YUR, JANNATGA BORAMIZ, YURAK!
Ўзбекистон халқ шоири Муҳаммад Юсуф таваллудининг 70 йиллиги муносабати билан “Юракка кўмилар асл шоирлар” номли фотокўргазма очилди.
@yangidavr_rasmiy
Assalomu alaykum, Tabiatni asrash haqidagi ijodiy mehnatimiz ijtimoiy tarmoqlarga joylana boshlandi. Xayrli bo'lsin.
Agarda kimning imkonyati bo'lsa holislik ila ushbu ijodiy ishimizni kengroq tarqalishiga sabab bo'lsangiz nur ustiga a'lo nur bo'lardi. Kimdir tasirlanib tabiatga bo'lgan muhabbati yanada kuchayar edi balki.
#Tarqating dunyoni ko'rsin va dunyo ko'rsin...
Haqiqat Qidirilmoqda
Ijrochi: Shohrux Ali
She'r muallif: Aziz Xo'ja Nur
#DIQQAT
HAQIQAT QIDIRILMOQDA
Kimki haqiqatni aytsa - muammo
Yo tilsiz, yo jonsiz, yo mayib ketgan.
Maslahat beruvchi ko'p erur, ammo,
Yordam beruvchilar kamayib ketgan.
Aytganingni qiluvchi - anqo urug'i,
"Aqllilar" fikrini bildirishadi.
Haqiqatni yashirib, yana o'zlari,
Ko'rmaslikka olib, qidirishadi...
AZIZ XO'JA NUR
Sirdaryo Sayhun
"Haqiqat tongi" kitobidan
@Aziz_Xoja_Nur_99891_501_57_57
She'r: "Sher haqida she'r"
Muallif: AZIZ XO'JA NUR
Ijroda: Zulhayo Mingboyeva
@Aziz_Xoja_Nur_99891_501_57_57
METRO
Metroda boradi gul qizlar o'ychan,
Yigitlar xayoli: o'qish, ro'zg'or, jang...
Joysiz odam izlaydi muruvvatli kim,
Kimdir joy qidirar birda qarasang...
Joy berish, bermaslik, mehr-oqibat,
Yer ostida ko'rdim birodarlikni.
Metroga tushsam yodga olaman,
Qabrga kirishga tayyorgarlikni...
Telefonga cho'kib ketadi ko'plar,
Yana kim mashuqasin ko'ngli bilan band.
Kitob o'qib borar pokiza qizlar,
Yuragimni yuragiga qilib zanjirband.
Eshiklar ochilar... Birinchi bekat,
Eshiklar yopilar... Poyezd parvozi.
Isrofilning qiyomatda chalar suridek,
"Oxirgi bekat" - degan ovozi...
Yer ustiga intilar yana haloyiq,
Ko'rarlar quyoshni, oyni bu damlar.
Bir kuni o'lishin bilarmikan-a-a-a?
Yer tagida tirik yurgan odamlar...
Yer tagida tirik yurgan odamlar,
Metro...
AZIZ XO'JA NUR
Sirdaryo Sayhun
@Aziz_Xoja_Nur_99891_501_57_57
ҚОРДА ҚОЛГАН АТИРГУЛ
Муҳаммад Юсуф хотирасига
Бир кун келиб оҳларим,
Босиб олар дунёни.
Кўкда руҳим кўргайму,
Мен кўрмаган рўёни.
Йиғлаётган мен эмас,
Менинг кўнглим йиғлайдир.
Ўз кўксига сиғмасдан,
Қолган умрим йиғлайдир.
Қон йиғлаган қалбимнинг,
Қадрдони қадри қул.
Мен ёнингга боряпман,
Қорда қолган атиргул.
Бир оз чида, нафас ол,
Юрак қайга шошасан ?
Улгурасан кетмоққа,
Бунча тўлиб тошасан.
У келмайди, у кетган,
Ҳамон ўша-ўшасан.
Қон йиғлаган қалбимнинг,
Қадрдони қадри қул.
Мен ёнингга боряпман,
Қорда қолган атиргул.
Урма фарёд, тўкма ёш,
Ёнаётган оҳ учун.
Менинг кўнглим Худода,
Омонат Аллоҳ учун...
Кечирмайди савоблар,
Биз қилган гуноҳ учун.
