Muhabbatda ortga yoʻl yoʻq. Uni hech qachon boshqatdan boshlab boʻlmaydi. Boʻlib oʻtgan narsalarning bari qonda qoladi.
📚"Qarzga olingan umr"
E.M. Remark | @badiiyiqtibos
Teatrga kelasan, pesani tomosha qilasan, avvaliga hech nimani tushunmaysan, tushunganingda esa vaqting tugagan boʻladi...
📚"Qarzga olingan umr"
E.M. Remark | @badiiyiqtibos
Toʻrt oyoqli hamma tirik jon yerga qaraydi va unga talpinadi. Faqat insongina yerda tik turadi, qoʻllari va boshi bilan falakka intiladi. Ibodatga… Xudoga…
📚”Chernobil tavallosi”
Svetlana Aleksiyevich | @badiiyiqtibos
Dunyoda eng adolatli narsa oʻlimdir. Hali hech kim uni sotib ololmadi. Hammani yer qabul qiladi: yaxshini ham, yomonni ham, gunohkorlarni ham. Bu dunyoda oʻlimdan boshqa adolat yoʻq.
📚”Chernobil tavallosi”
Svetlana Aleksiyevich | @badiiyiqtibos
“4 oʻchoqli pechkani tasavvur qiling. Bir oʻchogʻi oilangizni ifodalaydi, boshqasi doʻstlaringiz, yana biri sogʻligʻingiz va toʻrtinchisi sizning ishingiz. Muvaffaqiyatli boʻlishingiz uchun siz bu oʻchoqlardan bittasini olib tashlashingizga toʻgʻri keladi. Chindan ham omadli boʻlish uchun esa - 2 tasini.”
📚”Essensializm. Oddiylik yoʻli”
Greg Makkeon | @badiiyiqtibos
Oʻz hayotingni oʻzing tartibga sola olmasang, bu ishni oʻzgalar sening oʻrningga qilishadi.
📚”Essensializm. Oddiylik yoʻli”
Greg Makkeon | @badiiyiqtibos
Qaytish doim ajoyib hislar beradi…
Qaytdim, Do`stlar! Nasib qilsa, xuddi avval bo`lgani kabi, eng sara iqtiboslarni ulashib borish niyatidaman. Sizning qo`llovingiz doim ahamiyat kasb etgan!
Dadam menga doim bir gapni aytardi: Qiynalib qolganingda Xudoga murojaat qiladigan qizga uylan, boshqa erkakka murojaat qiladiganiga emas.
Filmdan | @Badiiyiqtibos
Meni foydasiz, samarasiz oʻlib ketish tashvishga soladi.
📚 "15 yoshligim"
Tetsuo Miura | @badiiyiqtibos
Biror narsaga bog'lanib qolish kishini chegaralaydi va cheklaydi.
📚 "Qarzga olingan umr"
E.M.Remark | @badiiyiqtibos
"Aytsam ishonmaysan, ey sodda ukam..."
Abdulla Oripovdan maddohlar haqida oʻziga xos sheʼr 😂🤨🤯
🖋Qora qalam - adabiyot haqida!
Inson nimagaki erisholmasa, o‘sha narsa aziz tuyuladi. O‘tmishni qaytarib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham o‘tgan kunlaringiz bebaho bo‘lib tuyulaveradi sizga.
📚 "Nur borki, soya bor"
O‘.Hoshimov | @badiiyiqtibos
Baxt nima?
Balki u jar yoqasida muvozanat saqlashdir.
📚 "Qarzga olingan umr"
E.M.Remark | @badiiyiqtibos
Xayoli dengiz sohillari kabi keng va dengiz havosi kabi toza odamlarni topish juda qiyin bo‘lib ketdi...
📚"Azizim"
Gi de Mopassan | @badiiyiqtibos
Erinchoq emas, baxtsizsan. Baxtsizlarning esa hech narsa qilgisi kelmaydi, tinimsiz o'zlarini horg'in his qilaverishadi.
