Surxondaryoda tuman (shahar) saylov komissiyalari hamda saylov okruglari tuzildi
Bugun Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan shakllantirilib, viloyat hududiy saylov komissiyasiga taqdim etilgan tuman va shahar saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar ko‘rib chiqildi va tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Tuman, shahar saylov komissiyalari tarkibiga komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va komissiyaning boshqa a’zolaridan iborat jami 257 nafar shaxs kiritilgan bo‘lib, ularning 105 nafari, ya’ni 40,9 foizi xotin-qizlardan iborat. A’zolarning 188 nafari ilgari ham saylov komissiyalari tarkibida ishlagan, bu borada tajribaga ega.
Majlisda shuningdek, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga saylov o‘tkazuvchi saylov okruglarini tuzish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqilib, viloyat Kengashidagi deputatlik o‘rinlariga teng miqdorda chegaralangan 50 ta saylov okrugini tuzish haqida qaror qabul qilindi. Har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi.
Tuman, shahar saylov komissiyalari tarkibi, manzili va telefon raqamlari, saylov okruglarining ro‘yxatlari, ularning chegaralari, saylovchilar soni va okrug saylov komissiyalarining joylashgan yeri ko‘rsatilgan qarorlar rasmiy veb-sayt va mahalliy matbuotda e’lon qilinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
⏳ Surxondaryoda 6 oyda qancha bola tug'ilgan?
🗓 2024-yilning yanvar-iyun oylarida Surxondaryo viloyatida 37 663 ta tug‘ilish qayd etilgan.
📊 Shundan:
✅o‘g‘il bolalar - 19 584 nafar,
✅qiz bolalar - 18 079 nafarni tashkil etadi.
Hududlar kesimida tug'ilishlar soni quyidagicha taqsimlangan:
✅Denov - 5 902 ta;
✅Qumqo'rg'on - 3 437 ta;
✅Jarqo'rg'on - 3 195 ta;
✅Sho'rchi - 3 118 ta;
✅Sherobod - 2 676 ta;
✅Sariosiyo - 2 639 ta;
✅Oltinsoy - 2 550 ta;
✅Termiz sh - 2 498 ta;
✅Uzun - 2 431 ta;
✅Muzrabot - 1 826 ta;
✅Angor - 1 788 ta;
✅Qiziriq - 1 665 ta;
✅Boysun - 1 534 ta;
✅Termiz - 1 228 ta;
✅Bandixon - 1 176 ta.
🗒Ma’lumot uchun: tirik tug‘ilganlik mezonlaridan (nafas, yurak urish, kindik pulsatsiyasi, muskullarning beixtiyor qisqarishi) biri mavjud bo‘lsa bola tirik tug‘ilgan hisoblanadi. Bunda onaning homiladorlik muddati 22 hafta va undan ortiq, bolaning bo‘yi 25 sm va undan ortiq, vazni 500 gramm va undan ortiq bo‘lishi lozim.
Xabar berganimizdek, bugun surxondaryolik 50 nafar nuroniylar “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi. Mukofotlar va ko‘krak nishonlari viloyat hokimligida tashkil etilgan tadbirda tantanali topshirildi.
Tadbirdan so‘ng O‘zbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sharof Ubaydullayev va boshqa rasmiylar tadbirga qatnasholmagan, keksa faxriylarimizning xonadonlariga tashrif buyurishdi. Nuroniylar holidan xabar olishib, I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlarini yetkazib berishdi.
Xususan, Angor tumanida istiqomat qiluvchi, 1936 yilda tug‘ilgan Oysoat Bobolova va Muzrabot tumanida yashovchi, 1938 yilda tug‘ilgan Ismoil To‘raevlarga ko‘krak nishonlari yetkazib berildi va mukofotlar ularning yashash xonadonlarida tantanali topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Prezidentimizning “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan mazkur mukofotga bu yil 50 nafar surxondaryolik sazovor bo‘ldi. Bugun Surxondaryo viloyati hokimligida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ushbu mukofotlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.
