axborot_xizmati | Неотсортированное

Telegram-канал axborot_xizmati - Surxondaryo viloyati hokimligi

11159

Surxondaryo viloyati hokimining rasmiy axborot kanali Web site: http://surxondaryo.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz @surxondaryouz_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati hokimligi

✔️ Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga saylov natijalari ma’lum qilindi

Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining bugun o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishida 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat hamda shahar va tumanlar Kengashlariga saylov natijalari e’lon qilindi.

Saylovda viloyat hududidagi 865 ta saylov uchastkalari orqali 1 mln 70 ming 645 nafar saylovchi ishtirok etgani, bu saylovchilar umumiy sonining 74,2 foizini tashkil etgani qayd etildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 6 nafar, xalq deputatlari viloyat Kengashiga 50 nafar, shahar va tuman Kengashlariga 370 nafar, jami 426 nafar deputat saylandi.

Jumladan, xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga:
🔵 Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 20 nafar;
⚪️ O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 12 nafar;
🟣 O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 9 nafar;
🔴 O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan 4 nafar;
🟢 O‘zbekiston Ekologik partiyasidan 5 nafar deputat saylandi.

Saylangan 50 nafar deputatning 17 nafari (34 foizi) xotin-qizlardir.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga o‘tkazilgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi qaror qabul qilinib, matbuotda e’lon qilinishi belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🖼 Sina turizm qishlog‘ida o‘tkaziladigan press-turga marhamat

🏢 Tashkilotchilar: Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizm hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari

Maqsad: Sina mahallasiga turizm qishlogʻi maqomi berilishi munosabati bilan bu yerda joylashgan qadamjolar, oilaviy mehmon uylari faoliyati hamda milliy taomlar sayli bilan tanishtirish

🟠Manzil: Denov tumani Sina mahallasi

✏️ Vaqti: Ertaga, 1-noyabr kuni, soat 14:00 dan 19:00 gacha.

🚌 Termiz shahridan avtobus Matbuot uyi oldidan, ertaga soat 9:00da joʻnaydi (“Barkamol avlod” koʻchasi 30-uy).

😄 Barcha jurnalistlar va blogerlarni ushbu media-tadbirga taklif etamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Oltinsoyda ta'lim va sog'liqni saqlash muassasalarining faoliyati hamda mavjud sharoitlari bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Isitish moslamalaridan toʻgʻri foydalaning – o‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini asrang!

Hurmatli fuqarolar isitish moslamalaridan foydalanishda lavhada keltirilgan tavsiyalarga amal qiling.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ta’lim sohasini rivojlantirish, aholi salomatligini asrash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Oltinsoy tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida 8-, 13-, 27, 45- va 56-sonli maktablarda ta’lim jarayonlari, biriktirilgan oliygohlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar taqdimotlari, 29-sonli bog‘chada bolalarni sog‘lom ovqatlantirish sharoitlari hamda “Bobur” oilaviy shifokorlik punktinining aholi salomatligini asrash borasidagi faoliyati bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2286

#Surxondaryo #maktab #bogcha #tibbiyot #talim #soglomovqatlanish

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Xitoy, Germaniya, Chexiya, Qatar va BAA davlatlari elchilari Termizda xalqaro savdo zonasi hamda transport-logistika markazi faoliyati bilan tanishdi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrif bilan kelgan Xitoy, Germaniya, Chexiya, Qatar va BAA davlatlari elchilari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, viloyatimiz rahbari Ulug‘bek Qosimov hamda Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil Ismatilla Irgashev hamrohligida Termiz xalqaro savdo markaziga tashrif buyurdi.

Markaziy Osiyoda muqobili bo‘lmagan birinchi erkin savdo zonasi O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida, Termiz tumani hududida joylashgan bo‘lib, qiymati 70 mln AQSh dollarni, umumiy maydoni 36 gektarni tashkil etadi. Hududda mehmonxona, tibbiyot klinikasi, biznes maktabi, yirik savdo va xizmat ko‘rsatish markazi, restoranlar, xostel, yiliga 900 ming tonna yuk aylanmasi quvvatiga ega logistika markazi hamda ishlab chiqarish korxonalari joylashgan.

Mehmonlar markazda Biznes maktabi, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektrotexnika va zargarlik mahsulotlari shourumlari hamda logistika markazi va boshqa bir qator obyektlar, shuningdek, zonada yaratilgan sharoitlari, imkoniyat va imtiyozlar bilan tanishishdi. Shuningdek, O‘zbekiston va Afg‘onistonni “Amudaryo” daryosi ustidan bog‘lab turuvchi “Xayraton” ko‘prigi bilan ham yaqindan tanishildi.

