bbcuzbek | Неотсортированное

Telegram-канал bbcuzbek - BBC News O’zbek

7491

O'zbekiston, mintaqa va dunyo xabarlari

Подписаться на канал

BBC News O’zbek

Қийноқлар ва қонун: Ички ишлар Президент Мирзиёев даврида ўзгардими? - Видео https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-69256101

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Париж-2024: Ўзбекистон медалларининг сони ва сифати бўйича МДҲ ва мусулмон дунёсидаги барчани ортда қолдирди, биринчи бўлди, дунёда ўзининг энг зўр натижасини қайд этди:

https://www.bbc.com/uzbek/world-69196932

Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Parij-2024🇺🇿💪: Svetlana Osipova O‘zbekiston tarixiga kirdi

U shu daqiqalarda o‘zining final bahsini o‘tkazdi, O‘yinlarning kumush medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston hisobiga ikkinchi kumush, jamisini qo‘shib hisoblaganda esa, o‘n ikkinchi medalini keltirdi.

Bu o‘zbekistonlik taekvondochilar Parij Yozgi Olimpiadasida qo‘lga kiritgan ikkinchi medal bo‘ladi.

Svetlanadan avval Ulug‘bek Rashitov bu galgi O‘yinlarning ham oltin medalini olishga muvaffaq bo‘lgan, ikki karra Olimpiada chempioniga aylangandi.

Ammo Svetlana o‘zining bu yutug‘i bilan bir Yozgi Olimpiada O‘yinlarining sovrindoriga aylangan ilk o‘zbekistonlik ayol taekvondochi sifatida tarixga kirdi.

Bugun yana o‘zbekistonlik so’nggi bokschi ham Parij Yozgi Olimpiadasining oltin medali uchun o’zining yakuniy jangini o’tkazadi. #bbcuzbek #uzbekistan #olimiada #olympics #yangiliklar #taekwondo #medal

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Parij-2024🥇🇺🇿💪: O‘zbekiston hisobida oltinchi oltin medal

Jamoaga navbatdagi oltinini erkin kurashchisi keltirdi.

Shu daqiqalarda Razambek Jamalov -74 kg vazn toifasida Olimpiada O‘yinlarining chempioniga aylandi.

Final bahsida yaponiyalik raqibini ham mag‘lub etdi.

O‘zbekiston erkin kurashda Yozgi Olimpiada O‘yinlarining oltin medalini so‘nggi bor 2004 yilda Afinada qo‘lga kiritgan.

Ramazbek 20 yilda deganda afsonaviy erkin kurashchi Artur Taymazovning yutug‘ini takrorladi.

Bu Parijda o‘zbekistonlik erkin kurashchilar qo‘lga kiritgan ikkinchi medaldir.

Bundan avval G‘ulomjon Abdullayev 57 kg vazn toifasida Parij Yozgi Olimpiadasining sovrindoriga aylangan, bronza medaliga ega chiqqan.

Razambekniki bilan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi hisobidagi jami medallarning soni o’ntaga yetdi.

O‘zbekiston medallarining ham soni va ham sifati jihatidan allaqachon dunyoda yuqori yigirmatalikka kirgan, qolgan barcha postsovet davlatlarini ortda qoldirib ketgan.

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Parij-2024🇺🇿🥈💪: O‘zbekiston hisobida birinchi kumush medal

O‘zbekiston hisobidagi jami medallarning soni to‘qqiztaga yetdi.

Shu daqiqalarda og‘ir atletikachisi Akbar Jo‘rayev (-102 kg) dast ko‘tarish bahslarida O‘yinlarning kumush medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zining sportchilik karyerasida ilk bor Yozgi Olimpiada O‘yinlarining sovrindoriga aylandi.

Bugun yana o‘zbekistonlik uch sportchi O‘yinlarning oltin medallari uchun o‘zlarining final bahslarini o‘tkazishadi.

