ayolning_41_olami | Неотсортированное

Telegram-канал ayolning_41_olami - Sohiba Mullayeva blogi

1102

Phd in mass-media Teacher in UzJOKU Kopirayter IELTS 6.5 Dekretdagi jurnalist Ayolning 40 joni bor, men bilan esa 41-olamini kashf etish uchun kanalimda qoling! Мурожаат учун 👉 @kopiraytadmin_mullayeva

Подписаться на канал

Sohiba Mullayeva blogi

Yosh olimalar anjumanidan bir shingil lavha


To‘g‘risi, ba'zi sabablar bilan ijtimoiy tarmoqlarda ulasha olmagandim. Bugunga nasib qilgan ekan...

Xulosani qisqaroq qilaman: Ayol, baribir, o‘z ustida ishlashi kerak, o‘qishdan to‘xtamasligi kerak ekan! Eng muhimi, u istasa, hech narsa xalal bermaydi. Qolgani bahonalar xolos!


@Ayolning_41_olami

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

Ўткан асрнинг бошларигача аёллар уй бекалари эдилар, барчаларининг илми ва ҳунарлари бўлиб бошланғич таълимни фарзандларига тўлиқ берганлар.

Иккинчи жаҳон урушидан кейин ишчи кучига эҳтиёж ошгани боис аёлларни ҳам уйдан чиқариш сиёсати олиб борилди.
Смеслар, памперслар ўйлаб топилди. Оналар болаларига кўкнори ичириб ухлатиб далаларда ишлашди.
Ҳозирги кунда диазолин, фенибут ичиришга алмаштиришди.
Болалар планшетда ютубда, Болажон, Ақлвой каналида «тарбия» оляптилар.

Оналар фарзандларига керакли даврларда тарбия фундаментини қўймаяптилар, ҳарфларни, 1+1 ни ҳам ўргатолмай почемучкага олиб боришяпти, ўз ҳаққини билсин деб, ҳаёт тарбиялайди, боғча, мактаб тарбиялайди деб ташлаб қўйишяпти,
оқибатда жамиятга тарбиясиз «ҳўкизлар» етишиб чиқяпти.

«психологик» тренингларда тарбияланаётганлари эса жуда ачинарли, афсус...

✍Nargiza Qurbonova

/channel/YaqinOzbek

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

Xayrli kech, azizlarim!

Blogda yana kamnamoligim boshlandi. Buning o'ziga yarasha jiddiy sabablari bor.

✅ Eng asosiylari:

* digital detox;
* onlayn darslar qizg'in ketayotgani;
* tahrir ishlarimning ko'pligi;
* bolalar ta'tilda va men ularga ko'p vaqt ajratishim kerakligi;
* va nihoyat, SOG'LOM OVQATLANISHni boshlaganim...

✅ Sog'lom ovqatlanishni bloga faol bo'lishga nima aloqasi bor, deysizmi? Buni o'zim ham bilmayman. Lekin bir ish boshladimmi, hamma fokusni shunga qaratishga harakat qilaman! Hozircha fokus ko'proq dieta va vazn yo'qotishga ketmoqda. Yaqin oylarda Do/Posle rasmlarni qo'yib, maqtanish nasib qilsin. Hozircha natija -5 kg! (Bu 15 kunlik natija!)

Shunaqa gaplar... Ha, aytgancha, yangi yilga qanday maqsadlar qo'ydingiz? Agar maqsadlaringiz ichida ozish bo'lsa, ertani, bahorni, dushanbani kutib o'tirmang!

@Ayolning_41_olami

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

Aslida yangi yil bayramida kayfiyatim u qadar zo‘r bo‘lmaydi...


Sabablari:

Umrimizdan bir yil uzilib ketadi;
Ota-onalarimiz bir yilga qariydi;
Ko‘p narsaga ulgurmay qolgan bo‘lamiz.

Lekin, Yaratgan bizni UMID degan ne'mat bilan siylagan.

Shular menga taskin beradi:

Bitmay qolgan ishlarni nihoyasiga yetkazish uchun imkoniyat;
Farzandlar bir yilga ulg‘ayadi;
Ota-onaga ko‘proq mehr berish imkoniyati;
Yangi-yangi maqsadlar qo‘yish va intilish!

2023... Nima bo‘lganda ham sendan minnatdorman!

2024! Senda yanada omadli, yanada g‘ayratli va yanada baxtli bo‘lishimizni tilayman!

