axborot_xizmati | Неотсортированное

Telegram-канал axborot_xizmati - Surxondaryo viloyati hokimligi

11159

Surxondaryo viloyati hokimining rasmiy axborot kanali Web site: http://surxondaryo.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz @surxondaryouz_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Sherobod tumanida davom ettirdi. Dastlab, tumanda tashkil etilayotgan, 24/7 rejimda faoliyat yurituvchi "Yoshlar va turizm" turizm ko‘chasi qurilishi bilan tanishdi. Shuningdek, ushbu hududda sohilbo‘yi ko‘ngilochar maskanlarini o‘z ichiga olgan turar joylar kompleksini barpo etish loyihasi taqdimoti ham ko‘rib chiqildi.

Viloyat rahbari turizm yo‘lagida bajarilayotgan qurilish ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirib, turizm ko‘chasida savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari, dam olish va ma’naviyat maskanlar hamda sayyohlar uchun zarur qulayliklar yaratish, ishlarni sifatli olib borish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.

Shundan so‘ng, Boysun tumani Sayrob qishlog‘ida yangidan qurilayotgan 11-sonli madaniyat markazida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Topshiriqqa asosan belgilangan loyiha asosida “Namunali madaniyat markazi”ga aylantirilayotgan obyektning umumiy qiymati 540,5 mln so‘mni tashkil etadi. Tuman mutasaddilari amalga oshirilayotgan ishlar, markazning kelgusidagi faoliyati haqida axborot berdi.

Mutasaddilarga qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli olib borish, belgilangan muddatda yakunlash, markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash vazifalari topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Folklor jamoalariga musiqa asboblari hamda kitoblar jamlanmalari topshirildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov turizm, madaniy meros, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar hamda xotin-qizlar bandligi masalalari bilan tanishish rejasiga muvofiq dastlab, Termiz shahridagi “Qo‘g‘irchoq” teatriga tashrif buyurdi.

Viloyat rahbari teatrda yaratilgan sharoitlar hamda yangi repertuarlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Xususan, Turkiyadan taklif qilingan rejissyorlar bilan yangi spektakl repetitsiyasi jarayonlari haqida suhbat qilindi.

Shuningdek, shu yerning o‘zida vohamiz “Folklor” jamoalari uchun ajratilgan musiqa asboblari, ovoz kuchaytirish moslamalari hamda kitoblar jamlanmalari topshirildi.

Ma’lumot uchun, Prezident qarori bilan har yili 10 ta folklor jamoalarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun 1 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratish belgilangan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

😄 | Surxondaryoda buyuk alloma yubileyiga puxta hozirlik ko‘rilmoqda

Prezidentimizning 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Toshkent va Xiva shaharlarida o‘tkaziladigan “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida joriy yilning 17-18-oktyabr kunlari Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida tashkil etilayotgan nufuzli ilmiy anjumanga puxta hozirlik ko‘rilmoqda.

🔝 Batafsil: https://uza.uz/posts/644266

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

⚖️Surxondaryo viloyati bo‘yicha yoshlarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun 1 156 ta yer uchastkalarini e-auksion.uz orqali 30 yilga ijaraga oling!

📍 Oltinsoy tumanidan 57 ta (ko'rish)
📍 Angor tumanidan 86 ta (ko'rish)
📍 Bandixon tumanidan 87 ta (ko'rish)
📍 Muzrabot tumanidan 102 ta (ko'rish)
📍 Denov tumanidan 19 ta (ko'rish)
📍 Jarqo'rg'on tumanidan 3 ta (ko'rish)
📍 Qumqo'rg'on tumanidan 63 ta (ko'rish)
📍 Qiziriq tumanidan 158 ta (ko'rish)
📍 Sariosiyo tumanidan 80 ta (ko'rish)
📍 Termiz tumanidan 135 ta (ko'rish)
📍 Uzun tumanidan 29 ta (ko'rish)
📍 Sherobod tumanidan 106 ta (ko'rish)
📍 Sho'rchi tumanidan 231 ta (ko'rish)

❗️Eslatma: Mazkur yer maydonlari Prezident qarori (PQ-153-son,05.04.2024 y.) asosida savdoga chiqarilgan.

☎️ +99899 203-00-30 (Surxondaryo viloyat vakili)

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri, Jarqo‘rg‘on va Denov tumanlarida investitsiya, eksport va sanoat yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar, korxonalar hamda taqdimotlar bilan tanishdi.

