axborot_xizmati | Неотсортированное

Telegram-канал axborot_xizmati - Surxondaryo viloyati hokimligi

11159

Surxondaryo viloyati hokimining rasmiy axborot kanali Web site: http://surxondaryo.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz @surxondaryouz_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati hokimligi

1-oktabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni

Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz Ustozlar!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Alpomish” va “O‘zbekiston” mahallalarida boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati hamda Jarqo‘rg‘on tumanida 66-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi bilan tanishdi.

Xususan, BSKlar faoliyati bilan tanishuv davomida ko‘p qavatli turar joylarni markazlashgan isitish qozonxonalarining mavsumga shayligi ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Shuningdek, shu yerning o‘zida kommunal va ijtimoiy soha hamda FVV mutasaddilari, shahar va tumanlar mas’ullari bilan videokonfrensaloqa shaklida mavsumga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi. Mutasaddilarga tegishli chora-tadbirlar belgilab berildi.

Shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumanidagi maktabda ijtimoiy soha ob’ektlarini mavsumga tayyorlash ishlari muhokama qilinib, mas’ullarning axboroti tinglandi. Tumanga tashrif yakunida "Yangi O‘zbekiston" massivida turar joylar qurilishi bilan ham tanishildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

😄 | Prezident tashabbusi – amalda: Yeri unumdor, suvi mo‘l hududda kambag‘al oila bo‘lmasligi kerak

Davlatimiz rahbarining joriy yil 11-sentabrdagi videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar doirasida Surxondaryo viloyatida vohada kambag‘al oilalar reestrida turgan 23 ming 300 oila 4 ming 770 nafar katta-kichik rahbarga 5 oiladan biriktirilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olingan edi. Namuna sifatida Muzrabot tumani tanlanib, hududga idora va tashkilotlardan 174 nafar rahbar va ularning o‘rinbosari biriktirildi.

Tumanda 155 ming 200 ga yaqin aholi 33 ming 865 oilada yashaydi. 25 ming 926 xonadon mavjud. Ularda 9 ming 545 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs istiqomat qiladi. Yordamga muhtoj oilalarning 5 ming 296 nafari “Ijtimoiy himoya yagona reestr”da turadi. Aholining 4 ming 382 nafari nogironligi bo‘lgan shaxslar, 11 nafari yakka-yolg‘iz va yolg‘iz yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslardir.

Yangi dasturni amalga oshirish uchun Muzrabotda kambag‘allik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan Oriyat va Fayziobod mahallalari tanlab olindi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/640637

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Davlatimiz rahbari sohada amalga oshirilayotgan katta ishlar borasida ba’zi misollarni keltirdi

O‘tgan 7 yilda ta’limni rivojlantirishga jami 216 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun budjetdan 19,5 trillion so‘m sarflanib, 6 mingta davlat maktabi va 3,5 mingta bog‘cha rekonstruksiya qilindi va yangidan qurildi.

Xususiy ta’limga keng imkoniyatlar yaratilayotgani tufayli xususiy maktablar soni 27 tadan 500 taga yetdi, nodavlat bog‘chalar 250 tadan 30 mingtaga ko‘paydi.

Bu moddiy resurslar birinchi navbatda intellektual-ma’naviy resurslar bilan to‘ldirilishi kerakligi, shundagina ta’limda sifat, samara bo‘lishi ta’kidlandi.

Intellektual-ma’naviy resurslar – bu avvalo o‘qituvchining bilim va tajribasi, mahorati, uning madaniy darajasi, ma’naviy saviyasi deganidir.
〰〰〰

O‘tgan davrda ilgari e’tibordan chetda qolgan yo‘nalishlar, xususan, pedagogik ta’limga, uning ilmiy, nazariy va amaliy asoslariga e’tibor kuchaytirildi.

Kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish uchun oliygohlarda sirtqi ta’lim shakli tiklandi.

O‘qituvchilarga mahorati va erishgan yutuqlariga qarab to‘lanadigan ustamalar soni 3 tadan 17 taga oshirildi.

O‘z ustida astoydil ishlagan, xorijiy sertifikat olgan 6 ming o‘qituvchi 10 million so‘mdan ziyod maosh olmoqda. 2020 yilda bunday o‘qituvchilar 102 nafar bo‘lgan.

