Viloyatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Novosibirsk gubernatori Andrey Travnikov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Termiz tumanida joylashgan «TERMEZ CARGO CENTRE» transport-logistika markazi faoliyati bilan tanishishdi. Markaz qariyb 50 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, har biri 6 ming kv metr bo‘lgan 4 ta angarga ega umumiy 1,5 ming tonna omborni o‘z ichiga oladi.
Viloyatimiz rahbari Ulug‘bek Qosimov Novosibirsk gubernatoriga hududni tanishtirar ekan, markaz O‘zbekistondan nafaqat qo‘shni mamlakatlarga, balki, dunyoning boshqa mamlakatlariga ham mahsulotlarni xavfsiz va ishonchli yetkazishda muhim logistika obyekti sanalishini ta’kidladi.
Xususan, kelgusida hudud rahbarlari o‘zaro tovarlar eksportida ham mahsulotlarni saralash, saqlash va yetkazib berishda ushbu transport-logistika markazi imkoniyatlaridan keng foydalanish mumkinligini qayd etishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Novosibirsk gubernatori Andrey Travnikov boshchiligidagi delegatsiyani Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz xalqaro aeroptida tantanali kutib oldi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligini nishonlash arafasida davlat tomonidan olib borilayotgan gumanistik siyosatning amaliy tasdig‘i sifatida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Surxondaryo viloyatidan ham 58 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalardan ozod etilib, yashash manzillariga qaytgandi.
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov afv etilganlarni qabul qilib, ularga xalqimizga xos bag‘rikenglik fazilatini namoyon etgan Prezidentimizning ishonchini oqlab, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlarning faol ishtirokchisi bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.
Mutasaddilarga afv etilganlarni ijtimoiy moslashtirish, moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, salomatliklarini tiklash, ishga joylashtirish va shu kabi boshqa hayotiy masalalarda amaliy yordam berish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Termiz davlat universiteti olimlari samarali bo‘yoq turini yaratishdi
Avtomobil yo‘llarida harakat ishtirokchilari havfsizligini ta’minlash hamda transportlar harakatini tartibga solishda yo‘l yotiq chiziqlari muhim ahamiyatga ega. Buning uchun esa o‘z navbatida yotiq chiziqlarning ko‘rinarli holatda uzoq muddat saqlanishi zarur.
Termiz davlat universiteti olimlari tomonidan yo‘llarda yotiq chiziqlarni chizishda ishlatish uchun yangi bo‘yoq turi yaratildi. Avvalgi bo‘yoqlar xorijdan keltirilgan bo‘lib, chizilgandan keyin ikki oy muddatgacha turgan. Vohamiz olimlari yaratgan bo‘yoqlar esa xorijdan keltiriladigan bo‘yoqlardan 3 baravar arzon bo‘lib, chizilgan yotiq chiziqlar 6 oygacha saqlanib turishi bildirilmoqda.
Hozirgi kunda ushbu bo‘yoqdan sinov tariqasida Termiz davlat universiteti atrofidagi avtomobil yo‘llaridagi piyodalar yo‘lakchalarini chizishda ishlatilmoqda. Sinovlar samarali natija bersa mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda barcha yo‘llarda foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, viloyat hokimining joriy o‘quv yili boshida universitet faoliyati bilan tanishuvi chog‘ida olimlar tomonidan ushbu bo‘yoq turini yaratish jarayonlari taqdimot qilingan edi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
😄 | Termiz hayvonot bog‘ida Nil timsohlari parvarishlanmoqda
Termiz hayvonot bog‘i yana bir noyob jonivor bilan boyidi. Joriy yilning iyun oyida Toshkent hayvonot bog‘idan olib kelingan 4 bosh Nil timsohi ikki oy nazoratda parvarishlanib, tomoshabinlar uchun ko‘rgazma paviloniga chiqarildi.
