⚡️ 2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida tashkil etiladi.
👨🏻💻 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
❗️ Oktabr oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida har bir bo‘lim uchun alohida vaqt belgilanadi va test materiallari alohida tarqatiladi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
SamDTU qo'shma o'quv rejalari asosida qabul qilinadigan abituriyentlar uchun kirish imtihonini o'tkazildi
Bugun, 19-sentabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga qo'shma ta’lim dasturlari asosida qabul qilingan abituriyentlarning kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo'lib o'tdi.
Qo'shma ta’lim dasturlari asosida qabul Bioinjeneriya (Boltiq fediral universiteti) va Klinik psixologiya Chuvash davlat universiteti) yoʻnalishlarida ikkinchi bosqich sinovlariga tavsiya etilgan abituriyentlar rus tilini bilish darajasi boʻyicha ikkinchi bosqich imtihonlarini topshirishdi.
Test sinovlari bir navbatda tashkil etildi va abituriyentlarga rus tili fanidan 30 ta test topshirig‘i va topshiriqlarini bajarish uchun 1 soat vaqt ajratildi.
Bilm va malakalarni haholash agentligi Samarqand viloyati bo'limi.
@bmba_samarqand
#Qabul2023 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi
📌 Bilimni baholash agentligi tomonidan 2023-2024-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.
✅ Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan bevosita talabgor ishtirokida ko‘rib chiqildi va unda apellatsiya arizasi bergan jami 6 052 nafar talabgordan 866 nafari (14,3 %) ishtirok etdi. Ularning:
👉 790 nafari (5 482 nafardan) — OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga;
👉 76 nafari (570 nafardan) — xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish test sinovlariga taalluqli.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tdi
⏳ 2023-yil 12-13-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga kirish test sinovlari o‘tkazildi.
✅ Test sinovlari Bilimni baholash agentligi binosida har kuni 2 smenada tashkil etilib, unda ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.
📚 Test sinovida talabgorlarga mutaxassislik fanidan 50 ta, ingliz tili fanidan 30 ta, jami 80 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 2 soat-u 40 daqiqa vaqt berildi.
📤 Test natijalari hisoblanishi bilan Bank-moliya akademiyasiga taqdim etiladi va talabgorlar o‘z natijasini Akademiyaning rasmiy saytidan bilishlari mumkin bo‘ladi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
👨🏻💻 Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
📆 Ro‘yxatdan o'tishlari va to'lovni amalga oshirishi my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshirilmoqda va 24-sentabr soat 10:00 ga qadar davom etadi.
🖥 Imtihon 26-sentabr kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Mo'ljal:Bodomzor metro bekati) kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi va natijalar o'sha kuni ma'lum bo'ladi.
📌 TOEFL ITP imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi (asl sertifikatlar 10 ish kunida yetib keladi)
👩🏫 TOEFL ITP sertifikati xalqaro tan olingan sertifikatlar bo‘lib, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
✅ Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:
🔹 TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma;
☎️ Murojaat uchun:
- (95) 515-68-68, (95) 507-70-72
- t.me/dtmtoefl
Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
⚡️ Ertaga kollej va texnikumlarga qabul yakunlanadi
✅ 2023-yil 10-avgust kuni professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan edi.
🖥 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.
📆 10-sentabr — professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi.
👨🏻💻 Shu sababli professional ta’lim muassasalarida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlar ertaga 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube
#Qabul2023 #Statistika
📊 Hududlar kesimida abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari
2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.
🗺 Eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):
🔹 Qashqadaryo viloyati — 20 759 nafar;
🔹 Samarqand viloyati — 20 421 nafar;
🔹 Farg‘ona viloyati — 18 822 nafar;
🔹 Toshkent viloyati — 15 347 nafar;
🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 14 428 nafar.
📍 OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra foiz hisobida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):
🔸 Buxoro viloyati — 28,32 %;
🔸 Navoiy viloyati — 24,03 %;
🔸 Xorazm viloyati — 23,95 %;
🔸 Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 22,84 %;
🔸 Toshkent shahri — 22,18 %.
📈 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning test sinovida to‘plagan o‘rtacha bali 99 ballni tashkil etdi. Yuqoriroq natija qayd etgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):
🔹 Buxoro viloyati — 107,3 ball;
🔹 Toshkent shahri — 105,2 ball;
🔹 Farg‘ona viloyati — 104,1 ball;
🔹 Namangan viloyati — 101,2 ball;
🔹 Xorazm viloyati — 100,0 ball.
