaqtida Amerikaning Afg‘onistondagi eng yirik havo bazasi bo‘lgan Bagromda yirik harbiy parad uyushtirdi. Harbiylari va o‘zi ega bo‘lgan harbiy texnikasini dunyoga ko‘z-ko‘z qildi. Tasvirlar shu bugun olingan. #bbcuzbek #afghanistan #taliban #tolibon #yangiliklar #news

https://www.instagram.com/reel/C-piRz_KErW/?igsh=bXo3dzRndWFtenVq

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Бунақаси бўлмаган: Диққат-марказда Ўзбекистон - Марказий Осиё шунчалик бирлашдими?

Минтақада гап. Шу пайтгача кўрилмаган тафсилотлар.

https://www.bbc.com/uzbek/world-69268654

Читать полностью…

BBC News O’zbek

​​#BBCUzbek
Ukraina Rossiyaning 1000 kv km yerini bosib olgan

“Ukraina Rossiyaning hududlarini bosib olishdan manfaatdor emas”, dedi Ukraina Tashqi ishlar vazirligi.

https://www.bbc.com/uzbek/world-69217355

Читать полностью…

BBC News O’zbek

​​#BBCUzbek
Сунъий идрок секс саноатида ишловчилар бозорини касод қилади

Берлин шаҳрида сунъий интеллектли қўғирчоқлар хизмат кўрсатадиган фоҳишахона очилиши бутун дунёда катта янгиликка айланди.

https://www.bbc.com/uzbek/world-69266350

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Украина кучлари Россия ҳудудининг 30 километригача кириб борди, иккинчи вилоят одамлари кўчириляпти https://www.bbc.com/uzbek/world-69217355

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Sobiq Ichki Ishlar kapitani: Oz maosh va qistovlar pul olish, kuch ishlatishga majburlaydi https://www.youtube.com/watch?v=Rv8onfjk8p8

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Parij-Toshkent🇺🇿🥇🥇🥇🥇🥇🥊💪: Parij Yozgi Olimpiadasida tarixiy natija qayd etib, Riodagi rekordini yangilagan O’zbek bokschilari poytaxt Toshkentga qaytishmoqda. Ular O’yinlarning yetti vazn toifasidagi beshta oltin medalni yakka o’zlari qo’lga kiritishgan. Ikki bokschisi ikki karra Olimpiada chempioniga ham aylanishgan. O’zbekiston hisobidagi sakkizta oltin medalning beshtasini keltirishgan. O’zbekistonning umumjamoa hisobida o’z tarixidagi eng zo’r natijasini qayd etishida mislsiz hissa qo’shishgan. Hali finalistlarining soni bilanoq dunyoda peshqadam mavqe’ni egallab bo’lishgandi. Surat shu soatlarda olingan.#bbcuzbek #uzbekistan #parij #toshkent #olimpiada #boks #uzbekboxers

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Тошкент-Париж🇺🇿🥇🥇🥇🥇🥇💪🥊: Шавкат Мирзиёев бокс бўйича Ўзбекистон терма жамоаси Бош мураббийининг тезроқ соғайиб кетишини тилади. Сўнгги икки кун ичида иккинчи бор Париж билан боғланди. Чемпион ва совриндор спортчиларини Ўйинларда эришган ютуқлари билан яна шахсан ўзи қутлади. Бокс бўйича Ўзбекистон терма жамоаси эса, Бош мураббийи Тўлқин Қиличев қўл остида Парижда ўзи учун тарихий натижа қайд этган, Риодаги рекордини янгилаган. Ўзбекистон Олимпия терма жамоаси ҳисобидаги саккизта олтин медалнинг бештасини келтирган. Жами етти вазн тоифасидаги олтин медалларнинг бештасини фақат ўзлари қўлга киритишган.

https://www.bbc.com/uzbek/world-69196932

Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Parij-2024🥇🇺🇿💪: Bir Olimpiadada sakkizinchi oltin, O’zbekiston tarixiy natija qayd etdi, rekordini yangiladi

O‘zbekiston Parijda medallarining soni va sifati bo‘yicha MDH va musulmon dunyosidagi barchani ortda qoldirdi, birinchi bo‘ldi.

