#Surxon_iftixorlari
Shamsiqamar Suyunova - "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti sovrindori
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov joriy yil 4-iyul kuni Muzrabot tumanida og‘ir hudud sifatida tanlab olingan, yoshlar va turizm ko‘chalari tashkil etiladigan 10 ta mahallada infratuzilmani yaxshilash tadbirlariga start bergan edi.
Bugun viloyat rahbari mutasaddilar bilan Muzrabot tumaniga tashrif buyurib, mahallalarda ishlarning borishi hamda topshiriqlar ijrosini ko‘zdan kechirdi. Xususan, Do‘stlik mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi hamda tuman sektor rahbarlari va mahallalar “yettiligi”ning axborotlari tinglandi.
Ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘chalarni tartibga keltirish, elektr energiyasi, ichimlik suvi va boshqa kommunal xizmatlar bilan ta’minlash, umuman olganda mahallada infratuzilmani yaxshilash orqali aholi turmush farovonligini oshirish chora-tadbirlarining muddatida va sifatli bajarilishi yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk va Novosibirsk viloyatlariga tashrifini yakunlab, Termizga qaytib kelgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun “Sayxunobod” va “Uychi tumani” tajribalari asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Denov tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida turizm maskani tashkil etish loyihasining borishi ko‘zdan kechirildi. “Murojaatdan - daromadga” loyihasi doirasida Denov tumanida istiqomat qiluvchi 100 nafar ishsiz xotin-qizlarga tikuvchilik dastgohlari topshirish tadbirida ishtirok etildi.
Shuningdek, eshik-oyna romlari ishlab chiqarish, kompleks o‘g‘itlar yetkazib berish, mebel tayyorlash, gipsdan sun’iy gul bezaklari yasash, fasfud va yarim tayyor mahsulotlar tayyorlab sotish loyihalari hamda sport majmuasi faoliyati bilan tanishildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2150
#Surxondaryo #Sayxunobod #Uychi #loyihalar #bandlik
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Fakt 24 | Dorivor o‘simlik – lavanda yetishtirish ommalashmoqda
Surxondaryo viloyati Uzun davlat o‘rmon xo‘jaligida lavanda dorivor o‘simligi yetishtirilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📊 Surxondaryoda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni
📈 Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-iyul holatiga Surxondaryoda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) soni 23 479 tani tashkil etdi.
✔️Hududlar kesimida korxona va tashkilotlar soni quyidagicha:
📍 Termiz shahrida – 3 999 ta;
📍 Denov tumanida – 2 842 ta;
📍 Jarqo‘rg‘on tumanida – 1 803 ta;
📍 Sherobod tumanida – 1 660 ta;
📍 Sho‘rchi tumanida – 1 603 ta;
📍 Qumqo‘rg‘on tumanida – 1 519 ta;
📍 Sariosiyo tumanida – 1 427 ta;
📍 Termiz tumanida– 1 337 ta;
📍 Uzun tumanida – 1 271 ta;
📍 Angor tumanida – 1 167 ta;
📍 Oltinsoy tumanida – 1 080 ta;
📍 Qiziriq tumanida – 1 058 ta;
📍 Muzrabot tumanida – 1 050 ta;
📍 Boysun tumanida – 1 043 ta;
📍 Bandixon tumanida – 620 ta.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
❗️Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
➖ Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini qo‘shib yuborish orqali ularning negizida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti (keyingi o‘rinlarda – Universitet) tashkil etildi;
➖ Universitetda muhandislik, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida hamda hududning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanadi;
➖ Universitetda 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi;
➖ yirik ishlab chiqarish korxonalari Universitetning Ilg‘or muhandislik maktabiga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi;
➖ Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi;
➖ Universitet Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Qarorning to‘liq matni: https://uza.uz/uz/posts/617705
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Novosibirsk viloyatiga tashrifi davomida «Vosxod» non mahsulotlari ishlab chiqarish kompaniyasi faoliyati bilan ham tanishdi. Sohada 80 yillik tajribaga ega kompaniya har kuni Novosibirskning 1 200 ta aholi punktiga non va non mahsulotlarini yetkazib beradi hamda hududdagi umumiy bozorning 30 foizdan ortig‘ini o‘z mahsulotlari bilan ta’minlaydi.