Erkin kurash va boks bahslarida Olimpiada chempionligi uchun gilam va ringga chiqishadi.

Akbarniki bilan O‘zbekiston hisobidagi jami medallarning soni to‘qqiztaga yetdi. Ulardan beshtasi oltin.

O‘zbekiston medallar jadvalida o‘zining 14-o‘rnini yanada mustahkamlab oldi. #bbcuzbeks #uzbekistan #olympics #olimpiada #yangiliklar

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Parij-2024🇺🇿🥇💪: O‘zbekiston hisobida beshinchi oltin medal

O’zbekiston kunni yana qo’shaloq oltin bilan yakunladi.

O‘zbek bokschilari final janglarini ham ketma-ket g‘alaba bilan boshlashdi.

Shu daqiqalarda Lazizbek Mullojonov ham -92 kg vazn toifasida Parij Yozgi Olimpiada O‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zining havaskor boksdagi karyerasida ilk bor Olimpiada chempioniga aylandi.

U Hasanboy Do‘smatov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevdan keyin ketma-ket final jangini ham o‘zining foydasiga hal qilgan o‘zbekistonlik uchinchi bokschi bo’ldi.

Parijda O’zbekiston hisobiga beshinchi oltin medalni keltirdi.

Lazizbek Mullojonov o‘z vazn toifasida so‘nggi jahon chempionatining sovrindori, 2022 yilgi Osiyo O‘yinlarining g‘olibi bo‘ladi.

Parijda o‘zbekistonlik jami besh nafar bokschi O‘yinlarning finaliga chiqqan.

O‘zbek bokschilari orasidan final janglarini boshlab bergan Hasanboy Do‘smatov kecha, 8 avgust kuni O‘zbekiston hisobiga uchinchi oltin medalini keltirgan.

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Parij-2024🇺🇿🥇💪: O‘zbekiston hisobida to‘rtinchi oltin medal

O‘zbek bokschilari final janglarini ham ketma-ket g‘alaba bilan boshlashdi.

Shu daqiqalarda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ham -71 kg vazn toifasida Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritdi.

O’zi uchun bir Yozgi Olimpiada O’yinlarining ilk final jangini o’tkazdi, birinchi oltin medalini oldi.

U Hasanboy Do‘smatovdan keyin final jangini ham o‘zining foydasiga hal qilgan o‘zbekistonlik ikkinchi bokschiga aylandi.

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev o‘z vazn toifasida amaldagi jahon chempioni bo‘ladi.

Parijda o‘zbekistonlik jami besh nafar bokschi O‘yinlarning finaliga chiqqan.

O‘zbek bokschilari orasidan final janglarini boshlab bergan Hasanboy Do‘smatov kecha, 8 avgust kuni O‘zbekiston hisobiga uchinchi oltin medalini keltirgan.

Hasanboy o‘zining so‘nggi yutug‘i bilan ikki karra Olimpiada chempioniga aylangan, havaskor boksda bu kabi yutuqqa erishgan o‘zbekistonlik birinchi bokschi sifatida mamlakat tarixiga kirgan.

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Parij-2024🇺🇿💪🥉: O‘zbekiston hisobida uchinchi bronza medal

Navbatdagi bronza medalini jamoa hisobiga erkin kurashchisi keltirdi.

G‘ulomjon Abdullayev O‘yinlarning sovrinli uchinchi o‘rni uchun bo‘lgan kurashda qirg‘izistonlik raqibini yengdi.

U o‘z erkin kurashchilik faoliyatida ilk bor bir Yozgi Olimpiada O‘yinlarining medalini qo‘lga kiritdi. G’ulomjonniki bilan O’zbekiston hisobidagi medallar soni oltitaga yetdi. Ulardan uchtasi oltin va qolgani bronza medallaridir.

Shu daqiqalarda Javrail Shapiyev (86 kg vazn toifasida) O‘yinlarning sovrinli uchinchi o‘rni uchun bo‘lgan kurashni amerikalik raqibiga boy berib qo’ydi.