AZIZLARIM, SIZLARGA HAM YANGI YIL MUBORAK BO‘LSIN!


@Ayolning_41_olami

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

Ijtimoiy tarmoqlar iste'molchisi emas, kontent yaratuvchisi bo'ling!

"Oydin hayot" ko'rsatuvida jonli efirda ayollar va ularning shaxsiy rivojlanishi haqida gaplashdik. O'zim haqimda "maqtanish time" ham bo'ldi!

To'liq varianti you tubeda👇👇👇

https://www.youtube.com/watch?v=h3FuPmQ2UEk

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

#yakshanba_mutolaasi

Erta bahor. Dam olish kuni edi. Hovliga tushdim. Havoning avzoyi buzuq. Yuvinib chiqib qarasam, tunuka tom peshidagi tarnov bir tomonga qiyshayib yotibdi. Qishda yoqqan qor zalvoridan qiyshayib qolgan, shekilli… Qattiqroq shamol boshlansa, tushib ketadigan…

Yo‘lakda yotgan narvonni ko‘tarib kelib tomga tiraguncha tinkam quridi, nam tortib, zildek bo‘p ketibdi. Narvon zinasiga oyoq qo‘yishim bilan ayvondan onam tushib keldi.
– Nima qilmoqchisan? – dedi ko‘zimga termilib.
– Hozir, – dedim beparvo qo‘l siltab. – Tarnov qiyshayib qopti.
– Shoshma, bolam, oldin choyingni ichib ol…
– Hozir tushaman. Shunday dedimu narvonga tirmashdim. Tomga chiqishim bilan pastdan onamning xavotirli xitobi eshitildi:
– Ehtiyot bo‘l, tom labiga borma!
– Uyga kirsangiz-chi! – dedim og‘rinib. Tunuka tomni taraq-turuq bosib, qiyshaygan tarnov oldiga keldim. Uvvalo urinaman, tarnov la’nati o‘nglansa, qani! Zanglab ketganmi, bo‘yog‘i yopishib qolganmi

… Aksiga olib, yomg‘ir shivalay boshladi. Oldin tomchilab turdi-da, keyin shiddat bilan yog‘ib ketdi. Tom labida o‘tirgancha, tarnovni qo‘shqo‘llab surishga urindim. Qilt etmaydi! Pastdan yana onamning ovozi keldi:
– Menga qara, bolam.
Narvon oldiga qaytib keldim.
– Nima deysiz?
– Jon bolam, mana buni kiyib olgin…
Qarasam, onam bir qo‘li bilan narvonni changallagancha, ikkinchi qo‘lida to‘n ushlab turibdi. Yupqa ro‘moli, nimchasi ho‘l bo‘lib ketgan… Xunobim oshdi.
– Hozir tushaman, dedim-ku! Men yosh bolamanmi?
– Shamollab qolasan!
– Obbo! Siz uyga kiravering! Hozir tushaman. Shunday deb, tag‘in tarnov oldiga qaytdim. Jahl bilan tarnovni mushtlay boshladim. Bir mahal pastdan yana ovoz keldi:

– Ada! Adajon!
– Ha! – dedim battar xunob bo‘lib.
– Varragim yirtildi! Qarasam, yetti yashar o‘g‘lim hovli o‘rtasida turibdi. Oyog‘i ostida yirtilib, qamishlari qovurg‘adek turtib chiqqan varrak loyga qorishib yotibdi. O‘zi ko‘ylakchan. Boshyalang. Yomg‘ir ostida diydirab turibdi.
– Uyga kir, Farrux! – dedim baqirib. – Uyga kir, shamollab qolasan! Quloq solsa, qani! Goh varragiga, goh menga qaraydi. Kapalagim uchib ketdi! Tomda sirg‘alib-sirg‘alib, narvon tomon yugurdim. Uch-to‘rt pillapoya tushib qarasam, onam hamon narvon oyog‘ini changallab turibdi. Ro‘moli jiqqa ho‘l bo‘lib, sochlariga yopishib qolgan… Bir qo‘li narvon oyog‘ida. Bir qo‘lida to‘n…

O‘tkir Hoshimov - "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"

@Ayolning_41_olami

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

#yakshanba_mutolaasi

Ota bilan kechki ovqat

O‘g‘il, juda qarib, munkillab qolgan otasini, kechki ovqat uchun restoranga olib bordi. Qarigan, holdan toygan, qo‘llari titroq bosgan va zaiflashib qolgan ota, ovqat yeyish jarayonida bir ko‘ylagiga, bir shimiga ovqat to‘kib yeya boshladi. Restoranning boshqa xo‘randalari bu holni ko‘rib irganib, farzandga esa ensa qotar qaray boshlashdi.

