badiiyiqtibos | Неотсортированное

Telegram-канал badiiyiqtibos - Badiiy iqtibos

4397

"Sen badiiy asarni yaxshi ko‘rgan kishing bilan birga o‘qisang, yana-da lazzat topasan." 📗"Sarob" Abdulla Qahhor Taklif va mulohaza: @higashikun

Подписаться на канал

Badiiy iqtibos

Ketganga yo'l yarashadi, qolganga muhabbat...

📚"O'zingga xush kelding"
M.Ch.Oqtosh |
@badiiyiqtibos

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

Erkinlik - ikki karra ikki -toʻrt, deb ayta olish imkonidir. Agar bunga imkon boʻlsa, qolgan hammasi shundan kelib chiqadi.

📚"1984"
Jorj Oruell l
@badiiyiqtibos

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

Faqat ular ikki karra ikki - toʻrt ekanini anglasalar bas.

📚"1984"
Jorj Oruell l
@badiiyiqtibos

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

Kitobsevar qizlar va ayollar uchun ajoyib blog.
Bu kanalda bookworm qizning o'qigan kitoblari va ular haqida bergan fikrlarini kuzatishingiz mumkin. Ayni damda "Olim yetishtirgan onalar" asari o'qilyapti.

Kanal faqat qizlar uchun!

Kitob o'qishga vaqtingiz bo'lmasa xafa bo'lmang,  hech bo'lmaganda mazmun va mohiyatini shu kanalda bilib olsangiz bo'ladi.

🫴/channel/+g1Bw5RzSpnBiMjFi

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

Umumiy, axloqiy va falsafiy nuqtai nazardan yaxshi va yomon xalqlar, degan narsa yoʻq va bo'lmaydi.

📚"Istiqlol jallodlari"
Mustafo Cho'qay o'g'li
l @badiiyiqtibos

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

"Inqilobni rus inqilobchilari, rus ishchilari, rus soldatlari amalga oshirdilar. Shuning uchun Turkistonda ham idora, hokimiyat biz ruslarnikidir. Yerlilar biz nima bersak, shu bilan qanoatlanishlari kerak..."

📚"Istiqlol jallodlari"
Mustafo Cho'qay o'g'li
l @badiiyiqtibos

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

Odamlar boshqalarning ular haqida nima deb o'ylashiga ahamiyat bermasligini aytganda, ko'pincha o'zlarini aldashadi.

📚
"Oy va sariq chaqa"
Somerset Moem l @badiiyiqtibos

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

Nazarimda, shunday odamlar bo’ladiki, ular tug’ilishlari kerak bo’lgan joydan boshqa maskanlarda tavallud topishadi. Tasodifiyat ularni muayyan o’lkaga itqitib tashlaydi-da, umr bo’yi o’zlari ko’rmagan vatanlari firoqida azob chekadilar… Tug’ilgan yurtida begonalar bilan yashaydi, o’zlari ham boshqalarga begona bo’lib qolishadi.

📚 "Oy va sariq chaqa "
Somerset Moem |
@badiiyiqtibos

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

Yoshim o'n yettida va biroz telbaroqman. Amakimning aytishicha, bu ikkisi doim yonma-yon yurarmish.

📚 "Farengeyt bo'yicha 451° "
Rey Bredberi |
@badiiyiqtibos

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

Menga qiziq tuyulgani, kitoblarda mard-jasur deya ta’riflangan xalqimiz adolatsizlikka jim qarab turib, haqiqatni gapira olmayotganida edi. Odamlarning aksariyati o‘zaro gaplashganda Fayzulloh ularni tirikchiligidan mahrum qilgani haqida soatlab gaplashib, uning siyosatini qoralab o‘tirar, ammo jurnalistlarga kamera qarshisida intervyu berayotganida Fayzullohni payg‘ambarga mengzab, uni dunyodagi eng pok musulmonlardan deya ko‘klarga ko‘tarishardi.

📚"Men Malalaman" Malala Yusufzoy

P/s: Bu narsa oʻrta Osiyoliklarga xosmi? Yoki insoniyatga?

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

Ba'zida tavakkalchilik donolik bilan bo'ylashadi.

📚 "Professor Douelning boshi"
Aleksandr Belyayev |
@badiiyiqtibos

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

Qalb shunday manbaki, ezgulik bilan yovuzlik ana shu manbada yetishadi. Qalb aql-u shuurning quvvatlantiruvchisidir.