O‘zbekistonlik yana bir erkin kurashchi Razambek Jamalov esa, bugun -74 kg vazn toifasida O‘yinlarning finaliga chiqdi.

Olimpiada chempionligi yoki oltin medal uchun kurashish huquqini qo’lga kiritdi.

O‘zbekistonlik kurashchilar yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslarni bu gal medalsiz yakunlashgan. #bbcuzbek #uzbekistan #olimiada #olympics #yangiliklar #kurash #wrestling

Читать полностью…

BBC News O’zbek

#BBCUzbek

Курскка ҳужумдан маъни нима? - BBC News O'zbek

https://youtu.be/kHRD_eqq1Ho

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Diqqat, BBC: Қийноқлар ва қонун - Ички ишлар ўзгардими?

"Ички ишлар органлари тўғрисида"ги қонун Ўзбекистон парламентида қабул қилинганида бу ой саккиз йил тўлади.

У президент Шавкат Мирзиёев томонидан имзоланган илк қонунлардан бири бўлган.

Унгача бутун бошли тизим қонунсиз ишлаб келган.
Ўтган саккиз йил давомида ички ишлар соҳаси қанчалик ўзгарди?

"Diqqat, BBC" дастурининг бу галги сонида шу мавзуни муҳокама қилдик.

https://www.youtube.com/watch?v=nNlMGl_vUKY

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Бунақаси шу пайтгача кўрилмаган: Украина Россияни доғда қолдирдими?

https://www.bbc.com/uzbek/world-69217355

Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Бугуннинг саволи. Ўзбекистон ва Дунё: Ўзбекистон ҳисобидаги биргина олтин медалларнинг ўзи учтага етди... Спортчилар Олимпиададан бир миллион доллар ҳам ишлаб олишлари мумкинми?

https://www.bbc.com/uzbek/world-69254794

Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Ўзбекистон. Тафсилотлари илова қилинган линкимизда:

https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-69237680

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Parij-2024🇺🇿💪🥊🥇: O‘zbekiston hisobida uchinchi oltin medal

https://www.bbc.com/uzbek/world-69196932

O‘zbek bokschilari final janglarini ham g‘alaba bilan boshlashdi.

Hasanboy Do‘smatov shu daqiqalarda O‘yinlarning oltin medalini qo‘lga kiritdi.

U hal qiluvchi jangda mezbon fransiyalik raqibi Billal Bennamani ham mag‘lub etdi.

Parijdagi g‘alabasi ortidan Hasanboy ham Ulug’bek Rashitov kabi ikki karra Olimpiada O‘yinlari chempioniga aylandi.

U bu kabi yutuqqa erishgan o‘zbekistonlik birinchi bokschi sifatida tarixga kirdi.

Parij Yozgi Olimpiadasida O‘zbekistonni jami yetti nafar bokschisi namoyon etgan.

Ulardan beshtasi O‘yinlarning finaligacha chiqqan.

O‘zlariga Parij Olimpiadasining kamida kumush medallarini naqd qilgan.

Allaqachon O‘yinlarning biror bir ishtirokchi davlati erisha olmagan yutuqqa ham erishgan.

Parijda qo‘lga kiritajak medallarining soni bo‘yicha barcha raqib jamoalarni ortda qoldirgan.

Eng ko’p bokschisi O’yinlarning finaliga chiqqan ishtirokchi davlatga aylangan.

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Parij-2024🇺🇿💪🥊🥈: O‘zbekiston hisobida kamida beshinchi kumush medal

O‘zbekistonlik beshta bokschining hammasi Parij Yozgi Olimpiadasining finaliga chiqdi.

Shu daqiqalarda o‘zbekistonlik so‘nggi bokschi – Abdumalik Xalokov ham o‘zining yarim final jangini g‘alaba bilan yakunladi.

Abdumalik -57 kg vazn toifasida final yo‘llanmasi uchun jangda avstraliyalik raqibi Charli Senorni ham mag‘lub etdi.

