Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar hamda oila va xotin-qizlar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Termiz shahridagi qator qurilish obyektlarida bo‘ldi.
Xususan, Termiz shahri hududida “Yusufbek Surxon Baraka” OK tomonidan qurilayotgan 40 o‘rinli, “JAVOHIRBEK SURXON QURILISH” xususiy korxonasi tomonidan qurilayotgan 100 o‘rinli hamda “TOShKENT TERMIZ HAMKOR” MChJ tomonidan qurilayotgan 200 o‘rinli mehmonxona qurilishi hamda hunarmand xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan milliy kiyimlar, zardo‘zlik mahsulotlari va Surxoncha do‘ppilar ko‘rgazmasi bilan tanishildi.
Shuningdek, Termiz shahri va tumanlarda “Namunali madaniyat markazlari”ni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2209
#Surxondaryo #Termiz #mehmonxona #hunarmandchilik
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Ulug‘bek Qosimov: “Termizda xitoylik investorlar bilan hamkorlikda noutbuk va smartfonlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi”
Kecha Prezident huzurida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidan keyin Surxondaryo viloyati hokimi vohada elektrotexnika sanoatini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar xususida intervyu berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🤝 Qo‘shni bozorlarga texnologiya, malakali mutaxassis va butlovchi qismlar yetkazib, O‘zbekistonni mintaqaviy elektrotexnika xabiga aylantirish kerakligi ta’kidlandi.
😎 Mutasaddilarga qo‘shni bozorlarda milliy brendlarimiz ostida kamida 15 tadan yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.
〰️〰️〰️
🌀"O‘zeltexsanoat" uyushmasi yangi a’zo bo‘lganlardan 2 yil, aylanmasi 10 milliard so‘mdan kam korxonalardan esa umuman badal olinmaydi, ularning mahsulotlari “Eltex Lab” laboratoriyasida bepul sinovdan o‘tkaziladi.
✈️Elektrotexnika loyihalari uchun xorijdan 200 million dollar resurs jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.
👨💼 Umuman, bu yil 85 ta loyiha doirasida sim karta, to‘lov kartasi, keng turdagi maishiy texnika, transformator, televizor, quyosh paneli va yoritish uskunalari, elektr skuterlar uchun akkumulator, litiy batareyasi, lazer bilan kesish uskunalarini ishlab chiqarishni boshlash vazifasi qo‘yildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiyalarni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda. Unda sohada faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq tajribali tadbirkorlar ham ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari yaratilgan imkoniyatlar hisobiga so‘nggi yetti yilda sohaga 1 milliard dollar investitsiya kiritilganini ta’kidladi. Natijada 762 ta yangi korxona ishga tushgani, 45 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani, mahsulotlarimiz eksport bo‘layotgan davlatlar so‘nggi uch yilda 2 karra oshib, 62 taga yetgani qayd etildi.
〰️〰️〰️
Prezident hamma davlatlar ichki bozorining himoyasiga qattiq kirishgan sharoitda yagona yo‘limiz – sifatni ta’minlash va tannarxni tushirish orqali mahsulotimiz raqobatdoshligini oshirish ekanini ta’kidladi.
Bunga tarmoqdagi qo‘shilgan qiymat zanjirini kengaytirish orqali erishish mumkinligi bildirildi.
〰️〰️〰️
Bundan buyon elektrotexnika sohasidagi texnoparklar yondosh yo‘nalishlardagi korxonalar bilan sanoat kooperatsiyasi asosida rivojlantirilishi belgilandi.
Mutasaddilarga aniq loyihalar uchun tayyor binoni qurib, sanoat ipotekasi shartlarida tadbirkorlarga berish topshirildi. Ushbu korxonalarga elektrotexnika korxonalari kabi mol-mulk va foyda solig‘idan 50 foizgacha imtiyoz beriladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Surxondaryoda birinchi qo‘ng‘iroq chalinib, maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi hamda 1-sinf o‘quvchilari uchun “Prezident sovg‘alari” topshirildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyatidagi maktablarning barchasida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari, tashkilot, idora va boshqarmalar boshliqlari ishtirok etib, o‘quvchilarni mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi hamda “Bilimlar kuni” bilan tabrikladi.
Xususan, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanidagi 39-sonli maktabda o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etib, o‘qituvchi va murabbiylar, o‘quvchilar va ularning ota-onalarini “Bilimlar kuni” – yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan, barchani mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi shodiyonalari bilan muborakbod etdi.
Shuningdek, maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan 94 nafar 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘asi”ni tantanali topshirdi. Maktab kutubxonasi uchun kitoblar jamlanmasi berildi.
