axborot_xizmati | Неотсортированное

Telegram-канал axborot_xizmati - Surxondaryo viloyati hokimligi

11159

Surxondaryo viloyati hokimining rasmiy axborot kanali Web site: http://surxondaryo.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz @surxondaryouz_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov investitsiya dasturi va “Tashabbusli budjet” loyihalarining ijrosi, infratuzilmani yaxshilash hamda ijtimoiy soha obyektlarining qurilishi bilan tanishish maqsadida Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Uyas mahallasi hududidan o‘tuvchi 4K-595 avtomobil yo‘lini asfaltlash, 9-sonli maktabning 840 o‘rinli o‘quv binosini ta’mirlash, 22-sonli maktabning 330 o‘rinli, 3-sonli maktabning 990 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binolari va yangi 330 o‘rinli maktab qurilishi hamda “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida Baxshtepa mahallasi ichki ko‘chalarini astfaltlash ishlari bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2198

#Surxondaryo #Qumqurgon #Shurchi #qurilish #maktab #asfaltlash #infratuzilma #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi

Prezident Farmoni bilan, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi. Ular orasida surxondaryoliklar ham bor.

🏅“Jasorat” medali bilan:
▪️Mo‘minov Xurshid Toshmurotovich - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

“Shuhrat” medali bilan:
▪️Qodirov Sirojiddin Nadirxanovich - Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi bo‘linma komandiri

👏 Davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rilgan vohadoshlarimizni viloyat hokimligi va jamoatchiligi nomidan samimiy qutlaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi bayram tantanalari o‘tkaziladigan tumanlar va manzillar bilan tanishing:

📍Sariosiyo tumani – 25-avgust kuni “Shaxtiyorlar” sport maydoni;

📍Termiz tumani – 25-avgust kuni "Marvarid" dam olish maskani;

📍Jarqo‘rg‘on tumani – 25-avgust kuni markaziy "Paxtakor" o‘yingohi va istirohat bog‘i;

🔝Bayram munosabati bilan o‘tkaziladigan konsert dasturlari 19:00 dan boshlanadi.

🎉 Bayram tadbirlariga marhamat aziz vohadoshlar!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Viloyat rahbari Boysunda tadbirkorlik korxonasi, aholi xonadonlari hamda hunarmandchilik markazi faoliyati bilan tanishdi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi

Prezident Farmoni bilan, mamlakatimizning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, barcha soha va tarmoqlarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun davlat xizmatchilari, tadbirkorlar va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlari hamda fuqarolardan bir guruhi mukofotlandi. Ular orasida surxondaryoliklar ham bor.

🏅«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi» faxriy unvoni bilan:
▫️Choriyeva Jumaxol Qurbonovna - Bandixon tumanidagi «Bandixon agropilla» mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi

🏅 «Mehnat shuhrati» ordeni bilan:
▫️Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich - Surxondaryo viloyati hokimi

▫️Turdiyev Abdisodiq Payg‘amovich - Sherobod tumanidagi «Oazis» xususiy korxonasi rahbari

🏅«Do‘stlik» ordeni bilan:
▫️Normurodov Toxir Omonturdiyevich - Boysun tumanidagi «O‘rmonchi» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

▫️Fazilova Svetlana Antonovna - Sariosiyo tumanidagi «Chosh» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli

🏅 II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan:
▫️Xudoynazarova Gulchexra Tog‘ayevna - Termiz tumani «Yangihayot» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi

«Shuhrat» medali bilan (100 yoshdan oshganlar):
▫️Ochildiyev Tillo - Qiziriq tumani

🏅«Shuhrat» medali bilan:
▫️Berdiyev Sodiq Xo‘jamqulovich - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Termiz elektr ta’minoti korxonasi elektr mexanigi

▫️Tagayev Mirkomil Xasanovich - Jarqo‘rg‘on tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi

👏 Davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rilgan vohadoshlarimizni viloyat hokimligi jamoasi va voha jamoatchiligi nomidan samimiy qutlaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

💐 Ijtimoiy sohalarda faoliyat yuritayotgan bir guruh vatandoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Prezidentimiz Farmoni bilan, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi. Ular orasida surxondaryoliklar ham bor.