Albatta, bu hali yetarli emasligi, lekin ushbu raqam keyingi ikki yilda 5,3 barobar oshgani ta’kidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti bo‘lib o‘tmoqda

Dastlab, Prezident mamlakatimizning barcha ta’lim-tarbiya xodimlarini O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etib, davlat mukofotlarini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Shundan so‘ng, boshlangan muloqotda bugungi kunda barcha soha va tarmoqlardagi islohotlar inson qadri, uning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgani ta’kidlandi.

Bosh maqsadi yangi zamon kishisini, Yangi O‘zbekiston yoshlarini tarbiyalash bo‘lgan ta’lim va tarbiya sohasi uchun bu vazifa alohida ahamiyat kasb etadi.

Vatan va xalq manfaati uchun mardona kurashadigan, faol fuqarolik pozisiyasiga ega, bilimli va bunyodkor avlodni kim tarbiyalaydi? Albatta, sizlar – zahmatkash va jonkuyar ustozlar.

Buning uchun avvalo o‘qituvchining o‘zi huquqiy, ijtimoiy va moliyaviy tomondan himoya qilingan va yetarli ta’minlangan bo‘lishi kerak.

Shundagina u o‘zining chinakam insoniy va kasbiy fazilatlarini amalda namoyon qila oladi”,

- dedi Prezident.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Xalqaro press klub'ning maxsus ko‘rsatuvi

Maxsus koʻrsatuvda Surxondaryoning Afgʻoniston bilan chegara hududida joylashgan Termiz xalqaro savdo zonasi faoliyati, u yerda yaratilgan sharoitlar hamda afg‘on tadbirkorlari bilan o‘tkazilgan suhbatlar namoyish etiladi.

Mazkur ko‘rsatuvni bugun, 29-sentabr kuni soat 17:00da "Renessans" telekanalida tomosha qiling.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Ulug‘bek Qosimov: “Imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay beshta ishchi o‘rni yaratgan tadbirkorimizga ming rahmat aytamiz!”

Viloyat hokimi kuni-kecha Termiz shahrida korxonalar, oilaviy tadbirkorlik loyihalari faoliyati hamda Yoshlar va turizm ko‘chasi qurilishi, shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumanida oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🚰Ichimlik suvi o‘chirilayotgan hududlarga maxsus texnikalar yordamida suv yetkazib beriladi

“Xo‘jaipok” TISICH magistral suv tarmog‘ida mukammal va joriy ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 7 ta tumanning ushbu magistral suv quvuri orqali ichimlik suvi bilan ta’minlanadigan hududlarida, joriy yil 1-oktyabr kuniga qadar suv ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:

➖ Oltinsoy tumani;
➖ Qumqo‘rg‘on tumani;
➖ Bandixon tumani;
➖ Qiziriq tumani;
➖ Sherobod tumani;
➖ Muzrabot tumani;
➖ Angor tumani.

🚰 Suv ta’minoti vaqtincha o‘chirilayotgan hududlar aholisiga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib beriladi.

🙏 «Surxondaryo suv ta’minoti» MChJ yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov shaxmat sport turi bilan shug‘ullanuvchi yoshlar hamda ularning murabbiylari, sport sohasi mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Prezidentimizning sportni rivojlantirishga qaratayotgan e’tiborlari hamda yaratilayotgan sharoitlar natijasida ko‘plab sport turlari, xususan, shaxmat bo‘yicha yoshlarimiz jahon miqyosida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgani ta’kidlandi. Erishilayotgan natijalarda vohamiz sportchilarining ham alohida hissasi borligi qayd etildi.

Uchrashuvda Surxondaryoda shaxmat sport turini yanada rivojlantirish, to‘garaklar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Murabbiylar hamda sportchi yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Mutasaddilarga shaxmatni rivojlantirish, to‘garaklar faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish hamda natijaga erishayotgan sportchilar va murabbiylarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari belgilab berildi.

Shuningdek, viloyat rahbari murabbiylarni yaqinlashib kelayotgan “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun tadbirkorlar qabulidan so‘ng, Termiz shahrida “Oravit keramik” MChJning maishiy va dekorativ keramik buyumlar hamda “Surxondaryota’minbutlash” MChJning DSP laminatsiya mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, tadbirkor Furqat Qurbonovning non va non mahsulotlari ishlab chiqarish oilaviy tadbirkorlik faoliyati bilan tanishdi.

Tanishuvlar yakunida "Yoshlar va turizm" ko‘chasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2244

#Surxondaryo #tadbirkorlik #loyihalar

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, yangi taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida hududiy studiyalar orqali navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli”ni o‘tkazdi.

