Surxondaryo viloyatidagi 2 500 dan ortiq ko‘chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling
📍Oltinsoy tumanidan 121 ta (ko'rish)
📍Angor tumanidan 141 ta (ko'rish)
📍Bandixon tumanidan 43 ta (ko'rish)
📍Boysun tumanidan 121 ta (ko'rish)
📍Muzrabot tumanidan 159 ta (ko'rish)
📍Denov tumanidan 407 ta (ko'rish)
📍Jarqo‘rg‘on tumanidan 76 ta (ko'rish)
📍Qumqo‘rg‘on tumanidan 210 ta (ko'rish)
📍Qiziriq tumanidan 115 ta (ko'rish)
📍Sariosiyo tumanidan 274 ta (ko'rish)
📍Termiz tumanidan 165 ta (ko'rish)
📍Uzun tumanidan 229 ta (ko'rish)
📍Sherobod tumanidan 148 ta (ko'rish)
📍Sho‘rchi tumanidan 221 ta (ko'rish)
📍Termiz shahridan 85 ta (ko'rish)
☎️ +99899 203-00-30 (Surxondaryo viloyat vakili)
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi katta vakili Mishima Kenji boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida viloyat rahbari tashrif uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, o‘tgan yili dekabr oyida Surxondaryo delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifida JICA bilan erishilgan kelishuvlar hamda ularning ijrosiga to‘xtaldi. Shuningdek, Yaponiya tomoni ham erishilgan kelishuvlar va yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdi.
Uchrashuvda turizm, sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik hamda Yaponiyada Termiz shahrini xavfsiz shaharlar ro‘yxatiga kiritish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikdan mamnun ekanliklarini hamda uni yangi bosqichda kengaytirish va rivojlantirishdan manfaatdorligini qayd etishdi.
JICA delegatsiyasi vohamizga tashrifi davomida hududlarda ishlab chiqarish, logistika va ijtimoiy soha obyektlari faoliyati hamda hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishadi.
#Surxondaryo #Yaponiya #JICA #hamkorlik
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🏆 Termiz shahridagi Yakka kurash turlari maktabida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni va sovrindori Bahodir Jalolov hamda Muzaffarbek To‘raboyevlarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, yoshlar, sportchilar, vohalik sport muxlislari ishtirok etgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov chempionlikni qo‘lga kiritgan bokschimiz Bahodir Jalolov va bronza medali sohibi, kurashchimiz Muzaffarbek To‘raboyevga zarbop to‘n kiydirib, voha ahli nomidan sportchilarimizni erishgan g‘alabalari bilan tabrikladi.
Sportchilarimiz, ularning ota-onalari va yaqinlari so‘zga chiqib, Prezidentimizning sportga qaratayotgan e’tibori, Vatanimiz shuhratini nufuzli musobaqalarda keng tarannum etish uchun sportchilarga yaratayotgan sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi.
Tantanali tadbir ishtirokchilari vohaning mard o‘g‘lonlari bilan esdalik uchun suratlarga tushdi va gullar tuhfa qilishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🖥🖥🖥
Ахborot 24 | Surxondaryoda davlat mukofotini olgan tadbirkorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryolik Olimpiyada chempionlari Termizda tantanali kutib olindi
Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlarida ikki karra chempionlikni qo‘lga kiritgan bokschimiz Bahodir Jalolov va dzyudo bo‘yicha bronza medali sohibi Muzaffarbek To‘raboyevlar Termiz xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari, Sariosiyo va Boysun tumanlari hokimlari, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, sportchilarning oila a’zolari hamda vohalik muxlislar ishtirok etishdi.
Ayni damda sportchilarimiz ishtirokida kortej Termiz shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab aylanmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Surxondaryo viloyati hokimi Termiz shahri Alisher Navoiy ko‘chasi bo‘ylab infratuzilmani yaxshilash, yo‘l bo‘yi hududlarini obodonlashtirish, yashil hududlar yaratish borasidagi ishlar bilan tanishdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Prezidentimiz tomonidan kuni kecha imzolangan Farmon va farmoyish bilan mamlakatimiz iqtisodiyotida barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yuksaltirish borasidagi katta xizmatlari, ish o‘rinlari yaratish, aholi turmush farovonlini oshirish yo‘lidagi hissalari uchun bir guruh tadbirkorlar davlat mukofotlari va “Faol tadbirkor” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
Ular orasida davlat mukofotiga loyiq ko‘rilgan ikki nafar, “Faol tadbirkor” nishoni bilan taqdirlangan olti nafar surxondaryolik tadbirkorlar ham bor. Bugun Termiz shahridagi “Tinchlik” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida vohalik tadbirkorlarga davlat muokofotlari va ko‘krak nishonlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, tadbirkorlarning keyingi yillarda vohamizni har tomonlama rivojlantirishga qo‘shayotgan hissalarini alohida e’tirof etdi. Shundan so‘ng, “Do‘stlik” ordeni va “Shuhrat” medali hamda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishonlari o‘z egalariga tantanali topshirildi.
