Xalq bilan birga:
Prezident saylovda ovoz berdi va fuqarolarga yurtimiz taqdiri va kelajagiga daxldorlik uchun minnatdorlik bildirdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Axborot 24 | Surxondaryo viloyatida saylov jarayonlari qizg‘in davom etmoqda
Termiz tumanidagi 209-saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayonlari qizg‘in davom etayotgan bo‘lib, unda faollik ko‘rsatayotgan nuroniylar va yoshlar yaratilgan sharoitlar, saylovning o‘tishi haqida o‘z fikrlarini bildirishdi hamda barchani saylovlarda ishtirok etishga chorlashdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
✔️ Saylov-2024: Surxondaryoda ham ovoz berish jarayonlari qizg‘in davom etmoqda
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
✔️ Surxondaryolik 105 yoshli onaxon saylovda ovoz berdi
Vohamizda tashkil etilgan 865 ta saylov uchastkalarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi uchun ovoz berish jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.
Shuningdek, keksa, saylov uchastkasiga kelish imkoniyati bo‘lmagan, uyda yotib qolgan fuqarolarning ham ovoz berishlari uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Jumladan, Denov tumani Bog‘i Eram mahallasida yashovchi 105 yoshli onaxon Bibirajab Murodova konstitutsion huquqidan foydalanib, o‘zi munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Kiriya Banchongphakdy /Laos davlati, xalqaro kuzatuvchi/
Meni quvontirgan narsa saylov uchastkalaridagi jarayonlarni onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgani bo‘ldi. Yana bir jihat, O‘zbekiston yoshlari saylovda juda faollik ko‘rsatishmoqda.
Boshqa davlatlarda yoshlar saylovlarga unchalik qiziqish bildirishmaydi. Sizlarda esa aksincha, yoshlarning saylov jarayonlarida faol ishtirok etayotganini ko‘rib juda xursand bo‘ldim.
😄 | Ulug‘bek Qosimov ovoz berdi
Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tayotgan saylovlar ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.
Fuqarolarning siyosiy partiyalar nomzodlariga ovoz berishi uchun 865 ta uchastka saylov komissiyasi shakllantirilib, Saylov kodeksi asosida barcha sharoit yaratildi.
Termiz shahridagi 260-saylov uchastkasi muhtasham yoshlar markazi binosida joylashgan. Bu yerda Shodlik mahallasida yashaydigan 2 ming 880 saylovchi ovoz beradi. Ayni paytda ular saylov uchastkasiga kelib, o‘z istak-irodasini emin-erkin ifoda etmoqda.
Batafsil: https://uza.uz/posts/650246
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Axborot 24 | Surxondaryodagi saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari qizg‘in davom etmoqda
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🍎Boysunda "Olma sayli” festivali va Omonxona turizm qishlog‘ining ochilishi bo‘lib o‘tadi
Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan hududlarning turizm salohiyatini oshirish va sayyohlarni keng jalb qilish maqsadida joriy yil 2-noyabr kuni Boysun tumanida “Olma sayli” festivali va Omonxona turizm qishlog‘ining ochilishi tadbirlari o‘tkaziladi.
Festival dasturidan olma sayli, info-tur, savdo ko‘rgazmalari hamda estrada va folklor jamoalarining bayramona chiqishlari o‘rin olgan.
Sayl yakunida “Eng faol mahalla”, “Eng faol tashkilot”, “Eng shirin olma bog‘i yaratuvchisi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar saralanib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
📍 Manzil: Boysun tumani Bibishirin mahallasi hududida joylashgan "Boysun bahori" turizm kompleksi.
Vohamiz ahli va mehmonlarini qadimiy va mo‘jizakor tabiatga ega Boysun tumanida o‘tkaziladigan festival va turizm qishlog‘ining tantanali ochilish marosimiga taklif etamiz!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#sarhisob
🛢 Surxondaryoda 9 oyda 9,8 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi
🏗 Vohamizda sanoat korxonalarining tizimli ishlash natijasida joriy yilning 9 oyi davomida 9 trln 809 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilga nisbatan 108,8 foiz o‘sishga erishildi.
Ma’lumot uchun, 2024 yil 9 oylik yakunida respublikada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi o‘sish ko‘rsatkichi 107 foizni tashkil etgan.
