📢 Diqqat e'lon: Ichimlik suvi tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi, tarmoqdagi mahallalarga suv maxsus texnikalarda yetkazib beriladi
🚰 Termiz shahri Tinchlik mahallasida joylashgan "Shimoliy darvoza" guruhli suv ishlab chiqarish inshootidan joylarga suv tarqatuvchi 300 mm o‘lchamdagi quvurida nosozlik yuzaga kelgan.
📍 Shu sababli ta’mirlash va nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun, 16-noyabr kuni soat 10:30 dan 22:00ga qadar Termiz shahrining quyidagi mahallalarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
➖ Do‘stlik;
➖ Saxovat;
➖ Turon;
➖ Navro‘z;
➖ Tinchlik;
➖ Shodlik;
➖ Shifokor;
➖ Ma'rifat;
➖ "Abdurahmon Jomiy" mahallalari.
❗️Suv ta’minoti vaqtincha o‘chirilgan mahallalar aholisiga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib beriladi.
🙏 «Surxondaryo suv ta’minoti» AJ yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Ochiq osmon ostidagi muzey hamda “Yoshlar va turizm” ko‘chalari qurilishi, Axborot-kutubxona markazi faoliyati va xotin-qizlar bandligini ta’minlash ishlari bilan tanishildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasining juma kuniga mo‘ljallangan ish kuniga muvofiq Termiz, Angor va Muzrabot tumanlarida bo‘lib, turizm, madaniy meros, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar hamda xotin-qizlar bandligi masalalarida amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalarning borishi bilan tanishdi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2300
#Surxondaryo #Fayoztepa #Qoratepa #Yoshlarturizmkocha #kutubxona #xotinqizlarbandlik
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Oqtepa tabiat bog‘ining kuzgi manzaralari
Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan Oqtepa tabiat bog‘i mamlakatimizda qushlar va hayvonlarning migratsiya jarayoni kechadigan kam sonli manzillardan biri hisoblanadi. Mazkur bog‘da qushlar va hayvonlarning 100 dan ortiq turi yashaydi.
📸 Foto: Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kunning ikkinchi yarmida haftalik ish rejasiga muvofiq investitsiya va eksport masalalari kompleksi faoliyatiga oid taqdimotlar bilan tanishdi. Termiz iqtisodiyot va servis universitetida o‘tkazilgan taqdimotda Investitsiyalar va tashqi savdo hamda Bojxona boshqarmalari rahbarlari loyihalar bilan tanishtirishdi.
Unga ko‘ra, Termiz shahrida 2025-yilda hududiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan jami 281,9 mln dollarlik 50 ta loyiha amalga oshirilishi, ularda 1 850 dan ortiq ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Bojxona boshqarmasi tomonidan viloyatdagi mavjud bojxona postlari, ularning faoliyati hamda eksport ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan "Eksport uchun uch qadam" tizimining ishlash jarayoni haqida axborot berildi.
Viloyat rahbari investitsiyalar va xorijiy kreditlarni istiqbolli loyihalarga, aniq maqsadli yo‘naltirish, eksport ko‘rsatkichlarini oshirishda tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yish lozimligini ta’kidladi va tegishli vazifalarni belgilab berdi.
Shundan so‘ng, Termiz shahrida "Sherxon Namoz" MChJ tomonidan 60 o‘rinli zamonaviy mehmonxona tashkil etish, "Surxon qurilish" MChJning qurilish materiallari ishlab chiqarish, "Komfort mebel servis" MChJning mebel mahsulotlar tayyorlash hamda "Safari-21" qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish faoliyatlari bilan tanishildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryoda joriy mavsumda 6 mln daraxt ko‘chatlari ekiladi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod va Termiz tumanlarida bo‘lib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlari ekish uchun tayyorlanayotgan maydonlarni ko‘zdan kechirdi.
Xususan, Sherobod tumanida M39 avtomagistral yo‘lining ikki yonidagi bo‘sh maydonlarni meliorativ holatini yaxshilash maqsadida tuproq to‘ldirish ishlari bilan tanishildi. Hududga tanlab olingan adirlikning tuproqlari maxsus mashinalarda tashib kelinmoqda. Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tayyorlanayotgan maydon bo‘ylab, yashil belbog‘ yaratiladi.
