Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi:
🔹 Muzrabot tumani qishloq хo'jaligi bo'limi: boshlig'i;
🔹 Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi: Davlat хususiy sheriklik asosidagi va oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini faoliyatini tashkil etish sho`'basi bosh mutaхassisi;
🔹 Agroinspeksiyaning Qumqo'rg'on tumani bo'limi: Qishloq хo'jaligida agroteхnik tadbirlarni nazorat qilish bo'yicha bosh mutaхassis;
🔹 Agroinspeksiyaning Sherobod tumani bo'limi: Teхnika holatini nazorat qilish bo'yicha bosh mutaхassis;
🔹 Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Oltinsoy tumani bo'linmasi: Bosh mutaхassisi;
🔹 Bandixon tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi: Bahoriston mahallasi хotin-qizlar faoli;
🔹 Denov tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi: Chuntosh mahallasi хotin-qizlar faoli;
🔹 Boysun tumani hokimligi: ijro intizomi bo'yicha bosh mutaхassisi;
🔹 Uzun tumani hokimligi: investitsiyalar va tashqi savdo bo'limi majmuasi bosh mutaхassisi;
🔹 Boysun tumani hokimligi: Yuqori Machay mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha hokim yordamchisi;
❗️Arizalar 29.07.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasi Shensi va Xebey provinsiyalariga tashrifi tafsilotlari
Delegatsiyaning Xitoyga tashrifi davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Shiszyachjuan shahrida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Xebey gubernatori Van Chjenpuning uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan uchrashuvda ikki hudud rahbarlari ham O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari Prezidentlarimizning say-harakatlari bilan tobora rivojlanib borayotganligini, xususan, “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi doirasida qator yo‘nalishlarda yirik tashabbuslar amalga oshirilayotganligini qayd etishdi.
Shuningdek, Xebey gubernatori Shiszyachjuan shahrida o‘tkazilgan biznes forumda erishilgan kelishuvlar, provinsiyaning salohiyati va mavjud imkoniyatlari haqida axborot berdi. O‘z navbatida viloyatimiz hokimi Surxondaryoning investitsion salohiyati bilan tanishtirdi. Muzokaralar yakunida metallurgiya, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, yangi loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Ulug‘bek Qosimov Van Chjenpuni Surxondaryoga taklif qildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kampaniyasiga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan bugun o‘tkazilgan majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari sayloviga doir muhim qarorlarni qabul qildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov kodeksiga muvofiq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari saylovi 2024-yil 27-oktyabr, yakshanba kuni o‘tkazilishi belgilandi.
Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan bugundan, ya’ni 2024-yil 26-iyuldan O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasiga start berilib, Kalendar reja tasdiqlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🛡#cybermonth
Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish - davr talabi
“Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi va Respublika Markaziy banki Kiberxavfsizlik markazi mas’ullari bilan kiberjinoyatlar va ularning oldini olish bo‘yicha suhbat qilindi.
Mas’ullar sodir etilayotgan kiberjinoyat turlari, sodir etish maqsadlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan soxta havolalar va zararli ilovalar haqida ma’lumot berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasi Chelyabinsk va Novosibirsk viloyatlariga tashrifi OAV nigohida
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
⚡️Diqqat e’lon: "President Tech Award" tanlovi uchun arizalar qabul qilish davom etmoqda
Vazirlar Mahkamasining qarori (66-son, 15.02.2023-y.) bilan har yili Prezident sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovi o'tkazilishi belgilangan. Joriy yil uchun tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan jamoalardan arizalarni qabul qilish 1-avgustgacha davom etadi.
🔰 Tanlov quyidagi 5 ta asosiy hamda 1 ta maxsus yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi:
🔹sunʼiy intellekt texnologiyalari;
🔹ijtimoiy yoʻnalishda raqamli texnologiyalar;
🔹Micro-SaaS va AdTech sohasidagi texnologik yechimlar;
🔹tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
🔹kompyuter va mobil oʻyin dasturlari;
🔹Maxsus yo‘nalish: Hakaton.
📝 Tanlovning asosiy yoʻnalishlarida 30 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston fuqarolari bir jamoa tarkibida (3–8 kishi) qatnashishi mumkin.
❕Maxsus yoʻnalishda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidenti boʻlgan tashkilotlarda ishlayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham (3–5 kishi) ishtirok etishi mumkin.
✅ Tanlov gʻoliblari quyidagi tartibda aniqlanadi:
🔸asosiy yoʻnalishlar boʻyicha – jamoatchilik tomonidan maxsus portalda ovoz berish orqali;
🔸maxsus yoʻnalish boʻyicha – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan.
💰Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:
▫️5 ta asosiy yoʻnalish boʻyicha:
👉 1-oʻrin uchun – 100 ming AQSH dollari;
👉 2-oʻrin uchun – 50 ming AQSH dollari;
👉 3-oʻrin uchun – 30 ming AQSH dollari;
▫️Maxsus yoʻnalish boʻyicha (bitta) – 100 ming AQSH dollari.
❗️Tanlovda ishtirok etish uchun pul undirilmaydi.
Ariza yuborish va ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://awards.gov.uz/login
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🛡#cybermonth
⚡️OGOH BO‘LING!
❗️Diqqat: Hurmatli fuqarolar, xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda! Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang!
〰️〰️〰️
«Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi» doirasida Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida, mahalla va qishloqlarda, ijtimoiy soha obyektlari, davlat tashkilotlari, korxona va idoralarda hamda jamoat joylarida fuqarolarga kiberjinoyatlar turlari haqida ma’lumot berilib, firibgarlarga aldanib qolmaslik choralari haqida tushuntirishlar berib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi - Cyber month Surkhandarya" targ‘ibot tadbirlari 31-iyulgacha davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi boshchiligidagi vohamiz delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasi hududlariga tashrifining birinchi kunini boshladi. Tashrif dasturiga muvofiq dastlab, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Shensi provinsiyasi gubernatori Chjao Gan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ikki hudud rahbarlari O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari Prezidentlarimizning say-harakatlari bilan har tomonlama rivojlanib, ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari yangi bosqichda davom etayotganligini ta’kidlashdi. Xususan, O‘zbekiston-Xitoy tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning o‘zida 5 mlrd dollarga yetib, 287 foizga o‘sganligi qayd etildi.
Uchrashuvda Surxondaryoning savdo-iqtisodiy, investitsion, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, elektr energiyasi ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi salohiyati va mavjud imkoniyatlari haqida axborot berildi. Ushbu yo‘nalishlarda ikki hududning o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib olindi.
Viloyatimiz rahbari Shensi provinsiyasi gubernatorini Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrif bilan borishga taklif etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
“Alpomish” kurash majmuasi rekonstruksiya qilindi
Termiz shahrida joylashgan “Alpomish” kurash majmuasi rekonstruksiyasi uchun 26 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, loyiha doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Bugun mazkur majmuaning foydalanishga topshirish tadbirida viloyat hokimining o‘rinbosari Ilhom Saparov, sport boshqarmasi mutasaddilari, kurash faxriylari, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Majmua yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan bo‘lib, yoshlarimizning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🛡#cybermonth
«Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi» doirasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida «Al-Xorazmiy avlodlari» onlayn olimpidasining viloyat bosqichi o‘tkazildi
Mazkur onlayn olimpiada Viloyat maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilib, o‘quvchilarning internet, axborot texnologiyalari, axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlari baholandi.
Ushbu onlayn olimpiadani o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlar orasida ko‘p uchrayotgan kiberjinoyatlarni oldini olish hamda ularga kiberjinoyat turlari haqida batafsil ma’lumot berishdan iborat.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
❗️Ichimlik suvi o‘chirilayotgan hududlarga maxsus texnikalar yordamida suv yetkazib beriladi
“Xo‘jaipok” TISICH va Tarqatish bo‘limini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 35/6 kV nimstansiyada rejali mukammal ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi 7 ta tumanning ushbu magistral quvur orqali ichimlik suvi bilan ta’minlanadigan hududlarida bugun, 24-iyul kuni soat 09:30 dan 17:00 gacha suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
➖ Oltinsoy tumani;
➖ Qumqo‘rg‘on tumani;
➖ Bandixon tumani;
➖ Qiziriq tumani;
➖ Sherobod tumani;
➖ Muzrabot tumani;
➖ Angor tumani.
☝️Suv ta’minoti vaqtincha o‘chirilayotgan hududlar aholisiga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib beriladi.
🙏 «Surxondaryo suv ta’minoti» MChJ yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
⚡️OGOH BO‘LING!
❗️Diqqat: Hurmatli fuqarolar, xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda! Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang!
Videoni oxirigacha ko‘ring va yaqinlaringizga ham ulashing!
〰️〰️〰️
“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimlari uchun targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Unda spikerlar tomonidan hozirgi kunda sodir etilayotgan kiberjinoyat turlari, sodir etish maqsadlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan sohta havolalar va zararli ilovalar haqida tushuntirishlar hamda ushbu kiberjinoyat qurboni bo‘lmaslik uchun tegishli tavsiyalar berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📊 Surxondaryo viloyatining yalpi hududiy mahsuloti (YAHM) hajmi:
📈 Viloyat statistika boqsharmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyun oylari yakuniga ko‘ra, Surxondaryoda YAHM hajmi 5,4 foizga o‘sib, 21 381,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🛡#cybermonth
Surxondaryo viloyatida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” davom etmoqda
Navbatdagi targ‘ibot tadbiri Milliy gvardiya Surxondaryo viloyat boshqarmasida bo‘lib o‘tdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🛡#cybermonth
“Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida Termiz shahrida joylashgan “Game Massa” klubida kibersport bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Unda Termiz shahri va tumanlardan tashrif buyurgan 15 ta jamoa o‘zaro kuch sinashishdi. Musobaqa davomida ishtirokchilar tajriba almashish, mahoratlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Bu kabi musobaqalar yoshlarimizning bilim, ko‘nikma va “IT” sohasidagi salohiyatlarini oshirishga xizmat qiladi hamda yoshlarimizda jamoaviy hamkorlik va strategik fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Ayni vaqtda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiyamiz Xebey markazi Shijiazhuang shahrida bo‘lib turibdi. Bugun delegatsiya ushbu provinsiyadagi qator ishlab chiqarish kompaniyalari, xalqaro quruq port logistika markazlari hamda ilmiy va yuqori texnologiyalar parklari faoliyati bilan tanishdi.
Xususan, dori-darmonlar ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Shijiazhuang Dukang Medical Eqiupment Co., Ltd” kompaniyasiga tashrif buyurildi. Kompaniya o‘z faoliyatini 1992-yilda boshlagan bo‘lib, 14 turdagi dori vositalarini ishlab chiqaradi va dunyo bo‘ylab yetkazib beradi.
Shundan so‘ng, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi “Hebei Mengbang” kompaniyasi faoliyati bilan tanishildi. Viloyatimiz rahbari kompaniya rasmiylari bilan o‘tkazilgan muzokaralarda Surxondaryo viloyatida mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun zarur sharoitlar va yetarli xom ashyo zaxirasi mavjudligini ta’kidlab, hamkorlikda yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yishni taklif etdi.
O‘z navbatida “Hebei Mengbang” kompaniyasi ushbu tashabbusga katta qiziqish bildirib, tomonlarning yetakchi mutaxassislari ishtirokida loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, delegatsiyamiz Shijiazhuang shahri xalqaro quruq portiga tashrif buyurib, logistika markazlari faoliyati bilan ham tanishdi. Xalqaro quruq port temir yo‘l va avtomobil yo‘llari orqali mahsulotlarni nafaqat Xitoy, balki dunyoning ko‘plab mamlakatlariga eksport qilishda muhim o‘rin tutadi.
Surxondaryo delegatsiyasining Xitoyga tashrifi ertaga Pekin shahrida davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi Xitoy OAVlarida keng yoritilmoqda.
