axborot_xizmati | Неотсортированное

Telegram-канал axborot_xizmati - Surxondaryo viloyati hokimligi

11159

Surxondaryo viloyati hokimining rasmiy axborot kanali Web site: http://surxondaryo.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz @surxondaryouz_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati hokimligi

No comment | “Airitom free zone” – Termizda Markaziy Osiyodagi birinchi xalqaro erkin savdo zonasi ish boshladi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 No comment | Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

📍 Angor tumanida mustaqilligimizning o‘ttiz uch yillik shodiyonalari keng nishonlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyat hokimi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Surxondaryoda keyingi yillarda qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, voha aholisining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, muhandislik kommunikatsiyalarini sifatli qurish va ta’mirlash, uy-joy kommunal xizmatlarini ko‘rsatish tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Vohamizda amalga oshirilayotgan ishlar, yangilanishlar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan e’tirof etilib, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ko‘krak nishoni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva tomonidan tantanali topshirildi.

Viloyatimiz rahbari ushbu ko‘krak nishoni va vazirlik e’tirofi Surxondaryoda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasining fidoyi va mehnatkash ishchi-xodimlarining faoliyatiga berilgan baho ekanligini ta’kidlab, sohani yanada rivojlantirish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash ishlari bundan keyin ham izchil davom ettirilishini qayd etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🇺🇿 Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz! | Termiz shahrida mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi nishonlanmoqda

Muhtasham “San’at saroyi” majmuasi “Alpomish” amfiteatrida davom etayotgan bayram shodiyonalari Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmatining Youtube.com ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi hamda “Surxondaryo” telekanalida jonli efirda namoyish etilmoqda.

Jonli efirni tomosha qilish uchun havola:
🌐 https://www.youtube.com/live/7ZZv00ErmPs?si=N9E-YFVrqmdKtGGz

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi” majmuasining “Alpomish” amfiteatrida vohalik ishlab chiqarish ilg‘orlari, fermer va tadbirkorlar, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari hamda voha mehmonlari ishtirokida viloyatning asosiy bayram shodiyonalariga bag‘ishlangan konsert dasturi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilmoqda.

Tadbirni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tabrik so‘zi bilan ochib berdi va vohamiz ahlini mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi bilan muborakbod etdi.

Tadbirda, shuningdek, Belarus Respublikasi elchisi Lenoid Marinich, Qirg‘iz Respublikasi iqtisodiyot va savdo vaziri o‘rinbosari Nazarbek Malayev, Qirg‘iz Respublikasi elchisi Muso Jamanbayev, Qozog‘iston Respublikasi Savdo va integratsiya vaziri o‘rinbosari Kairat Torebayev, Tojikiston Respublikasidan Xatlon viloyati raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Mirzozoda, Tursunzoda shahri raisi Akramzoda Parviz Akram, Shahrinav shahri raisi Valizoda Abduqodir Yusuf, Hisor shahri Raisi o‘rinbosari Nazrizoda Abdufattoh boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ham ishtirok etishmoqda.

Bayram konsert dasturi ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Viloyat hokimi oliygohlarda yangi binolarning ochilish tadbirida ishtirok etdi hamda yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining majlislar zalida Termiz shahridagi jinoyat va huquqbuzarlik sodir etgan yoshlar bilan ushrashuv o‘tkazdi.

Mutasaddi idoralar va shahar mas’ullari hamda yoshlar ishtirok etgan uchrashuvda jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va oqibatlari tahlil qilindi. Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning profilaktikasi bo‘yicha choralar ko‘rilmagani tanqid qilindi. Mutasaddilarga ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklardan hulosa qilib, kelgusidagi vazifalar belgilab berildi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz tumanida yoshlarga ajratib berilgan yer maydonlarida kooperatsiyalar tashkil etish, yoshlarning bandligini ta’minlash yuzasidan tashkil etilgan uchrashuvda ishtirok etdi. Videokonfrensaloqa orqali tashkil etilgan uchrashuvda vohamizning boshqa hududlaridagi yoshlar bilan ham muloqot qilindi.

Yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyat va sharoitlardan unumli foydalanish, ajratilgan yer maydonlarida xaridorgir mahsulotlar yetishtirishni yo‘lga qo‘yish borasida tavsiyalar berildi. Mas’ullarga yoshlarning tadbirkorlik faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash vazifalari topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Eng ulug‘ va eng aziz ayyom – mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning barcha hududlarida ijtimoiy, iqtisodiy va sanoat sohalari obyektlari, turar joylar foydalanishga topshirilmoqda. Aholi turmush farovonligiga xizmat qiladigan maskanlar ishga tushirilmoqda.