Shundan so‘ng, Termiz tumani “Yangiobod” mahallasi hududidan tanlab olingan 100 gektar maydonni ko‘chat ekishga tayyorlash ishlari bilan tanishildi. Viloyat rahbari ishlarni sifatli olib borish, maydonning tuproq unumdorligini oshirish, sug‘orish tizimlari bilan ta’minlash yuzasidan vazifalarni belgilab berdi. Ushbu hududda bog‘ning yaratilishi kelgusida yashil belbog‘ vazifasini o‘taydi hamda "Afg‘on shamoli" keltirib chiqaradigan changlarning salbiy ta’sirini kamaytirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Al-Hakim at-Termiziy majmuasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan ham tanishilib, yo‘laklarni yangilash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilarga yangi vazifalar topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
XII asrdagi innovatsiya: Vohamizdagi minora haqida bilasizmi?
Jarqo‘rg‘on minorasi — Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi XII asrga tegishli muhim tarixiy yodgorlikdir. Minora 1108–1109-yillarda Xuroson me’morchilik maktabi uslubida mashhur usta Ali ibn Muhammad Saraxsiy tomonidan Sulton Sanjarning buyrug‘iga binoan qurilgan.
Minoraning archa shaklida terilgan g‘ishtlari to‘qilgan matoni eslatuvchi effekt yaratadi. Bu elementlar ustida g‘ishtlardan yasalgan maxsus handasaviy belbog‘lar minoraning me’moriy husnini yanada boyitadi.
Minoraning asosi 8 qirrali bo‘lib, uning ustuni mavj shaklidagi 16 qirrali qobirg‘alardan iborat. Ichki qismida aylanma zinapoya bor, bu zinapoyalar yuqoridagi muazzin turishi uchun mo‘ljallangan maydonchaga olib boradi. Qurilish vaqtida minoraning balandligi taxminan 43 metrga yetgan bo‘lsa-da, hozirgi kungacha uning 21,6 metr qismigina saqlanib qolgan. Uning asos diametri 5,4 metrni tashkil etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
👁Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish tadbirlari
✔️Soliq organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida, umumiy ovqatlanish sohasida onlayn – NKTdan foydalanish hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ayrim tovarlarni majburiy raqamli markirovkalash qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.
📊Xususan, Surxondaryo viloyati soliq xizmati xodimlari tomonidan joriy yilning oktabr oyida o‘tkazilgan 65 ta nazorat tadbirlari davomida qator holatlar aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan jami 801,3 mln so‘m miqdorida moliyaviy jarimalar qo‘llanilgan.
🍚 Umumiy ovqatlanish sohasida:
➖33 ta holatda xaridorga onlayn - NKTdan 3 mln 609 ming so‘mlik chek berilmaganligi hamda 14,2 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi;
➖14 ta holatda 14 nafar norasmiy ishchilar faoliyat yuritayotganligi;
➖5 ta holatda markirovka qoidalariga zid tarzda 153 ming so‘mlik alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi;
➖1 ta holatda boshqa shaxslarga tegishli onlayn-NKTdan foydalanilganligi aniqlangan.
❗️Shuningdek alkogol, tamaki hamda dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 32 ta holatda onlayn-NKTdan 972 ming so‘mga chek berilmaganligi hamda 6,9 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi aniqlangan.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Termiz shahrida kuzgi yomg‘ir bilan birga tabiat o‘zining oltin ranglari bilan o‘zgacha nafosat kasb etmoqda
Yomg‘ir shahar ko‘chalari va xiyobonlariga mayin tus bag‘ishlaydi, daraxtlarning yaproqlari namlikdan jilvalanib, oltin va sariq ranglarda tovlanadi.
Yomg‘irli havoda Amudaryoning nam shabadasi o‘ziga xos xushbo‘ylik va orom bag‘ishlaydi. Daraxtlar orasidan o‘tgan shabada oltin yaproqlarni uchirib, ularni sokin daryo tomon yetaklaganday tuyuladi.
🟠 Foto: Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Oliygohlar ko‘magida og‘ir toifadagi maktablarda ta’lim sifati va samardorligi oshiriladi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🥔 Surxondaryoda 9 oyda 310 ming tonna kartoshka yetishtirildi
📈 Joriy yilning 9 oyi davomida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 310,4 ming tonna kartoshka yetishtirildi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 6,5 foizga ko‘p.