Tantanali marosimda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda O‘zbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sharof Ubaydullayev “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlari va pul mukofotlarini o‘z egalariga topshirib, mukofot sohiblarini muborakbod etdi.
Shundan so‘ng, nuroniylar uchun Termiz shahridagi “Muhtasham” tantalalar saroyida bayram dasturxoni tashkil etildi. To‘kin dasturxon atrofida vohamizning taniqli san’atkorlarining chiqishlari nuroniy va faxriylarimizga bayram quvonchini ulashdi. Ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik va e’tibordan mamnun bo‘lgan nuroniylar yurt tinchligi va obodligini, xalqimiz farovonligini so‘rab duoga qo‘l ochishdi.
Yillar davomida elga xizmat qilgan, endilikda boy mehnat tajribasi, hayotiy maslahatlari bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan insonlarning “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishi nuroniylarimiz va faxriylarimizga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yuksak namunasidir.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun Termiz shahridagi qator mahallalarda bo‘lib, ko‘chalar, avtomobil yo‘llari bo‘ylari va boshqa hududlarni obodonlashtirish, tashkil etilgan yashil maydonlar hamda daraxtlarni sug‘orish, saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Mutasaddilar o‘rganish ishlari davomida amalga oshirilayotgan ishlar, hudud tozaligi va obodligi uchun bajarilayotgan tadbirlar yuzasidan axborot berdi.
Birinchi navbatda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, sanitar-gigienik qoidalarga qat’iy rioya qilish, yashil hududlarni sug‘orish, parvarishlar va saqlash ishlarini mas’uliyat bilan olib borish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
#Surxondaryo #Termizshahar #obodonlashtirish #yashilhududlar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📣Diqqat e'lon: Ichimlik suvi tarmog‘ida avariya yuzaga keldi, tarmoqdagi mahallalarga suv maxsus texnikalarda yetkazib beriladi
Termiz shahri Tinchlik mahallasida joylashgan "Shimoliy darvoza" guruhli suv ishlab chiqarish inshootidan joylarga suv tarqatuvchi 600 mm o‘lchamdagi quvurda avariya holati sodir bo‘lgan. Hozirda maxsus brigadalar tomonidan ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
📍Shu munosabat bilan bugun, 6-avgust kuni soat 18:00 ga qadar Termiz shahrining quyidagi mahallalarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan:
➖ Tinchlik;
➖ Saxovat;
➖ Navro‘z;
➖ Do‘stlik;
➖ Shodlik;
➖ "A.Jomiy";
➖ Turon;
➖ Ma'rifat;
➖ Shifokor mahallalari.
❕ Suv ta’minoti vaqtincha o‘chirilgan mahallalar aholisiga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib beriladi.
🙏 «Surxondaryo suv ta’minoti» MChJ yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kommunal soha tashkilotlari faoliyati bilan tanishdi.
Xususan, umumiy qiymati 78,7 mlrd so‘m bo‘lgan 300 o‘rinli “Tibbiyot klasteri” qurilishining yakuniy jarayonlari, Milliy gvardiya boshqarmasida madaniyat markazi, yotoqxona, tibbiyot punkti va Alisher Navoiy ko‘chasida “IT park” va “IT akademiyasi” filialining qurilishi, shuningdek, ushbu ko‘chada “Yoshlar va turizm” ko‘chasini tashkil etish ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.
Bundan tashqari “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ faoliyati bilan ham tanishilib, 7 dona maxsus texnikalar hamda qo‘shimcha asbob-uskuna va jihozlar topshirildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2175
#Surxondaryo #qurilish #tibbiyotklaster #ITpark #Yoshlarkochasi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Jamoatchilik nazorati Termiz xalqaro aeroportini o'rgandi
IHMA Ijtimoiy inspeksiyaning viloyat boshqarmas tashabbusi bilan O‘ZNNTMA, O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Nogironlar jamiyatining hududiy bo‘lim vakillari bilan birgalikda Termiz xalqaro aeroportida nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilganlik holatini o‘rganib chiqish uchun ishchi guruh o‘z faoliyatini boshladi.
