axborot_xizmati | Неотсортированное

Telegram-канал axborot_xizmati - Surxondaryo viloyati hokimligi

11159

Surxondaryo viloyati hokimining rasmiy axborot kanali Web site: http://surxondaryo.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz @surxondaryouz_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati hokimligi

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

- Yutuqlarimiz haqida ko‘p gapirish mumkin. Dunyodagi og‘ir sharoitga qaramasdan barqaror iqtisodiy o‘sish yo‘lida aniq natijalarga erishayapmiz.

Buni Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, hamkor davlatlar rahbarlari, reyting tashkilotlari, yirik investorlar ham e’tirof etayapti
,

- dedi davlatimiz rahbari.

Bunga munosib hissa qo‘shayotgan tarmoq, viloyat va tumanlarga, tadbirkorlarga alohida minnatdorlik bildirildi.
〰️〰️〰️

Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalari o‘zini oqlaganini hisobga olib, ularga yangi sur’at bag‘ishlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga ikkinchi yarim yillikda “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi qamrovini 1,5 barobar oshirib, 4 trillion so‘m ajratish topshirildi.

Yil yakunigacha kamida 50 ta yangi mikro-moliyalash tashkilotini ochib, ularni kreditlashga 1 trillion so‘m resurs berish vazifasi qo‘yildi.
〰️〰️〰️

“Uychi tajribasi”, ya’ni tadbirkorlar va biznes bilan shug‘ullanish istagidagi aholi bilan manzilli ishlash tizimi asosida tuman hokimlari tadbirkorlar bilan, banklar esa mijozlari bilan muntazam uchrashib, ularga biznesini kengaytirishga ko‘maklashishi belgilandi.

Bunda tuman hokimi infratuzilma masalasi, bank esa moliyaviy ko‘mak masalasi bilan shug‘ullanadi.

Mutasaddilarga tadbirkorlar bilan manzilli ishlash hisobiga yil yakunigacha 670 ming aholi bandligini ta’minlash muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Rossiya Federatsiyasiga tashrifini davom ettirayotgan Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Chelyabinsk shahridagi yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyati hamda mahsulotlar va xizmatlar turlari bilan tanishdi.

Jumladan, blok-modulli qozonxonalar, bug‘ va issiq suv qozonlari, burnerlar, turli xil uskunalar o‘rnatilgan texnologik blok qutilarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi "Lantan" kompaniyasi, Rossiyadagi eng yirik po‘lat quvurlar ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan Chelyabinsk quvur prokat zavodi (ChTPZ) hamda nafaqat Rossiyada, balki butun dunyo bo‘ylab, materiallarga ishlov berish, turli uskunalar bilan ta’minlash xizmatini ko‘rsatuvchi “Uralkran” kompaniyasi faoliyati bilan tanishishdi.

Ishlab chiqarish jarayonlari, tayyor mahsulotlar turlari va sifati bilan tanishgan delegatsiyamiz a’zolari kelgusida hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdi.

#Surxondaryo #Chelyabinsk #tanishuv

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligidagi delegatsiyamiz Chelyabinsk shahrida tashkil etilgan biznes forumda ishtirok etdi. Forumda Surxondaryoning investitsion salohiyati, mavjud imkoniyatlari haqida taqdimotlar qilindi.

Viloyatimiz rahbari rossiyalik tadbirkorlarni hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishga taklif etib, bu borada barcha zarur ko‘maklar ko‘rsatilishini ta’kidladi. Shuningdek, Chelyabinsk viloyati mutasaddilari ham kelgusida hamkorlik istiqbollari, o‘lkadagi mavjud salohiyat va imkoniyatlar bilan tanishtirishdi.