Afrikaning chuchuk suvli joylarida yashaydigan Nil timsohi sayyoramizdagi 26 mamlakatda uchraydi. Ularning uzunligi 2 metr 94 santimetrdan 4 metr 40 santimetrgacha bo‘ladi. Og‘irligi 225-415 kilogramm tosh bosadi.
🔝 Batafsil: https://uza.uz/posts/636037
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun viloyat hokimligida Ulug‘bek Qosimov Xitoy Xalq Respublikasining “Hebei Tongye Metallurgical Science and Technology Co., Ltd.” kompaniyasi bosh direktori Jang Shuyeting boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda Surxondaryoda mazkur kompaniyaning O‘rta Osiyodagi shtabini hamda mahsulotini yig‘ish korxonasini tashkil etish, uzoq muddatli foyda keltiradigan katta bozor va hamkorlikda ishlaydigan sanoat korxonalari bilan tanishish masalalari muhokama qilindi, shuningdek, mavjud imtiyoz va preferensiyalar haqida axborot berildi.
Xitoyning mazkur kompaniyasi muhandislik plastmassalari, mashina va mashinalarni kuchli himoya qiladigan mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadi hamda dunyoning 10 ga yaqin davlatlari bilan hamkorlik qiladi. Uchrashuvda tomonlar sanoat loyihalarini amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan manfaatdor ekanliklarini qayd etishdi.
Uchrashuv yakunida mavjud imkoniyat va sharoitlar bilan tanishib, ishlab chiqilgan loyihalarni takomillashtirish hamda amalga oshirishning texnik va iqtisodiy tomonlarini ishlab chiqishga kelishib oldi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Boysunda gaz chiqishi so‘ndirildi va quduq germetiklandi
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi”dagi 604-sonli quduqda yuzaga kelgan vodorod sulfid gazi chiqishi bugun soat 16:50 da to‘xtatildi.
Buning uchun sizib chiqishga qarshi uskunaning qo‘shimcha blogi qurilib, o‘rnatildi hamda gaz sizib chiqishini so‘ndirish uchun quduq og‘zini tayyorlash va bog‘lash jarayoni o‘tkazildi.
Hodisa oqibatlarini rejali bartaraf etish jarayoni maxsus tashkil etilgan shtab nazorati ostida amalga oshirildi. Vaziyatni professional baholash maqsadida voqea joyiga O‘zbekiston, shuningdek, Rossiya va AQSh ekspertlarining tashrifi tashkil etildi.
Barcha zarur chora-tadbirlar Ochiq neft va gaz favvoralarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismi, O‘zbekiston Respublikasi FVV va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Ayni vaqtda o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra atmosferada zararli moddalarning ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasidan oshib ketish holatlari kuzatilmayapti.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Ekologiya 24 | Termiz hayvonot bog‘ida birinchi marotaba Buxoro bug‘usi bolaladi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
😄 | Prezident tashabbusi – amalda: Surxondaryo kambag‘allikdan holi hududga aylanadi
Prezidentimiz raisligida 11-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish ishlarini keyingi sifat bosqichiga olib chiqish masalalari muhokamasi bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini so‘zsiz ta’minlash yuzasidan Surxondaryo viloyatida aniq maqsadga yo‘naltirilgan amaliy ishlar boshlandi.
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga muvofiq aholini qo‘llab-quvvatlash choralari bo‘yicha yuklatilgan vazifalar ijrosini muhokama etdi.
🔝Batafsil: https://uza.uz/posts/635589
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Xabar berilganidek, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish ishlarini namunali tashkil etish uchun Muzrabot tumani tanlab olingan. Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu tumanda o‘tkazilgan mazkur masaladagi muhokama va onlayn qabuldan keyin, mas’ullar tomonidan biriktirilgan oilalarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Dastlab, viloyat rahbari tuman Kasb-hunar maktabida kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakati doirasida ishsiz fuqarolarni talab yuqori bo‘lgan kasblarga qisqa muddatli o‘qitish jarayonlarini tashkil etish yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdi. Shuningdek, kasb-hunar maktabining moddiy texnika bazasini yaxshilash maqsadida 5 ta yengil hamda bitta yuk tashish avtomashinasi topshirildi.
