bbasamarqand | Неотсортированное

Telegram-канал bbasamarqand - BBA|Samarqand

580

Bilim va malakalarni baholash agentligining Samarqand viloyati bo‘limining rasmiy kanali. Murojaat uchun telefon: 66-232-12-69

Подписаться на канал

BBA|Samarqand

Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul

📱 2024-2025-o‘quv yili uchun Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga (bakalavriat) talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda 2024-yil 1-martga qadar davom etadi.

✅ “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

🔹 dastlabki tanlov;
🔹 maxsus psixologik tanlov;
🔹 yozma imtihon (diktant);
🔹 test sinovlari.

🌐 Kirish imtihonlari bilan bog‘liq yangiliklar Akademiyaning rasmiy veb-sayti va telegram kanalida berib borilmoqda.

📞 Qabul bilan bog‘liq savollarga 71 202-04-96 (ichki 1727) telefon raqami orqali javob olish mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

BBA|Samarqand

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2024-yil 21-yanvardan 1-fevralga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (9-11-fevral) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

BBA|Samarqand

Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kurslari

“Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, darslar onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

⏳ Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda chet tilini bilishi haqida C1 darajadagi sertifikat talab qilinadi) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

👨🏻‍💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈

Читать полностью…

BBA|Samarqand

Aniq va tabiiy fanlardan bilim darajasini baholash bo'yicha test topshiriqlalini shakllantirish o`quv dasturi asosida malaka oshirish kurslari

✅ Malaka oshirish kurslari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, darslar onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈

Читать полностью…

BBA|Samarqand

#Ayni_vaqtda
#Tavsiyanoma

Ayni vaqtda Ichki ishlar vazirligining Samarqand Xalqaro aeroport xavfsizligini taʼminlash batalyoni harbiy qismda test sinovi bo‘lib o‘tmoqda. Harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan 48 nafar harbiy xizmatchilarga tavsiyanomalar berish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilmoqda.

📝 Test sinovida qatnashishi zarur bo‘lgan barcha harbiy xizmatchilar to‘liq qatnashmoqdalar.

❇️ Test sinovida test topshiruvchilarga 40 ta jangovar tayyorgarlik, 20 ta maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik, 10 ta matematika, 10 ta fizika fani bo‘yicha va 20 ta mantiqiy test topshiriqlari berildi.
♻️Test sinovlarida ishtirok etgan va eng yuqori balni qo‘lga kiritgan 40 foiz askarlarga imtiyozli tavsiyanomalar beriladi.

@bmba_samarqand

Читать полностью…

BBA|Samarqand

Bakalavriatda o‘nlab yo‘nalishlar mehnat bozori talablariga javob bermaydi

Ko‘p oliygohlar kredit-modulga o‘tdi, lekin talabaning qobiliyatini yuzaga chiqaradigan tizim yaratish zarur.

Joriy yilda 122 ta yangi yirik loyiha boshlanadi. Bu – yaqin yillarda murakkab texnologiyada ishlay oladigan 10 ming muhandis va texnolog kerak, degani.

Lekin, oliygohlarda bunday mutaxassislarni tayyorlash 20 foizdan oshmayapti.

Bu borada “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini ham faollashtirish lozim. Xorijga ketgan talabalarning bor-yo‘g‘i 9 foizi muhandislik yoki texnologiyalar yo‘nalishida ekani qayd etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

BBA|Samarqand

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Davlat rahbari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga e’tiroz bildirdi.

Professional ta’lim uchun mas’ul idoralar ko‘payib ketgani uchun tizim rivojlanmayapti. Ish beruvchilar va texnikumlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarur.

Oliy ta’limda qamrov keskin oshdi, sohaga xususiy sektor kirib keldi. Lekin sifatga yetarli e’tibor qaratilmayapti.

Masalan, talabalarning mustaqil ishlashi uchun muhit barcha oliygohlarda ham birdek namunali tashkil etilmagan. Aksariyat kollej va texnikumlar ham, oliygohlar ham ish beruvchilar talabi bilan hisoblashmaydi. Ayrimlarida darslik va adabiyotlar yetishmaydi, bori ham bugungi talablarga javob bermaydi.

Ilm-fan va innovatsiyalarga yetti yilda 6 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi. Lekin ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula ishlamayotgani qayd etildi.

