Surxondaryoning boy turistik salohiyati Tojikistonda namoyish etildi
Surxondaryo viloyati mamlakatimizning yirik sayyohlik salohiyatiga ega qadimiy hududlaridan biri. Janubdagi vohaning o‘tmishdan saqlanib qolgan noyob tarixiy obidalari, arxeologik yodgorliklari, maftunkor tabiat manzaralari, milliy hunarmandligi sayyoramiz ahlida katta qiziqish uyg‘otib keladi.
Kuni kecha Tojikistonda o‘tkazilgan xalqaro turizm yarmarkasida Surxondaryo vohasi delegatsiyasi ham faol qatnashib, hududning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlarini o‘tkazdi.
Shuningdek, xalqaro turistik kompaniyalar bilan qator kelishuvlarga erishildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Vohamizga amaliy tashrifini davom ettirayotgan Xatlon viloyati delegatsiyasi Termiz tumanida joylashgan “Namuna Elegant Agro” MChJning issiqxona xo‘jaligi faoliyati bilan tanishishdi. Shu yerning o‘zida tumanda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
Shuningdek, hududdagi issiqxona xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar gulchilik, ko‘chatchilik hamda sabzavotchilik yo‘nalishlaridagi faoliyatlari bilan ham tanishtirishdi.
Ikki hudud tadbirkorlarini jalb qilgan holda qishloq xo‘jaligi sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📺 Siyosiy partiyalar raislarining debatlari tashkil etiladi
Mazkur tadbir 27-sentabr kuni soat 17:00da jonli efirda Zo‘r TV, Uzreport TV, RTV, Sevimli va My5 kanallarida uzatiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Xatlon viloyati delegatsiyasiga Surxondaryo viloyatining foydali qazilmalari, tog‘-kon va geologiya sanoatidagi salohiyati taqdimot qilindi. Unda ikki hudud tadbirkorlari ham ishtirok etdi.
Taqdimotda geologiya sanoatidagi investitsion salohiyati, neft va gaz, toshko‘mir, polimetall, osh tuzi konlari, gips, granit, argillit kabi qurilish materiallari, mineral suvli buloqlari haqida ma’lumotlar berildi hamda ushbu yo‘nalishlarda ishlab chiqilgan loyiha takliflari bilan ham tanishtirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Xatlon viloyati raisi Davlatali Said viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov hamrohligida “Termiz xalqaro savdo markazi” - “Airitom free zone” faoliyati bilan tanishdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
26-sentabr - Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni
Sana munosabati bilan yurtimiz xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashdek sharafli va mas’uliyatli vazifalarni ado etib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining barcha xodimlari va faxriylarini tabriklaymiz.
Ularga mustahkam sog‘liq, ishlarida muvaffaqiyatlar, oilalariga sihat-salomatlik va xotirjamlik tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Navbatdagi xushxabar: Surxondaryoning yana bir tumani paxta rejasini bajardi
Bugun angorlik mirishkorlar ham mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib, joriy yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejasini bajarishdi. Tumandagi 31 ta fermer xo‘jaliklari va “Zamin Angor klaster” paxta to‘qimachilik klasteri tomonidan 4 734 gektar maydonda g‘o‘zaning ingichka va o‘rta tolali “Termiz 202”, “Yuksalish”, “Buxoro-10” navlaridan mo‘l hosil yetishtirilib, 18 639 tonnadan ortiq paxta xirmoni bunyod etildi hamda belgilangan reja 100 foizga uddalandi.
Hozirga qadar terib olingan g‘o‘za maydonlarida o‘rtacha hosildorlik 40-41 sentnerni tashkil etmoqda. Tumanning ilg‘or fermer xo‘jaliklari “Rustam Sho‘rchi”, “Tursunboy Sho‘rchi”, “Xurshidbek Jamshidbek Madaniyat” hamda “Zamin Angor Cluster” MChJ dalalarida 43 sentnerdan ortiq hosildorlikka erishildi.
