axborot_xizmati | Неотсортированное

Telegram-канал axborot_xizmati - Surxondaryo viloyati hokimligi

11159

Surxondaryo viloyati hokimining rasmiy axborot kanali Web site: http://surxondaryo.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz @surxondaryouz_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati hokimligi

Prezident jahon miqyosida hukm surayotgan bugungi o‘ta keskin va og‘ir sharoitda yurtimizda tinchlik va hamjihatlikni saqlab, iqtisodiyotimizda barqaror o‘sishni ta’minlab, mana shunday marralarga erishish oson bo‘lmaganini ta’kidladi.

Kelgusi 5-yilda aholimiz soni 40 milliondan ortishi kutilmoqda. Bunday demografik o‘sish, albatta, katta imkoniyat, lekin, shu bilan birga bu holat oldimizga yangi-yangi, o‘tkir vazifalarni qo‘yishi ham shubhasiz.

Ayniqsa, kambag‘allikni qisqartirish, ekologiya, energetika, transport, yo‘l, ichimlik suvi ta’minoti, aholini uy-joy bilan ta’minlash kabi muhim sohalarda xalqimizning talab va ehtiyojlari tobora o‘sib borayotgani ta’kidlandi.

Shunday dolzarb muammolarga samarali yechimlar topib, yangicha faoliyat olib borish Hukumat uchun jiddiy sinov bo‘lishi tabiiy.

Bugun Bosh vazir lavozimiga tavsiya etiladigan nomzod ana shu masalalarning barchasini hisobga olib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘z dasturini taqdim etishi kerakligi qayd etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi o‘z ishini boshladi. Majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Kun tartibiga muvofiq, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a’zolari, Hukumat a’zolari, markaziy muassasalar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan diplomatik korpus vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqdalar.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Topshiriqlar ijrosi: Termiz shahrida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda

Kuni-kecha viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Farovon massividagi ko‘p qavatli turar joylarning holatini joyida o‘rganib, hududdagi mavjud muammolarni hal qilish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan vazifalarni belgilab bergan edi.

Bugun mazkur topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida:

🗃shahar bo‘ylab katta hajmdagi chiqindilar yig‘ilib, maxsus texnikalar yordamida olib chiqish ishlari tashkil etildi;

🎄daraxtlar ekish, mavjud yashil hududlarni parvarishlash ishlari olib borilmoqda;

📷yo‘l va yo‘laklarni ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, piyodalar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida yangi yo‘laklar qurilmoqda;

🖼mahalla va jamoat joylarida tozalash ishlari amalga oshirilib, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratilmoqda.

Ushbu chora-tadbirlar nafaqat shaharning estetik holatini yaxshilash, balki aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

"O‘zbekiston — 2030" strategiyasi xalqimizning hayotiy ehtiyoj va zaruratlari ijobatiga xizmat qiluvchi hujjat bo‘ldi

Nodir Rasulov - Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mаkroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti loyiha rahbari.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga koʻra, amaldagi Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi.

Prezidentning tegishli Farmoniga muvofiq, amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yangi tarkibdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turishi belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Prezident senatorlar tomonidan Senat raisi va uning oʻrinbosarlari etib saylangan Tanzila Narbayeva, Sodiq Safoyev, Amanbay Orinbayevni ularga bildirilgan yuksak ishonch bilan tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida yutuq va muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tiladi.

“Oʻzingiz bir tasavvur qiling – 37 millionlik xalqdan faqatgina 65 nafar insonga senator boʻlishdek yuksak sharaf va baxt nasib etdi. Bu ulkan ishonch va masʼuliyatning qadriga yetish, uni halol va sodiq xizmat bilan oqlash barchamizning muqaddas burchimizdir.

Sizlar Yangi Oʻzbekiston va Uchinchi Renessans poydevorini bunyod etishga munosib hissa qoʻshasizlar, xalqchil va adolatli qonunlar qabul qilib, barchaga oʻrnak boʻlasizlar, deb tilak bildiraman.

Men siz, muhtaram senatorlar timsolida ana shunday katta ishlarga qodir, Oʻzbekiston oldida turgan strategik vazifalarni chuqur anglaydigan, Vatan va xalq manfaatini hamma narsadan ustun qoʻyadigan fidoyi insonlarni – oʻzimning eng yaqin maslakdoshlarimni koʻraman.

