Axborot 24 | Surxondaryoda takroriy ekin orqali aholi daromadlari oshirilmoqda
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Ozarbayjon delegatsiyasi bilan yo‘l qurilishi loyihalari muhokama qilindi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Ozarbayjonning “Kaspian kapital grup” kompaniyasi asoschilari Elxan Pashayev va Taxir Iskandarov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda, shuningek, Ozarbayjonning “Aztimont” va “Tovuz-Baltiya” korxonalari rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Dastlab, avvalgi uchrashuvlarda kelishilgan loyihalarning borishi yuzasidan ma’lumot berildi. Xususan, vohamizda ozarbayjonliklar bilan hamkorlikda anor sharbati ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilganligi qayd etildi.
Shundan so‘ng, kelgusidagi hamkorlik rejalari, xususan, viloyatimiz hududida pullik yo‘l qurish loyihasi muhokama qilindi. Viloyat rahbari yo‘l qurilishida Ozarbayjon kompaniyalarining katta tajriba va salohiyatga ega ekanligi ta’kidlab, bu boradagi hamkorlikdan mamnunligini bildirdi.
Shuningdek, tomonlar yo‘l qurilishi loyihasini mutaxassislarni jalb qilgan holda texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, loyiha takliflarini taqdimotga tayyorlashga kelishib olishdi.
#Surxondaryo #Ozarbayjon #uchrashuv #muzokara #hamkorlik
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, og‘ir hudud sifatida tanlab olingan, yoshlar ko‘chalari tashkil etiladigan 10 ta mahallada infratuzilmani yaxshilash ishlariga start berdi.
Shuningdek, baliqchilikni rivojlantirish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2138
#Surxondaryo #infratuzilma #start #taqdimot
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Yaponiyaning “ARK educational system’s” bosh direktori va vohamizda tashkil etilayotgan Yapon texnologiya universiteti loyihasi asoschisi Genki Kajiura hamda Tanaka Medical Innovation Research Institute (TMI); NEXUS Co.Ltd rahbari Koichi Tanaka boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida viloyatimiz delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, Surxondaryo viloyatida Yapon texnologiya universiteti tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Termiz shahridagi “Mashhura” klinikasi bilan hamkorlikda tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish, shuningdek, VSee loyihasini vohamiz orqali yurtimizda tibbiyot sohasiga targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.
Viloyat rahbari Yapon texnologiya universiteti tashkil etish va boshqa loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha barcha zarur ko‘maklar ko‘rsatilishini ma’lum qildi.
Yakunda erishilgan kelishuvlar bo‘yicha memorandum imzolandi.
#Surxondaryo #Yaponiya #hamkorlik #muzokaralar #kelishuvlar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyatidagi auksion savdolariga chiqarilgan davlat mulki obyektlari hamda aktivlari
🗺 Denov tumanida 4 ta (ko'rish)
🗺 Oltinsoy tumanida 2 ta (ko'rish)
🗺 Angor tumanida 1 ta (ko'rish)
🗺 Boysun tumanida 2 ta (ko'rish)
🗺 Bandixon tumanida 1 ta (ko'rish)
🗺 Uzun tumanida 6 ta (ko'rish)
🗺 Muzrabot tumanida 6 ta (ko'rish)
🗺 Jarqo'rg'on tumanida 10 ta (ko'rish)
🗺 Qumqo'rg'on tumanida 5 ta (ko'rish)
🗺 Qiziriq tumanida 5 ta (ko'rish)
🗺 Sariosiya tumanida 7 ta (ko'rish)
🗺 Termiz tumanida 4 ta (ko'rish)
🗺 Sherobod tumanida 7 ta (ko'rish)
🗺 Termiz shahrida 7 ta (ko'rish)
🗺 Sho'rchi tumanida 4 ta (ko'rish)
☎️ Qo'shimcha ma'lumotlar uchun
📞 8(376)227-31-98
📞 8(376)227-30-80
📧 surxondaryo@davaktiv.uz
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Ulug‘bek Qosimov: “Til bilgan kadr hech qachon ishsiz qolmaydi. Shuning uchun biz xorijiy tillarni o‘rganishga katta e’tibor qaratyapmiz!”