Viloyat hokimligi zalida o‘tkazilgan onlayn qabulda hududiy studiyalar orqali 51 nafar tadbirkorning 62 ta turli masalalardagi murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning 15 tasi qabul davomida hal etildi hamda 47 ta murojaat ijrosi yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.

Mutasaddilarga ijro uchun yo‘naltirilgan masalalarni puxta o‘rganish, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etishda mas’uliyat bilan ishlash vazifasi topshirildi va murojaat ijrosi qat’iy nazorat ostida ekanligi qayd etildi.

❗️Eslatma: Tadbirkorlarimizdan o‘zlarini qiynayotgan muammolar, yangi taklif va tashabbuslar yuzasidan @surxondaryo_tadbirkorlari_bot telegram botiga murojaat qilishlari mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryoning turizm salohiyati Yaponiyadagi xalqaro turizm ko‘rgazmasida namoyish etilmoqda

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida jahonning eng nufuzli turizm yarmarkalaridan biri "Tourism Expo Japan 2024" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli ko‘rgazmada O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Jo‘rabek To‘rayev boshchiligida viloyatimizning turizm sohasi mas'ullari ham ishtirok etmoqda.

Xalqaro ko‘rgazmada yurtimiz, xususan, Surxon vohasining o‘tmishdan saqlanib qolgan noyob tarixiy obidalari, arxeologik yodgorliklari, maftunkor tabiat manzaralari, milliy hunarmandchiligi dunyoning yuzga yaqin davlatidan tashrif buyurgan turoperator va kompaniyalarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, xalqaro turistik kompaniyalar bilan o‘zaro sayyohlarni jalb qilish, turpaketlar, turistik yo‘nalishlar ishlab chiqish, jahonning ilg‘or turizm tajribalarini vohamizga jalb qilish bo‘yicha 20 dan ortiq kelishuvlarga erishildi.

Ma’lumot uchun, xalqaro ko‘rgazmada dunyoning 97 ta mamlakatidan 2 mingdan ortiq turoperatorlar va mehmonxona biznesidagi ishbilarmon doira vakillari ishtirok etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Xabar berganimizdek, Uzun tumani mirishkorlari Respublikamizda birinchi bo‘lib, joriy yilgi paxta hosili uchun tuzilgan fyuchers shartnoma rejalarini bajarishdi. Tumandagi 135 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 2 475 gektar maydonda mo‘l hosil yetishtirilib, 9 105 tonnadan ortiq paxta xirmoni bunyod etildi.

Bugun Uzun tumaniga tashrif buyurgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov uzunlik mirishkorlar, soha mutasaddilari hamda faollar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Viloyat rahbari erishilgan natija bilan uzunliklarni muborakbod etib, ilg‘or fermer xo‘jaliklari rahbarlari, faol mexanizatorlar va ishchi-xodimlarga sovg‘alar topshirdi hamda tinimsiz mehnat qilib, mo‘l hosil yetishtirgan dehqonlarga minnatdorchilik bildirdi, ularning hosiliga baraka tiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xalq qabulxonalari orqali viloyat rahbarining qabulini so‘ragan hamda turli masalalarda murojaat qilgan yuzga yaqin fuqarolarning muammolarini tinglash maqsadida navbatdagi onlayn qabulini o‘tkazdi.

Uzun tumani hokimligida tashkil etilgan onlayn qabulda Termiz shahri va tumanlar studiyalari orqali fuqarolarning davolanish, uy-joy olish, qurish yoki ta’mirlash uchun subsidiya ajratish, yo‘llarni ta’mirlash, ishga joylashish, o‘zini o‘zi band qilish uchun jihoz ajratish, elektr energiya va ichimlik suvi ta’minoti, kadastr, tibbiyot va ta’lim tizimidagi muammolar hamda boshqa masalalardagi murojaatlari mas’ullar ishtirokida tinglandi.

Qabul qilingan murojaatlarning yechimi yuzasidan mutasaddilarga aniq muddatlar bilan vazifalar belgilab berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga muvofiq Surxondaryoda Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev ishtirokida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatlarda funksional quyi tizimlari boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining aholini muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlariga bag‘ishlangan Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Dastlab viloyat mexanizatsiyalashtirilgan yig‘ma otryadining saf ko‘rigi o‘tkazilib, FVDT xizmatlarining kuch va vositalari ko‘zdan kechirildi. Viloyatdagi energetika va kommunal soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, mavsum davomida issiqlik va energetika tarmoqlarini barqaror ishlashi, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy harakatlar sinovdan o‘tkazildi.