«O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi» faxriy unvoni bilan:
▪️Xolboyev Xamza Davlayevich - Uzun tumani «Yangi yulduz» madaniyat markazi qoshidagi «Rayhon» ashula va raqs xalq ansambli baxshisi

🏅«Shuhrat» medali bilan:
▪️Astanakulova Ra’no Xursanovna - Surxondaryo viloyati Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi nevrologiya bo‘limi mudiri

👏 Davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rilgan vohadoshlarimizni viloyat hokimligi va jamoatchiligi nomidan samimiy qutlaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryoda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha seminarlar o‘tkazilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi boshqarma va tashkilotlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida hamda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yuzasidan seminarlar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi seminar “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali va viloyat Ekologiya boshqarmasida o‘tkazildi. Tadbirda Agentlik mas’ullari mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning samarasi xususida batafsil ma’lumot berdi.

Seminar mobaynida korrupsiyani yuzaga keltiruvchi holatlar, ularning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, korrupsiya holati natijasida yuzaga kelgan jinoyatlar oqibati, ushbu holatlar uchun belgilangan jazo va choralar to‘g‘risida ham atroflicha so‘z yuritildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri “San’at saroyi” hududida bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish, hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Shuningdek, madaniyat xodimlari bilan hududda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi bayrami tadbirlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari yuzasidan suhbatlashib, puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rish vazifasini topshirdi.

Shundan so‘ng, shaharning markaziy ko‘chalari bo‘ylab yo‘lbo‘yi yashil hududlarni parvarishlash va obodonlashtirish ishlarining borishi ko‘zdan kechirilib, mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Bugun viloyat hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyati hokimligining korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi va ochiqlikka oid ko‘rsatikichlarni yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar ijrosi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish tarmoqlarida “Korrupsiyasiz soha” loyihalarining amalga oshirilishi hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganish yakunlari, korrupsiyaga oid jinoyatchilikning holati, uning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, hududiy Kengashning 2024-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati samaradorligi hamda reyting baholash natijalari yuzasidan mutasaddilarning ma’ruza va axborotlari tinglandi.

Yakunda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar mas’ullarga ko‘rsatib o‘tilib, ularni bartaraf etish va hududiy Kengash faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar hamda chora-tadbirlar belgilab olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning bugungi hududlarga tashrifi Muzrabot tumanidan boshlandi. Viloyat rahbari tumanda paxta maydonlaridagi hosildorlik hamda uni yig‘ib olishga tayyorgarlik bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, Sherobod tumanida yetishtirilgan paxta hosili ko‘zdan kechirildi. Terim otryadlari, ularga jalb qilingan texnikalar shayligi, terimchilar uchun dalaning o‘zida sharoit yaratish ishlarini yakunlash hamda to‘liq yetilgan xo‘jaliklarga terimni boshlash topshirig‘i berildi.

Shuningdek, Sherobod tumanida yakka tartibdagi turar joylar qurilishi bilan ham tanishildi. Quruvchilarga loyihalarni sifatli olib borish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

⚖️ Surxondaryo viloyati bo‘yicha 78 ta davlat aktivlarini е-auksion savdo platformasida ochiq va shaffof savdolarda ishtirok etib sotib oling

📍 Oltinsoy tumanidan 2 ta (ko'rish)
📍 Angor tumanidan 1 ta (ko'rish)
📍 Bandixon tumanidan 2 ta (ko'rish)
📍 Boysun tumanidan 3 ta (ko'rish)
📍 Muzrabot tumanidan 12 ta (ko'rish)
📍 Denov tumanidan 5 ta (ko'rish)
📍 Jarqo‘rg‘on tumanidan 9 ta (ko'rish)
📍 Qumqo‘rg‘on tumanidan 4 ta (ko'rish)
📍 Qiziriq tumanidan 2 ta (ko'rish)
📍 Sariosiyo tumanidan 10 ta (ko'rish)
📍 Termiz tumanidan 7 ta (ko'rish)
📍 Uzun tumanidan 4 ta (ko'rish)
📍 Sherobod tumanidan 6 ta (ko'rish)
📍 Sho'rchi tumanidan 3 ta (ko'rish)
📍 Termiz shahridan 8 ta (ko'rish)

🌀Mazkur obyektlarni muddatli to'lov asosida bo'lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.

🔝+99899 203-00-30 (Surxondaryo viloyat vakili)

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

💐Yuksak mukofotlar muborak, surxondaryolik o‘g‘lonlar!