🗂 Hudular kesimida kartoshka yetishtirish hajmi (tonna):
📍Denov – 63 845 tonna;
📍Sho‘rchi – 52 923 tonna;
📍Qumqo‘rg‘on – 31 974 tonna;
📍Sherobod – 27 166 tonna;
📍Jarqo‘rg‘on – 23 197 tonna;
📍Uzun – 19 632 tonna;
📍Oltinsoy – 19 621 tonna;
📍Sariosiyo – 18 980 tonna;
📍Angor – 18 087 tonna;
📍Muzrabot – 9 015 tonna;
📍Termiz – 7 464 tonna;
📍Bandixon – 7 052 tonna;
📍Boysun – 6 372 tonna;
📍Qiziriq – 4 380 tonna;
📍Termiz sh – 699 tonnani tashkil qildi.
Kartoshka ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, umumiy hajmning 93,2 foizi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Surxondaryo boy turizm salohiyatiga ega voha!
Bu yerda sizni ulug‘vor tog‘lar, ajoyib tabiat qo‘riqxonalari va qadimiy yodgorliklar kutmoqda. Surxondaryo unutilmas sayohatlar va taassurotlarni taklif etgan holda, sarguzasht va tarix ishqibozlarini o‘ziga jalb etadi.
🔝Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida kollektorlarni tozalash va irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda suv resurslarini samarali boshqarish, suv tanqisligi muammosini hal qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda kollektor va drenaj tizimlarini yaxshilash muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.
Viloyat rahbari yillar davomida kollektor va drenajlarning tozalanmaganligi va tizimga e’tibor qaratilmaganligi sababli yerlarning meliorativ holati buzilganligini, ayrim maydonlarning foydalanishdan chiqishiga sabab bo‘lganligini ta’kidladi.
Endilikda kollektor va drenaj tizimlarining samaradorligini oshirish orqali tuproqning sho‘rlanishini kamaytirish, ariq va kanallarni betonlash bilan suvning behuda sarfini keskin kamaytirish choralari ko‘rilayotgan bo‘lib, suvning har bir tomchisidan samarali foyalanish maqsadida kollektor suvlari hisobiga sholi yetishtiriladigan maydonlarni kengaytirish maqsad qilingan. Oqova suvlarining qayta ishlatilishi hududning suv tanqisligi muammosini ham qisman hal etish bilan birga mahsulot yetishtirish hajmining oshishiga xizmat qiladi.
Tashrif davomida mutasaddilar 2025-yilda hududdagi sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish, energiya va suv sarfini kamaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalar yuzasidan axborot berishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📊 Surxondaryoda 739,6 ming tonna don yetishtirildi
🌾 2024-yilning o‘tgan mavsumida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 739,6 ming tonna don (2023-yilga nisbatan 6,5 foizga ko‘p) yetishtirildi.
⬇️Hududlar kesimida don yetishtirish hajmi (tonna):
📍Muzrabot – 120 067 tonna;
📍Sherobod – 100 952 tonna;
📍Denov – 86 083 tonna;
📍Jarqo'rg'on – 75 843 tonna;
📍Qumqo'rg'on – 65 979 tonna;
📍Sho'rchi – 56 784 tonna;
📍Angor – 55 845 tonna;
📍Qiziriq – 41 010 tonna;
📍Bandixon – 31 272 tonna;
📍Oltinsoy – 27 045 tonna;
📍Uzun – 25 211 tonna;
📍Termiz – 25 147 tonna;
📍Sariosiyo – 23 024 tonna;
📍Boysun – 5 064 tonna;
📍Termiz sh – 235 tonnani tashkil qildi.
Don ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, don ishlab chiqarish umumiy hajmining 68,5 foizi fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#sarhisob
👥 Surxondaryoda maktabgacha ta'limning qamrov darajasi
🔼 Joriy yilning 9 oyi davomida jami 403 ta yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shundan, 10 ta davlat, 3 ta DXSh, 390 ta oilaviy bog‘chalar tashkil etildi. Bugungi kunda qamrov 62,7 foizdan 66,3 foizga yetkazildi.
💰 Viloyatda yil yakuniga qadar 11 ta yangi bog‘cha quriladi, 13 ta bog‘cha ta’mirdan chiqariladi, shuningdek, 231 ta oilaviy, 6 ta DXSh hamda 14 ta xususiy bog‘chalar tashkil etilishi natijasida 175 578 nafar tarbiyalanuvchilar qamrab olinib, qamrovni 67,8 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov hududlarga tashrifidan so'ng, Termiz shahrining Tuproqqo'rg'on mahallasiga amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tashrif davomida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
🗑hududni obodonlashtirish va chiqindilarni o'z vaqtida olib chiqish ishlari;
🔥kuz-qish mavsumida ko'p qavatli uylar hamda ijtimoiy soha obyektlarini isitish tizimini tashkil etish;
✅jinoyatchilikning oldini olish bo'yicha choralar ko'rish;
⚠️piyodalar yo'laklari va avtomobil yo'llarida harakat xavfsizligini ta'minlash.