Otasi ahvolidan zarracha uyalmagan, aksincha ota ne hoxlasa bisyor qilayotan farzand, tanovul tugagach, ikkovlashib yuvinish xonasiga yo‘l oldilar. Farzand avval ota ko‘ylagidagi ovqat qoldiqlarini, so‘ng shimdagi dog‘larni artdi, ko‘zoynagini mahkamlab, sochlarini esa mehr bilan tarab qo‘ydi. Tashqarida esa butun restoran ularni jimlik bilan kuzatar, epsiz qariya va yosh yigit xaqida pichirlashishar edi.

Ota-bola tashqariga chiqqach, holatni ko‘rgan olomon hijolat cheka boshladi, ammo omma oldida sharmanda bo‘lishni xohlamas, mavqelari bunga yo‘l qo‘ymas edi. O‘g‘il hisob so‘radi, yegan-ichgan xaqqini to‘lab otasi bilan restoran o‘rtasi bo‘ylab eshik tamon yura boshladi.

Odamlar orasidan o‘ta turib ota o‘g‘liga savol bilan murojaat qildi: «Bu yerda hech narsa qoldirmadingmi? O‘g‘il: "yo‘q, hech narsa qoldirmadim», Qariya: "Qoldirding, sen har bir o‘g‘il uchun dars va har bir ota uchun umid qoldirding.
Restoran ahli esa jim edi...

Behzod Abdurahmonov tarjimasi

@Ayolning_41_olami

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

https://online.pubhtml5.com/jsqx/xrec/

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

Bugun bolalarimiz qanday detal bilan o‘ynayotgani yoki ishlayotgani ularning kelajagini belgilashi mumkin. Nima dedingiz?

https://www.instagram.com/reel/C0mW0EatTdI/?igshid=MzRlODBiNWFlZA==

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

Meni yo‘qotib qo‘ymadingizmi? 💜

🫶 O‘tgan vaqt mobaynida o‘zimga o‘zim dam berdim, tug‘ilgan kunimni nishonladim, oilam davrasida bo‘ldim. Onam keldilar, onamning diydoriga to‘ydim. Ijtimoiy tarmoqlardan qisman detoks qildim. Kurs boshlanishi oldidan energiyaga to‘ldim!

Endi yana faollashamiz, InshaAlloh!

Ha, aytgancha. Darslar boshlanishiga sanoqli soatlar qoldi. Siz kursga yozilib, joyingizni bron qilishga ulgurdingizmi?

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

Siz men qilgan xatoni qilmang!

Tug'ruq ta'tili men uchun сheklov emas, imkoniyat deb og'iz kerganim bilan buning o'ziga yarasha qiyinchiliklari borligini bilaman. Nolimayman, ozmi-ko'pmi yutuqchalarim bor. Gap bugun bu haqda emas!

🔥 Odamzotning tabiati shunday: ishi ko'p payti dam olgisi keladi, orziqib dam olishga chiqqach, ikki kunda zerikib, yana shu nagruzkasini sog'ina boshlaydi. Menda ham shunday. Ilmiy ish, uning yugur-yugurlari, qolgan yarim stavka ishlarim sabab juda holdan toygandim. Farzandli bo'lgach, noutbukimga qayrilib ham qaramayman, hattoki, oddiy rusumdagi telefon tutaman, degan qarorga kelgandim.

Chuchvarani xom sanagan ekanman. Farzandli bo'ldim, chillam chiqdi. Sal zerikkandek bo'lib, mayda-chuyda kopitrayterlik TZlarni yozishga kirishdim. Keyin sal o'tmay tanish-bilishlarim telefon orqali yo'qlashni boshladi. Kimdirning ilmiy seminari yaqin, kimdir ishini muhokamaga qo'ymoqchi.

⚡️ Yig'lagudek bo'lib gapirishlariga yo'q deyishga vijdon o'lgur yo'q qo'ymadi. "Bolam hali juda kichkina", desam "Hozir kichkinaligida ishlay olasiz, har na ul-bulga qarashasiz, qo'lingiz yetib turadi", deb bo'ynimga tahrir ishlarini ilib qo'yaverishdi.

