Aholi salomatligini asrash va patronaj tibbiy xizmatini yaxshilash borasida “Angor tajribasi” yo‘lga qo‘yilmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Angor tumanida yo‘lga qo‘yilayotgan tajriba doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda uning ahamiyati haqida ko‘rsatuv tayyorladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryoda hududiy trenerlar uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda
Termiz shahrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar saylovini o‘tkazuvchi tuman (shahar) hamda okrug saylov komissiyalari a’zolarini o‘qituvchi hududiy trenerlar uchun saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Termiz davlat universitetida uch kun davom etadigan mashg‘ulotlarda hududiy trenerlarning huquqiy savodxonligini yanada oshirish, bu yilgi saylov jarayonlaridagi yangilik va o‘zgarishlarni ularga tushuntirish ko‘zda tutilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
😄 | Paxta yig‘im-terimiga qizg‘in hozirlik ko‘rildi
Surxondaryo viloyatida paxta yig‘im-terimini boshlashga puhta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Mavsumni tez, sifatli yakunlash uchun tegishli chora-tadbirlar belgilanib, terimchilarga zarur sharoit yaratilmoqda.
Mavsum oldidan Hakim Termiziy majmuasida sektorlar va klasterlar rahbarlari, qishloq xo‘jaligi faxriylari va xodimlari, tajribali fermerlar, diniy idoralar vakillari, faollar jam bo‘lib, ob-havo injiq kelgan yilda paxtakorlarning mashaqqatli mehnati evaziga yetishtirilgan mo‘l hosilni yig‘ishtirib olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni tahlil qildi.
🔝Batafsil: https://uza.uz/posts/627231
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Termiz shahridagi muhtasham San’at saroyida uchinchi "Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi. Forum avvalida vohalik yosh tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi hamda tadbir san’at va sport maktablari o'quvchilari, kitobxon va rassom, ijodkor va san’atkor yoshlarning ijodiy chiqishlari bilan boshlandi.
Milliy forumda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, tadbirda jam bo‘lgan 700 dan ortiq muallimlar orqali vohamizdagi barcha pedagoglarni mustaqilligimizning o‘ttiz uch yillik bayrami hamda “Bilimlar kuni” bilan tabrikladi. Shuningdek, tizimda so‘nggi yillarda olib borilgan keng ko‘lamli ishlar haqida to‘xtalib, viloyatdagi 961 ta maktabda qariyb 533 ming o‘quvchiga 47 mingdan ortiq o‘qituvchi va murabbiylar ta’lim-tarbiya berib kelayotgani hamda ularning 3 547 nafari oliy toifali o‘qituvchilar ekani, bu ko‘rsatkich so‘nggi yetti yilda qariyb to‘rt barobarga oshganligini ta’kidladi.
Tadbirda ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan, ta’lim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan, faol, tashabbuskor va izlanuvchan, munosib natijalarga erishayotgan 15 nafar pedagoglar, muallim va murabbiylarimiz viloyat hokimining faxriy yorliq va sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida sohada ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan faxriy ustozlar so‘zga chiqib, ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor xususida, pedagog kasbining jamiyat, kelajak avlod oldidagi mas’uliyati haqida so‘z yuritdi.
Viloyatning taniqli san’atkorlari ishtirokidagi konsert dasturi tadbir ishtirokchilariga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Paxta yig‘im-terim mavsumi oldidan ehson tadbiri o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati klaster va fermer xo‘jaliklari yetishtirilgan paxta hosilini yig‘ib-terib olish mavsumini boshlash arafasida turishibdi. Bugun mavsum oldidan Al Hakim At-Termiziy majmuasida ehson tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, sektor rahbarlari, tumanlar hokimlari, qishloq xo‘jaligi sohasi faxriylari va xodimlari, diniy soha vakillari, nuroniylar hamda faollar ishtirok etishdi.
Milliy boyligimiz bo‘lgan paxta hosilini nes-nobud qilmasdan, qisqa muddatlarda yig‘ib-terib olish, mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish, bunda barcha kuch va vositalarni safarbar qilish lozimligi ta’kidlandi.
Tadbir so‘ngida qur’on tilovat qilinib, yurt tinchligi, hosillar mo‘l-ko‘lchiligi, boshlanayotgan mavsumni xayrli o‘tishini so‘rab duoga qo‘l ochildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati bo‘yicha 1 618 ta "Yoshlarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari"ni e-auksion.uz orqali 30 yilga ijaraga oling!