Forum doirasida ikki tomon tadbirkorlari o‘rtasida “B2B” formatidagi qator uchrashuvlar o‘tkazildi. Muzokaralar yakunlariga ko‘ra mato, meva va sabzavotlar eksportini amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Shundan so‘ng, delegatsiyamiz hududdagi tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi «Moy biznes» markazi faoliyati bilan tanishdi. Viloyat rahbari markaz tajribasini puxta o‘rganish va vohamizda joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarini amalga oshirish topshirig‘ini berdi.

#Surxondaryo #Chelyabinsk #biznesforum #muzokaralar #kelishuvlar

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🛡#cybermonth

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish - davr talabi

Termiz xalqaro aeroportida yo‘lovchilar va xodimlar o‘rtasida kiber jinoyatlarning oldini olish, firibgarlarga aldanib qolmaslik yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Viloyatimiz bo‘ylab "Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Termizdagi ikki institut yiriklashtirilib, yangi universitet tashkil etiladi

Prezidentimiz davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari, oliy ta’lim tizimida sifatni oshirish va xalqaro o‘quv dasturlarini tatbiq etishga oid hisobot bilan tanishdi.

Xususan, joriy yil 20-iyun kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlarga asosan Surxondaryodagi Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini yiriklashtirish orqali Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish rejalashtirilayotganligi ma’lum qilindi.

Unda Ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etilishi, amaliyotga yo‘naltirilgan maxsus ta’lim dasturlari asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yilishi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari tarmoq, korxona va oliy ta’lim muassasasi uzviyligini mustahkamlash, o‘z sohasida ilg‘or, raqobatdosh mutaxassislar tayyorlash zarurligini ta’kidladi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📍AIRITOM Free zone – barcha to‘siqlardan holi bo‘lgan erkin savdo zonasi

🖇O‘zbek-afg‘on xalqlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, umuman mamlakatimizning Janubiy darvozasi orqali qo‘shni davlatlar tadbirkorlari bilan aloqalarni har tomonlama rivojlantirish maqsadida Termizda AIRITOM erkin savdo zonasi tashkil etildi.


🎥 Savdo va ko‘ngilochar markazlar, zavod va fabrikalar, restoran va kafelar, mehmonxonalar, zamonaviy tibbiyot majmuasi, biznes maktabi – umuman, tashrifchilarga barcha qulayliklar yaratilgan AIRITOM Free Zone haqida mazkur videolavha orqali batafsil tanishing.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Sho‘rchiga tashrif: Yangi loyihalar taqdimoti, ishlab chiqarish korxonalari hamda monomarkaz filiali va IT markaz faoliyati bilan tanishuv

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumanida bo‘lib, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar, yaratilayotgan ish o‘rinlari hamda yangi tashabbuslar taqdimoti bilan tanishdi.

Tashrif davomida “Sho‘rchi grand mebel” MChJ tomonidan mebel va eshik romlari ishlab chiqarish, tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishildi. Ishga marhamat monomarkazining Sho‘rchi tumani filialining ochilish tadbiri o‘tkazildi. Shuningdek, yog'och yashiklar tayyorlash, bruschatka va plitkalar ishlab chiqarish korxonalari ish jarayonlari ko‘zdan kechildi.

Tashrif yakunida ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan oilaning muammolari o‘rganilib, turmush va uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2148

#Surxondaryo #loyihalar #ishorinlari #bandlik

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🛡#cybermonth

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish - davr talabi
〰〰〰

Termiz shahrida jamoat joylarida aholi o‘rtasida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Patrul post xizmati tomonidan kiber jinoyatlarning oldini olish, firibgarlarga aldanib qolmaslik yuzasidan targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Onlayn qabul: Shahar va tumanlar studiyalari orqali 837 nafar fuqaroning murojaati tinglandi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xalq qabulxonalari orqali viloyat rahbarining qabulini so‘ragan hamda turli masalalarda murojaat qilgan fuqarolarning muammolarini tinglash maqsadida navbatdagi onlayn qabulini o‘tkazdi.