Xususan, bugun Termiz davlat universitetida bir yo‘la uch obyekt – 700 o‘rinli Talabalar turar joyi, 750 o‘rinli Ilmiy-tadqiqot markazi hamda Sport majmuasi foydalanishga topshirildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yig‘ilganlarni istiqlol ayyomi bilan qutladi hamda oliygoh professor-o‘qituvchilari va talabalarni yangi ob’ektlar ochilishi bilan tabrikladi.

Viloyat rahbari faxriy professor-o‘qituvchilar, universitet rahbariyati, nuroniylar hamda talabalar bilan foydalanishga topshirilgan binolarda yaratilgan sharoitlar hamda universitet faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Ma’lumot uchun, 700 o‘ringa mo‘ljallangan 9 qavatli talabalar turar joyining umumiy qiymati 31 mlrd so‘m bo‘lib, 50 foiz davlat subsidiyasi va 50 foiz universitet mablag‘lari hisobidan bunyod etilgan. Ilmiy-tadqiqot markazini 7 qavatli 750 o‘rinli binosining umumiy qiymati 26,6 mlrd so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, eng zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlangan, kurash hamda dzyudo sport turlariga ixtisoslashtirilgan Sport majmuasi esa 3,4 mlrd so‘mga barpo etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🇺🇿 Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan galakonsert tomoshalariga marhamat!

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan ertaga, 29-avgust kuni, soat 17:00dan boshlab Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi” majmuasi ochiq amfiteatr maydonida bayram shodiyonalariga bag‘ishlangan galakonsert dasturi namoyish etiladi.

“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan bayram konsert dasturida Poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli san’atkorlar hamda vohamizning xushovoz xonandalari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etadi.

🪐 Konsert dasturi tomoshalariga kirish bepul!

🔝 Ma’lumot uchun, “San’at saroyi” majmuasi hududidagi “Alpomish” amfiteatrida o‘tkaziladigan viloyatning asosiy bayram tadbirlari “Surxondaryo” teleradiokanalining jonli efirlarida namoyish etiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi bayram tantanalari o‘tkaziladigan tumanlar va manzillar bilan tanishing:

📍Angor tumani – tuman markaziy o‘yingohi;

📍Qiziriq tumani – tuman markaziy o‘yingohi;

📍Denov tumani – “Sharof Rashidov” ko‘chasi markaziy chorrahasi.

🔝Bayram munosabati bilan o‘tkaziladigan konsert dasturlari 19:00 dan boshlanadi.

🎉 Bayram tadbirlariga marhamat aziz vohadoshlar!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Viloyat hokimi Angor va Sherobod tumanlarida g‘alla ekish mavsumi oldidan tashkil etilgan seminarda ishtirok etdi.

Shuningdek, hududlarda eski, samarasiz bog‘lar o‘rnida zamonaviy, hosildor bog‘zorlar yaratish masalasi ham muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev hamda Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Aleksandr Farmanov Surxondaryoda Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari raislari, o‘rinbosarlari va kotiblarining malakasini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv jarayonlari bilan tanishdi.

Tinglovchilar bilan bo‘lgan muloqot davomida mazkur o‘quvlar saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish, saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan tanishtirish va mavjud talablarni to‘laqonli bajarishda muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyat hududiy saylov komissiyasi binosida yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishildi. Viloyat hududiy saylov komissiyasi a’zolari bilan suhbatda saylovga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 No comment | Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

📍 Bandixon tumanida mustaqilligimizning o‘ttiz uch yillik shodiyonalari keng nishonlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 No comment | Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

Sariosiyo tumanida mustaqilligimizning 33 yilligi shodiyonalari bo'lib o'tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Viloyat hokimi Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘onda infratuzilmani yaxshilash tadbirlari hamda maktablar qurilishi bilan tanishdi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

😄 | Davlat mukofotlari o‘z egalariga topshirildi

Surxondaryo viloyati hokimligida Prezidentimizning tegishli farmonlariga muvofiq mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayrami arafasida davlatimizning yuksak orden va medallari bilan taqdirlangan bir guruh yurtdoshlarimizga ana shu mukofotlarni topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

🔝Batafsil: https://uza.uz/posts/630511

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

😄 | O‘zbekiston – Afg‘oniston chegarasida xalqaro savdo markazi ochildi

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida O‘zbekiston – Afg‘oniston chegarasida barpo etilgan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda O‘zbekiston, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalari va boshqa rasmiylari, yirik ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar, mehnat faxriylari va yoshlar qatnashdi.