Tadbirda ishtirok etgan nuroniylar, ko‘p yillar davlat boshqaruvida hamda tadbirkorlik faoliyatini olib borgan faxriylar hamda tadbirkorlar so‘zga chiqib, bugungi yurtimizda tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarga to‘xtalab, Prezidentimiz va xalqimiz o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Taqdirlash marosimidan so‘ng tadbirkorlar va nuroniylar uchun bayram dasturxoni yozildi. Nuroniylar yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda tadbirkorlarimiz ishlariga rivoj tilab duoga qo‘l ochishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov investitsion loyihalar hamda ishlab chiqarish va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish maqsadida Termiz tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida “Tavsiya Surxon” xususiy korxonasining penoplast ishlab chiqarish, “Arzon plyus mahsuloti” MChJ xorijiy korxonasining plastik toladan gilam tayyorlash, “Termiz tezkor qurilish” xususiy korxonasining asfalt qoplamasi tayyorlash zavodi hamda “Surxon mega fruit” MChJning logistika markazi tashkil etish loyihalari bilan tanishildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2187
#Surxondaryo #Termiztumani #investitsiya #loyihalar #korxonalar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida yoshlar jinoyatchiligining oldini olish borasida shahar va tumanlar mutasaddilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar videokonfrensaloqa shaklida muhokama qilindi.
Muhokamadan so‘ng, viloyat rahbari “Qiziriq PFK” futbol klubi rahbariyati va futbolchilari, shuningdek, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasiga biriktirilgan “qizil” toifadagi yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Tashrif yakunida "Yoshlar va turizm" ko‘chasi hamda savdo markazi, mehmonxona, oshxona, avtoservis, chorva mollari sotish va logistika markazlarini tashkil etish loyihalari taqdimotlari ko‘rib chiqildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2186
#Surxondaryo #Qiziriq #jinoyatchilik #QiziriqPFK #yoshlar #uchrashuv #taqdimot
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qiziriq tumaniga tashrif buyurdi.
Viloyat rahbari “Shaxmat oilaviy korxonasi” MChJga qarashli sport zal faoliyati hamda tumandagi 29-sonli va 36-sonli maktablarda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, qurilish ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishib, mas’ullarga tegishli vazifalarni belgilab berdi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2185
#Surxondaryo #Qiziriq #sport #maktab
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
💐 Yuksak mukofotlar muborak, surxondaryolik tadbirkorlar!
Prezidentimiz Farmoniga ko‘ra, Tadbirkorlar kuni munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan soha vakillaridan bir guruhi mukofotlandi. Ular orasida quyidagi surxondaryoliklar ham bor:
🏅«Do‘stlik» ordeni bilan
Pardayev Jamshid Muzaffarovich - Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ta’sischisi
🏅«Shuhrat» medali bilan
Absattarov Abdulvaxab - Termiz shahridagi «Termiz qurilish industriya sanoat» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari
👏 Davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rilgan vohadoshlarimizni viloyat hokimligi va jamoatchiligi nomidan samimiy qutlaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng, Termiz shahri bo‘ylab topshiriqlar ijrosi, markaziy ko‘chalarni obodonlashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda turizm shaharchasini barpo etish ishlarining borishi bilan tanishdi.
Termizning qadimiy arxitektura yodgorliklarini o‘zida aks ettiruvchi etno shaharcha kelgusida turizm maskaniga aylantiriladi hamda uning atrofida ko‘ngilochar maskanlar tashkil etiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🖥🖥🖥
Axborot 24 | Ichki yo'llar ta'mirlanmoqda
Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida inratuzilmalarni yaxshilash, tuproq yo‘llarni toshlash, ta’mirlash, asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun videokonfrensaloqa shaklida tashkil etilgan onlayn muloqotda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov boshchiligida tomonlarning ta’lim, sog‘liqni saqlash, migratsiya, investitsiyalar va sanoat sohalari mutasaddilari ishtirok etishdi.