Ma’lumot uchun, 2024-2025-o‘quv yilida jami o‘quvchilar soni 548 ming nafar bo‘lib, ularning 58 700 nafari 1-sinfga qabul qilingan.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Boysunda yuzaga kelgan texnogen holatni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
Xabar berganimizdek, Boysun tumani Koʻlqamish mahallasi hududida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” koniga qarashli 604-sonli quduqda burgʻulash ishlari olib borilishi vaqtida yuzaga kelgan oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi hodisasi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha Respublika darajasidagi vazirlik va idoralar mutasaddilaridan iborat tezkor shtab tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shaxsan topshiriqlariga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Achilbay Ramatov, Favqulodda vaziyatlar vaziri general mayor Abdulla Qoʻldoshev, Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov, Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov hamda “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Bahodirjon Sidiqov hodisa joyiga yetib borishgan bo‘lib, texnogen hodisa oqibatlari va hududga ta’sirini bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar va ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida yana qo‘shimcha axborot beriladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🇺🇿 Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi” majmuasining “Alpomish” amfiteatrida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostidagi o‘tkazilgan viloyatning asosiy bayram dasturini to‘liq formatda tomosha qiling
🖼️ Video HD formatda
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning voha ahliga O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan bayram tabrigi
🔝 Tabrik matnini o'qish: https://surxondaryo.uz/2205
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
😎 Parij-2024. Guljanoy Naimova qatorasiga ikkinchi Paralimpiya finaliga chiqdi
Paralimpiadaning ikkinchi chempionligi uchun bir qadam qoldi!
Para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida +65 kg vazn toifasida yarim final jangi o‘tkazildi. Ushbu jangda hamyurtimiz Guljanoy Naimova braziliyalik Debora Menezesni 9:3 hiobida mag‘lubiyatga uchratdi va hal qiluvchi final bosqichiga yo‘llanma oldi.
Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlari chempioni Guljanoy Naimovaning oltin medal uchun kechadigan bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:48 da boshlanadi.
Vohadoshimiz finalda meksikalik Fernanda Vargas va britaniyalik Emi Trusdeyl juftligi g‘olibi bilan jang qiladi.
✊O‘zbek faxri, Surxon vohasi vakilasiga finalda omad tilaymiz. Sen barchasini uddalaysan, olg‘a Guljanoy!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 No comment | Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!
📍 Muzrabot tumanida mustaqilligimizning o‘ttiz uch yillik shodiyonalari keng nishonlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 No comment | Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!
📍 Boysun tumanida mustaqilligimizning o‘ttiz uch yillik shodiyonalari keng nishonlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Ulug‘bek Qosimov: “Prezidentimiz hammamizga halollikda, sadoqatda, Vatanparvarlikda shaxsiy namuna ko‘rsatadilar. Bizdan ham buni alohida talab qiladilar”
Kuni-kecha Prezidentimiz turli soha vakillariga Ko‘ksaroy qarorgohida davlat mukofotlarini tantanali topshirdi.
Tadbirdan so‘ng Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “O‘zbekiston 24” muxbiriga intervyu berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 No comment | Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!
📍 Denov tumanida mustaqilligimizning o‘ttiz uch yillik shodiyonalari keng nishonlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🇺🇿 Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi muborak bo‘lsin, aziz vohadoshlar!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
⚖️ Surxondaryo viloyatida 194 ta qishloq xo‘jaligi yerlarini 30 yilga ijaraga oling
📍Oltinsoy tumanidan 15 ta (ko'rish)
📍Angor tumanidan 1 ta (ko'rish)
📍Bandixon tumanidan 17 ta (ko'rish)
📍Muzrabot tumanidan 18 ta (ko'rish)
📍Jarqo'rg'on tumanidan 10 ta (ko'rish)
📍Qumqo'rg'on tumanidan 3 ta (ko'rish)
📍Qiziriq tumanidan 3 ta (ko'rish)
📍Termiz tumanidan 6 ta (ko'rish)
📍Uzun tumanidan 4 ta (ko'rish)
📍Sherobod tumanidan 117 ta (ko'rish)
☎️ +99899 203 00 30 (Surxondaryo viloyat vakili)
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti majlislar zalida topshiriqqa asosan loyiha institutlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarning texnik iqtisodiy asoslari hamda tizerlari bilan tanishdi.
Ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirishning eng samarali texnik-texnologik va tashkiliy yechimini tanlashni asoslab beruvchi loyihaoldi hujjatlar; texnik iqtisodiy asoslari yuzasidan mutasaddilar, loyiha institutlari mas’ullari tomonidan axborot berildi. Unga ko‘ra viloyat bo‘yicha jami 30 ta yangi loyihalar ishlab chiqilgan bo‘lib, umumiy qiymati qariyb 524 mln dollarni, yaratilishi mo‘ljallangan ish o‘rinlari soni 5 565 tani tashkil etadi.
