axborot_xizmati | Неотсортированное

Telegram-канал axborot_xizmati - Surxondaryo viloyati hokimligi

11159

Surxondaryo viloyati hokimining rasmiy axborot kanali Web site: http://surxondaryo.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz @surxondaryouz_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati hokimligi

No comment | Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilarini Termiz xalqaro aeroportida kutib oldi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida Ichki ishlar vazirligining akademik litseyi, oilaviy shifokorlik punkti, umumta'lim maktabi, erkin kurash sport klubi, etnografik muzey va hunarmandchilik markazi faoliyati bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2260

#Surxondaryo #ijtimoiysoha #sportklub #maktab #litsey #tibbiyot #stadion

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Xitoy kompaniyasi bilan energiya ishlab chiqarishdagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Zhejiang Sunspot New Energy Technology Co., Ltd” kompaniyasi boshqaruv raisi Jang Deyuan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Surxondaryo viloyatida quyosh energiyasi loyihalarini amalga oshirish, viloyatning energetika infratuzilmasini rivojlantirish va hududga yangi investitsiyalar jalb qilish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Kelgusida bu hamkorlik nafaqat vohamizning energetika xavfsizligini mustahkamlash, balki yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy aholini energiya bilan ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot, Sherobod, Qiziriq va Bandixon tumanlarida 2025-yilgi g‘alla hosili uchun don ekish ishlariga bag‘ishlangan seminarlarda ishtirok etdi.

Viloyat rahbari fermerlar bilan suhbatda bo‘lib, ularga yerlarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash, kuzgi boshoqli don ekinlarini qisqa muddatda sifatli ekish, sug‘orish va to‘liq undirib olish muhimligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, seminarlarda paxta yig‘im-terim ishlarining borishi ham ko‘rib chiqildi. Paxta terimi jarayonlarini jadallashtirish, mehnat resurslarini samarali taqsimlash va texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi. Paxta maydonlarida mavjud hosilni nest-nobud qilmasdan terib olish vazifalari belgilab olindi.

Mazkur tadbirlar viloyat qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga qaratilgan say-harakatlarning bir qismi bo‘lib, 2025-yilgi hosilning muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni

BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrda qabul qilgan "Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash" to‘g‘risidagi rezolyusiyasiga asosan 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni deb e’lon qilingan.

BMT mazkur kunda qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi ayollarning muammolariga e’tibor qaratishga, xususan, ularning ta’lim olishi, mehnat qilishi, farovon turmush kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik va tazyiqdan himoyalash, gender tenglikni ta’minlashga chaqiradi.

Bugungi kunda dunyoning ko‘plab davlatlarida mazkur sana Xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

❗️ Men uddaladim, siz-chi?

Termiz shahridagi Turon mahallasida yashovchi Furqat Qurbonov – jisman imkoniyati cheklangan bo‘lsa-da, ruhan kuchli bo‘lgan, hayot sinovlarini mag‘rur kutib olib, har qanday sharoitda ham yashash mumkinligini isbotlagan inson namunasi.

Uning orzu-maqsadlari aravachalarda qolib ketmadi. Imkoniyati cheklanganiga qaramay qahramonimizning muvaffaqiyatlarga erishayotgani yon-atrofidagilarni ham harakatga, intilishga undamoqda.

Bugungi kunda Furqat Qurbonov nafaqat o‘zini, balki mahallasidagi olti nafar fuqaroni ish bilan ta’minlashga muvaffaq bo‘ldi.

🎬 Batafsil videoda

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi

Unda joriy yilning 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik, ayni kunlarda amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi vazifalar yuzasidan OAV vakillariga axborot berildi.

Hududiy saylov komissiyasi qarori bilan Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 50 ta saylov okrugi tuzilgan bo‘lib, ularga beshta siyosiy partiyaning har biridan bir nafardan, jami 250 nafar nomzod ro‘yxatga olingan. Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlaridagi 370 ta saylov okrugiga esa 1 850 nafar nomzod tasdiqlangan.

Viloyat hududida 865 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan bo‘lib, ular uchun aholiga qulay bo‘lgan hamda talab darajasidagi sharoit va imkoniyatlarga ega binolar tanlab olingan. Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga Surxondaryo viloyatidan 1 mln 437 ming nafardan ortiq fuqaro kiritilgan bo‘lib, ulardan 34 ming nafarga yaqinini ovoz berishda ilk bor ishtirok etadigan yoshlar tashkil qilmoqda.

Matbuot anjumanida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni haqida atroflicha ma’lumot berildi. Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi.