Umuman, ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar bo‘yicha yangi vazir tayinlanib, uning oldiga professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarish qilish vazifasi qo‘yildi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

BBA|Samarqand

⚡️ Test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish uchun ochiq tanlov

📣 Bilimni baholash agentligi 2024-yilda Agentlik tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qiladi.

✅ Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqich — nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganiladi.

2️⃣-bosqich — nomzodlar malaka oshirish kursida o‘qitiladi va yakuniy nazorat sinovi o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat sinovida eng yuqori natijaga erishgan talabgorlar hududlar kesimida guruh nazoratchilariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi bosqichga tavsiya etiladi.

3️⃣-bosqich — nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra guruh nazoratchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan shartnoma tuziladi.

📌 Tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

📆 Buning uchun talabgorlar 2024-yil 1-fevraldan 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

❗️ Izoh: Talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

BBA|Samarqand

⚡️ Test topshiriqlari soni va baholash mezoni tasdiqlandi

🔰 2024-2025-o‘quv yili
uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni va baholash mezoni tasdiqlandi.

Test topshiriqlari soni va baholash mezoni:

▶️ Majburiy 3 ta fan (ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi) bo‘yicha:

🔹
har bir fandan 10 tadan jami 30 ta test topshirig‘i;
🔹 har bir to‘g‘ri javob uchun — 1,1 balldan;
🔹 maksimal ball — 33 ball.

1️⃣-mutaxassislik fani bo‘yicha:

🔸 test topshiriqlari soni — 30 ta;
🔸 har bir to‘g‘ri javob uchun — 3,1 balldan;
🔸 maksimal ball — 93 ball.

2️⃣-mutaxassislik fani bo‘yicha:

🔹 test topshiriqlari soni — 30 ta;
🔹 har bir to‘g‘ri javob uchun — 2,1 balldan;
🔹 maksimal ball — 63 ball.

📚 Umumiy 5 ta fan bo‘yicha test topshiriqlari soni — 90 ta. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.

🔗 Ta’lim yo‘nalishiga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bilan ushbu havolada tanishish mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

BBA|Samarqand

Nostrifikatsiya bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladigan joylar (2024-yil 5-fevral)

Toshkent shahri:
•Doimiy yashash hududi: Sirdaryo viloyati, Toshkent viloyati hamda Toshkent shahri.
•Test sinovining boshlanish vaqti:
1-smena 09:00
2-smena 11:00
3-smena 15:00
•Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi (sobiq Davlat test markazi) binosi.
•Manzili: Yunusobod tumani Bog‘shamol ko‘chasi 12-uy.
•Joylashuvi (geolokatsiya):
https://goo.gl/maps/683ZeGsJpZAeKNx98

Namangan viloyati:
•Doimiy yashash hududi: Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyati.
•Test sinovining boshlanish vaqti:
1-smena 09:00
2-smena 11:00
•Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligining Namangan viloyatidagi binosi.
•Manzili: Davlatobod tumani Yuksalish mavzesi Tadbirkor MFY Yoshlik ko‘chasi.
•Joylashuvi (geolokatsiya):
https://goo.gl/maps/SJxs6TxJeLkByh2BA

Buxoro viloyati:
•Doimiy yashash hududi: Navoiy viloyati, Qashqadaryo viloyati, Buxoro viloyati.
•Test sinovining boshlanish vaqti:
1-smena 09:00
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligining Buxoro viloyatidagi binosi.
•Manzil: Buxoro tumani Bog‘idasht MFY.
•Mo‘ljal: Buxoro shahri 7-kichik tuman 43-maktab orqa tomoni.
•Joylashuvi (geolokatsiya):
https://goo.gl/maps/rEyCwopqBCoTbCEV9

Surxondaryo viloyati:
•Doimiy yashash hududi: Surxondaryo viloyati.
•Test sinovining boshlanish vaqti:
1-smena 09:00
2-smena 11:00
•Joy nomi: Termiz davlat universitetining Axborot texnologiyalari fakulteti (yangi 7 qavatli bino).
•Manzili: Termiz shahri Barkamol Avlod ko‘chasi 43-uy.
•Mo‘ljal: viloyat Xalq banki.
•Joylashuvi (geolokatsiya):
https://goo.gl/maps/eSGuAUo779YJDGvn6