📍Angor tumanidan 153 ta (ko'rish);
📍Bandixon tumanidan 231 ta (ko'rish);
📍Muzrabot tumanidan 105 ta (ko'rish);
📍Denov tumanidan 50 ta (ko'rish);
📍Jarqo'rg'on tumanidan 3 ta (ko'rish);
📍Qumqo'rg'on tumanidan 77 ta (ko'rish);
📍Qiziriq tumanidan 241 ta (ko'rish);
📍Sariosiyo tumanidan 90 ta (ko'rish);
📍Termiz tumanidan 203 ta (ko'rish);
📍Oltinsoy tumanidan 79 ta (ko'rish);
📍Uzun tumanidan 35 ta (ko'rish);
📍Sherobod tumanidan 123 ta (ko'rish);
📍Sho'rchi tumanidan 228 ta (ko'rish).
Eslatma: Mazkur yer maydonlari Prezident qarori (PQ-153-son,05.04.2024 y.) asosida savdoga chiqarilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📝 Surxondaryoda 865 ta saylov uchastkasi tuzildi
Bugun Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha saylov uchastkalarini tuzish masalasi ko‘rib chiqilib, viloyatda 865 ta saylov uchastkasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
📍Shuningdek, saylov uchastkalarining tartib raqamlari, chegaralari, manzillari ko‘rsatilgan ro‘yxati ham tasdiqlandi.
Saylov uchastkalari uchun aholiga qulay bo‘lgan binolar tanlab olingan bo‘lib, ularning 696 tasi umumta’lim maktablarida, 61 tasi kasb-hunar kollejlari, litsey va texnikumlarda, 27 tasi madaniyat va sport inshootlarida, 17 tasi harbiy qismlarda, 16 tasi tibbiyot va dam olish maskanlari, sanatoriylarda, 8 tasi mahalla fuqarolar yig‘inlarida hamda 39 tasi boshqa binolarda joylashgan.
❗️Ma’lumot uchun, Saylov kodeksida uchastkalar saylovga kamida oltmish kun qolganida, qoida tariqasida, saylovchilar soni kamida yigirma nafardan va ko‘pi bilan uch ming nafardan oshmagan holda tuzilishi belgilab qo‘yilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
✅Beshinchi yo‘nalish – biznes uchun to‘siq va g‘ovlarni yanada qisqartirish
🔝 1-noyabrga qadar aholining hayoti va sog‘lig‘iga haqiqiy xavf soluvchi mezonlar reestri ishlab chiqiladi.
❗️ Prezident reestrda yo‘q mezon bo‘yicha tadbirkor faoliyatini to‘xtatgan mansabdor javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirdi.
〰️〰️〰️
Tadbirkorlarni jinoiy javobgarlikka tortishni yanada liberallashtirish muhimligi ta’kidlandi. Soliq to‘lamaganlik uchun tadbirkorga jinoyat ishi qo‘zg‘atishga asos bo‘ladigan miqdorni 2 baravargacha oshirish taklif qilindi.
📎 Prezident tadbirkorlarimiz ushbu berilayotgan yengillikni, bildirilayotgan ishonchni suiiste’mol qilmasligiga umid bildirdi.
〰️〰️〰️
Endilikda garovdagi mulkni savdoga chiqarishdan oldin uning hozirgi bozor qiymati aniqlanadigan, qaytmagan qarzdorlik garov qiymatining 15 foizidan kam bo‘lsa undiruv mulkka qaratilmaydigan tizim yaratiladi. Bank mijoziga qarzni boshqa manba hisobidan qoplashga imkon beradi.
〰️〰️〰️
💵 Ko‘chmas mulk buzilishi bo‘yicha kompensatsiya to‘lashda haligacha muammolar borligi qayd etildi.
🤝Endilikda yer savdosidan tushgan mablag‘lar avvalo buzilishlar bo‘yicha tadbirkorlardan qarzni so‘ndirishga qaratiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
❕ Yana bir masala – hozir tadbirkorlar elektron hisob-faktura va tovar-transport yuk xatini alohida 2 ta hujjat sifatida rasmiylashtirmoqda. Tadbirkor yuk xatiga 49 ta ma’lumotni majburiy kiritishi kerak.
✅Hamma sohaga raqamlashtirish kirib kelgan bir paytda, bunday amaliyotni bekor qilish vaqti kelgani ta’kidlandi. Endi bu hujjatlar yagona shaklga keltiriladi va faqat 4 ta ma’lumot kiritishni o‘zi yetarli bo‘ladi.