Shuningdek, Termiz shahridagi 251-saylov uchastkasiga press-tur tashkil qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Aholi ko‘mir yoqilg‘isini qanday tartibda xarid qiladi?

O‘zbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Saydulla Abduraimov aholi tomonidan ko‘mir xarid qilishning yangi tartiblari haqida tushuntirish berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Termiz va Angor tumanlarida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivlarida turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari hamda "Yangi O‘zbekiston" bog‘i qurilishi bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Ta’ziya

Sho‘rchi tumanida yashab, uzoq yillar davomida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berib kelgan Xudayberdi bobo Nazarov bugun 77 yoshida vafot etdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari Termiz tumani hokimi Shuhrat Nazarovga otasining vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

Mehribon ustoz, kamtarin inson Xudayberdi hoji boboning oila a’zolari va yaqinlariga sabr tilaymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Viloyat hokimi Qumqo‘rg‘onda topshiriqlar ijrosi hamda yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Sho‘rchi tumanida davom ettirib, Kushon mahallasida zamonaviy savdo kompleksi hamda sayyohlik markazi, baliqchilik va ekoturizm maskani tashkil etish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Umumiy qiymati 10 mlrd so‘mlik savdo kompleksi va 27,6 mlrd so‘mlik turizm loyihasining ishga tushirilishi natijasida 95 ta yangi ish o‘rni, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, infratuzilma yaxshilanishi uchun zamin yaratilishi maqsad qilingan.

Shundan so‘ng, Oqkamar mahallasida “New story turk” MChJ tomonidan qurilayotgan 5 qavatli yangi turar joy kompleksi bilan tanishildi. Viloyat rahbari tadbirkor bilan suhbatda loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarning hal etilishida zarur yordam ko‘rsatilishini ta’kidlab, mas’ullarga tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Tashrif so‘ngida “Inter agro fish” xususiy korxonasi tomonidan “Go‘zallik” suv havzasida baliqchilikni rivojlantirish va ekoturizm maskani tashkil etish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 6 mlrd so‘m bo‘lib, yil yakuniga qadar ishga tushirish va 30 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Viloyat hokimi Sariosiyo tumanida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyati hamda ularda yaratilgan  ish o‘rinlari bilan tanishdi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

⚡️Muzrabotlik o‘qituvchi 2 ming dollar maosh oladi

Ta’lim tizimidagi islohotlar samarasi mamlakat bo‘ylab bo‘y ko‘rsatmoqda. Bunga bir misol, Muzrabot tumanidagi 7-umumta’lim maktabining oliy toifali rus tili o‘qituvchisi Mirsodiq Turopov bugun 2 ming AQSh dollari miqdorida maosh olayotgan mahoratli yosh muallimlardan.

U til bilish darajasi bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega, vazir jamg‘armasi ustamasi sohibi ham. O‘z kasbidan qadr topgan muallim, o‘quvchilarning sevimli ustozi 13 yillik ish tajribasi davomida jamoasining ham mehrini qozongan.

— O‘qituvchilarga yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘laligicha foydalanishga intildim, — deydi Mirsodiq Turopov. — O‘z ustimda tinimsiz ishladim, izlandim. Bugun maqsadimga erishdim. Ayni paytda 2 ming AQSh dollari miqdorida oylik olyapman. Ishonmaydiganlar ham bo‘lishi mumkin, ana shundaylarga bajonidil plastik kartam tarixini ko‘rsataman.


Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Termizda qo‘g‘irchoq teatri faoliyati, Sherobodda turizm ko‘chasi va Boysunda madaniyat markazi qurilishi bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilari Surxondaryoga keldi

Joriy yilning 17-18-oktabr kunlari Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi.

Bugun mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan islomshunos olimlari, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilari bilan birga Turkiya, Qatar, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Qirg‘iziston kabi dunyoning o‘nga yaqin davlatidan taniqli olim va ulamolar Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan Termiz xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Mehmonlar orasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Misr Arab Respublikasi bosh muftiysi Nazir Muhammad Ayyod, Qatar Xalqaro musulmon ulamolar kengashi raisi Ali Muhyiddin Qoradog‘i, Hindiston Ulamolari uyushmasi raisi Arshad Madaniy, Turkiyaning Anqaradagi Islom tafakkuri instituti direktori Mehmet Go‘rmez kabi taniqli ulamolar bor.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🏠“Mening bog‘cham” loyihasining ovoz berish jarayoni davom etmoqda

Ovoz berish bosqichi 25-oktabr 10:00 ga qadar davom etadi.