⬆️ To‘liq jadval bilan yuqoridagi rasmlarda tanishish mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi
✅ “Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
📆 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 25-30-sentabr kunlari onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.
⏳ Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.
📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda chet tilini bilishi haqida C1 darajadagi sertifikat talab qilinadi) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
👨🏻💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 21-sentabr kuniga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (BXM ning bir yarim baravari 495 000 so‘m) amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.
☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68, (95) 507-70-72.
Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi
✅ 2023-yil 6-iyul kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
👨🏻🎓 Mazkur test sinovi talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 6 ta hududida tashkil etildi.
📚 Test sinovida talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 50 ta test topshirig‘i (har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball) va ularni ishlash uchun 100 daqiqa vaqt berildi.
🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
📌 Test natijalariga ko‘ra 55 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Bilimni baholash agentligi raqamli transformatsiya holati reytingida yuqori natija qayd etdi
▶️ Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan davlat tashkilotlarining raqamli transformatsiya holati reytingining 2023-yil I yarim yillik yakuni bo‘yicha natijalari e’lon qilindi.
📈 Unda 43 ta davlat organi, 38 ta xo‘jalik organi va 14 ta mahalliy hokimlik, jami 95 ta davlat tashkilotining raqamli transformatsiya holati baholangan.
Baholash 5 ta yo‘nalishda amalga oshirilgan:
🔹 Ochiqlik va elektron ishtirok;
🔹 Elektron davlat xizmatlari;
🔹 Axborot xavfsizligi;
🔹 Faoliyatning raqamlashtirilganligi;
🔹 Tashkiliy masalalar.
Baholash natijalariga ko‘ra tashkilotlar 3 ta toifaga ajratilgan:
🟢 “Yashil” (yaxshi) — 71 dan 100 ballgacha — 38 ta tashkilot;
🟡 “Sariq” (qoniqarli) — 55 dan 71 ballgacha — 41 ta tashkilot;
🔴 “Qizil” (qoniqarsiz) — 55 dan pasti — 17 ta tashkilot.
✅ Bunda Bilimni baholash agentligi 81,74 ball bilan ushbu reytingning “yashil” (yaxshi) toifasidan joy oldi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning natijalari (oliy ta’lim tashkilotlari va davlatlar kesimida)
👨🏻🎓 Joriy yilda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etgan 41 122 nafar talabgorning 4 433 nafari (10,8 %) o‘qishni ko‘chirish uchun talabni bajargan bo‘lsa, 36 689 nafari (89,2 %) talabni bajara olmagan.
📈 Ularning 18 543 nafari O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan bo‘lib, 3 ta OTM talabalari 100 foizlik natija ko‘rsatgan bo‘lsa, 29 ta OTM talabalarining birortasi minimal talabni bajara olmagan.
✅ Yuqori natija qayd etgan OTMlar:
🔹 PDP University — 100 % (2 nafardan 2 nafari);
🔹 Toshkent shahridagi INHA universiteti — 100 % (2 nafardan 2 nafari);
🔹 MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali — 100 % (1 nafardan 1 nafari);
🔹 Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti — 51,2 % (41 nafardan 21 nafari);
🔹 O‘zbekistondagi Sharda universiteti — 43,9 % (57 nafardan 25 nafari).
✅ Talabgorlarning 22 579 nafari xorijiy mamlakatlardagi OTMlardan o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan bo‘lib, Janubiy Koreya (42,9%), Latviya (42,9%) va Polsha (42,9%) davlatlaridan o‘qishni ko‘chirayotgan talabalar yuqoriroq natija qayd etgan.
▶️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha eng ko‘p arizalar Qirg‘iziston (12 472 nafar), Tojikiston (4 836 nafar), Qozog‘iston (2 968 nafar) va Rossiyada (2 135 nafar) tahsil olayotgan talabalardan kelib tushgan.
👆 Batafsil yuqoridagi pdf faylda.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube
#Qabul2023
Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovi natijalari
📆 2023-yil 29-30-avgust kunlari o‘tkazilgan Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube
#Qabul2023 #Statistika
⚡️ 15,7 ming nafardan ziyod abituriyent davlat granti ustuvorligidan foydalangan holda davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan
✅ Abituriyentlarga yaratilgan eng yaxshi qulayliklardan yana biri ularga tanlov ustuvorligini tanlash imkoniyati berilgani bilan bog‘liq.