🔝 Batafsil: https://uza.uz/posts/630333

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryoda mustaqilligimizning 33 yilligi shodiyonalari keng tantana qilindi

Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi” majmuasining “Alpomish” amfiteatrida vohalik ishlab chiqarish ilg‘orlari, fermer va tadbirkorlar, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari hamda voha mehmonlari ishtirokida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostidagi bayram shodiyonalariga bag‘ishlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Xalq artisti Yulduz Usmonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Hosila Raximova, Sayyora Qoziyeva hamda estrada yulduzlari Botir Qodirov, Janob Rasul va “Bojalar” guruhi, shuningdek, shoir Shodmonqul Salom, vohamizning taniqli, xushovoz san’atkorlari, madaniyat va san’at xodimlari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdi.

Davlat va jamoat tashkilotlari, xorijiy mehmonlar, vohamiz faollari va jamoatchiligi ishtirokida bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🇺🇿 Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz! | Termiz shahrida mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi shodiyona qilinmoqda

Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi” majmuasi “Alpomish” amfiteatrida viloyatning asosiy bayram shodiyonalariga bag‘ishlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda.

Konsert dasturi Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmatining Youtube.com ijtimoiy tarmog‘idagi surxondaryo_pressa">rasmiy sahifasi hamda “Surxondaryo” telekanali jonli efirida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etilmoqda.

Jonli efirni tomosha qilish uchun:
🌐 https://www.youtube.com/live/7ZZv00ErmPs?si=N9E-YFVrqmdKtGGz

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Prezidentimizning tegishli Farmonlariga muvofiq mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayrami arafasida davlatimizning yuksak orden va medallari bilan taqdirlangan vatandoshlarimiz safida 16 nafar surxondaryolik turli soha vakillari ham bor.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimligi majlislar zalida ushbu davlat mukofotlarini o‘z egalariga topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarini Vatanimizning o‘ttiz uch yilligi bayrami bilan muborakbod etdi hamda davlatimizning yuksak mukofotlari sohiblarini orden va medallar bilan tabrikladi.

Shuningdek, tantanali tadbirda so‘zga chiqqanlar davlatimizning yuksak etibor va etirofi uchun o‘zlarining cheksiz minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

😄 | TerDUda uchta zamonaviy inshoot ishga tushdi

Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami arafasida Termiz davlat universitetida bir yo‘la uchta yangi barpo etilgan bino foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan zamonaviy Ilmiy-tadqiqot markazida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, nuroniylar ishtirok etdi.

🔝Batafsil: https://uza.uz/posts/629817

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining yangi o‘quv binosining foydalanishga topshirish tadbirida ishtirok etdi. Mazkur o‘quv binosi 1 000 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 38,6 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Viloyat rahbari o‘quv binosida yaratilgan sharoitlar, uning kelgusidagi faoliyati yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Davlatimiz rahbarining ta’limga qaratayotgan yuksak e’tibori natijasida yoshlar uchun shunday zamonaviy binolarda tahsil olish imkoniyati yaratilayotganligi, bundan samarali foydalanish lozimligi ta’kidlandi.

Yangi o‘quv binosida universitetning 6 ta yo‘nalish talabalari tahsil oladi. Ular uchun o‘quv binoda 8 ta ma’ruza, 10 ta seminar-amaliy, 28 ta laboratoriya mashg‘ulot va 1 ta robotatexnika xonalari tashkil etilgan. Shuningdek, “Ilg‘or muhandislik maktabi”, Geologiya muzeyi, Ilmiy Kengashlar zali, intelektual o‘yinlar va munozara debat klubi ham ushbu binoda joylashadi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 No comment | Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

📍 Jarqo'rg'on tumanida mustaqilligimizning o‘ttiz uch yillik shodiyonalari keng nishonlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Axborot 24 | Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 No comment | Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

📍 Oltinsoy tumanida mustaqilligimizning o‘ttiz uch yillik shodiyonalari keng nishonlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 No comment | Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

📍 Termiz tumanida mustaqilligimizning o‘ttiz uch yillik shodiyonalari keng nishonlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov 2025-yil hosili uchun g‘alla ekish mavsumi oldidan yer maydonlarini tayyorlash, urug‘, mineral o‘g‘itlar zaxirasini jamg‘arish, texnika va seyalkalarni mavsumga hozirlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish hamda mavsum oldidan tashkil etilgan seminarda ishtirok etish maqsadida Angor va Sherobod tumanlariga tashrif buyurdi.