Tuman dalalarida yig‘im-terim ishlari davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Xushxabar: Uzunlik mirishkorlar paxta rejasini respublikada birinchi bo‘lib bajardi
Mamlakatimizda birinchi bo‘lib, Uzun tumani mirishkorlari joriy yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejasini bajarishdi. Tumandagi 135 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 2 475 gektar maydonda g‘o‘zaning “Sulton”, “Namangan-77” va “Ravnaq” navlaridan mo‘l hosil yetishtirilib, 9 105 tonnadan ortiq paxta xirmoni bunyod etildi. Bu belgilangan rejaning 100,1 foizini tashkil qiladi.
Hozirga qadar terib olingan g‘o‘za maydonlarida o‘rtacha hosildorlik 38-39 sentnerni tashkil etmoqda. Tumanning ilg‘or fermer xo‘jaliklari, “Jo‘rabek Safarov baraka", "Zilola Kamola omad" va "Qurbonova Xojaroy" kabi fermer xo‘jaliklari tomonidan o‘rtacha 42-46 sentner hosil yetishtirildi.
Yig‘im-terim ishlari davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida tashkilot va boshqarmalar boshliqlari hamda hududiy studiyalardan aloqador mas’ullar ishtirokida 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan hozirlik masalasi muhokama qilindi. Unda Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev ham ishtirok etdi.
Xususan, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, zaxiralarni jamg‘arish borasida olib borilayotgan ishlar sohalar va hududlar kesimida tahlil qilindi. Sektorlar rahbarlari va mutasaddilarning axborotlari tinglandi.
Har qanday ob-havo sharoitlariga tayyor turish, energotizimlarning barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va ijtimoiy soha obyektlariga muqobil yog‘ilg‘i mahsulotlarini yetkazib berish ishlarini yakunlash topshirig‘i berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga muvofiq oilalarni kambag‘allikdan chiqarish ishlarini namunali tashkil etish maqsadida tanlab olingan Muzrabot tumanida bo‘lib, mutasaddilarga biriktirilgan xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, 14-sentabr kuni o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida berilgan topshiriqlar ijrosi ko‘zdan kechirildi.
Xususan, tumanning Oriyat mahallasidagi xonadonlarga tashrif buyurgan viloyat rahbari, oilalarning mavjud muammolarini o‘rgandi hamda mas’ullarga davolanish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, moddiy yordam ajratish, bandlik kabi masalalarni hal etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.
Shundan so‘ng, tumandagi 17-, 23-, 39-, 51-sonli maktablar hamda 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari hamda ko‘mir zaxirasini saqlash ishlari bilan tanishildi. Ayrim ta’lim maskanlarida ishlar talab darajasida yo‘lga qo‘yilmaganligi tanqid qilinib, tuman mutasaddilariga kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.
Soha mas’ullari va tuman rahbarlariga bir hafta muddatda ishlarni joy-joyiga qo‘yish, kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish, isitish qozonlarining to‘liq ishlashini ta’minlash vazifalari topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Maxsus reportaj | Quyosh panellari: muqobil energiyadan samarali foydalanish
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida 632 gektar maydonda BAAning “Masdar” kompaniyasi bilan hamkorlikda barpo etilgan 457 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi faoliyati xususida.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🏗 Qurilish industriyasidagi ishlar ahvoli tahlil qilindi
So‘nggi yillarda mamlakatimizda qurilish hajmi yiliga o‘rtacha 7-8 foiz o‘sgani bilan haligacha eski norma, standart va yondashuvlar saqlanib qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
〰️〰️〰️
🗓 Qurilish va Adliya vazirliklariga bir oyda 38 ta ShNQ (shaharsozlik normalari va qoidalari)ni ro‘yxatdan o‘tkazib, amaliyotga joriy qilish, 1-martga qadar 16 qavatdan yuqori binolar, savdo kompleksi va parkinglar bo‘yicha milliy normalarni hamda yana 13 ta ShNQni ishlab chiqish topshirildi.
