axborot_xizmati | Неотсортированное

Telegram-канал axborot_xizmati - Surxondaryo viloyati hokimligi

11159

Surxondaryo viloyati hokimining rasmiy axborot kanali Web site: http://surxondaryo.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz @surxondaryouz_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati hokimligi

#infografika

📊 Surxondaryoda 2024-yilning yanvar-may oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlari ko‘rsatkichlari

📈 Viloyat statistika boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra 2024-yilning yanvar-may oylarida Surxondaryo viloyatida bajarilgan qurilish ishlari umumiy hajmi 2 843,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Bunda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha bo‘lgan:

➖ binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 73,0 foiz;

➖ fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 20,9 foiz;

➖ ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 6,1 foizni tashkil etdi.


Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida g‘o‘za parvarishi, xususan, ozuqalash va sug‘orish hamda hozirgi issiq ob-havoda hosilni saqlab qolish, uni ko‘paytirish maqsadida agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashkil etilgan seminarda hamda Qiziriq tumanida yoshlarga yer ajratish tadbirida ishtirok etdi.

Shuningdek, Sherobod tumanida “Pomir agroklaster” MCHJ xorijiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan chorvachilik kompleksi qurilishi bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2127

#Surxondaryo #seminar #Yoshlargayer #chorvachilikkompleks

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati bo‘yicha 66 ta davlat aktivlarini е-auksion savdo platformasida ochiq va shaffof savdolarda ishtirok etib sotib oling.

▪️Oltinsoy tumanidan 1 ta (ko'rish)
▪️Bandixon tumanidan 1 ta (ko'rish)
▪️Boysun tumanidan 2 ta (ko'rish)
▪️Muzrabot tumanidan 7 ta (ko'rish)
▪️Denov tumanidan 2 ta (ko'rish)
▪️Jarqo‘rg‘on tumanidan 10 ta (ko'rish)
▪️Qumqo‘rg‘on tumanidan 5 ta (ko'rish)
▪️Qiziriq tumanidan 5 ta (ko'rish)
▪️Sariosiyo tumanidan 6 ta (ko'rish)
▪️Termiz tumanidan 5 ta (ko'rish)
▪️Uzun tumanidan 6 ta (ko'rish)
▪️Sherobod tumanidan 8 ta (ko'rish)
▪️Sho'rchi tumanidan 2 ta (ko'rish)
▪️Termiz shahridan 6 ta (ko'rish)

☎️ +99899 203 00 30 (Surxondaryo viloyati vakili)

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoy Xalq Respublikasining “China Geo Engeniring” kompaniyasi direktori Van Lyu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Xalqaro darajada loyihalarni amalga oshiruvchi kompaniya qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va melloratsiya obyektlari qurish yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi investision loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Xususan, Surxondaryo viloyati hududida yashil energiya ishlab chiqarish, zamonaviy massiv - shahar kompleksi hamda logistika va yo‘llar qurish loyihalari muhokama qilindi.

Tomonlar hamkorlikda yirik loyihalarni amalga oshirishdan mamnun ekanliklarini qayd etib, mutaxassislar ishtirokida taklif etilayotgan joylarni tanlash, loyihalarning texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishga kelishib olishdi.

#Surxondaryo #Xitoy #qabul #muhokama #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Uchta hududda “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishi hamda “qizil” toifadagi mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati bo‘yicha 4 943 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalarini е-auksion savdo platformasida ochiq va shaffof savdolarda ishtirok etib sotib oling.

🔷 Oltinsoy tumanidan 149 ta (ko'rish)
🔷 Angor tumanidan 192 ta (ko'rish)
🔷 Bandixon tumanidan 188 ta (ko'rish)
🔷 Boysun tumanidan 340 ta (ko'rish)
🔷 Muzrabot tumanidan 393 ta (ko'rish)
🔷 Denov tumanidan 316 ta (ko'rish)
🔷 Jarqo‘rg‘on tumanidan 420 ta (ko'rish)
🔷 Qumqo‘rg‘on tumanidan 500 ta (ko'rish)
🔷 Qiziriq tumanidan 479 ta (ko'rish)
🔷 Sariosiyo tumanidan 117 ta (ko'rish)
🔷 Termiz tumanidan 865 ta (ko'rish)
🔷 Uzun tumanidan 301 ta (ko'rish)
🔷 Sherobod tumanidan 434 ta (ko'rish)
🔷 Sho‘rchi tumanidan 171 ta (ko'rish)
🔷 Termiz shahridan 78 ta (ko'rish)

☎️ (+99899) 203 00 30 (Surxondaryo viloyati vakili)

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Ko‘ksaroyda Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

🔹Sariosiyo tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 8-hudud 2-uchastka (Aeraport MFY, A.Navoiy MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔹Qumqo'rg'on tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 4-hudud 1-uchastka (Bobolochin MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔹Agroinspeksiyaning Sherobod tumani bo'limi: Teхnika хolatini nazorat qilish bo'yicha bosh mutaхassisi;

🔹Boysun tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 8-hudud 2-uchastka (O’rta Machay MFY, Yuqori Machay MFY, Qizilnavr MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim.

❗️Arizalar 26.06.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Ta’ziya

Surxondaryo viloyati hokimligi va yurtdoshlarimiz nomidan O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Erkin A’zamga onasi Ruxsatoy A’zamovaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiramiz.

Musibatli shu onlarda marhumaning barcha yaqinlariga Allohdan sabr tilaymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Fuqarolarning murojaatlarini tinglash va hal etish samaradorligini oshirish, ularning uzoq yo‘l bosib, sarson bo‘lishlarini oldini olish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida viloyat sektor rahbarlarining shahar va tumanlar studiyalari orqali navbatdagi onlayn qabuli o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2125

#Surxondaryo #Onlaynqabul #murojaatlar #ijro

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🥊 Bahodir Jalolov finalda

Rossiyada o‘tayotgan musobaqada raqibini mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi

Rossiyaning Qozon shahrida BRICS sport o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston boks terma jamoasi 21-iyun kuni o‘z ishtirokini o‘tkazdi. 13 nafar bokschi raqiblariga qarshi ringga ko‘tarildi.

+92 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Bahodir Jalolov rossiyalik David Surovni mag‘lub etdi.

Vohadoshimiz oltin medal uchun finalda jang olib boradi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida bo‘lib, Qizil suv daryosi bo‘yida saylgoh tashkil etish, Sina qishlog‘ini “Turizm qishlog‘i”ga aylantirish, hududda turistik kompleks barpo etish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Shuningdek, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kasanachilikni rivojlantirish borasidagi ishlar hamda “Uy kutubxonasi” faoliyati bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2123

#Surxondaryo #Turizm #loyihalar #taqdimot #xotinqizlarbandligi #uykutubxonasi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Suvonqulov Axmad Xudayshukurovich“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Surxondaryo viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Axmad Suvonqulovga keyingi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Jarqo‘rg‘onda xususiy klinika va ishlab chiqarish korxonalari faoliyati hamda yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Texnika yo‘nalishidagi 36 ta oliygohda o‘qitish va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini ilg‘or tajriba asosida to‘liq o‘zgartirish zarurligi ta’kidlandi.

Mehnat bozorida talab yo‘q mutaxassisliklarni qisqartirish, kafedralarni birlashtirish, universitet to‘liq dual ta’lim tizimiga o‘tkazilishi, bu orqali fanlar kamida 30 foizga qisqarishi ko‘rsatib o‘tildi.

Drezden texnika universiteti (Germaniya) va sukuba universiteti (Yaponiya) dasturlariga moslashtirilishi ta’kidlandi.
〰️〰️〰️

Universitetda dekanatlarni talabalarga xizmat ko‘rsatish funksiyalari to‘liq raqamlashadi.

Xorijdagi kabi “Registrator ofisi” tashkil qilinadi.
〰️〰️〰️

36 ta muhandislik oliygohi va ularning filiallari bosqichma-bosqich yiriklashib, jami 20 ta oliygoh qoladi. Har bir hududda kamida 1 tadan texnika universiteti bo‘ladi.
〰️〰️〰️

“Tarmoq – korxona – oliygoh” zanjiri asosida har bir oliygohga sanoat hamkori belgilanadi.

Barcha muhandislik oliygohlari hamkor korxonalarida kafedralar ochadi va dual ta’limni yo‘lga qo‘yadi. Talabalarning amaliyoti va bitiruv kursdagi ta’limi to‘liq hamkor korxonalarda tashkil qilinadi.
〰️〰️〰️

Prezident endilikda oliygohlarning tajriba ishlab chiqarish korxonalari maqomi qonun bilan mustahkamlanishini aytdi. Ularga IT-park rezidentlariga qo‘llanilayotgan imtiyozlar beriladi.

Sho‘ba korxonasi ishchilarining kamida 60 foizi doktorant va talabalardan iborat bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng, kunning ikkinchi yarmida Termiz shahrida belgilab berilgan vazifalar ijrosi, ko‘ngilochar ko‘chalar va maskanlar, turizm obyektlari tashkil etish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Davlatimiz rahbarining ko‘rsatmasi bilan hududlarda aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish, muammolarni o‘rganish va hal etish, bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, mijozbay ishlash mexanizmi hamda mahalla “yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, topshiriqqa asosan, Surxondaryo viloyatining 6 ta hududi sektor rahbarlari hamda 27 ta mahalla “yettiligi” uchun Davlat boshqaruvi, Huquqni muhofaza qilish, Ichki ishlar vazirligi akademiyalari, shuningdek, Jamoat xavfsizligi universitetining professor-o‘qituvchilari ishtirokida uch kunlik o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘quvlar sektor rahbarlari va mahalla “yettiligi” zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda samarali mexanizmlardan foydalanish ko‘niklarini mustahkamlash maqsadida tashkil qilingan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

❗️Denov tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot

Bugun, 25-iyun tungi soat 02:12 da Denov tumani "Bobur" mahallasida joylashgan “Bek” MChJga qarashli savdo majmuasi hududidagi 4 ta asosiy va 8 ta kichik savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgan va 90 kvadrat metr maydondagi buyum hamda kiyim-kechaklar yong‘indan zararlangan.

Voqea joyiga Denov, Sho‘rchi, Oltinsoy, Sariosiyo va Qumqo‘rg‘on tumanlari FVBlarining 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:20 da yetib borib, yong‘in soat 02:30 da qurshab olingan va soat 03:50 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in qutqaruvchilarining say-harakatlari natijasida majmuaning boshqa hududlariga yong‘in tarqalishining oldi olingan va 48 ta savdo do‘koni hamda 500 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

💼 Tayinlov

Roʻziyev Oybek Abdimo‘minovich - Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Oybek Ro‘ziyev Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz, Jarqo‘rg‘on va Sariosiyo tumanlarida “Yangi O‘zbekiston” massivlarida turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari, xizmat ko‘rsatish nuqtalarining barpo etilishi, hududlarni obodonlashtirish, infrastrukturaning yaratilishi bilan tanishdi.

Shuningdek, Sariosiyo tumanidagi ikkita mahallada infratuzilmani yaxshilash, aholini kommunal xizmatlar bilan sifatli va barqaror ta’minlash tadbirlarining borishi o‘rganildi hamda tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2126

#Surxondaryo #YangiUzbekistonmassivi #mahalla #infratuzilma

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Xalqaro yig‘in sovrindori tantanali kutib olindi

Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida “Aybin–2024” xalqaro harbiy-Vatanparvarlar yig‘ini bo‘lib o‘tdi. Xalqaro yig‘inda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati jamoasi ham ishtirok etib, Rossiya, Ozarbayjon, Qirg‘iz, Belarus hamda mezbon davlat Qozog‘istonning 42 ta jamoasi o‘rtasida faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

E’tiborlisi mamlakatimiz sharafini himoya qilgan jamoa tarkibida Termiz shahrining 13-sonli maktabi o‘quvchisi Dovutbek Jo‘rayev ham ishtirok etib, rekord natija bilan jamoamizning sovrindorlar qatorida bo‘lishga hissa qo‘shdi.

Bugun Termiz temir yo‘l vokzalida Dovutbek Jo‘rayev o‘qituvchilari, ota-onasi va yaqinlari hamda yoshlar, shuningdek, harbiylar va faxriylar ishtirokida tantanali kutib olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Tahlilnoma | Hududlarning master-rejalari: Boysunning "Omonxona"si haqida eksklyuziv kadrlar

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri kichik halqa yo‘li tarkibidagi 4R23N avtomobil yo‘lining rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.