O‘zbekistonlik bokschilar o‘zlarining g‘alabali seriyalarini davom ettirishdi.

Yarim finalda jang qilgan beshta bokschisidan barchasi O‘yinlarning finaliga chiqdi, Parij Yozgi Olimpiadasi chempionligi uchun kurashadigan bo‘ldi.

Abdumalik Xalokov ham o‘z vazn toifasida dunyoning eng sovrindor bokschilaridan biri bo‘ladi.

Amaldagi jahon chempioni, Osiyo birinchiligi va Osiyo O‘yinlari g‘olibligini qo‘lga kiritgan bokschi.

Parij Yozgi Olimpiada O‘yinlarida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining erkak bayroqdori.

Xuddi shu bugun o‘zbekistonlik bokschilar o‘zlarining final janglarini ham boshlashadi.

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Тошкент-Париж🇺🇿🥇🥇🥇🥇🥇💪🥊: Шавкат Мирзиёев бокс бўйича Ўзбекистон терма жамоаси Бош мураббийининг тезроқ соғайиб кетишини тилади. Сўнгги икки кун ичида иккинчи бор Париж билан боғланди. Чемпион ва совриндор спортчиларини Ўйинларда эришган ютуқлари билан яна шахсан ўзи қутлади. Бокс бўйича Ўзбекистон терма жамоаси эса, Бош мураббийи Тўлқин Қиличев қўл остида Парижда ўзи учун тарихий натижа қайд этган, Риодаги рекордини янгилаган. Ўзбекистон Олимпия терма жамоаси ҳисобидаги саккизта олтин медалнинг бештасини келтирган. Жами етти вазн тоифасидаги олтин медалларнинг бештасини фақат ўзлари қўлга киритишган.

https://www.bbc.com/uzbek/world-69196932

Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Parij-2024🥇🇺🇿💪: Bir Olimpiadada sakkizinchi oltin, O’zbekiston tarixiy natija qayd etdi, rekordini yangiladi

O‘zbekiston Parijda medallarining soni va sifati bo‘yicha MDH va musulmon dunyosidagi barchani ortda qoldirdi, birinchi bo‘ldi.

Shu daqiqalarda medallar jadvalida 13-o’rinni egallab, yana o’zining tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

Birvarakayiga uchta sportchisi ketma-ket ikki karra Olimpiada O‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritdi. Ispaniyalik raqibini sof hisobda yengdi.

O‘yinlarning finaliga chiqqan beshta bokschisidan so‘nggisi – Bahodir Jalolov ham shu daqiqalarda chempion bo‘ldi.

Bahodir O‘yinlarning so‘nggi uch kunida Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatovdan keyin ketma-ket bu kabi yutuqqa erishgan o‘zbekistonlik uchinchi sportchi bo‘ldi, O‘zbekiston
kirdi.

https://www.instagram.com/p/C-gQttPKUcR/?igsh=MW05NnpzYnlscXNoeA==

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Parij-2024🥇🇺🇿💪: O‘zbekiston hisobida yettinchi oltin

O‘zbek bokschilari o‘zlarining Riodagi tarixiy yutuqlarini yangilashdi. Parijda allaqachon yangi rekord o‘rnatishdi.

O‘yinlarning to‘rtta oltin medalini qo‘lga kiritishdi.

Ularniki bilan birga O‘zbekiston hisobidagi jami oltin medallarning soni hozircha yettitaga yetdi.

Ular ketma-ket to‘rtinchi final jangini ham g‘alaba bilan yakunlashdi, o‘zlarining g‘alabali seriyalarini davom ettirishdi.

Shu daqiqalarda Abdumalik Xalokov ham qirg‘izistonlik bokschiga qarshi final jangini o‘zining foydasiga hal qildi.

O‘z vazn toifasida amaldagi jahon chempioni, Osiyo birinchiligi va Osiyo O‘yinlari g‘olibi bo‘lgan Abdumalik havaskor boksdagi karyerasida ilk bor Olimpiada chempioniga aylandi.

