axborot_xizmati | Неотсортированное

Telegram-канал axborot_xizmati - Surxondaryo viloyati hokimligi

11159

Surxondaryo viloyati hokimining rasmiy axborot kanali Web site: http://surxondaryo.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz @surxondaryouz_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati hokimligi

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni va Ozarbayjonga tashrif buyuradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-13-noyabr kunlari xalqaro sammitlarda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistoni va Ozarbayjon Respublikasida bo‘ladi.

Ikki muqaddas masjid xodimi - Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan davlatimiz rahbari 11-noyabr kuni G‘azo va Livandagi vaziyatning keskinlashuvi hamda Yaqin Sharqdagi mojaroga tez fursatda yechim topish choralarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi.

12-13-noyabr kunlari O‘zbekiston yetakchisi Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga ko‘ra BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) tadbirlarida qatnashadi.

O‘zbekiston Prezidentining mazkur sammitlarda nutq so‘zlashi, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#Surxoniftixorlari

Eng yaxshi investitsiya — farzand taʼlimiga kiritilgan investitsiyadir!

🕌 Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar olimpiadasi gʻolibi, 28-Bolqon matematika olimpiadasining kumush medali sohibi Javohir Anvarov Termiz shahridagi 14-maktabning 9-sinfida oʻqiydi.

Unga kuni kecha Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro olimpiada gʻoliblarini taqdirlash marosimida yirik pul mukofoti topshirildi.


Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Qadrli tibbiyot xodimlari va soha faxriylari!

Avvalo, xalqimiz salomatligini asrashdek masʼuliyatli va sharafli yoʻlda oʻzini ayamasdan, fidokorona mehnat qilib kelayotgan Siz azizlarni Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Davlatimiz rahbari Siz soha xodimlariga yoʻllagan tabrigida taʼkidlaganlaridek, el-yurt salomatligi – jamiyatning  bebaho boyligidir. Tinchlik va sogʻliq boʻlgan joyda albatta oʻsish va oʻzgarish, baxtli va farovon hayot boʻladi. Shu maʼnoda, Yangi Oʻzbekistonimiz erishayotgan katta yutuqlarda, inson kapitalini rivojlantirishda Siz aziz, jonkuyar tibbiyot xodimlarining munosib hissasini eʼtirof etib, har qancha rahmatlar aytsak, arziydi.

Sogʻliqni saqlash sohasini tezkor va samarali, xalqchil tizimga aylantirish yoʻlida Sizlar oʻz zimmangizdagi masʼuliyatni sharaf bilan ado etish uchun bor bilim va mahoratingiz, salohiyat va tajribangizni, azmu shijoatingizni namoyon etishingizga ishonaman.

Fursatdan foydalanib, barchangizni kasb bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka tilayman.

Hamisha sogʻ-omon boʻling, aziz salomatligimiz posbonlari!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumaniga tashrif buyurib, Karsagan mahallasida 50 gektar maydonda tashkil etilgan zaytunzor, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga kiritilgan xonadon, mahallada infratuzilmani yaxshilash, migratsiyadan qaytgan fuqarolarning bandligini ta’minlash ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, “Ab sux super” xususiy korxonasining yumshoq mebellar ishlab chiqarish hamda "Sulton sharbati" MChJ agrofirmasida uzumdan vino ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishildi. "Sulton sharbati" MChJ agrofirmasining mehmonxona, konyak spirti ishlab chiqarish, uzumni qayta ishlash, qadoqlash sexi va vino yerto‘lasi qurish hamda ekoturizm maskani tashkil etish loyihalari taqdimoti ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2296

#Surxondaryo #zaytunzor #dastur #Absuxsuper #Sultonsharbat

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigini yo‘lladi

Barchamiz yaxshi tushunamizki, el-yurt salomatligi – jamiyatning bebaho boyligidir. Tinchlik va sog‘liq bo‘lgan joyda albatta o‘sish va o‘zgarish, baxtli va farovon hayot bo‘ladi.