Samarqand viloyati:
•Doimiy yashash hududi: Samarqand viloyati, Jizzax viloyati.
•Test sinovining boshlanish vaqti:
1-smena 09:00
•Joy nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali binosi.
•Manzili: Samarqand shahar Ibn sino ko‘chasi 2-uy
Mo‘ljal: Geofizika qo‘rg‘oni.
•Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/PttcAv7QbH2GaPrQA

Qoraqalpog’iston Respublikasi:
•Doimiy yashash hududi: Qoraqalpog’iston Respublikasi.
•Test sinovining boshlanish vaqti:
1-smena 09:00
•Joy nomi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi axborot texnologiyalari texnikumi.
•Manzili: Nukus shahri, To‘rtko‘l guzari ko‘chasi.
•Mo‘ljal: 22-kichik tuman.
•Joylashuvi (geolokatsiya):
https://maps.app.goo.gl/ekLNP78CMzyZDpZ9A

Xorazm viloyati:
Doimiy yashash hududi: Xorazm viloyati.
•Test sinovining boshlanish vaqti:
1-smena 09:00
•Joy nomi: Urganch davlat universiteti ARM zali (oldingi Tarix fakulteti binosi).
•Manzili: Urganch shahar, Hamid Olimjon ko‘chasi, 14-uy.
•Mo‘ljal: 22-kichik tuman.
•Joylashuvi (geolokatsiya):
https://goo.gl/maps/uxqS29eXvHVovzUH7

Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi hamda test sinovining boshlanish vaqti bilan yuqorida keltirilgan PDF faylda tanishish mumkin.

Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

Читать полностью…

BBA|Samarqand

📚 Diagnostik test topshiriqlar kitobiga buyurtma berish yo‘riqnomasi

👍 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yilgan.

📚 Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari va test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo’lishlari mumkin.

👨‍💻 Mazkur xizmatdan foydalanish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali diagnostik test materiallariga buyurtma berishlari mumkin.

📺 HD formatda ko‘rish https://www.youtube.com/watch?v=-5b4tYCY8VQ

✍️ @bmba_samarqand

Читать полностью…

BBA|Samarqand

Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyida Bilim va malakalarni baholash agentligining, ingliz tili imtihonlarining “Suhbat” qismi bo’lib o’tdmoqda. Ushbu imtihonga akademik litsey tomonidan yetarlicha sharoitlar yaratilib, kompyuter jihozlari bilan ta’minlandi.

Quvonarlisi shundaki, ko’pgina qatnashuvchilar orasida aynan Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyi o’quvchilari ham ushbu imtihonda faol ishtirok etishdmoqda!

SamDCHTI akademik litseyi axborot xizmati
Instagram| telegram

Читать полностью…

BBA|Samarqand

#MOCK_EXAM
#Ayni_vaqtda

🇺🇸 Ayni vaqtda Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi binosida chet tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) bo‘lib o‘tmoqda.

☝️Mock testda talabgorlar

🔉 Listening
✍️ Writing
📖 Reading
🎧 Speaking

topshirish imkoniga ega bo‘ladilar.

👉 @bmba_samarqand

Читать полностью…

BBA|Samarqand

#Video_chat
Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yicha video chat

📆
2024-yil 26-yanvar (juma) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da video chat o‘tkaziladi.

✅ Video chat chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari, jumladan, turk tilini bilsh darajasini baholash imtihonlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligining mutaxassislari va turk tilidan ekspertlar ishtirok etadi hamda ayrim talabgorlarning ishlari tahlil qilib beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

BBA|Samarqand

⚡️⚡️⚡️Markaziy harbiy okrugning Samarqand, Jizzax hamda Navoiy garnizonlaridagi harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan askarlar imtiyozli tavsiyanoma uchun test sinovlarini topshirishmoqda.

👉/channel/+QWVLXc8vFbg3Y2I6

Читать полностью…

BBA|Samarqand

Xalqaro hamkorlik: Educational Testing Service Global

🏢 Bilimni baholash agentligi delegatsiyasi 2024-yil 9-fevral kuni Fransiyada joylashgan Educational Testing Service Global tashkilotiga tashrif buyurdi.

💬 O‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va tajriba almashish maqsadida amalga oshirilgan tashrif davomida TOEFL testlarini shakllantirish va test sinovlarini o‘tkazishda xavfsizlik mezonlari muhokama qilindi.