Kecha Termiz shahri va Sho‘rchi tumanida o‘tkazilgan tadbirlar, uchrashuvlar hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish taqdimotlari bilan tanishuvlar jarayonlaridan lavha.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun kunning ikkinchi yarmida Sho‘rchi tumaniga tashrif buyurib, Guliston mahallasida “Uychi tumani tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, tumanda turizm va yoshlar ko‘chalarini tashkil etish bo‘yicha tayyorlangan taqdimotlar ko‘rib chiqildi.
Mahalla hududidagi 14-sonli maktabning yangi o‘quv yili va kuz-qiz mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi. Tashrif yakunida viloyat hokimining yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2137
#Surxondaryo #bandlik #yoshlar #uchrashuv
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📢 Diqqat e’lon: Ijtimoiy himoya sohasidagi murojaatlaringizni bot orqali yo‘llang!
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan aholi murojaatlarini tezkor qabul qilish va hal etish bo‘yicha xizmatlarni yanada qulay qilish maqsadida rasmiy telegram bot ishga tushirildi.
📲 Murojaatlaringizni quyidagi bot orqali yo‘llashingiz mumkin:
@IHMA_Surxondaryo_murojaat_bot
☝️Ushbu elektron platforma orqali qabul qilingan har bir murojaat qisqa muddatda koʻrib chiqilib, ularga qonun doirasida tezkor yechim topish choralari koʻriladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
💻 Firibgarlar tomonidan “Instagram” ijtimoiy tarmog‘i orqali “AT Xalq banki” nomidan foydalanib xato so‘zlar bilan tarqatilayotgan "Tezkor mikroqarz 3 daqiqada hujjatlarsiz" mazmunidagi yolg‘on xabarlar kelsa, ASLO ularga IShONMANG.
✅ Kredit bo‘yicha ma’lumot olish uchun bankning rasmiy manbasiga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.
❗️Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmasliklarini hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishlarini so‘raymiz.
#stop_feyk_kiberjinoyatlar
☝️ Hurmatli fuqarolar, agarda Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa darhol 📞 102 yoki 1102 ishonch raqamlariga murojaat qiling!
〰️〰️〰️〰️〰️
Surxondaryo viloyatida "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilayotgan bo‘lib, navbatdagi shunday tadbirlar bugun Termiz tumani hokimligida bo‘lib o‘tdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#Infografika
☑️Asosiy va xalqaro fan olimpiadalarida surxondaryolik o‘quvchilarning erishgan natijalari raqamlarda
▪️2021-2022-o‘quv yilida:
➖ Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida - 48 nafar o‘quvchi ishtirok etgan va 1 nafari g‘olib bo‘lgan.
▪️2022-2023-o‘quv yilida:
➖ Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida - 51 nafar o‘quvchi ishtirok etgan va 2 nafari g‘olib bo‘lgan.
▪️2023-2024-o‘quv yilida:
➖ Xalqaro fan olimpiadasida - 3 nafar o‘quvchi ishtirok etdi va ularning 2 nafari g‘olib bo‘ldi.
➖ Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida - 51 nafar o‘quvchi ishtirok etdi va ularning 7 nafari faxrli o‘rinlarni egalladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Ulug‘bek Qosimov: “Ertangi mo‘l hosil bugun amalga oshirayotgan agrotexnik tadbirlarimizga bog‘liq”
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlarida g‘o‘za parvarishida amalga oshirilayotgan ishlar hamda agrotexnik tadbirlarning borishi bilan tanishdi. Hududlardagi klaster va fermer xo‘jaliklarining paxta maydonlarida bajarilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Hududlarga biriktirilgan viloyat Ishchi guruhi vakillari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, rivojdan orqada qolayotgan dalalarda parvarishlash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullarining hisobotlari tinglandi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2133
#Surxondaryo #paxta #agrotexniktadbirlar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
UzA | Onlayn tuzoqdan ehtiyot bo‘ling!
Surxondaryo viloyatida 1-iyuldan 31-iyulgacha “Kibermadaniyatni yuksaltirish” targ‘ibot oyligi o‘tkazilmoqda.
Bu haqda Termiz shahrida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi - “Cyber month“ doirasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni keng jamoatchilikka yetkazish” mavzuiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/612546
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov belgilab berilgan topshiriqlarga asosan vohamizning har bir hududidan tanlab olingan og‘ir toifadagi mahallalarda boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini tashkil etish, tumanlarda energiya tejamkorligi borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda turar joylar massivlarining qurilishi bilan tanishish maqsadida Termiz, Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlarida bo‘ldi.
Xususan, ushbu tumanlarda “Yangi O‘zbekiston” massivlari, ijtimoiy soha obyektlari qurilishi, og‘ir hudud sifatida tanlab olingan mahallalarda tajriba tariqasida tashkil etilgan BSK faoliyati bilan tanishildi. Shuningdek, hududlarda elektr va gaz ta’minoti korxonalari mutasaddilarining energotejamkorlik masalasida olib borayotgan ishlari hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan taqdimotlari ko‘rib chiqildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2132
#Suxondaryo #massivlar #turarjoylar #BSK #qurilish #energotejamkorlik
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Yoshlar sayilgohida navqiron yoshlik bayrami, “30-iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan galakonsert dasturi namoyish etildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Manguzarni jinoyatchilikdan holi, kommunal xizmatlari sifatli bo‘lgan hududga aylantirish vazifalari belgilandi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Muzrabot va Boysunga tashrif: mahallalar infratuzilmasini yaxshilash tadbiriga start, baliqchilik loyihasi taqdimoti, ishlab chiqarish va sanoat zonasi bilan tanishuv hamda Ozarbayjon delegatsiyasi bilan uchrashuv
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimining hududlarga tashrifi Boysun tumanida davom etdi. Viloyat rahbari kosmetika va dori mahsulotlari ishlab chiqarish hamda qurilish materiallariga ixtisoslashtirilgan sanoat zonasini tashkil etish loyihalari bilan tanishdi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2139
#Surxondaryo #loyihalar #kosmetika #dorivositalari #sanoatzonasi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
UzA | Qishloqda yangi tibbiyot muassasasi ish boshladi
Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli “Tolli” hududiy bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Zamonaviy tibbiyot muassasasida 54 nafar malakali shifokor va o‘rta tibbiyot xodimi Guliston, Oliyhimmat, Tolli, Shakarko‘l, Konobod mahallaridagi 25 ming kishiga xizmat ko‘rsatadi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/613283
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Vengriya tashqi ishlar va savdo vazirligining vakili Soboslai Zoltan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda tomonlarning hamkorlikda loyihalarni amalga oshiruvchi kompaniyalari mutasaddilari ham ishtirok etishdi.
Muzokaralar davomida avvalgi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarga asosan Vengriya kompaniyalarining “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi bilan 5 ming boshli chorvachilik kompleksini tashkil etish hamda “Agro proccessing group” MChJ bilan bolalar ozuqasi ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha boshlangan loyihalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ushbu loyihalarni O‘zbekiston va Vengriya davlati qonunchiligiga asosan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha memorandum imzolandi.
#Surxondaryo #Vengriya #hamkorlik #muzokaralar #kelishuvlar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
💻 Firibgarlar tomonidan o‘zgalarning mablag‘lariga egalik qilish maqsadida go‘yoki tadbirkor Alisher Usmonovning "USM Invest" platformasi orqali sarmoya kiritib, tez fursat ichida mo‘may daromad olish mumkinligi mazmunida xabarlar tarqatilmoqda. Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.
❗️Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmasliklarini hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishlarini so‘raymiz.
⚠️ Unutmang! Firibgarlarning maqsadi sizning mablag‘laringizni o‘zlashtirish va shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritishdir.
#stop_feyk_kiberjinoyatlar
〰️〰️〰️
"Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasidagi navbatdagi targ‘ibot tadbirlari bugun Angor tumani hokimligida o‘tkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi
🔹Denov tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi:
➖19-hudud 2-uchastka (Namozgoh MFY, Chag‘oniyon MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
➖14-hudud 2-uchastka (Guliston-2 MFY, Lag‘monota MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
🔹Qumqo'rg'on tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 5-hudud 2-uchastka (Jaloir MFY, Nurli diyor MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
🔹Qiziriq tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 2-hudud 2-uchastka (Tinchlik MFY, Istiqlol MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
🔹Surxondaryo viloyati hokimligi: Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal хo'jalik masalalari majmuasi bosh mutaхassisi;
🔹Angor tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 8-hudud 1-uchastka (Tallashqon MFY, Karvon MFY) markazi mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
🔹Termiz shahar hokimligi: Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha majmuasi yetakchi mutaхassisi;
🔹Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Oltinsoy tumani bo'linmasi: Bosh mutaхassisi;
🔹Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Termiz tumani bo'linmasi: Bosh mutaхassisi;
🔹Bandixon tumani madaniyat bo'limi: Mudiri;
🔹Sariosiyo tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 11-hudud 2-uchastka (Sangardak MFY, Nilu MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
🔹Qiziriq davlat o‘rmon xo‘jaligi: Bosh o'rmonchi;
🔹Surxon-Sherobod irrigatsiya tizim boshqarmasi:
➖Foydalanish va ta'mirlashni tashkil etish bo'yicha yetakchi mutaхassisi;
➖Ta'mirlash ishlarini tashkil etish va monitoring qilish sho'basi boshlig‘i;
🔹Muzrabot tumani Qishloq хo'jaligi bo'limi:
➖Bo'lim boshlig'i;
➖agroteхnologiya bo'yicha Bosh mutaхassisi;
🔹Uzun tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi: Hayvonlar sog'ligini saqlash tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xafsizligi bo'yicha bosh mutaxassisi;
❗️Arizalar 06.07.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati bo‘yicha 2 541 ta "Yoshlarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari"ni e-auksion.uz orqali 30 yilga ijaraga oling:
➖ Oltinsoy tumanidan 149 ta (ko'rish)
➖ Angor tumanidan 127 ta (ko'rish)
➖ Bandixon tumanidan 222 ta (ko'rish)
➖ Muzrabot tumanidan 360 ta (ko'rish)
➖ Denov tumanidan 106 ta (ko'rish)
➖ Jarqo'rg'on tumanidan 111 ta (ko'rish)
➖ Qumqo'rg'on tumanidan 165 ta (ko'rish)
➖ Qiziriq tumanidan 268 ta (ko'rish)
➖ Sariosiyo tumanidan 138 ta (ko'rish)
➖ Termiz tumanidan 224 ta (ko'rish)
➖ Uzun tumanidan 101 ta (ko'rish)
➖ Sherobod tumanidan 199 ta (ko'rish)
➖ Sho'rchi tumanidan 364 ta (ko'rish)
➖ Termiz shahridan 7 ta (ko'rish)
Eslatma: Mazkur yerlar maydonlari Prezident qarori (PQ-153-son,05.04.2024 y.) asosida savdoga chiqarilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi” majmuasida joriy yilda oliy ta’lim muassasalarini tamomlayotgan bir guruh bitiruvchi talabalar bilan uchrashib, ularga kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, ta’lim maskanlarini a’lo baholarga tamomlagan bakalavr va magistrlik darajasini egallagan bir guruh bitiruvchilarga diplomlar tantanali topshirildi.
Viloyat rahbari o‘z so‘zi yakunida viloyat hokimidan tortib, barcha sektor rahbarlari, tashkilot va boshqarmalar mutasaddilari yoshlarga ko‘makchi ekanligini, ularning hayotda o‘z yo‘llarini topishi, munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlanishi uchun barcha yordamlar ko‘rsatilishini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, joriy yil 8 ming nafardan ortiq surxondaryolik yoshlar oliy ta’lim muassasalarini tamomlashmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Davlatimiz rahbarining videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasida bitiruvchi talabalar va ishsiz yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirda migratsiyadan qaytganlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda Termiz davlat universitetida yangidan ochilgan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2134
#Surxondaryo #yoshlarbandligi #mehnatyarmarkasi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Diqqat e'lon: Mehnat yarmarkasiga marhamat
Ertaga, 3-iyul kuni soat 8:00 dan boshlab, Termiz shahridagi San'at saroyi binosida Mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur mehnat yarmarkasi Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, viloyatdagi barcha boshqarma, korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan tashkil etilmoqda.