Shu ma’noda, Yangi O‘zbekistonimiz erishayotgan katta yutuqlarda, inson kapitalini rivojlantirishda jonkuyar tibbiyot xodimlarining munosib hissasini e’tirof etib, ularga har qancha rahmatlar aytsak, arziydi.

Barcha ijtimoiy xizmatlar qatori tibbiyotni ham xalqimizga yanada yaqin qilish uchun malakali davolash va profilaktika tizimini xonadonlargacha olib kirish choralari ko‘rilmoqda.

Shu maqsadda birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari faoliyati yangilanmoqda. Ushbu bo‘g‘inda birinchi navbatda kasalliklarning oldini oladigan, ularni keltirib chiqaradigan sabablarga qarshi kurashadigan mexanizmlarni joriy etish boshlangani ham shundan dalolatdir.


Tabrikning to'liq matni: https://president.uz/oz/lists/view/7678

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

💐 Tibbiyot xodimlari davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan taqdirlandilar!

Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, bir guruh yurtdoshlarimiz davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan taqdirlandi. Ana shunday fidoyi va jonkuyar insonlar qatorida surxondaryolik mazkur soha xodimlari ham bor:

🏅 II darajali «Salomatlik» ordeni bilan,
Saidov Ashur Saparovich - Bandixon tumanidagi 44-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori.

🏅 «Shuhrat» medali bilan,
Sharipova Ra’no Rustamovna - Sariosiyo tumanidagi «Guliston» oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi.

👏 Davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rilgan vohadoshlarimizni viloyat hokimligi va jamoatchiligi nomidan samimiy qutlaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📢 Surxondaryo viloyatida qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali sotib oling

🔎Jami savdoda turgan yer uchastkalari 5708 ta ko'rish

⬇️Hududlar kesimida:
📍Angor tumani 170 ta ko'rish
📍Bandixon tumani 530 ta ko'rish
📍Boysun tumani 362 ta ko'rish
📍Denov tumani 140 ta ko'rish
📍Jarqurg'on tumani 504 ta ko'rish
📍Qiziriq tumani 614 ta ko'rish
📍Qumqurg'on tumani 527 ta ko'rish
📍Muzrabot tumani 349 ta ko'rish
📍Oltinsoy tumani 165 ta ko'rish
📍Sariosiyo tumani 185 ta ko'rish
📍Termiz tumani 1102 ta ko'rish
📍Termiz shahri 140 ta ko'rish
📍Uzun tumani 303 ta ko'rish
📍Sherobod tumani 369 ta ko'rish
📍Sho'rchi tumani 248 ta ko'rish

📎Eslatma: Ushbu yer ucgastkalarini bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan sotib olish mumkin.

☎️ (99) 203-00-30 Surxondaryo viloyat vakili

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumaniga tashrif buyurib, 1-3-sektoridagi ajrimlar ko‘p qayd etilgan mahallalar mas'ullari va ajrim yoqasidagi oilalar bilan 3-sektor shtabi binosida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda oila muqaddasligi, uning ahamiyati va saqlanishi lozimligi haqida so‘z yuritilib, ajrim yoqasida turgan oilalar bilan alohida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat davomida oilalarning mavjud mummo va masalalari o'rganildi. Mutasaddilarga oilalarning mavjud ijtimoiy muammolarini hal qilish va taraflarni yarashtirish vazifalari belgilab berildi.