Қўлларимга тикан санч,
Юрагимга ханжар ур.
Мен ёнингга боряпман,
Қорда қолган атиргул.
Тополмадим ёруғлик,
Лек яшашни ўйладим.
Эй, муҳаббат қабрингга,
Бормадим, гул қўймадим.
Сен дунёни тарк этдинг,
Мен дунёга тўймадим.
Кўксим тўлди армонга,
Кўзларимга қараб кул.
Мен ёнигга боряпман,
Қорда қолган атиргул.
Охират - қулаб борар,
Кўксимдаги армоним.
Ҳаловат топармикан,
Ўлсам, сўнгги маконим.
Унутилмас хотира,
Соғинч солар титроққа.
Бир кун мени экишар,
Қўйишади тупроққа.
Мангу уйқу чорлайди,
Жаннат гули - асл гул.
Мен ёнингга боряпман.
Қорда қолган атиргул.
Фаришталар, жудолик,
Уйқудадир севгимиз.
Чиройли кўз, унутма,
Айрилмаймиз энди биз.
Мени тўкиб қўйдинг-ку,
Тўкилмаган фарёдим.
Икки дунё орасида
Сен - учинчи ҳаётим.
Нигоҳлари ғамгинсо,
Нигоҳимга асир гул.
Мен ёнингга боряпман,
Қорда қолган атиргул.
Капалакка айланиб,
Кипригингга қўнаман.
Сендан анча олисда,
Энг яқининг бўламан.
Балки, ҳайдаб соларсан,
Остонангдан озорим.
Оёқларинг остида,
Гуллаб турсин - мозорим.
Эҳ, бегуноҳ, бечора,
Мени эсла, эслаб тур !..
Мен ёнингга боряпман,
Қорда қолган атиргул.
Лабингни бос лабимга,
Куйиб кетсин дудоғинг.
Меҳринг музлаб қолдиму,
Хазон сўнгги япроғинг.
Сен баҳорда очилиб,
Қишга кўнгил берган гул.
Кўз ўнгига ишонмай,
Тушга кўнгил берган гул.
Уволингдан қўрқаман,
Ёш қабрингдан чиқди нур.
Мен ёнингга боряпман,
Қорда қолган атиргул.
Бевафолар кўп экан,
Бу бевафо дунёда.
Кўксим тиниқ, кўнглим синиқ,
Жонга жафо дунёда.
Гарчанд қалбим қуёшдир,
Ер бағрини иситмас.
Кимга ўз жони ширин,
Кимга ҳаёт қизиқмас ?..
Муҳаббат меҳробида,
Учрашамиз қачондир,
Мен ёнингга боряпман,
Қорда қолган атиргул.
Мен ҳам сендек вайрона,
Кўнгил қасри бузилиб.
Рози бўлинг, одамлар,
Қолса жоним узилиб.
Тириклигим бахтсизлик,
Бундай бахтни нетаман.
Йиғлаб келдим дунёга
Ва йиғлатиб кетаман.
Оҳ, Онам-а -а -а, жон Онам,
Сен ўзингни асраб юр.
Мен ёнингга боряпман,
Қорда қолган атиргул.
Азиз Хўжа Нур
Qishloq va qish
✍️🎙️Rashid Xoʻjamov
@Aziz_Xoja_Nur_99891_501_57_57
#Barchani tabiatni asrashga chorlaymiz!!!
📚 TABIATNING JAROHATI
Yer biladi, o'z dardini osmon bilar,
Tabi nozik, nokaslarning tabi uyat.
Nafsi uchun go'zallikni qurbon qilar,
Ozorlanding kechir bizni, o, tabiat.
E,berahm, bolta urma, "ko'k"ning bag'riga,
"Chiqindizor" bo'layotir dunyo yo'lagi.
Befarqlarcha ko'z yumamiz bari-bariga,
Ozorlangan tabiatning og'rir yuragi.
Atrof-muhit qadr istar munglidir holi,
Changli to'zon, iqlim ham o'xshar betobga.
Agar "Yashil hayot"ning ursa uvoli,
Insoniyat kiritilar qizil kitobga...
Biz ichgan suv, bu mo'jiza ne'matlardan,
Avlodlar ham bahra olib yashash kerak.