O‘zbek bokschilari Yozgi Olimpiada O‘yinlaridagi tarixiy natijalarini so‘nggi bor 2016 yil Rioda qayd etishgan.

O‘shanda O‘yinlarning kumush va bronzlari barobarida uchta oltin medalini qo‘lga kiritishgan.

https://www.instagram.com/p/C-gI5g7qCC5/?igsh=eDY4ZHAxbDlkY2xr

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Parij-2024🇺🇿💪: O‘zbekiston yana bir oltin olishi mumkin

Shu daqiqalarda yana bir nomdor taekvondochisi O‘yinlarning finaliga chiqdi.

Yarim final bahsini o‘zining foydasiga hal qilgan Svetlana Osipova ham O‘zbekistonga Parij Yozgi Olimpiadasining kamida kumush medalini naqd qildi.

U o‘z vazn toifasida 2022 yilgi jahon chempioni, Osiyo birinchiligi va Osiyo O‘yinlarining sovrindori bo‘ladi.

Svetlana Parijda allaqachon tarixiy natija qayd etdi, bir Yozgi Olimpiada O‘yinlarining sovrindor o‘zbekistonlik ilk ayol taekvondochisi sifatida O‘zbekiston tarixiga kiradigan bo‘ldi.

Parij Yozgi Olimpiadasining taekvonda bo‘yicha erkaklar bahslarida ham O‘zbekiston bitta oltin medalini qo‘lga kiritgan.

Uni nomdor taekvondochisi Ulug‘bek Rashitov keltirgan.

Ulug‘bek Parijdagi yutug‘i bilan ikki karra Olimpiya chempioniga aylangan o‘zbekistonlik ilk sportchi sifatida mamlakat tarixiga kirgan.

https://www.bbc.com/uzbek/world-69196932

#bbcuzbek #uzbekistan #olimiada #yangiliklar #taekwondo

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Париж-2024: Ўзбекистон кетма-кет кунни яна қўшалоқ олтин медаль билан якунлади - учинчи боксчиси ҳам олтин медали олди. Улар Риодаги тарихий ютуқларини Парижда янгилашадими?

https://www.youtube.com/watch?v=hsPUaAA8nmE

https://www.bbc.com/uzbek/world-69196932

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Париж-2024: Асадхўжанинг ютуғи ортидан Ўзбекистон медаллар жадвалида уч поғона юқорига сакради, 15-ўринга кўтарилиб олди, барча постсовет давлатларини ортда қолдирди:
https://www.bbc.com/uzbek/world-69254794

Читать полностью…

BBC News O’zbek

​​#BBCUzbek

Toj Mahal taqdiri xavf ostidami? Hindiston va Boburiylar

Hindistonda Boburiylar merosini butkul supurib tashlash chaqiriqlari kuchaymoqda. Ayodhyadagi buzib tashlangan Bobur masjidi o'rnida bugun bahaybat Hindu ibodatxonasi qurildi. Boshqa obidalarni endi nima kutadi?

https://www.bbc.com/uzbek/lotin-69250047

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Parij-2024🇺🇿💪🥈: O‘zbekiston hisobida kamida kumush medal

https://www.bbc.com/uzbek/world-69254794

Shu daqiqalarda erkin kurashchisi ham Parij Yozgi Olimpiada O‘yinlarining finaliga chiqdi.

Razambek Jamalov -74 kg vazn toifasida O‘zbekiston uchun O‘yinlarning kamida kumush medalini naqd qildi.

Final bahsi esa ertaga, 10 avgust kuniga rejalangan.

O’zbekistonlik erkin kurashchi Olimpiada chempionligi uchun yaponiyalik kurashchiga qarshi gilamga chiqadi.

O’zbekiston erkin kurash bo’yicha Yozgi Olimpiada O’yinlarining oltin medalini so’nggi bor 2004 yilda olgan.