Siz o‘zingizga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan:
Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi;
portalning mobil ilovasi (Android va IOS);
Telegramdagi rasmiy bot yordamida ovoz berishingiz mumkin.

📝Loyihalar ro‘yxati bilan mazkur havola orqali tanishing!

🟠Ma’lumot uchun, Surxondaryo viloyati bo‘yicha 11 ta yangi bog‘cha qurish va 24 ta bog‘chani rekonstruksiya qilish loyihalariga ovozlar yig‘ilmoqda.

🟠 Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon:
+99871 203 50 50 (01-735)

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

😄 | Termiziylar merosi xalqimizning ma’naviy najot qo‘rg‘oni

Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi oldidan

Insoniyat yaralibdiki, davrlar o‘zgargan, zamonlar evrilgan. Biroq, barcha zamonu davrlarda ham moddiy va ma’naviy ozuqaga birdek ehtiyoj sezilgan. Yosh avlod buyuk allomalarning ma’naviy merosidan ozuqa olib, ulg‘aygan. Ajdodlarimiz yaratgan bunday asarlar hamon yoshlar uchun o‘chmas shamchiroq, hayot yo‘llarida ishonchli mayoq vazifasini o‘tamoqda, qadr-qimmati oshib bormoqda.

Prezidentimizning 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ham o‘tmishda yashab, avlodlari uchun mangulikka yo‘g‘rilgan qadri tengsiz olimu fuzalolarimizni jahonga keng targ‘ib qilish barobarida o‘g‘il-qizlarimizning ma’naviy-ruhiy olamini boyitish, ular qalbida milliy iftixor, Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat va azaliy qadriyatlarga hurmat hissini yanada yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/645699

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Ta’ziya

O‘zbekiston xalq baxshisi, II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali sovrindori, ko‘plab respublika va xalqaro tanlovlar g‘olibi, davlat mukofotlari soxibi Baxshiqul baxshi Tog‘ayev 64 yoshida vafot etdi.

Baxshiqul Tog‘ayev ibratli umr kechirdi. U baxshichilik san’atini rivojlantirishda, uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishda fidokorona xizmat qilib, jonkuyar va samimiy inson sifatida yurtdoshlarimizning qalbida mangu yashaydi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Baxshiqul baxshi Tog‘ayevning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Boysunda avtomobil yo‘li, suv inshooti va turar joylar qurilishi bilan tanishildi hamda qurilish sohasidagi ishlar tahlil qilindi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida ham “Yangi O‘zbekiston” massividagi qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi. Turar joylarning qurilishini ko‘zdan kechirgan viloyat rahbari, hududda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, yashil maydonlarni tashkil etish hamda daraxt va buta ko‘chatlari ekish topshirig‘ini berdi.

Shundan so‘ng, viloyatda dasturlar hamda qurilish va kommunikatsiya sohasida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan mutasaddilar ishtirokida muhokama o‘tkazildi.

Unda ijtimoiy soha obyektlarini 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash, 58 ta maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari holati, investisiya dasturidagi obyektlarni foydalanishga topshirish, “Tashabbusli budjet” loyihasining 1- va 2-mavsumi ijrosi, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholini ko‘mir bilan ta’minlash, markaziy qozonxonalarni mavsumga tayyorlash, BSKlar faoliyati hamda boshqa masalalar yuzasidan mas’ullar axborot berdi.

Viloyat rahbari mutasaddilarning axborotlarini tinglab, o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tdi hamda qurilish va kommunal sohada ishlarni tizimli amalga oshirish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik tadbirlarini belgilangan muddatlarda yakunlash vazifalarini belgilab berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida “Darband-Denov” yo‘nalishi bo‘yicha 4R105 “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yo‘lining 5-70 km qismlarini rekonstruksiya qilish obyektida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. “Lankaran Yol Tikinti” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha doirasida umumiy uzunligi 111 km yo‘l rekonstruksiya qilinadi.

Viloyat rahbari qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirib, loyiha pudratchilari bilan suhbatlashdi. Davlatimiz Rahbarining vohamizga tashrifida berilgan alohida topshiriqlariga asosan amalga oshirilayotgan loyihani sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga vazifalar yuklandi.