Tanazullga yuz tutmasdan -nabototni,
Asrash kerak. Asrash kerak. Asrash kerak!..
Buzg'unchiga baxtsizlikning qaraxati,
Tuzuvchiga xushxabar bor baxt rohati.
Kel, ey odam, malham bo'lib birlashaylik,
Bitib ketsin tabiatning jarohati.
AZIZ XO'JA NUR
Sirdaryo Sayhun
✍ Азиз Хўжа Нур
Табиатнинг жароҳати
🎤 Азиз Хўжа Нур
/channel/MUHAMMAD_YUSUF_IJODI
🇺🇿 O'ZBEK O'G'LONI 🇺🇿
Muallif : Aziz Xo'ja Nur
#New
#Online
#Admission
Kurs nomi: Elementary
"Biz bilan 0 dan boshlab - Natijagacha"
✔️ Kun-Vaqt: Du/Chor/Juma - 20:00 - 22:00 (2 soat)
✔️ Instructor: MUKHRIDDIN SAFAROV IELTS 6.5 (Sp: 7.0)
✔️ Start: January 17th
✔️ Davomiyligi: 3 oy
✔️ To'lov: 200.000 (oyiga)
Kurs kimlar uchun:
- ingliz tilini 1-2 oy o'qigan boʻlsa
- grammar da muammosi boʻlsa
- IELTS va Multi-level sertifikatini olmoqchi bo'lganlar uchun maxsus
Kursga ro'yhatdan o'tish:
@Mukhriddin_Safarov_7_7_7
33 242 28 85
📚O'QISH UCHUN TO'LAGAN KONTRAKTINGIZNI 12 % QAYTARIB OLISH UCHUN ARIZA YUBORISHINGIZGA KO'MAKLASHAMIZ. 📚
Davlatning belgilangan talablari asosida.
@Qalbdoshim_tel_99891_501_57_57
xizmatdan foydalanmoqchi bo'lsangiz telegram profilimga murojaat qilishingiz mumkin.
🎤Kamola Sindarova 🤍
✍Aziz Xo‘ja Nur
📜Vijdon
Turk tilini Turkiyadagi yigitdan oʻrganing😊☺️
Men Dilmurod Davlatov hozirda Turkiyaning Antalya shahridagi Akdeniz universitetida magistratura bosqichida tahsil olmoqdaman. Turk tilidan bilim darajam C1 va oʻquvchilarga online dars berib kelmoqdaman.
Yaqinda 0 dan boshlab ya'ni A1 darajadagi yangi guruh ochmoqdamiz. (Bu guruh aprel oyida oʻtkaziladigan milliy sertifikat imtihoni uchun tayyor boʻladi in shaa Alloh)
Darslarni qanday, qancha muddatda oʻtilishi, umumiy maʼlumotlarni /channel/Turk_tili_online_Dilmurod_hoca kanalida 12-yanvar kuni soat 21:00 da boʻlib oʻtadigan ochiq darsimizda aytib oʻtamiz.
Ochiq darsimiz soʻnggida "Turkiya bursları" (Qanday qilib Turkiyada grand asosida bakalavr, magistr, doktorantura bosqichida ta'lim olish mumkin?) haqida ham ma'lumot beramiz.
Shuning uchun hoziroq /channel/Turk_tili_online_Dilmurod_hoca kanaliga aʼzo boʻling va 12-yanvardagi ochiq darsni oʻtkazib yubormang. Barcha savollarga oʻsha kuni javob olasiz in shaa Alloh.
Ha, aytgancha 😁. Antaliyadagi sarguzashtlarim va turli fikr mulohazalarimni @Dilmurod_Boymurod_ogli kanalida ulashib boraman. Obuna boʻlish tekin😁😂
📚😚Toshkent shahridagi Toshkent fotosuratlar uyida O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan " Yurakka ko'milar asl shoirlar" nomli suratlar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Ko'rgazmada yozuvchi shoirlar el suygan san'atkorlar adabiyot vakillari, yoshlar va xalqimiz ishtirok etdilar.
Muhammad Yusufning rafiqalari Nazira As-Salom qizlari, nabiralari, qondosh jigarlari jam bo'lgan davrada har kuni xalqimiz eslaydigan sevimli shoirimiz yana bir bora yodga olindi.
Bizga ham bu xotira tadbirida ishtirok etish nasib qildi.