Shundan so‘ng, tumandagi “Istara” dehqon va buyum bozori atrofidagi kollektorlarni zamonaviy usulda yopgan holda savdo nuqtalari tashkil etish bo‘yicha boshlangan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Viloyat rahbari kollektorlarni zamonavi tipda yopish, betonlash orqali sizot suvlarning chiqib ketishini ta’minlash hamda ustidan obyektlar qurilishini sifatli amalga oshirish yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati sektorlari rahbarlari:

1-sektor rahbari - Surxondaryo viloyati hokimi Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich (Ishonch telefoni: 0376 224 02 89, qisqa raqam 10-88), telegram bot @surxondaryouz_bot);

2-sektor rahbari - Surxondaryo viloyati prokurori Babadjanov Baxtiyar Bekovich (Ishonch telefoni: 0376 223 10 07);

3-sektor rahbari - Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i Ismailov Timur Kamalatdinovich (Ishonch telefoni: 0376 222 04 11, qisqa raqam 102);

4-sektor rahbari - Surxondaryo viloyati DSI boshlig‘i Narmanov Erkin Abdualimovich (Ishonch telefoni: 0376 228 03 38).

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Prezidentimiz 2025-yil suv xoʻjaligida “Nasoslar samaradorligini oshirish yili” boʻlishini taʼkidladi.

Hozir respublikadagi 2,5 million gektar yerni sugʻorishga 1 ming 600 dan ziyod nasos stansiya yiliga 6,8 milliard kilovatt elektr sarflayapti. 2017-yilda 2 million gektarga 8,3 milliard kilovatt ishlatilar edi.

Xususiy sheriklik asosida tejamkor nasos va quyosh panellarini oʻrnatib, 20 foiz elektrni tejash mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.
〰️〰️〰️

Fermer xoʻjaliklarida 1 ming 700 ta nasos yiliga 1 milliard kilovatt elektr sarflaydi.

Ularga elektr xarajati uchun bu yilgi byudjetda 170 milliard soʻm subsidiya reja qilingan edi. Kelgusi yil bunga yana 250 milliard soʻm ajratilmoqda.

Elektr xarajati uchun subsidiyani nasoslarni yangilash va quyosh panellari oʻrnatishga bogʻlash kerakligi qayd etildi.

Ushbu tajriba asosida har yili 1000 tadan fermerni yangi tizimga oʻtkazish muhimligi taʼkidlandi.
〰️〰️〰️

Respublika boʻyicha 2 million gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingani natijasida oʻtgan yilning oʻzida 2 milliard kub metr suv tejaldi. 50 dan ortiq mahalliy korxona bunday texnologiyalarni oʻzimizda chiqarayapti.

Umuman, kelgusi yilda suv tejovchi texnologiyalar uchun 700 milliard soʻm subsidiya, 2,5 trillion soʻm kredit ajratilishi belgilandi.
〰️〰️〰️

Yana bir muhim masala – bahor va kuzdagi sel suvlarini yigʻib, sugʻorishda ishlatish lozim.

Sel suv omborlarini Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Toshkent viloyati va Fargʻonadagi yana 9 ta tumanda barpo qilib, 50 ming gektarda suv taʼminotini yaxshilash imkoni borligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga 10 ta sel suv ombori qurish ishlarini boshlash topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

😄 | “Yoshlar va turizm” ko‘chasi ish boshladi

Sho‘rchi tumanidagi Guliston mahallasida so‘lim va zamonaviy “Yoshlar bog‘i” barpo etilib, “Yoshlar va turizm” ko‘chasi foydalanishga topshirildi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini sermazmun o‘tkazishi va turizmni rivojlantirish maqsadida 24/7 rejimda ishlaydigan yangi maskanda turli tadbirlar tashkil etish va maroqli sayr qilish, o‘g‘il-qizlarning o‘z iste’dodini keng namoyish etishi uchun barcha qulaylik yaratildi.

