axborot_xizmati | Неотсортированное

Telegram-канал axborot_xizmati - Surxondaryo viloyati hokimligi

11159

Surxondaryo viloyati hokimining rasmiy axborot kanali Web site: http://surxondaryo.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz @surxondaryouz_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati hokimligi

🇺🇿 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

Bugun O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga o‘ttiz besh yil to‘ldi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Xalqaro avtomobil yo‘lida yashil hududlar yaratish, Muzrabotda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Sho'rchida yangi nodavlat universitet ochildi va Markaziy istirohat bog'ini obodonlashtirish rejalari belgilandi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumaniga tashrifi davomida Navro‘z mahallasida joylashgan "Markaziy Charag‘on" istirohat bog‘i bilan tanishdi. Bog‘ 1938-1940-yillarda qurilgan bo‘lib, keyingi yillarda zamon talablari asosida rivojlantirish, rekonstruksiya qilish hamda aholining hordiq chiqarishi uchun sharoitlar yaratish borasida yetarli ishlar amalga oshirilmagan.

Viloyat rahbari bog‘ni obodonlashtirish, yangi daraxt va o‘simliklar ekish orqali ekologik muhitini yaxshilash, bog'ning tabiiy go‘zalligini oshirish, dam olish maskanlari, o‘yin va sport maydonchalari qurish, jamoat tadbirlarini o‘tkazish uchun sahnalar va konsert maydonlari tashkil qilish hamda infratuzilmani yaxshilash vazifalarini topshirdi.

Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali bog‘ni aholi uchun jozibali maskanga aylantirish, tabiat bilan yaqin bo‘lish imkoniyatini yaratish muhimligi ta'kidlandi.

Shuningdek, hududlarga tashrif davomida Qumqo‘rg‘on tumani Munchoqtepa mahallasi hududidan o‘tuvchi M-41 xalqaro avtomobil yo‘li bo‘yida 1 gektar maydonda savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari qurilishi hamda Azlarsoy mahallasida Komila Oynaboyevaning xonadonida “Sayxunobod tajribasi” asosida yo‘lga qo‘yilgan biogumus yetishtirish, parrandachilik, quyonchilik va chorvachilik faoliyati bilan tanishildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Etno shaharcha qurilishi – Eski Termiz madaniyati va tarixini qayta jonlantirishga, turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

😄 | O‘zbekiston – tinchlik, ezgulik, ilmu ma’rifatni tarannum etgan yurt

Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligiga

Termiz shahrida Toshkent va Xiva shaharlarida o‘tkazilgan “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida joriy yilning 17-18-oktabr kunlari “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan nufuzli tadbir O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida o‘tkazildi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/647024

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📢Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar hamda qiziquvchilar diqqatiga

🟠Ertaga, 19-oktabr kuni soat 10:00da Termiz shahrida joylashgan "Matbuot uyi" binosida "ROADSHOW" taqdimoti o‘tkaziladi.

Unda sohaning yetuk mutaxassislari hamda mutasaddilar tomonidan “Xalqchil IPO” dasturi haqida axborot beriladi.

Ishtirokchilar taqdimotda;
➖Xalqchil IPO`si nima?
➖Xalqchil IPO`da kimlar ishtirok etishi mumkin?
➖Xalqchil IPO`dan fuqarolarga qanday foyda bor?
➖Qanday qilib aksiyadan daromad topiladi?
➖IPO`da ishtirok etishning qanday afzalliklari bor?
kabi savollarga batafsil javob olishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon:
☎️+99855 511 0202

👨 Mutaxassis bilan bog'lanish: @kapdepo_support.