Investisiya dasturiga asosan amalga oshirilayotgan mazkur loyihaning birinchi bosqichda 1,5 km qismini ta’mirlash belgilangan. Hozirda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Viloyat rahbari qurilish jarayonlari bilan tanishib, shahar rahbarlari va soha mutasaddilariga ishlarni tizimli tashkil etish, yo‘l rekonstruksiyasi bilan birga infratuzilmani ham birgalikda bunyod etib borish vazifasini topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Muzrabotga tashrif: Yangi loyihalar va ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishuv hamda fuqarolarning onlayn qabuli

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishlab chiqarish obyektlari, ularda yaratilayotgan ish o‘rinlari hamda hududdagi yangi tashabbuslar taqdimoti bilan tanishish maqsadida Muzrabot tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida viloyat rahbari “Muzrabot parranda” xususiy korxonasi va “Movarounnahr” MCHJning parradanchilik komplekslari, “Otabek-Og‘abek-E’zoza” oilaviy korxonasining temirchilik sexi, “Hafizullo Hamidullo” xususiy korxonasining non mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2124

#Surxondaryo #parrandachilik #temirchilik #ishlabchiqarish

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Termiz shahridagi markaziy ko‘chalarda yo‘lbo‘yi infratuzilma holati o‘rganildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

An’anaviy IV “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusidagi Milliy konferensiya o‘z ishini boshladi

Joriy yilning 21-22-iyun kunlari Bo‘stonliq tumanida davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari uchun navbatdagi Milliy konferensiya va Media-forum bo‘lib o‘tadi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Fakt 24 | Termiz tumanida shaftolining 80 foizi eksport qilinmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

❗️G‘alladan bo‘shagan maydonlarni yoqish tabiatga hamda yer unumdorligiga salbiy ta’sir qiladi

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan olib borilgan targ‘ibot va tushuntirish ishlariga qaramay, dron yordamida o‘tkazilgan reydlarda g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarida somon qoldiqlarini yoqish holatlari aniqlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

To‘qimachilikda 4 mingta muhandisga talab bo‘lishiga qaramay, “yengil sanoat konstruksiyasi” yo‘nalishida Buxoroda – 86 nafar, Jizzaxda – 117 nafar, Surxondaryoda – 56 nafar, Farg‘onada – 126 nafar, Toshkent shahrida bor-yo‘g‘i 153 nafar talaba bitirayotgani, hokimlar o‘z hududida aniq mutaxassisga ehtiyoj bo‘lsada rektorlar bilan ishlamayotgani, oliygohlarga buyurtma bermayotgani tanqid qilindi.
〰️〰️〰️

Ko‘pgina professor-o‘qituvchilar amaliyotdan uzilib qolgani, muhandislik bo‘yicha 9 ming 600 nafar professor-o‘qituvchining 40 foizi so‘nggi 5 yilda malaka oshirmagani, ayrim institutlardagi o‘qituvchilarning yuklamasi xorijga nisbatan 2 karra ko‘pligi, ayrim ilmiy laboratoriyalardagi uskunalarning 50 foizi eskirgan, qo‘shimcha laboratoriya va zamonaviy jihozlarga ehtiyoj mavjudligi qayd etildi.
〰️〰️〰️

Kooperatsiya yarmarkalarida oliygohlarning aksariyati faqat sotib oluvchi bo‘lib ishtirok etayotgani, daromadni xorijiy loyihalar hisobiga ham oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
〰️〰️〰️

Xorijda oliygohlar tajriba ishlab chiqarish korxonalarini (spin-of) ochib, davlat va ishlab chiqaruvchi mablag‘larini jalb qiladi, tadqiqot o‘tkazadi, innovatsion mahsulot yaratib, tijoratlashtiradi.

Mamlakatimizdagi 12 ta oliygohda bunday 28 ta korxona tashkil qilinib, ular 47 milliard so‘m daromad olgan. Lekin, qolgan 24 ta oliygoh rektorida ham, hokimlarda ham bu borada birorta tashabbus yo‘qligi qayd etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…
Подписаться на канал