Mazkur jarayonlarda aholining favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarda talofatlarning oldini olish, qutqaruv hamda fuqaro muhofazasi tuzilmalarining qutqaruv ishlariga shayligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumot uchun, Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari Surxondaryo viloyati hududida joylashgan 20 ta energetika va kommunal soha obyektlarining 47 ta o‘quv nuqtasida o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Qadrli ustozlar, aziz o‘qituvchi va murabbiylar!

Sizlarni umumxalq bayrami - O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Yosh avlodlarga ilm-ma’rifat ulashadigan, har bir bolani o‘zining farzandidek ardoqlab, ta’lim-tarbiya beradigan Siz, aziz o‘qituvchi va murabbiylar mehnati tom ma’noda fidoyilik namunasidir.

Prezidentimizning sohaga, soha xodimlariga ko‘rsatayotgan e'tiborlari tufayli jamiyatimizda o‘qituvchi va murabbiylarning qadri yuksalib, o‘qituvchi degan kasbning nufuzi oshib bormoqda.

O‘zining ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan Siz –mehridaryo ustozlarni, soha faxriylarini bayram bilan tabriklashdan hamisha faxr hissini tuyamiz.

Fursatdan foydalanib Sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu-baraka, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, azizlar!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigi

Muhtaram ustoz va murabbiylar!

Avvalo, siz, azizlarni, yurtimizdagi ta’lim-tarbiya sohasi xodimlarini O‘qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga eng ezgu tilaklarimni bildirishdan baxtiyorman...

... Biz inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ulkan ishlarimiz doirasida o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini munosib baholash va rag‘batlantirishga alohida ahamiyat bermoqdamiz. Bugungi kunda o‘qituvchilarning ish haqi 2016-yilga nisbatan o‘rtacha 2,5 marta, professor-o‘qituvchilarning oylik maoshi esa 4,5 karra o‘sgani, oktyabr oyidan pedagog xodimlarning ish haqi yana 15 foizga oshirilishi shu boradagi sa’y-harakatlarimiz natijasidir....

... Ishonchim komil, siz, muhtaram pedagoglar, professor-o‘qituvchilarimiz ta’lim sohasidagi islohotlarimizda yanada faol ishtirok etib, “Yangi O‘zbekiston – ma’rifiy jamiyat” degan olijanob g‘oyamizni amalga oshirishga munosib hissa qo‘shasiz.


🔝 Tabrikning to'liq matni: https://president.uz/oz/lists/view/7585

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Prezident yurtimizdagi barcha ota-onalar, ustoz va murabbiylarga murojaat qildi:

“Bizning dunyodagi eng aziz va moʻtabar xazinamiz – bu umrimiz guli va mevasi bo‘lgan farzand va nabiralarimizdir.

Hech shubhasiz, barchamiz ularning kelajakda baxtli va saodatli insonlar bo‘lib yashashini istaymiz. Lekin bunga erishish oson emas.

Ayniqsa, bugungi tahlikali davrda ezgu maqsadlarga yetish uchun insonga hushyorlik va ogohlik, qat’iy iroda, yuksak bilim va keng dunyoqarash, zamonaviy kasb-hunarlar har qachongidan ham zarur.

Ta’lim va tarbiya – butun jamiyatning muqaddas ishidir! Barchamizdan doimo hamjihatlik, faollik va fidoyilikni talab etadigan hayot-mamot masalasidir.

Ezgulik, bilim va ma’rifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yo‘lini to‘saylik!

Farzandlarimizning baxti, yorug‘ kelajagi uchun, jonajon Vatanimiz istiqboli uchun mustahkam poydevor yarataylik!”


Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

O‘qituvchi mehnati qanchalik og‘ir va mashaqqatli ekanini yaxshi bilaman — Prezident

“Yangilangan Konstitutsiyamizda dunyodagi moʻtabar shaxs – o‘qituvchi maqomini alohida mustahkamlash, bu kasbni jamiyatdagi eng obro‘li ishga aylantirish mening necha yillik orzuim, kerak bo‘lsa, armonim edi.

Chunki o‘zim ham ko‘p yillar shu sohada ishlaganman. O‘qituvchi mehnati qanchalik og‘ir va mashaqqatli ekanini yaxshi bilaman.

Afsuski, ana shunday sharafli va olijanob kasb egalariga biz yaqin o‘tmishda yetarlicha hurmat va e’tibor qarata olmadik.

Sir emas, qaysi sohaga qo‘shimcha ishchi kuchi kerak bo‘lsa, birinchi navbatda o‘qituvchi-pedagoglar jalb etiladigan bo‘lib qolgan edi.

Biz mamlakatimizda yangi islohotlarni boshlagan birinchi kunlardan e’tiboran ana shu og‘riqli masalani hal etishga – o‘qituvchilarni, bolalar va ayollarni majburiy mehnatdan xalos qilishga kirishdik.

Qat’iy iroda va intilish bilan bu noxush holatlar bugun tarixga aylandi.

Mana, bu yil “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildik. Konstitutsiyamizda belgilangan qoida endi ana shu qonun asosida ishlay boshlaydi.

Kimki o‘qituvchiga bosim o‘tkazib, uning kasb faoliyatiga daxli bo‘lmagan ishlarga, turli majlislarga jalb etmoqchi bo‘lsa, ana shu qonun asosida javobgarlikka tortiladi”,

- dedi Prezidentimiz.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Prezidentimiz tomonidan imzolangan Farmonga ko‘ra, O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhi mukofotlangan edi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimligida davlat mukofotlari bilan taqdirlangan vohalik o‘qituvchi va murabbiylarga medal va ordenlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.

Viloyat rahbari 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan vohamizning barcha o‘qituvchi va murabbiylari, ta’lim tizimi xodimlari hamda faxriylarini samimiy muborakbod etdi hamda davlat mukofotlari bilan taqdirlangan 6 nafar soha xodimlariga orden va medallarni topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Muzrabot tumanida umumiy maydoni 4 gektarni tashkil etuvchi “Usto Qurbon bozori” savdo majmuasining birinchi bosqichi foydalanishga topshirildi. Majmua hududida barcha zarur sharoitlarni o‘z ichiga olgan qurilish, oziq-ovqat, temirchilik va xo‘jalik hamda chorva mollari savdosi uchun povilonlar, mahsulotlarni saqlash omborxonalari, avtomobillar to‘xtash joylari tashkil qilingan.

Hozirda majmua haftada bir kun, juma kunlari faoliyat yuritadi hamda ko‘plab oilalarni daromadli qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish maqsad qilingan. Kelgusida majmua hududida avtomobil bozori va boshqa xizmat ko‘rsatish nuqtalarini tashkil etish hisobiga umumiy 1 000 ta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Savdo kompleksining ochilish marosimida viloyat va tuman hokimligi mutasaddilari, nuroniylar, faollar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Yangi bozorning ish boshlashi hudud aholisining turmush farovonligiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini namunali yo‘lga qo‘yish maqsadida tanlab olingan Muzrabot tumanidagi oilalarga biriktirilgan mutasaddilarning axborotlari tinglanib, yangi vazifalar belgilab olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Axborot 24 | Surxondaryo viloyatida yangi sport maydonchalari foydalanishga topshirildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Viloyat hokimi Jarqo‘rg‘on tumani Qorayontoq mahallasida bo‘lib, berilgan topshiriqlar ijrosi hamda mutasaddilarning biriktirilgan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishdi.

Xususan, avvalgi tashrifda berilgan topshiriqqa asosan og‘ir sharoitdagi oilaning daromadlarini oshirish, bandligini ta’minlash maqsadida qurib berilgan savdo do‘koni hamda yana bir oilaning turar-joylarini ta’mirlash, shuningdek, mahallada infratuzilmani yaxshilash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mutasaddilarga ishlarni izchil davom ettirish, biriktirilgan oilalar bilan manzilli ishlab, kambag‘allikdan chiqarish, turmush farovonligini ta’minlash vazifalari topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryoda saylovga hozirlik qizg‘in

Yurtimizda joriy yil 27-oktyabr kuni muhim siyosiy jaaryon, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi o‘tkaziladi. Hozirda Surxondaryo viloyatida ham mazkur muhim tadbirga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Vohamizda tashkil etilgan 865 ta saylov uchastkasi uchun aholi vakillariga qulay bo‘lgan binolar tanlab olingan bo‘lib, ularning 696 tasi umumta’lim maktablarida, 61 tasi kasb-hunar kollejlari, litsey va texnikumlarda, 27 tasi madaniyat va sport inshootlarida, 17 tasi harbiy qismlarda, 16 tasi tibbiyot va dam olish maskanlari, sanatoriylarda, 8 tasi mahalla fuqarolar yig‘inlarida, 39 tasi boshqa binolarda joylashgan.