Prezidentimiz Farmoni bilan, Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida har tomonlama munosib qatnashib, Vatanimiz tarixida mislsiz natijalarga erishgani, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini oshirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari uchun bir guruh sportchi va murabbiylar mukofotlandi. Ular orasida quyidagi surxondaryoliklar ham bor:

🏅 «El-yurt hurmati» ordeni bilan
Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

🏅 «Do‘stlik» ordeni bilan
Turoboyev Muzaffarbek Toshtemir o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

👏 Davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rilgan vohamiz o‘g‘lonlarini viloyat hokimligi va jamoatchiligi nomidan samimiy qutlaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

«Surxon» «Paxtakor»ni mag‘lub etib, 5-o‘ringa ko‘tarildi

O‘zbekiston chempionatining 14-turidan o‘rin olgan qoldirilgan bahsda «Surxon» kutilmaganda «Paxtakor» ustidan g‘alaba qozondi. 

Natijada Termiz klubi ochkolarini 25 taga yetkazib, 5-pog‘onaga ko‘tarildi.

E’tiborlisi "Surxon" klubi ketma-ket uch o‘yindan buyon g‘alabaga erishmoqda.

Olg‘a Surxon o‘g‘lonlari!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi bayram tantanalari o‘tkaziladigan manzillar bilan tanishing:

📍Oltinsoy tumani – 24-avgust kuni "Yangi O‘zbekiston" madaniyat va istirohat bog‘i;

📍Bandixon tumani – 24-avgust kuni tuman markaziy o‘yingohi;

📍Sariosiyo tumani – 25-avgust kuni “Shaxtiyorlar” sport maydoni;

📍Termiz tumani – 25-avgust kuni "Marvarid" dam olish maskani;

📍Jarqo‘rg‘on tumani – 25-avgust kuni markaziy "Paxtakor" o‘yingohi va istirohat bog‘i;

📍Sho‘rchi tumani – 26-avgust kuni markaziy sport maydoni "Charog‘on" istirohat bog‘i;

📍Sherobod tumani – 26-avgust kuni “Cho‘yinchi” mahallasidagi yangi sport majmuasi;

📍Uzun tumani – 26-avgust kuni "Turon" markaziy o‘yingohi;

📍Qumqo‘rg‘on tumani – 27-avgust kuni "Yoshlar" istirohat bog‘i, "Alpomish" o‘yingohi;

📍Boysun tumani – 27-avgust kuni "Boysun bahori" majmuasi amfiteatrida;

📍Muzrabot tumani – 27-avgust kuni Sport maktabi maydoni va "Shodlik" istirohat bog‘i;

📍Angor tumani – 28-avgust kuni tuman markaziy o‘yingohi;

📍Qiziriq tumani – 28-avgust kuni tuman markaziy o‘yingohi;

📍Denov tumani – 28-avgust kuni “Sharof Rashidov” ko‘chasi markaziy chorrahasi;

📍Viloyatning asosiy bayram tadbiri - 29-avgust Termiz shahridagi San’at saroyi majmuasi "Alpomish" amfiteatri
(Termiz shahri bilan birga)

🔝Bayram munosabati bilan o‘tkaziladigan konsert dasturlari 19:00 dan boshlanadi.

🎉 Bayram tadbirlariga marhamat aziz vohadoshlar!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Turkiyaning «ND İmar İnşaat ve Ticaret A.Ş.» kompaniyasi rahbari Nadir Do‘g‘an boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida viloyat rahbari O‘zbekiston-Turkiya munosabatlariga to‘xtalib, Prezidentlarimizning tashabbus va say-harakatlari bilan hamkorlikni yanada faollashtirish maqsadida mamlakatlarimiz hududlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustahkam aloqalari yo‘lga qo‘yilganligi ta’kidladi. Shuningdek, vohamizda Turkiya bilan hamkorlikda 17 ta qo‘shma va xorijiy korxonalar faoliyat yuritayotganligi, so‘nggi 5 yil mobaynida 58,0 mln dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilganligi qayd etildi.