Ushbu mehnat yarmarkasi ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar, probatsiya ro‘yxatida turgan ishsizlarni bandligiga ko‘maklashish, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilish maqsadida o'tkazilmoqda.
Hurmatli fuqarolar biz sizga o‘zingizga maqbul bo‘lgan ish o‘rinlariga ishga joylashishingizda ko‘maklashamiz!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🇺🇿 Men o‘zbekistonlikman – qonimda g‘alaba!
Mamlakatimiz tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan futbol bo‘yicha terma jamoamiz aynan shu shior ostida Parij-2024 maydonlarida bellashadi.
Bir guruh tashabbuskorlar tomonidan jamoa madhiyasi uchun video suratga olindi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi
🔹 Qumqo'rg'on tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 8-hudud 2-uchastka (Boymoqli MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
🔹 Surxondaryo viloyati hokimligi: Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat qilish sho'basi mudiri;
🔹 Angor tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi: boshligʼi;
🔹 Sariosiyo tumani statistika bo'limi: Bosh mutaxassisi.
❗️Arizalar 05.07.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Uza | Habibulla Murodov: “Endi to‘siqlar yo‘q, ishlaydigan davr keldi”
Surxondaryo viloyatidagi “Denov – Ravnaq – Kamoli” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar qo‘shni respublikalarga ham eksport qilinmoqda.
Mamlakatimizda tadbirkorlarning har taraflama qo‘llab-quvvatlanayotgani ularning ishlab chiqarish hajmi va tayyor mahsulot sifatini oshirish hamda eksporti uchun qulay muhit yaratmoqda. Bunday imkoniyatdan oqilona foydalanayotgan “Denov – Ravnaq – Kamoli” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan charm poyafzallar mamlakatimizdan tashqarida ham o‘z xaridorlarini topmoqda.
Batafsil: https://uza.uz/posts/612259
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun, 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Surxondaryoning barcha shahar va tumanlarida erta tongdan boshlangan yugurish va yurish marafonlari, ommaviy badantarbiya mashqlari, turli sport musobaqalari hamda boshqa intellektual o‘yinlar bilan boshlandi hamda bu kabi tadbirlar kun bo‘yi davom etdi.
Bayramning asosiy tadbirlari kechki vaqt barcha hududlardagi markaziy o‘yingoh, maydonlar, maskanlar hamda sayilgohlarda o‘tkazildi. Xususan, Termiz shahridagi “Yoshlar sayilgohi”da tashkil etilgan tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, Prezidentimizning O‘zbekiston yoshlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Vohalik yoshlarni bayram bilan qutladi.
Shundan so‘ng, ochiq deb e’lon qilingan konsent dasturlari taniqli san’atkorlarning chiqishlari, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar bilan davom etdi. Bayram tadbirlari yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
#Surxondaryo #Yoshlarkuni #galakonsert
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri Manguzar mahallasida bo‘lib, Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va tozalash ishlarining borishi hamda infratuzilma holati bilan tanishdi.
Hududda infratuzilmani yaxshilash, huquqbuzarliklar profilaktikasini olib borish hamda jinoyatchilikdan holi mahallaga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan shahar sektor rahbarlari va mahalla “yettiligi” axborot berdi.
Viloyat rahbari bu boradagi ishlarni tizimli tashkil etish lozimligini ta’kidlab, hududdagi ko‘p qavatli turar joylar atrofi tartibga keltirilmaganligi, BSKlar faoliyati yo‘lga qo‘yilmaganligini tanqid qildi.
Shahar hokimi va mutasaddilarga qisqa muddatda ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etib, BSKlar faoliyatini tashkil etish vazifasi topshirildi.
#Surxondaryo #Manguzar #jinoyatchilikdanholihudud #BSK
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X