Shundan so‘ng, elchilar «TERMEZ CARGO CENTRE» transport-logistika markazi faoliyati bilan tanishishdi. Markaz qariyb 50 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, har biri 6 ming kv metr bo‘lgan 4 ta angarga ega umumiy 1,5 ming tonna omborni o‘z ichiga oladi.

Mazkur transport-logistika markazi O‘zbekistondan qo‘shni mamlakatlarga, shuningdek, dunyoning boshqa davlatlariga ham mahsulotlarni xavfsiz va ishonchli yetkazishda muhim logistika obyekti hisoblanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#sarhisob

💰 2024-yilning III choragida surxondaryolik soliq to‘lovchilar 799,7 milliard so‘m soliq to‘lashdi

💳 Joriy yilning III choragida viloyatimiz soliq to‘lovchilari tomonidan 799,7 milliard so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 17,0 milliard so‘m ortig‘i bilan bajarildi.

Budjetga yo‘naltirilgan mablag‘larning asosiy qismi 603,5 milliard so‘m yoki 75,5 foizi yuridik shaxslar, 196,1 milliard so‘m yoki 24,5 foizi jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.

💰 Soliq turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:

✔️263,2 milliard so‘mi jismoniy shaxslar daromad solig‘i;

✔️156,9 milliard so‘mi qo‘shilgan qiymat solig‘i;

✔️111,8 milliard so‘mi jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘i;

✔️72,8 milliard so‘mi aksiz solig‘i;

✔️195,0 milliard so‘mini boshqa soliqlar va yig‘imlar tashkil etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

⛽️ Diqqat e’lon: Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan uchta tumanda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

⛽️ Hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish tarmoqlarini mavsumga tayyorlash maqsadida uchta tumanda joylashgan AGRSlarda o‘rnatilgan diafragma qurilmalarini almashtirish ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan bugun, 29-oktabr kuni quyidagi hududlarda iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to’xtatiladi:

🟠Angor tumanida soat 12:00 dan 17:00 gacha;

🟠Bandixon tumanida soat 09:00 dan 15:00 gacha;

🟠Boysun tumanida soat 12:00 dan 16:00 gacha.

❗️Qurilmalarni almashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi.

🙏Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib o‘tadi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Viloyat hokimi Termiz shahri va Termiz hamda Angor tumanlarida binolar, turar joylar qurilishi bilan tanishdi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🏗 Surxondaryoda o‘tgan 9 oy davomida 350 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratildi

Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 9 oyi davomida jami 350 ming 710 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi.

💰 Sohalar va tarmoqlar kesimida yaratilgan ish o‘rinlari taqsimoti quyidagicha:

🟠 Investitsiyalar sohasida 3608 ta;

💡 Xizmat ko‘rsatishda 100 ming 039 ta;
➡️ norasmiy ish o‘rnini rasmiy sektorga o‘tqazish orqali 8110 ta;
➡️ o‘zini-o‘zi band qilish orqali 83 ming 992 ta.

🍉 Qishloq xo‘jaligida 238 ming 214 ta;
➡️ pillachilikda 142 ming 674 ta;
➡️ agroklasterlarda 1 556 ta;
➡️ fermer xo‘jaliklarida 25 ming 975 ta.

🏗 Qurilish sohasida 8 849 ta ish o‘rinlari yaratilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

😄 | Bu yo‘llarda qishda yurib bo‘lmas edi

Amaldagi islohotlar inson qadri uchun

Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi Surxondiyor mahallasidan o‘tuvchi yo‘lning to‘rt kilometr qismiga 35 yil muqaddam asfalt yotqizilgan bo‘lib, ta’mirtalab holga kelib qolgan edi. Transportda qo‘shni Uzun va Sho‘rchi tumanlarining qator mahallalariga boruvchi aholi ham shu yo‘ldan harakatlanadi.

Ayni paytda yozda chang, yog‘ingarchilik kunlari loy bo‘lib qoladigan yo‘lga uch milliarddan ortiq mablag‘ sarflanib, tubdan ta’mirlanmoqda.

Batafsil: https://uza.uz/posts/650951

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

⛽️ Termiz shahrida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

⛽️ Termiz shahrida joylashgan AGRS-2 tarmog‘ida o‘rnatilgan diafragma qurilmalarini almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun, 28-oktabr kuni soat 13:00dan 17:00gacha shahardagi barcha, jumladan, 41 mingdan ortiq aholi hamda 800 dan ortiq ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.

❗️Qurilmalarni almashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi.