O‘z navbatida Turkiya kompaniyasi rahbari Surxondaryoda yangi loyihalarni amalga oshirishdan mamnun ekanligini ta’kidlab, Surxondaryo viloyatida ikki bosqichli, 2050-yilgacha 10 mln, 2070-yilgacha 20 mln aholi uchun mo‘ljallangan master-rejani taqdimot qildi. Shuningdek, Termiz shahrining master rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish, vohamizdagi xomashyo va yarimtayyor mahsulotlarni tayyor mahsulotga aylantirib, jahon bozorlariga olib chiqish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish hamda yirik ishlab chiqarish va sanoat zonalarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Yakunda taqdim etilgan loyihalarning texnik va iqtisodiy tomonlarini ishlab chiqish, tomonlarning malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda amaliy harakatlarni boshlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi bayram tantanalari o‘tkaziladigan tumanlar va manzillar bilan tanishing:

📍Sho‘rchi tumani – markaziy sport maydoni "Charog‘on" istirohat bog‘i;

📍Sherobod tumani – “Cho‘yinchi” mahallasidagi yangi sport majmuasi;

📍Uzun tumani – "Turon" markaziy o‘yingohi;

🔝Bayram munosabati bilan o‘tkaziladigan konsert dasturlari 19:00 dan boshlanadi.

🎉 Bayram tadbirlariga marhamat aziz vohadoshlar!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

❗️Mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun dam olinadi

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi:

▪️31-avgust — olti kun ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
▪️1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni;
▪️2-sentabr — ko‘chirilgan dam olish kuni;
▪️3-sentabr — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

Eslatib o‘tamiz, 1 sentabr — O‘zbekiston mustaqilligi kuni 2024-yilda yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2 sentabr, dushanba kuniga ko‘chiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Ахborot 24 | Mustaqillikning 33 yilligi arafasida Mudofaa vazirligiga qarashli Termiz harbiy gospitali foydalanishga topshirildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Boysun tumani Bog‘ibolo mahallasida yashovchi tadbirkor dehqon Muxtor Eshonqulov o‘zining faoliyati, yo‘lga qo‘ygan loyihalari hamda issiqxonachilikdagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Bular haqida Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmatiga bergan intervyusida so‘zlab berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturiga muvofiq tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar, yaratilayotgan ish o‘rinlari hamda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish maqsadida “Sayxunobod” tajribasini joriy etish ishlari bilan tanishish maqsadida Boysun tumaniga tashrif buyurdi.

Xususan, tashrif davomida “Turdi Jo‘raqul” fermer xo‘jaligining sutni qayta ishlash, “Dream’s Shahrinaz” oilaviy korxonasining hunarmandlik mahsulotlari tayyorlash va tikuvchilik fabrikasi faoliyati bilan tanishildi. Shuningdek, viloyat rahbari Bog‘ibolo mahallasida 65 yoshli tajribali dehqon Yodgor Mamatmurodovning xonadonida bo‘ldi.

🔝 Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2197

#Surxondaryo #Boysun #bandlik #tabdirkorlik #kichikbiznes #Sayxunobodtajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi bayram tantanalari o‘tkaziladigan manzillar bilan tanishing:

📍Oltinsoy tumani – 24-avgust kuni "Yangi O‘zbekiston" madaniyat va istirohat bog‘i;

📍Bandixon tumani – 24-avgust kuni tuman markaziy o‘yingohi;

📍Sariosiyo tumani – 25-avgust kuni “Shaxtiyorlar” sport maydoni;

📍Termiz tumani – 25-avgust kuni "Marvarid" dam olish maskani;

📍Jarqo‘rg‘on tumani – 25-avgust kuni markaziy "Paxtakor" o‘yingohi va istirohat bog‘i;

📍Sho‘rchi tumani – 26-avgust kuni markaziy sport maydoni "Charog‘on" istirohat bog‘i;

📍Sherobod tumani – 26-avgust kuni “Cho‘yinchi” mahallasidagi yangi sport majmuasi;

📍Uzun tumani – 26-avgust kuni "Turon" markaziy o‘yingohi;

📍Qumqo‘rg‘on tumani – 27-avgust kuni "Yoshlar" istirohat bog‘i, "Alpomish" o‘yingohi;

📍Boysun tumani – 27-avgust kuni "Boysun bahori" majmuasi amfiteatrida;

📍Muzrabot tumani – 27-avgust kuni Sport maktabi maydoni va "Shodlik" istirohat bog‘i;

📍Angor tumani – 28-avgust kuni tuman markaziy o‘yingohi;

📍Qiziriq tumani – 28-avgust kuni tuman markaziy o‘yingohi;

📍Denov tumani – 28-avgust kuni “Sharof Rashidov” ko‘chasi markaziy chorrahasi;

📍Viloyatning asosiy bayram tadbiri - 29-avgust Termiz shahridagi San’at saroyi majmuasi "Alpomish" amfiteatri
(Termiz shahri bilan birga)

🔝Bayram munosabati bilan o‘tkaziladigan konsert dasturlari 19:00 dan boshlanadi.