🤝 Shuningdek, joriy yilning yanvar-sentabr oyida hududiy investitsiya dasturi doirasida sanoat yo‘nalishida jami qiymati 145,5 mln dollarlik 147 ta loyiha ishga tushirilib, 1 432 ta ish o‘rni yaratildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🔝 Surxondaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Baxtiyar Bekovich Babadjanov Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
B.Babadjanov tayinlovga qadar, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev va viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda B.Babadjanov jamoatchilikka tanishtirildi.
Yig‘ilishda viloyat prokuraturasi xodimlari, shahar va tumanlar prokurorlari, boshqarma hamda tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, nuroniylar va faollar ishtirok etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🔇Ertaga "Sukunat" kuni
🕐Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalarlar uchun belgilangan saylovoldi tashviqotning oxirgi kuni.
❎ Saylov kuni 27-oktabr va ovoz berishga bir kun qolganida 26-oktabr kunlari saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmaydi.
❎ Shu bilan bir qatorda, saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish), shu jumladan axborot tarmoqlariga, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish taqiqlanadi.
💬 Binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallarini saylov kuni va ovoz berishdan bir kun oldin olib qo‘yilishi majburiy hisoblanmaydi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi namunali madaniyat markazi ochilishida ishtirok etdi. Tadbirda Bandixon, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot, Qiziriq, Qumqo‘rg‘on, Denov va Termiz tumanlaridagi namunali madaniyat markazlarining ochilishi ham videokonfrensaloqa orqali o‘tkazildi.
Shuningdek, BMT Taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida Termiz davlat universiteti qoshida tashkil etilgan “Yoshlar markazi”ning sharoitlari bilan tanishildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2274
#Surxondaryo #madaniyatmarkaz #BMTTD #Yoshlarmarkaz
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida Jarqo‘rg‘on tumanida kuzgi shudgorlash ishlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Unda vohamizning boshqa tumanlari videokonfrensaloqa shaklida ishtirok etdi.
Tadbirda 2025-yil hosili uchun kuzgi shudgorlash ishlarini qisqa muddatlarda tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Jumladan, xar bir tumanda “Shudgor-2025” shtabini tashkil qilish, texnikalarni shay holatga keltirish, shudgorlash ishlarini fosforli va kaliyli o‘g‘itlar bilan olib borish hamda yerni sifatli haydalishini ta’minlash, bunda mas’ullar tomonidan amaliy ko‘maklar ko‘rsatish yuzasidan aniq muddatlar bilan vazifalar topshirildi.
Shuningdek, shudgorlash ishlari uchun tashkil etilgan otryadlarga oziq-ovqat mahsulotlari hamda maxsus kiyim-boshlar topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga yo‘llagan bayram tabrigidan
Siz, azizlarni bugungi qutlug‘ kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Ushbu quvonchli ayyomda sizlarning xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi katta xizmatlaringizni yana bir bor minnatdorlik bilan e’tirof etamiz.
Albatta, bugungi shiddatli taraqqiyot asrida ichki ishlar organlarining kundalik faoliyatini innovatsion yondashuvlar, raqamli texnologiyalar va ilm-fan yutuqlariga tayangan holda tashkil etish – mamlakatimizda huquq-tartibotni yanada mustahkamlashning muhim omili ekanini sizlar yaxshi tushunasiz.
Shuning uchun tizimda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohot va yangilanishlarni bundan buyon ham izchil davom ettiramiz. Jumladan, yangi turdagi jinoyatlar hamda axborot vositalari yordamida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda ta’sirchan mexanizmlarni qo‘llash, kriminogen vaziyat bo‘yicha “qizil” toifada bo‘lib kelayotgan mahallalarda ilmiy yondashuvlar asosida jinoyatchilikni jilovlash yuzasidan manzilli ish olib borishimiz, tergov sifatini oshirish orqali aholi o‘rtasida bu sohada adolatga bo‘lgan qat’iy ishonchni shakllantirishimiz lozim.
Muxtasar aytganda, ichki ishlar tizimidagi o‘zgarishlarning amaliy natijasini xalqimiz o‘z kundalik hayotida doimo sezishi, his etishi shart.