📚"Tog‘lar qulayotgan zamon"
Chingiz Aytmatov |
@Badiiyiqtibos

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

Agar kimnidir yaxshi koʻrsang, uni sevasan, agar unga boshqa biror narsa berolmasang ham, sen unga har holda muhabbatingni berasan.

📚“1984”
Jorj Oruell | @Badiiyiqtibos

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

Hech qachon sizga eng ko‘p g‘amxorlik qilayotgan, sizga talpinayotgan insonga bee'tibor bo‘lmang. Chunki bir kun siz uyg‘onishingiz va yulduzlarni sanab, oyni yo‘qotganingizni anglashingiz mumkin.

Ekzyuperi | @Badiiyiqtibos

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

Nurulloh Muhammad Raufxon sahifasidan olindi.


Ilgarilari hayvonlar semirtirish uchun pichilgan.

Odam bolasi esa, ikki maqsadda pichilgan:
1. Biron ogʻir jinoyatiga jazo uchun.
2. Haram xizmatchisi qilish uchun.

Bu ikkinchi toifa asosan “ichkari” (haram)ga xizmat qilib yuradigan qullardir.

Pichilgan qullardan ayollarga jinsiy xavf-xatar boʻlmaganidan ularning koʻzi oʻngida xotin-xalaj bemalol ochilib-sochilib yuraveradi.

Pichilgan qul ayollardan zavq olmasa-da, ayollar quldan zavq oladi. Koʻngillarini xushlab, tegajoqlik qilib turishadi. Shu uchun yaxshi boqishadi. Koʻpincha qullarning jussasi kelishgan boʻladi.

Ammo bu jussadan qulning oʻziga foyda yoʻq. Qorni toʻq yuradi, xolos. Yeydi, yeganini axlatga aylantirib yuraveradi.

Pichilgan qullar juda ozchilik boʻladi, ulardan jamiyatga zarar deyarli yoʻq. Bor zarar ham faqat oʻzlarigadir. Ammo...

Pichilgan aqllar yomon. Buning zarari butun jamiyatgadir. Mamlakatgadir. Xalqqadir. Davlatgadir.

Aql qoʻrqituv va yolgʻon bilan pichiladi. Bunda miya muttasil, bir on ham toʻxtamay yolgʻon bilan yuvib, yolgʻon bilan sugʻorib turiladi.

Bir insonning jinsiy aʼzosini pichishdan maqsad tushunarli, aql nimaga pichiladi?

Saltanatlar haram emas, hukmdorlar xotin-xalaj emas, ular qoʻl ostidagi raiyatning jinsiy aʼzosidan qoʻrqmaydi. Qaytaga, zavq olib, shu zavqiga ovunib yuraversin deb jinsiy aʼzosiga tegmaydi, oʻz holiga qoʻyib qoʻyadi.

Saltanatlar va hukmdorlarning eng yomon qoʻrqadigani AQLdir! Aqlni hokimiyatlariga eng katta xavf deb biladi. Aql kamdan-kam hollarda -- hokimiyatga oʻta aqlli zotlar kelganidagina qadrlanadi, unga xavotirlanmay suyaniladi.

Davlatlar tepasiga koʻpincha aqli va bilimi oʻrtamiyona va oʻrtamiyonadan ham past kishilar kelgani uchun oʻzinikidan baland aqlni birinchi raqamli dushmani deb biladi.

Aqllar shu uchun pichiladi. Oʻzinikidan past darajada ushlab turishga harakat qilinadi. Hokimiyatga layoqatsizligini yashirish, koʻngli tusagan ishni bemalol qilish uchun unga aqli pichilgan jamiyat qulay.

Jinsiy aʼzosi pichilgan qullardan farqli oʻlaroq, aqli pichilganlar jamiyatda juda koʻpchilikni tashkil etadi. Lekin pichilgan jamiyat ham, xuddi pichilgan qullar singari, yeydi-ichadi, yegan-ichganini axlatga aylantirib yuraveradi, yaʼni, fikrlamaydigan jonzot boʻlib qoladi.

Kamdan-kam odam aqlini butun saqlab qola oladi. Va bular koʻpincha aqli pichilgan olomondan kulgiga, malomatga, hatto nafratga qolib, hukmdorlardan esa zulmga, taʼqibga, tazyiqqa uchrab yuradi.

Aqli pichilgan odamlarga Chingiz Aytmatov juda mos bir ot qoʻyib ketdi: MANQURT.

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

Fikr, e'tiqod erkinligi bo'g'ilgan yerda har balo bo'lishi mumkin.