Viloyat rahbari mutasaddilarga infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish va xavfsizlikni ta'minlash yuzasidan aniq vazifalarni belgilab berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuni loyihasining muhokamasi o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi vakillari ishtirokida “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuni”ning loyihasi, shuningdek, Surxondaryo viloyatining kelgusi yilga mo‘ljallangan mahalliy budjet parametrlari muhokama qilindi.
Xususan, budjetning shakllantirilishi, daromad manbalari, xarajatlar tarkibi va ularning samarali taqsimlanishiga doir masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mahalliy budjetlarning barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning moliyalashtirilishini yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#brifing
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan Surxondaryo viloyatida amalga oshirilayotgan xatlov jarayonlari haqida axborot berildi.
Mazkur jarayonda kadastr xodimlarining tamagirlik yoki korrupsion harakatlari sodir bo‘lgan taqdirda fuqarolarimizdan quyidagi ishonch telefonlariga murojaat qilishlari so‘raladi.
Ishonch telefonlari:
📞+99855 451-22-19,
📞+99899 677-00-78.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Termiz va Sherobod tumanlarida ko‘chat ekish uchun maydonlarni tayyorlash ishlari, Termiz shahrida investitsiyalar bo‘yicha taqdimotlar hamda loyihalar faoliyati bilan tanishildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
😄 | Tajriba: Oltinsoydagi og‘ir toifali maktablarda “Ibrat maktabi” dasturi yaratilmoqda
Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari ko‘magida Oltinsoy tumanidagi og‘ir toifali maktablarning ta’lim-tarbiya sifati oshirilmoqda.
Yangi o‘quv yili boshida tumandagi maktablarga pedagogik yordam ko‘rsatish, zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish, o‘quvchilarning fanga qiziqishini, pedagog kadrlar malakasini oshirish, yoshlarni kasbiy yo‘nalishlarni tanlashga tayyorlab, turli kasb-hunar to‘garaklariga jalb etish uchun Termiz davlat universitetiga 54- va 55-, Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga 44-, Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga 13- va 12-, Termiz davlat pedagogika institutiga 5- va 9- maktablar biriktirilgan edi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 22-, 30- va 31- umumta’lim maktablari bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
🔝Batafsil: https://uza.uz/posts/657195
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🖥🖥🖥
Maxsus reportaj | Tomorqa - daromad manbai
Termiz tumani aholisining tomorqadan samarali foydalishdagi boy tajribasi haqida.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🏆Surxondaryolik yoshlar umumjamoa hisobida chempionlikni qo‘lga kiritdi
Kecha Toshkent shahridagi Taekvondo assotsiatsiyasi Universal sport saroyida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida kurash bo‘yicha “Bosh prokuror kubogi” musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi. Unda vohamiz terma jamoasi munosib ishtirok etib, turli vazn toifalarida chempionlikka erishdi.
Jumladan,
🥇 – Sayyora Niyozova 48 kg vazn toifasida 1-o‘rinni;
🥇 – Xurshida Abduvoxidova 57 kg vazn toifasida 1-o‘rinni;
🥇 – Avazjon Ashurov 73 kg vazn toifasida 1-o‘rinni;
🥇 – Abdullo Amirov 81 kg vazn toifasida 1-o‘rinni;
🥇 – Akbar Abdug‘aniyev 90 kg vazn toifasida 1-o‘rinni;
🥇 – Raxmon Yusupov +90 kg vazn toifasida 1-o‘rinni;
🥉 – Oybarchin Mustafoqulova 87 kg vazn toifasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa Surxondaryo viloyati terma jamoasi 6 ta oltin va 1 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida musobaqani birinchi o‘rin bilan yakunladi va kubok sohibi bo‘ldi.
👏Vohamizning polvon yoshlarini erishilgan natija bilan qutlaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📢 Vohamiz aholisi diqqatiga!
📆 Bugun, 14-noyabr kuni soat 19:00dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali, Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasi Qumqo‘rg‘on gaz quvurlari foydalanish markazi rahbarlari hamda shahar va tumanlar bo‘limlari boshliqlari bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.
📥 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, shuningdek, hududlarda gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.