〰️〰️〰️
🆕 Eksportni keskin oshirish uchun yangi bozorlarga ko‘proq kirib borish kerak
🤝 Bu borada chet elda biznes qilib, katta tajriba orttirgan vatandoshlarimiz va eksportchi korxonalarni bir-biri bilan bog‘lash katta samara berishi ta’kidlandi.
🤝 Mutasaddilarga vatandoshlarimiz bilan yaqindan ishlab, ular bilan “savdo va investitsiya bo‘yicha maslahatchi” sifatida hamkorlik qilish, ularning taklif, tashabbus va loyihalariga ko‘maklashish topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Prezident tadbirkorlik uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish bo‘yicha muhim yangi tashabbuslarni ilgari surdi
✅Birinchi yo‘nalish – kichik va o‘rta biznes uchun moliyaviy resurslarni ko‘paytirish.
🏦 Endilikda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashda barcha banklar va mikromoliya tashkilotlari ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Bundan buyon bank bo‘lmagan yangi institut – faktoring tashkiloti uchun yo‘l ochiladi. Ular xorijiy valyutada ham xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi. Bu jarayonda qatnashadigan bank, mikromoliya, faktoring tashkiloti va tadbirkorlar foydalanadigan alohida elektron platforma ishga tushadi. Ya’ni, tadbirkor undan o‘ziga qulay moliyaviy mahsulotni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
〰️〰️〰️
✅Ikkinchi yo‘nalish – biznesni infratuzilma, yer va energiya bilan ta’minlash.
⚖️ Endilikda tadbirkor auksiondan yer sotib olganda unga qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblash bekor qilinadi.
📍Toshkent shahri va viloyat markazlarida sotilgan yer bo‘yicha xarid summasini uch yilgacha, qolgan hududlarda besh yilgacha, 4 va 5-toifa tumanlar uchun esa o‘n yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi. Endi tadbirkorlar darhol to‘lov qilaman desa, 20 foizgacha chegirma beriladi.
⚡️ Endi, elektr va gaz iste’moli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tarif saqlanib qoladi. Agar iste’mol 20 foizdan o‘tib ketsa, oshgan qismiga to‘lov 20 foiz qimmatlashadi.
Tadbirkorlik reytingida “yuqori”, “o‘rta” toifadagi korxonalarga elektr uchun oldindan to‘lovni bir oyda ikkiga bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
😄 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Vazirlik va idoralar hamkorlikda
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan ijodkorlar o‘rtasida Respublika ko‘rik-tanlovini e'lon qiladi.
📌Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:
✅ “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik”
✅ “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq”
✅ “Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r”
😀 Baholash natijalari bo‘yicha g‘oliblar:
📌 “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq”
✅1-o‘rin — 50 000 000 so‘m
✅2-o‘rin — 30 000 000 so‘m
✅3-o‘rin — 20 000 000 so‘m.
📌 “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik”
✅1-o‘rin — 30 000 000 so‘m
✅2-o‘rin — 20 000 000 so‘m
✅3-o‘rin — 10 000 000 so‘m.
📌“Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r”
✅1-o‘rin — 20 000 000 so‘m
✅2-o‘rin — 10 000 000 so‘m
✅3-o‘rin — 5 000 000 so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
❕Tanlovda 18 yoshdan barcha ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.
😀 Batafsil videorolikda
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🇺🇿 Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi
➖ Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi 2024-yil oktyabr oyida keng nishonlanadi;
➖ “Ash-Shamoil al-Muhammadiyya” va “Sunani Termiziy” asarlarining akademik tarjima va sharhi tayyorlanib, nashr etiladi;
➖ ilmiy-ommabop hujjatli film yaratiladi va sahnalashtirilgan spektakl namoyishi tashkil etiladi;
➖ esdalik suvenirlari muomalaga chiqariladi hamda pochta markalari, taqvimlar, uning hayoti va ilmiy merosini yoritib beruvchi boshqa ko‘rgazmali axborot vositalari turkumi yaratiladi;
➖ Imom Termiziy ziyoratgohiga olib boruvchi yo‘l infratuzilmalarini yaxshilash, jumladan, yodgorlik majmuasi va unga tutash hududlarni obodonlashtirish;
➖ Sherobod tumanidagi Imom Abu Iso at-Termiziy majmuasida Imom Termiziy va termiziy allomalarning hayoti, ilmiy va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan asarlarning nodir qo‘lyozma va nashr nusxalari hamda kitoblarining ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
Qaror matni bilan to'liq tanishish: https://uza.uz/posts/626465
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar hamda ijtimoiy soha obyektlari qurilishi bilan tanishish maqsadida Termiz va Muzrabot tumanlariga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida viloyat rahbari Termiz tumanida “Sharof Rashidov” mahallasining yangilangan binosini foydalanishga topshirish tadbirida ishtirok etdi hamda Muzrabot tumanida 5-sonli maktabning 330 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosini qurish, 140 o‘rinli binosini mukammal ta’mirlash, 30-sonli maktabning 270 o‘rinli va 34-sonli maktabning 180 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binolarining qurilishi bilan tanishdi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2190
#Surxondaryo #Termiztuman #Muzrabot #qurilish #mahalla #maktab
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyuradi.