O'rganish davomida mavjud kamchiliklarni bartaraf etib, qulay muhit va to'siqsiz sharoitlar yaratilishi yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar tavsiya etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Sariosiyo tumanida “Biz bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida mustaqilligimizning 33 yilligiga bagʻishlangan konsert dasturi boʻlib oʻtdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari sharaflandi
Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning barqarorligi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotning, xalqimiz farovonligining ishonchli kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda. Bunda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining ham alohida o‘rni bor.
Surxondaryo viloyatida 4 avgust – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etilganining 7 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov so'zga chiqib, Milliy gvardiya tizimida kechayotgan islohotlar, soha vakillarining yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash borasidagi fidokorona faoliyati to‘g‘risida to‘xtalib, mardona xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Bayram tadbirida el-yurt tinchligi, osoyishtaligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlashda jonbozlik ko‘rsatgan, o‘z xizmat vazifasiga vijdonan yondashgan bir guruh xodimlar viloyat hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Viloyatning taniqli san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada joziba bag‘ishlab, barchaga xush kayfiyat ulashdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Viloyat rahbarining hududlarga tashrifi Bandixon tumanida davom etdi. Tumanning “Bandixon” mahallasida “Obod turmush shifo” MChJ tomonidan tashkil etilgan “Malham med” xususiy klinikasining ochilish marosimi o‘tkazildi.
Shuningdek, tashrif davomida Saroy mahallasida aholi xonadonlarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va kasanachilikni yo‘lga qo‘yish orqali tashkil etilgan loyihalar bilan tanishildi hamda “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 56 nafar ishsiz, “daftar”larga kiritilgan xotin-qizlar va yoshlarga subsidiya asosida turli asbob-uskuna va jihozlar topshirildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2174
#Surxondaryo #xususiyklinika #asalarichilik #chorvachilik #kasanachilik
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning xorijiy hamkorlar va investorlar bilan navbatdagi uchrashuvi ham yaponlar bilan bo‘lib o‘tdi. Viloyat rahbari ikkinchi uchrashuvda Yaponiyaning “Techno Bridge NKE Co., Ltd” kompaniyasi direktori Xirokazu Tanaka, “Kensetsu Chousa Consultant Co., Ltd” kompaniyasi direktori Jozuka Kenjiro va “Ark Educational System’s Co., Ltd” kompaniyasi bosh direktori Genki Kajiurani qabul qildi.
Yapon kompaniyalari uchrashuvda Surxondaryoda biznes markazi, mehmonxona, texnopark, restoranlar, ko‘ngilochar maskanlar, akvapark hamda turar joylar kompleksini o‘z ichiga olgan loyihani taqdimot qildi. Shuningdek, vohamizda 32 gektar yer maydonida Yapon bog‘ini qurish hamda “Surxon Sanoat Qurilish” kompaniyasi bilan hamkorlikda Yaponiyaning BIM tizimini O‘zbekistonga tadbiq qilish loyihalari muhokama qilindi.
Viloyat rahbari taklif etilayotgan yirik loyihalarni amalga oshirish uchun zarur ko‘maklar ko‘rsatilishini bildirdi hamda tajribali mutaxassislarni jalb qilgan holda loyihalarni tanlab olingan joylarga moslash topshirig‘ini berdi. Muzokaralar yakunida taklif etilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha datlabki kelishuvlarga erishildi.
Qayd etish kerakki, qurilishni loyihalash va dizayn sohasida Singapur, Malayziya va Janubiy Osiyo davlatlaridagi loyihalarga investitsiyalar kiritgan “Techno Bridge NKE Co., Ltd” kompaniyasining yillik aylanmasi 4,3 mlrd dollar bo‘lib, O‘zbekistonda birinchi marta Surxondaryoda o‘z loyihalarini amalga oshirish taklifini bildirmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, yangi taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida hududiy studiyalar orqali navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli”ni o‘tkazdi.