Ахborot 24 | Surxondaryo viloyatida «Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi» bo‘lib o‘tmoqda
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryoda 110 yoshli onaxon saylov uchastkasiga borib, 105 yoshli Ikkinchi jahonurushi qatnashchisi uyidan ovoz berdi
Sherobod tumani Taroqli mahallasida yashovchi 110 yoshli onaxon "Shuhrat" medali sohibasi Soyib momo Choriyeva 81-saylov uchastkasiga borib, o‘z konstitutsion huquqidan foydalangan holda munosib nomzodlarga ovoz berdi.
Shuningdek, Boysun tumani Temir darvoza mahallasida istiqomat qiluvchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 105 yoshli Shohimardon bobo Hamroyev xonadoniga tashrif buyurgan saylov komissiyasi a'zolari ko‘magida o‘zi tanlagan nomzodlar uchun ovoz berib, saylovda ishtirok etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
✔️ Surxondaryolik ikkinchi jahon urushi qatnashchisi saylovda ishtirok etdi
Surxondaryoda uchastka saylov komissiyalari a’zolari saylov uchastkasiga kelib ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘lmagan keksalar, bemor va nogironligi bo‘lgan saylovchilarning xonadoniga borib, ularning o‘z konstitutsion huquqidan foydalanishiga sharoit yaratishmoqda.
Jumladan, Sho‘rchi tumani “Oqtumshuq” mahallasida yashovchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 99 yoshli Rahmonberdi bobo Mirzarahimov ham o‘z uyida munosib nomzodlar uchun ovoz berdi.
– Shu paytgacha saylovlarda o‘zim borib ovoz berib kelardim. Bu gal uchastkaga borolmay qoldim-da, deb o‘tirgandim. Baraka topishsin, tashkilotchilar saylov qutisi bilan kelishdi. Uyda o‘tirib, o‘zim istagan nomzodlarga ovoz berdim – deydi Rahmonberdi bobo.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
✔️ Surxondaryolik yosh kelin-kuyovlar saylovda ishtirok etdi
Vohamizda tashkil etilgan 865 ta saylov uchastkalarida davom etayotgan saylov jarayonlarida yoshlar ham faollik ko‘rsatib, o‘zlarining munosib deb bilgan nomzodlariga ovoz berishmoqda.
Xususan, Sho‘rchi tumani Kushon mahallasida joylashgan 546- hamda Sariosiyo tumani Bog‘iobod mahallasida joylashgan 741-saylov uchastkalarida bugun nikoh to‘ylarini nishonlayotgan yoshlar ovoz berish jarayonlarida ishtirok etishdi.
Ikkala kelin ham saylovda ilk marotaba ishtirok etayotganini aytib, ular uchun bugun qo‘shaloq bayram bo‘lganidan xursand ekanliklarini ta’kidlashdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Harbiylar va yosh askarlar ham saylovlarda faol ishtirok etishmoqda
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi hamda Xayraobod garnizonlarida joylashgan saylov uchastkalarida ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga deputatlar saylovi uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
Ushbu jarayonlarda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etib, konstitutsion huquqlaridan foydalandi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Prezident Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birgalikda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlariga saylovda ovoz berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryoda saylov jarayonlari qizg‘in davom etmoqda
Bugun, 27-oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovlar Surxondaryo viloyatidagi mavjud 865 ta saylov uchastkasida soat 8:00dan O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.
Xususan, Termiz shahri “Yoshlar markazi” binosida tashkil etilgan saylov uchastkasida ham nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari erta tongdan siyosiy jarayonda ishtirok etib, o‘zlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berishdi.
Saylov jarayonlari davom etmoqda.
Azizlar, o‘z fuqarolik huquqingizdan foydalangan holda yurt kelajagi uchun saylovda faol ishtirok eting!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov migratsiyadan qaytgan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan fuqarolar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot shahar va tumanlar studiyalari orqali tashkil etilib, unda tegishli mutasaddilar, hokim yordamchilari hamda o‘z biznes loyihalarini amalga oshirish istagida bo‘lgan, migratsiyadan qaytgan fuqarolar ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan umummilliy harakatga aylangan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida migratsiyadan qaytgan fuqarolarni doimiy daromad keltiradigan faoliyat bilan band qilish asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanishi ta’kidlandi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida migratsiyadan qaytgan 2 184 nafar fuqaro tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan bo‘lib, ularning 664 nafari xizmat ko‘rsatish, 669 nafari ishlab chiqarish va 1 451 nafari qishloq xo‘jaligi sohasida o'z loyihasini amalga oshirishni maqsad qilgan. Uchrashuv davomida fuqarolarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishlari uchun zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Viloyat rahbari tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ishchi o‘rinlari yaratish, aholining ijtimoiy farovonligini oshirish hamda viloyatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash muhimligini ta’kidladi. Uchrashuvda bildirilgan taklif va loyihalar bo‘yicha barcha zarur resurs va imkoniyatlarni safarbar qilish haqida ham aniq ko‘rsatmalar berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📢 Jarqo'rg'on tumani aholisi diqqatiga!