Sizlar bor bilim va tajribangiz, kuch va imkoniyatingizni ishga solib, mamlakatimiz hayotida, Senat faoliyatida yangi, yorqin sahifa ochasiz, deb ishonaman”,

– dedi Prezident Oliy Majlis Senatining parlament saylovidan keyingi birinchi majlisi yakunida.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Termiz shahrining ishlab chiqilayotgan bosh rejasi va unga asosan hududlarda ko‘p qavatli turar joylar loyiha takliflari taqdimoti bilan tanishdi.

Loyihalar qurilish sohasi mutasaddilari hamda quruvchi kompaniyalar vakillari tomonidan tanishtirilib, har bir loyihaning qiymati, situatsion rejasi hamda tanlangan hudud haqida axborot berildi. Viloyat rahbari bosh rejani ishlab chiqish ishlarini jadallashtirish, taklif etilayotgan loyihalaning texnik-iqtisodiy va hududiy yechimlari asoslarini ishlab chiqish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, universitet majlislar zalida bugun hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar, qurilish sohasidagi topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, viloyat hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari aholi murojaatlariga asosan Farovon massivida joylashgan ko‘p qavatli turar joylardagi mavjud muammolarni o‘rgandi. Fuqarolar tomonidan xonadonlari topshirilmayotganligi, olingan ayrim ko‘p qavatli turar joylarning yerto‘lasida suv yig‘ilib qolganligi yuzasidan murojaat qilingan.

Viloyat rahbari aholi bilan muloqot qilib, turar joylar qurilishini amalga oshirgan qurilish kompaniyalari mutasaddilaridan har bir masalaga izoh so‘radi. Aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, topshirilmagan turar joylarning qurilishini yakunlab o‘z egalariga topshirish, hududdagi BSK faoliyatini jonlantirish yuzasidan topshiriqlarni berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

😄 | Tinch, ozod va obod hayotimiz ramzi sharaflandi

Surxondaryo viloyatida ham O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi keng nishonlandi.

Erta tongdan viloyatning asosiy bayram tadbiri boshlangan Termiz shahridagi “Bolajon bog‘i” hududi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar, yoshlar, jamoatchilik faollari bilan gavjum bo‘ldi. Ular bu yerdan Yoshlar markazi binosigacha uzunligi 30 metrli bayroqni olib yurish marshida ishtirok etdi.

🔝Batafsil: https://uza.uz/posts/658381

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun Termiz shahri, Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlarida qurilish, ko‘kalamzorlashtirish hamda kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

Jumladan:
🔝 Termiz shahrida viloyat Bolalar kutubxonasi binosini rekonstruksiya qilish ishlari ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilarga ishlarni jadallashtirish va sifatli amalga oshirish, obyektni foydalanishga topshirish yuzasidan vazifalar topshirildi;

🔝 Angor va Sherobod tumanlari hududida, M39 avtomobil yo‘li yoqasida kuzgi daraxt ekish jarayonlari o‘rganildi. Mutasaddilar tomonidan loyihaning joriy mavsumdagi ko‘chat ekish ishlari haqida axborot berdi.

Shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumanida:
🔝 “Yangi O‘zbekiston” massivida ko‘p qavatli turar joylar va boshqa obyektlar qurilish jarayonlari o‘rganildi;
🔝 “Surxon-500” podstansiyasidagi ta’mirlash ishlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko'zdan kechirildi;
🔝 Neftchilar mahallasida harbiy xizmatchilar uchun 120 xonadonli turar joylar qurilish-montaj ishlari jarayonlari bilan tanishildi.

Termiz shahridagi infratuzilma tadbirlari:
🔝 “Hududiy elektr tarmoqlar” AJ viloyat filiali binosida tashkil etilgan kuz-qish mavsumi shtabi faoliyati o‘rganildi;
🔝 “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining zaxira omborxonasi va sohadagi tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida mutasaddilar viloyat rahbariga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar yuzasidan hisobot berib, yangi takliflarni taqdimot qildi.

Viloyat rahbari har bir yo‘nalish va soha rahbariga ishlarni sifatli bajarish, kuz-qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasini topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryoda davlatimiz bayrog‘ining 33 yilligi keng nishonlanmoqda

Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida tantanali marosimlar tashkil etilmoqda.

Bugun erta tongda viloyat markazidagi "Bolajon bog‘i" hududidan Yoshlar markazi binosigacha bo‘lgan hududgacha 30 metrlik bayroqni olib yurish marshi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda bayrog‘imizda milliy-tarixiy an’analarimiz, uzoq o‘tmishga borib taqaladigan boy madaniyatimiz, poklik beg‘uborlik, go‘zallik, yaxshilik, donishmandlik, shon-shuhrat va sadoqat kabi buyuk fazilatlarimiz o‘z ifodasini topgani xususida so‘z yuritildi.