Viloyat rahbari Termiz shahri va tumanlar studiyalari orqali fuqarolarning davolanish, uy-joy olish yoki qurish uchun subsidiya olish, yo‘llarni ta’mirlash, ishga joylashish, o‘zini o‘zi band qilish uchun jihoz ajratish, elektr energiya va ichimlik suvi ta’minoti, kadastr, maktab va maktabgacha ta’lim tizimidagi muammolar hamda boshqa masalalardagi murojaatlarini mas’ullar ishtirokida tingladi.

Angor tumani hokimligi studiyasi orqali o‘tkazilgan qabul davomida qator murojaatlarning yechimi yuzasidan mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi. Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qilinadigan murojaatlar yuzasidan sohalar va tarmoqlar hamda hududlar rahbarlariga aniq muddatlar bilan ijroga yo‘naltirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

❗️«O‘zgidromet» tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabar berdi

Xabarda joriy yilning 13-16-iyul kunlari kutilayotgan yomg‘ir yog‘ishi sababli, respublikamizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi ma'lum qilingan.

📞 Yuqoridagilarni inobatga olib, tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini, toshqin suvlari, sel oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq xavflar yuzaga kelgan taqdirda tezkor shtablarga 101, 1050 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlarini so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🛫 Havodagi harakatni boshqarish Termiz hududiy bo‘linmasi - parvozlar xavfsizligini ta’minlashda mustahkam qo‘rg‘on

“O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK Termiz hududiy bo‘linmasi havodagi harakatni boshqarish minorasining yangi binosi o‘z faoliyatini boshladi.

✈️ Endilikda ushbu minora soatiga 12 ta, bir kecha-kunduz mobaynida 264 ta, yil davomida 96 360 ta havo kemasiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bu borada amalga oshirilayotgan ishlar hamda yangi investitsiya loyihalari bilan tanishish maqsadida Termiz shahri va Termiz tumanidagi qator ob’ektlarga tashrif buyurdi.

Xususan, Termiz shahrida xostel, ko‘p tarmoqli xususiy klinika, lak bo‘yoq va pardozlash mahsulotlari ishlab chiqarish hamda milliy shirinliklar tayyorlash korxonalari faoliyati hamda Termiz tumanida parrandachilik klasteri va “Termiz xalqaro savdo markazi” hududida Fonon zargarlik loyihasini tashkil etish ishlari bilan tanishildi.

Shuningdek, viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining 2024-yil 1-yarim yilligidagi faoliyati hamda Prezidentimizning “Surxondaryo viloyatida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan mutasaddilarning taqdimotlari ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2146

#Surxondaryo #investitsiyaloyihalari #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

UzA | Ulug‘bek Qosimov testga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri va Denov tumanida 2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari bo‘lib o‘tadigan binolarda bo‘lib, ularda abiturientlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Viloyatda joriy yilgi test sinovlari Termiz shahridagi “Surxon” sport majmuasining birinchi va ikkinchi zallari, Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining ikkita zali, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Denov jamoat salomatligi texnikumi hamda tuman sport maktabining sport zallarida o‘tkaziladi.

Shu kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” ham bo‘lib o‘tdi. Unda 260 ga yaqin yigit-qiz ishtirok etib, viloyat rahbari bilan ochiq muloqot qildi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/615089

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi

🏢 Viloyat statistika boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yil yanvar-may oylari davomida Surxondaryoning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 44 585,6 ming dollarni tashkil etgan.

Shundan:
➡️ eksport 35 146,0 ming dollar;
⬅️ import 9 439,6 ming dollarni tashkil etgan.

✔️ Surxondaryo viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya (73,0 foiz), Qozogʻiston (14,6 foiz), Turkmaniston (4,4 foiz) va Belarus (2,6 foiz) davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo Rossiya hududlari bilan hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirmoqda

Viloyatimiz rahbari Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi Surxondaryo delegatsiyasi ikki kunlik tashrif bilan Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida bo‘ldi.