Safar davomida sanoat korxonalari, IT va ijtimoiy soha ob’ektlarini ko‘zdan kechirish, mahallalarda aholi hayoti bilan tanishish rejalashtirilgan. Yangi majmualar ishga tushirilib, navbatdagi loyihalar boshlanadi.
20-avgust kuni Nukus shahrida O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan muloqoti bo‘lib o‘tadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🛣 Mahallalarda yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
Surxondaryo viloyati hokimining hududlarga tashrifida belgilab berilgan topshiriqlar hamda ishlab chiqilgan dasturlarga asosan og‘ir toifadagi mahallalarda yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan:
➖ Jarqo‘rg‘on tumani Soqchi masalasidagi 1 km'ga yaqin masofadpgi yo‘l asfaltlandi;
➖ Boysun tumanining tog‘li hududida joylashgan Pasurxi mahallasida 1 km'dan ortiq ortiq yo‘llar ta’mirlanib, asfalt qoplamasi yotqizildi;
➖ Termiz tumanining yangi aholi yashash punktlaridan biri bo‘lgan Bunyodkor mahallasida 1,1 km tuproq yo‘l toshlanib, asfaltlandi. Tuproq ko‘chalar tekis va ravon asfaltlangan yo‘lga aylandi.
Vohamizning barcha hududlarida bu kabi tadbirlar davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun viloyat hokimligida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Surxondaryo viloyati komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi, senator Ulug‘bek Qosimov va Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov hamda komissiya a’zolari, aloqador tashkilotlar mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibida viloyatda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb qilish borasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi. Mutasaddilar “Xonadonbay” o‘rganish asosida ishsiz, ishlash istagida bo‘lgan xotin-qizlarni aniqlash, kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi.
Hududlarda qator natijalarga erishish bilan birga, xotin-qizlar bilan ishlash, bandligini ta’minlash hamda muammolarini hal etishda qator kamchiliklar borligi ko‘rsatib o‘tildi. Komissiya a’zolari va hududlar mas’lullariga xotin-qizlar bilan kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar hamda chora-tadbirlar belgilab berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Viloyat hokimi “Ustozlar milliy forumi”da ishtirok etdi hamda Termiz shahridagi maktab va bog‘chadagi sharoitlar, tikuvchilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “San’at saroyi” majmuasida o‘tkazilgan “Ustozlar milliy forumi” tadbirlaridan so‘ng Termiz shahridagi 3-sonli maktab va “Lider Nur” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Shuningdek, tadbirkor tomonidan bog‘chaning yerto‘lasida tashkil etilgan tikuvchilik korxonasi faoliyati hamda ishlab chiqarish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2192
#Surxondaryo #Termiz #maktab #bogcha #tikuvchilik
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Qo‘shimcha axborot: Ta'mirlash ishlari davom etmoqda
Kecha Termiz shahri “Tinchlik” mahallasida joylashgan “Shimoliy darvoza” guruhli suv ishlab chiqarish inshootining diametri 600 mm bo’lgan suv quvurida favqulodda avariya holati yuzaga kelganligi haqida xabar berilgan edi.
Ta'mirlash ishlari ko‘p vaqt olayotganligi hamda ishlar davom etayotganligi sababli Termiz shahrida quyidagi mahallalarga ichimlik suvi ta'minoti uzilishi bugun, 21-avgust kuni soat 22-00 ga qadar uzaytirilganligini ma'lum qilamiz:
➖ Do‘stlik;
➖ Saxovat;
➖ Turon;
➖ Navro‘z;
➖ Tinchlik;
➖ Shodlik;
➖ Shifokor;
➖ Ma'rifat;
➖ "Abdurahmon Jomiy" mahallalari.