Shundan so‘ng, tumanning Oriyat mahallasida yashovchi, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”da turuvchi oilalarning xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning yashash sharoitlari hamda muammolari o‘rganildi. Viloyat rahbari oilalarga biriktirilgan mas’ullarga ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, sog‘ligini tiklash va boshqa masalalardagi muammolarini hal etish vazifalarini topshirdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Davlatimiz rahbari huzurida joriy yil 11-sentabr kuni mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanishi belgilanib, barcha darajadagi mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.
Surxondaryo viloyatida mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reestri”dagi 23,3 mingta oila 4 700 dan ortiq mutasaddilarga biriktirildi. Shuningdek, viloyatda nisbatan kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan Muzrabot tumani yangi tizimni amalga oshirishda namunali hudud sifatida tanlab olindi.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga muvofiq aholini qo‘llab-quvvatlash choralari bo‘yicha amalga oshirilayotgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi. Unda shuningdek, shahar va tumanlar studiyalari orqali hududlardagi oilalarga biriktirilgan mutasaddilar ham ishtirok etdi.
Muhokamalar yakunida barcha darajadagi rahbarlar o‘zlariga biriktirilgan oilalar bilan ishlashni asosiy vazifasi deb bilib, ishlarni tizimli va sifatli tashkil etishi lozimligi ta’kidlanib, mutasaddilarga aniq muddatlar bilan vazifalar topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
😄 | Surxondaryo qanday rivojlanadi?
Prezidentimiz 2023-yilning 16-17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida vohani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha zarur topshiriqlarni bergan edi.
Shunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya va takliflarni ishlab chiqdi.
🔝Batafsil: https://uza.uz/posts/635361
🔗Konsepsiyaning to‘liq sharhi bilan tanishish:
https://imrs.uz/files/news/ru/53628.pdf
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Termiz shahri, Termiz va Angor tumanlarida madaniyat markazlarini ta’mirlash, “Yoshlar va turizm” ko‘chalarini barpo etish ishlari bilan tanishildi.
Shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumanida mas’ullarga biriktirilgan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasining juma kuniga mo‘ljallangan tashrif yo‘nalishiga asosan Termiz shahri, Termiz va Angor tumanlarida turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar hamda xotin-qizlar yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Xususan, Termiz shahri Tuproqqo‘rg‘on mahallasida obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, Ichki ishlar bo‘linmasida Termiz shahri, Termiz va Angor tumanlari Ichki ishlar bo‘limlari boshliqlarining ayollar jinoyatchiligini jilovlash yuzasidan axborotlari tinglandi. Shu yerning o‘zida “Xo‘jaipok turizm zonasi va sihatgohi” qurilishi bo‘yicha taqdimot ham ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Termiz va Angor tumanlarida “Yoshlar va turizm ko‘cha”larini barpo etish hamda tanlab olingan madaniyat markazlarini loyihaga asosan namunali madaniyat markaziga aylantirish ishlari bilan tanishildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2215
#Surxondaryo #turizm #xotinqizlar #taqdimot #loyihalar #qurilish
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Termiz davlat universiteti rahbariyati tomonidan 1-kursga o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularga kitoblar sovg‘a qilish tadbirlari tashkil qilindi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Ayni vaqtda Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrif bilan kelgan Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov boshchiligidagi delegatsiya viloyatimiz rahbari Ulug‘bek Qosimov hamrohligida “Termiz xalqaro savdo markazi” - “Airitom free zone”ga tashrif buyurdi.
Markaziy Osiyodagi birinchi erkin savdo zonasi O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida, Termiz tumani hududida joylashgan bo‘lib, qiymati 70 mln AQSh dollarni, umumiy maydoni 36 gektarni tashkil etadi. Hududda mehmonxona, tibbiyot klinikasi, biznes maktabi, yirik savdo va xizmat ko‘rsatish markazi, restoranlar, xostel hamda yiliga 900 ming tonna yuk aylanmasi quvvatiga ega logistika markazi hamda ishlab chiqarish korxonalari joylashgan.
Tashrif davomida mehmonlar markazda Biznes maktabi, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektrotexnika va zargarlik mahsulotlari shourumlari hamda logistika markazi va boshqa bir qator obyektlar, shuningdek, zonada yaratilgan sharoitlari, imkoniyat va imtiyozlar bilan tanishishdi.
Markaz hududida barcha davlat fuqarolarining 15 kun davomida viza rasmiylashtirmasdan kirish va chiqish hamda multivalyuta bilan savdo qilish yo‘lga qo‘yilganligi kelgusida zonadagi mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda O‘zbekiston va Rossiya, xususan, Surxondaryo va Novosibirsk o‘rtasida tovar ayrboshlash hajmini oshirishga zamin yaratishi qayd etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning o‘zaro tashriflardagi taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan viloyatimizga keldi.
Martabali mehmonni Termiz xalqaro aeroportida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kutib oldi.
Tashrif 17-20-sentyabr kunlariga mo‘ljallangan bo‘lib, erkin iqtisodiy zona, logistika markazlari, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishuv, vohamizdagi tarixiy va diqqatga sazovor joylarga tashrif hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
✅ Surxondaryoda uchastka saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlandi
Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha uchastka saylov komissiyalari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi va viloyatdagi 865 ta saylov uchastkasi uchun 9 ming 451 a’zodan iborat tarkibi tasdiqlandi.
☝️ Nomzodlar xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinib, “E-saylov” tizimi orqali hududiy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.
🗂 Uchastka saylov komissiyalari a’zolarining 47 foizi xotin-qizlardir. A'zolarning 84 foizi oldingi saylovlarda ham ishtirok etib, saylov qonunchiligidan yetarli tushuncha to‘plagan tajribali a’zolar bo‘lsa, 16 foizi saylov komissiyalari faoliyatida ilk marta qatnashmoqda.
Ma’lumot uchun, bu yilgi muhim siyosiy kampaniyada viloyatdagi saylov uchastkalaridan 1 million 669 mingdan ortiq saylovchi ovoz berishi kutilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida ko‘p qavatli turar joylar qurilishi jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, qurilish sohasi mutasaddilari hamda ko‘p qavatli uy-joylar quruvchilari bilan loyihalarning borishi muhokama qilindi.
Shundan so‘ng, Termiz, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq va Bandixon tumanlaridan o‘tuvchi 4R-100 “Manguzar q.-Jarqo‘rg‘on sh.-Bandixon q.-Oltinsoy q.-Denov sh.” avtomobil yo‘lining 11-126 km qismini joriy ta’mirlash ishlarining borishi hamda Bandixon tumanida joylashgan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga qarashli “Yong‘in qutqaruv” binosi bilan tanishildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2218
#Surxondaryo #qurilish #yolqurilishi #loyihalar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
❗️Noruda materiallarni qazib olish bo'yicha moratoriy tatbiq etilgan hududlarning chegaralari belgilandi
“Noruda materiallarni qazib olishga moratoriy joriy etilgan suv havzalari hududlarining chegaralarini belgilash to'g'risida”gi Hukumat qarori (566-son, 12.09.2024 y.) qabul qilindi
✅ Qarorga ko'ra, Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o'zanlaridagi noruda materiallari qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladigan hududlar chegaralari tasdiqlandi.
🔘Bunda moratoriy tatbiq etiladigan daryolar hududlari chegaralariga daryo o'zanlari, ularning sohilbo'yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalari kiradi.
🏢 Tegishli tashkilot va hokimliklar:
➖daryolarning moratoriy tatbiq etilishi belgilangan hududlarida daryo o'zanlarini tozalash va noruda materiallarini qazib olish ishlari to'xtatilishini qat'iy nazoratga oladi;
➖daryo o'zani, sohilbo'yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida noruda materiallarini noqonuniy qazib olishning oldini olish bo'yicha nazorat tadbirlarini kuchaytiriladi hamda joriy qilingan moratoriyni buzishga oid huquqbuzarlik holatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko'rilishini ta'minlaydi.
✔️Daryolarning moratoriy tatbiq etilishi belgilangan hududlarida joylashgan qum-shag'al qazib oluvchi hamda qayta ishlovchi tadbirkorlar tog' va tog'oldi hududlarga yoki ushbu hududlarning yaqinida joylashgan kichik sanoat zonalariga ko'chirish choralari ko'riladi.
⚖️ Ko'chirilayotgan tadbirkorlarga noruda materiallarini o'z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi “E-auksion” orqali rasmiylashtirib beriladi.
📰 Ma'lumot uchun: Prezident Farmoniga muvofiq, yuqoridagi daryolar o'zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Axborot 24 | Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Termiz tumanlarida qurilayotgan «Yangi O'zbekiston» massivlari
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov to'rtta tumanda paxta yig‘im-terim jarayonlari hamda dalalarda terimchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Viloyat rahbari fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan hosil bilan tanishib, ularning xirmoniga baraka tiladi hamda ilg‘or terimchilarga sovg‘alar topshirdi.
Shuningdek, hududlarga tashrif davomida Sariosiyo tumanida joylashgan "UzAgroLider" MChJning limonchilik issiqxonasi faoliyati bilan tanishildi. Hududlarga tashrif yakunida Denov tumanidan oqib o‘tuvchi Qizilsuv daryosi bo‘yida tashkil etilayotgan saylgohda olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun kunning ikkinchi yarmida Angor tumanida “Zamin Angor klaster” MCHJning paxta dalasida terim jarayonlari bilan tanishib, ilg‘or terimchilarga sovg‘alar topshirdi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Sherobod tumanidagi "Mullo Begimqul" fermer xo‘jaligining 17 gektar maydonida sinov tariqasida yetishtirilgan, Xitoydan keltirilgan hamda ingichka va "Buxoro-10" o‘rta tolali navlarining hosili bilan tanishdi. Ahamiyatlisi ushbu maydondagi g‘o‘za tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etgan holda yetishtirilgan.
Fermer xo‘jaligi rahbari sinov tariqasida yetishtirilgan navlar, agrotexnik tadbirlar hamda tomchilatib sug‘orish texnologiyasida erishilgan natijalar haqida taqdimot qildi. Viloyat rahbari olingan natijalar muhimligini ta’kidlab, ushbu tajribaning ijobiy tomonlarini fermer xo‘jaliklariga targ‘ib qilish kerakligini qayd etdi.
Shuningdek, ilg‘or terimchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning mehnatini rag‘batlantirish maqsadida sovg‘alar topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
☁️ Paxta xomashyosi yetishtiruvchilar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi
🗒 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi.
▫️Unga ko‘ra, 2024-yil hosili yig‘im-terim davrida jahon bozoridagi paxta tolasining shakllangan fyuchers kotirovkalari bo‘yicha paxta xomashyosining boshlang‘ich fyuchers narxlari bir tonnasi uchun 6 mln 800 ming so‘m atrofida shakllanayotganligi ko‘rsatib o‘tilgan.
▫️O‘zbekiston Respublika Tovar-xom ashyo birjasida 2024-yil hosilidan birinchi nav ikkinchi sinf bir tonna paxta xomashyosining boshlang‘ich fyuchers narxi, jahon bozoridagi paxta tolasi kotirovkalaridan kelib chiqib, 7 mln 800 ming so‘m miqdorida e’lon qilingan.
🟠 Hukumat jahon bozorida paxta tolasining narxi keskin pasayishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatda paxta yetishtiruvchilar va qayta ishlovchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
✅paxta yetishtiruvchilar tomonidan birja savdolari orqali realizatsiya qilingan (elektron hisob-faktura asosida) bir tonna paxta xomashyosi uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mln so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.
✅2024-yil uchun paxta yetishtiruvchilar va qayta ishlovchilar o‘rtasida birja savdolarida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv tuziladi. Bunda paxta xomashyosining sotish narxi 6 mln 800 ming so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak.
✅2024-yil hosilidan fyuchers shartnomalaridan tashqari paxta xomashyosini birja savdolariga chiqarishda uning boshlang‘ich narxini bir tonnasi uchun 6 mln 800 ming so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorida e’lon qilish talab etiladi.
✅2024-yilda barcha hududlarda paxta terish mashinalari tomonidan terilgan har bir tonna paxta xomashyosini yig‘ib-terib olish xizmati bahosining 20 foizi, biroq 250 ming so‘mdan oshmagan qismi qoplab beriladi.
☁️ Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Jamg‘arma hamda Markaziy bankning 2024-yil hosili paxta yig‘im-terimini qisqa muddatlarda tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 452-son qaroriga asosan, sog‘lomlashtirilayotgan paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan 2024-yil hosili bo‘yicha shartnoma (fyuchers, spot va vaqtincha saqlashda) tuzgan fermer xo‘jaliklariga, shuningdek, o‘z yer maydonlarida paxta xomashyosi yetishtirgan paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklariga yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish uchun Jamg‘arma resurslari hisobidan imtiyozli kreditlar ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.
🟠Bunda imtiyozli kreditlar elektron tarozi orqali qabul qilingan paxta xomashyosi uchun - 10 oy muddatga, yillik 10 foiz stavkada (2 foiz bank marjasi) paxta qiymatining 20 foizi miqdorida 3 oylik imtiyozli davr va so‘nggi 7 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan ajratiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xalq qabulxonalari orqali viloyat rahbarining qabulini so‘ragan hamda turli masalalarda murojaat qilgan 530 nafardan ortiq fuqaroning muammolarini tinglash maqsadida navbatdagi onlayn qabulini o‘tkazdi.
Muzrabot tumani hokimligida tashkil etilgan onlayn qabulda viloyat rahbari Termiz shahri va tumanlar studiyalari orqali fuqarolarning davolanish, uy-joy olish, qurish yoki ta’mirlash uchun subsidiya ajratish, yo‘llarni ta’mirlash, ishga joylashish, o‘zini o‘zi band qilish uchun jihoz ajratish, elektr energiya va ichimlik suvi ta’minoti, kadastr, tibbiyot va ta’lim tizimidagi muammolar hamda boshqa masalalardagi murojaatlarini mas’ullar ishtirokida tingladi.
Qabul qilingan murojaatlarning yechimi yuzasidan mutasaddilarga aniq muddatlar bilan vazifalar belgilab berildi hamda fuqarolar murojaati qat’iy ijro intizomi asosida bajarilishi lozimligi ta’kidlanib, har bir murojaatning hal etilishini doimiy nazoratga olish vazifasi topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Uzunda “Bobotog‘ yoshlari festivali” o‘tkazildi
Yoshlar o‘rtasida Vatanparvarlikni targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunili o‘tkazish hamda madaniy hordiq olishlarini tashkil etish maqsadida kuni-kecha Surxondaryo viloyati Uzun tumanida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida “Bobotog‘ yoshlari festivali” tashkil etildi.
Festival doirasida yoshlar o‘rtasida turli sport va milliy o‘yinlar musobaqalari, madaniy-ma’naviy tadbirlar o‘tkazildi, shuningdek, estradamiz yulduzlari hamda vohamizning taniqli san’atkorlari ishtirokida galakonsert dasturi namoyish etildi. Xususan, estrada xonandasi Sevinch Ismoilovaning chiqishlari bobotog‘lik yoshlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Galakonsert dasturida festival doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalari, tanlov va o‘yinlar g‘oliblariga sovg‘alar tantanali topshirishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng, Termiz shahridagi markaziy ko‘chalar bo‘ylab, berilgan topshiriqlar ijrosi hamda yo‘lbo‘yi infratuzilmasini yaxshilash ishlari bilan tanishdi.