Viloyat rahbari loyihalarning texnik iqtisodiy asoslari hamda tizerlarni ishlab chiqishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligini tanqid qilib, mas’ullarga investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.
Shuningdek, viloyat rahbari Angor tumanida ham bo‘lib, “Angor index” ulgurji mollar savdo kompleksida amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar hamda mavjud imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha taqdimotlar bilan ham tanishdi. Mutasaddilarga kompleksni to‘liq ishga tushirish, tadbirkorlarni jalb qilish, qurilish mollari savdosini tashkil etish, ish o‘rinlari sonini oshirish topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Keyingi uch yilda suv inshooti, magistral tarmoq va taqsimlash nuqtalariga 4 ming 150 ta suv hisoblagich o‘rnatish, 2026 yilgacha 243 ta gaz taqsimlash punktlarini yangilash vazifasi turibdi – Prezident
⚙️ Yiliga qurilayotgan 100 mingta xonadonli ko‘p qavatli uy-joy hamda 13 million kvadrat noturar binolar uchun ham kabel, transformator, isitish va sovitish tizimlari, nasos, lift, kuzatuv vositalari, elektr va gaz hisoblagichlari kerak.
🚗 Avtomobil sanoatida har yili 200 million dollardan ortiq elektrotexnika mahsuloti import bo‘layapti.
🏷 Ushbu tarmoqlarning barchasi davlatdan imtiyoz va arzon mablag‘lar olayotganiga e’tibor qaratib, Prezident mutasaddilarning “mahalliy mahsulotlar bizni talabga javob bermaydi, import qilishga majburman” degan bahonasi endilikda o‘tmasligini qayd etdi.
〰️〰️〰️
🤝 Energetikadagi xususiy sherikchilik loyihalarida mahalliy tovarlar ulushini 25 foizga, kabel-o‘tkazgichlarda esa 70 foizga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Boshqa tarmoqlarda ham shunday shartlarni kelishib olish topshirildi.
⚒ Bunda, “Uzeltexsanoat” uyushmasi, viloyat hokimlari buyurtmalarni korxonalarga joylashtiradi, tegishli tarmoqlar rahbarlari esa mahalliy korxonalarga o‘z talablarini yetkazib, ularni standartlarga moslashtirish va sertifikat olishida ko‘maklashadi.
〰️〰️〰️
🔃 Endilikda xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarga yetkazib berilgan tovarlar uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilarga qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarib berilishi belgilandi.
📱 Tarmoq korxonalariga yagona talab – sifat, tannarx va raqobat. Buning uchun ishlab chiqarishga xalqaro standartlar joriy qilinishi va sertifikat mavjud bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Surxondaryo viloyatida tibbiyot muassasalarini modernizatsiya qilish, birlamchi bo‘g‘in, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni xalqqa yanada yaqinlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar xususida
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🖥🖥🖥
Axborot 24 | «Zarchob-1A» kichik GESi foydalanishga topshirildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyatida 961 ta maktab va 463 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lib, joriy yilda investitsiya dasturi asosida 7 ta maktabda mukammal, 48 ta maktabda kapital ta’mirlash ishlari bajarildi, shuningdek, 3 ta yangi maktab qurilishi davom etmoqda.
Bundan tashqari, 11 ta yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi hamda 13 tasida kapital rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.
2024 yil 1-mavsum “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida 41 ta maktabda 40 milliard so'mga yaqin mablag‘ evaziga qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.
Umumta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash maqsadida mahalliy budjet hisobidan jami 6 milliard 517 million so‘m mablag‘ ajratilib, viloyatdagi 862 ta maktab yangi o‘quv yiliga tayyor holatga keltirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Boysun tumanida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan dastlabki bayonot
Kecha, 1-sentabr kuni soat 15:17 da Surxondaryo viloyati Boysun tumani "Ko‘lqamish" mahallasi hududida joylashgan "Mustaqillikning 25 yilligi" koniga qarashli 604-son qudug‘ida burg‘ulash ishlari olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi natijasida oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatilgan.
Hududda aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida tezkor shtab faoliyati tashkil etilib, kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, fuqarolarning tan-jarohati olishi va o‘lim holatlari qayd etilmagan.