🎉 Bayram tadbirlariga marhamat aziz vohadoshlar!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyatida “Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

Erta tongdan mahallalar hududi, ko‘cha va xiyobonlar, tashkilot, korxona va muassasalar, ko‘p qavatli uy-joylar atrofida boshlangan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘tarinki ruhda olib borilmoqda. Buyuk ajdodlarimizning xoki mangu qo‘nim topgan muqaddas qadamjolar, mahallalardagi qabristonlar tartibga keltirilib, bo‘sh turgan yerlarga gul ko‘chatlari ekilib, daraxtlarga shakl berilib, oqlanmoqda.

Viloyatda o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida aholi ham faol ishtirok etmoqda. Ishtirokchilarning ko‘pchilik qismi yoshlar, faol yigit-qizlarimizdir. Ikki kun davom etadigan hasharning birinchi kuni vohaliklar 900 gektar maydonni obodonlashtirib, hududlardan 1 000 tonnadan ortiq maishiy va qurilish chiqindilarini olib chiqishni, 100 kilometrdan ziyod ariq, lotok va zovurlarni tozalashni mo‘ljallamoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Viloyat rahbari Sherobodda turar-joylar qurilishi va paxta dalalarida terimga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

😄 | Turkiyaliklar Surxondaryoni yuksaltirishga ko‘maklashadi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Turkiyaning "ND İmar İnşaat ve Ticaret A.Ş." kompaniyasi rahbari Nadir Do‘g‘an boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Ulug‘bek Qosimov so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari yangi bosqichda rivojlanib, ikki qardosh davlatning o‘zaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanib borayotganini alohida qayd etdi.

🔝 Batafsil: https://uza.uz/posts/627752

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Prezidentlar tegishli shartnomani imzolab, O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarini ittifoqchilik darajasiga olib chiqdilar

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Sariosiyoda investitsiya loyihalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishildi hamda yoshlar masalalari bo‘yicha viloyat komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🌱 24-25-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan joriy yil 24-25-avgust kunlari “Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

🏡 Xayrli tashabbus doirasida:
➖ mahallalar;
➖ aholi yashash xonadonlari;
➖ ko‘p qavatli uy atroflari;
➖ guzar va xiyobonlar;
➖ ziyoratgoh va qabristonlar;
➖ ko‘cha va bolalar maydonchalarida keng obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib boriladi.

Barcha vohadoshlarimizni umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov investitsion loyihalar, ishlab chiqarish korxonalari va yaratilayotgan ish o‘rinlari bilan tanishish maqsadida Sariosiyo tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Xonjiza kon boyitish fabrikasi, “Maroqand Denov parranda” xususiy korxonasi, “Smart Communication” MChJning eshik va deraza romlari ishlab chiqarish, “Surxon sifat tekstil” XKning ip-kalava ishlab chiqarish korxonasi hamda “Solanuz Fresh Food” MChJ tomonidan tashkil etilgan muzlatgichli omborxona faoliyati bilan tanishildi.

Shuningdek, tashrif davomida videokonfrensaloqa orqali Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat komissiyasining yoshlar siyosati sohasida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosining 7 oylik yakunlari va yil yakuniga qadar oldinda turgan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilishi ham o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2195

#Surxondaryo #Sariosiyo #investitsiya #loyihalar #korxonalar

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov xorijiy delegatsiyalarning navbatdagi qabulida Xitoy davlatining Markaziy Osiyo Guangdon savdo palatasi direktori Li Tiantao hamda “Pover Uhuru Share Limited” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mehmonlarga O‘zbekiston-Xitoy asosatsiyasi direktori Baxtiyor Muhammadiev hamrohlik qildi.

Uchrashuvda hukumat va korxonalar o‘rtasida almashinuvlar, xususan, Guangdon ishlab chiqaruvchi korxonalarining mahsulotlari almashinuviga yordam berish hamda “yashil energiya” loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, birgalikda yangi istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanligini qayd etdi.

Muhokama qilingan masalalar, taklif qilingan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi hamda mutaxassislar ishtirokida, joy tanlash, texnik, texnologik hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishga kelishilib olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📈 “Tashabbusli budjet”ning 2024-yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi!

Ovoz berish jarayonlari 31-avgust soat 23:59ga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Siz o‘zingizga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan:

1️⃣ “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi;
2️⃣ portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
3️⃣ Telegramdagi rasmiy bot yordamida ovoz berishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…
Подписаться на канал