Yoshlar markazi binosi oldida tashkil etilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning vohamiz ahliga bayrog‘imizning 33 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Harbiy orkestrlar, vohamizning taniqli san’atkorlari tomonidan Vatan madhini kuylovchi qo‘shiqlar hamda ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Shundan so‘ng, Termiz shahridagi "San’at saroyi" majmuasining konsertlar zalida bayrog‘imizning 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Joylarda sana munosabati bilan bayram tadbirlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🇺🇿 18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!

Mamlakat suverenitetini belgilaydigan ramzlar orasida davlat bayrog‘i alohida ahamiyatga ega. Chunki, bayroq xalqning o‘tmishi va buguni, mustaqilligi va tinchligi hamda barqarorligining timsolidir.

1991-yil 18-noyabr kuni "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi.
Bugun milliy bayrog‘imiz davlat idora va tashkilotlari, ta’lim muassasalari, mamlakatimiz a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, elchixonalarimiz peshtoqida hilpirab turibdi.

Bayrog‘imiz turli bayram tantanalarida, mamlakatimiz a’zolari qatnashayotgan xalqaro tadbir va sport musobaqalarida ham Vatanimizning sha’ni, xalqimizning g‘ururini yorqin ifoda etmoqda.

O‘zbekiston farzandlari qayerda bo‘lmasin, qanday natijalarga erishmasin Vatan bayrog‘ini ardoqlaydi. Zero, bayroq - hurlik timsoli, ezgulik va tinchlik ramzidir!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumaniga tashrif buyurib, "Ko‘hitang" hududida "Surxon gold OURS" MCHJ tomonidan 760 gektar yer maydonini o‘zlashtirish va foydalanishga kiritish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Yangidan o‘zlashtirilayotgan mazkur yer maydonida tomchilatib va pivot tizimida sug‘orish orqali 500 gektarida g‘alla, 100 gektarida sabzavot va poliz ekinlari yetishtirish hamda 100 gektar maydonda bog‘ tashkil etish rejalashtirilgan. Buning uchun hududda 6 ming kub metr hajmli suv havzasi barpo etiladi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Boyqishloq mahallasida infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish ishlarining borishi bilan tanishdi. Hudud bo‘ylab o‘rganish davomida ariq va zovurlar tozalanmaganligi, ko‘chalar tartibga keltirilmaganligi tanqid qilindi. Mahalla "yettiligi" va tuman mutasaddilariga bir hafta muddatda obodonlashtirish ishlarini yakunlash bo‘yicha topshiriq berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumaniga tashrif buyurib, Gulobod mahallasidagi kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, uy xo‘jaliklarida yo‘lga qo‘yilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2301

#Surxondaryo #Kambagallikniqisqartirish #bandlik #loyihalar

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Fakt 24 | Barqarorlik reytingi: «Yashil» toifadagi tadbirkorlik subyektlari 16 barobarga ko‘paydi

Xususan, Termiz tumanidagi "Qog'ozni qayta ishlash" korxonasi qisqa muddatda tadbirkorlik reytingida "AAA" ko'rsatkichiga erishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📢 Sariosiyo tumani aholisi diqqatiga!

🟠 Bugun, 16-noyabr kuni soat 18:20dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Sariosiyo tumani to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67

✈️ Telegram:
(99) 482-00-77

📎Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Kun tartibidan yangilangan Konstitutsiyamizga muvofiq, ilk bor quyi palatada Bosh vazir lavozimiga nomzod va Hukumatning kelgusi 5 yilga moʻljallangan harakatlar dasturini koʻrib chiqish masalalari oʻrin olgan.

Soʻzining avvalida davlatimiz rahbari mamlakatimiz oʻz oldiga qoʻygan strategik va joriy vazifalarni amalga oshirishda barcha boʻgʻindagi ijro organlari, avvalo, Hukumat va uning rahbari zimmasidagi masʼuliyat hozirgi murakkab zamonda har qachongidan ham ortib borayotganini taʼkidladi. Bugun mutlaqo yangi vakolat va vazifalarga ega boʻlgan Hukumat shakllanayotgani qayd etildi.

Buni Konstitutsiya darajasida birinchi marta kambagʻallikni qisqartirish, oziq-ovqat xavfsizligi, investitsiya, ekologiya kabi muhim yoʻnalishlarda Vazirlar Mahkamasining majburiyatlari belgilab qoʻyilgani ham tasdiqlaydi.