Shuningdek, test topshiriqlarini shakllantirish, baholash va imtihonlarni tashkil etishda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.

✍️ Kun yakunida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda TOEFL iBT va GRE testlarini Bilimni baholash agentligi tomonidan O‘zbekistonda tashkil etish borasida Memorandum imzolandi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

BBA|Samarqand

Xalqaro hamkorlik: Oxford University Press

🇬🇧 Bilimni baholash agentligi delegatsiyasi 6-fevral kuni Cambridge Assessment tashkilotiga tashrifini yakunlab, 7-fevral kuni “Oxford University Press” tashkilotiga tashrif buyurdi.

🔐 Tashrif davomida “Oxford University Press” tashkiloti tomonidan tashkil etiladigan test sinovlari, test topshiriqlarining validligi va ishonchliligi borasida amalga oshirilgan ishlar hamda xavfsizlik masalalari o‘rganildi.

Shuningdek, Bilimni baholash agentligi va “Oxford University Press” tashkiloti tomonidan baholash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha fikr almashildi.

🤝 Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish hamda kompyuter adaptiv testlarini shakllantirish borasida Memorandum va shartnoma imzolashga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun: “Oxford University Press” tashkilotining Oksford ingliz tili testi to‘rtta ko‘nikmani baholashga qaratilgan kompyuter adaptiv test hisoblanib, dunyo bo‘yicha 600 dan ortiq ta’lim tashkilotida tan olinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

BBA|Samarqand

⚡️ 2024-yilning 1-choragida bo‘lib o‘tadigan chet tili fanlaridan mock imtihonlari

📍 Test sinovi barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan holda tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlarning ro‘yxatdan o'tishlari my.uzbmb.uz saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

‼️ Natijangiz siz ro'yxatdan o'tgan telefon raqamiga sms xabar orqali yuboriladi.

🟢 Bu test sinovi talabgorga quyidagi bilimlarni beradi:
1. Bilimini baholashda yordam beradi
2. Imtihon formati bilan tanishtiradi
3. Vaqtni boshqarishni o‘rgatadi
4. Test topshiruvchining chet tilini bilish darajasining kuchli va zaif tomonlarini aniqlashiga yordam beradi
5. His-hayajonni bartaraf etadi
6. Ishonchni oshiradi
7. Tajribani o‘rgatadi
8. Imtihonga samarali tayyorgarlik ko‘rishni ta’minlaydi

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
🔹 (95) 507-70-72

lmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈

Читать полностью…

BBA|Samarqand

#Xalqaro_hamkorlik

Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlik kengaytirilmoqda


🇬🇧 Hozirda Bilimni baholash agentligi delegatsiyasi ishchi tashrif bilan Buyuk Britaniyada joylashgan Cambridge Assessment tashkilotida bo‘lib turibdi.

🖥 Uchrashuvning dastlabki kunida har ikki tomon taqdimot qilib, o‘z faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berdi.

✅ So‘ngra baholash sohasiga sun’iy intellektni joriy etish, test sinovlarini onlayn shaklda o‘tkazish, test topshiriqlarini shakllantirish, ekspertlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi hamda Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan ingliz tilini bilish darajasini baholash imtihonlarini Bilimni baholash agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

🤝 Kun yakunida Bilimni baholash agentligi va Cambridge Assessment tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida Anglashuv Memorandumi imzolandi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

BBA|Samarqand

⚡️ Talabgorlar milliy sertifikat imtihonlari uchun my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi

📆 Ma’lumki, biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 2024-yil 5-10-fevral kunlari amalga oshirilishi e’lon qilingan edi.

🔰 2024-yil 10-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining 17-son qarori qabul qilinib, umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilishi belgilandi.

⚙️ Hozirda Bilimni baholash agentligi va Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan mazkur xizmatni my.gov.uz saytida ishga tushirish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

📣 Shu sababli biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish mazkur xizmat my.gov.uz saytida ishga tushirilganidan so‘ng boshlanishini ma’lum qilamiz.

✅ Bunda mazkur xizmat my.gov.uz saytida joriy etilganidan keyin ro‘yxatdan o‘tish muddatlari va imtihon sanasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

BBA|Samarqand

Yig‘ilishda maktab ta’limidagi islohotlarni yanada jadallashtirishga qaratilgan vazifalar belgilab berildi

O‘tgan yili Respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, o‘tgan hafta Loyiha ofisi tashkil qilindi va katta ilmiy-amaliy tajribasi bor va salohiyatli kadrlar jamlandi.