Suv ta’minoti vaqtincha o‘chirilgan mahallalarga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib berilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng ichimlik suvi ta’minoti qayta yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlarida bo‘lib, fermer xo‘jaliklari paxta dalalaridagi hosil bilan tanishdi.
Viloyat hokimi fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan suhbatda hosilga baraka tilab, yig‘im-terim ishlariga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ularning hisobotlarini tingladi.
Mutasaddilarga yig‘im-terimga tayyorgarlik va defoliatsiya ishlarini yakunlash topshirig‘i berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📣Diqqat e'lon: Ichimlik suvi tarmog‘ida avariya yuzaga keldi, tarmoqdagi mahallalarga suv maxsus texnikalarda yetkazib beriladi
Termiz shahri Tinchlik mahallasida joylashgan "Shimoliy darvoza" guruhli suv ishlab chiqarish inshootidan joylarga suv tarqatuvchi 600 mm o‘lchamdagi quvurda avariya holati sodir bo‘ldi. Hozirda maxsus brigadalar tomonidan ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
📍Shu munosabat bilan ertaga, 21-avgust kuni soat 08:00ga qadar Termiz shahrining quyidagi mahallalarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan:
➖ Do‘stlik;
➖ Saxovat;
➖ Turon;
➖ Navro‘z;
➖ Tinchlik;
➖ Shodlik;
➖ Shifokor;
➖ Ma'rifat;
➖ "Abdurahmon Jomiy" mahallalari.
❗️Suv ta’minoti vaqtincha o‘chirilgan mahallalar aholisiga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib beriladi.
🙏 «Surxondaryo suv ta’minoti» MChJ yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Axborot 24 | Elda aziz tadbirkor
Surxondaryo viloyati Denov tumanida joylashgan “Qurbonali tekstil” oilaviy korxonasi rahbari, “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni sohibi Qurbonali Kazakovning faoliyati xususida.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
✅To‘rtinchi yo‘nalish – xizmatlar sohasiga yangi turtki berish
📶 Endi, barcha sohada sun’iy intellekt texnologiyalari keng joriy qilinadi. IT parkda sun’iy intellekt markazi ochiladi. Bu yo‘nalishda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Loyihalarni moliyalashtirish uchun 50 million dollar ajratiladi.
🌐 Tadbirkorlikni dastlabki bosqichda – startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash ekotizimi yaratiladi. Startap xorijdan olib kelgan har 1 dollar investitsiyasiga davlat ham 1 dollar resurs beradi. Startap ishlanmalarini patentlash va savdo belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish kabi xarajatlarni davlat qoplab beradi.
🤵 Bir yil ichida 3 mingta mahalliy mutaxassis Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Turkiyadagi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga malaka oshirishga yuboriladi. Ularning xarajatlarini davlat qoplab beradi.
📈 Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yirik korxonalarga servis ko‘rsatishda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish dasturini ishlab chiqish topshirildi.
〰️〰️〰️
🍴Xizmatlarda ulushi eng katta sohalardan biri, bu – umumiy ovqatlanish va mehmonxona xizmatlari
🔃 Davlatimiz rahbari ularning eng katta muammosi QQS va ishchilar hisobini yuritish ekanidan xabardorligini ta’kidladi.
🏷Shu bois:
➖1-yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga oylik aylanmasining 60 foizini naqd pulsiz amalga oshirganda 40 foizi to‘langan zahoti, naqd pulsiz aylanma 60 foizdan kam bo‘lsa, 20 foiz “keshbek” qaytariladi;
➖QQS to‘lashga o‘tgan restoran va kafelarga foyda solig‘i 2 karra kamayadi;
➖1-dekabrdan naqd pulga sotib olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kirim qilishda hech qanday hujjat talab qilinmaydi;
➖1-oktabrdan mehmonxona va turoperatorlarga ham to‘langan QQSning 20 foizi “keshbek” qilib beriladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
✅Uchinchi yo‘nalish – ichki bozorda teng raqobat muhitini yaratish, tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish
🌱 Jahon savdo tashkilotiga 2026-yilda a’zo bo‘lish bo‘yicha katta qadamlar qo‘yilmoqda.