Xususan, Shaanxi radio va televideniyesida viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov va Shensi provinsiyasi gubernatori Chjao Gangning uchrashuvi tafsilotlari haqidagi lavha efirga uzatildi.
Lavhani tomosha qilish uchun havola: https://mp.weixin.qq.com/s/H_JYkkPasZV9a25AYB7OFQ
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#xorijiy_OAV
Rossiya 1 | Vesti: Novosibirskda O‘zbekiston bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari ishlab chiqilmoqda
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiyaning Novosibirsk viloyatiga tashrifi tafsilotlari haqidagi lavha Rossiya 1 telekanalining Vesti informatsion yangiliklar dasturida efirga uzatildi.
Lavhani tomosha qilish uchun havola: https://www.nsktv.ru/news/city/novye_napravleniya_sotrudnichestva_s_uzbekistanom_osvaivayut_v_novosibirske/
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Xitoyga tashrifi Xebey provinsiyasida davom etdi. Delegatsiyamiz dastlab, Shiszyachjuan shahrida ikki tomon rasmiylari hamda 200 ga yaqin ishbilarmon doira vakillari ishtirokida tashkil etilgan biznes forumda qatnashdi.
Forumda ikki tomon rasmiylari, yirik kompaniyalar vakillari so‘zga chiqib, hududlarning savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy madaniy salohiyati to‘g‘risida taqdimot qildi. Xususan, viloyatimiz rahbari Ulug‘bek Qosimov o‘z so‘zida vohamizning mavjud imkoniyatlari bilan tanishtirib, Xitoy kompaniyalari bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, forum doirasida Surxondaryo va Xebey tadbirkorlari, ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida tor doiradagi muzokaralar, turli loyihalar yuzasidan muhokama o‘tkazildi. Yakunda tomonlar uchun manfaatli va istiqbolli kelishuvlarga erishildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Maxsus reportaj | Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasi Chelyabinsk va Novosibirsk viloyatlariga tashrifi tafsilotlari
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Fakt 24 | 6 oyda Sangardakka 2 barobar ko‘p xorijlik sayyoh keldi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiyamiz bugun Sian shahrida tashkil etilgan O‘zbekiston-Xitoy biznes forumida ishtirok etdi. O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ko‘magida tashkil etilgan forumda ikki tomon rasmiylari, shuningdek, 120 dan ortiq ishbilarmon doira vakillari ishtirok etishdi.
Forumda Surxondaryoning investitsion salohiyati, istiqbolli loyihalarni amalga oshirishdagi imkoniyatlari hamda investorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda imtiyozlar haqida axborot berildi. Viloyatimiz rahbari xitoylik investorlarni vohamizda yangi loyihalarni amalga oshirishga taklif etdi.
Shuningdek, forum doirasida ikki tomon ishbilarmon doira vakillarining “B2B” formatidagi uchrashuvlari o‘tkazildi. Uchrashuvlarda qator loyihalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan bir qancha kelishuvlarga erishildi.
Forumdan so‘ng delegatsiyamiz a’zolari Sian shahrida g‘allachilik va moy ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi “Xi'an Aiju Grain and Oil Industry Group Co., Ltd” hamda ko‘mir va kimyo sanoati yo‘nalishida faoliyat yurituvchi “Shaanxi Coal and Chemical Industry Group Co., Ltd” kompaniyalari bilan tanishdi.
Delegatsiyamizning Xitoyga tashrifi davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Sho‘rchida tez yordam stansiyasi, Denovda xususiy klinika foydalanishga topshirildi
“Tashabbusli budjet” loyihasiga kiritilgan viloyat tez tibbiy yordam filialining Sho‘rchi tumani stansiyasi binosini kapital ta’mirlash taklifi g‘olib deb topilib, 1 mlrd 300 mln so‘m mablag‘ ajratilgan edi. Loyiha doirasida eski bino mukammal ta’mirlanib, bugun foydalanishga topshirildi.
Tumanning 235 mingdan ortiq aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi mazkur tez tibbiy yordam stansiyasi tarkibida 17 ta brigada va 17 ta zamonaviy tez tibbiy yordam avtomashinalari mavjud.