🌐 Ariza topshirish uchun: https://maps.app.goo.gl/GNpJjsHq8X8K5fun6

"ROADSHOW" taqdimotiga tadbirkor va ishbilarmonlar hamda barcha qiziquvchilar, shuningdek, jurnalist va blogerlar taklif etiladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, Xalqchil IPO doirasida UZEX aksiyalarini sotib olish uchun ariza topshirish yakuniga sanoqli kunlar qoldi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Termiz shahrida Etno shaharcha turizm loyihasi amalga oshirilmoqda

Xabar berganimizdek, viloyat rahbarining tashabbusi bilan Termiz shahrida turizmni rivojlantirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda aholining madaniy hordiq olishi uchun sharoit yaratish maqsadida Termizning qadimiy arxitektura yodgorliklarini o‘zida aks ettiruvchi etno shaharcha barpo etilmoqda.

Etno shaharcha loyihasining amalga oshirilishi shaharning turizm salohiyatini oshirish va aholiga qulay yashash muhitini ta'minlash uchun katta ahamiyatga ega. Hududga tutash "Bolajon" bog‘idagi obodonlashtirish ishlari esa, mahalliy aholining dam olishi va bolalar uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan.

Bu kabi loyihalar nafaqat shahar infratuzilmasini yaxshilashga, balki ijtimoiy hayotning ko‘tarilishiga ham yordam beradi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

"Saylov uchastkasi manzilini aniqlash" xizmatidan foydalanish tartibi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

❗️Tarmoqda yuzaga kelgan nosozlikni tezkor bartaraf etish chorasi ko‘rilmoqda

Bugun, 18-oktabr kuni tungi soat 01:30lar atrofida Denov tumani "Olovuddin" mahallasi hududidan o‘tuvchi katta bosimli gaz quvuriga avtomobil urilishi natijasida gaz ta’minotida uzilish yuz berdi.

Hodisa oqibatida tumandagi 3 950 ta xonadon va 20 ta yirik iste'molchi vaqtincha gazsiz qoldi.

Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi hamda yaqin vaqtlar ichida ta’minotni tiklash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilayotganligini ma’lum qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Xalqaro anjuman ishtirokchilari Al Hakim at-Termiziy yodgorlik majmuasida

Termiz shahrida o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilari Al Hakim at-Termiziy maqbarasini ham ziyorat qilishdi.

Butun umrini iymon va e’tiqod, ilm-ma’rifat, diyonat yo‘lida baxshida etgan ulug‘ alloma haqiga Qur’on tilovat qilinib, Yaratgandan xalqlarimizga tinchlik-farovonlik tilab duolar qilindi.

Mehmonlar majmuani ziyorat qilishar ekan, mahobatli maqbarani, serfayz hovliyu, bu yerdagi obodonlashtirish salobatli masjidni ko‘rib, O‘zbekistonda diniy sohada olib borilayotgan islohotlarga yuksak baho berishdi.

Ko‘plab ulamolarga beshik bo‘lgan O‘zbekiston diyori bugun ham Islom dini rivojiga hissa qo‘shib, dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin topib borayotganini ta’kidlashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Reportaj 24 | «Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o'rni» mavzusidagi xalqaro anjuman doirasidagi tadbirlar

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Reportaj 24 | «Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o'rni» mavzusidagi xalqaro anjuman

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Axborot 24 | «Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o'rni» mavzusidagi xalqaro anjuman

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boshlandi

Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzuiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan ikki kunlik xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.

Xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hamda dunyoning o‘nga yaqin davlatidan tashrif buyurgan taniqli olim va ulamolar qatnashmoqda.

Anjumanda, shuningdek, mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan islomshunos olimlari, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilari bilan birga dunyoning o‘nga yaqin davlatidan 50 dan ortiq taniqli olim va ulamolar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.

Anjumanning ochilish marosimi “Surxondaryo” telekanalida jonli efirda namoyish etilmoqda hamda “Ishonch” teleradiokompaniyasi orqali jarayonlardan reportajlar berib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

🎩 1989-yil 21-oktabrda “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Unga asosan, o‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasida yagona davlat tili sifatida tan olingan. Mazkur qonun 1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan.

👨 Bugungi kunda dunyo bo‘yicha 50 mln nafardan ko‘proq odam o‘zbek tilida so‘zlashadi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Avval xabar berganimizdek, M39 xalqaro avtomagistral yo‘lining Sherobod va Angor tumanlari kesishgan hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlari ekish uchun maydon tanlab olinib, yerni tayyorlash ishlari boshlangan edi. Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududda bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi hamda mutasaddilarning axborotlarini tingladi.