🛒 Prezident Jahon savdo tashkilotiga a’zolik xalqaro tranzit yuk tashishda ortiqcha to‘lov yoki cheklovlardan xalos qilishini qayd etdi. Albatta, bu – raqobatdosh bo‘lishimizga yana bir turtki beradi.
🧑💻 Bu yil oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha katta o‘zgarishlar rejalashtirilgan. Bu orqali karantin, veterinariya, sanepidemnazorat va standart tashkilotlarining takrorlovchi vakolatlari qisqaradi, tadbirkorlarni qayta-qayta tekshirishga chek qo‘yiladi.
📈 Tarmoqlarni rivojlantirishga berilgan mablag‘dan 200 million dollari eksportoldi moliyalash uchun yo‘naltiriladi. Shundan, 50 million dollari bank kreditlari uchun kafillikka beriladi. Bu mablag‘lar hisobidan bir yil ichida qo‘shimcha 1 milliard dollar eksport bo‘ladi.
🛍 Transport vazirligiga yuk tashish ruxsatnomalaridan foydalanish tizimi oshkoraligini oshirish topshirildi. Bunda, “Ye-logistika” platformasi ishga tushirilib, eksportchilar uchun qaysi korxonada qancha ruxsatnoma borligini ko‘rish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish imkoni yaratiladi.
👮♀️Bundan buyon, bojxona organining eksportni tasdiqlovchi elektron ma’lumoti QQSni qaytarish uchun asos bo‘ladi, boshqa ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Ilgari kredit, bozor topish, infratuzilma bilan bog‘liq muammolar, tinimsiz “tekshir-tekshirlar” sababli 60 foiz yangi tadbirkorlar faoliyati birinchi yilning o‘zidayoq to‘xtab qolar edi.
Hozir esa uch yildan ortiq ishlayotgan korxonalar ulushi 76 foizni tashkil etib, ilk bor 300 mingtaga yetdi. Yana 100 mingdan ziyod shunday yakka tartibdagi tadbirkorlar bor —
Birozdan so‘ng Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlanadi.
Qoraqalpog‘istonda yurtimizning barcha hududlaridan 300 ga yaqin tadbirkor va investorlar to‘plandi. Shuningdek, muloqotda xorijda biznesini yo‘lga qo‘ygan yana 40 dan ziyod vatandoshlarimiz ishtirok etadi. Hududiy studiyalardan 3 mingga yaqin biznes vakillari qatnashadi.
Davlatimiz rahbari tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish bo‘yicha muhim yangi tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Viloyat rahbari bugun ish kunini obodonlashtirish va bayramga tayyorgarlik borasidagi ishlarni muhokamasidan boshlab, Termiz tumanida mahalla idorasining ochilishida ishtirok etdi hamda Muzrabot tumanida maktablar qurilishi bilan tanishdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Axborot 24 | Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik
Termiz shahridagi umumta'lim maktablarini yangi o'quv yiliga tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
⚽️ "Surxon" Andijondan g‘alaba bilan qaytdi
Bugun O‘zbekiston superligasi 16-turi doirasida Termizning "Surxon" klubi Andijon shahrida "Andijon" klubiga qarshi maydonga tushdi. Murosasiz kechgan bahs yakunida vakillarimiz 3:2 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.
Shu tariqa, «Surxon» 22 ochko bilan superliga turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarildi.
👏Vohadoshlarimizni erishilgan g‘alaba bilan tabriklaymiz va "Surxon" keyingi o‘rinlarda omadlar tilaymiz.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati bo‘yicha 81 ta davlat aktivlarini е-auksion savdo platformasida ochiq va shaffof savdolarda ishtirok etib sotib oling
🔹Oltinsoy tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔹 Angor tumanidan 1 ta (ko'rish)
🔹 Bandixon tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔹 Boysun tumanidan 3 ta (ko'rish)
🔹 Muzrabot tumanidan 12 ta (ko'rish)
🔹 Denov tumanidan 4 ta (ko'rish)
🔹 Jarqo‘rg‘on tumanidan 9 ta (ko'rish)
🔹 Qumqo‘rg‘on tumanidan 5 ta (ko'rish)
🔹 Qiziriq tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔹 Sariosiyo tumanidan 10 ta (ko'rish)
🔹 Termiz tumanidan 7 ta (ko'rish)
🔹 Uzun tumanidan 6 ta (ko'rish)
🔹 Sherobod tumanidan 7 ta (ko'rish)
🔹 Sho'rchi tumanidan 3 ta (ko'rish)
🔹 Termiz shahridan 8 ta (ko'rish)
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X