Shuningdek, bugun Denov tumanida “Denov Diyorbek Trans” MChJ tomonidan tashkil etilgan, umumiy qiymati 4,5 mlrd so‘m bo‘lgan xususiy klinika ham o‘z faoliyatini boshladi. Zamonaviy tibbiy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlangan klinikada 25 ta ish o‘rni yaratilgan.
Klinikaning ochilish marosimida tuman mutasaddilari, tibbiyot sohasi vakillari hamda nuroniylar ishtirok etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Jarqo‘ton – O‘zbekiston tarixidagi eng qadimgi shahar
"Buyuk tarix" hujjatli filmining 1-qismida Surxondaryodagi "Jarqo‘ton" yodgorliklari haqida so‘z boradi.
Bugun soat 13:30 da "O‘zbekiston tarixi" telekanali orqali ushbu hujjatli filmning 1-qismi namoyish etiladi.
Ko‘rsatuvni tomosha qiling va O‘zbekiston tarixidagi eng qadimgi shahar haqidagi ma’lumotlar, qiziqarli faktlar bilan tanishing.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Axborot 24 | Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Rossiya federatsiyasi hududlariga tashrifi tafsilotlari
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati bo‘yicha 5 973 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalarini е-auksion savdo platformasida ochiq va shaffof savdolarda ishtirok etib sotib oling
🔸 Oltinsoy tumanidan 182 ta (ko'rish)
🔸 Angor tumanidan 213 ta (ko'rish)
🔸 Bandixon tumanidan 368 ta (ko'rish)
🔸 Boysun tumanidan 357 ta (ko'rish)
🔸 Muzrabot tumanidan 391 ta (ko'rish)
🔸 Denov tumanidan 430 ta (ko'rish)
🔸 Jarqo‘rg‘on tumanidan 477 ta (ko'rish)
🔸 Qumqo‘rg‘on tumanidan 580 ta (ko'rish)
🔸 Qiziriq tumanidan 577 ta (ko'rish)
🔸 Sariosiyo tumanidan 203 ta (ko'rish)
🔸 Termiz tumanidan 1058 ta (ko'rish)
🔸 Uzun tumanidan 405 ta (ko'rish)
🔸 Sherobod tumanidan 433 ta (ko'rish)
🔸 Sho‘rchi tumanidan 182 ta (ko'rish)
🔸 Termiz shahridan 117 ta (ko'rish)
☎️(99) 203-00-30 Surxondaryo viloyat vakili
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Jarqo‘rg‘on va Sho‘rchiga tashrif: Qurilish sohasidagi ishlar, loyihalar taqdimoti hamda hududlar infratuzilmasini yaxshilash tadbirlari bilan tanishuv
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda turar-joylar va ijtimoiy soha obyektlari qurilishi hamda ushbu yo‘nalishdagi loyihalar taqdimoti bilan tanishish maqsadida Jarqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlariga tashrif buyurdi.
Jarqo‘rg‘onda sport majmuasi faoliyati, maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, o‘quv binosi va sinf xonalarini ta’mirlash ishlari, turizm va yoshlar ko‘chalarini tashkil etish hamda “Yangi O‘zbekiston” massivida mini stadion, bolalar maydonchalari va boshqa obyektlarni qurish loyihalari taqdimoti bilan tanishildi.
Sho‘rchida 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda ko‘p tarmoqli markaziy shifoxona binosini rekonstruksiya qilish va 150 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2151
#Surxondaryo #qurilish #loyihalar #taqdimot
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
⚡️Surxondaryoda “Ma’naviyat festivali“ga start berildi
Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan vohamiz bo‘ylab “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!“ shiori ostida “Ma’naviyat festivali“ o‘tkaziladi.
22-iyuldan 27-iyulga qadar davom etadigan festival doirasida taniqli shoirlar, yozuvchi va olimlar, xalqimiz ardog‘idagi san’atkorlar ishtirokida uchrashuvlar, ko‘ngilochar tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni festivalda kutamiz!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X