Oldiniga hammasi binoyidek edi. Lekin endi energiya tanqisligi boshlanib, kun rejimim o'zgarib ketdi, dedlaynlar kechikyapti... 😔

Nima demoqchiman?

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

#yakshanba_mutolaasi

YANGI LIBOS

Ko'chadagi chinor ostida atrofni kuzatib o'tirgan Farida qo'shnisining ishdan qaytayotgani, u tomonga kelayotganini ko'rib o'rnidan turdi. "Baxti kulgan ayol-da!"-o'zicha o'yladi. Zarnigor kecha turmush o'rtog'i olib bergan kiyimni ko'z-ko'z qilib, sekin kelmoqda. Shu payt onasini derazadan ko'rgan 3 ta o'g'li baravariga yugurishdi. Kenjasi qo'llarini yuqoriga cho'zdi: -Onajon, onajon, meni ko'taring!

Shunday bir ajoyib manzarani qo'pol tovush buzdi: "Qoch, kiyimim yangi!" Shunda bir chekkada turgan Farida odam eshitar darajada shivirladi: "Bitta kiyim boladan aziz bo'lsa..."

Ha, buni faqat befarzand Farida tushunardi...

Nuriyaxonim

@Ayolning_41_olami

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

Zamonaviy kasbni egallasam, ish topa olamanmi?

Faoliyatini yangi boshlayotgan kopirayter yoki SMM mutaxassislarini qayerdan ish topaman, degan muammo qiynaydi!

Bu borada sizga kamida 20 ta kompaniyaga resume jo‘natishni maslahat beraman. Ulardan kamida ikkita uchtasidan javob kelsa, marra sizniki!

Yana boshqa ish beruvchi platformalar shu yerda!

Shunaqa gaplar...🔥

Yana qaysi mavzularda postlar bo'lishini istaysiz, fikringizni izohlarda qoldiring!

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

Xayrli kun, azizlarim! 💜

Bugun va'damni ustidan chiqadigan kun!

Demak,

✅ bir kishiga konsertga 2 kishilik bilet!


✅ Uch nafar qizimizga mini kursga 50 fozi chegirma (asl narxiga) sovg'a qiliman!

P.S
. Bitta masalada boshim qotyapti. Ya'ni link ulashmagan, lekin darslarda faol qatnashgan va uch kun davomida uyga vazifalarni chiroyli topshirgan qizlarimiz bor. Ularga ham sovg'a bergim, xursand qilgim kelyapti, nima qilsam ekan-a?

Fikringizni izohlarda kutaman!


Reaksiyalar🔥ni ayamasangiz, tez orada e'lon qilaman!

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

10 Daqiqada boshlaymiz!
Tayyor turing!
Dars oxirida zo'r yangiligim bor🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

Ўйлаб қаралса бу ҳаёт аксарият ўзбек аёллари учун ростан ҳам осонмас экан. Эътиқод нуқтаи назардан келиб чиқиб, ғарб аёлларидек жуда эркин бўлмаслигику тушунарли. Лекин худди араб аёлларидек ислом берган хуқуқлари асосида эр олдидаги салмоқли ҳақларидан ҳам тўлиқ фойдалана олмайдилар.

Ваҳоланки, динимизда аёллар — уй ишларини ҳаммасини бир ўзи қилиши, қайнона, қайнота, қайнока, қайниука, қайнопа, қайнисингилларнинг хизматини қилиши, бир жойга бориш учун эридан ташқари қайнона, қайнотасидан ҳам рухсат олиши, эр ёки қайнона-қайнота хоҳлаган овқатнигина қилиши, эрнинг хеч бир гапига қарши чиқмаслиги, тонг қоронғусида хўроз қичқирмай туриб ховли супуриши, мол-хол боқиши, сигир соғиши, тандирда нон ёпиши, хеч қаерда маош учун, карьера учун ишламаслиги, бирор жойда илм олмаслиги, саёҳатларга бормаслиги, тўйиб ухламаслиги каби холатлар шарт қилинмаган.