Tanlab olingan maydon meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish, sug‘orish tizimlarini yaratish hamda birinchi ko‘chatlarning parvarishi bilan bog‘liq masalalarni hal qilib, shundan keyingina daraxt va buta ko‘chatlarini ekish vazifalari belgilab berildi. Shuningdek, xalqaro avtomagistral yo‘li bo‘yida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtlari qurish loyiha takliflari ham ko‘rib chiqildi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Muzrabot tumani Obihayot mahallasida sobiq bozor o‘rnida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti, Bodomzor mahallasida loyiha qiymati 7,7 mlrd so‘mlik 500 boshga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi, Duoba mahallasida “Duoba parranda” MChJning go‘sht yo‘nalishida parranda yetishtirish faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, Shaffof mahallasida ko‘p yillardan buyon foydalanilmagan, tashlandiq holga kelib qolgan maydonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar bilan tanishildi.

Hudud mulkdoriga ajratilgan yer maydonidan samarasiz foydalangani uchun ogohlantirish berish hamda taklif etilayotgan loyihalarni boshlash topshirig‘i berildi. Bundan tashqari ushbu hududda ko‘p qavatli turar joylar qurish bo‘yicha loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni hal etish yuzasidan mutasaddilarga vazifalar topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🖼 Termizda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkaziladi

Raqobatbardosh, eksportbop, import o‘rnini bosuvchi zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, sanoat salohiyatini yanada oshirish, mahalliylashtirishni kengaytirish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Elektron kooperatsiya portali markazi bilan hamkorlikda joriy yil 24-25-oktabr kunlari hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkaziladi.

🧑‍💻 Sanoat yarmarkasida respublikamiz hududlari va vohamiz ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishishingiz hamda yangi hamkorlar bilan manfaatli shartnomalar tuzishingiz mumkin.

Yarmarkada tashkil etiladigan yo‘nalishlar:
➖qishloq xo‘jaligi;
➖meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash;
➖kimyo sanoati;
➖charm-poyabzal va to‘qimachilik;
➖qurilish materiallari;
➖oziq-ovqat sanoati.

🟠 Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, “Airitom Free Zone”

📍 Lokatsiya

Qo‘shimchalar ma’lumot uchun telefon:
☎️ +9976-228-01-90 (2026).

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida Navoiy innovatsiyalar universitetining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu universitet viloyatdagi ikkinchi nodavlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, endilikda 16 ta yo‘nalishda bakalavr va 3 ta yo‘nalishda magistrlar tahsil oladi.

Universitet zamonaviy sharoit va qulayliklar bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lib, u Hindistonning "MIT World Peace" universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Bu esa talabalar uchun qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida xorijiy davlatlarda ham tahsil olish imkoniyatini yaratadi. Universitet talabalari zamonaviy o‘quv uslublaridan foydalangan holda, xalqaro darajadagi sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi. Bu universitetning faoliyat boshlashi vohada ta’lim tizimining rivojlanishi va xorijiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, Surxondaryo viloyatida bungacha 5 ta davlat, 1 ta nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Dunyoning eng ulug' imoratini qurayotgan insonlar

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida tadbirkor 32,5 mlrd so‘mga maktab qurdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi

Biz o‘rta asrlarda islom dunyosida yorqin yulduz bo‘lib porlagan mutafakkir bobolarimiz haqida so‘z yuritar ekanmiz, Imom Termiziy hazratlarining muborak nomlarini albatta birinchilar qatorida tilga olamiz.

“Muhaddislar sultoni” degan yuksak maqomga erishgan buyuk ajdodimiz – Imom Buxoriyning suyukli shogirdi bo‘lgan bu benazir zotning yorqin xotirasi, o‘lmas asarlari, yuksak insoniy fazilatlari o‘n ikki asrdan buyon yurtimiz zaminini shonu shuhratga burkab kelayotgani bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Imom Termiziy bobomiz musulmon dunyosida olti buyuk muhaddisdan biri sifatida e’tirof etilgani, ul zotning hadislar to‘plami eng mo‘tabar manbalar qatorida tilga olinishi, islom ummati bu mumtoz siymo oldida doimo ta’zimda ekani bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.

Bugungi anjuman muhokamasiga Imom Termiziyning “Ash-Shamoil al-Muhammadiya” va “Sunani Termiziy” kabi noyob asarlari, termiziy allomalar ilmiy merosi va ularning hozirgi kundagi ahamiyati kabi g‘oyat dolzarb masalalar qo‘yilgani ana shunday ehtiromning yana bir amaliy ifodasidir.


Murojaatning to‘liq matni: https://president.uz/uz/lists/view/7625

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Rasmiy bayonot: Boysundagi konni portlatilishi haqidagi xabarlar asossiz

Bugun turli telegram kanal va guruhlarda Boysun tumanidagi "M-25" konida gaz chiqishini to‘xtatish maqsadida yengil portlatish ishlari amalga oshirilishi haqida yolg‘on xabarlar tarqaldi.

Mazkur xabar asossiz bo‘lib, hozirda bunday choralarni amalga oshirish rejalashtirilmaganligi ma’lum qilinadi hamda bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonmaslikni va tarqatmaslikni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida vahima uyg‘otuvchi yolg‘on va asossiz xabarlarni tarqatganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilangan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Kambag‘allikdan farovonlik sari dasturi ijrosi

Prezident qaroriga asosan yurtimizda «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi amalga oshirilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatida ham barcha darajadagi rahbarlar, ularning o‘rinbosarlari kam ta’minlangan, ijtimoiy ahvoli og‘ir oilalarga biriktirilgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali rahbariga Sherobod tumani Qo‘rg‘on mahallasida yashovchi 5 ta oila biriktirilgan bo‘lib, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha aniq maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.

Filial rahbari M.Tursunov va mutasaddilar tomonidan mazkur oilalarning yashash sharoitlari hamda muammolari o‘rganildi. Ularning birlamchi muammolarini hal etish, o‘zini o‘zi band qilishi uchun sharoit yaratish maqsadida mavsumiy issiq kiyimlar, maishiy texnikalar topshirildi.

Shuningdek, oilalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ishsizlarning bandligini ta’minlash farzandlarini fan va sport to‘garaklariga jalb qilish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Denov tumani “Olovuddin” mahallasida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilib, aholi va ulgurji iste’molchilarni tabiiy gaz bilan ta’minlash qayta tiklandi.

Ayni paytda mazkur hududda bir maromda tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Hakim Termiziy irfon ilmi bilimdoni – professor Mehmet Emin O‘zafshar (Turkiya)

Anjuman ishtirokchilari Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘tmishda yurtimizda yashab, islom dini rivojiga munosib hissa qo‘shgan olimlarning ilmiy asarlarini tadqiq etishga qaratilayotgan yuksak e’tiborni alohida e’tirof etmoqda.

Anqara universiteti professori, doktor Mehmet Emin O‘zafshar bu haqda shunday deydi:

Mamlakatingizda o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy anjumanlar O‘zbekistonning islom olamidagi azaliy qadriyatlari an’anaviyligini keng namoyon etadi. Bugun Termizda bo‘lib o‘tayotgan nufuzli konferensiya ham qadimda islom dini rivojiga katta hissa qo‘shgan termiziy allomalardan meros qolgan nodir asarlarni tadqiq etishga xizmat qilmoqda.

Yurtingizga Hakim Termiziy va Abu Iso Muhammad Termiziyning ilmiy merosiga bag‘ishlangan anjumanda qatnashish uchun Turkiyadan bir guruh islomshunos va hadisshunos olimlar keldik.