#bbcuzbek #uzbekistan #olimiada #olympics #yangiliklar #kurash

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Toshkent-Parij 🇺🇿💪🥇🥇 O’zbekiston prezidenti Hasanboy Do’smatov va Ulug’bek Rashitovni Parij Olimpiadasida erishgan yutuqlari bilan shaxsan tabrikladi. Shu soatlarda ular bilan telefon orqali o’zi gaplashdi. O’zbekistonlik har ikki sportchi kecha, 8 avgust kuni dzyudo va boksda O’yinlarning oltin medallarini qo’lga kiritishgan, bir kunning o’zida O’zbekiston hisobiga qo’shaloq oltin medali keltirishgan, ikki karra Olimpiada chempioniga aylanib, O’zbekiston tarixiga kirishgandi. #bbcuzbek #uzbekistan #olimiada #olympics #yangiliklar #boks #boks #dzyudo

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Янгиликлар: Украина Россия ичкарисига шунча кирдими? Россиядан кутилмаган хабарлар олинмоқда. Нима гап?

https://www.bbc.com/uzbek/world-69217355

Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Сурат кеча олинган, ундаги икки карра Олимпиада чемпиони Улуғбек Рашитов

Қизиқ: Олтин учун ким қанча бермоқчи ёки Олимпиада медали ҳукумат ва президентларга қанчага тушмоқда?

https://www.bbc.com/uzbek/world-69254794

Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Франция ҳижобли муслима спортчиларини нега олимпиадага қўймади? https://www.youtube.com/watch?v=JdKIBaxTcF8

Читать полностью…

BBC News O’zbek

"Келгинди келин ва куёвлар" Ўзбекистонда миллий контент яратмоқдами?

https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-69237680

Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Париж-2024🏅🏅🥉🥉🇺🇿💪: Номдор таэквондочиси Улуғбек Рашитовнинг иккинчи олтин медали ортидан, Ўзбекистон медаллар жадвалида Қозоғистонни ортда қолдирди, минтақада пешқадам мавқеъни эгаллади.

https://www.bbc.com/uzbek/world-69196932

Ўзбекистон Украина ва Озарбайжон билан бирга энг яхши натижа қайд этиб турган учта постсовет давлатидан биттасига айланди.

Ҳисобидаги 2 та олтин ва иккита бронза медали билан совриндор 80 давлат орасида 25-ўринга кўтарилиб олди.

Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.

Читать полностью…

BBC News O’zbek

Parij-2024🥇🇺🇿💪: O‘zbekiston hisobida ikkinchi oltin medal

https://www.bbc.com/uzbek/world-69196932

O‘zbekistonga to‘rtinchi medalini taniqli taekvondochisi Ulug‘bek Rashitov keltirdi.

U (-68 kg) Parijda ikki karra Olimpiya O‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritdi.

Ulug‘bek Rashitov amaldagi Olimpiada chempioni bo‘ladi.

O‘zbekistonlik eng dongdor taekvondochilardan biri.

Jahon chempionati sovrindori, Osiyo birinchiligi va O‘yinlari g‘olibi.

Bugun o‘zbekistonlik besh nafar bokschidan so‘nggisi ham o‘zining yarim final jangini o‘tkazadi.

Abdumalik Xalokov ham O’zbekistonga O’yinlarning kamida bitta bronza medalini naqd qilib turibdi.

To’rt nafar bokschisi esa, Parij Yozgi Olimpiadasining finaliga chiqqan, oltin medali uchun kurashish imkoniyatini qo’lga kiritishgan.

Ilk bokschisi – Hasanboy Do‘smatov esa, bugun, Toshkent vaqti bilan tungi 01:34 da Parijda ikki karra Olimpiada chempionligi uchun ringga chiqadi.

#bbcuzbek #uzbekistan #olimiada #olympics #yangiliklar #taekwondo #medal

Читать полностью…
Подписаться на канал