✍️Хуршид Усмон

/channel/YaqinOzbek kanalidan olindi

@Ayolning_41_olami

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

БИР АЁЛНИНГ ЙЎҚЛИГИ ҲАҚИДА

Мен яхши англайман,
йўқсан у ерда,
кўчада,
оп-ойдин шаҳримизда ҳам.
Барча ёлғонларда,
барча рўёда.
На бу дунёдаю,
на у дунёда…

Хўранданинг бўғиқ овози
ва ёҳуд нозик қўл ишоралари
официянтни чорлаганида…
Тиқилинч метрода
йўл олаётган
гўзал ташвишлар ва тубассумларда…
Омонат китоблар,
маҳзун қўшиқлар,
қайта учратмайман сени эҳтимол,
“Учрашгунча” деган видоларда ҳам.

Энди,
буткул йўқсан хаёлларимда,
Энди, сўзларимни эшитмассан ҳеч.
Хатто, телефоннинг хотирасидан
Рақамингни излаб топа олмайман…
Гўзал либосидан
на бир аёлнинг,
топгум,
на қирмизи қўлқопларидан…
Қаҳр бўға бошлар мени, азизим,
Ахир яшамадим сендан нарида.
Шоколад оламан, сен учун эмас,
Ғамгин кунларимнинг кулгуларига.
Сен келмас бекатда йўлинг кўзлайман,
Ҳаммадек бошимни қотираман мен,
Ҳаммадек овқатлар ейман эрта-кеч…

Энг кўҳна ўйларни топган бир дамда,
Мен яхши англайман,
сен йўқсан,
сен йўқ,
Ташқарида, хатто ичкарида ҳам,
Сени асраётган кўнгил тубида,
сен йўқсан…

На боғда изинг бор,
нада саҳрода,
На дарёю денгиз талотўпида.
Сен йўқсан,
сен йўқсан,
сен йўқсан ахир,
Балки, ёдимда ҳам қолмассан ҳатто.

Қачонки ўйласам,
сезсам йўқлигинг,
Бир ҳикмат келади ақлимга олий:
“Сени эсламоқлик йўлида Худо
мени эсламайди ҳеч қачон…”

Хулио Кортасар

Раҳмат Бобожон таржимаси

@mittihaqiqatlar

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

Hammasi Allohning mehribonchiligidan!

Shuncha maqsadga erishibsan, senga ham rahmat, SOHIBA
!

P. S. O‘tgan yilda erisholmagan maqsadlaringiz uchun o‘zingizni koyimang! Aksincha, kichik yutuq uchun ham rag‘batlantiring!

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

Yaqinda o‘tkazilgan bepul master klasimizda konsertga chipta yutib olgan ishtirokchimizdan otziv!

Yoqqanidan xursandmiz!

Yangi yilda ham shunday marafon, master klaslar tashkil etilishini istaysizmi?


@Ayolning_41_olami

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

#yakshanba_mutolaasi

DADAMGA AYTIB QO‘YMANG...

Ular juda baxtli oila edi. Ota, ona va uch yoshli shiringina qizaloqdan iborat bu oila juda baxtli hayot kechirar edi. Lekin taqdir hukmi bu baxtni ularga ko‘p ko‘rdi – uzoq davom etgan kasallik sababli ona uch yoshli qizi hamda sevimli yorini tashlab bu dunyoni tark etdi.

Turmush o‘rtog‘ining o‘limidan chuqur qayg‘uga botgan ota qizalog‘iga onasining o‘limini qanday tushuntirishni bilmasdi. Buni ustiga go‘dak har kuni otasidan "oyim qayerga ketdilar, qachon keladilar", deb so‘rayverardi.

– Oying ishga ketdi, qizim. Ishxonasidan uzoq muddatli safarga chaqirishgan, Xudo xohlasa tez orada kirib keladi, - deya qizini ovutib qo‘yardi. Qizaloq bu savolni tez-tez berar va deyarli bir xil javob eshitardi.

Shunday qilib qizi olti yoshga chiqqan yili ota bir mehribon, oqko‘ngil ayol bilan tanishadi va ular turmush qurishga ahd qilishadi. Bir kuni otasi qizini yoniga chaqirib, asta gap boshlaydi:
– Qizim, oying qaytib keladigan bo‘ldi. Sen uning qiyofasini unutib qo‘yganing yo‘qmi?
Qizaloq biroz o‘ylanib turib, "yo‘q" ma’nosida bosh qimirlatadi. Huddi shu lahzada eshik ochilib, ostonada haligi ayol paydo bo‘ladi. Quchog‘ini keng ochib, qizning ismini aytib chaqiradi:
– Qizalog‘im, men seni oyingman, taniyapsanmi?