Viloyat hokimligi zalida o'tkazilgan onlayn qabulda 52 nafar tadbirkorning 56 ta turli masalalardagi murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning 8 tasi qabul davomida hal etildi hamda 48 ta murojaat ijrosi yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.
Mutasaddilarga ijro uchun yo‘naltirilgan masalalarni puxta o‘rganish, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etishda mas’uliyat bilan ishlash vazifasi topshirildi va murojaat ijrosi qat’iy nazorat ostida ekanligi qayd etildi.
❗️Eslatma: Tadbirkorlarimizdan o‘zlarini qiynayotgan muammolar, yangi taklif va tashabbuslar yuzasidan quyidagi telegram botga murojaat qilishlarini so'raymiz:
@surxondaryo_tadbirkorlari_bot
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Saylov-2024: Surxondaryoda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ro‘yxatga olindi
Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida siyosiy partiyalarning vakolatli vakilini ro‘yxatga olish va viloyat hududiy saylov komissiyasining matbuot markazi faoliyatini tashkil etishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.
Majlisda viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Z.Alimardonova va boshqalar joriy yil 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari, joylarda siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilar imzosini to‘plash jarayonlari borayotgani haqida ma’lumot berdi.
Bu yil ilk bor siyosiy partiyalardan “E-saylov” axborot tizimi orqali tavsiya etilgan vakolatli vakillarga tegishli hujjatlar ko‘rib chiqilib, ro‘yxatga olindi. Belgilangan shakldagi mandatni berish haqida qaror qabul qilindi.
Majlisda shuningdek, matbuot markazi tarkibi tasdiqlandi. Matbuot markaziga saylov jarayonini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq brifinglar, matbuot anjumanlarini tayyorlash va o‘tkazish, saylovga oid masalalar bo‘yicha tezkor axborot berib borish vazifalari yuklatildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimligi va Turizm boshqarmasi tomonidan mavjud turizm obyektlariga aholini keng jalb qilish, sohadagi tadbirkorlik subyektlari va turistik maskanlarni qo‘llab-quvvatlash, turoperator va turagentlarni iste’molchilarga tanitish maqsadida Sangardak turizm qishlog‘ida tashkil etilgan “Ichki turizm yarmarkasi” tadbirlari gastronomik turizm yo‘nalishi – o‘zbek milliy taomlaridan biri hisoblangan osh tayyorlash musobaqalari bilan boshlandi.
Yarmarka doirasida Sangardak sanatoriysi hududida milliy qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirgan turli ko‘rgazmalar tashkil etildi. Unda tashrif buyuruvchilarga vohaning boy milliy madaniyati va urf-odatlari keng namoyish etildi.
Shuningdek, jurnalist va blogerlar uchun Sangardak turizm qishlog‘i bo‘ylab, dam olish maskanlari, diqqatga sazovor va muqaddas qadamjolarga press-tur o‘tkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🏦 Xizmatlar ipotekasi va kapitalga ulush kiritish yordamlarini taqdim etish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilindi
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ Xizmatlar ipotekasi hamda ulushdorlik asosida yordam taqdim etish yuzasidan 2024-yilning uchinchi ochiq tanlovini eʼlon qildi.
⬇️ Tanlovda g‘olib deb topilgan subyektlarga quyidagi miqdor va shartlarda yordamlar ko‘rsatiladi.
↔️ Xizmatlar ipotekasi yordami:
miqdori va shartlari:
🗄yillik daromadi 6 mlrd so‘mdan ortiq kichik tadbirkorlik subyektlari uchun 5 mlrd so‘mgacha;
🗄o‘rta tadbirkorlik subyektlari uchun 10 mlrd so‘mgacha.