📆 Bugun, 26-oktabr kuni soat 18:40dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Jarqo'rg'on tumani to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.
📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.
☎️ Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67
📲 Telegram:
(99) 482-00-77
📎 Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
✅ Saylovda qanday ovoz beriladi?
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Ulug‘bek Qosimov talabalarga – ko‘chalarimiz, maktablarimiz va uylarimizda zamonaviy sharoitlar bo‘lishi uchun bugun o‘qishimiz, ilm olishimiz kerak!
Viloyati hokimi Jarqo‘rg‘onda shudgorlash bo'yicha seminarda, Termiz shahrida “Namunali madaniyat markazi” ochilishida ishtirok etdi hamda Termiz davlat universitetida BMT taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Yoshlar markazi” sharoitlari bilan tanishdi. Shuningdek, talabalar bilan muloqot qildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Xonadonidagi mavjud imkoniyatdan foydalanib, daromadli bo‘layotgan oila
Qumqo‘rg‘on tumani Azlarsoy mahallasida yashovchi Komila Aynabayeva xonadonida biogumus yetishtirish, chorvachilik va parrandachilikni yo‘lga qo‘yib, oilaviy daromadlarini oshirmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
✅ Befarq bo‘lmang! O‘z kelajagingizni o‘zingiz tanlang! Ovoz bering!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Qadrli Ichki ishlar organlari xodimlari va soha faxriylari!
Bugun mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bayrami munosabati bilan Siz aziz tinchligimiz posbonlarini, harbiy xizmatchilari va faxriylarni, IIVning viloyatimizdagi akademik litseyi o‘qituvchi va o‘quvchilarini, Vatanimiz tinchligi, yurtimiz osoyishtaligi yo‘lida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolarini samimiy tabriklayman.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keyingi yillarda Ichki ishlar organlariga alohida e’tibor qaratilib, soha chinakam xalqchil tuzilmaga aylantirildi. Mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratildi. Har bir mahalla, oila va shaxs kesimida jinoyatchilikning sabablarini aniqlab, ularni jilovlash “fuqarobay” va “oilabay” ishlash orqali huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasini ta’minlash amaliyoti joriy etildi.
Bu amaliyot bizning viloyatimizda ham o‘z samarasini berib, joriy yilning o‘tgan davrida qariyb 49,7 foiz ya’ni, 360 ta mahallada birorta ham jinoyat sodir etilmadi.
Xavfsiz va barqaror jamiyatni yaratish yo‘lida qilayotgan fidokorona xizmatlaringiz xalqimiz tinchligi va farovonligining asosiy kafolati bo‘lib kelmoqda. Zamonaviy texnologiyalar bilan qurollangan holda, mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissangiz tahsinga loyiq.
Fursatdan foydalanib, Sizlarga mustahkam sog‘lik-salomatlik, xonadonigizga fayzu-baraka, kelajak avlodlarimiz baxtu-saodati yo‘lida olib borayotgan ezgu ishlaringizda omadlar tilayman!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Ulug‘bek Qosimov,
Surxondaryo viloyati hokimi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
✅ 27-oktabr – Saylovda ishtirok eting!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
👮♀️25-oktabr – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
Shu munosabat bilan Ichki ishlar organlarining barcha xodimlarini, shuningdek, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolarini, faxriylarni samimiy muborakbod etamiz.
Ichki ishlar idoralari huquqni muhofaza qiluvchi organ sifatida qonun ustuvorligini ta’minlashda muhim vazifalarni bajarib kelmoqda. Ushbu tizimning islohotlar barqarorligini ta’minlashdagi fidokorona va mashaqqatli xizmatlari yuksak e’tirofga loyiq.
Yurtimizda aholi tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquq-tartibotni mustahkamlashdek sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X