Aholi uchun qulayliklar yaratish maqsadida barpo etilgan yerosti piyodalar yo‘lagini saqlash borasidagi ishlar ham ko‘zdan kechirildi.
Shahar odamlar uchun qulay, tashrif buyuruvchilar uchun xavfsiz va xordiq olish imkonini beradigan sharoitlarga ega bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Shahar hokimi va mutasaddilarga ko‘chalar hamda yo‘llar bo‘ylab, infratuzilmalarni yaxshilash, yashil hududlarni yaratish, aholining xordiq olishi uchun sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Viloyat hokimi Jarqo‘rg‘on tumani Qorayontoq mahallasida berilgan topshiriqlar ijrosi hamda kambag‘allikni qisqartirish maqsadida hududda tanlab olingan 25 ta og‘ir turmush sharoitidagi oilalarga biriktirilgan mutasaddilar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Xususan, yangi uy-joylar qurish va mavjudlarini ta’mirlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishilib, kambag‘al oilalarning birini iqtisodiy imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida motoroller va tikuvchilik dastgohi topshirildi.
Prezidentimiz huzurida kuni-kecha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga asosan kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylangani ta’kidlanib, mas’ullarga viloyat bo‘yicha biriktirilgan har bir oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🟠 Surxondaryo viloyati bo‘yicha 81 ta davlat aktivlarini е-auksion savdo platformasida ochiq va shaffof savdolarda ishtirok etib sotib oling
🟠 Angor tumanidan 4 ta (ko'rish)
🟠 Bandixon tumanidan 3 ta (ko'rish)
🟠 Boysun tumanidan 3 ta (ko'rish)
🟠 Muzrabot tumanidan 11 ta (ko'rish)
🟠 Denov tumanidan 5 ta (ko'rish)
🟠 Jarqo‘rg‘on tumanidan 10 ta (ko'rish)
🟠 Qumqo‘rg‘on tumanidan 4 ta (ko'rish)
🟠 Qiziriq tumanidan 2 ta (ko'rish)
🟠 Sariosiyo tumanidan 9 ta (ko'rish)
🟠 Termiz tumanidan 8 ta (ko'rish)
🟠 Oltinsoy tumanidan 1 ta (ko'rish)
🟠 Uzun tumanidan 3 ta (ko'rish)
🟠 Sherobod tumanidan 6 ta (ko'rish)
🟠 Sho'rchi tumanidan 3 ta (ko'rish)
🟠 Termiz shahridan 9 ta (ko'rish)
🟠 Mazkur obyektlarni muddatli to'lov asosida bo'lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish imkoniyati mavjud.
☎️ Qo'shimcha ma'lumolatlar uchun telefon:
+99899 203 00 30
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha missiyasi rahbari Karen Deker boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda viloyatimiz rahbari keyingi yillarda Afg‘oniston bilan o‘zaro savdo, iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar sohalardagi hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotganligini qayd etdi. Jumladan, hozirda vohamizda afg‘onistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 210 dan ziyod korxona faoliyat yuritmoqda. O‘tgan 2023-yilda birgina Surxondaryoning Afg‘oniston bilan tashqi savdo aylanmasi 58 mln dollardan oshganligi ta’kidlandi.
Shuningdek, afg‘onistonlik tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida vohamizning chegara oldi hududida tashkil etilgan “Termiz xalqaro savdo markazi” haqida ma’lumotlar berildi.
Tomonlar Afg‘oniston bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilib, o‘zaro manfaatli shartlar asosida uzoq muddatli hamkorlikni davom ettirishdan mamnun ekanliklarini bildirishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X