🔝qaytarish sharti:
🗄yillik 17,5 foiz ustama;
🗄kelishilgan shartlarda muddatli to‘lov usulida;
🗄muddati — 7 yilgacha.
👩💻Batafsil maʼlumot va anteka namunasi: https://edcom.uz/uz/tenders/xizmatlar-ipotekasi
↔️ Kapitalga ulush kiritish yordami:
miqdori va shartlari:
🗄yillik daromadi 6 mlrd so’mdan ortiq bo’lgan kichik tadbirkorlik subyektlari bo’yicha 3 mlrd so‘mgacha;
🗄o‘rta tadbirkorlik subyektlari uchun 5 mlrd so‘mgacha;
🗄muddati — 7 yilgacha.
👩💻Btafsil maʼlumot va anteka namunasi: https://edcom.uz/uz/tenders/7253
🗓️ Arizalar 14-avgust 18:00 ga qadar quyidagi pochta manzillariga qabul qilinadi:
🌀ipoteka@edcom.uz
🌀kapital@edcom.uz
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
⚽️ Yigirma bir yillik tanaffusdan so'ng «Surxon» klubi O‘zbekiston kubogi yarimfinalida
Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalarining navbatdagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Yarimfinal yo‘llanmasi uchun kechgan bahslarda “Surxon” va “Xorazm” klublari bahs olib borishdi.
Murosasiz kechgan o‘yin yakunida “Surxon” klubi xorazmliklar ustidan 3:1 hisobida g‘olib bo‘lib, yarimfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shunday qilib, yigirma bir yillik tanaffusdan so‘ng “Surxon” O‘zbekiston kubogining yarimfinaliga chiqdi.
👏Vakillarimizga keyingi o‘yinlarda zafarlar va omadlar tilab qolamiz!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz, Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanlarida paxta hosilini yig‘ib olish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha tashkil etilgan amaliy seminarlarda ishtirok etdi.
Paxta hosilini nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish maqsadida Termiz tumanida 48 ta, Jarqo‘rg‘on tumanida 158 ta va Qumqo‘rg‘on tumanida 230 ta otryad tashkil etilgan bo‘lib, o‘tkazilgan seminarlar davomida otryadlar, jalb qilingan texnikalarning shaylik holati, terimchilar uchun paxta maydonlarida sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Hudud va otryad rahbarlariga yig‘im-terim mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
Ma’lumot uchun, 2024 yil paxta hosili uchun Termiz tumani 2 000 gektar, Jarqo‘rg‘on tumanida 7 140 gektar va Qumqo‘rg‘on tumanida 7 496 gektar maydonga g‘o‘za ekilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🐎 Surxondaryoda otlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 foizga ko‘paydi
📈 Statistik ma’umotlarga ko‘ra O‘zbekistonda jami otlar soni 274,1 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 foizga ko‘paygan. Bu ko‘rsatkich Surxondaryoda biroz yaxshiroq bo‘lib, otlar soni o‘tgan yilga qaraganda 3,2 foizga o‘sib, joriy yil 1-iyul holatiga 16 289 tani tashkil etgan.
🗺 Vohamiz hududlari kesimida otlar soni quyidagicha taqsimlangan:
🔝Denov – 3 133 ta;
🔝Sariosiyo – 2 852 ta;
🔝Boysun – 2 149 ta;
🔝Uzun – 1 775 ta;
🔝Qumqo‘rg‘on – 1 670 ta;
🔝Sherobod – 1 022 ta;
🔝Sho‘rchi – 989 ta;
🔝Oltinsoy – 784 ta;
🔝Bandixon – 506 ta;
🔝Qiziriq – 344 ta;
🔝Jarqo‘rg‘on – 344 ta;
🔝Muzrabot – 270 ta;
🔝Termiz – 232 ta;
🔝Angor – 204 ta;
🔝Termiz sh. – 21 ta.
🔝O‘rganish davrida otlar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami otlarning 65,9 foizi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari xissasiga to‘g‘ri kelgan.