Qizaloq otasiga hayron bo‘lib tikiladi.
- Qizim, oyingni tanimayapsanmi? Axir u sening onang! Aytgandim-ku, ishga ketgan, bir kun qaytib keladi, deb. Ana qaytib keldi. Endi tez borib, "oyi" deb quchoqlab qo‘ygin-chi, bo‘laqol tez! - deb ota qizini ko‘zlariga tikildi.
Qizi indamay ayolning quchog‘iga borib, "oyi" deb qo‘ydi. Ko‘ngli to‘lgan ota qizini yoniga borib, peshonasidan asta o‘pdi va "Hozir kelaman, sen oying bilan gaplashib o‘tir qizim", deya tashqariga yo‘l oldi.

Otasi chiqib ketgach qiz birdan yig‘lab yubordi va ko‘zda yosh bilan:
- Siz mening oyim emassiz! - dedi to‘satdan. - Mening oyim o‘lgan!
Dong qolgan ayol hayratdan ne deyarini bilmay turardi.
- Buni men bobom va buvimlarnikiga borganimda ularning suhbatlaridan bilib qolganman. Buni faqat men, bobom va buvim bilamiz xolos. Dadam bundan bexabar. U haligacha oyimni ishga ketgan deb o‘ylaydi. Bu gapni dadam bilmasin, u bilsa so‘zsiz azoblanib yig‘laydi.

Sizni doim oyi deb chaqiraman. Faqat bu gaplarni dadamga aytib qo‘ymang. Dadam bilsa, chidolmay yig‘laydi. -deya qizaloq yig‘lab yuborishdan o‘zini zo‘rg‘a tutib turgan "yangi oyisi"ga yolvorardi.
Bu payt esa eshik ortida turgan otaning ko‘z yoshlari ko‘l bo‘lgan edi.

(Muallifi noma’lum)

@Ayolning_41_olami

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

#yakshanba_mutolaasi

UCH ELAK HAQIDA RIVOYAT


Bir kishi donishmanddan so‘radi:
-Do‘stingiz siz haqingizda nima deganini aytaymi?
-Shoshma, -dedi donishmand, - avval aytmoqchi bo‘lgan gapingni uchta elakdan o‘tkaz...
-Uchta elak?
-Biror gapni aytishdan oldin, uni uchta elakdan o‘tkazish lozim. Avval HAQIQAT elagidan. Aytmoqchi bo‘lgan gaping haqiqat ekanligiga ishonching komilmi?
-Yo‘q, men uni shunchaki eshitdim, xolos.
-Demak, sen uning rost yoki yolg‘onligini bilmaysan. Endi ikkinchi – YAXSHILIK elagidan o‘tkazamiz. Sen menga do‘stim haqida biror yaxshi gapni aytmoqchimisan?
-Yo‘q, aksincha.
-Demak, -davom etdi donishmand, - sen menga haqiqatligini bilmay turib yomon xabarni yetkazmoqchisan. Endi uchinchi elakdan o‘tkazamiz – FOYDA elagi. Sening gapingni eshitishim shartmi, u menga foyda keltiradimi?
-Yo‘q, hojati yo‘q.
-Demak, -xulosa qildi donishmand, - sen yetkazmoqchi bo‘lgan xabarda haqiqat ham, yaxshilik ham, foyda ham yo‘q ekan. Unda uni menga aytib nima qilasan?



@Ayolning_41_olami

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

🌿 Bir ayol aytadi:
Namoz oʻqiyotgan edim.
Bolam menga yaqin joyda baland ovozda meni chaqirayotgan edi.
Unga javob bermadim.

Oʻsha vaqt undan ikki yosh katta boʻlgan akasi keldi, aytdi-ki:
Jim!!! Uyat boʻladi, ikki kishini suhbatini boʻlyabsan!
(Onamiz Alloh bilan gaplashyabdi) - dedi.

Ayol aytadi:
Badanimda kuchli titroq his qildim.
Oʻzimdan soʻradim:
Oʻsha vaqtda men rostan ham bolam oʻylaganday (holda)midim?
Hali ham har namozga turganimda bu gap mening qalbimni va butun tanamni titratadi.

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

Nega kamnamoman?

To'g'risi, bu blog kuzatuvchilari uchun ko'plab yangiliklar, loyihalar qilish niyatida edim (Hali ham shunday!). Ayollarga qo'shimcha daromad topish, vaqtni to'g'ri taqsimlash borasida bilganlarimni bosqichma-bosqich o'rgatish maqsadimni aytgan edim. Lekin kopirayting mavzusini birinchi planga olib chiqqanim bois ko'plab obunachilar tark etdi. Nima ham derdik, zorimiz boru, zo'rimiz yo'q!