✍Charlz Bukovskiy | @badiiyiqtibos
Oddiy haqiqatlarni turli mashaqqatli yoʻllarni bosib oʻtib, keyin tushunamiz.
📚"Qarzga olingan umr"
E.M. Remark | @badiiyiqtibos
- Eyfel minorasiga-chi, bordingmi?
- Yoʻq. U yerga sen bilan birga boraman, azizim.
📚"Qarzga olingan umr"
E.M. Remark | @badiiyiqtibos
Knyaz Mishkin aytgan: “Daraxtni koʻrib turib, baxtli boʻlmaslik mumkinmi?” Shunday… Men fikrlashni yaxshi koʻraman. Insonlar esa koʻpincha shikoyat qiladi, noliydi, lekin fikrlamaydi…
📚”Chernobil tavallosi”
Svetlana Aleksiyevich | @badiiyiqtibos
Chernobil qahramonlariga qoʻyilgan bitta yodgorlik bor… Bu - qoʻl bilan tiklangan sarkofag, ushbu toshqopqoq ostiga ular yadro olovini yashirdilar. Yigirmanchi asrning ehromi.
📚”Chernobil tavallosi”
Svetlana Aleksiyevich | @badiiyiqtibos
Jamiyatda biz yaxshi xulq uchun (“yoʻq” deya) jazolanamiz va yomon xulq uchun (“ha” deya) ragʻbatlantirilamiz.
📚”Essensializm. Oddiylik yoʻli”
Greg Makkeon | @badiiyiqtibos
Agar bolalarni sho‘xliklari uchun jazolamoqchi bo‘lsangiz, tog‘liklar odatiga ko‘ra istagan joyiga urishingiz mumkin, lekin yuziga qo‘l tegizish mumkin emas. Tog‘liklarni yozilmagan qonuni shu: inson yuzi daxlsizdir.
Dog‘iston - mening yuzim. Hech kimning mening yuzimga daxl qilishiga yo‘l qo‘ymayman!
📚"Mening Doglistonim"
R.Hamzatov | @Badiiyiqtibos
Odamzot nochorlik tufayli boylikdan hazar qiladi. Baxt boylikda emas, deb o‘zini ishontiradi. Turmushi sal o‘nglandimi, bu telba-teskari dunyoda boylikning ham o‘z o‘rni bor, deya fikrlashni o‘rganadi.
📚"Qadimiy qo‘shiq"
Zulfiya Qurolboy qizi | @badiiyiqtibos
Agar odamlar tentak bo‘lmasa, bahslashishing mumkin. Tentaklar faqat o‘zlarinikini ushlab oladilar.
📚"Hey, kim bor?"
Uilyam Saroyan | @Badiiyiqtibos
Kirish bor joyda chiqish bor. Dunyoda hamma narsa shu asosga qurilgan.
📚 "Pinbol - 1973"
Xaruki Murakami | @badiiyiqtibos
— Sen menga yoqasan. Shuning uchun ham sira isming bilan chaqirmayman.
📚 "Qarzga olingan umr"
E.M.Remark | @badiiyiqtibos
Aslida kuchli odamlar hech qayerda yo‘q - faqat o‘zlarini shunday ko‘rsatadiganlar bor.
📚"Shamol qo‘shig‘ini tingla"
Xaruki Murakami | @badiiyiqtibos
Agar odam ancha payt kimnidir kutmagan bo'lsa, kutish uni o'n yoshga yoshartiradi.
📚 "Qarzga olingan umr"
E.M.Remark | @badiiyiqtibos
Har bir erkak agar u ayolga yolg'on gapirmayotgan bo'lsa, ahmoqona so'zlarni gapiradi.
📚 "Qarzga olingan umr"
E.M.Remark | @badiiyiqtibos
Muhabbatda kechiriladigan narsa yo'q.
📚 "Qarzga olingan umr"
E.M.Remark | @badiiyiqtibos
Erkinlik degani mas'uliyat va maqsadsiz yashash, degani emas.
📚 "Qarzga olingan umr"
E.M.Remark | @badiiyiqtibos