🔝 "Boysun bahori" xalqaro festivalida o'tkazilgan uloq-ko'pkari musobaqasidan
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati bo‘yicha 1 799 ta "Yoshlarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari"ni e-auksion.uz orqali 30 yilga ijaraga oling
🔝Oltinsoy tumanidan 84 ta (ko'rish)
🔝Angor tumanidan 165 ta (ko'rish)
🔝Bandixon tumanidan 244 ta (ko'rish)
🔝Muzrabot tumanidan 115 ta (ko'rish)
🔝Denov tumanidan 53 ta (ko'rish)
🔝Jarqo'rg'on tumanidan 3 ta (ko'rish)
🔝Qumqo'rg'on tumanidan 78 ta (ko'rish)
🔝Qiziriq tumanidan 241 ta (ko'rish)
🔝Sariosiyo tumanidan 90 ta (ko'rish)
🔝Termiz tumanidan 215 ta (ko'rish)
🔝Uzun tumanidan 37 ta (ko'rish)
🔝Sherobod tumanidan 132 ta (ko'rish)
🔝Sho'rchi tumanidan 342 ta (ko'rish)
Eslatma: Mazkur yer maydonlari Prezident qarori (PQ-153-son, 05.04.2024-y.) asosida savdoga chiqarilgan.
🔝 (+99899) 203 00 30 (Surxondaryo viloyati vakili)
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Viloyat rahbari “Tibbiyot klasteri”, “IT park” hamda yoshlar va turizm ko‘chalari qurilishi, shuningdek, Milliy gvardiya va suv ta’minot boshqarmalari faoliyati bilan tanishdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi
✅O‘simliklar karantini va himoyasi Termiz tuman bo'limi: Kasallik zarakunanda hashorot va begona o'tlar tarqalishini prognoz qilish bo'yicha yetakchi mutaхassisi;
✅Bandixon tumani madaniyat bo'limi: mudiri;
✅Termiz tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi: "Termiz" mahallasi хotin-qizlar faoli;
✅Yoshlar ishlari agentligi Jarqo‘rg‘on tumani bo‘limi: "O'zbekiston" mahallasi yoshlar yetakchisi;
✅O‘simliklar karantini va himoyasi Sariosiyo tuman bo'limi: Kasallik zarakunanda hashorot va begona o'tlar tarqalishini prognoz qilish bo'yicha yetakchi mutaхassisi;
✅O‘simliklar karantini va himoyasi Denov tuman bo'limi: AKT bo'yicha yetakchi mutaхassisi;
✅Angor tumani qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bo’limi: Uy-joy kommunal хo'jaligi bo'yicha bosh mutaхassisi;
✅Denov tumani qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bo’limi: Arхitektura va qurilish sohasi bo'yicha bosh mutaхassisi;
✅Yoshlar ishlari agentligi Boysun tumani bo‘limi: Temirdarvoza mahallasi yoshlar yetakchisi;
✅Surxondaryo viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi: Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish va gender tenglikni ta'minlash bo'yicha bosh mutaхassisi;
✅Ekologiya, atrof -muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi: Кadrlar bo'limi bosh mutaхassisi;
🗓 Arizalar 06.08.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
✅Sherobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi: Mehnat migratsiyasi bo’yicha bosh mutaxassisi;
✅Angor tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi: Mehnat migratsiyasi bo’yicha bosh mutaxassisi;
✅Denov tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi: Mehnat migratsiyasi bo'yicha bosh mutaхassisi;
✅Muzrabot tumani hokimligi: Moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari bosh mutaхassisi;
✅Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi: Yangiqishloq mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha hokim yordamchisi;
🗓Arizalar 07.08.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryoda ilk bor iqtisodiyot sohasidagi doktorlik ishlari himoya kengashi tashkil etildi
Oliy attestatsiya komissiyasi qaroriga ko‘ra, Termiz davlat universitetida Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha doktorlik ishlari himoya kengashi ochildi.