Xususan, Angor tumani “Sh.Rashidov” hududidagi “Zamin Angor klaster” MCHJning 10 gektarlik, Sherobod tumani “V.Qodirov” hududidagi “Nazokat ASU” fermer xo‘jaligining 14 gektarlik dala maydonlarida 2025-yil hosili uchun g‘alla ekish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Viloyat rahbari olib borilayotgan ishlar yuzasidan soha mas’ullari va tuman mutasaddilarining axborotini tingladi. Shuningdek, paxta hosilini yig‘ib-terib olish mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish masalasi ham muhokama qilindi. Gʻalla ekish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish, paxta terimini samarali olib borish, ekish otryadlari hamda terimchilar uchun dalalarda zarur sharoitlarni yaratish, texnikalarning shayligini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Ma’lumot uchun, 2025-yil hosili uchun Sherobod tumanida 10 700 gektar, Angor tumanida 6 5000 gektar maydonga urug‘ qadalishi rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyatida 13 mingdan ziyod mol-mulklar e-auksion.uz savdolarida sotilmoqda

📝Davlat aktivlari ➖ 78 tа
📝Davlat mulki ijarasi ➖ 283 ta
📝Ko'chmas mulk ➖ 238 ta
📝Avtotransport ➖ 104 ta
📝Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ➖ 3120 ta
📝Qishloq xo‘jaligiga yuritish uchun ➖ 184 ta
📝Yer uchastkalari 5809 ta
📝Ko'chma savdo joylari ➖ 2521 ta
📝Maxsus texnika ➖ 25 ta
📝Bankrot korxona mulklari ➖ 27 ta
📝"O'zagrokimyohimoya" AJ mulklari ➖ 696 ta
📝"O'zagroservis" AJ mulklari ➖ 99 ta
📝Boshqa mulklar13 ta

☎️: 99 203 00 30 (Surxondaryo viloyat vakili)

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📈 Surxondaryoda 6 oyda 15,4 ming tonna uzum yetishtirildi

🍇 2024-yil yanvar-iyun oylari davomida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 15,4 ming tonna uzum yetishtirildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,5 foizga ko‘p.

↔️ Surxondaryo viloyati bo‘yicha uzum yetishtirish hajmi hududlar kesimida:

Denov – 5 278 tonna;
Oltinsoy – 2 374 tonna;
Angor – 1 560 tonna;
Jarqo‘rg‘on – 1 537 tonna;
Qumqo‘rg‘on – 1 268 tonna;
Muzrabot – 1 070 tonna;
Termiz – 584 tonna;
Sherobod – 468 tonna;
Uzun – 456 tonna;
Sariosiyo – 329 tonna;
Qiziriq – 156 tonna;
Bandixon – 143 tonna;
Sho‘rchi – 126 tonna;
Termiz sh – 11 tonna
Boysun – 9 tonnani tashkil qildi.

Uzum yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahliliga ko‘ra, umumiy hajmning 59,0 foizi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

😄 | Surxondaryoning boy turistik salohiyati Malayziyada namoyish etildi

Joriy yilning 23-25-avgust kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan “AITEX” Osiyo ziyorat turizmi va savdo ko‘rgazmasida mamlakatimizdan Toshkent shahri, Buxoro, Xorazm, Samarqand viloyatlari qatorida Surxondaryo vohasi delegatsiyasi ham faol qatnashib, hududning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlarini o‘tkazdi.

Surxondaryo viloyati mamlakatimizning yirik sayyohlik salohiyatiga ega qadimiy hududlaridan biri. Janubdagi vohaning o‘tmishdan saqlanib qolgan noyob tarixiy obidalari, arxeologik yodgorliklari, maftunkor tabiat manzaralari, milliy hunarmandligi sayyoramiz ahlida katta qiziqish uyg‘otib keladi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/628803

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…
Подписаться на канал