Ayni vaqtda delegatsiyamizning tashrifi Novosibirsk viloyatida davom etmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Chelyabinsk shahridagi "Agromaksurala" kompaniyasida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasidagi tajribasi bilan tanishdi. Shuningdek, kompaniya rasmiylari va viloyatimiz tadbirkorlarining ikki tomonlama uchrashuvlari o‘tkazildi.

Muzokaralar yakunida Surxondaryo tomonidan "Pomir agro klaster" MChJ va Chelyabinsk tomonidan "Agromaksurala" kompaniyasi hamkorligida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, kartoshka yetishtirish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Loyiha doirasida vohamizning kartoshkaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, tadbirkorlarimiz uchun yangi imkoniyatlarni yaratish maqsadida Chelyabinsk viloyatidan 20 ming gektar unumdor yer maydoni ajratiladi.

Yer maydoni bosqichma bosqich ajratib boriladi hamda kartoshka yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Yetishtirilgan mahsulotlar vohamiz ehtiyojiga qarab bozorlarimizga yo‘naltiriladi.

#Surxondaryo #Chelyabinsk #muzokaralar #kelishuvlar

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasida

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi vohamiz delegatsiyasi Rossiyaning Chelyabinsk viloyatiga tashrif buyurdi.

Dasturga ko‘ra Chelyabinsk va Novosibirsk viloyatlarida biznes forumda ishtirok etish, ikki tomonlama uchrashuvlar, loyihalar yuzasidan muzokaralar, kelishuvlarni imzolash tadbirlari, yirik ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi korxonalari, logistika markazlari hamda diqqatga sazovor joylar bilan tanishuvlar rejalashtirilgan.

Bugun dasturga muvofiq Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Chelyabinsk gubernatori Aleksey Tekslerning tomonlar mutasaddilari hamda ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi hamda qator kelishuvlarga erishildi.

Muloqot yakunida viloyatimiz hokimi Chelyabinsk gubernatori va tadbirkorlarni Surxondaryoga amaliy tashrif bilan borishga taklif qildi.

#Surxondaryo #Chelyabinsk #uchrashuv #muzokalar #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

💼 Tayinlov

Radjabov Azamat Jo‘rayevich – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Surxondaryo viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

A. Radjabov 1983-yilda Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2006-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodiyot.

Mehnat faoliyati davomida “Mikrokreditbank” AT bankining tuman, viloyat mintaqaviy filiallarida boshliq, “Mikrokreditbank” AT banki boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar “Mikrokreditbank” AT banki Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Topshiriqlar ijrosi: Sariosiyoning Diydor mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Sariosiyo tumaniga tashrifida Diydor mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berilgan edi.

Topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida mahalladagi 6 km ichki yo‘llar ta’mirlanib, asfaltlash ishlari amalga
oshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🛡#cyber_month_2024

Surxondaryo viloyati shahar va tumanlarida aholi o‘rtasida "Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi - Cyber month Surkhandarya" tadbirlari doirasida fuqarolarimizning kiberjinoyatlar qurboniga aylanib qolishining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, yangi taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida hududiy studiyalar orqali navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli”ni o‘tkazdi.

Sho‘rchi tumani hokimligi zalida o'tkazilgan onlayn qabulda 47 nafar tadbirkorning 55 ta turli masalalardagi murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning 10 tasi qabul davomida hal etildi hamda 45 ta murojaat ijrosi yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.

Mutasaddilarga ijro uchun yo‘naltirilgan masalalarni puxta o‘rganish, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etishda mas’uliyat bilan ishlash vazifasi topshirildi va murojaat ijrosi qat’iy nazorat ostida ekanligi qayd etildi.

❗️Eslatma: Tadbirkorlarimizdan o‘zlarini qiynayotgan muammolar, yangi taklif va tashabbuslar yuzasidan quyidagi telegram botga murojaat qilishlarini so'raymiz:
@surxondaryo_tadbirkorlari_bot

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

UzA | Shifobaxsh giyohlar tabiat shaydolarini maftun etmoqda

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘idagi shifobaxsh o‘simliklar ham bepoyon tog‘u-dashtlarga fusunkor tabiat in’om etgan noyob boylik.