🙏Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib o‘tadi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Saylov 2024 | Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi 133-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

No comment | Surxondaryolik yoshlar saylovlarda faol ishtirok etishmoqda

Jumladan, Termiz tumanida 18 yoshga to‘lgan, birinchi marotaba saylovda ishtirok etayotganlar soni 877 nafarni tashkil etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Termiz va Muzrabot tumanlarida korxonalar faoliyati bilan tanishildi hamda eksport masalalari muhokama qilindi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📈 Surxondaryo viloyatida aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot qanchani tashkil etdi?

🪙 Surxondaryo viloyatida 2024-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 13 344,4 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,6 foizga o‘sdi. Bu ko‘rsatkich viloyat iqtisodiyoti rivojlanayotganini va aholi farovonligining oshayotganini ko‘rsatadi.

📊Ushbu o‘sish, shuningdek, viloyatdagi turli sohalarda amalga oshirilayotgan investitsiyalar va iqtisodiy islohotlar natijasida yuzaga kelgan. Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmining oshishi, viloyatning iqtisodiy barqarorligini ta'minlash va aholi turmush darajasini yaxshilashda muhim omil hisoblanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

⛽️ Diqqat e’lon: Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan uchta tumanda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

⛽️ Hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish tarmoqlarini mavsumga tayyorlash maqsadida uchta tumanda joylashgan AGRSlarda o‘rnatilgan diafragma qurilmalarini almashtirish ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan bugun, 31-oktabr kuni quyidagi hududlarda iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to’xtatiladi:

🟠Qiziriq tumanida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

🟠Sho'rchi tumanida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

🟠Oltinsoy tumanida soat 13:00 dan 17:00 gacha.

❗️Qurilmalarni almashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi.

🙏Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib o‘tadi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyatida 13 600 dan ziyod mol-mulklar e-auksion.uz savdolarida sotilmoqda!

🔶 Davlat
aktivlari ➖ 75 tа
🔹 Davlat mulki ijarasi ➖ 277 ta
🔶 Ko'chmas mulk ➖ 384 ta
🔹 Avtotransport ➖ 94 ta
🔶 Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ➖ 2 839 ta
🔹 Qishloq xo‘jaligiga yuritish uchun ➖
184 ta
🔶 Yer
uchastkalari ➖ 5 843 ta
🔹 Ko'chma savdo joylari ➖ 2 488 ta
🔶 Maxsus texnika ➖ 28 ta
🔹 Bankrot korxona mulklari ➖ 33 ta
🔶"O'zagrokimyohimoya" AJ mulklari ➖ 1 156 ta
🔹 "O'zagroservis" AJ mulklari ➖ 131 ta
🔶 Boshqa mulklar127 ta

☎️ (+99899) 203-00-30 Surxondaryo viloyat vakili

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#sarhisob

💰 Surxondaryoda 9 oyda 303 mlrd so‘mlik mahsulot mahalliylashtirilgan

🗃Viloyatimizda 2024 yil yanvar-sentabr oyida 32 ta korxona tomonidan 155,3 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 42 ta korxonada 303,1 mlrd so‘mlik (rejaga nisbatan 131 foiz) mahsulot ishlab chiqarilgan.

🔄 2024 yil yakunigacha 44 ta loyiha doirasida 253,6 mlrd so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

📶 Joriy yilning 9 oyi davomida viloyatga import qilingan tovarlar hajmi 108,1 mln dollarni tashkil etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

⛽️ Diqqat e’lon: Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan uchta tumanda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

⛽️ Hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish tarmoqlarini mavsumga tayyorlash maqsadida uchta tumanda joylashgan AGRSlarda o‘rnatilgan diafragma qurilmalarini almashtirish ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan bugun, 30-oktabr kuni soat 10:00dan 17:00gacha quyidagi hududlarda iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to’xtatiladi:

🟠Denov tumani;
🟠Uzun tumani;
🟠Sariosiyo tumani.

❗️Qurilmalarni almashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi.

🙏Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib o‘tadi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoy elchisi Yuy Szyun, Germaniya elchisi Manfred Xuterer, Chexiya elchisi Lyubomir Frebort, Qatar elchisi Hasan Hamza Asad Muhammad Hoshim, BAA elchisi Muhammad Doxeriy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev va Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Ilhom Xaydarov ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda Surxondaryo viloyatida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, investitsiyalarni jalb qilish, infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi. Shuningdek, Afg‘oniston bilan iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, Termiz xalqaro savdo zonasi, u yerda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, vohamizning investitsion salohiyati, ushbu davlatlar investorlarini jalb qilgan holda amalga oshirish imkoniyati mavjud soha va tarmoqlar, loyihalar ko‘rib chiqildi.

Bu kabi uchrashuvlar O‘zbekistonning mintaqadagi diplomatik mavqeini mustahkamlashga, iqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantirishga va qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan strategik ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Inson qadri — teng imkoniyatlar!

Muslih Ahmad Shikib – Termiz davlat universitetining afg‘onistonlik o‘qituvchisi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🟠Boysunda xalqaro eko-yarim marafoni o‘tkazildi

Bugun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida Boysun tumanida joylashgan "Xo'jamayxona" darasida “Boysun Trail” xalqaro eko-yarim marafoni o‘tkazildi.

🏃🏻‍♂️Mazkur xalqaro eko-yarim marafoni aholi va keng jamoatchilik orasida atrof-muhitni himoyalash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan “Chiqindilarni ommaviy yig‘ish” (O‘zPlogging) umummilliy harakati doirasida tashkil etilgan bo‘lib, unda qatnagan yoshlar "Xo'jamayxona" darasi bo‘ylab 5 km masofaga yugurish musobaqasida ishtirok etishdi.

Yarim marofon g‘oliblari tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov qurilish sohasidagi ishlar bilan tanishish maqsadida hududlarga tashrifini Termiz va Angor tumanlarida davom ettirdi.

Xususan, Al-Hakim at-Termiziy majmuasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, “Yangi O‘zbekiston” massivlarida turar joylar va “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishildi. Yakunda qurilish sohasidagi ishlar muhokama qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2284

#Surxondaryo #AtTermiziy #massiv #turarjoy #qurilish #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🚰 Ichimlik suvi o‘chirilayotgan hududlarga maxsus texnikalar yordamida suv yetkazib beriladi

“Surxondaryo suv ta’minot” AJning xabariga ko‘ra “Xo‘jaipok” TISICH magistral suv tarmog‘i va Tarqatish bo‘limida davlat dasturiga asosan quvurlarni mukammal ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ushbu magistral suv quvuri orqali ichimlik suvi bilan ta’minlanadigan quyidagi 7 ta tumanda joriy yil 28-30-oktabr kunlari suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

➖ Oltinsoy tumani;
➖ Qumqo‘rg‘on tumani;
➖ Bandixon tumani;
➖ Qiziriq tumani;
➖ Sherobod tumani;
➖ Muzrabot tumani;
➖ Angor tumani.

🚰 Suv ta’minoti vaqtincha o‘chirilayotgan hududlar aholisiga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib beriladi.

🙏 «Surxondaryo suv ta’minoti» MChJ yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi, ixtisoslashtirilgan maktab hamda “IT-park” va “IT-akademiya” filiali uchun qurilayotgan binolarda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2283

#Surxondaryo #qurilish #Ijtimoiy #maktab #ITpark

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo tajribasi: Ta’lim maskanlaridagi bo‘sh maydonlarda issiqxonalar va parrandachilik faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan ta’lim maskanlaridagi bo‘sh maydonlardan samarali foydalanish, muassasalarga qo‘shimcha daromad keltirish, shu bilan birga o‘quvchilarga ushbu yo‘nalishdagi tadbirkorlik sirlarini o‘rgatish maqsadida issiqxonalar va parrandachilik faoliyatlari tashkil etilmoqda.

Hozirga qadar ushbu tajriba 223 ta maktab va 97 ta bog‘chada yo‘lga qo‘yildi. Issiqxonalarda asosan, bodring, pomidor, limon, baqlajon, gul ko‘chatlari yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ekinlar parvarishi texnik xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, parrandachilik loyihalari ham amalga oshirilayotgan bo‘lib, tuxum va go‘sht yo‘nalishlarida tovuq boqish yo‘lga qo‘yilgan.

Issiqxonalar va parrandachilikning yo‘lga qo‘yilishi ta’lim muassasalariga qo‘shimcha daromad manbai bo‘lish bilan birga o‘quvchilar uchun tabiiy fanlardan olgan bilimlarini amaliy tarzda mustahkamlashda ham xizmat qilmoqda.

Yil yakuniga qadar bo‘sh yer maydoni mavjud bo‘lgan qolgan ta’lim maskanlarida ham ushbu tajribani joriy etish rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

😄 | Surxondaryoda 904 ming 744 fuqaro saylovda ishtirok etdi

Surxondaryo viloyat hududiy saylov komissiyasida parlament va mahalliy Kengashlar saylovi jarayonlariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Bugun soat 15:00 holatiga ko‘ra, viloyatda jami saylovchilarning 62,72 foizi yoki 904 ming 744 nafari o‘zlari munosib deb bilgan partiya va nomzodlarga ovoz berdi. Saylovda hozirgacha 77-81 foizgacha saylovchi ovoz bergan. Sariosiyo, Uzun, Denov, Termiz tumanlari va Termiz shahrida yanada yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.

Batafsil: https://uza.uz/uz/posts/650716

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Zamon | Bugun O‘zbekistonda parlament saylovlari kuni

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…
Подписаться на канал