Delegatsiyamiz a’zolari ishlab chiqarish jaaryonlari bilan tanishuvdan so‘ng hozirda Novosibirsk viloyatida bo‘lib turgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda migrantlarning yashash sharoitlari, ular uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda mavjud muammolar yuzasidan suhbat qilindi. Shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Surxondaryo viloyati filiali boshlig‘i migrantlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, yurtimizda migratsiyadan qaytgan fuqarolarimizni band qilish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
#Surxondaro #Novosibirsk #yurtdoshlar #uchrashuv #Vosxod
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasi Chelyabinsk va Novosibirsk viloyatlariga tashrifi OAV nigohida
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Ayni vaqtda Rossiya Federatsiyasiga tashrifini Novosibirsk viloyatida davom ettirayotgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov hamrohligida «Sibirskoe steklo» (Sibir shishasi) kompaniyasi faoliyati hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.
«EKRAN» sanoat parkining rezidenti bo‘lgan «Sibirskoe steklo» MChJ shaffof va rangli konteyner shisha ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, ta’minot geografiyasi Rossiyaning Uraldan uzoq sharqgacha bo‘lgan hududlari hamda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Mo‘g‘uliston davlatlari hisoblanadi. Zavodda iste’molchilarning xavfsizlik va sog‘liqni saqlash talablariga javob beradigan 120 turdagi shisha mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Muhandislar viloyatimiz rahbariga ishlab chiqarish jarayonlari va bosqichlari, zavod quvvati, unda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari haqida axborot berishdi. Shuningdek, «EKRAN» sanoat parki va «Sibirskoe steklo» kompaniyasi bilan kelgusida hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish masalasi ham muhokama qilindi.
#Surxondaro #Novosibirsk #Sibirskoesteklo
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Ulug‘bek Qosimov: Surxondaryo Novosibirsk bilan har tomonlama va ko‘p qirrali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor!
Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk viloyatiga tashrifining birinchi kunida o‘tkazilgan tadbirlar, uchrashuvlar va tanishuvlar jarayonlaridan lavha.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo delegatsiyasi eng yirik elektr mashinasozlik korxonalaridan bo‘lgan Novosibirskdagi “ELSIB” zavodiga tashrif buyurdi. Zavodda issiqlik elektr stansiyalari, gidroelektrostansiyalar, atom elektr stansiyalari uchun asbob-uskunalar, jihozlar, generatorlar, elektr motorlar ishlab chiqariladi.
Kompaniya, shuningdek, kapital ta’mirlash va sotishdan keyingi xizmatlarni ham ko‘rsatadi.
Delegatsiyamiz a’zolari kompaniyada ishlab chiqarish jarayonlari va tayyor mahsulotlar turlari bilan tanishishdi. Shuningdek, yirik sanoat va gidrologiya loyihalari uchun jihozlar yetkazib berish masalasini ham muhokama qildi.
#Surxondaro #Novosibirsk #ELSIB
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Viloyatimiz delegatsiyasining Novosibirsk viloyatiga tashrif dasturiga muvofiq “RusAgroMarket” ulgurji tarqatish markazi faoliyati bilan tanishishdi.
Loyiha “Ermak” kompaniyalar guruhi va “Proksima Kapital Group” investitsiya kompaniyasi tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida amalga oshirilgan bo‘lib, Novosibirskdagi markazning umumiy maydoni 108 gektarni tashkil etadi.
Viloyatimiz delegatsiyasining markaz faoliyati bilan tanishuvidan so‘ng, ikki hudud tadbirkorlari ishtirokida muzokaralar o‘tkazildi. Tomonlar markazda tadbirkorlar uchun yaratilgan qulayliklar, jumladan, mahsulotlarni saqlash, yetkazib berish, ulgurji sotish uchun yaratilgan sharoitlardan kelgusida xamkorlikda foydalanishga kelishdilar.
Surxondaryo va Novosibirsk viloyatlari rahbarlari mahsulotlarni yetkazib berish va o‘zaro tovar almashishda hamkorlik qilishdan mamnunligini bildirishdi.
#Surxondaro #Novosibirsk #RusAgroMarket
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Ayni vaqtda Rossiyaning Novosibirsk viloyatida tashrifini davom ettirayotgan Surxondaryo delegatsiyasi bugun Novosibirsk viloyati sanoat va logistika parki faoliyati bilan tanishdi. Umumiy maydoni 1 059 gektar bo‘lgan parkda 60 mlrd rubllik investitsiyalar jalb qilingan.
Viloyatimiz rahbari boshchiligidagi delegatsiya park hududida yo‘lga qo‘yilgan loyihalar, amalga oshirilayotgan tashabbuslar hamda kelgusidagi rejalar bilan tanishdi. Bugungi kunda park hududida Rossiya va xorijiy kompaniyalar investorlari o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishgan.
Park hududida asosiy muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlari, jumladan, yuqori bosimli gaz quvuri, elektr tarmog‘i obyektlari, issiqlik ta’minoti tizimi, umumiy temir yo‘l va uchastka ichidagi avtomobil yo‘llar investorlar uchastkalari bo‘ylab birlashtirilgan.
Viloyat rahbari park faoliyati bilan tanishib, mutasaddilarga ushbu tajribani Surxondaryoda joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish topshirig‘ini berdi.
#Surxondaro #Novosibirsk
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Novosibirsk viloyatiga tashrifi doirasida amaliy tadbirlar boshlandi. Bugun viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov va Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikovning kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda tomonlarning tarmoq va sohalar mutasaddilari hamda ishbilarmon doira vakillari o‘zaro hamkorlik aloqalarining yangi yo‘nalishlari, istiqbolli loyihalar hamda mavjud imkoniyatlar yuzasidan taqdimotlari ko‘rib chiqildi va ma’ruzalari tinglandi. Ikki viloyat rahbari ham O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlarining say-harakatlari bilan ikki mamlakatning strategik hamkorlik aloqalari yangi bosqichda rivojlanib borayotganini qayd etishdi.
Tadbir yakunida Surxondaryo viloyati hokimligi va Novosibirsk viloyati hukumati o‘rtasida hamkorlik qilish bo‘yicha anglashuv memorandumi hamda ushbu memorandumni ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Delegatsiyamizning Novosibirsk viloyatiga tashrifi davom etmoqda.
#Surxondaro #Novosibirsk #uchrashuv #hamkorlik #memorandum
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov sog‘ligi tufayli lavozimidan ozod etildi, vazirning birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
〰️〰️〰️
Qurilish inspeksiyasi Hukumat tarkibiga o‘tkaziladi
Ruxsatsiz yoki loyihadan chetga chiqib qilinayotgan qurilishlar bo‘yicha jazo choralari kuchaytiriladi.
Bunday holatlarni aniqlash uchun Qurilish inspeksiyasining texnik vositalar, shu jumladan dronlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Muzrabot tumanidagi og‘ir hudud sifatida tanlab olingan 10 ta mahallada infratuzilma yaxshilanmoqda
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Denovda turizm maskani qurilishi, xotin-qizlar bandligi, korxonalar va sport majmuasi faoliyati bilan tanishildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🛡#cybermonth
Surxondaryoda “Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida aholi uchun galakonsert dasturi namoyish etildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati bo‘yicha yoshlarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan 2 134 ta yer uchastkalarini e-auksion.uz orqali 30 yilga ijaraga oling!
🔹 Oltinsoy tumanidan 127 ta (ko'rish)
🔹 Angor tumanidan 165 ta (ko'rish)
🔹 Bandixon tumanidan 210 ta (ko'rish)
🔹 Muzrabot tumanidan 263 ta (ko'rish)
🔹 Denov tumanidan 70 ta (ko'rish)
🔹 Jarqo'rg'on tumanidan 105 ta (ko'rish)
🔹 Qumqo'rg'on tumanidan 100 ta (ko'rish)
🔹 Qiziriq tumanidan 255 ta (ko'rish)
🔹 Sariosiyo tumanidan 92 ta (ko'rish)
🔹 Termiz tumanidan 221 ta (ko'rish)
🔹 Uzun tumanidan 49 ta (ko'rish)
🔹 Sherobod tumanidan 143 ta (ko'rish)
🔹 Sho'rchi tumanidan 334 ta (ko'rish)
Eslatma: Mazkur yer maydonlari Prezident qarori (PQ-153-son,05.04.2024 y.) asosida savdoga chiqarilgan.
☎️ (99) 203-00-30 Surxondaryo viloyati vakili
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🛡#cybermonth
Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish - davr talabi
"Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida viloyatimiz shahar va tumanlarida mehnat jamoalari, jamoat joylari, savdo nuqtalari, tashkilot, idora va muassasalarda kiber jinoyatlarning oldini olish, firibgarlarga aldanmaslik, bu kabi holatlar sodir bo‘lganda ko‘riladigan chora-tadbirlar yuzasidan targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Navbatdagi tadbirlar Denov tumanida Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan o‘tkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Novosibirskning yirik oziq-ovqat bozorlaridan biri hisoblangan Xiloks bozori bilan tanishdi. Savdo majmuasida O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ham sotuvi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yurtimizdan keltirilgan mahsulotlar bu yerda juda xaridorgir hisoblanadi.
Delegatsiyamiz yirik bozor hududi bilan tanishib, kelgusida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirish, savdo nuqtalarini ko‘paytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqib, Novosibirsk mutasaddilari bilan ushbu masalani muhokama qildi.
Shundan so‘ng, asli o‘zbekistonlik tadbirkor tomonidan Novosibirsk tumanida tashkil etilgan, shartnoma asosida turar-joy bo‘lmagan aktivlarni haq evaziga boshqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi «Aziya-Sibir» agrokompleksi faoliyati bilan tanishildi. Jumladan, kompleksning logistika markazida O‘zbekistondan keltirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlash, savdo nuqtalariga yetkazib berish, shuningdek, o‘zbek milliy taomlari tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish nuqtalari faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Delegatsiyamizga kompleksning faoliyat yo‘nalishlari, bu yerda tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan taqdimot qilindi.
#Surxondaro #Novosibirsk #Xiloksbozori #AziyaSibir
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Surxondaryo viloyatida Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Radjabov boshchiligidagi mutasaddilar Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, viloyat hokimining tashriflarida berilgan topshiriqlar ijrosi, yangi loyihalarni amalga oshirish, mavjud korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni o‘rgandi.
Dastlab, tuman hududidan o‘tuvchi M41-avtomagistral yo‘li bo‘yida joylashgan eski xiyobonni ta’mirlash, Yoshlar va turizm ko‘chalarini tashkil etish ishlarining borishi hamda “Sherzod sport klubi” faoliyati bilan tanishilib, sportchi yoshlar bilan suhbat qilindi.
Shuningdek, “Mexanika” xususiy korxonasining temir mahsulotlarini eritish va qayta ishlash faoliyati va “Qumtex Invest” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan, umumiy qiymati 73,5 mln dollarlik to‘qimachilik loyihasining birinchi bosqichini ishga tushirishga tayyorlash jarayonlari bilan tanishildi. O‘rganish yakunida “Joziba mebel” xususiy korxonasining mebel ishlab chiqarish faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Mutasaddilarga viloyat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini sifatli ta’minlash, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, korxonalar faoliyatini kengaytirish, ish o‘rinlari sonini oshirish vazifalari topshirildi.
#Surxondaryo #loyihalar #vazifalar #ijro
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#CybermonthSurkhandarya
🎼 Vohadoshlarimiz va viloyatimiz mehmonlarini galakonsert tomoshalariga taklif etamiz
Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbirlari doirasida bugun, 18-iyul kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va Termiz shahar hokimligi hamda boshqa aloqadar tashkilotlar hamkorligida “San’at saroyi” majmuasida galakonsert dasturi namoyish etiladi.
🎤 Konsert dasturida vohamizning estrada yulduzlari, so‘z ustalari hamda taniqli blogerlar o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishadi.
📍 Galakonsert vaqti va manzili: bugun, 18-iyul soat 19:00 da Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasi old maydoni.
❗️Konsert dasturlariga kirish mutlaqo bepul.