👨🏻🎓 Joriy yilda 42 655 nafar abituriyent davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning 32 818 nafari umumiy qabul parametrlari doirasida o‘qishga qabul qilingan.
▶️ Shundan 15 715 nafar (47,9 %) abituriyent “Davlat granti” ustuvorligini tanlagan holda ikkinchi-beshinchi ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan.
❗️ Agar davlat granti ustuvorligi bo‘lmaganida mazkur abituriyentlarning aksariyat qismi birinchi ta’lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lar edi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube
#Qabul2023 #Statistika
⚡️ Abituriyentlarning 56,9 foizi beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyatidan foydalangan holda talabalikka tavsiya etilgan
🖥 Abituriyentlarga yaratilgan eng yaxshi qulayliklardan biri ro‘yxatdan o‘tishda beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati berilganidir.
👨🏻🎓 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.
✅ Shundan 180 ming nafarga yaqini umumiy qabul parametrlari doirasida o‘qishga qabul qilingan bo‘lib, ularning:
🔸 77 520 nafari (43,1 %) — birinchi ta’lim yo‘nalishiga
🔸 102 279 nafari (56,9 %) — ikkinchi-beshinchi ta’lim yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etilgan.
❗️ Bundan ma’lum bo‘ladiki, agar abituriyentlar oldingidek faqatgina bitta ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirganida ularning teng yarmidan ko‘pi talabalikka tavsiya etilmagan bo‘lar edi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube
#Qabul2023
Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari
📆 2023-2024-o‘quv yili uchun Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari 2023-yil 29-30-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi va 2 smenada o‘tkaziladi.
✅ Bunda test sinovlari:
1️⃣-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
📚 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani (huquqshunoslik, chet tili) va 3 ta majburiy fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.
⏳ Bunda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.
📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, huquqshunoslik fanida har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball), chet tili fanida 2,1 balldan (jami 63 ball), majburiy fanlarda 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.
👨🏻💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.
❗️ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga pasport (ID-karta) va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin kelishlari so‘raladi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube
SamDCHTI qo'shma ta'lim asosida qabul qilinadigan abituriyentlar uchun kirish imtihonini o'tkazildi
Bugun, 19-sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga qo'shma ta’lim dasturlari asosida qabul qilingan abituriyentlarning kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo'lib o'tdi.
Test sinovlari bir navbatda tashkil etildi va abituriyentlarga rustili fanidan 30 ta test topshirig‘i va topshiriqlarini bajarish uchun 1 soat vaqt ajratildi.
Bilm va malakalarni haholash agentligi Samarqand viloyati bo'limi.
@bmba_samarqand
Ingliz tilidan milliy sertifikat Turkiyaning Kipr Fanlar Universitetida tan olinadi
🇬🇧 Bilimni baholash agentligi tomonidan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari doimiy ravishda rivojlantirib borilmoqda.
🤝 Buning uchun test formatini yanada takomillashtirish va xalqaro talablar doirasida shakllantirish yuzasidan bir qancha xorijiy tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilib kelinmoqda.
✅ Shuningdek, chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikatni xorijiy universitetlar tomonidan tan olinishi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
✅ Natijada Turkiyaning Kipr Fanlar Universiteti (Kibris Ilim Üniversitesi –Cyprus Science University) tomonidan agentlikning ingliz tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikati rasman tan olindi.
👨🏻🎓 Endilikda Bilimni baholash agentligi tomonidan beriladigan ingliz tilidan tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega abituriyentlar Kipr Fanlar Universitetida tahsil olishlari mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari
🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun davlat granti asosida 3 000 ta, to‘lov-kontrakt asosida 6 500 ta qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.
✅ Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimida:
🔸 respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga – davlat granti asosida 3 000 ta;
🔸 viloyatlardagi davlat oliy ta’lim muassasalariga – bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 6 500 ta qo‘shimcha qabul parametrlari tasdiqlandi.
✅ Bunda:
🔹 davlat granti asosidagi qabul parametrlari – kirish imtihonlarida 68,0 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan;
🔹 bazaviy to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.
👨🏻💻 Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
📋 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkazilgan.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi
✅ “Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
📆 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 25-30-sentabr kunlari onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.
⏳ Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.
📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda chet tilini bilishi haqida C1 darajadagi sertifikat talab qilinadi) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
👨🏻💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 21-sentabr kuniga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (BHM ning bir yarim baravari 495 000 so‘m) amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.
☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68, (95) 507-70-72.
Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
#yengillik
Oliy ta’lim olish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun yana bir qator yengilliklar berilmoqda
2023/2024-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan bakalavriatga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, quyidagilarga:
➖talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan birida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati;
➖ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 2-, 3-, 4- yoki 5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan, biroq to‘plagan bali tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lgan abituriyentlarga tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati berildi.
Bunda, abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari asos sifatida qabul qilinadi.
Eslatma: belgilangan tartibga ko‘ra, kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, belgilangan minimal o‘tish balidan (56,7 balldan) kam ball to‘plagan abituriyentlarga ham birinchi o‘quv yiliga muayyan ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi beriladi.
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Qabul2023 #Statistika
📊 Hududlar kesimida joriy yil bitiruvchilarining talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari
2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan 193 421 nafar abituriyentning 111 256 nafari joriy yil bitiruvchilari hisoblanadi.
🗺 Joriy yil bitiruvchilari orasida eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):
🔹 Samarqand viloyati — 11 669 nafar;
🔹 Farg‘ona viloyati — 11 619 nafar;
🔹 Qashqadaryo viloyati — 10 858 nafar;
🔹 Buxoro viloyati — 9 288 nafar;
🔹 Toshkent viloyati — 8 359 nafar.
📍 Foiz hisobida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):
🔸 Navoiy viloyati — 43,58 %;
🔸 Buxoro viloyati — 40,24 %;
🔸 Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 36,71 %;
🔸 Xorazm viloyati — 32,32 %;
🔸 Farg‘ona viloyati — 29,29 %.
📈 Talabalikka tavsiya etilgan joriy yil bitiruvchilarining test sinovida to‘plagan o‘rtacha bali 108,3 ballni tashkil etdi. Yuqoriroq natija qayd etgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):
🔹 Buxoro viloyati — 115,4 ball;
🔹 Toshkent shahri — 114,4 ball;
🔹 Farg‘ona viloyati — 113,2 ball;
🔹 Namangan viloyati — 109,7 ball;
🔹 Navoiy viloyati — 109,5 ball.
⬆️ To‘liq jadval bilan yuqoridagi rasmlarda tanishish mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Chet tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam)
✅ 2023-yil 26-sentabr kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilini (ingliz, nemis, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi.
📍 Test sinovi barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan holda tegishli to‘lov (100 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
👨🏻💻 Talabgorlarning ro‘yxatdan o'tishlari va to'lov qilishlari my.uzbmb.uz saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali 18-sentabr kuni soat 9:00 ga qadar amalga oshiriladi.
☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
🔹 - t.me/arabtilimock
lmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi
✅ 2023-yil 6-sentabr kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
🗺 Mazkur test sinovi talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 6 ta hududida tashkil etildi.
📚 Test sinovida talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 50 ta test topshirig‘i (har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball) va ularni ishlash uchun 100 daqiqa vaqt berildi.
🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
✅ Test natijalariga ko‘ra 55 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Ertaga nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkaziladi
📆 2023-yil 6-sentabr kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
📋 Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan quyidagi havolada tanishish mumkin: t.me/NostrifikatsiyaBBA/16.
✅ Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 6 ta hududida tashkil etiladi.
📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-09-05
❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning OTMlar kesimidagi taqsimoti
✅ Ma’lumot uchun, joriy yilda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida jami 41 122 nafar talabgor ishtirok etgan. Ularning:
🔹 18 543 nafari — O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan;
🔹 22 579 nafari — xorijiy mamlakatlardagi OTMlardan o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan.
🔗 Batafsil ma’lumot: /channel/BaholashUz/6123
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi!
Shu kunlarda Vatanimiz va xalqimiz uchun qadrli, ulug‘ sana – mustaqilligimizning 32 yillik ayyomi nishonlanmoqda!
32 yil oldin O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan suveren davlat sifatida ko‘pmillatli xalqning farovonligi va erkini ta’minlash hamda taraqqiyotning demokratik yo‘lini tanladi.
O‘tgan yillar davomida juda ko‘p yutuqlarga erishdik. Muhimi, yurtimizda tinchlik hukm surmoqda. Shu tufayli hamyurtlarimiz bilan tinchlik va xotirjamlikda, Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shib kelmoqdamiz!