Hakim Termiziy XII asr avvalida yashagan ulug‘ olim. Arab tili, fiqh, hadis, kalom, tafsir va inson psixologiyasi kabi sohalarida samarali ijod qilib, islom ta’limoti hamda irfon tarixida o‘ziga xos o‘rin tutgan shaxs. Uning ota-onasi ham o‘z davrining hadisshunoslaridan bo‘lgan.

U zotning asarlari o‘z davrida ham, bizning zamonimizda ham birdek qadr-qimmatga ega muhim manbalardan biri hisoblanadi.

Biz ana shunday mo‘tabar zotni ulg‘aytirib, kamolga yetkazgan tuproqda tashkil etilgan anjumanda qatnashayotganimiz va ulug‘ termiziylar mangu qo‘nim topgan go‘shani ziyorat qilganimizdan behad mamnunmiz.

Anjumanda turkiyalik islomshunos olimlar ham Imom Termiziy va Hakim Termiziyning ilmiy meroslari haqida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etayotganidan quvonchimiz cheksiz. Xalqaro anjumanni tashkil etish tashabbuskori bo‘lgan Prezident Shavkat Mirziyoyevga va anjumanni yuksak saviyada o‘tkazishga bosh bo‘lgan mutasaddilarga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.


Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

😄 | Xalqaro anjuman islom olami hadisshunosligi yangi bosqichni boshlab berdi

Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligiga

Termizda “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Anjuman Quroni karim tilovati bilan boshlandi. Davlatimiz rahbarining konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov o‘qib eshittirdi.

Konferensiya Prezidentimizning 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi  qarori ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Batafsil: https://uza.uz/posts/646677

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

O‘zbekistonning madaniy merosi butun insoniyatning boyligidir!

Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi.

“Muhtaram Prezident janobi oliylari,

O‘zbekiston zaminida tavallud topib, o‘zining benazir iste’dodi, bilim va tafakkuri, ezgu fazilatlari bilan islom olamida shuhrat qozongan buyuk allomalarning boy ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib etish borasidagi faoliyatimizga alohida e’tibor qaratib, kamtarona mehnatimizga yuksak baho berganingizdan g‘oyat mamnunmiz va buning uchun Sizga samimiy minnatdorligimizni izhor etamiz.

Hech shubhasiz, biz – islomshunos, termiziyshunos olim va tadqiqotchilar haqidagi iliq va haqqoniy fikrlaringiz bizni yanada ko‘proq izlanib, yangi-yangi tadqiqotlar yaratishga, islom dinining Siz ta’kidlab aytgan tinchlik, ezgulik va insonparvarlik mohiyatini keng ochib berishga ilhomlantiradi.

Biz o‘tmishda yashab o‘tgan buyuk mutafakkirlarimiz qoldirgan buyuk va bebaho merosni o‘rganish, asrab-avaylash va targ‘ib etish borasidagi sharafli va mas’uliyatli ishga o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan mamnunmiz”,

– deyiladi murojaatda.

Ma’lumot uchun, xalqaro anjuman doirasida tegishli qaror hamda Termiz deklaratsiyasi qabul qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Fotoreportaj | Termiz shahrida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini davom ettirmoqda

Ayni vaqtda “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro anjumanning yalpi va sho'balar yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzuiga bag‘ishlangan ikki kunlik xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Termizda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boshlanmoqda

Termiz shahrida joylashgan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshlamoqda.

Ayni vaqtda yurtimizda ko‘zga ko‘ringan islomshunos olimlar, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilarimiz, shuningdek, Turkiya, Qatar, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Qirg‘iziston kabi davlatlardan tashrif buyurgan 50 dan ortiq taniqli olim va ulamolar mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etish uchun vohamizga tashrif buyurishgan.

Anjumanning birinchi kunida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ochilish marosimi, xalqaro anjuman yalpi yig‘ilishi, sho‘balar yig‘ilishlari, xorijlik ulamolar ishtirokida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi talabalari bilan uchrashuv, yopilish marosimi hamda boshqa qator tadbirlar o‘tkazlishi belgilangan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…
Подписаться на канал