Markaz va ofisga Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim vazirliklari bilan birgalikda:

— maktablarda matematika, fizika, kimyo, biologiya va xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini xalqaro standartlar asosida yangilash;

— o‘quvchilar bilimi, tahliliy, tanqidiy va kreativ fikrlashi, muammolarga yechim topib, amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv metodikalarini ishlab chiqish topshirildi.

Bunda, tan olingan xorijiy dasturlar (A-level, IB kabi), o‘quvchi va muallimlar bilimini baholashda xalqaro tajribalar (PISA, TIMSS, PIRLS) bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Joriy yilda Prezident maktablari ta’lim dasturi yana 1 mingta maktabda boshlanadi. Hokimlar ularni moddiy-texnik bazasini yaxshilashga mas’ul bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

BBA|Samarqand

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2024-yil 21-yanvar kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 23-yanvardan 1-fevralga qadar gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda 7 ming nafarga yaqin talabgor ishtirok etdi va 8 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

BBA|Samarqand

⚡️ 2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

✅ 2024-yil fevral-may oylarida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari jadvaliga o‘zgartirish kiritildi.

🇬🇧 Unga ko‘ra mart oyida ingliz tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari 2 marotaba tashkil etiladi.

▶️ Shuningdek, fevral va aprel oylarida nemis tilidan, mart va may oylarida arab tilidan imtihonlar o‘tkaziladi.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

BBA|Samarqand

2023-yil 5-fevral kuni o'tkaziladigan test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ro'yxati.

Список претендентов, участвующих в тестировании, состоявшемся 5 февраля 2023 года.

Читать полностью…

BBA|Samarqand

Matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan apellatsiya natijalari

📣 2023-yil 24-dekabr kuni matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilib, 2024-yil 16-yanvar kuni imtihon natijalari e’lon qilingan edi.

📥 Natijalar e’lon qilingandan so‘ng, besh ish kuni davomida test natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlarning apellatsiya arizalari qabul qilindi.

📱 Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, Apellatsiya komissiyasining qarori talabgorlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizasi bergan talabgorlar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan Apellatsiya komissiyasining qarori bilan tanishishi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

BBA|Samarqand

Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi

🌍 2024-yil 28-yanvar kuni barcha hududlarda kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

✅ Unda jami 3,9 ming nafarga yaqin talabgor ishtirok etdi va 4 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

📆 Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida hisoblanib, e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

BBA|Samarqand

#Video_chat #Chet_tili

Turk tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yicha 2024-yil 26-yanvar kuni o‘tkazilgan video chatning to‘liq videosi

👨🏻‍🏫 Video chatda Bilimni baholash agentligi mutaxassislari va turk tilidan ekspertlar ishtirok etdi.

✅ Unda 2023-yil dekabr oyida o‘tkazilgan chet tili imtihonlarida turk tili bo‘yicha ishtirok etgan 11 nafar talabgorning ishlari tahlil qilib berildi.

▶️ Youtube orqali ko‘rish uchun: https://youtu.be/LLxHCThqgOA

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

BBA|Samarqand

⚡️ Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 28-yanvar (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 08:30 dan boshlab (test sinovi 10:00 da) kiritiladi.

❗️ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

BBA|Samarqand

#Ayni_vaqtda

Ayni vaqtda Samarqand shahridagi harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan askarlar imtiyozli tavsiyanoma uchun test sinovlarida ishtirok etmoqda.

👉@bmba_samarqand

Читать полностью…

BBA|Samarqand

Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari boshlandi

✅ 2024-yil 22-yanvar kuni barcha hududlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari boshlandi.

📌 Test sinovlari muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarining o‘zlashtirganligini yakuniy baholash maqsadida tashkil etilmoqda.

📚 Buning uchun talabgorlarga 40 ta jangovar tayyorgarlik, 20 ta ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 10 ta matematika, 10 ta fizika fani bo‘yicha va 20 ta mantiqiy test topshiriqlari berilmoqda.

📆 Test sinovlar 22-yanvardan 23-fevralga qadar har bir harbiy qismda o‘tkaziladi va unda 24 mingdan ziyod harbiy xizmatchining bilimi sinovdan o‘tkaziladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал