axborot_xizmati | Неотсортированное

Telegram-канал axborot_xizmati - Surxondaryo viloyati hokimligi

11159

Surxondaryo viloyati hokimining rasmiy axborot kanali Web site: http://surxondaryo.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz @surxondaryouz_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Topshiriqlar ijrosi: Termiz davlat universitetiga biriktirilgan maktablarda ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalar va manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reestrining namunaviy shakllari tasdiqlandi

🗃 Unga ko‘ra davlat organlari yoki boshqa tashkilotlarda quyidagi namunaviy shakllar asosida hujjatlar to‘ldiriladi va yuritiladi:

➖mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma;

➖xodimning ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi;

➖aloqador shaxslarning ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi.

🍔 Manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reestri:

➖mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimida manfaatlar to‘qnashuvi holati vujudga kelganda ushbu xodim tomonidan;

➖ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya xodim ishga qabul qilinayotganda, boshqa ishga o‘tkazilayotganda va yil yakuniga ko‘ra xodim tomonidan;

➖aloqador shaxslarning ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya xodimga aloqador shaxslar tomonidan to‘ldiriladi.

Mavjud va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi Manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reestriga kiritiladi.

🔎 Ushbu namunaviy shakllar davlat organlari yoki boshqa tashkilotlarda manfaatlar to‘qnashuviga oid yuqoridagi hujjatlarning to‘ldirilishi va yuritilishi bo‘yicha bir xil yondashuv va amaliyotni joriy etishni ko‘zda tutadi.

🕐 Mazkur tartib joriy yil 6-dekabr sanasidan e’tiboran kuchga kiradi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Boysun tumanida viloyat, tuman sektor rahbarlari, faollar va nuroniylar hamda mutasaddilar ishtirokida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Tuman hokimi viloyat rahbari hamda faollarga bu borada amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar va loyihalarni taqdimot qildi. Unga ko‘ra yil yakuniga qadar tumanda 4 ta umumta’lim maktablarini joriy ta’mirlash, 34,5 km ichki yo‘llarni asfaltlash, 28 km elektr va 38,7 km ichimlik suvi tarmoqlarini yangidan barpo etish maqsad qilingan.

Viloyat rahbari taqdimotlar bilan tanishib, tuman nuroniylari va faollarining takliflarini tingladi. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash borasidagi muammolarni hal etish masalalari muhokama qilindi. Mutasaddilarga vazifalar belgilanib, nuroniylar va faollar bilan maslahatlashgan holda ishlarni tashkil etish, taqdimot qilingan rejalarning sifatli amalga oshirilishini ta’minlash topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxon qo‘riqxonasi faunasi

“Surxon” davlat qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga bir guruh yovvoyi to‘ng‘iz, Turkiston tulkisi va Buxoro tog‘ qo‘ylari muhrlandi.

Ma’lumot uchun, Surxon davlat qo‘riqxonasi 1986-yilda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tashkil etilgan bo‘lib, hududda 194 turdagi hayvonlar yashaydi. Ularning 25 tasi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Qo‘riqxonada bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, silovsin, cho‘l mushugi, yovvoyi cho‘chqa, echki, Buxoro tog‘ qo‘yi va boshqa hayvonlarni, shuningdek, ochiq joylarda qushlarning tasqara, burgut, qironqora, qora kalxat, qirg‘iy burgut, qirg‘ovul, oqqanotli qizilishton va boshqa ko‘plab turlarni uchratish mumkin.


Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#sarhisob

📈 Surxondaryoda kichik va yoshlar sanoat zonalarining rivojlanish ko‘rsatkichlari

🏗 Vohamizda 181,3 gektar maydonda joylashgan 53 ta sanoat zonasi doirasida 689,1 mlrd so‘mlik qiymatga ega 488 ta loyiha amalga oshirilgan bo‘lib, ularda 1 871 ta ish o‘rni yaratildi. Taqqoslash uchun, 2023-yilda 53 mlrd so‘mlik 36 ta loyiha ishga tushirilgan.

↔️ Jumladan:
📊 Kichik sanoat zonalarida:
Loyiha soni: 232 ta;
Umumiy loyiha qiymati: 391,5 mlrd so‘m.

📊 Yoshlar sanoat zonalarida:
Loyiha soni: 256 ta;
Umumiy loyiha qiymati: 297,6 mlrd so‘m.