Fursatdan foydalanib, Bilimni baholash agentligi jamoasi O‘zbekiston xalqini ushbu qutlug‘ va ulug‘ ayyom bilan qizg‘in muborakbod etadi! Shu bilan birga, mustahkam sog‘liq, farovonlik va omad tilaydi!
Jonajon Vatanimizda tinchlik barqaror va ulkan taraqqiyotlarga erishish bardavom bo‘laversin!
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube
#Qabul2023 #Statistika
⚡️ Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodi ayollar
✅ Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun 948 491 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Bunda:
🙋🏻♂️ erkaklar — 419 327 nafar (44,2 %) ni;
🙋🏻♀️ ayollar — 529 164 nafar (55,8 %) ni tashkil etdi.
👨🏻🎓 Test sinovi natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:
🔹 100 491 nafari (52 %) — erkaklar;
🔹 92 930 nafari (48 %) — ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.
🎓 Abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballariga e’tibor qaratilsa, ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan holda talabalikka tavsiya etilganini ko‘rish mumkin.
🟢 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha o‘tish bali davlat granti asosida:
👉 erkaklarda — 112,4 ballni;
👉 ayollarda — 125,1 ballni;
🔵 to‘lov-kontrakt asosida:
👉 erkaklarda — 88,9 ballni;
👉 ayollarda — 98,5 ballni tashkil etgan.
📈 Erkaklar va ayollarda o‘rtacha o‘tish ballarining bunday farq qilishi ular ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan ta’lim yo‘nalishlari va ulardagi o‘tish ballari bilan bog‘liq.
▶️ Ta’lim sohalari bo‘yicha foiz hisobida olinganda:
🔸 “Ijtimoiy ta’minot” (91,7 %), “Tillar” (88,5 %) va “Ta’lim” (78,7 %) sohalariga ayollar;
🔸 “Transport xizmatlari” (93,5 %), “Arxitektura va qurilish” (84,8 %) va “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” (75,3 %) sohalariga erkaklar ko‘proq talabalikka tavsiya etilgan.
⬇️ Abituriyent (erkak va ayol) larning ta’lim sohalari kesimida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari bilan quyidagi rasmda tanishish mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube
#Qabul2023 #Statistika
⚡️ 15,7 ming nafardan ziyod abituriyent davlat granti ustuvorligidan foydalangan holda davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan
✅ Abituriyentlarga yaratilgan eng yaxshi qulayliklardan yana biri ularga tanlov ustuvorligini tanlash imkoniyati berilgani bilan bog‘liq.
👨🏻🎓 Joriy yilda 42 655 nafar abituriyent davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning 32 818 nafari umumiy qabul parametrlari doirasida o‘qishga qabul qilingan.
▶️ Shundan 15 715 nafar (47,9 %) abituriyent “Davlat granti” ustuvorligini tanlagan holda ikkinchi-beshinchi ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan.
❗️ Agar davlat granti ustuvorligi bo‘lmaganida mazkur abituriyentlarning aksariyat qismi birinchi ta’lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lar edi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube
❓ OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tdi?
📋 “U-Report” loyihasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilimni baholash agentligi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
📱 So‘rovnoma 2023-yilda bo‘lib o‘tgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha abituriyentlarning fikrini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan.
✅ So‘rovnoma natijalari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini takomillashtirishga yordam beradi.
✅ So‘rovnomada ishtirok etish uchun:
🔵 t.me/UReportUzbBot (START so'zini yuboring)
📷 https://www.instagram.com/ureportuzb/ (messenjerda START so'zini yuboring)
So‘rovnomada ishtirok eting va o‘z fikringizni bildiring. Sizning fikringiz biz uchun muhim!
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube
❓ OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tdi?
📋 “U-Report” loyihasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilimni baholash agentligi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
📱 So‘rovnoma 2023-yilda bo‘lib o‘tgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha abituriyentlarning fikrini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan.
✅ So‘rovnoma natijalari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini takomillashtirishga yordam beradi.
✅ So‘rovnomada ishtirok etish uchun:
🔵 t.me/UReportUzbBot (START so'zini yuboring)
📷 https://www.instagram.com/ureportuzb/ (messenjerda START so'zini yuboring)
So‘rovnomada ishtirok eting va o‘z fikringizni bildiring. Sizning fikringiz biz uchun muhim!
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube