❗️Slovakiya, Vengriya, Xorvatiya hamda Rossiyadagi ish beruvchilar 20 dan 46 yoshgacha bo‘lgan yurtdoshlarimizni quyidagi sohalarga ishga taklif etmoqda
🇸🇰SLOVAKIYA
➖ 5000 nafar avtomobil zavodida ishlovchi mutaxassisni
➖ 1000 nafar ishlab chiqarish zavodlarida ishlovchi mutaxassisni
➖ 500 nafar elektrik va payvandchini (sohada 3 yillik tajriba talab etiladi)
➖ 350 nafar fura haydovchisini
➖ 200 nafar kara haydovchisini
▪️oylik maosh – 1000 yevrodan 2400 yevrogacha
🇭🇷XORVATIYA
➖ Qurilish sohasi uchun betonshik, armaturshik, manalitchilarni
▪️oylik maosh - 1000 dollardan 2500 dollargacha
🇭🇺 VENGRIYA
➖ Avto ehtiyot qismlari ishlab chiqarish zavodi uchun mutaxassislarni
➖ Samsung zavodi omborlarida ishlovchi ishchilarni
➖ Atom elektrostansiyasi qurilishi uchun mutaxasislarni
▪️oylik maosh - 1000 dollardan 1500 dollargacha
🇷🇺 ROSSIYA
➖ 2000 nafar qurilish sohasi xodimlarini
➖ 1000 nafar ishlab chiqarish xodimlarini
▪️oylik maosh - 900 dollardan 2000 dollargacha
Yuqoridagi bo‘sh ish o‘rinlarida ishlash istagida bo'lganlardan quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish so'raladi.
🔗 ro‘yxatdan o‘tish
Eslatib o‘tamiz, ushbu loyiha mamlakatimizda litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan “Naimix” xususiy bandlik agentligi bilan hamkorlikda tayyorlangan.
☎️ Murojaat uchun telefon: 71-205-05-00
📍Manzil: Toshkent shahar Mirobod tumani Istiqbol ko‘chasi 36
🗺 Lokatsiya
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Viloyat hokimi Angor, Bandixon va Qumqo‘rg‘on tumanlarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari hamda korxonalar faoliyati bilan tanishdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
😄 | Boysunda gazdan zaharlanish holatlari bormi?
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida sodir bo‘lgan holat hamda bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan materiallarning asosliligi yuzasidan O‘zbekiston milliy axborot agentligi mas’ullarning axborotlari asosida tayyorlangan xabarni e’lon qildi.
Quyidagi havola orqali asl holat qandayligi, hozirda texnogen hodisani bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot olish mumkin.
🔝 Batafsil: https://uza.uz/posts/634597
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
💼 Tayinlov
Mamatqulov Abdulla Abdimo‘minovich - “Surxondaryo suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati direktori lavozimiga tayinlandi.
A.Mamatqulov 1985-yilda Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – mexanik-texnolog.
Mehnat faoliyati davomida Oltinsoy tumani “Xo‘jaipok” ichimlik suv bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati “Suvoqova” davlat unitar korxonasi direktori o‘rinbosari hamda Bandixon tumani hokimining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar “Surxondaryosuvqurilishinvest” davlat muassasasi direktori lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
⛽️ Termiz shahri va Termiz tumanidagi metan “zapravka”larga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi
Termiz shahri va Termiz tumanidagi AGTKShlarni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi “Termiz sanoat tarmog‘i”ga GRSdan chiqish qismida kollektorga keluvchi gaz quvurida o‘rnatilgan gaz bosimini nazorat qiluvchi qurilmada nosozlik yuzaga kelgan.
⛽️Shu sababli Termiz shahri va Termiz tumanida joylashgan metan "zapravka"larga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi. Hozirda ushbu nosozlikni bartaraf etish yuzasidan barcha choralar ko‘rilayotgan bo‘lib, nosozlik bartaraf etilgandan so’ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
🙏 Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Termiz shahri hamda Termiz va Angor tumanlarida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda hududlardan saylangan viloyat va tuman kengashi deputatlari, sektor rahbarlari hamda mutasaddilar, shuningdek, mahalla "yettiligi" a’zolari ishtirok etdi. Yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan davrida erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sohalar, tarmoqlar va yo‘nalishlar kesimida tahlil qilindi. Faoliyatida salbiy ko‘rsatkichlarni qayd etgan mas’ullarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Yil yakuniga qadar erishilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
😄 | Innovatsion paxta terish mashinasi sinovdan o‘tkazilmoqda
Angor tumanidagi “Zamin Angor klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyati paxta dalasida Xitoyda ishlab chiqarilgan "Boshiran 7419" rusumli innovatsion paxta terish mashinasini sinovdan o‘tkazish boshlandi.
Zamonaviy, yangi to‘rt qatorli terim mashinasi bir kunda o‘rtacha 50 tonna paxta hosilini terish quvvatiga ega.
➡️ Batafsil: https://uza.uz/posts/634062
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Maxsus reportaj | Yoshlar bandligi ta`minlanmoqda
Surxondaryo viloyatida yoshlar bandligini ta`minlash maqsadida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish holati hamda ularda mehnat qilayotgan yoshlar haqida.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Viloyat hokimi hududlarda paxta hosilini yig‘ib olish ishlari bilan tanishdi va mirishkorlar bilan suhbatlashdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Qo‘shimcha axborot: Gaz tarmog‘idagi ta’mirlash ishlari boshqa kunga qoldirildi
Kecha Termiz shahri va Termiz tumanida aholi iste’molchilari va avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga tabiiy gaz yetkazib beruvchi tarmoqlarda ta’mirlash ishlari olib borilishi va ta’minot vaqtincha to‘xtatilishi ma’lum qilingan edi.
Ayrim sabablarga ko‘ra ta’mirlash ishlari boshqa kunga qoldirilganligini, tabiiy gaz yetkazib berish bir maromda davom etayotganligini ma’lum qilamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
❕ Termiz shahri va Termiz tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Termiz shahri va Termiz tumani iste'molchilariga tabiiy gaz yetkazib beruvchi quvurlarda mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish hamda GTSlaridagi o‘lchov majmualari o‘lchov quvurlarida ochib tozalash va geometrik parametlarini o‘lchash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan ertaga, 10-sentyabr kuni soat 9:00 dan 17:00gacha Termiz shahri va Termiz tumanidagi aholi iste’molchilar va avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Termiz shahri, Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlarida barpo etilayotgan obyektlarga tashrif buyurdi.
Xususan, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining Surxondaryo viloyati filiali binosi, “Yangi O‘zbekiston” massivlarida turar joylar, ijtimoiy soha va tadbirkorlik obyektlari hamda maktablar uchun qo‘shimcha o‘quv binolari qurilishi bilan tanishildi.
➡️Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2212
#Surxondaryo #qurilish #turarjoylar #maktab
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Kecha xabar berganimizdek, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumani Qorayontoq mahallasida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar bilan tanishib, mutasaddilarga vazifalarni belgilab bergan edi.
Bugun viloyat rahbari Jarqo‘rg‘onga tashrif buyurib ushbu mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi. Ko‘makka muhtoj, og‘ir toifadagi oila sifatida tanlab olingan xonadonlarda mutasaddilar tomonidan olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Xonadonlar bilan tanishuv davomida viloyat rahbari iqtidorli o‘quvchining matematika fani bo‘yicha bilimlari bilan qiziqdi. Berilgan savollarga aniq va tezkor javob bergan o‘quvchiga velosiped sovg‘a qilindi.
Shundan so‘ng, Termiz davlat universiteti prorektori va mutasaddilar tomonidan kecha berilgan tavsiyalar hamda hududdagi tanlab olingan ko‘makka muhtoj oilalarni o‘rgangan holda ishlab chiqilgan taqdimotlar bilan tanishildi. Kambag‘allikni qisqartirish tadbirlariga ilmiy yondoshgan holda jahon tajribasi va mahalliy sharoitlarni inobatga olib, bu borada Surxondaryo tajribasini yaratish chora-tadbirlari belgilab olindi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, shuningdek, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tumanning Qorayontoq mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar, aholi xonadonlari bilan tanishildi. Hududda barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida tumandagi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish borasida Surxondaryo tajribasini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan taqdimotlar ko‘rib chiqildi.
🔝 Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2211
#Surxondaryo #Jarqurgon #tadbirkorlik #bandlik #taqdimot #aholixonadonlari
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Sanoat tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik sabab gaz ta’minoti to‘xtatilgan
Termiz shahri va Termiz tumanida joylashgan AGTKShlarni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi “Termiz Sanoat tarmog‘i”ning GRSdan chiqish qismidagi kollektorga keluvchi gaz quvurida o‘rnatilgan gaz bosimini nazorat qiluvchi qurilma (Regulyator)da nosozlik yuzaga kelgan.
Shu sababli ushbu hududlardagi AGTKShga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatilgan. Hozirda yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish maqsadida barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, nosozlik bartaraf etilgandan so’ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanishini va AGTKShlarga belgilangan tartibda, bir maromda tabiiy gaz yetkazib berilishini ma’lum qilamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🟠 Xushxabar: Surxondaryolik uch polvonimiz g‘oliblar qatorida
Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari doirasida Kurash va Qozoq kurashi sport turi bo’yicha musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza, jami 11 ta medalni qo‘lga kiritdi.
🤼 Jumladan, terma jamoamiz a’zolari bo'lgan surxondaryolik kurashchilar Jamshid Yo‘ldoshev 73 kg vazn toifasida va Umar Bozorov 90 kg vazn toifasida oltin medalni hamda +100 kg vazn toifasida Muhsin Hisomiddinov kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, 8-13-sentyabr kunlari o‘tkazilayotgan V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida 89 ta mamlakatdan 2 ming 800 ga yaqin sportchilar medallar uchun kurash olib borishmoqda.
👏 Sportchilarimiz erishgan natija bilan barcha vohadoshlarimizni muborakbod etamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor, Bandixon va Qumqo‘rg‘on tumanlarida amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari, korxonalar faoliyati bilan tanishdi hamda yangi korxona ochilishida ishtirok etdi.
Tashrif davomida yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari qurilishi, ulgurji savdo majmuasi faoliyatini jadallashtirish, sun’iy tola aralashmali ip kalava ishlab chiqarish loyihalarida uskunalarni o‘rnatish jarayonlari, asfalt ishlab chiqarish zavodi qurilishi bilan tanishildi hamda kichik sanoat zonasida avtomobil chexolini ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini boshladi.
Shuningdek, viloyatda “Farmasevtika” va “Elektrotexnika” yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti ko‘rib chiqilib, mutasaddilar ishtirokida muhokama qilindi.
🔝 Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2214
#Surxondaryo #investitsiya #loyihalar #KSZ #taqdimotlar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish ishlarini yangi sifat bosqichiga olib chiqish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boshlandi.
Toʻrt yil avval bu boradagi ishlar boshlanganida 7,5 million yoki 23 foiz aholining daromadi kambagʻallik chegarasiga yetmas edi.
Shu davrda aholimiz 3,7 millionga koʻpaydi, kambagʻallik chegarasi ham tegishli ravishda 1,5 karra oshirildi.
Bunga qaramasdan, 3,5 million odamni daromadli qilish hisobiga 2023-yil yakuni bilan kambagʻallikni 11 foizga pasaytirishga erishildi.
Avvalo, ijtimoiy himoya qamrovi 4,5 karra oshirilib (466 ming oiladan 2,2 millionga), oʻtgan yili bu maqsadlarga 12,3 trillion soʻm ajratildi. Pensiya va nafaqalar miqdori ham 1,5 baravar koʻpaytirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🖥🖥🖥
Axborot 24 | Surxondaryoda yiliga 25 ming tonna bazalt plitasi ishlab chiqaruvchi loyiha amalga oshirilmoqda
Termiz tumanida amalga oshirilayotgan loyihaning umumiy qiymati 26 mln dollar bo'lib, yil yakuniga qadar ishga tushirish rejelashtirilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📢 Diqqat e'lon: Ichimlik suvi tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi, tarmoqdagi mahallalarga suv maxsus texnikalarda yetkazib beriladi
🚰 Termiz shahri Tinchlik mahallasida joylashgan "Shimoliy darvoza" guruhli suv ishlab chiqarish inshootidan joylarga suv tarqatuvchi 600 mm o‘lchamdagi quvurida nosozlik yuzaga kelgan.
📍 Shu sababli ta’mirlash va nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun, 11-sentabr kuni soat 10:00 dan ertaga, 12-sentabr kuni soat 20:00ga qadar Termiz shahrining quyidagi mahallalarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
➖ Do‘stlik;
➖ Saxovat;
➖ Turon;
➖ Navro‘z;
➖ Tinchlik;
➖ Shodlik;
➖ Shifokor;
➖ Ma'rifat;
➖ "Abdurahmon Jomiy" mahallalari.
❗️Suv ta’minoti vaqtincha o‘chirilgan mahallalar aholisiga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib beriladi.
🙏 «Surxondaryo suv ta’minoti» MChJ yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Viloyat hokimi dalalarda terimchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda Xitoyda ishlab chiqarilgan "Boshiran 7419" rusumli innovatsion paxta terish mashinasining sinov jarayonlari bilan tanishdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov paxta yig‘im-terim ishlari bilan tanishish maqsadida Angor, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi va Oltinsoy tumanlariga tashrif buyurdi. Dastlab, Angor tumanida fermer xo‘jaligi dalasida Xitoydan keltirilgan yangi paxta terish mashinalarining ish jarayonlari bilan tanishildi.
Mashinaning ish faoliyati bilan tanishgan viloyat rahbari xitoylik yetkazib beruvchilar bilan suhbatlashdi. Ish samaradorligi va unumdorligi yuqori bo‘lgan ushbu terim mashinalaridan yana keltirilishi, keyingi mavsumlarda g‘o‘za qator oraliqlari terim mashinalariga moslanishi qayd etildi.
Shuningdek, boshqa hududlarda ham terim jarayonlarining borishi hamda paxta hosildorligi bilan tanishgan viloyat rahbari ilg‘or terimchilarga sovg‘alar topshirdi.
Mutasaddilarga yig‘im-terim ishlarini jadallashtirish, terimchilar uchun dalaning o‘zida sharoit yaratish hamda terim pullarini kunlik tarqatishni yo‘lga qo‘yish vazifalari topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli Termizda
Surxondaryo viloyatida otaliqqa olingan yoshlar uchun tashkilot va idoralar hamkorligida Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.
“San’at saroyi” majmuasida o‘tkazilgan konsert dasturida Termiz shahri va tumanlardan tashrif buyurgan yoshlar ishtirok etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🟠 Surxondaryo viloyatidagi 2 542 dan ortiq ko‘chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling
🟠Angor tumanidan 139 ta (ko'rish)
🟠Bandixon tumanidan 50 ta (ko'rish)
🟠Boysun tumanidan 137 ta (ko'rish)
🟠Muzrabot tumanidan 155 ta (ko'rish)
🟠Denov tumanidan 406 ta (ko'rish)
🟠Jarqo‘rg‘on tumanidan 75 ta (ko'rish)
🟠Qumqo‘rg‘on tumanidan 210 ta (ko'rish)
🟠Qiziriq tumanidan 127 ta (ko'rish)
🟠Oltinsoy tumanidan 124 ta (ko'rish)
🟠Sariosiyo tumanidan 275 ta (ko'rish)
🟠Termiz tumanidan 167 ta (ko'rish)
🟠Uzun tumanidan 229 ta (ko'rish)
🟠Sherobod tumanidan 144 ta (ko'rish)
🟠Sho‘rchi tumanidan 221 ta (ko'rish)
🟠Termiz shahridan 83 ta (ko'rish)
🟠 +99899 203 00 30 (Surxondaryo viloyat vakili)
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryoda saylov bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda
Viloyatimiz shahar va tumanlarida uchastka saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotibligiga nomzodlarning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tmoqda.
Mashg‘ulotlar hududiy trenerlar tomonidan tuman, shahar markazlaridagi saylov uchastkalari uchun mo‘ljallangan binolarda interaktiv usullarda – ma’ruza, simulyatsiya, saylov jarayonlarini modellashtirish, video-dars, videorolik, saylovga oid savol-javoblar, test shaklida o‘tkazilmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu mashg‘ulotlarda viloyat bo‘yicha mavjud 865 ta saylov uchastkasining jami 2 595 nafar saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotibligiga nomzodlar o‘qitiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📢 Diqqat, tibbiy aksiya!