Xalqimiz bugun ana shunday hal qiluvchi masalalar boʻyicha yangi Hukumatdan aniq natijalarni kutmoqda.
〰️〰️〰️

Oʻzbekiston iqtisodiyoti 2 karra oʻsib, 100 milliard dollarlik tarixiy marradan oshdi. Aholi jon boshiga daromad 3 ming dollarga yetishi kutilmoqda (2018-yilda – 1 ming 600 dollar boʻlgan).

Xususan, Jahon banki 2024-yilda Oʻzbekiston Yevropa va Markaziy Osiyoda iqtisodiyoti eng tez oʻsayotgan 3 ta davlat qatoridan joy olganini eʼtirof etdi.

Kambagʻallik darajasi soʻnggi 4 yilda 23 foizdan 11 foizga tushdi. Bu yil 9 foizga tushishi kutilmoqda.
〰️〰️〰️

Oldin to‘liq davlat tasarrufida bo‘lgan sohalar, ya’ni, energetika, kimyo, aviatsiya, geologiya, metallurgiya, mashinasozlik, ta’lim va tibbiyotda xususiy sektorga va davlat-xususiy sheriklik munosabatlariga keng yo‘l ochilgani ularning rivojida kuchli omil bo'lmoqda.

Ayniqsa, energetika sohasida tom ma’noda tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi hajmi 1,5 karra o‘sib, 83 milliard kilovatt-soatga yetgani ham buni yaqqol ko‘rsatib turibdi.

So‘nggi uch yilda umumiy quvvati 2,7 million kilovatt-soat bo‘lgan 10 ta yirik quyosh va shamol stansiyalari ishga tushirildi. Muqobil energiya ulushi o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar ko‘paydi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🏗 Surxondaryo viloyatidagi qurilish ishlarining o‘sishi

Viloyatda 2024-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 3 606,4 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 9,6 foizga o‘sdi.

🏗 Bu o‘sish viloyat iqtisodiyotining rivojlanishiga va infratuzilma loyihalarining amalga oshirilishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Qurilish sohasidagi bu o‘sish, shuningdek, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi va mahalliy aholi uchun iqtisodiy imkoniyatlarning kengayishiga olib kelmoqda.

Surxondaryo viloyatidagi qurilish ishlari davom etishi va kelajakda yanada yuqori ko‘rsatkichlarga erishilishi kutilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Senatning qo‘mitalariga rahbarlar saylandi:

▪️Qutbidin Nukritdinovich Burxanov - Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi;

▪️Abdulxakim Xushbokovich Eshmuratov - Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qo‘mitasi raisi;

▪️Erkin Fayziyevich Gadoyev - Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi;

▪️Baxrom Ismoilovich Abdullayev - Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi;

▪️Orzigul Mo‘ydinovna Qozixonova - Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi;

▪️Anvar Mirzaaxmedovich Tuychiyev - Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi.

▪️Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi (vakant).

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

😄 | Tomorqa – daromad manbai: Ilg‘orning oziq-ovqat mahsulotlari xorijda ham xaridorgir

Surxondaryo viloyatidagi tomorqalarda yerdan unumli foydalanish natijasida turli oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirib, uning mahalliy bozordan ortiq qismini xorijga eksport qilish uchun qulay muhit yaratildi.

Yer egalari yilning to‘rt faslida ham yaxshi daromad topib, obod va farovon yashamoqda.

🔝Batafsil: https://uza.uz/posts/658839

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🤽Termiz "Besh tashabbus" olimpiadasining Stritbol musobaqalariga mezbonlik qilmoqda

"Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida turli sport musobaqalarining hududiy bosqichlari yakunlanib, respublika final bosqichiga start berilmoqda. Xususan, Termiz shahrida Stritbol musobaqalarining final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Bugun Termiz temiryo‘l vokzalida yurtimizning turli hududlaridan vohamizga tashrif buyurgan 252 nafar yosh sportchilar tantanali kutib olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Majlisda Senat Raisi va uning oʻrinbosarlarini saylash toʻgʻrisidagi tashkiliy masala koʻrib chiqilmoqda.

Konstitutsiyaning 101-moddasiga muvofiq, Prezident Oliy Majlis Senati Raisi lavozimiga senator Tanzila Narbayeva nomzodini taqdim etdi.

Tanzila Narbayeva davlat va jamoat boshqaruvida boy tajribaga ega ekani, oʻtgan davrda shu lavozimdagi samarali faoliyati natijasida mamlakatimizda xotin-qizlar, bolalar huquqlarini taʼminlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vaziyat sezilarli ravishda yaxshilangani taʼkidlandi.