Ikkita mini stadion, 250 o‘rinli tomoshagoh, "Warkout", basketbol, voleybol va harbiy-vatanparvarlik musobaqalari o‘tkazish uchun mo‘ljallangan maydonlar, amfiteatr bunyod etildi. Ko‘cha bo‘ylab qariyb 3,5 kilometr uzunlikda veloyo‘lak, gulchilik va ko‘chatchilikka ixtisoslashgan issiqxona qurildi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/654494

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining ishonch telefon raqamlari:

🔝 Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich – Surxondaryo viloyati hokimi (Ishonch telefoni: +99876 224-02-89, 1088);
🔝 To‘rayev O‘ktam Ismoilovich – Termiz shahar hokimi (Ishonch telefoni: +99876 224-13-12);
🔝 Mardonov Qosim Esonovich – Angor tumani hokimi (Ishonch telefoni: +99876 312-20-12);
🔝 Allamuradov Abdumalik Abduqodirovich – Bandixon tumani hokimi (Ishonch telefoni: +99876 374-15-71);
🔝 Shukurov Bahodir Shoto‘rayevich – Boysun tumani hokimi (Ishonch telefoni: +99876 335-16-50);
🔝 Abrorov Ilxom Ibraximovich – Denov tumani hokimi (Ishonch telefoni:+99876 413-13-33);
🔝 Avazov Elmurod Ro‘zimurodovich – Jarqo‘rg‘on tumani hokimi (Ishonch telefoni: +99876 432-10-08);
🔝 Qurbonov Alisher Qurbonovich – Muzrabot tumani hokimi (Ishonch telefoni: +99876 349-17-26);
🔝 Maxmatraemov Baxrom Omonovich – Oltinsoy tumani hokimi (Ishonch telefoni: +99876 477-76-26);
🔝 Donayev Abduqodir Haydarovich – Sariosiyo tuman hokimi (Ishonch telefoni: +99876 228-08-30);
🔝 Nazarov Shuxrat Xudayberdiyevich – Termiz tumani hokimi (Ishonch telefoni: +99876 363-22-00);
🔝 Bozorov Xabibulla Sherdanakulovich – Uzun tumani hokimi (Ishonch telefoni: +99876 447-77-07);
🔝 Alimov Usmon Ibrohimovich – Sherobod tumani hokimi (Ishonch telefoni: +99876 322-10-33);
🔝 Ishmurzoyev Akbarali Abdujabborovich – Sho‘rchi tumani hokimi (Ishonch telefoni: +99876 457-41-00);
🔝 Oripov Anvar Xomitovich – Qiziriq tumani hokimi (Ishonch telefoni: +99876 359-11-59);
🔝 Normamatov Anvar Mamatovich – Qumqo‘rg‘on tumani hokimi (Ishonch telefoni: +99876 228-01-35).

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

😄 | “Yangi O‘zbekiston” massivlari obod va farovon turmush mezoni

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanidagi Yangiobod mahallasida “Yangi O‘zbekiston” massivi bunyod etilmoqda.

Hududda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ini o‘z ichiga olayotgan muhtasham massiv uchun 55,5 gektar yer maydoni ajratilgan. Uning 28,5 gektarida “Yangi O‘zbekiston” massivi, 27 gektarida “Yangi O‘zbekiston” bog‘i barpo etilmoqda. “Yangi O‘zbekiston” massivida 6 ming 280 xonadonga mo‘ljallangan 74 ta ko‘p qavatli uy quriladi.


🔝Batafsil: https://uza.uz/posts/654162

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

😄 | Janubdagi harbiy qismlarda kitob mutolaasi keng targ‘ib qilinmoqda

Surxondaryo viloyati axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi Janubiy operativ qo‘mondonligi hamkorligida vohadagi harbiy qismlarda “Har bir askarga bitta kitob” shiori ostida kitob savdo-yarmarkalari o‘tkazilmoqda.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturida o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni rivojlantirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berilgan.

Batafsil: https://uza.uz/posts/654053

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Topshiriqlar ijrosi: Termiz davlat universitetiga biriktirilgan maktablarda ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Davlatimiz rahbari huzurida joriy yil 7-noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 2025-yil suv xo‘jaligida «Nasoslar samaradorligini oshirish yili» bo‘lishi ta’kidlanib, bu borada mutasaddilarga muhim vazifalar belgilab berilgan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda 2025-yilda vohada suv xo‘jaligini modernizatsiya qilish borasida muhim vazifalarni belgilab olish maqsadida bugun Muzrabot tumanida seminar o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida viloyat va tumanlar sektor rahbarlari hamda suv xo‘jaligi mas’ullari ishtirok etdi.

Seminarda hududlar kesimida amalga oshiriladigan vazifalar va loyihalar muhokama qilindi. Jumladan, Oltinsoy va Qiziriq tumanlaridagi kollektorlarda gidroinshootlar qurish orqali ikkita, quvvati 200-230 kVt bo‘lgan kichik GES faoliyatini yo‘lga qo‘yish, viloyat bo‘yicha davlat muassasalari hisobidagi 420 km kanallar hamda, klaster va fermer xo‘jaliklarining 1 200 km ichki ariqlarini betonlash, geomembrana yotqizish, shuningdek, 326 km xo‘jaliklararo irrigatsiya tarmoqlarini, 6 969 km xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarini tozalash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Viloyat rahbari hududlar va tarmoqlar kesimida mutasaddilarga aniq muddat va hajmlarda vazifalarni belgilab berdi. Seminar yakunida suv tejovchi texnologiyalar va irrigatsiya tarmoqlarida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimot qilinib, kanallarni betonlash ishlari ko‘rgazmali tarzda ko‘rsatib berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

😄 | Surxondaryoda shifokorlar sharaflandi

Tibbiyot xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan Termiz shahridagi “Olmos” to‘yxonasida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda keyingi yillarda mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilayotgani alohida ta’kidlandi. Yurtimizning olis va chekka hududlarida ham yuqori malakali tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga e’tibor kuchaytirilayotgani qayd etildi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/655432

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹Oltinsoyda aholi bandligi va turmush farovonligini oshirish ishlari hamda korxonalar faoliyati bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Mamlakatimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlarining kasb bayrami kuni sifatida keng nishonlab kelinadi. Bugun sana munosabati bilan Termiz shahridagi “Olmos” to‘yxonasida tibbiyot xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Bayram tadbirida Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Ilhom Saparov viloyatimiz hokimining sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

So‘ngi uch yilda viloyatimizda 50 dan ziyod oilaviy shifokorlik punkti, oilaviy poliklinikalar hamda 237 ta olis va chekka hududlarda “Mahalla tibbiyot punkt”lari tashkil etilib, 100 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ hisobiga zamonaviy tibbiy apparaturalar bilan jihozlanganligi, natijada qo‘shimcha ravishda yana 350 mingdan ortiq aholini birlamchi tibbiy xizmat bilan qamrab olishga erishilganligi qayd etildi.

Tibbiyot xodimlari bayrami munosabati bilan davlatimiz rahbari farmoni asosida sohaning bir guruh fidoyi xodimlari davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida 2 nafar surxondaryolik soha fidoyilari ham bor.

Tadbirda ushbu davlat mukofoti sohiblariga orden va medal hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, tizimda alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh tibbiyot xodimlari viloyat hokimligining faxriy yorliq va sovg‘alari bilan taqdirlandi.

To‘kin va fayzli dasturxon atrofida davom etgan bayram tadbirida poytaxtdan tashrif buyurgan va vohamizning taniqli san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar sog‘ligimiz posbonlariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Xushxabar: Afruza Hamdamova — ikki karra jahon chempioni bo‘ldi!

Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi FIDE jahon chempionatining 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi bahslarida hamyurtimiz Afruza Hamdamova muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi!

U 10 ta partiyada 9,5 ochko to‘pladi (9 ta g‘alaba, 1 durang) va endi oxirgi turda qanday natija ko‘rsatishidan qat’iy nazar, birorta raqibi unga yeta olmaydi.

Afruza o‘tgan yilgi FIDE jahon chempionatida 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida ham muddatidan oldin g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi va jahon chempioniga aylangan O‘zbekistondagi ilk ayol shaxmatchi bo‘lgandi.

Ma'lumot uchun, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tug‘ilgan Afruza Hamdamova hozirda Samarqand shahrida istiqomat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Boysun tumanida davom ettirib, Pulhokim mahallasida 2,5 km ichki yo‘lni ta'mirlash va asfaltlash ishlariga start berish tadbirida ishtirok etdi. Ushbu yo‘l loyihasi mahalla aholisi uchun qulaylik yaratib, turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi hamda ko‘p yillik muammo o‘z yechimini topadi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Pulhokim mahallasidagi 28-sonli, Dashtig‘oz mahallasidagi 31-sonli, Inkabod mahallasidagi 27-sonli hamda Kofrun mahallasidagi 32-sonli maktablarda faollar va nuroniylar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muloqotlar avvalida mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, turmush farovonligini oshirish, xususan, yo‘l, suv va boshqa kommunal xizmatlarni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berildi.

Shuningdek, nuroniylar bilan suhbat davomida hududlardagi mavjud muammolar muhokama qilinib, ularning yechimlari yuzasidan chora tadbirlar belgilab olindi. Nuroniylar Prezidentimizning o‘z vakillari orqali eng chekka hududlar aholisining turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratayotgan e’tiborlari uchun minnatdorchilik bildirishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

😄 | “Yashil” energetika samarali, arzon va ishonchli quvvat manbai

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Ayritom” chegara bojxona postiga qo‘shimcha 20 kVt`li quyosh paneli o‘rnatildi. Endilikda qo‘shni davlat bilan chegaradosh hududdagi postda 120 kVt/s quvvatdagi quyosh panellari elektr energiyasi ishlab chiqarmoqda.

Batafsil: https://uza.uz/posts/655030

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Kadastr agentligi direktori fuqarolarga murojaat bilan chiqdi

Unda fuqarolar vaziyatdan foydalanib, noqonuniy yo‘llar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan «uddaburonlar»dan «ogoh» bo‘lishga chaqirilgan.

Quyida murojaat bilan tanishishingiz mumkin.

Qadrli yurtdoshlar!

Yer, mulk, uy-joy bilan bog‘liq munosabatlar tarixan qadriyatimizga aylangan. 2024-yilning 5-avgust sanasida Davlatimiz rahbari vatandoshlarimiz uchun muhim bo‘lgan yana bir tarixiy Qonunni imzoladilar.

Bugun 8-noyabrdan millionlab yurtdoshlarimiz kutgan «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi Qonun kuchga kirdi. 2024–2025-yillar uchun tasdiqlangan reja-garfik asosida mahallalarda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari boshlanadi.

Qonun kuchga kirish sanasida sizga murojaat qilishimdan maqsad «ogohlikka» chaqirishdir!

Uzoq yillar davomida o‘zi yashab kelayotgan uyini rasmiylashtirib olishni niyat qilib yurgan halol insonlar ko‘p ammo, vaziyatdan foydalanib, noqonuniy yo‘llar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan «uddaburonlar» ham yo‘q emas.

Sizlarni bunday nopok kimsalarning har qanday so‘zlari va va’dalariga ishonmaslikka chaqiraman!

Birinchidan, mahallalar aniq tasdiqlangan reja-grafik asosida xatlovdan o‘tkaziladi. Biri qolib ikkinchisiga o‘tilmaydi, ya’ni xalq tili bilan aytganda «tezlashtirib berishning imkoni yo‘q!».

Ikkinchidan, xatlovdan keyin «E’TIROF» dasturiga kiritilgan har bir holat bo‘yicha 15 dan ortiq vazirlik va idoralar xulosalarini beradi hamda kosmik suratlar yordamida tahlil qilinadi. Xalq tili bilan aytganda «ilojini qilib o‘tkazib bo‘lmaydi!».

Uchinchidan, xatlov jarayonida qonun bilan aniq belgilab berilgan 8 ta toifaga kiruvchi holatlar o‘rganiladi. Hozirda egallab olib, qurilish qilib qonuniylashtirib olishni reja qilayotganlar javobgarlikka tortiladi va bu ishlar ham axborot tizimlari orqali nazorat qilinadi. Xalq tili bilan aytganda, «tanish-bilish o‘tmaydi!».

Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, tamagirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering.

Mazkur Qonunning adolatli va samarali ijro etilishi barchamizga birdek bog‘liq ekanligini yoddan chiqarmaylik.

Farrux Po‘latov
Kadastr agentligi direktori

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Fakt 24 | Anor eksportidan 200 million so‘m daromad

Sherobodlik mirishkor 500 tup anoridan 200 million so'm daromad olishni maqsad qilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xoʻjaligida suv va energiya resurslaridan unumli foydalanish masalalari yuzasidan yigʻilish bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari dunyoda bir vaqtlar choʻl boʻlgan hududlarda yogʻingarchilik koʻpayib, boshqa joylarda qurgʻoqchilik kengayib borayotgan sharoitda mamlakatimizda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kanallarni betonlash boʻyicha tanlangan yoʻl toʻgʻri boʻlganini taʼkidladi.

Suv boshqaruvi isloh qilinib, tuman darajasida suvni hisobga olish tizimi shakllandi, fermerlar suvni hisob-kitob qilishni oʻrgandi. Shaffof tizim tufayli bu yil yerga 2 karra koʻp suv bordi, yana 6 milliard kub metr suv hisobi joy-joyiga qoʻyildi.
〰〰〰

Noyabr-mart oylari kanallarni betonlash uchun eng qulay vaqtligi taʼkidlandi. Hali 18 ming kilometr magistral va 94 ming kilometr ichki kanallarni betonlash zarur.

Shu sababli kelgusi yilda betonlashga 800 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.

Masʼul idoralarga 66 ta magistral kanal loyihasi va ekspertizasini yakunlab, qurilish ishlarini tez fursatda boshlash, bunga arzon sement yetkazib berishni tashkil qilish topshirildi.

Umuman, hokimlar oldiga fermer va klasterlar bilan birgalikda 1-aprelgacha 15 ming kilometr ichki ariqlarni beton qoplamaga oʻtkazish vazifasi qoʻyildi.

Mutasaddilar har bir kanalga ajratilayotgan har bir soʻmni maqsadli, tejamkorlik bilan toʻgʻri ishlatish zarurligi haqida ogohlantirildi.
〰〰〰

Har bir kanalga Irrigatsiya universiteti, Suv muammolari ilmiy instituti, 9 ta texnikumni “dual taʼlim” asosida biriktirish muhimligi taʼkidlandi.

Ular loyihadan betonlash tugaguncha boʻlgan barcha jarayonlarni ilmiy yondashuv asosida kuzatib, tavsiya va xulosasini beradi.

Kanallarni betonlash hisobiga suv oqimi tezlashadi. Bu – kichik GESlar qurib, elektr olish uchun katta imkoniyat.

Viloyat hokimlari oldiga oʻz hududlarining sanoat salohiyatini ishga solib, mahalliy komponenti yuqori boʻlgan shunday mikro GESlarni loyihalashtirish va barpo etish vazifasi qoʻyildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining VII chaqiriq, birinchi sessiyasi o‘tkazildi

Unda viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi Zebuniso Alimardonovaning joriy yil 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Sessiyada 14-Alpomish saylov okrugidan saylangan deputat Choriyev Abduraim Ravshanovich xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi raisi etib saylandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, viloyat Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Prezidentimiz tomonidan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga Ulug‘bek Qosimov nomzodi ko‘rsatilganligi bildirildi. Nomzod bo‘yicha partiyalar guruhlari ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Nomzod deputatlarga viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboliga mo‘ljallangan o‘z dasturini taqdim etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari viloyat Kengashining VII chaqiriq birinchi sessiyasi qarori bilan Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich nomzodi Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Sho‘rchida "Yoshlar va turizm" ko‘chasi ochildi hamda ijtimoiy soha obyektlari faoliyati bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumaniga tashrifidan so‘ng, Qumqo‘rg‘on tumanida mahallalar "yettiligi" va ularning viloyat, tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokidagi muhokama yig‘ilishida qatnashdi.