Xususan, Termiz shahridagi “Tinchlik”, Denov tumanidagi “Qo‘zichoqli” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida amalga oshirilayotgan ishlar, hududlarda ishlab chiqarish korxonalari, yangi bog‘ tashkil etish va yo‘l rekonstruksiyasi loyihalari taqdimoti bilan tanishildi hamda Jarqo‘rg‘onda gips ishlab chiqarish korxonasining ochilish marosimida ishtirok etildi.

Shuningdek, viloyatda eksport ko‘rsatkichlarining bajarilishi muhokama qilinib, sanoat va eksportyor korxonalar rahbarlari hamda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2254

#Surxondaryo #investitsiya #loyihalar #taqdimot #Sanoatzona #korxonalar

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Ахborot 24 | Olis hudud aholisi ichimlik suvi bilan ta'minlandi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Termiz shahridagi 2-sonli ixtisoslashgan maktabi o‘quvchilarining Termiz tumanida joylashgan “Airitom free zone” erkin savdo zonasiga sayyohati tashkil etildi.

Umumiy maydoni 36 gektarni tashkil etuvchi ushbu hududda yangi qad rostlagan “Hilton Garden Inn” mehmonxonasi, xostel, “Central Asia University” biznes maktabi, logistika, shuningdek, yirik savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari, qator ishlab chiqarish korxonalari faoliyati hamda “Akfa Medline” zamonaviy tibbiyot klinikasida yaratilgan shart-sharoitlar yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Xalqaro kuzatuvchilar Surxondaryoda saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishmoqda

Joriy yilning 27-oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga o‘tkaziladigan saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan YeXHT DIIHB uzoq muddatli kuzatuvchilari Xaynek Kristian Oliver hamda Erdenebat Sengel Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasi a’zolarining ish faoliyati, matbuot markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Xususan, xalqaro kuzatuvchilarga saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantirish va yuritish, saylov okrugi va saylov uchastkalarini tuzish tartibi va normasi, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil qilish va o‘tkazish, saylovda nogironligi bor shaxslar uchun moslashtirilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.

Xalqaro kuzatuvchilar so‘nggi yillarda mamlakatimiz saylov amaliyotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yangi imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha muayyan tajriba to‘planganini e’tirof etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🌍 Surxondaryo viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi:

2024-yil yanvar-avgust holatiga koʻra, 99 028,9 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

🖊 Shundan:

🔝 eksport 83 519,4 ming AQSH dollariga yetgan boʻlsa,
🔝 import 15 509,5 ming AQSH dollari qiymatida qayd etildi.

💰 Shuningdek, Surxondaryoning savdo tarmog‘ida 2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, 1 763,8 mlrd. so‘m miqdorda qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,3 foizga yuqoridir.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#Saylov2024

Muddatidan oldin ovoz berish tartibi

❗️Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

⛽️ Termiz shahrida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

⛽️ Termiz shahrining to‘rtta mahallasidagi tabiiy gaz quvurlarida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan shahardagi barcha iste’molchilarga ertaga, 9-oktabr kuni soat 8:00dan 17:00gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.

🙏 Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Sulton Saodat majmuasi

Sulton Saodat majmuasi Termiz sayyidlari xonadonining X-XVII asrlar davomida qurilgan maqbaralaridan iborat bo‘lgan o‘ziga xos me’moriy obidadir.

Sulton Saodat so‘zi arab tilidan tarjima qilinganda – «baxtlilar sultoni» degan ma'noni anglatadi.

🔗 Vohaning turizm salohiyati, tarixiy joylari, ziyoratgohlar, ekoturizm maskanlari haqida ko‘proq www.surkhan.travel sayti orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Fakt 24 | «Surxon» davlat qo‘riqxonasidagi fotoqopqonlarga boltayutar, morxo‘r va kakliklar muhrlandi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida sektorlar, tashkilot va boshqarmalar rahbarlari hamda hududiy studiyalar orqali shahar va tumanlar mutasaddilari ishtirokida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, hududlarda ijtimoiy soha obyektlari, ko‘p qavatli turar joylarda o‘tkazilgan o‘rganish yakunlari muhokama qilindi.

Viloyat rahbarining ko‘rsatmasi bilan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahri va tumanlardagi maktab, bog‘cha, sog‘liqni saqlash muassasalari hamda ko‘p qavatli turar joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasida o‘tkazilgan o‘rganishlarda qator xato va kamchiliklar aniqlanganligi ta’kidladi.

Kommunal va ijtimoiy soha rahbarlari, hududlar mutasaddilarining axborotlari tinglandi. Ularga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni har bir maktab, bog‘cha, tibbiyot maskani hamda turar joylar kesimida tashkil etish, aniqlangan kamchiliklarni to‘liq bartaraf etish topshirig‘i berildi.