Hududga Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, aloqador mutasaddi tashkilot va idoralar hamda boshqarmalar mas’ullari yetib borishgan bo‘lib, vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Ayni vaqtda favqulodda holat sodir bo‘lgan hududda havoning ifloslanish darajasini o‘rganish, kelib chiqqan holatlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Shu o‘rinda fuqarolarimizdan ortiqcha sarosimiga berilmasliklarini, ijtimoiy tarmoq faollaridan aholi o‘rtasida vahima uyg‘otuvchi materiallarni tarqatmasliklarini so‘raymiz.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning voha ahliga O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan bayram tabrigi
🔝 Tabrikning to'liq matni: https://surxondaryo.uz/2205
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🥈Guljanoy Naimova — Paralimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi
Parij Paralimpiadasida para taekvondo bahslarida +65 kg vazn toifasida dayanga chiqqan Guljanoy Naimova finalda britaniyalik Emi Trusdeyl bilan jangda afsuski jarohat olib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Guljanoyga sog‘lik salomatlik va jarohati tezroq tuzalishini tilaymiz. Eslatib o‘tamiz, Naimova Tokio-2020da chempionlikka erishgandi.
Erishilgan natija bilan Guljanoy Naimova hamda uning oilasi va yaqinlarini, shuningdek, vohamiz ahlini tabriklaymiz.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryoda 136 nafar shaxsga O‘zbekiston fuqaroligi berildi
Inson uchun fuqarolik pasportiga ega bo‘lish eng katta g‘urur tuyg‘usini baxsh etadi. Prezidentimizning tegishli Farmoni bilan mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida fuqaroligi bo‘lmagan, boshqa davlat fuqaroligini olmagan, yurtimizda muqim yashab kelayotgan, iltimosnomalar bilan murojaat qilgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi. Xususan, ular orasida 135 nafar surxondaryoliklar ham bor.
Bugun viloyat hokimligida tashkil etilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan voxadoshlarimizning bir guruhiga fuqarolik pasportlari – ID kartalarni tantanali topshirdi.
Viloyat rahbari tadbir ishtirokchilarini mustaqillik ayyomi bilan, O‘zbekiston fuqaroligi olganlarni fuqarolik bilan qutladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🇺🇿 Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram shodiyonasi bo‘lib o‘tmoqda.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, ko‘p millatli xalqimizni bugungi ulug‘ ayyom bilan chin qalbdan tabrikladi hamda barchaga o‘zining yuksak hurmati, ezgu tilaklarini izhor etdi.
Bayram tadbirini quyidagi havolalar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:
🌐 Telegram
🌐 YouTube
🌐 Facebook
🌐 X
Mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi barcha yurtdoshlarimizga muborak bo‘lsin!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 No comment | Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!
📍 Qiziriq tumanida mustaqilligimizning o‘ttiz uch yillik shodiyonalari keng nishonlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Axborot 24 | Termizda xalqaro savdo markazi foydalanishga topshirildi
Xalqaro erkin savdo zonasida barcha davlat fuqarolarining 15 kun davomida O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirmasdan kirish va chiqish imkoniyati yaratilgan.
Hududda “Hilton Garden Inn” mehmonxonasi, “Akfa Medline” zamonaviy tibbiyot klinikasi, “Central Asia University” biznes maktabi, yirik savdo va xizmat ko‘rsatish markazi, restoranlar, xostel hamda yiliga 900 ming tonna yuk aylanmasi quvvatiga ega logistika markazi hamda ishlab chiqarish korxonalari joylashgan.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida Surxondaryoda qator yangi obyekt va inshootlar foydalanishga topshirilmoqda. Vohaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi turmush farovonligining ortishiga xizmat qiladigan ushbu obyektlarning navbatdagi “Zarchob -1 A” kichik GESi bo‘ldi.
Bugun, «O‘zbekgidroenergo» AJ tomonidan Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida quvvati 3 MVtga teng, yiliga o‘rtacha 13,3 mln kVt`soat elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi ushbu gidro elektrostansiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda «O‘zbekgidroenergo» AJ mas’ul xodimlari, viloyat hokimligi mutasaddilari, tuman hokimi, hududiy tizim korxonalari vakillari, soha mutaxassislari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra “Zarchob 1-A” kichik GES tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi bilan 4 750 ta xonadonni ta’minlash imkoniyati mavjud.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Prezident: Mehnatkash, fidoyi yurtdoshlarimizni men o‘zimning eng yaqin qadrdonlarim, sadoqatli safdoshlarim deb bilaman!
Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillari faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlangan edi. Bugun, 30-avgust kuni Ko‘ksaroyda ushbu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev barchani avvalo Mustaqillik bayrami bilan, yig‘ilganlarni davlatimizning yuksak mukofotlari bilan tabrikladi. Mamlakatimizda erishilayotgan natijalarning asosi, sa’y-harakatlarning mohiyati haqida so‘zladi.
Tantanali tadbirda, xususan, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X