📚 "Oynur"
Evril Turon
| @Badiiyiqtibos

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

🧑‍🎓"Nazarimda, shunday odamlar boʻladiki, ular tugʻilishlari kerak boʻlgan joydan boshqa maskanlarda tavallud topishadi. Tasodifiyat ularni muayyan oʻlkaga itqitib tashlaydi-da, umr boʻyi oʻzlari koʻrmagan vatanlari firoqida azob chekadilar… Tugʻilgan yurtida begonalar bilan yashaydi, oʻzlari ham boshqalarga begona boʻlib qolishadi".

👀Bunday hislar hammada ham boʻlarmikan? Hammada ham barchaga begonadek his paydo boʻladimi? Dengizni sogʻinadimi? Sahro yoki togʻlarni-chi? Beixtiyor allaqanday joylarni qumsaydimi? Oʻsha yerliklarni oʻz yaqinidek koʻradimi?

😉Siz ham oʻzingizni shunaqa his qilganmisiz hech? Unda "Oy va sariq chaqa"ni oʻqib koʻrishni tavsiya qilaman.

🖋Qora qalam - adabiyot haqida!

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

UPD. Kanalga soʻrov bilan qoʻshilishga sabab faqat qizlar uchunligi.
Ismiga nuqta/vergul qoʻyib olganlarni jinsi noma'lumligi uchun soʻrov qabul qilinmaskan)

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

Siyosatda eng buyuk baxtsizlik, obyektiv og'irliklarni va o'z kamchiliklarini ko'ra bilmaslik yoki ko'rishni istamaslikdir.

📚"Istiqlol jallodlari"
Mustafo Cho'qay o'g'li l
@badiiyiqtibos

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

Biz eng qonuniy haq, da'volarimizni amalga oshira bilish imkonidan mahrum ko'pchilik edik.

📚"Istiqlol jallodlari"
Mustafo Cho'qay o'g'li
l @badiiyiqtibos

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

❗️DIQQAT TANLOV❗️
70 nafar gʻolibdan biriga aylaning!


"Book uz" va "Rais Buva" hamkorligida tashkil etilgan tanlovda ishtirok etib, 70 ta kitobdan birini yutib oling!

👉Ishtirok etish: @bookuzbekistan_bot

1 o‘rin: "Saodat asri qissalari" (to‘plam).
2 o‘rin: "Suyukli payg‘ambarim bilan 365 kun"
3 o‘rin: "O‘kinma"
4 o‘rin: "Stiv Jobs"
5 o‘rin: "Halqa"
6 o‘rin: "Katta o‘yin. Ikki imperiya to‘qnashuvi"
7 o‘rin: "Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi"
8 o‘rin: "Mening Xayotim" (Xenri Ford).
9 o‘rin: "Chunki sen Alloxsan"
10 o‘rin: "Atom odatlar "
11-15 o‘rin: "Bolalar muvaffaqiyatga qanday erishadilar"
16-20 o‘rin: "Ichimizdagi shayton"
21-25 o‘rin: "Baxt Alloxga ishonmoqdir"
26-30 o‘rin: "Baqirmaydigan onalar"
31-35 o‘rin: "Men bilan o‘ynaysizmi ona"
36-40 o‘rin: "Martin Iden"
41-45 o‘rin: "Oy va sariq chaqa"
46-50 o‘rin: "Uyimiz jannatga aylansin"
51-55 o‘rin: "Da Vinchi siri"
56-60 o‘rin: "Vijdon azobi"
61-65 o‘rin: "Otash kechasi"
66-70 o‘rin: "Ming quyosh shu’lasi"


Tanlov 29-dekabrda yakunlanadi.

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

-Dengiz chig‘anog‘ining yarasini... to‘rt yuz so‘mga sotib olish- meshchanlikku!
-Ho-o, yemay-ichmay kiyinadiganlar bor-a!
-Bilaman, tomog‘idan urib, egnini o‘ylaydiganlar, sog‘ tishini sug‘urtirib, o‘rniga tilla qo‘ydiradiganlar yo‘q emas. Yuzimga ajin tushmasin deb kulmaydigan ham bor. Hammasi ahmoq!

📚 " Otoyining tug‘ilgan yili "
Erkin A'zam
l @badiiyiqtibos

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

Hayot chorrahasida turgan erkak ayollardan uzoqroq turishi kerak.

📚"Ali va Nino"
Qurbon Said |
@badiiyiqtibos

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

📚"Qalb iffati": qalbga qaytaradigan asar

Romanni oʻqigan kitobxon oʻzining poklanayotgani, tuygʻulari tozarib borayotganini his qiladi. Mana shu jarayonning oʻzi juda yoqimli. Oʻzini taftish qila boshlaydiki, ich-ichidan qandaydir ogʻriq sezadi...