🟠 Davlatimiz Rahbarining tashabbusi bilan 2023-yilda yosh tadbirkorlar uchun Termiz shahridagi 2,1 gektar maydonda joylashgan “Tinchlik” yoshlar sanoat zonasida “sanoat ipotekasi” tamoyili asosida tayyor binolarni yosh tadbirkorlarga realizatsiya qilish tajribasi joriy etildi.

📊 Natijada “Tinchlik” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida 47 ta lotlar tashkil etilib, tijorat banklari tomonidan bugunga qadar 39 ta loyihaga 44,4 mlrd so‘m kredit ajratildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, Termiz shahri "Farovon" massivida qurilishi tugallangan 7 qavatli, 84 xonadonli turar joylar sharoitlari, yo‘li qurilishi va hududni obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, Respublika sud-tibbiy ekspertiza markazi Surxondaryo viloyati filialining yangidan qurilgan binosini foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etdi. Bugunning o‘zida 74 ta maktab, 8 ta bog‘cha, 7 ta tibbiyot muassasalari, 20 km uzunlikdagi 9 ta yo‘l obyekti, 1 ta ko‘prik va 3 ta irrigatsiya obyektlari foydalanishga topshirildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining 1 500 o‘rinli o‘quv binosi qurilishi ko‘zdan kechirilib, oliygohning majlislar zalida qurilish sohasida davlat dasturlarining ijrosi yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

😄 | Boysunliklar olmani nega salomatlik manbai, deya eʼzozlaydi?

Maʼlumotlarga koʻra, boysunlik sohibkorlar qariyb ming gektar maydonda olma parvarishlamoqda. Uning 427 gektari fermer va dehqon xoʻjaliklariga tegishli. “Boysun” davlat oʻrmon xoʻjaligi 145 gektar olmazoriga ega. Qolgan qismi aholi tomorqasida yetishtiriladi. Bu goʻsha bogʻbonlarining aytishicha, Boysunda tomorqasida olma parvarishlamaydigan oilaning oʻzi yoʻq.

🔝Batafsil: https://uza.uz/posts/653102

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

✌️Sifatli ta’lim — taraqqiyot me’zoni

🤵 Mustaqil ta’lim talabalarning nafaqat akademik bilimlarini, balki shaxsiy qobiliyatlarini ham rivojlantirishga yordam beradi.

Bunda ular o‘z qiziqish va iqtidorlarini o‘stirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.


Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov rahbarligida Angor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalar “yettiligi” faoliyati, “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi, migratsiyadan qaytgan fuqarolar bilan ishlash yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi hamda mutasaddilarning axborotlari tinglandi. Sohalar, tarmoqlar va hudud rahbarlariga vazifalar belgilab berildi.

Muhokamadan soʻng, Qorasuv mahallasida “Gʻijduvon tajribasi” asosida tashkil etilgan sanoat binosida “Afsona-Maxbuba” OKning milliy shirinliklar ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishildi. Mazkur sanoat binosining ikkinchi qavatida savdo kompleksi, uchinchi qavatida oʻquv markazi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Oilaviy korxonada xotin-qizlarning bandligi taʼminlanganligi, bu kabi faoliyat turlarini yanada kengaytirish lozimligi qayd etildi.

Tashrif soʻngida viloyat rahbari Yangiobod mahallasida yaqinda migratsiyadan qaytgan Nargiza Panjiyevaning xonadonida boʻlib, oilaviy sharoitlari bilan tanishdi hamda mavjud muammolarini oʻrgandi. Mutasaddilarga fuqaroning bandligini taʼminlash, yashash sharoitlarini yaxshilashga koʻmaklashish yuzasidan vazifalar yuklandi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida operativ harakat guruhi hamda patronaj doyalar ishining samaradorligi oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Elmira Basitxanova tomonidan Surxondaryo viloyati sog‘liq saqlash boshqarmasida tibbiyot sohasi mutasaddilari hamda onalik va bolalik masalalari bo‘yicha mutaxassislar uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Sina qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi

Kuni-kecha Surxondaryo viloyati hokimligi va Turizm qo‘mitasi hamkorligida Denov tumani Sina qishlog‘ida milliy taomlar sayli o‘tkazildi. Unda Termiz shahri va tumanlar o‘z hududlariga xos tansiq taomlar ko‘rgazmasi bilan qatnashdi. Milliy uslubda bezatilgan pavilonlarda mohir pazandalarning turli taomlar tayyorlash bilan bog‘liq uslub, udum va an’analari keng namoyish etildi.

Sayil doirasida viloyat hokimligi, Turizm hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari tomonidan jurnalist va blogerlar uchun press-tur uyushtirildi. Tadbir ishtirokchilari tog‘lar qo‘ynidagi Sina, Ushor, Sunbula kabi qishloqlar aholisining hayoti bilan tanishdi. Sirli baliq ko‘li, maftunkor “Sunbulai zor” tabiat mo‘jizasi, Qiz qo‘rg‘on arxeologik yodgorligi, Xo‘jai Hisor ziyoratgohi kabi sayyohlik maskanlari, oilaviy mehmon uylari, hududning milliy hunarmandchiligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan sayyohlar, vohamiz va yurtimizning boshqa hududlaridan kelgan tomoshabinlarga non, patir va somsaning 20 dan ziyod turi hamda tandir kabob, go‘jali osh va boshqa taomlarni tayyorlash sirlari namoyish etildi. Mehmonlar taomlar mazasini tatib ko‘rib, ularga munosib baho berdi. Shuningdek, milliy o‘yinlar, sport musobaqalari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Sayil yakunida “Eng yaxshi milliy taom”, “Eng yaxshi oshpaz” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, tashkilotchilarning diplom, maxsus statuetka va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, Turizm qo‘mitasi tomonidan Sina qishlog‘iga turizm qishlog‘i maqomini berilganligi haqidagi sertifikat tantanali topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Boysun tumanida "Olma sayli" festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumani Nurli maskan va Guliston mahallalarida ko‘p qavatli turar joylar qurilishi, ko‘chalar infratuzilmasini yaxshilash ishlari bilan tanishdi.

Mutasaddilar hududda amalga oshirilayotgan ishlar hamda turar joylarning birinchi qavatida  savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari tashkil etish yuzasidan axborot berdi.

Shundan so‘ng, Qizilsuv daryosi bo‘yida tashkil etilayotgan "Yoshlar saylgohi" qurilishi ko‘zdan kechirilib, taqdimotlar bilan tanishildi.

Viloyat rahbari mutasaddilarga turar joylar qurilishini sifatli olib borish, zarur infratuzilmalar bilan ta'minlash, savdo va xizmat ko‘rsatishni yanada kengaytirish vazifalarini topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyat fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining MUROJAATI

Dono xalqimizda, “Umringdan bir kun qolsa ham ko‘chat ek”, degan purhikmat naql bor. Ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan milliy qadriyat va an’analarimizning ajralmas qismi bo‘lmish daraxt ekish, bog‘u gulzorlar yaratish borasidagi go‘zal odatlarimiz bugungi kunda yangi ma’no-mazmun bilan boyib, keng miqyosda davom etmoqda.

Murajaatning to'liq matni: https://surxondaryo.uz/blog/2288

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🖥🖥🖥
Fakt 24 | Bulg‘or qalampiridan mavsumda 100 million so‘mgacha daromad

Termiz tumani "Muhiddin Eshtemirov" mahallasida yashovchi oila 15 sotix tomorqasidagi issiqxonada bulg'or qalampiri yetishtirib, mavsumda 100 mln so'mgacha daromad topmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Ta’ziya

O‘zbekiston Qahramoni, surxondaryolik ilg‘or fermer Ahmad Narzulloyev 68 yoshida vafot etdi.

Ahmad Narzulloyev ibratli umr kechirdi. U hayoti va mehnat faoliyati davomida mamlakatimizda aholining turmush tarzini yaxshilashda, qishloq xo‘jaligi sohasi, xususan, fermerlik faoliyatini rivojlantirishda beminnat, fidokorona xizmat qilgan vatanparvar, jonkuyar va samimiy inson sifatida yurtdoshlarimizning qalbida mangu yashaydi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Ahmad Narzulloyevning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Davlatimiz Rahbari tomonidan hududlarda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun sharoitlar yaratish hamda turizmni rivojlantirish, 24/7 rejimda faoliyat yurituvchi “Yoshlar va turizm” ko‘chalarini tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan edi. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatining har bir hududida bittadan jami 15 ta ko‘cha tanlab olinib, namunaviy loyihalar asosida ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, bugun Sho‘rchi tumani Guliston mahallasi hududida tashkil etilgan “Yoshlar va turizm” ko‘chasi foydalanishga topshirildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.

Sho‘rchida tashkil etilgan mazkur ko‘chada 2 ta mini stadion, 250 o‘rinli tomoshagoh, "Warkout", basketbol, valeybol va harbiy-Vatanparvarlik musobaqalari o‘tkazish uchun mo‘ljallangan maydonlar hamda 50 o‘rinli amfiteatr barpo etilgan. Shuningdek, ko‘cha bo‘ylab 3,4 km uzunlikda veloyo‘lak tashkil etilgan. Bundan tashqari hududda gulchilik va ko‘chatchilikka ixtisoslashtirilgan issiqxona ham qurilgan.

Viloyat rahbari ko‘chaning tantanali ochilish marosimida ishtirok etib, tuman nuroniylari va faollari bilan suhbatlashdi. Shuningdek, hududda joylashgan maktabning bo‘sh binosida tashkil etilgan sport to‘garaklari hamda YoChQT va fizika faniga ixtisoslashtirilgan xonalar ko‘zdan kechirildi.

Tadbir yakunida mutasaddilar ko‘cha bo‘ylab tashkil etilayotgan bog‘ hududiga daraxt ko‘chatlari ekdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Mamlakatimizning janubiy darvozasi bo‘lgan Surxondaryo vohasi o‘zining sarhil va xushtam mevalari bilan dunyoga mashhur bo‘lib kelgan. Xususan, Sherobod anori nafaqat yurtimiz, balki xorij davlatlarida ham xaridorgir mahsulotlarimizdan biri hisoblanadi.

Bugun Sherobod tumanida joylashgan markaziy o‘yingohda vohamiz bog‘bonlarini bir joyga jamlagan “Anor festivali” bo‘lib o‘tdi. Unda eng sara anor navlari namoyish etildi.

Shuningdek, san’atkor va folklor jamoalarning chiqishlari, ular ijrosidagi Surxoncha kuy-qo‘shiqlar festival ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.

Festival yakunida “Eng mazali anor sharbati – 2024”, “Eng mazali anor navi”, “Eng katta anor – 2024”, “Eng chiroyli anor tozalash” kabi nominatsiyalar g‘oliblari aniqlanib, tashkilotchilarning diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 1-noyabr kuni Denovda “
Milliy taomlar”, 2-noyabr kuni Boysunda “Olma sayli” festivallari o‘tkazilgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Sherobod tumani hokimligida mahallalar "yettiligi" va ularning tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi va mas’ullarning axborotlarini tingladi.

Ayrim mahallalarda "yettilik" faoliyatining samarali tashkil etilmagani, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ko‘rsatib o‘tildi. Aniqlangan muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilinib, mahallalar “yettiligi” va mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Viloyat rahbari "yettilik"ning mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishdagi o‘rni va ahamiyatini yana bir bor eslatib, faoliyatini samarali tashkil etish zarurligini ta’kidladi hamda tegishli tavsiya va topshiriqlarni berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Fayz agro 555" fermer xo‘jaligi dalasida 2025-yil hosili uchun kuzgi shudgorlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda Xitoydan olib kelingan zamonaviy chigit ekish seyalkasi bilan tanishish maqsadida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2291

#Surxondaryo #seminar #Xitoy #chigitekish #paxtaterish

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Tatariston Respublikasi prokurori bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov vohamizga amaliy tashrif bilan kelgan Tatariston Respublikasi prokurori Albert Suyargulovni qabul qildi. Uchrashuvda Surxondaryo viloyati prokurori Baxtiyar Babadjanov ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda ikki davlat rahbarlarining say-harakatlari bilan O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari yuqori darajada rivojlanib borayotganligi, hududlararo hamkorlik aloqalari, jumladan, Surxondaryo viloyati va Tatariston Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va qishloq xo‘jaligi sohalari hamda boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligi qayd etildi.

Bu borada Tatariston Respublikasi raisi Rustam Minnixanov bilan o‘zaro tashriflar davomida qator kelishuvlarga erishilib, ular bugungi kunda hayotga tadbiq etilayotganligi bildirildi. Shuningdek, o‘zaro hamkorlik aloqalarini keng qamrovli rivojlantirish, yangi imkoniyatlarni ishga solgan holda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📣 Surxondaryoda anor sayli oʻtkaziladi

Surxondaryo viloyati hamda Sherobod tumani hokimliklari, viloyat Turizm boshqarmasi hamkorligida vohamizda uchinchi bor tashkil etilayotgan ushbu sayl, ertaga, 5-noyabr kuni Sherobod tumani “Choʻyinchi” mahallasida joylashgan sport arenasida boʻlib oʻtadi.

⏱️ Saylning boshlanish vaqti soat 11:00.

Sayl dasturidan anorzorlarga ekskursiyalar, mahsulotlar koʻrgazmalari, eng yirik meva va eng yaxshi sharbat ishlab chiqaruvchisini tanlash, anorni qayta ishlash zavodiga tashrif oʻrin olgan.

Shuningdek, “Eng mazali anor sharbati – 2024”, “Eng mazali anor navi”, “Eng katta anor – 2024”, “Eng chiroyli anor tozalash” nominatsiyalari boʻyicha tanlovlar tashkil etilib, gʻoliblar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi. Sanʼatkorlarning konsert dasturi namoyish etiladi.

🔰 Sherobodga keling, anorning eng sara navlari bilan tanishing, uning ajib taʼmidan bahra oling!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov bugun M41 xalqaro avtomobil yoʻli boʻylab Termizdan Shoʻrchigacha boʻlgan hududlarni koʻzdan kechirdi. Unda asosan mahallalar va koʻchalarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarining borishi, amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarga eʼtibor qaratilib, mutasaddilar va hududlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, oʻrganishlar davomida Jarqoʻrgʻon tumanida barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivida turar joylarning fasad qismini boʻyash ishlari koʻzdan kechirildi. Ishlarni qisqa muddatda yakunlab, xonadonlarni oʻz egalariga topshirish vazifalari yuklandi.

Tanishuvlar yakunida viloyat rahbari Shoʻrchi tumanida “Diyor asil bunyodkori” MCHJning xususiy maktab, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilish, akvapark qurish hamda “Ozodbek buyuk dalasi” fermer xoʻjaligi tomonidan chorvachilik va sutni qayta ishlash kompleksini tashkil etish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Tuman hokimi va tashabbuskorlarga loyihalarning texnik iqtisodiy asoslarini puxta ishlab chiqish, ularni amalga oshirishda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar yuzasidan zarur tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Surxondaryoda Ichki ishlar organlari xodimlari kuni keng nishonlandi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Boysunda “Olma sayli” festivali o‘tkazildi hamda Omonxona qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi

Festival osmono‘par tog‘lari, go‘zal tabiat manzaralari, shifobaxsh giyoh va zilol suvlari, shirin mevalari, tarixiy yodgorliklari, milliy qadriyatlari bilan sayyoramiz sayyohlarini maftun etib kelayotgan tumanning “Boysun bahori” turizm kompleksida bo‘lib o‘tdi.

Olma yetishtirayotgan fermerlar, Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi va dehqon xo‘jaliklari zamonaviy kompleksda turli rangda tovlanuvchi shirin mevalar ko‘rgazmasini tashkil etib, o‘z mahsulotlarini keng namoyish etdi. Shuningdek, majmuada Boysunning shifobaxsh giyohlari, asal, nok, uzum va boshqa rang-barang mevalari, boysunlik pazandalar tayyorlagan turli taomlar, milliy hunarmandlik buyumlari ham o‘rin olgan.

Surxondaryo viloyati hokimligi va Turizm qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan an’anaviy festival tog‘lar qo‘ynidagi so‘lim go‘shaning sayyohlik salohiyatini yanada oshirishga yo‘naltirilgan.

Tadbir doirasida mashhur Omonxona shifobaxsh suvi joylashgan hududga “Turizm qishlog‘i” maqomi berilganligi haqidagi sertifikat tantanali topshirildi. Tadbir yakunida olma yetishtirishda “Eng faol mahalla”, “Eng faol tashkilot”, “Eng shirin olma bog‘i yaratuvchisi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritganlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/653009

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryoda Ichki ishlar organlari xodimlari sharaflandi

Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasi konsertlar zalida Ichki ishlar organlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.

Davlat va jamoat tashkilotlari, huquq-tartibot idoralari rahbarlari, viloyat ichki ishlar organlari xodimlari, faxriylar va xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan fidoyi o‘g‘lonlarning oila a’zolari, jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tinch, osuda hayotimiz qo‘riqchilari, huquq va erkinliklarimizning ishonchli himoyachilarini kasb bayramlari bilan samimiy tabrikladi.

Tadbirda samarali xizmatlari uchun taqdirlangan bir guruh xodimlarga Ichki ishlar vazirligining ko‘krak nishonlari, pul mukofotlari, shuningdek, viloyat hokimi va viloyat ichki ishlar boshqarmasining faxriy yorliqlari, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.