Muloqot avvalida viloyatimiz rahbari Novosibirsk gubernatoriga Surxondaryo delegatsiyasining joriy yil 17-18-iyul kunlari Novosibirsk viloyatiga tashrifida tashkil etilgan yuqori saviyadagi qabul hamda mehmondo‘stlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Shundan so‘ng, tashrif davomida erishilgan kelishuvlar, tuzilgan shartnomalar ijrosi, xususan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, mehnat migratsiyasi, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasi kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish, loyihalarni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tomonlarning rasmiylari axborot berdi.
Onlayn muloqot davomida Novosibirsk viloyati delegatsiyasining joriy yil sentyabr oyida Surxondaryoga bo‘ladigan tashrifi dasturi ham muhokama qilindi.
Muloqot yakunida tomonlar hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirishga tayyorligini hamda birgalikda loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanligini qayd etishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🔔 Maktablarda 2024/2025-o‘quv yili 4-sentyabrdan boshlanadi
🗓 O‘zbekiston Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31-avgust va 1-3-sentyabr kunlari barcha uchun dam olish kunlari sanaladi.
👫 Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha maktablarda yangi — 2024/2025-o‘quv yili dars jarayonlari joriy yil 4-sentyabrdan (chorshanba kuni) boshlanadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
❗️Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
✅2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.
🕐 my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
❌ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
💬 SMS-xabarnoma xizmati orqali:
5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
🗒 Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Ulug‘bek Qosimov: “Xalqimizga shunday quvonchni ulashayotgan sportchilarimizga – otangga rahmat deymiz!”
Bugun Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan surxondaryolik sportchilarni tantanali kutib olish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
😄 Fotogaleriya
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
😎🥇🥉 Surxondaryoning Alpomishlari Bahodir Jalolov va Muzaffarbek To‘raboyev Termiz xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🥇🏆Olimpiya o‘yinlari chempionlarini tantanali kutib olish tadbirlariga marhamat!
😎 Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz, boks bo‘yicha Bahodir Jalolov o‘z vazn toifasida tengsiz ekanligini isbotlab oltin medalni, Muzaffarbek To‘raboyev dzyudo bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari bugun, 16-avgust kuni vohamizga yetib kelishadi. Chempionlarni tantanali kutib olish tadbirlari birozdan so‘ng, soat 7:30dan Termiz xalqaro aeroportida boshlanadi.
Shundan so‘ng, sportchilarimiz Termiz shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab kortejda yurishadi. Asosiy taqdirlash tadbirlari Yakka kurash sport turlari maktabida bo‘lib o‘tadi.
Barcha vohadoshlarimizni tantanali tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Viloyat hokimi Termiz tumanida korxonalar va yangi loyihalar bilan tanishdi hamda tadbirkorlarga davlat mukofotlarini topshirish tadbirida ishtirok etdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryoda saylov komissiyalari tuzildi
Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi. Unda Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzish to‘g‘risidagi masala ko‘rildi hamda Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari tomonidan tavsiya etilgan okrug saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va komissiyaning olti-sakkiz nafar boshqa a’zolaridan iborat nomzodlarning tarkibi tahlil etildi.
Komissiya a’zoligiga nomzodlarning 389 nafari oliy, 86 nafari o‘rta-maxsus, 3 nafari o‘rta ma’lumotli bo‘lib, pedagoglar 258, iqtisodchilar 59, muhandislar 42, shifokorlar 33, huquqshunoslar 7, jurnalistlar 3 nafar va boshqa kasb egalari 76 nafarni tashkil etadi.
Videokonfirensaloqa shaklida o‘tkazilgan majlis yakunida Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 50 ta okrug saylov komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, komissiyalar a’zolari tarkibi tasdiqlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Qiziriqda sport zali va maktablar bilan tanishildi hamda jinoyatchilik muhokamasi, yoshlar va futbolchilar bilan uchrashuvlar, shuningdek, loyihalar taqdimoti o‘tkazildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
👥 Diqqat e'lon: Termizda qurilish kompaniyalari vakillari uchun seminar-trening o‘tkaziladi
Shu kunlarda Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ hamda Surxondaryo viloyat hokimligi Livanning “Libanconsult AGM SAL” kompaniyasi bilan birgalikda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) ishtirokida “Oqtosh va Poshxurt yer osti suv manbalaridan suv quvuri qurish yo‘li bilan Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanining suv ta’minotini yaxshilash” loyihasini amalga oshiradi.