🏢 Yil yakunigacha 16 qavatdan yuqori binolar qurish bo‘yicha Toshkent arxitektura-qurilish universiteti qoshida alohida Konstruktorlik byurosi tashkil qilinishi belgilandi.
〰️〰️〰️
🤵 Qurilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalarida quruvchi-operatorlar shtabi tashkil qilinishi belgilandi.
🏗 Nazorat inspektorlari bodikamera bilan ta’minlanadi.
Davlat hisobidan qurilayotgan har bir obyektga toifasiga qarab kamida 2 tadan videokamera o‘rnatiladi. Ular operatorlar shtabiga ma’lumotlarni onlayn yuboradi.
🤝 Shuningdek, noqonuniy qurilishlar bo‘yicha mahalla raislari va jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.
🧑💻 Endilikda har bir qurilayotgan obyekt oldida QR kodli pasporti chiqarib qo‘yiladi, istalgan odam bu orqali hududda qanday obyekt qurilayotgani, qachon ruxsat olingani, kim qurishi, qachon ishga tushishi kabi ma’lumotlar olishi mumkin bo‘ladi.
❕Agar QR kodli pasport bo‘lmasa, qurilish noqonuniy hisoblanadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🏗 400 ga yaqin ishlab chiqaruvchi, quruvchi va loyiha tashkilotlarining ko‘pchiligi sohadagi byurokratiya va ortiqcha xarajatlar, mahsulotlar tannarxi va sifatiga e’tiroz bildirgan.
Tadbirkorlar reytingi joriy qilingandan keyin, 11 mingta quruvchi va ishlab chiqaruvchi quyi o‘rindan yuqori va o‘rta o‘ringa ko‘tarildi.
🏗 Ulardagi 90 mingta ish o‘rni “soya”dan chiqdi, o‘rtacha oylik 1,4 barobar oshdi.
Lekin, sohada “yashirin iqtisodiyot” yuqoriligicha qolayotgani qayd etildi.
〰️〰️〰️
📈 So‘nggi yetti yilda qurilish materiallari sohasiga 9 milliard dollar investitsiya kiritilib, 5 mingga yaqin yangi korxona ishga tushdi, 94 mingta doimiy ish o‘rni yaratildi.
Ishlab chiqarish 2 karra o‘sdi, yillik aylanmasi 100 milliard so‘mdan oshgan korxonalar 150 tadan ortdi. So‘nggi besh yilda qurilishlar hajmi ham 2 baravar ko‘paydi.
⚒ Shu bilan birga, 650 million dollarlik yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish hisobiga qurilishdagi import ulushini 31 foizdan 25 foizga tushirishga erishildi. Qurilish materiallari eksport bozori ham 58 taga yetdi, xorijda 20 dan ortiq savdo omborlari, 50 dan ziyod savdo do‘konlari ochildi.
Lekin, salohiyati, mahsulotiga bozorda talab yuqori bo‘lgan ushbu soha uchun bu ko‘rsatkichlar kamligi ko‘rsatib o‘tildi.
〰️〰️〰️
💡 Bazalt xomashyosi qayta ishlanib, qurilishda keng qo‘llanayotgani hisobiga yangi uy-joy va ijtimoiy obyektlarda energiya sarfi 20 foizgacha kamaygani ta’kidlandi.
◽️ Biroq qurilishda bazaltdan tashqari quyosh nurini qaytaruvchi oyna, fibro tolali panel, vermikulit aralashmasi kabi materiallarni ishlatib, energiya sarfini yana 2 baravar qisqartirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
“Kvarts” korxonasining 20 million dollarlik investitsiya hisobiga yillik 5 million kvadrat metr quyoshni qaytaruvchi indiy, alyuminiy yoki rux plyonkasi bilan qoplangan maxsus oynalar ishlab chiqarish tashabbusi ma’qullandi hamda mutsaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Kambag‘allikdan farovonlik sari dasturi: Joriy yilda 500 ming, kelgusi yilda 1 million odam kambag‘allikdan chiqariladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Kun tartibidagi asosiy masalalarga o‘tishdan oldin davlatimiz rahbari kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish masalalariga to‘xtaldi.
Prezident kuni kecha imzolagan 2 ta muhim hujjatga muvofiq, shu yilning o‘zida 500 ming, kelgusi yilda yana 1 million odamni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi boshlanmoqda.
〰️〰️〰️
Mahallabay agentligi tugatiladi
Bandlik vazirligining hozirgi ish yuritishi bilan bu marralarga erishib bo‘lmasligi qayd etildi.
Shu munosabat bilan Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlangani ma’lum qilindi.
Bu vazirlik faoliyati ham mutlaqo boshqacha bo‘lishi ko‘rsatib o‘tildi. Mahallabay agentligi tugatilib, uning barcha vazifalari hamda hokim yordamchilari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga o‘tadi.
〰️〰️〰️
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
Davlatimiz rahbari mamlakatimiz oldida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida ochilayotgan ulkan imkoniyatlarni to‘liq ishga solish zarurligini ta’kidladi.
Shu munosabat bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi va Bexzod Musayev unga rahbar etib tayinlanadi.
Agentlikka fuqarolarimizning xorijdagi yuqori daromadli mehnat bozorlariga kirishi bo‘yicha boshlangan ishlarni jadallashtirish topshirildi. Hokimlar va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz taqdiri uchun agentlik bilan tengma-teng javobgar bo‘lishi belgilandi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Turizmning turli yo‘nalishlari ichida gastronomik turizm ham sayyohlarni jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, yurtimizning har bir hududida o‘ziga xos gastronomik turizm salohiyati shakllangan. Jumladan, vohamizda ham tandir go‘sht, cho‘poncha, yumshoq go‘sht, somsa, shashlik, baliq ovqatlari kabi Surxondaryoning hududlariga xos bo‘lgan taomlar bor.
Turizmning ushbu yo‘nalishini rivojlantirish, xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun tanishtirish, jahon ommasi o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida joriy yil 20-22-sentabr kunlari Toshkent shahrida “Lazzatli O‘zbekiston” xalqaro gastronomik festivali o‘tkazildi.
Unda Surxondaryo viloyati oshpazlari, umumiy ovqatlanish shahobchalari vakillaridan iborat jamoa ham munosib ishtirok etib, “Eng zo‘r an`anaviy taom” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Ayni damda vohamizga amaliy tashrifini davom ettirayotgan Xatlon viloyati raisi Davlatali Said viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov hamrohligida Angor tumaniga tashrif buyurdi. Mehmonlar dastlab, “Top Quality Brand” MChJning terini qayta ishlash korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Ishlab chiqarish jarayonlari hamda tayyor mahsulotlar ko‘zdan kechirildi.
Shundan so‘ng, tumanning Bahor mahallasida aholi tomorqa xo‘jaliklarida meva-sabzavotlar yetishtirish tajribasi bilan tanishildi. Yerdan unumli foydalanayotgan aholining bu boradagi tajribasi mehmonlar tomonidan yuqori baholandi.
Tumanga tashrif yakunida delegatsiya a’zolari paxta yetishtirish tajribasi va paxta urug‘chiligi ko‘rgazmasi bilan tanishishdi. Tuman nuroniylari va faollari bilan suhbat qilindi. Vohaning qishloq xo‘jaligida erishayotgan yutuqlarini e’tirof etgan Davlatali Said o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va muntazam tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun vohamizga amaliy tashrif bilan kelgan Xatlon viloyati raisi Davlatali Said va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kengaytirilgan tarkibda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Xususan, muzokaralar davomida Surxondaryo va Xatlon viloyatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ikki hudud aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Rahbarlar hududlararo har tomonlama va ko‘p qirrali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanliklarini qayd etishdi.
Hududlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ysh bo‘yicha Kelishuv loyihasini hamda uni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritalarini ishlab chiqishga kelishildi.
Xatlon viloyati raisi Surxondaryo viloyati hokimini joriy yil 17-18-oktyabr kunlari o‘tkaziladigan xalqaro biznes forumga taklif qildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Ayni vaqtda vohamizga amaliy tashrifini davom ettirayotgan Xatlon viloyati raisi Davlatali Said boshchiligidagi delegatsiya “Surxondaryodonmahsulotlari” AJga tashrif buyurdi. Bu yerda mehmonlar “Asl Don - 2024” MChJning don urug‘chiligi hamda un va non mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.
Mutasaddilar keyingi yillarda don yetishtirish va qayta ishlash sohasida erishilgan natijalar hamda ishlab chiqarish quvvatlari va eksport salohiyati haqida ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng, Xatlon viloyati delegatsiyasi Al Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qilishdi va majmua bilan yaqindan tanishishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Xatlon viloyati delegatsiyasi “Termiz xalqaro savdo markazi”da tashkil etilgan "Made in Uzbekistan" mahsulotlar ko'rgazmasi bilan tanishdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyati raisi Davlatali Said boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan viloyatimizga keldi.
Delegatsiyani O‘zbekiston-Tojikiston davlatlari chegarasida joylashgan “Gulbahor” bojxona chegara postida Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosarlari, Termiz tumani hokimi va boshqa rasmiylar tantanali kutib oldi.
Shundan so‘ng, Xatlon viloyati raisi Davlatali Said viloyatimiz rahbari Ulug‘bek Qosimov hamrohdigida Markaziy Osiyodagi birinchi erkin savdo zonasi O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida, Termiz tumani hududida joylashgan “Termiz xalqaro savdo markazi” - “Airitom free zone” bilan tanishdi.
Markaz hududida barcha davlat fuqarolarining 15 kun davomida viza rasmiylashtirmasdan kirish va chiqish hamda multivalyuta bilan savdo qilish imkoniyati yaratilganligi, O‘zbekiston va Tojikiston, xususan, Surxondaryo va Xatlon viloyatlari o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini oshirishga zamin yaratishi ta’kidlandi.
Shuningdek, markazga tojikistonlik tadbirkorlarni ham jalb qilish, bu orqali nafaqat ikki mamlakat o‘rtasida, balki dunyo davlatlari bilan savdo-sotiq aloqalarini rivojlantirish masalalari qayd etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryoda “Oʻzbekiston—2030” strategiyasi ijrosi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi oʻtkazildi
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamkor tashkilotlar bilan birga “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi va 2024-yilgi Davlat dasturi ijrosi ustidan monitoring va jamoatchilik nazoratini tashkil etish, shuningdek, ularning maqsad va vazifalarini aholiga yetkazish maqsadida Surxondaryo viloyatida monitoring va jamoatchilik tadbirlarini oʻtkazmoqda.
Bugun mazkur tadbirlar doirasida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Oʻzbekiston Parlamenti aʼzolari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, qator davlat va nodavlat tashkilotlari mutasaddilari, viloyat faollari, OAV vakillari hamda “Yuksalish” harakati viloyat hududiy boʻlinmasi masʼullari ishtirok etdi.
Dastlab, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bo‘limi boshlig‘i Avazbek Xalbekov yurtdoshlarimizga “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda 2024-yil Davlat dasturining maqsadlari, ustuvor yoʻnalishlari va vazifalarining mazmun-mohiyati boʻyicha maʼlumot berib oʻtdi hamda faollar bilan ularning ijrosi muhokama qilindi. Shuningdek, “uzbekistan2030.uz” onlayn portali taqdimoti oʻtkazilib, platformadan qanday foydalanish, uning asosiy vazifa va imkoniyatlari tushuntirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Termiz shahar «INSON» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan Saodat Hamidovaning oilaviy ahvoli, yashash sharoitlari o‘rganilib, keys menejment asosida qator ijtimoiy xizmat hamda yordamlar ko‘rsatildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Sho‘rchi tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bugun Sho‘rchi tumanida ham Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, Sho‘rchi tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga to‘xtaldi.
Viloyat rahbari shu vaqtga qadar tuman hokimi vazifasida ishlab kelgan Ulug‘bek Zokirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilganligini bildirib, Ishmurzoyev Akbarali Abdujabborovich nomzodini Sho‘rchi tumani hokimi etib tayinlash taklifini bildirdi. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Akbarali Ishmurzoyev 1982-yilda Denov tumanida tug‘ilgan. 2003- va 2009-yilda Termiz davlat universtetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – transport vositalaridan foydalanish, moliya.
Faoliyati davomida ijro hokimiyati organlarida turli lavozimlarda, xususan, Uzun va Angor tumani hokimining o‘rinbosari vazifasida mehnat qilgan. Tayinlovga qadar A.Ishmurzoyev 2023-yildan buyon Denov tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Viloyat rahbari yangi hokimga tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi hamda faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Faollar hamda mutasaddilardan yangi hokim atrofida birlashib, tuman rivoji uchun samarali mehnat qilishni so‘radi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Surxondaryo viloyati hokimi Muzrabotda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish hamda ta’lim maskanlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari bilan tanishdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
😄 | Xayraton – do‘stlik va tinchlik ko‘prigiga aylandi
Ish boshlanganiga hali oylar o‘tmadi, ammo Ayritom xalqaro savdo markazi nomi va uning maqomi dunyo tadbirkorlik muhitida tez-tez tilga olina boshladi. Bu yerga nafaqat Afg‘oniston, balki, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston ishbilarmonlari kelib shart-sharoit bilan tanishdilar.
Tan olib aytish lozim, haligacha Ayritomdagi kabi xalqaro savdo markazi O‘zbekistonning boshqa bironta qo‘shni davlatlari chegara oldida tashkil etilmagan edi. Iqtidorga kelgan tolibonlar mamlakatda tinchlik va iqtisodiy o‘sish dasturini amalga oshirishga kirishdi. O‘zbekiston esa tinchliksevar, barcha davlatlar bilan ikki tomonlama o‘zaro manfaatli qo‘shnichilik va ochiqlik siyosati olib borish tarafdori.
🌐 https://youtu.be/cZfsU3l9KDw
🔝Batafsil: https://uza.uz/posts/638619
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Uy-joy sotib olish bo‘yicha kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi — Prezident
🤝 Bunda developerlar o‘zlari qurayotgan uylar sotuvini tashkil qilish bo‘yicha banklar bilan shartnoma tuzadi, bu uylarni olmoqchi bo‘lgan odamlar pulini quruvchiga emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bankka topshiradi.
🏪 Banklar esa yig‘ilgan pulni quruvchiga resurs sifatida beradi. Shunda banklar quruvchi va xaridor o‘rtasida ko‘prik bo‘lib, uy-joyni o‘z vaqtida va sifatli qurib, egasiga topshirishga kafil bo‘ladi.
🗺 Yangi tizim Samarqand shahri, Yangihayot va Sergeli tumanlarida bir yil davomida tajribadan o‘tkazilishi belgilandi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🏡 Yana bir misol – binolarning fasad qismida fibro tolali paneldan foydalanib, energiya sarfini yana 10 foizga kamaytirish mumkinligi, fibro tolali panellar narxi olovga chidamli boshqa fasad qoplamalariga nisbatan 20 foizgacha arzonligi ta’kidlandi.
📊 “Sanoat ipotekasi” asosida avtoklav gazobeton, fibrotsement panel, geotekstil, bazalt kabi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha 170 million dollarlik 7 ta loyihani ishga tushirish topshirildi.
〰️〰️〰️
🛡 Mutasaddilarga energiya sarfi yuqori bo‘lgan 34 ta korxonada 1-noyabrgacha energoauditni yakunlab, yiliga 300 million kilovatt soat elektr energiyasi iqtisod qilishni ta’minlash topshirildi.
〰️〰️〰️
📷 Qurilish materiallari uyushmasi qoshida Koreya namunasi asosida sinov laboratoriyasini tashkil qilish zarurligi qayd etildi.
Laboratoriyada energiya samarador, yuqori qo‘shilgan qiymatli issiqlik saqlovchi materiallar, sanfayans, lak-bo‘yoq, keramika, PVX mahsulotlari hamda xomashyo sifatini tekshirish yo‘lga qo‘yiladi.
🗺 Respublika bo‘yicha 135 ta qum-shag‘al uchastkalari aniqlanib, hozirgacha ulardan 40 tasi auksionga chiqarildi. Qolgan 95 ta uchastkalarni auksionga chiqarish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🗺 Qishloq xo‘jaligi vazirligi va hokimliklarga yana qo‘shimcha 50 ming gektar yer topish, ular negizida 200 ming oilani daromadli qilib, kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish topshirildi.
🌿 Sanoatlashgan “in-vitro” bog‘lar yaratish tajribasini butun respublikaga joriy etish zarurligi qayd etildi.
Bunda, “ipoteka bog‘lari” yaratilib, hosilga kirganidan keyin odamlarga 5 yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan lizingga beriladi.
Ushbu tizimda shu yilni o‘zida 14 ming, kelgusi yil 29 ming gektarda mana shunday bog‘ va tokzorlar tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.
〰️〰️〰️
🏗 Yig‘ilishda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari rivojlanishiga katta impuls beradigan sohalardan biri – qurilish ekanligi ta’kidlandi.
O‘zbekistonda yiliga 150 trillion so‘mlik qurilishlar bo‘layapti. Bu mablag‘larning uchdan birini qurilish materiallari tashkil etadi.
🏗 Sodda qilib aytganda, qurilish – minglab oddiy ishchilarni band qilishdan tortib, loyihachi, arxitektor, dizayner, muhandis-texnolog kabi yuqori maosh oladigan kreativ sanoat mutaxassislariga talabni shakllantiradigan soha.
〰️〰️〰️
🏢 Hozirgi loyihalar faqat binoni o‘zini qurish bilan cheklanmasdan, avtoturargohi, yashil hududi, maktab-bog‘chasi, sport va xizmat obyektlari qanday bo‘ladi, degan savollarni ham kompleks qamrab olishi kerakligi, bu borada hali qiladigan ishlar juda ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi.
💸 Ayniqsa, tannarx, sifat va qurilish madaniyati eng dolzarb masala bo‘lib qolayotganligi ta’kidlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun Termiz, Angor va Sherobod tumanlarida bo‘lib, turar joylar qurilishi, jumladan, “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish borasidagi ishlar bilan tanishdi.
Aholining turar joyga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, munosib turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan mazkur loyihalarda ishlar belgilangan grafik asosida tashkil etilmayotganligi tanqid qilindi. Mutasaddilarga ishlarni jadallashtirish, shaharsozlik qurilish normalariga qat’iy rioya etilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish, loyihalarning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini ta’minlash vazifalari yuklandi.
Sherobod tumanida, shuningdek, Abu Iso Muhammad At-Termiziy majmuasi hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzortirish hamda tuman hududidan o‘tuvchi 4R-103 "Sherobod sh-Surxon temir yo‘l stansiyasi" avtoyo‘lining Sherobod daryosi ustidan o‘tuvchi qismida joylashgan ko‘prikni rekonstruksiya qilish obyektida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan ham tanishildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🏠 Bugundan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar uchun arizalar qabul qilish boshlandi
🏦 Bugun, 23-sentyabr soat 09:00dan maqsadli parametrlar doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya uchun arizalar qabul qilishning ikkinchi bosqichi boshlandi.
✅ Endilikda ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritish mumkin bo‘ladi.
Arizalarni Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda topshirish mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X