Unda mutasaddilar mahallalarda “yettilik” faoliyatini samarali tashkil etish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berdi. O‘rganishlar davomida “yettilik” ishini sifatli yo‘lga qo‘yishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi, aholi bilan ishlashda a’zolarning ish faoliyati qoniqarsizligi qayd etildi.

Viloyat rahbari qayd etilgan holatlarni bartaraf etish, mahalla “yettiligi”ning ish samaradorligini oshirish, ularning faoliyatini sifatli tashkil etishga, har bir tizimning viloyat va tuman rahbari mas’ul ekanligini ta’kidladi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumaniga tashrifini davom ettirib, "Tolli" oilaviy shifokorlik punkti faoliyati bilan tanishdi.

Tibbiyot maskani sharoitlari, kadrlar bilan ta’minlanishi, shuningdek, bemorlarga xizmat ko‘rsatish darajasi bilan tanishildi hamda mutasaddilarning oilaviy shifokorlar tomonidan ko‘rsatiladigan dastlabki tibbiy yordam, diagnostika va profilaktika xizmatlar borasidagi axboroti tinglandi. Oilaviy shifokorlik punktlarining aholi salomatligi uchun ahamiyati ta’kidlanib, xizmat sifatini oshirish, zarur uskunalar bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng, 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishilib, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Viloyat rahbari bolalarni sog‘lom ovqatlanitirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud sharoitlarga e’tibor qaratdi. Bolalarga ratsion asosida, sanitariya-gigiena qoidalariga qat’iy amal qilgan holda tayyorlangan ovqatlarni berish lozimligini ta’kilab, mutasaddilarga bu borada qat’iy nazorat o‘rnatish vazifasini topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Davlatimiz Rahbari tomonidan hududlarda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun sharoitlar yaratish hamda turizmni rivojlantirish, 24/7 rejimda faoliyat yurituvchi “Yoshlar va turizm” ko‘chalarini tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan edi. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatining har bir hududida bittadan jami 15 ta ko‘cha tanlab olinib, namunaviy loyihalar asosida ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, bugun Sho‘rchi tumani Guliston mahallasi hududida tashkil etilgan “Yoshlar va turizm” ko‘chasi foydalanishga topshirildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.

Sho‘rchida tashkil etilgan mazkur ko‘chada 2 ta mini stadion, 250 o‘rinli tomoshagoh, "Warkout", basketbol, valeybol va harbiy-Vatanparvarlik musobaqalari o‘tkazish uchun mo‘ljallangan maydonlar hamda 50 o‘rinli amfiteatr barpo etilgan. Shuningdek, ko‘cha bo‘ylab 3,4 km uzunlikda veloyo‘lak tashkil etilgan. Bundan tashqari hududda gulchilik va ko‘chatchilikka ixtisoslashtirilgan issiqxona ham qurilgan.

Viloyat rahbari ko‘chaning tantanali ochilish marosimida ishtirok etib, tuman nuroniylari va faollari bilan suhbatlashdi. Shuningdek, hududda joylashgan maktabning bo‘sh binosida tashkil etilgan sport to‘garaklari hamda YoChQT va fizika faniga ixtisoslashtirilgan xonalar ko‘zdan kechirildi.

Tadbir yakunida mutasaddilar ko‘cha bo‘ylab tashkil etilayotgan bog‘ hududiga daraxt ko‘chatlari ekdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…
Подписаться на канал