Ijodi ila insonlar qalbiga iliqlik, ishq iforini olib kirgan ustoz Muhammad Yusufni Yaratgan rahmatiga olgan bo'lsin 🤲
Nazira opam mehribon inson, Allohga yaxshilarga yaqin qilganiga hamd aytib hokisor ijodkoringiz Aziz Xo'ja Nur
/channel/Aziz_Xoja_Nur_99891_501_57_57
⚡️⚠️ Табиатнинг жароҳати!
Сирдарёлик ёш ижодкор Азиз Хўжа Нур — барча юртдошларимизни табиатни асрашликка чорламоқда 🤝👍
Канал👉 @SirdaryoSadosi
↗️
📚 TABIATNING JAROHATI
✍ Aziz Xo'ja Nur
🎤 Zulhayo Mingboyeva
#DIQQAT
HAQIQAT QIDIRILMOQDA
Kimki haqiqatni aytsa - muammo
Yo tilsiz, yo jonsiz, yo mayib ketgan.
Maslahat beruvchi ko'p erur, ammo,
Yordam beruvchilar kamayib ketgan.
Aytganingni qiluvchi - anqo urug'i,
"Aqllilar" fikrini bildirishadi.
Haqiqatni yashirib, yana o'zlari,
Ko'rmaslikka olib, qidirishadi...
AZIZ XO'JA NUR
Sirdaryo Sayhun
"Haqiqat tongi" kitobidan
@Aziz_Xoja_Nur_99891_501_57_57
METRODA ADABIYOT BEKATLARI
"Milliy bog'"- bekati odamlari kam,
Jimjitlik keladi tilning uchiga.
"Paxtakor" bekati odamlar gavjum,
Men singib ketaman xalqning ichiga...
"Buyuk ipak yo'li" borar manzilim,
Pushkin ijodining sara ro'yxati.
Devorida o'riklar gullagan oppoq,
"Hamid Olimjon" metro bekati.
Shumlikdan iborat emas "Shum bola",
"Biz tirik odamlarmiz" dadil bu kalom.
"Tirik odamlar" ni tortar o'ziga,
Keyingi bekat... O, " G'ofur G'ulom".
Zarifaning sog'inchdan oqqan bardoshi,
"Quyosh qoraymas" yog'dusi oydek.
"Qutlug' qon" ni yozgan o'zbek quyoshi-
Muso Toshmuhammad o'g'lidir Oybek.
"Mustaqillik maydoni", "Xalqlar do'stligi",
Tinchlik - insonning istak, o'zligi.
Abdulla Qodiriy anglatmish, ayon,
Mehrobdan ham chiqishi mumkindir chayon.
Umr zinalari, o'tish yo'llari,
She'r yozib kimlarning dil qa'tidaman.
"Adabiyot" atalgan orzu poyezdi,
"Alisher Navoiy" bekatidaman.
AZIZ XO'JA NUR
Sirdaryo Sayhun
📄 ҚОРДА ҚОЛГАН АТИРГУЛ
🥀🥀🥀
📝 Азиз Хўжа Нур.
🎤Музаффар Ҳафизович.
🎬 Дунёси Дунёча Дунё
@Aziz_Xoja_Nur_99891_501_57_57
Efirdan parcha))
@Muzaffar_Xafizovich - Qorda Qolgan Atirgul
✍ Aziz Xoʻja Nur Sheʼri📚
📚 TABIATNING JAROHATI
✍️ AZIZ XO‘JA NUR
Ijrochimizga tashakkur
📚 TABIATNING JAROHATI
✍ Aziz Xo'ja Nur
🎤 Aziz Xo'ja Nur
TABIATNING JAROHATI
Yer biladi, o'z dardini osmon bilar,
Tabi nozik, nokaslarning tabi uyat.
Nafsi uchun go'zallikni qurbon qilar,
Ozorlanding kechir bizni, o, tabiat.
Oldimizdan oqqan suvning qadri yo'qdir,
Isrof bo'lib qancha-qancha suvlar oqdi.
Odamiga farqi yo'qmi?.. Farqi yo'qdir.
Hazon yoqdi, o'rmon ichra olov yoqdi.
Tutun to'ldi atmosfera o'pkasiga,
Toza havo izlayapti inson ahli...