☎️Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67
✈️Telegram:
(99) 482-00-77
📎Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Surxondaryo viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida aholini xabardor qilish maqsadida boshqarma, tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida ochiq muloqot o‘tkazish rejasi"ga asosan amalga oshirilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov sovuq kunlar kirib kelishi munosabati bilan markaziy isitish qozonxonalar faoliyatini ko'zdan kechirish maqsadida Termiz shahrining "O‘zbekiston" mahallasiga tashrif buyurdi. Kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun hududdagi qozonxona ta’miriga yetarli mablag‘ ajratilib, ishlar yakuniga yetkazilgan bo‘lsada, ayrim ko‘p qavatli turar joylarga talab darajasida issiqlik yetkazib berilmayotganligi tanqid qilindi.
Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bir kun muddatda bartaraf etish topshirig‘ini bergan viloyat rahbari mahalla hududidagi 15-sonli bog‘chaning isitilishini ham ko‘zdan kechirdi.
Shundan so‘ng, piyodalar yo‘lagi bo‘ylab "Alpomish" mahallasiga borildi. Yo‘lak piyodalar, xususan, imkoniyati cheklangan shaxslarning erkin harakatlanishi uchun qulaylik yaratish maqsadida rekonstruksiya qilingan. Biroq, ayrim qismlari qazilib, ta'mirlanmagan, natijada loy yig‘ilib piyodalar uchun noqulaylik tug‘dirmoqda. Viloyat rahbari holatga e'tibor qaratmagan mutasaddilar faoliyatini tanqid qilib, bir kun muddatda kamchiliklarni bartaraf etish topshirig‘ini berdi.
Shuningdek, "Alpomish" mahallasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ullari va profilaktika inspektorining jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha joriy yil 10-noyabrdan boshlangan "Dolzarb 50 kunlik" doirasida amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan axboroti tinglandi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumaniga tashrif buyurib, qator maktablarda biriktirilgan oliygohlar tomonidan ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, o‘qituvchilarning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, yoshlar siyosati va ijtimoiy sohada vazifalar ijrosi, Oltinsoy tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish borasidagi ishlar muhokama qilindi. Yig‘ilishdan so‘ng, 18-sonli bog‘cha sharoitlari bilan tanishildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2298
#Surxondaryo #maktab #oliygoh #biriktirish #muhokama
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Oltin kuz ranglariga burkangan voha manzaralari
🍈Purviqor tog‘lar bag‘rida joylashgan Boysun ham kuzning ranglarida tovlanib, mevalarning ayni yig‘im terim mavsumiga kirishgan.
🟠 Foto: Boysun tumani hokimligi Axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 “Yashil” energetika – samarali, arzon va ishonchli quvvat manbai!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#sarhisob
Viloyatda jami 966 ta maktab mavjud bo‘lib, maktablarning moddiy texnik bazasini rivojlantirish hamda yangi o‘quvchi o‘rni yaratish maqsadida 2024-yil yakuniga qadar 3 ta yangi maktab quriladi va 48 tasini rekonstrksiya va 7 tasida mukammal qurilish-ta’mirlash ishlari bajariladi. Natijada 15 mingdan oshiq ta’lim-tarbiya oluvchi yoshlarimizga zamonaviy sharoitlar yaratiladi.
Bundan tashqari yil yakuniga qadar 58 ta maktab hamda 24 ta bog‘chani zamonaviy mebel va jihozlar bilan, 186 ta maktab 2 976 dona zamonaviy kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlanadi.
O‘tgan o‘quv yili yakuniga ko‘ra maktab bitiruvchilarining OTMga qamrovi 35,6 foizni tashkil etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Axborot 24 | Surxondaryoda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni
Kasaba uyushmasi – fuqarolarning o‘z faoliyati yoki o‘qishi turi bo‘yicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida tuziladigan, o‘z ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadigan ixtiyoriy jamoat birlashmasidir.
2020-yil 23-noyabr kuni imzolangan Qonunga ko‘ra, 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni etib belgilangan.
O‘z safida millionlab a’zolarni birlashtirib, ularning mehnatga oid huquq va manfaatlarini ta’minlashda yaqindan yordam berib kelayotgan kasaba uyushmalari xodimlari va a’zolarini bugungi sana bilan muborakbod etamiz!
Ma’lumot uchun, bu kabi bayramlar Avstriya, AQSh, Gretsiya, Indoneziya, Kanada, Latviya, Singapur, Fransiya, Xitoy, Shveytsariya kabi davlatlarda, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston singari MDH davlatlarida nishonlanib kelinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X