🔥 Hozirda kursim, darslarim va o'quvchilarim bilan ko'proq mashg'ul bo'lganim bois yangi bepul darslarni boshlay olmayapman. Yangi yildan InshaAlloh yana yo'lga qo'yaman!

❗️ Ungacha esa mening yana bir sevimli ishim, sevimli jurnalim — "Innovator" bilan tanishib turing. Blog egasining yana asosiy qirrasini ko'rasiz, baho berasiz! To'g'risini aytsam, shu jurnal uchun maqolalarni zavq bilan yozaman, yozganda dam olaman. Qolaversa, qalamim ham charxlanib turadi.

🚀 Shunaqa gaplar. Kanaldan uzoqlashmang. Fikr-mulohaza bo'lsa, shapkadagi akkauntga yo'llang! Zavqli mutolaa tilayman! 👇👇👇👇

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

Qadrli insonimning hadyasi ham QADRLI💜

Juma muborak, azizlar!

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

▶️ Menga ko'plab dekretdagi ayollar murojaat qilishadi. Ularda xuddi o'zimni ko'rgandek bo'laman. To'g'ri, ayollar izlanishi, bilim olishi va o'z ustida ishlab, shaxsiy daromad manbalarini yaratishga intilishi kerak! Kerak, ammo me'yorda, o'zini qiynab, unitib qo'yar darajada emas!

Men o'zimni jaa unaqa darajadaman deya olmayman. Lekin kelajagimni tasavvur qilsam, shu fikrlar miyamda aylanyapti. Dekretda o'tirib, yangi kasb o'rganish yoki biror biznes boshlash orqali pul topishga intilayotgan opa-singillarimga o'z qarashlarim va tajribalarimdan bir-ikkita insaytlarimni bo'lishmqchiman:

✅ dekret boshlangach, darrov ishga chiqishga yoki uyda o'tirgan holda daromad topishga shoshilmang! Oldin yaxshilab dam oling, bolangizni ko'p-ko'p quchoqlab, mehriga, hidiga to'ying!

✅ o'zingizga ko'p talablar qo'ymang! Axir hech kim mukammal emas-ku?!

✅ ijtimoiy tarmoqni kamroq kuzating! (Ulardagi ideal hayotga talpinib, o'zingizni charchatib qo'ymang!)

✅ uyda qat'iy rejim tuzib olmaguncha, yangi soha yoki ishga qo'l urmang!

✅ ish yoki shartnoma taklif qiluvchilarga "Yo'q!" deyishni o'rganing!

Ana shunda, kaminaga o'xshab yarim tunda shaxsiy blogi uchun postlar yozib o'tirmaysiz. Mayli, shu ishlarning boriga shukur! Ba'zida shunday kayfiyat va o'ylar ham bo'lib turadi! Mullajiring qo'lga tekkanda esa, bu kayfiyat pozitiv tomonga o'zgaradi!

* Menga chaqqon va mas'uliyatli, ishiga halol yondashadigan admin kerak. Nomzodlar CVni kanalda ko'rsatilgan akkauntga jo'natishi mumkin.

** Kursimizga nabor hali ham davom etmoqda. Darslar dekabrda boshlanadi!

@Ayolning_41_olami

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

#Yakshanba_mutolaasi

Farzand

Qizini to'lg'oq tutib, xavotirda tug'ruqxonaga yetib kelgan ona palatadan chiqib kelayotgan shifokorni ko'rib kuyovi bilan bir ovozdan savolga tutishdi:
—Bolam salomatmi?

Arjumandbegim

@Ayolning_41_olami

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

⚡️ Bundan ikki yil oldin oldimda tanlov bo‘lgan: ya'ni dissertatsiyamni tezda tugallab, qolgan bir yillik summani mukofot tarzida qaytib olish yoki uch yillik o‘quv yilini oxirigacha o‘qib, bemaloool himoyaga chiqish.

Holbuki, kamina birinchi yo‘lni tanladim. Lekin buning uchun meni chalg‘ituvchi(o‘zim shunday o‘ylaganman), vaqtimni oluvchi ishlarni cheklashim kerak edi.