Ziyon qilmang Yaratganning o'lkasiga,
Xudo haqqi, keladi-ya, Xudo qahri.
Oroldek dengizlar sahro bo'lmasdan,
Yo sahrolar toshqin suvga to'lmasdan.
To'yib-to'yib nafas olsin, mehr ber, suv ber,
Dov-daraxtlar qovjirab, gullar so'lmasdan.
E, berahm, bolta urma "ko'k"ning bag'riga,
"Chiqindizor" bo'layotir dunyo yo'lagi.
Befarqlarcha ko'z yumamiz bari-bariga,
Ozorlangan tabiatning og'rir yuragi.
Atrof-muhit qadr istar, munglidir holi,
Changli to'zon, iqlim ham o'xshar betobga.
Agar "Yashil hayot"ning ursa uvoli,
Insoniyat kiritilar qizil kitobga...
Achinib ketaman maxluqotlarga,
Tobora kuydirar issiqlik shamsi.
Ko'z o'ngimda tugab borayotgandek,
Nabotot olami -- tiriklik ramzi...
Vodarig', bu holdan ranjiganlar kim,
Aybdor bandaman, Haqning quliman.
Tog'ning qulashini kuzatarlar jim,
Men ham tomashabinlarning biriman.
O, tabiat, tabiiyligim, bo'lmagin xafa,
Joningga jabr qildik bilib-bilamasdan
Shiddat ila borliqni qiling mudofaa,
Olam ahli, uyg'oning, mudrab yurmasdan.
Portlatmanglar, tuproqlarda jon o'ladi,
Yongan yerda kuldan, giyoh unmog'i yo'q.
Bug'doy unsa, don, un bo'lar, non bo'ladi,
Ocharchilik, ko'p joyda non urvog'i yo'q.
Biz ichgan suv, bu mo'jiza ne'matlardan,
Avlodlar ham bahra olib yashash kerak.
Tanazullga yuz tutmasdan - nabototni,
Asrash kerak. Asrash kerak. Asrash kerak !..
Buzg'unchiga baxtsizlikning qaraxati.
Tuzuvchiga xushxabar bor, baxt rohati.
Kel, ey odam, malham bo'lib birlashaylik,
Bitib ketsin tabiatning jarohati.
AZIZ XO'JA NUR
Sirdaryo Sayhun
/channel/MUHAMMAD_YUSUF_IJODI
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 O'ZBEK O'G'LONI 🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Mardona g'ururi sinmagan o'zbekman !
Imoni - ko'z nuri tinmagan o'zbekman !
Adolat mehridan yaralgan yuragi
Vatanni hech kimga bermagan o'zbekman !
Ko'zga sur tuprog'ing, rizqu noningni,
Dunyolarga almashma sof iymoningni,
Tinchlik uchun qurbon qil, shirin joningni,
Mard bo'lsang, haqlarni nohaq demassan,
Yurt ishqida yonmasang OLOV emassan.
Ey o'zbek o'g'loni, ko'rsat aslingni,
Qaddingni tik tut, ko'tar bastingni,
Yurtfurush yovdan ol, alam qasdingni,
Mard bo'lgin haqlarni nohaq demassan,
Yurt ishqida yonmasang OLOV emassan.
Seni olov derlar, otash deydilar,
Taqdiri xalqiga tutash deydilar,
Buni yashash uchun kurash deydilar,
Mard bo'lgin haqlarni nohaq demassan,
Yurt ishqida yonmasang OLOV emassan.
Jasorat qoningda yurib turmasa,
Ozodlik chehrasi kulib turmasa,
" VATAN ", deb yuraging urib turmasa,
Hayot maydonida g'olib kelmassan,
Yurt ishqida yonmasang OLOV emassan.
AZIZ XO'JA NUR
" Vatanga Vafo "
#diqqat
#tarqating
"Kontrakt"dan to‘langan soliqni qaytarib olish haqida.
/channel/YIAhujjat
🎤Kamola Sindarova 🤍
✍Aziz Xo‘ja Nur
📜Ishqistonimiz
📚 OTA-ONANGIZ ASRANG, ODAMLAR
Muallif: Aziz Xo'ja Nur
Ijrochi: Shohrux Ali
@Aziz_Xoja_Nur_99891_501_57_57