🏢 Termiz tumanidagi “Airitom free zone” erkin savdo zonasida joylashgan “Akfa Medline” zamonaviy tibbiyot klinikasida fuqarolar salomatligi uchun 3 kunlik tibbiy aksiya o‘tkaziladi.
🧠 Joriy yilning 10, 11, 12-sentabr kunlari bu yerda Toshkent shahridan tashrif buyurgan xalqaro tajribaga ega yuqori malakali mutaxassislar vohadoshlarimizga bepul konsultatsiyalar berishadi.
🩺 Eng zamonaviy va innovatsion tibbiy uskunalar yordamida qo‘shimcha tekshiruvlarga 50 foiz chegirma belgilangan.
📍Manzil: Termiz xalqaro savdo markazi
🗺 Lokatsiya
☎️ Murojaat uchun tel.: +998554533003
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
😄 | Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun
Surxondaryoda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar va uning sifati haqida andakkina so‘zamollik bilan gap ochilgudek bo‘lsa, beixtiyor o‘yga tolib qolaman. Ko‘z oldimda o‘tgan yillardagi tibbiyot muassasalarining sharoiti va shifokorlarning zahmatli mehnatlari gavdalanadi.
Shu maqsadda davlat tibbiyot muassasalarida ham, xususiy sektorda ham yirik loyihalar amalga oshirilib, davlat va nodavlat tibbiyot muassasalari o‘rtasida halol raqobat shakllanmoqda. Masalan, Termiz shahrida loyiha qiymati 78,7 milliard so‘mlik “Tibbiyot klasteri” bunyod etildi. Ayni paytda atrofi obodonlashtirilib, salobatli ko‘p qavatli bino zamonaviy xorij apparatlari bilan jihozlanmoqda.
➡️Batafsil: https://uza.uz/posts/633276
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifi davomida paxta yig‘im-terim jarayonlari bilan ham tanishdi. Xususan, Jarqo‘rg‘on tumanida “Begali Adham” fermer xo‘jaligi, Qiziriq tumanida “Chori bobo” oilaviy pudrat, Sherobod tumanida “Dilshodbek Nurbek” fermer xo‘jaligi va Muzrabot tumanida “Amriddin Xidirov” fermer xo‘jaliklarining paxta dalalarida bo‘lib, terim ishlari ko‘zdan kechirildi.
Terimchilar uchun yaratilgan sharoitlar, dalalardagi hosildorlikni ko‘zdan kechirgan viloyat rahbari fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan suhbatlashib, navlarni to‘g‘ri tanlash, keyingi yildan hosilni paxta terish mashinalarida yig‘ishtirib olishga moslab g‘o‘zani yetishtirish borasida tavsiyalarini berdi. Bu orqali ham qo‘l mehnatini, ham terim muddatini qisqartirish mumkinligi qayd etildi.
Shuningdek, ilg‘or terimchilarga sovg‘alar topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Qoraqalpog‘istonda "Termiziylar kutubxonasi” ochildi
Prezidentimiz tashabbusi bilan Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatiga biriktirilgan hududda aholi turmush farovonligini yuksaltirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ijtimoiy soha ob’ektlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish ishlari olib borilmoqda.
Bu kabi xayrli ishlarning navbatdagisi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi Yoshlar markazida yangi ochilgan "Termiziylar kutubxonasi" bo‘ldi. Mazkur kutubxona Xalq deputatlari Denov tumani Kengashi deputati, tadbirkor Islom Xudoyberdiyev tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbirkor tomonidan yangi ochilgan kutubxonaga 3 mingdan ziyod tarixiy, siyosiy va badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.
Kutubxonaning ochilish marosimida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Qo‘ng‘irot tumani hokimi Bekzod Madaminov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Termiz shahrida mehmonxonalar qurilishi va "Namunali madaniyat markazi" tashkil etish loyihalari muhokama qilindi hamda hunarmandchilik ko‘rgazmasi tashkil etildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X