Batafsil o'qish:👇
https://telegra.ph/Qalb-iffati-qalbga-qaytaradigan-asar-12-03

🖋Qora qalam - adabiyot haqida!

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

Postmodernchilar alamzada xalq boʻladi, sizlarga aytsam. Har kimdan, hamma narsadan, hattoki soʻzdan ham alamzada ular.
Yerdan uzulib, osmonga ketaman deya muallaq qolib ketganlar oʻsha toifadagi kishilar boʻladi.
Ular oʻzlarini aqlliroq deb, jamiyatni esa qoloqlikda ayblashadi doim.

P/s: oʻsha she'rni oʻqidim. Agar she'r deb boʻlsa, albatta. Meningchun she'r emas lekin. Tanqid qilganlar haqliroq, nazarimda.

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

«Ҳақиқий эркак – танаси ўлишидан эмас, балки қалби ўлишидан қўрқадиган кишидир».

Ибн Қоййим роҳимаҳуллоҳ | @Badiiyiqtibos

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

📚"Kattalashtirilgan surat": xayol va haqiqat/inkor va reallik

"
Menga esa odamzod qanday qilib katta mavhumlik ostidagi manzillarga yo‘l ola bilishi, qo‘rqish yoki qo‘rqmaslik boshqa masala, ammo shu qarorga jazm eta olishi qiziq tuyildi. Ishonsangiz, buning yechimini juda uzoq o‘ylashga hojat ham bo‘lmadi. Ayni damda yurtdoshlarimizning to‘rt milliondan oshig‘i mehnat muhojiri. Ularning aksar qismi xuddi shunday mavhumlik va qo‘rquvga to‘la hislar bilan begona yurtlarga ketmagan deb o‘ylaysizmi?..."

Batafsil o'qish: 👇

https://telegra.ph/Kattalashtirilgan-surat-xayol-va-haqiqatinkor-va-reallik-06-14

🖋Qora qalam - adabiyot haqida!

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

Xotiradan o‘chirishdan ham daxshatli qasos yo‘q.

Y.L.Vishnevskiy | @Badiiyiqtibos

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

#Diqqat_Tanlov

🧑‍🎓Elektron kitob oʻqish borgan sari ommalashib bormoqda. Bunga qulaylik va hamyonboplik sabab boʻlgandir balki.

🔔Bugungi tanlovimiz mana shunday kitobxonlar uchun maxsus, desak ham boʻladi. Gʻolibni "Accesstyle Lava 10M" powerbanki(300+ ming so'mlik) kutmoqda.🥳

👌Shartlar esa juda oddiy. Qora qalam kanaliga a'zo boʻling va 2 doʻstingizni taklif qiling (Ular ham a'zo boʻlishi kerak). ❗️Kanaldagi mana shu post izohida "Elektron kitob oʻqiysizmi?" savoliga javob qoldiring.

✔️♾Javob hajmi cheklanmagan. Eng qisqa izohdan, nima uchun oʻqish/oʻqimasligingiz asoslangan uzun izohlargacha tanlovda ishtirok eta oladi.

👑Tanlov 1- noyabr 21:00 gacha davom etadi. Gʻolibni shu kuni random orqali aniqlaymiz.

🤗Barchaga omad!

Kanalga a'zo boʻlish:

/channel/+VubYs6-fx-UwOWMy

🖋Qora qalam - adabiyot haqida!

Читать полностью…

Badiiy iqtibos

Parijdan qaytganimdan keyin rassomning qarindoshlarini izlab topdim. Hayratlanarlisi, uning onasi hali hayot ekan. Onasining uyiga to’plangan qarindoshlari o’z Vatanini tashlab ketib, uni o’zga yerlarga almashgan o’g’il haqidagi hikoyani g’amgin tinglashdi. Ular adashgan o’g’ilni kechirganday bo’lishdi, tirik ekanidan suyunishdi. Shunda birdan onasi so’rab qoldi:
- Sizlar avarcha so’zlashdinglarmi?
- Yo’q, biz tarjimon yordamida gaplashdik. Men ruscha gapirdim, u fransuzcha.
Ona yuziga qora chodrasini tushirdi, bizda onalar o’z o’g’lining o’lganini eshitganda shunday qilishadi.


📚“Mening Dog’istonim”
Rasul Hamzatov |
@Badiiyiqtibos

Читать полностью…
Подписаться на канал