Tantanali tadbirda Ichki ishlar vazirligi Ansambli hamda san’atkorlar yurt madhini kuylovchi, kasb egalarini sharaflovchi kuy qo‘shiqlar ijro etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Denovda turar joylar infratuzilmasini yaxshilash vazifalari belgilab berildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasi og‘ir judolikka uchradi. Butun hayoti va mehnat faoliyatini qishloq xo‘jaligi rivojiga bag‘ishlagan taniqli fermer, O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev shu yil 1-noyabr kuni 68 yoshida vafot etdi.

A.Narzullayev 1956-yili Denov tumanida tug‘ildi. Mehnat faoliyatini tumandagi “Surxonoziqovqatsanoati” aksiyadorlik jamiyatida boshladi. Keyinchalik Toshkent politexnika institutini tamomlab, “Sharg‘un” g‘isht zavodida, Denov tumanidagi 37-mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonna va eksperimental ishlab chiqarish birlashmasida turli vazifalarda ishladi. 1991-yildan “Lochin” fermer xo‘jaligi rahbari sifatida fidokorona mehnat qildi.

A.Narzullaev 50 yildan ziyod davom etgan ish faoliyati mobaynida boy bilim va hayotiy tajribasini, kuch-g‘ayratini el-yurt ishiga bag‘ishladi. O‘zini yer ilmining haqiqiy bilimdoni, zamonaviy agrotexnologiyalar va xo‘jalik yuritish usullarini puxta egallagan tashkilotchi rahbar, mehnatsevar, kamtarin va vatanparvar inson sifatida namoyon etib, respublikamizda qishloq xo‘jaligi sohasidagi keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish, fermerlik harakatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdi.

U ko‘p yillar Surxondaryo viloyati va Denov tumani xalq deputatlari kengashlarining a’zosi sifatida ushbu hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va yuksaltirish, aholining turmush sharoitini yaxshilash, ta’lim, tibbiyot, madaniyat maskanlari qurish va obod qilish, yangi bog‘ va xiyobonlar barpo etish, yoshlarni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatdi.

Tajribali fermer o‘nlab iqtidorli shogirdlar tayyorlab, qishloq xo‘jaligi sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasida ham ibrat namunasini ko‘rsatdi.

Ahmad Narzullaevning ko‘p yillik samarali mehnati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan edi.

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasining yetuk namoyandasi, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Ahmad Narzullayevning yorqin xotirasi qalbimizda hamisha saqlanib qoladi.

Sh.Mirziyoyev, T.Norboyeva, N.Ismoilov, A.Aripov, S.Turdiyev, U.Qosimov

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🇺🇿 Davlat xizmatlari ko'rsatish bo'yicha aholining fikr va takliflarini o'rganish maqsadida so'rovnoma o'tkazilmoqda

Sizning fikringiz davlat xizmatlaridan foydalanishni yengillashtirishga sabab bo‘lishi mumkin.

📱 Bugun raqamlashtirish tufayli aholiga 670 dan ortiq davlat xizmatlari onlayn shaklda ko‘rsatilmoqda.

❗️Shunga qaramay, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan ishlar ko‘p. Bu jarayonda har bir yurtdoshimizning ishtiroki juda muhim. 

🟠 Ushbu maqsadlarga erishish uchun Sizni qisqa so‘rovnomamizda ishtirok etishga taklif etamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

⛽️ Diqqat e’lon: Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ikki hududda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

⛽️ Hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish tarmoqlarini mavsumga tayyorlash maqsadida AGRSlarda o‘rnatilgan diafragma qurilmalarini almashtirish ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan bugun, 1-noyabr kuni quyidagi hududlarda iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to’xtatiladi:

🟠Termiz tumanida soat 11:00 dan 16:00 gacha;

🟠Termiz shahrida soat 12:35 dan 17:00 gacha.

❗️Qurilmalarni almashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi.

🙏Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib o'tadi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz va Muzrabot tumanlariga tashrifi davomida “Gold agro fresh” MChJning issiqxonalar kompleksi, "SHAXRUZ BUILDINGS" MChJning parrandanchilik kompleksi, “Surxondaryo qurilish montaj” MChJning temir beton mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati hamda “Generous south” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan un mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2287

#Surxondaryo #loyihalar #eksport #investitsiya #issiqxona #parrandachilik #temirbeton #un

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…
Подписаться на канал