Shuningdek, Senat Raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga senator Sodiq Safoyev, Senat Raisining oʻrinbosari lavozimiga senator Amanbay Orinbayev nomzodlari tavsiya etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🚰Ichimlik suvi o‘chirilayotgan hududlarga maxsus texnikalar yordamida suv yetkazib beriladi

“Surxondaryo suv ta’minot” AJning xabariga ko‘ra kelgusida aholiga ichimlik suvini barqaror va sifatli yetkazib berish maqsadida “Xo‘jaipok” TISICH magistral suv tarmog‘i va Tarqatish bo‘limidagi quvurlarda davlat dasturiga asosan mukammal ta'mirlash ishlari olib boriladi.

🔝 Shu munosabat bilan magistral suv quvuri orqali ichimlik suvi bilan ta’minlanadigan quyidagi 7 ta tumanda joriy yil 19-noyabr kuni soat 21:00dan 23-noyabr kuni (Ta’mirlash ishlari yakuniga qadar)ga qadar suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

➖ Oltinsoy tumani;
➖ Qumqo‘rg‘on tumani;
➖ Bandixon tumani;
➖ Qiziriq tumani;
➖ Sherobod tumani;
➖ Muzrabot tumani;
➖ Angor tumani.

🚰«Surxondaryo suv ta’minoti» MChJ yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan holda, mazkur hududlar aholisiga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib berilishini hamda ta’mirlash ishlari yakunlangach ta’minot qayta tiklanishini ma’lum qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik, “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi hamda turar joylar va obyektlar qurilishi bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i 33 yoshda

Termizda sana munosabati bilan 30 metrli bayroqni olib yurish marshi o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🇺🇿🇨🇳Xitoyda so‘rovnoma: Xorijliklar O‘zbekiston bayrog‘ini qanchalik bilishadi?

Qo‘shma ta’lim dasturi asosida Xitoy poytaxti Pekin shahrida taxsil olayotgan Termiz davlat universiteti talabalari xorijliklar o‘rtasida O‘zbekiston bayrog‘ini qanchalik tanishlari haqida so‘rovnoma o‘tkazishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🇺🇿 Bugun vatanimiz bayrog’i qabul qilingan kun!!!

1991-yil 18-noyabr — O’zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog’i to’g’risida”gi Qonuni qabul qilingan kun.

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana bilan tabriklaymiz!

O’zbekistondagi tinchlik va osoyishtalik bardavom bo’lsin, bayrog’imiz baland-balandlarda hilpirayversin!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Muzrabot kambag‘allikni qisqartirishda namunali hududga aylanmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

“Talabalikka bagʻishlov” tantanali tadbiri oʻtkazildi

Termiz shahrida joylashgan “San’at saroyi” majmuasida 2024/2025-oʻquv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun Termiz davlat pedagogika instituti tomonidan “Talabalikka bagʻishlov” tadbiri o’tkazildi. Tadbirda institut mutasaddilari, 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida talabalikka ilk qadam qo‘ygan yoshlar tantanali ravishda qasamyod qilishdi hamda institut rektoridan talabalik guvohnomasi va "Bilimlar kaliti" ni qabul qilib olishdi.

Shuningdek, "Yilning eng faol talabasi - 2024" tanlovining institut bosqichi g'oliblariga sertifikat va pul mukofotlari vaucherlari topshirildi. Tadbirning badiiy qismida Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining Surxondaryo viloyati boʻlinmasi xodimlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Xabar berilganidek, Termiz shahri “Tinchlik” mahallasida joylashgan “Shimoliy darvoza” suv ishlab chiqarish inoshootidan keluvchi diametri 300 mm bo‘lgan suv quvurida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar doirasida Termiz shahrining quyidagi mahallalarida ham bugun, soat 22:00 gacha suv ta'minoti vaqtincha to‘xtatildi:

Manguzar;
➖ Guliston;
➖ Yulduz;
➖ Shifokor;
➖ Kattabog;
➖ Surxon sohili;
➖ Bogishamol;
➖ Gulirano mahallalari.

Ta'mirlash ishlarini sifatli olib borish, ta'minotni tiklash maqsadida zarur texnika va mutaxassislar safarbar qilingan.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun "Surxondaryosuvta'minot" AJ istemolchilardan uzr so‘raydi hamda ta’mirlash davrida aholiga ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib berilayotganligini ma'lum qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Fakt 24 | Apelsin va limon yetishtirishdan 200 million so‘m daromad

Sariosiyo tumanida yashovchi mirishkorning 80 tup limon, uning gibrid navi hamda apelsindan olayotgan daromadlari haqida.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…
Подписаться на канал