Shundan so‘ng, Sho‘rsoy mahallasida markaziy suv to‘plash va tarqatish inshootida 2 ta rezervuarni rekonstruksiya qilish ishlari bilan tanishildi. Shuningdek, shu yerning o‘zida Surxondaryoda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimida 2025-yilda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimot qilindi. Mutasaddilar tizimdagi mavjud muammolar, ularning yechimi bo‘yicha takliflar, amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Ichimlik suvi loyihalarining sifatli amalga oshirilishi bevosita aholi muammolariga yechim ekanligini ta’kidlanib, mas’ullarga tegishli vazifalarni belgilab berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz va Angor tumanlarida “Yangi O‘zbekiston” bog‘i, “Yangi O‘zbekiston” massivini barpo etish ishlari hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasining joriy kuzgi mavsumida daraxt ekish uchun tanlab olingan hududda taqdimot bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2258

#Surxondaryo #YangiUzbekistonmassiv #Yashilmakon

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Tahlilnoma | Surxondaryoda Prezident avtomobil boshqargan yo‘l: Masofani 120 km ga qisqartirib, 1 mln aholiga qulaylik beradigan loyiha

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurib, Imomtepa mahallasida tashkil etilayotgan ekoturizm maskanida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Shuningdek, shu yerning o‘zida “Hisor” o‘rmon xo‘jaligi Sohilbo‘yi bo‘limiga qarashli ko‘lda zamonaviy ekoturizm maskani, Bobolochin mahallasida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binolari qurish loyihalari taqdimot qilindi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Besh qahramon mahallasida joylashgan eski bozor o‘rnida zamonaviy savdo kompleksi qurish loyihasi bilan ham tanishib, mutasaddilarga tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Tashrif so‘ngida Yangiyer mahallasida yo‘lning muhofaza qismini tartibga keltirish, harakatlanuvchilar uchun qulayliklar yaratish, yo‘llarni ta’mirlash ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi. Ayni vaqtda hududdagi yo‘lni asfaltlash va yo‘lbo‘yi hududlarini tartibga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Sariosiyo va Sho‘rchi tumanlarida loyihalar taqdimoti, korxonalar faoliyati hamda turar joylar qurilishi bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanida ko‘chatchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xonadonlar, mebel va gilam yuvish hamda kiyimlarni kimyoviy tozalash xizmati, tikuvchilik sexi, temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar hamda ijtimoiy soha obyektlari, xizmat ko‘rsatish nuqtalari qurilishi ko‘zdan kechirilib, mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2257

#Surxondaryo #xonadonlar #tadbirkorlik #xizmatkorsatish #qurilish

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📢 Termiz shahri aholisi diqqatiga!

📆 Bugun, 12-oktabr kuni soat 18:40dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Termiz shahri to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67

📲 Telegram:
(99) 482-00-77

📎 Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Termizda 17-18-oktabr kunlari “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi

Anjumanda yurtimizning ko‘zga ko‘ringan islomshunos olimlari, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilari bilan birga Turkiya, Qatar, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Qirg‘iziston kabi dunyoning o‘nga yaqin davlatidan 50 dan ortiq taniqli olim va ulamolar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.

Xalqaro anjumanning birinchi kunida Imom Termiziy va Hakim Termiziyning hayoti, ilmiy merosi, ularning hadis ilmi rivojida tutgan o‘rni, Imom Termiziyning “Sunan” nomli asarining o‘ziga xos jihatlari, Termiziy allomalar ilmiy merosi hamda ularning hozirgi kundagi ahamiyati singari mavzularda qiziqarli ma’ruzalar tinglanib, muhokama etiladi.

Ikkinchi kun anjuman ishtirokchilarining Imom Termiziy va Hakim Termiziy majmualariga, Surxondaryo viloyatining diqqatga sazovor qadamjolariga tashrifi ko‘zda tutilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylandi

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi boshlanib, kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylandi. Xususan, berilgan topshiriqlarga asosan mazkur dastur ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatida ham amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Milliy gvardiyaning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyatiga Jarqo‘rg‘on tumani Oltintepa mahallasida yashovchi, kam ta’minlangan, ko‘makka muhtoj oilalar biriktirilgan bo‘lib, mutasaddilar tomonidan oilalarning 27 nafar farzandlari bepul to‘garaklarga jalb qilindi, 4 nafarining uyida dars mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishi uchun sharoitlar yaratildi. Shuningdek, 5 nafar fuqaroga bepul tibbiy yordam ko‘rsatildi va 4 nafariga bepul dori-darmon yetkazib berildi.

Bundan tashqari, bitta oilaning uy-joy sharoitini yaxshilash maqsadida yashash xonadoni ta’mirlab berilmoqda. Endilikda oilalardagi ishsiz a’zolarning bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Vohamizning barcha hududida mutasaddilar tomonidan biriktirilgan oilalarda amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…
Подписаться на канал