Shu kunlarda maftunkor tabiat maskaniga qadam tashlasangiz turli dardlarga darmon bo‘ladigan yuzlab turdagi giyohni uchratasiz.


Batafsil: https://uza.uz/posts/615822

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Angor tumanida turizm, madaniy meros va madaniyat hamda xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov turizm, madaniy meros va madaniyat hamda xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Angor tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Bolaliktepa madaniy meros obyektining restovratsiya ishlari, 5-son Madaniyat markazi faoliyati, Ishga marhamat monomarkazida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish jarayonlari hamda turizm ko‘chasi taqdimoti bilan tanishildi. Shuningdek, Angor tumanida probatsiya hisobida turgan xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2147

#Surxondaryo #turizm #madaniymeros #xotinqizlar #bandlik

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida amalga oshirilayotgan qurilish loyihalari bilan tanishdi.

Xususan, turizm ko‘chasini tashkil etish loyihasi taqdimoti ko‘rib chiqilib, loyihani amalga oshirishning texnik va iqtisodiy tomonlarini mavjud sharoitlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqish, zarur infratuzilmalar bilan ta’minlash hamda tashrif buyuruvchilar uchun barcha sharoitlarni yaratish lozimligi qayd etildi.

Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilib, tegishli vazifalar belgilab berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Termiz shahrida xostel, xususiy klinika, lak bo‘yoq va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hamda Termiz tumanida parrandachilik va zargarlik loyihalari bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📢 Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha takliflaringizni yo‘llang va barqarorlikka o‘z hissangizni qo‘shing!

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan yashirin iqtisodiyotni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni qabul qilish maqsadida “yashirin_iqtisodiyot_takliflar” nomli telegram boti ishga tushirildi.

Ushbu bot orqali qurilish, farmasevtika, ulgurji savdo, xizmatlar ko‘rsatish, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, transport sohasi, umumiy ovqatlanish, turizm, ko‘chmas mulk savdosi, alkogol, bozorlar, soliq imtiyozlari, soliq to‘lovlari, soliq tekshiruvlari, soliq ma’murchiligi, raqamlashtirishdagi mavjud muammolar, korrupsiyani oldini olish hamda ma’muriy tartib-taomillar kabi bir qator yo‘nalishlarda shakllangan xufiyona aylanmalarni oldini olishga qaratilgan takliflar bildirish mumkin.

❗️Eslatma: ushbu telegram bot orqali individual murojaatlar emas, balki tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan aniq taklif va tavsiyalar qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🛡#cybermonth

⚠️ Diqqat, yangi firibgarlik

⛔️ Kartangizda pul bo‘lmasa ham kartangiz ma’lumotlari va bir martalik SMS-kodni begona shaxslarga aytmang!

💻Firibgarlar sizning nomingizga kredit rasmiylashtirishga urinishadi.

📹 Buni qanday uddalashmoqda? Batafsil ushbu videoda.
〰️〰️〰️

Kiber madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha navbatdagi targ‘ibot tadbiri Uzunda o‘tkazildi

Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi, viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi mas’ullari, tashkilot va idorlar, huquqtartibot organlari mutasaddilari, mahalla “yettiligi” a’zolari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

Tadbir davomida, hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimiz firibgarlik, o‘g‘rilik va boshqa shu kabi jinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi haqida so‘z yuritilib, ushbu jinoyat qurboniga aylanmaslik uchun amal qilinishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Termiz shahri, Denov va Sho'rchi tumanlariga tashrif:

Test o‘tkaziladigan obyektlar, yoshlar saylgohi qurilishi va yoshlar ko‘chasini tashkil etish jarayonlari bilan tanishildi hamda hokim va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…
Подписаться на канал