📍Shu munosabat bilan mahalliy pudratchilarni xalqaro tender savdolarida ishtirok etishga jalb qilish, xususan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining xaridlar bo‘yicha ko‘rsatmalari talablariga muvofiq hujjatlarni to‘g‘ri tayyorlash borasidagi bilimlarini oshirish maqsadida 2024-yilning 15-avgust kuni soat 11:00da Termiz shahridagi Matbuot uyida seminar-trening o‘tkaziladi.
🗂 Viloyatimizdagi salohiyatli qurilish kompaniyalari vakillarini ushbu seminar-treningga taklif etamiz!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🏅Bir guruh surxondaryoliklar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan bir guruh yurtdoshlarimiz “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ular orasida quyidagi surxondaryoliklar ham bor:
✅Axmedov Jamshid Shuxratovich - Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Parranda Kompleks Savdo» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari
✅Kazakov Kurbonali Ramazonovich - Denov tumanidagi «Qurbonali tekstil» oilaviy korxonasi rahbari
✅Karimov Alimardon Abduxalilovich - Termiz shahridagi «Brightly Mega Water» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari
✅Mirzayev Kamol Abdivoxitovich - Qiziriq tumanidagi «Mirzayev Kamol Abdivoxidovich» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari
✅Narxamedov Furkat Xamatovich - Termiz tumanidagi «Olis osmon» xususiy korxonasi rahbari
✅Xoliqova Feruza Ashurqulovna - Boysun tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, hunarmand-kashtachi
👏 Ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan vohadoshlarimizni viloyat hokimligi va jamoatchiligi nomidan samimiy qutlaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🖥🖥🖥
Axborot 24 | Surxondaryo viloyatida 500 dan ziyod xotin-qizlarga tikuv mashinalari berildi va kooperatsiya yo'lga qo'yildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Viloyat hokimligi majlislar zalida Surxondaryodagi davlat muassasalari, davlat unitar korxonalari, davlat maqsadli jamg‘armalari, shuningdek, davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlari komplaens nazorati xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish va manfaatlar to‘qnashuvi masalalarida navbatdagi targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari F.Mengliyev va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat qilish shoʻbasi mudiri T.Jumaqulovlar O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni yuzasidan tushuntirishlar berdi. Ishtirokchilarning mazkur qonunga oid hamda korrupsiyaga oid savollariga javob berildi.
Shuningdek, komplaens nazorati bo‘limlarining faoliyati, kelgusidagi vazifalari muhokama qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim chora-tadbirlar belgilab olindi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Sherobod tumanida qishloq xo‘jaligi mas’ullari, paxta to‘qimachilik klasterlari, fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirokida g‘o‘zani defoliatsiya qilish, yig‘im-terim mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda vohaning boshqa tumanlari mas’ullari videokonfrensaloqa orqali ishtirok etdi.
Surxondaryoda 2024-yilgi paxta hosili uchun 72 210 gektar maydonda g‘o‘za ekilgan bo‘lib, mirishkorlarimiz 275 ming tonnaga yaqin xirmon yaratishni maqsad qilishgan. Yig‘im-terim mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, hosilni yog‘in-sochinli kunlarga yetmasdan yig‘ishtirib olish maqsadida viloyat bo‘yicha jami 1 430 ta terim otryadlari tashkil etilgan.
Bugungi seminarda viloyat rahbari hududlar mas’ullari va qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilarining yig‘im-terimga tayyorgarlik ko‘rish hamda maydonlarni terimga tayyorlash uchun defoliatsiya tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan axborotlarini tingladi. Sohaning malakali mutaxassislari bergan maslahatlarni inobatga olib, defoliatsiya tadbirlarini yengil shaklda amalga oshirish lozimligi qayd etildi.
Viloyat rahbari tumanlar mutasaddilariga terim otryadlari uchun barcha sharoitlarni ta’minlash, dalaning o‘zida issiq ovqat, ichimlik suvi va boshqa zaruriy ta’minotlarning bo‘lishini qat’iy nazoratga olish, jalb qilinadigan texnikalarni safarbarlikka tayyor qilish vazifasini topshirdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
❗️Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida Prezident Farmoni imzolandi
Farmon bilan:
2024-yil 1-sentyabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar 15 foizga oshiriladi;
2024-yil 1-oktyabrdan esa budjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshiriladi.
Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshiriladi (mustasno holatlar bilan).
Shuningdek:
➖ pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;
➖ yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m;
➖ nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m;
➖ mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m;
➖ bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m etib belgilandi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Viloyat rahbari Termiz tumani va Termiz shahrida qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X