Boshqalarning qo'lidagi non bo'lagi hamisha kattaroq ko'rinadi.
Dostoyevskiy | @badiiyiqtibos
Yarim tunda qabul qilingan qarorlar, odatda, kunduzi o‘z kuchini yo‘qotadi.
📚"O‘n uchinchi ertak"
Diana Setterfild | @Badiiyiqtibos
E'lon
Dars qilish uchun vaqti va hafsalasi yo'qlarga individual onlayn ingliz tili kurslarini taklif qilamiz.
O'qituvchi: TESL va C1 sertifikatlariga ega, Webster universiteti magistranti.
Qo'shimcha 50% maosh istab va yoki boshqa maqsadlarda, tilni zo'riqishlarsiz o'rganishga qaror qilsangiz, @higashikun'ga murojaat qiling.
Hamma yerda odamlar bir xil. Qachondir, kimnidir sevib qolsalar, oʻzgacha boʻlib qoladilar. Faqat sevgi insonlarni oʻzgartira oladi. San-Fransiskoda esa sevishganlar koʻp. Bori shu.
📚"Hey, kim bor?"
Uilyam Saroyan | @badiiyiqtibos
Narsalarning ham joni bor. Faqat ularning qalbini uyg‘ota bilish kerak.
📚"Yolg‘izlikning yuz yili"
G.G.Markes | @badiiyiqtibos
Mutlaq yolg`izlikni his qilish psixik yemirilishga olib keladi. Bu xuddi jismoniy ochlik o`limga olib kelishiga o`xshaydi.
Individ boshqa odamlar orasida yashashi, biroq o`zini mutlaqo yolg`iz his etishi mumkin. Agar bu o`z chegarasidan o`tsa, shizofrenik tipdagi aqliy ojizlikka olib kelish ehtimoli bor.
📚"Ozodlikdan qochish"
Erix Fromm | @badiiyiqtibos
Ilm-fan va din bir-biriga raqib emas. Ular shunchaki bir hikoyani so'zlayotgan ikki tilga o'xshaydi.
📚"Ibtido"
Den Braun | @badiiyiqtibos
Yomg‘irlar oralab kuzataman jim:
Yuvinib boradi asta kir dunyo...
Abdulla Sher | @Badiiyiqtibos
Sevgan kishi hech qachon «Ishqning foydasi bormi-yo‘qmi?» deb o‘ylanib o‘tirmaydi. Sevgi tuyg‘usidan o‘rtanayotgan jon uchun foyda va zarar degan gaplar judayam bo‘lmag‘ur tuyiladi. Ular dunyoning eng tubanliklaridan joy olgan manfur istaklar, razil mayllar kabi oshiq diliga qattiq botadi... Ishq oshiq uchun birdan-bir va yagona dunyoqarashdir!
📚"Sabo va Samandar"
U.Hamdam | @Badiiyiqtibos
Birovlarga yoqish uchun vijdonimizga qarshi borib yolg'on gapirgandan ko'ra, yaxshisi, yoqimsiz va og'riqli o'sha haqiqatni aytib qo'yaqolgan ma'qul.
📚"Umr mavsumi"
Jim Ron |@badiiyiqtibos
Ayol - temir buyum emas, ayol bamisoli gul. U iliq-issiq gaplarni xush ko‘radi. Uning uchun umr bo‘yi yelkangizni yag‘ir qilib ishlashingizdan ko‘ra har kuni uch-to‘rt og‘iz shirin so‘z aytganingiz ming marta afzal.
📚«Uch og‘ayni»
E.M.Remark | @Badiiyiqtibos
Mayda voqealar eng kattalari kabi muhim boʻlib qolgan. Mayda-chuydalar koʻproq eʼtibor tortayapti hozir.
📚"Qarzga olingan umr"
E.M. Remark | @badiiyiqtibos
Bilmayin bosilgan tikanning zahri yomon, biroq bilib turib bosilganda ozori undan ortiqroq bo'ladi.
📚 "Professor Douelning boshi"
Aleksandr Belyayev | @badiiyiqtibos
Agar bir ayol senga yig‘lab: «ket» desa, qilishing kerak bo‘lgan yagona ish qolishdir.
M. Longston | @badiiyiqtibos
Haromning eng qiyin joyi boshidir.
Keyin osonlashadi, keyin oddiy holga aylanadi, keyin o‘rganib qolinadi, keyin shirin tuyulishni boshlaydi va qalbga o‘rnashib oladi. Keyin esa qalb o‘ziga yana boshqa haromni qidiradi.
Imom Shofe’iy rohmatullohi alayh @badiiyiqtibos
Barcha umidlar uzilganida, barcha eshiklar yopilganida bir eshik ochiqligini sezasan. Biroq, o'sha eshik qayerda, bilolmaysan. Biroq, anglaysanki, tirik ekansan, hech qachon barcha eshiklar yopilmaydi. Hamisha ochiq turuvchi bir eshik bor. Biz - shundog'am ochiq eshiklarga e'tibor berishga odatlangan odamlar faqat so'nggi lahzadagina o'sha so'nggi ochiq eshikka nazar solamiz. Bu eshik hozir ochildimi? Yo'q, bu eshik har doim ochiq bo'lgan, biroq biz ko'rmaganmiz. Bu paytgacha qayerda edik? Nega bunchalik loqayd va bee'tibor bo'ldik? Xudoyim, bizni qabul et. Sendan kelganmiz, so'nggi qaytishimiz ham faqat Sengadir!
📚”Relslar uzra yotgan odam” Ravshan Abdulla o'g'li | @badiiyiqtibos
- Oʻzbek talabalari bilan ishlash qiyin, - dedi u sovuqqonlik bilan.
- Nimaga? Nega unday deysiz? - dedim jahlim chiqib. Gapirish uchun ruxsat soʻramay oʻrnimdan turganimni koʻrib, ustozning qoshlari chimirildi.
- Ular koʻp oʻylashadi, lekin oʻrganishga harakat qilishmaydi, - dedi.
📚«Soyabon ostida»
Raxshona Ahmedova | @badiiyiqtibos
Doimo yodingda tut va idrok etuvchi miyangga muhrlab qoʻy: yolgʻizlik insonni dahshatga soladi… Yolgʻizlikning barcha turlari ichida ma’naviy yolgʻizlik dahshatliroqdir.
📚”Kashfiyotchining iztiroblari”
Balzak | @badiiyiqtibos
Agar men oʻzim uchun oyoqqa turmasam, kim men uchun oyoqqa turadi? Agar men faqat oʻzimni oʻylasam, u holda men kimman? Agar hozir odam boʻlmasam, qachon odam boʻlaman?
Talmud hikmati. Mishna, Abot.
SIZ UCHUN ONLAYN YAPON TILI KURSI
Aslini olganda sizda qunt bo‘lsa, kimdir "tepib" turmasa ham o‘qiyverasiz.
Onlayn darslar esa aynan "tepmasa" ham o‘qiydiganlar uchun.
Siz o‘zingizni quntli deb hisoblasangiz, @higashikun akkauntiga aloqa chiqib, onlayn kursda qatnashing.
👤Aloqa: @higashikun
Mayxona insoniyat saodati o‘ldirib sotiladigan, oilalarni barbod qiladigan kuchli idora markazidir.
📚«So‘nggi to‘fon»
A.L.Qozonchi | @Badiiyiqtibos
Choy birgalikda ichilsa yaxshi. Qahva esa, yolg'izlikda...
Kelsang choy damlayman,
kelmasang qahva!
Xabaring bo'lsin, suv qaynadi!..
Arobiya | @badiiyiqtibos
Qahramonlarini unutganlarning avlodi qul bo’ladi.
📚«Kazbek - Osiyo arsloni»
Baxtiyor Abdug'afur | @badiiyiqtibos
Qalb ham tanaga oʻxshab chiriydimi?
📚"Qarzga olingan umr"
E.M. Remark | @badiiyiqtibos
Bugungi kunda baxt soʻzining maʼnosini haddan ortiq boʻrttirib yuborishyapti. Shunday zamonlar boʻlganki, bu soʻz umuman ishlatilmagan.
📚"Qarzga olingan umr"
E.M. Remark | @badiiyiqtibos
Haqiqatni aytolmagan professorga berilgan oylik bu poradir.
Hamid Sodiq | @badiiyiqtibos
Muhabbat shaydosi bo‘lgan yigit bir bo‘sa uchun jon berishi mumkin, ammo o‘ttiz ming dollar uchun jon bermaydi!
📚"Martin Iden"
Jek London | @badiiyiqtibos
Hayotda hamma narsaga haq to'lanadi.
📚"Qarzga olingan umr"
E.M. Remark | @badiiyiqtibos