Barcha vohadoshlarimiz va viloyatimiz mehmonlarini ushbu gala konsert dasturlariga taklif etamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🛡#cybermonth
Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish - davr talabi
〰️〰️〰️
"Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida viloyatimiz shahar va tumanlarida mehnat jamoalari, jamoat joylari, savdo nuqtalari, tashkilot, idora va muassasalarda kiber jinoyatlarning oldini olish, firibgarlarga aldanmaslik, bu kabi holatlar sodir bo‘lganda ko‘riladigan chora-tadbirlar yuzasidan targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Navbatdagi tadbirlar, Angor, Uzun va Termiz tumanlarida o‘tkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Delegatsiyamizning Novosibirskdagi keyingi manzili «Sibiar» AJ maishiy kimyo ishlab chiqarish zavodi bo‘ldi. 1974 yilda tashkil etilgan mazkur zavodda soch turmagi uchun mahsulotlar, antistatik vositalar, havo spreyi, maishiy laklar va turli sirtlarni tozalash, hasharotlarga qarshi va avtomobillarni parvarish qilish vositalari kabi 400 nomdagi aerozol mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Viloyatimiz delegatsiyasi ishlab chiqarish jarayonlaridan tortib, mahsulotlarni qadoqlash, logistika markazlariga yuborish hamda savdoga chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi.
Zavod bilan kelgusida mahsulotlar ishlab chiqarish, yetkazib berish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
#Surxondaro #Novosibirsk #Sibiar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Ayni vaqtda Novosibirsk viloyatida bo‘lib turgan Surxondaryo delegatsiyasi tarikibida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, vohamizdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda ta’lim sohasi mutasaddilari ham tashrif buyurgan.
Viloyatimizning oliy ta’lim muassasalari rektorlari Novosibirskdagi hamkasblari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ta’lim tizimida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Ikki tomonlama uchrashuvlar hamda muzokaralar davomida Surxondaryo va Novosibirsk viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qator kelishuvlar imzolandi. Xususan, tibbiyot, farmasevtika, muhandislik, ijtimoiy-iqtisodiy, arxitektura va qurilish hamda fizika yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlashda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishga kelishilib olindi.
#Surxondaro #Novosibirsk #oliytalim #hamkorlik
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Chilla – iste’dodlar mavsumi
Surxondaryo viloyatida “Yoshlar birligi va bunyodkorligi uchun” shiori Chilla – iste’dodlar mavsumi madaniy tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirlar Termiz tumani markazida joylashgan “Marvarid” dam olish maskanida 6 ta yo‘nalishda yoshlarning turli bellashuvlari, ko‘rgazmalar, filmlar namoyishi hamda galakonsert tomoshalari bilan davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu madaniy tadbirlar 15-30-iyul kunlari 15 kun davomida o‘tkaziladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🛡#cybermonth
Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish - davr talabi
IIV mutaxassislari tomonidan Termiz shahridagi ko'p qavatli uylar va jamoat joylarida aholi o‘rtasida kiber jinoyatlarning oldini olish, firibgarlarga aldanib qolmaslik yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Viloyatimiz bo‘ylab "Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida bu kabi tadbirlar davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Tadbirkorlar bilan mahallabay ishlash bo‘yicha “G‘ijduvon tajribasi” asosida tuman hokimlariga yil yakuniga qadar 1 mingta mahallada vertikal o‘sadigan sanoat binolarini tashkil qilish topshirildi.
〰️〰️〰️
Tuman darajasida katta loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan “Zarbdor tajribasi” asosida sanoat, savdo, xizmat va zamonaviy agrotexnologiyalar sohasida kamida 5-7 tadan “drayver” loyiha ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.
〰️〰️〰️
Mutasaddi rahbarlar ikkinchi yarim yillik uchun tushum so‘zsiz ta’minlanishi shartligi haqida ogohlantirildi.
Prezident ishlab chiqarish va daromad oshishiga qiynalgan tadbirkorga ko‘mak berish orqaligina erishish mumkinligini ko‘rsatib o‘tdi.
Barcha hokim va soliqchilar qat’iy ogohlantirildi: tadbirkorga ortiqcha to‘lov qildirgan mas’ullar jazolanadi. Bosh prokuraturaga bu masalani alohida nazoratga olish topshirildi.
〰️〰️〰️
Mutasaddilarga soliq tushumlarida o‘sish past bo‘lgan hududlarga borib, ajratilgan kredit, subsidiya, davlatdan berilgan resurslar samarasini tahlil qilish topshirildi.
Tahlil yakunlariga ko‘ra ushbu hududlar hokimining birinchi o‘rinbosari va soliq rahbarlari faoliyatiga baho beriladi.
〰️〰️〰️
Endilikda imtiyoz va subsidiyalar maqsadli ko‘rsatkich bilan bir yilga berilishi, natijasiga qarab muddati cho‘zib berilishi yoki umuman bekor qilinishi belgilandi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X