Ilmiy tadqiqotchilar mazkur kengashda iqtisodiyot sohasining quyidagi 5 ta ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishlari mumkin:
◻️Ekonometrika va statistika;
◻️Moliya, pul muomalasi va kredit;
◻️Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti;
◻️Turizm va mehmonxona faoliyati;
◻️Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti.
Mazkur kengashning ish boshlashi viloyatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlanishi va salohiyatli iqtisodchi olimlarning kashf etilishiga xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Milliy gvardiya tashkil etilganining 7 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Qiziriq va Bandixon tumanlarida aholi daromadlarini oshirish borasidagi ishlar bilan tanishildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qiziriq tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida “Tursunpo‘lat Bahriddin” YaTTning eshik va deraza romlari hamda temir darvozalar tayyorlash korxonasi, Buyuk kelajak mahallasida tashkil etilgan mahalla servis kompaniyasi va xizmat ko‘rsatish nuqtalari faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aholi xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning dehqonchilik va o‘quvchilarning qo‘shimcha o‘quvlarga jalb qilish faoliyati bilan tanishildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2173
#Surxondaryo #aholibandligi #tadbirkorlik #serviskompaniyasi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Yaponiyaning “Support Organization for Advanced Foreign Students Co., Ltd” (SOAFS) kompaniyasi rahbari Junichi Nakamurani qabul qildi.
Uchrashuvda yapon investori tomonidan qurilish, eksport, ta’lim hamda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishlarida yangi loyihalarni amalga oshirish tashabbusi bildirildi. Jumladan, Termiz shahrida Yaponiya texnologiyasi asosida mustahkam va zilzilaga bardoshli turar-joylar qurish, quritilgan va quruq mevalar hamda limon eksportini yo‘lga qo‘yish, Surxondaryoda qurilish sohasida kadrlar tayyorlovchi Yaponiya universitetini tashkil etish, shuningdek, suv tejovchi texnologiyalar yetkazib berish loyihalari muhokama qilindi.
Viloyat rahbari istiqbolli loyihalarni amalga oshirishdan mamnunligini ta’kidlab, Surxondaryo viloyatining mavjud imkoniyat va salohiyati bilan tanishtirdi. Shuningdek, mas’ullarga yapon investori tomonidan taklif etilayotgan loyihalarning texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini har tomonlama o‘rganib, istiqbolli loyihalarni tanlab, taqdimotga kiritish vazifasi topshirildi.
Investorning vohamizga tashrifi davom etayotgan bo‘lib, bir necha kun davomida ishlab chiqarish obyektlari, loyihalarni amalga oshirish uchun taklif etilayotgan joylar bilan tanishiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Viloyat hokimi Ulug'bek Qosimov Boysunda madaniy meros obyekti, tikuvchilik korxonasi hamda sport klubi faoliyati bilan tanishdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🥊 Ikki karra Olimpiya chempionligi uchun navbatdagi qadam - Bahodir Jalolov yarimfinalga chiqdi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi a’zosi, Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Bahodir Jalolov Olimpiadalardagi ikkinchi medalini kafolatladi. Eng ogʻir vazn toifasida ishtirok etayotgan bokschimiz chorakfinalda avstraliyalik Teremoana Teremoanani mag‘lub etdi.
Endi u 7-avgust kuni germaniyalik Nelviye Tiafakka qarshi final yoʻllanmasi uchun jang qiladi.
Yurtimiz faxri bo‘lgan vohadoshimizga yarimfinalda omad tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryolik yana bir sportchi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, 19 yoshli Osiyo chempioni, surxondaryolik velosportchi Nikita Svetkov shosse yo‘nalishining elit kategoriyasida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Vakilimiz dunyoning eng nufuzli musobaqasida ertaga, 3-avgust kuni velosport bahslarida debyut qiladi.
Surxon vohasining yana bir faxri bo‘lgan Nikita Svetkovga Olimpiya o‘yinlarida omad tilaymiz.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X