Shu daqiqalarda medallar jadvalida 13-o’rinni egallab, yana o’zining tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

Birvarakayiga uchta sportchisi ketma-ket ikki karra Olimpiada O‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritdi. Ispaniyalik raqibini sof hisobda yengdi.

O‘yinlarning finaliga chiqqan beshta bokschisidan so‘nggisi – Bahodir Jalolov ham shu daqiqalarda chempion bo‘ldi.

Bahodir O‘yinlarning so‘nggi uch kunida Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatovdan keyin ketma-ket bu kabi yutuqqa erishgan o‘zbekistonlik uchinchi sportchi bo‘ldi, O‘zbekiston
kirdi.

https://www.instagram.com/p/C-gQttPKUcR/?igsh=MW05NnpzYnlscXNoeA==

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Parij-2024🥇🇺🇿💪: O‘zbekiston hisobida yettinchi oltin

O‘zbek bokschilari o‘zlarining Riodagi tarixiy yutuqlarini yangilashdi. Parijda allaqachon yangi rekord o‘rnatishdi.

O‘yinlarning to‘rtta oltin medalini qo‘lga kiritishdi.

Ularniki bilan birga O‘zbekiston hisobidagi jami oltin medallarning soni hozircha yettitaga yetdi.

Ular ketma-ket to‘rtinchi final jangini ham g‘alaba bilan yakunlashdi, o‘zlarining g‘alabali seriyalarini davom ettirishdi.

Shu daqiqalarda Abdumalik Xalokov ham qirg‘izistonlik bokschiga qarshi final jangini o‘zining foydasiga hal qildi.

O‘z vazn toifasida amaldagi jahon chempioni, Osiyo birinchiligi va Osiyo O‘yinlari g‘olibi bo‘lgan Abdumalik havaskor boksdagi karyerasida ilk bor Olimpiada chempioniga aylandi.

O‘zbek bokschilari Yozgi Olimpiada O‘yinlaridagi tarixiy natijalarini so‘nggi bor 2016 yil Rioda qayd etishgan.

O‘shanda O‘yinlarning kumush va bronzlari barobarida uchta oltin medalini qo‘lga kiritishgan.

https://www.instagram.com/p/C-gI5g7qCC5/?igsh=eDY4ZHAxbDlkY2xr

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Parij-2024🇺🇿💪: O‘zbekiston yana bir oltin olishi mumkin

Shu daqiqalarda yana bir nomdor taekvondochisi O‘yinlarning finaliga chiqdi.

Yarim final bahsini o‘zining foydasiga hal qilgan Svetlana Osipova ham O‘zbekistonga Parij Yozgi Olimpiadasining kamida kumush medalini naqd qildi.

U o‘z vazn toifasida 2022 yilgi jahon chempioni, Osiyo birinchiligi va Osiyo O‘yinlarining sovrindori bo‘ladi.

Svetlana Parijda allaqachon tarixiy natija qayd etdi, bir Yozgi Olimpiada O‘yinlarining sovrindor o‘zbekistonlik ilk ayol taekvondochisi sifatida O‘zbekiston tarixiga kiradigan bo‘ldi.

Parij Yozgi Olimpiadasining taekvonda bo‘yicha erkaklar bahslarida ham O‘zbekiston bitta oltin medalini qo‘lga kiritgan.

Uni nomdor taekvondochisi Ulug‘bek Rashitov keltirgan.

Ulug‘bek Parijdagi yutug‘i bilan ikki karra Olimpiya chempioniga aylangan o‘zbekistonlik ilk sportchi sifatida mamlakat tarixiga kirgan.

https://www.bbc.com/uzbek/world-69196932

#bbcuzbek #uzbekistan #olimiada #yangiliklar #taekwondo

Читать полностью…
Подписаться на канал