Shuningdek, o‘rganish ishlari doimiy ravishda olib borilishi, barcha sohalarda kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rilishi lozimligi qayd etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Kuz manzaralari | Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘i

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ining “Zevar” bo‘limi xo‘jalik zonasida kuzgi tabiat manzaralari

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Ахborot 24 | Harbiy xizmatchilarga yangi uy-joylar topshirildi

Termiz shahrida 30 ta xonadon kalitlari Milliy gvardiya bo‘linmalari harbiy xizmatchilariga topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo va Novosibirsk rahbarlarining onlayn muloqoti o‘tkazildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov o‘rtasida hududlararo hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan onlayn muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Unda Novosibirsk delegatsiyasining Surxondaryoga bo‘lib o‘tgan tashrifi yakunlari hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Onlayn muhokamada ikki tomon mutasaddilari o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, tashriflarda erishilgan kelishuvlar ijrosi yuzasidan axborot berdi.

Xususan, sog‘liqni saqlash, ta’lim, tashqi mehnat migratsiyasi, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi hamda kelgusidagi vazifalar kelishib olindi.

Muloqot yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdan mamnun ekanliklarini qayd etishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Viloyat hokimi kecha Termiz shahri, Jarqo‘rg‘on va Denov tumanlarida investitsiya loyihalari hamda sanoat zonalari faoliyati bilan tanishdi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Respublikamiz hududlari Qoraqolpog‘iston tumanlariga biriktirilib, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, biriktirilgan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan.

Xususan, Surxondaryo viloyatiga Taxiatosh tumani biriktirilgan bo‘lib, aholi turmush farovonligini oshirish maqsadida viloyatimiz hokimining topshirig‘iga asosan kam ta’minlangan oilalarga yangi uy-joylar qurish, mavjudlarini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

😄 | Surxondaryolik va qashqadaryolik jurnalistlar Termizda jam bo‘ldi

Termizda “Saylov-2024: Ommaviy axborot vositalari vakillari hamda ijtimoiy tarmoq faollarining saylov jarayonlarini yoritish mas’uliyati” mavzuiga bag‘ishlangan mintaqaviy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Ikki kun davom etadigan anjumanda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari ommaviy axborot vositalari vakillari, erkin ijodkorlar, blogerlar ishtirok etmoqda.

🔝Batafsil: https://uza.uz/posts/643892

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🟠 Surxondaryo viloyati bo‘yicha 5 934 ta yer uchastkalarini е-auksion savdo platformasida ochiq va shaffof savdolarda ishtirok etib sotib oling!

📦Tadbirkorlik va shaharsozlik uchun 5 825 ta (ko'rish)
📦Kichik sanoat zonalari uchun 59 ta (ko'rish)
📦Yangi O‘zbekiston massivlari (ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun) 23 ta (ko'rish)
📦Turistik zona uchun 6 ta (ko'rish)
📦Xalqaro yo‘llar bo‘yidagi xizmat ko‘rsatish joylari uchun 1 ta (ko'rish)
📦Nodavlat umumta`lim va maktabgacha ta`lim muassasalari uchun 8 ta (ko'rish)
📦Mikromarkazlar uchun yer uchastkasi 7 ta (ko'rish)
📦Master-reja asosida savdoga chiqarilgan yerlar 5 ta (ko'rish)

❗️Mazkur yer uchastkalarini muddatli bo‘lib to‘lashga sotib olish imkoniyati mavjud.

🟠 +99899 203-00-30 (Surxondaryo viloyat vakili)

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

☁️ Qo‘lda terilgan paxtaning har bir kilogrammi uchun 2 ming 500 so‘mdan haq to‘lanadi

Bugungi kungacha tijorat banklari tomonidan (qo‘l terimi uchun) 1500 so‘mdan kredit mablag‘lari ajratilib, terimchilarga ushbu miqdordagi summa har bir kilogramm uchun berib kelinayotgan edi. Bu o‘z navbatida bir muncha qiyinchilik tug‘dirib, terimchilarni mavsumiy ishga jalb qilish holatlarida noqulay vaziyatni keltirib chiqardi.

Topshiriqqa muvofiq terimchilarni moddiy rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish hamda yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmasdan tezroq yig‘ib olish maqsadida bugundan boshlab, respublikamizning barcha hududlarida terimchilarga paxta terim narxi (qo‘l terimi uchun)ni har bir kilogramm uchun 2 500 so‘m etib belgilandi.