🥲 Men ishlab turgan gazetamda stavkamni kamaytirdim, kopirayter bo‘lib ishlayot tuppa-tuzuk ishimni topshirdim. Ya'ni "Najot Ta'lim"," Osmodagi bolalar" kabi loyihalarning SMMini yurgizadigan "Abutech" kompaniyasidan ketdim. Hozir bu kompaniya bormi yoki yo‘qmi bilmayman.

O‘shanda men kopirayterlikda ma'lum darajaga chiqib, jamoada o‘z o‘rnimni topib bo‘lgandim. Ayniqsa, Najot Talim kanali uchun postlar yozishni yaxshi ko‘rardim.

Ishlarim bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.(Meni plagiatda ayblamoqchi bo‘lganlar, yaxshilab o‘qing!)

Xullas, o‘sha paytda rahbarimiz grafikni manga to‘g‘rilashlarini, kelajakda onlayn va oflayn kurs ochib berishlarni aytdi, agar qolsam...

Men esa ilmiy ishni birinchi o‘ringa qo‘ydim. Ilmiy ish yoqlandi ham... Ammo mukofot berish to‘g‘risidagi qaror bekor qilinib, 9 oylik stipendiyam kuyib ketdi!

⚡️ Yaqinda shunga o‘xshash yana bir voqea bo‘ldi. Alima Aybekovnaning "Marketing 0dan" kursida o‘qidim. Oflayn uchrashuvlarning birida mening jurnalist va kopirayter ekanligimni bilgach, kitob yozishni boshlaganini, uni yozishga yordam kerakligini aytdi. Ya'ni qanday: u audio tarzida yozib jo‘natadi, men esa uni matnga aylantirib tahrirlab berishim kerak edi.

✅ Men nima dedim: o‘ylashga ham ruhsat so‘ramay, yo‘q dedim. Bilmadim, ichimdan shunday javob keldi. Kursdoshlarim shunday omadni qo‘ldan chiqarganimni aytib, afsus chekishdi. Men esa, nima deb nomlashni ham bilmadim...

Nima demoqchiman. Qaror qabul qilish qiyin jarayon. Ba'zida taqdiringiz hal bo‘ladi. Ba'zida ishlar yurishsa, ba'zida orqaga ketadi.

👆 Men shu ikkala voqeada to‘g‘ri qaror qabul qildimmi yo yo‘qmi, to‘g‘risi, bilmayman. Shu jumla esa ko‘nglimga taskin beradi: Hammasi yaxshilikka!

@Ayolning_41_olami

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

Bugun ajoyib spikerlardan ajoyib insaytlar olib keldim!

✅ Moliyaviy ekspert, Wall Streetni zabt etgan o‘zbek ayoli Tamilla Kurbanovaning ma'ruzasidan olgan xulosalarim
:

• har bir inson moliyaviy savodxon bo‘lishi kerak;

• farzandga tikilgan investitsiya, albatta, o‘zini oqlaydi;

• risk bo‘lmagan joyda foyda ham bo‘lmaydi!

👆 Demak, inson tavakkal va harakat qilmas ekan, daromadga ham chiqa olmaydi. Zarar ko‘rishdan, yutqazishdan qo‘rqqan inson g‘olib bo‘la olmaydi, g‘oliblikni tatib ko‘ra olmaydi.

P.S. Aytgancha, kopirayting kursimizga qabul davom etyapti. Dekabrda darslar boshlanadi.

Dekabr men uchun o‘zgacha oy. Sababi, ikkinchi sanasida tug‘ilganman. Shuning uchun chegirmali narxlarni shu kunigacha cho‘zishga qaror qildim. Ulgurib qolingiz!

@Ayolning_41_olami

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

Uyga vazifa:

1. Kosmetolog blogi uchun 3 ta trigger topish
2. ODC modelida istalgan mavzuda post yozish

Читать полностью…

Sohiba Mullayeva blogi

Master klassning FINAL kunida sizni nimalar kutmoqda?

👉 Kopirayting yo'nalishlari
👉 Auditoriyaning og'riqli nuqtalari
👉 ODC modeli
👉 Trigger nimaligi
👉 Ish topish platformalari 10 taligi
👉 KURS taqdimoti

Bugungi dars ham oldingilaridan qolishmaydi. Insha Alloh, siz yangi bilimlar olib, yana bir pog'onaga ko'tarilasiz!

🚀 Darsda ko'rishgunchaaaa!!!

Читать полностью…
Подписаться на канал