Hozirda saylov uchastkalari to‘liq shay holatga keltirildi. Ular saylov qonunchiligida belgilangan talablar asosida jihozlanib, zarur texnika vositalari — telefon, nusxa ko‘chirish apparati, internet tarmog‘i va tegishli adabiyotlar bilan ta’minlangan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i, polkovnik Po‘lat Sativaldiyev Termiz sahrida joylashgan 1-sonli iqtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchi-yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir O‘zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir davomida yurt posbonlari tomonidan jihozlab topshirilgan Chaquruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik sinfida polkovnik Po‘lat Sativaldiev o‘quvchi yoshlarga "Jasorat" darsi o‘tdi va o‘quvchilarning savollariga javob berdi.

Shundan so‘ng, "Vatan tayanchi" otryadi a’zolariga ko‘krak nishonlari, maxsus kiyimlar hamda esdalik sovg‘alari va kitoblar to‘plami topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📢 Angor tumani aholisi diqqatiga!

📆 Bugun, 28-sentabr kuni soat 18:40dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Angor tumani to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67

📲 Telegram:
(99) 482-00-77

📎 Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

💐Yuksak mukofotlar muborak, surxondaryolik fidoyi o‘qituvchi va murabbiylar!

Prezidentimiz tomonidan imzolangan Farmonga ko‘ra, O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhi mukofotlandi. Ular orasida surxondaryoliklar ham bor.

🏅«Do‘stlik» ordeni bilan
Namazova Kizlarsara Muratovna - Jarqo‘rg‘on tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi;

🏅II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Almatov Tura Jurayevich - Qumqo‘rg‘on agrotexnologiyalar texnikumining maxsus fan o‘qituvchisi;

🏅«Sog‘lom turmush» medali bilan
Xudoymurodova Hilola Muxiddinovna - Qiziriq tumanidagi 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi;

🏅«Shuhrat» medali bilan
Boyqobilova Dilrabo Soatmurodovna - Bandixon tumanidagi 17-ixtisoslashtirilgan maktabning biologiya fani o‘qituvchisi;
Buranov Jurabek Rasulovich - Termiz tumanidagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi;
Eshto‘rayev Xo‘shboq Chorshanbiyevich - Sherobod tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani o‘qituvchisi.

👏 Davlat mukofoti sohiblari bo'lgan o‘qituvchi va murabbiylarimizni Surxondaryo viloyati hokimligi jamoasi samimiy muborakbod etadi!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🇺🇿🤝🇹🇯 Surxondaryo va Xatlon viloyatlari o‘zaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda Qumqo‘rg‘on tumanida tashkil etilishi rejalashtirilgan “Vatanparvarlar bog‘i” loyihasi taqdimoti bilan tanishib, namunaviy loyiha asosida barpo etilgan “Yoshlar va turizm” ko‘chasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2243

#Surxondaryo #oilalar #uchrashuv #taqdimot #yoshlarvaturizm

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Davlatimiz rahbari huzurida joriy yil 11-sentabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanishi belgilanib, barcha darajadagi mas’ullarga vazifalar belgilab berildi. Surxondaryo viloyatida mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reestri”dagi 23,3 mingta oila 4 700 dan ortiq mutasaddilarga biriktirildi.

Shuningdek, viloyatda nisbatan kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan Muzrabot tumani yangi tizimni amalga oshirishda namunali hudud sifatida tanlab olindi. Bugun tumanning Oriyat mahallasida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga start berildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, mutasaddilarning taqdimotlari bilan tanishdi hamda dasturni sifatli amalga oshirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, turar-joylar va yo‘llar ta’miri tadbirlari bilan tanishdi.

Dastur doirasida mahallada infatuzilmani yaxshilash, xatlov natijasida aniqlangan 80 ta oilaning turmush farovonligini oshirish, ulardagi a’zolarning 24 nafarini tadbirkorlik loyihalariga jalb qilish, 13 nafarini kasb-hunarga o‘qitish, 44 nafariga dehqonchilik uchun yer ajratish hamda 19 ta xonadonda oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy xizmatlar va moliyaviy instrumentlarni jalb qilish, 39 ta tadbirkorlik loyihalariga imtiyozli shartlarda kredit ajratish rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…
Подписаться на канал