❗️Bunda ushbu mablag‘ning 2000 so‘mi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg'armasi hisobidan, 500 so‘mi klaster hisobidan ajratilib, dalaning o‘zida terimchilarga tarqatiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumanida “Yoshlar va turizm ko‘chasi”, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish sexi hamda avtoturargoh va do‘konlar majmuasini qurish loyihalari taqdimoti bilan, Qumqo‘rg‘on tumanida maktablar hamda sport klubi faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, o‘qituvchilar bilan ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlariga qiziqtirish, ular o‘rtasida mobil telefonlar, ijtimoiy tarmoqlarga qaramlikning oldini olish masalalarida suhbat qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2253

#Surxondaryo #loyihalar #taqdimot #maktab #sportklub

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Axborot 24 | Yangi ilmiy-tadqiqot markazi ochildi

Termiz davlat universitetida Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari orasida muqobili bo‘lmagan zamonaviy arxeologiya laboratoriyasi ish boshladi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

💼 Tayinlov

Abduraimov Saydulla Berdishukurovich - O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

S.Abduraimov 1980-yilda Angor tumanida tug‘ilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini, 2010-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – matematika, yurisprudensiya.

Mehnat faoliyati davomida IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va "Vatanparvar" tashkiloti viloyat Kengashida turli vazifalarda hamda O‘zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi. Shuningdek, 2020-yildan buyon viloyat kengashi deputati.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#infografika

🌳Surxondaryoda “Yashil makon” umummilliy loyihasining joriy mavsumida amalga oshiriladigan tadbirlar:

➖Kuzgi mavsumda 6 million 3 ming tup mevali va manzarali ko‘chatlar ekiladi;

I va II toifaga kiruvchi 85 ta sanoat korxonalari tomonidan 455 ming tup ko‘chat ekiladi.

Shuningdek,

47,16 gektar maydonda “Yashil belbog‘lar”;

16 ta “Hokimlik bog‘lari”;

17,8 gektar maydonda “Yashil bog‘”;

23,5 gektar maydonda “Mening bog‘im” loyihasi amalga oshiriladi.

Batafsil ma’lumotlar infografikada.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

😄 | Janubda “Yashil makon” loyihasining kuzgi mavsumi boshlandi

Surxondaryo viloyatidagi M39 xalqaro avtomagistral yo‘lining Termiz va Angor tumanlari tutashgan hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga start berildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, ilk daraxt ko‘chatini ekib berdi. Mavsumni sifatli o‘tkazish, hududlarning tuproq va iqlim sharoitlariga mos daraxt va buta ko‘chatlari ekish, har bir ko‘chatni sug‘orish, parvarishlash masalasini hal etgach, uni qadash yuzasidan taklif va tavsiyalarini bildirdi. Mazkur hududda ekilayotgan ko‘chatlarga suv tarash uchun joriy etilayotgan yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi va uning ishlash jarayoni bilan tanishdi.

🔝Batafsil: https://uza.uz/posts/643090

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Viloyat hokimi Termiz shahri va Termiz tumanida qurilish sohasidagi ishlar va loyihalar taqdimoti bilan tanishdi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga start berdi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov M39 xalqaro avtomagistral yo‘lining Termiz va Angor tumanlari tutashgan qismida joylashgan hududi bo‘yida “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga start berdi.

Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining 1 500 o‘rinli o‘quv binosi, “Yangi O‘zbekiston” massivida ko‘p qavatli turar joylar hamda ijtimoiy soha obyektlari qurilishi, Al-Hakim at-Termiziy majmuasini obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Termiz shahri Manguzar mahallasi hududidan tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Avtoshohbekat loyihasi taqdimoti bilan tanishildi.

Tanishuvlar yakunida Termiz shahridagi ikkita mahallada markaziy qozonxonalarni kuz-qish mavsumiga shaylik holati hamda modernizatsiya ishlari ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2252

#Surxondaryo #yashilmakon #qurilish #taqdimot #obodonlashtirish #qozonxonalar

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📢 Diqqat e’lon: Korrupsiyaviy holatlar hamda manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar berish uchun aloqa kanallari ishga tushirildi

Surxondaryo viloyati hokimligi va uning tizimidagi tashkilot hamda muassasalarda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, bunday hollar sodir bo‘lganda fuqarolarning murojaat yo‘llashlari uchun qulaylik yaratish maqsadida aloqa kanallari ishga tushirildi.

Vohamiz aholisidan mahalliy hokimliklar va ularning tizimidagi tashkilotlarda korrupsiyaviy holatlarga yoki manfaatlar to‘qnashuviga duch kelgan taqdirda quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishlarini so‘raymiz:

🔝 Telefon raqami:
+99876 228 01 90 (2012)

💻 Virtual qabulxona:
https://surxondaryo.uz/ak/murojaat/yuborish

🔝 Telegram bot:
/channel/Antikorrupsiya_bot

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…
Подписаться на канал